Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori, 21.02.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2329
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.09.00 (Кучини йукотган) Boshqa umumdavlat soliqlar / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.05.00 Telefon aloqasi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lovlarni hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 21-fevralda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2329]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-son “O‘zbekiston Respublikasining 2012-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-yil, 52-son, 561-modda) muvofiq, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qaror qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lovlarni hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori X. MUXITDINOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 1-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-yu-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 1-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2012-yil 1-fevral 2-yu-son, 7-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lovlarni hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizom

Mazkur Nizom mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar(uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lovlarni hisoblash va to‘lash tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2026-yil 5-fevraldagi 285-mh-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 30-yanvardagi 325-son qarori (ro‘yxat raqami 2329-9, 13.02.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2026-y., 10/26/2329-9/0141)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-son “O‘zbekiston Respublikasining 2012-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 2012-yil 1-yanvardan mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lovni (bundan buyon matnda to‘lov deb yuritiladi) mazkur Nizomda belgilangan tartibda to‘laydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
abonent raqami — abonentga mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaning amal qilish davrida uyali aloqa kompaniyasi tomonidan ajratiladigan raqam;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mobil aloqa abonenti — uyali aloqa kompaniyasi bilan mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomani tuzgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mobil aloqa xizmatlari — mobil aloqa tarmoqlari orqali signallarni va axborotning boshqa turlarini qabul qilish, uzatish, ularga ishlov berish bo‘yicha mobil aloqa operatori faoliyatining mahsuloti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energoresurslarni nazorat qilish va hisobga olish tizimida foydalaniladigan raqamlar — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan belgilanadigan energoresurslarni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy qilish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish doirasidagi elektr energiya, tabiiy gaz va boshqa kommunal xizmatlarni hisobga olish asboblarini ulashni ta’minlash uchun uyali aloqa kompaniyalari tomonidan ajratilgan raqamlar.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Moliya vazirligining 2017-yil 22-sentabrdagi 154-mh, 134-son qaroriga (ro‘yxat raqami 2329-5, 06.11.2017-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.11.2017-y., 10/17/2329-5/0223-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. To‘lovchi va to‘lov obyekti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. To‘lovlarni to‘lovchilari mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. To‘lovning obyekti bo‘lib uyali aloqa kompaniyalari tomonidan mobil aloqa abonentlariga ajratilgan abonent raqamlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Energoresurslarni nazorat qilish va hisobga olish tizimida foydalaniladigan raqamlar to‘lov obyekti hisoblanmaydi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Moliya vazirligining 2017-yil 19-iyuldagi 155-mh, 105-son qaroriga (ro‘yxat raqami 2329-5, 06.11.2017-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.11.2017-y., 10/17/2329-5/0223-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. To‘lov miqdori va uni hisoblash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. To‘lov miqdori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. To‘lov har bir abonent raqami uchun amalga oshiriladi. Abonent raqamlarining soni to‘lov amalga oshiriladigan oydagi o‘rtacha abonentlar soniga (kunlik abonentlar sonining yig‘indisi/oy kunlari) asosan aniqlanadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Moliya vazirligining 2019-yil 15-oktabrdagi 204, 104-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2329-6, 10.01.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2020-y., 10/20/2329-6/0044-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lov summasi foyda solig‘i bo‘yicha soliq solinadigan foydani aniqlashda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 305-moddasiga muvofiq chegirib tashlanadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2021-yil 22-apreldagi 210-mh-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2329-7, 10.05.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2021-y., 10/21/2329-7/0448-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Hisob-kitoblarni taqdim etish va to‘lovni amalga oshirish muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. To‘lovning hisob-kitobi (bundan keyin matnda Hisob-kitob deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligiga har oyda (o‘sib bormaydigan yakun bo‘yicha) mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmay to‘lovchi (kompaniyaning bosh tashkiloti) tomonidan taqdim etiladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil 11-iyuldagi 254-mh-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 10-iyuldagi 55-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2329-8, 21.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2023-y., 10/23/2329-8/0515-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. To‘lovni amalga oshirish to‘lovchi (kompaniyaning bosh tashkiloti) tomonidan Hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2026-yil 5-fevraldagi 285-mh-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 30-yanvardagi 325-son qarori (ro‘yxat raqami 2329-9, 13.02.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2026-y., 10/26/2329-9/0141)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
111. Hisobot oyi uchun to‘lov summasi O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga kelib tushadi hamda belgilangan tartibda taqsimlanadi.
(111-band O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2026-yil 5-fevraldagi 285-mh-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 30-yanvardagi 325-son qarori (ro‘yxat raqami 2329-9, 13.02.2026-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2026-y., 10/26/2329-9/0141)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasiga to‘lovdan kelib tushgan mablag‘lardan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini hamda axborotlashtirish va telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish dasturlarini moliyalashtirish uchun qat’iy foydalaniladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil 11-iyuldagi 254-mh-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 10-iyuldagi 55-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2329-8, 21.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2023-y., 10/23/2329-8/0515-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
121. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Ilmiy-innovatsion rivojlantirish jamg‘armasiga to‘lovdan kelib tushgan mablag‘lardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-iyundagi 350-son “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi Ilmiy-innovatsion rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha qat’iy foydalanadi.
(121-band O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Moliya vazirligining 2019-yil 15-oktabrdagi 204, 104-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2329-6, 10.01.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2020-y., 10/20/2329-6/0044-son)
(122-band O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2026-yil 5-fevraldagi 285-mh-son hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 30-yanvardagi 325-son qaroriga (ro‘yxat raqami 2329-9, 13.02.2026-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2026-y., 10/26/2329-9/0141)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lovning hisoblangan va to‘langan summalari to‘g‘risidagi yig‘ma axborotni har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmay mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan shakl bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil 11-iyuldagi 254-mh-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 10-iyuldagi 55-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2329-8, 21.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2023-y., 10/23/2329-8/0515-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. To‘lovni to‘g‘ri hisoblab chiqish va to‘lash uchun javobgarlik hamda uning nazorati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. To‘lovchilar to‘lovning to‘g‘ri hisoblab chiqilishi va to‘lanishi uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. To‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirmaganlik uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorda O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan penya hisoblanadi hamda to‘liq miqdorda Davlat budjetiga undiriladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil 11-iyuldagi 254-mh-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 10-iyuldagi 55-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2329-8, 21.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2023-y., 10/23/2329-8/0515-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Davlat soliq xizmati organlari soliq tekshiruvlarini o‘tkazish davomida abonent raqamlarining miqdorini kamaytirish holatlari aniqlanganda ularning haqiqiy miqdoridan kelib chiqqan holda qo‘shimcha to‘lov va penya hisoblashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. Parpiyev
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 25-yanvar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatadigan yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lovni hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20___ yil ____________ oyi uchun abonent raqamidan foydalanganlik uchun TO‘LOV HISOB-KITOBI
Ro‘yxatdan o‘tkazilgan joy (manzil) bo‘yicha abonent raqamlarining soni (birl.)*
Belgilangan to‘lov miqdori (so‘m)
To‘lov summasi (ming so‘m)
Jami
shu jumladan:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Andijon viloyati
Buxoro viloyati
Jizzax viloyati
Qashqadaryo viloyati
Navoiy viloyati
Namangan viloyati
Samarqand viloyati
Surxondaryo viloyati
Sirdaryo viloyati
Toshkent viloyati
Farg‘ona viloyati
Xorazm viloyati
Toshkent shahar
* Abonent raqamlarining soni to‘lov amalga oshiriladigan oydagi o‘rtacha abonentlar soniga (kunlik abonentlar sonining yig‘indisi/oy kunlari) asosan aniqlanadi.
Rahbar
____________________________
(imzo)
Bosh buxgalter
____________________________
(imzo)
M.O‘.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Moliya vazirligining 2019-yil 15-oktabrdagi 204, 104-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2329-6, 10.01.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2020-y., 10/20/2329-6/0044-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatadigan yuridik shaxslar (uyali aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lovni hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20___ yil _______________ oyi uchun abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lovning hisoblangan va to‘langan summalari to‘g‘risida YIG‘MA AXBOROT
T/r
Regionlar nomi
Yuridik shaxsning nomi
Yuridik shaxsning nomi
Abonent raqamlarining soni (birl.)
To‘lov summasi (ming so‘m.)
Abonent raqamlarining soni (birl.)
To‘lov summasi (ming so‘m.)
hisoblangan
Haqiqatan to‘langan
hisoblangan
Haqiqatan to‘langan
Jami
shu jumladan:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Andijon viloyati
Buxoro viloyati
Jizzax viloyati
Qashqadaryo viloyati
Navoiy viloyati
Namangan viloyati
Samarqand viloyati
Surxondaryo viloyati
Sirdaryo viloyati
Toshkent viloyati
Farg‘ona viloyati
Xorazm viloyati
Toshkent shahar
Rahbar
_________________________________
(imzo)
M.O‘.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi va Moliya vazirligining 2014-yil 29-dekabrdagi 93-mh, 89-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2329-2, 05.01.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 11-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 8-9-son, 89-modda; 2013-y., 51-son, 676-modda; 2015-y., 1-son, 11-modda; 19-son 246-modda; 2017-y., 30-son, 762-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.11.2017-y., 10/17/2329-5/0223-son; 10.01.2020-y., 10/20/2329-6/0044-son; 10.05.2021-y., 10/21/2329-7/0448-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 24.07.2023-y., 10/23/2329-8/0515-son; 16.02.2026-y., 10/26/2329-9/0141-son)