16.07.2012 yildagi PF-4453-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etib oʻtilsinki, ortiqcha byurokratik gʻovlarni bartaraf etish, zamon talablariga mos kelmaydigan litsenziya va ruxsat berish tartib-taomillarini, statistik, moliyaviy va soliq hisobotlari shakllarini qisqartirish, ularni taqdim etish mexanizmini takomillashtirish hisobiga respublikada qulay ishbilarmonlik muhitini vujudga keltirish, biznes subyektlarini tashkil qilishni soddalashtirish va shunday subyektlarning yanada erkin faoliyat yuritishlarini taʼminlash borasida izchil hamda aniq maqsadga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hozirgi vaqtda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari har chorakda faqat bitta soddalashtirilgan statistik hisobotni taqdim etadilar, moliya hisoboti esa yiliga bir marta taqdim etiladi. Tadbirkorlik subyektlarining 78 foizdan koʻprogʻi soliq hisobotini elektron koʻrinishda taqdim etmoqdalar. Soʻnggi yilning oʻzidagina 65 turdagi ruxsat berish tartib-taomillari bekor qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarning mavjud tizimi katta boʻlib, tubdan soddalashtirishni va isloh qilishni talab etadi. Koʻp miqdordagi litsenziya talablari va ruxsat berish tartib-taomillari iqtisodiyotni yanada liberallashtirish borasida oʻtkazilayotgan siyosatga hamda bozor iqtisodiyoti tamoyillariga mos kelmaydi, koʻpincha davlat yoʻli bilan tartibga solishning boshqa vositalarini takrorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bozor iqtisodiyoti talablariga, xalqaro meʼyorlar va standartlarga muvofiq, byurokratik gʻovlarni bartaraf etish, litsenziya va ruxsat berish tartib-taomillarini qisqartirish hamda soddalashtirish, hisobot tizimini va hisobotlarni taqdim etish tartibini tubdan takomillashtirish hisobiga ishbilarmonlik muhitini tubdan yaxshilash, tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun maksimal darajada qulay shart-sharoitlarni vujudga keltirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 17-apreldagi R-3829-son farmoyishi bilan tashkil qilingan hisobotlar, litsenziyalanadigan faoliyat turlari va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish yuzasidan takliflar tayyorlash boʻyicha Ishchi guruhining quyidagi taklifiga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1, 2 va 2a, 3 va 3a, 4 va 4a ilovalarga* muvofiq davlat statistik, moliya, soliq hisobotlari hamda boshqa hisobot turlarini bekor qilish va bir-birini takrorlovchi shakllarni birlashtirish evaziga ana shunday hisobotlar miqdorini, shuningdek ularni taqdim etish davriyligini belgilangan muddatlarda qisqartirish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1 — 4a ilovalar rus tilidagi matnda berilgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yilning 1-avgustidan boshlab 5-ilovaga* muvofiq ruxsat berishga oid 80 ta tartib-taomilni (ularning umumiy miqdoriga nisbatan 26 foiz), shuningdek, litsenziyalanadigan faoliyat turlarining 15 tasini (umumiy miqdoriga nisbatan 20 foiz), jumladan, ularni 6 va 6a ilovalariga* muvofiq bekor qilish va birlashtirish hisobiga bekor qilish toʻgʻrisida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*5, 6 va 6a ilovalar rus tilidagi matnda berilgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, 2012-yilning 1-avgustidan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-ilovaga* muvofiq roʻyxat boʻyicha faoliyat turlarini amalga oshirish uchun litsenziyalar amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi. Bunda mazkur faoliyat turlarini amalga oshirish uchun avval berilgan litsenziyalarning amal qilish muddatlari cheklanmagan, deb hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 7-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlari tomonidan ilgari koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda arizalar takroran taqdim etilgan taqdirda yangi asoslar boʻyicha litsenziya va ruxsatnomalar berishdan bosh tortish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2013-yil 1-yanvardan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha soliq turlari va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha oyma-oy soliq hisobotini taqdim etish bekor qilinadi, qoʻshimcha foyda soligʻi bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikrofirmalar yillik statistik hisobot taqdim etadilar, bunda statistika organlari har chorakda tegishli faoliyat yoʻnalishlari va sohalari boʻyicha tanlanma oʻrganishlar oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tadbirkorlik faoliyati sohasida litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari meʼyorlariga ogʻishmay rioya etilishi uchun shaxsan javobgar boʻlishlari toʻgʻrisida litsenziyalar hamda ruxsatnoma xarakteridagi hujjatlar berish boʻyicha vakolatli organlarning rahbarlari qattiq ogohlantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Bosh prokuraturasi hisobotlarni taqdim etish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish masalalarini tartibga soluvchi qonun hujjatlariga davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining soʻzsiz rioya etishlari ustidan muntazam nazoratni oʻrnatsinlar hamda byurokratik gʻovlarni bartaraf etish va oʻrnatilgan qonunchilik buzilishining oldini olish boʻyicha taʼsirchan choralarni koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda tadbirkorlik subyektlari tomonidan tadbirkorlikfaoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar va ruxsatnoma xarakteridagi hujjatlarni olishga toʻlanadigan yigʻimlarning miqdorlarini tanqidiy qayta koʻrib chiqsin hamda ularning kamida ikki barobar arzonlashtirilishi boʻyicha qarorlar qabul qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yilning oxiriga qadar barcha tadbirkorlik statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni topshirishning elektron tizimiga toʻla hajmda bosqichma-bosqich oʻtkazilishini, shuningdek, 2012 — 2016-yillar mobaynida ariza beruvchilarga arizalarning oʻtish jarayonini interaktiv kuzatish imkoniyatini yaratgan holda litsenziya va ruxsatnomalarni olish uchun internet tarmogʻi orqali arizalarni berishning elektron shakllari joriy etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda internet tarmogʻida yagona veb-sayt yaratib, unga litsenziyalanadigan faoliyat turlari va ruxsat berish tartib-taomillari roʻyxatini, litsenziya va ruxsatnomalar olish uchun talab qilinadigan hujjatlar toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek tegishli faoliyat turlarini amalga oshirish uchun litsenziya va ruxsatnomalar olgan tadbirkorlik subyektlari toʻgʻrisidagi doimo yangilanib turadigan maʼlumotlarni joylashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Savdo-sanoat palatasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Toshkent shahri va respublika mintaqalarida maʼlumotlarni elektron tarzda yigʻish va ishlov berish imkoniyatlaridan foydalangan holda statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni yanada qisqartirish borasida koʻriladigan chora-tadbirlar tushuntirib beriladigan seminarlarni oʻtkazsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda saqlab qolinayotgan hisobot turlarining tarkibi va mazmunini ilgʻor xorijiy tajriba va xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda tanqidiy qayta koʻrib chiqsinlar, shuningdek oʻzlarining idoraviy meʼyoriy-huquqiy hujjatlarini mazkur Farmonga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari bir oy muddatda meʼyoriy-huquqiy hujjatlar roʻyxatiga ushbu Farmondan kelib chiqadigan tegishli oʻzgartishlarni belgilangan tartibda kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 16-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-4453-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 29-son, 327-modda; 2013-y., 45-son, 584-modda; 2014-y., 29-son, 356-modda; 2017-y., 2-son, 25-modda, 23-son, 448-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 06/17/5204/0114-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)