04.04.2012 yildagi 98-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “ALISHER NAVOIY NOMIDAGI OʻZBEKISTON MILLIY KUTUBXONASI – AXBOROT RESURS MARKAZI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2012-YIL 20-MARTDAGI PQ-1729-SON QARORINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi – axborot resurs markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 20-martdagi PQ-1729-son qarori amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 15-fevraldagi 41-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi huzuridagi Respublika metodik kengashi toʻgʻrisidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi (A.N.Aripov) Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi, Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlari, taʼlim muassasalari axborot-resurs markazlarining namunaviy shtatlari lavozimlar va kasblarning yangi klassifikatoriga muvofiq qayta koʻrib chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Maʼrifat markazi” binosidan foydalanish va binoga tutash hududga xizmat koʻrsatish boʻyicha ixtisoslashtirilgan direksiya” davlat muassasasi direktoriga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Maʼrifat markazi” binosidan foydalanish va binoga tutash hududga xizmat koʻrsatish boʻyicha ixtisoslashtirilgan direksiya”ning murakkab muhandislik-texnologiya, server va kompyuter asbob-uskunalaridan foydalanishni va ularni boshqarishni taʼminlovchi ayrim rahbarlari va mutaxassislariga 2012-yilning 1-aprelidan boshlab lavozim maoshlarining 100 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda har oylik ustama belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning tasdiqlangan soni doirasida direksiyaning amaldagi tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi faoliyatini tashkil etish va “Maʼrifat markazi” binosidan samarali foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisida” 2011-yil 14-noyabrdagi 302-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 11-son, 88-modda) 10-bandining uchinchi va toʻrtinchi xatboshi, qarorga 2 va 3-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yil 4-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
98-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 15-fevraldagi 41-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4-apreldagi 98-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi (keyingi oʻrinlarda Milliy kutubxona deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasida milliy va jahon madaniyatini, fan va taʼlimni rivojlantirish manfaatlari yoʻlida axborot-kutubxona faoliyatini tashkil etuvchi va amalga oshiruvchi umumdavlat universal axborot-kutubxona muassasasi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Milliy kutubxona oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonunchilik hujjatlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Milliy kutubxona Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tarkibiga kiradi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Milliy kutubxona mamlakatning barcha axborot-kutubxona muassasalari uchun muvofiqlashtiruvchi va metodik markaz hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Milliy kutubxonaning axborot-kutubxona fondi davlat mulki hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Milliy kutubxonaning nashrlarning majburiy nusxasini olish hisobiga shakllantiriladigan, shuningdek nodir va alohida qimmatli axborot-kutubxona resurslaridan iborat boʻlgan axborot-kutubxona fondi milliy madaniy qadriyatlar hisoblanadi va moddiy madaniy meros obyekti sifatida saqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Milliy kutubxona yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga, banklarda hisob-kitob raqamlariga va boshqa hisob raqamlariga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Milliy kutubxonaning joylashgan manzili: Toshkent shahri, Istiqlol koʻchasi, “Maʼrifat markazi” binosi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Milliy kutubxonaning asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagilar Milliy kutubxonaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy yuqori samarali axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda axborotlar olishning manbai, shakl va metodlarini tanlash imkoniyatini taʼminlash tamoyili asosida aholining, ayniqsa yoshlarning intellektual, bilim, maʼnaviy-axloqiy va madaniy ehtiyojlarini har tomonlama qondirish uchun qulay shart-sharoitlar va keng axborot resurslari bazasini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy madaniyatning tiklanishi va yanada rivojlanishiga hamda Oʻzbekiston xalqlarining tarixiy, maʼnaviy va madaniy merosi saqlanishiga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kutubxona faoliyati sohasida davlat siyosatini amalga oshirishda qatnashish, aholiga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatish darajasini doimiy takomillashtirish va oshirishni hisobga olgan holda axborot-kutubxona muassasalarini yanada rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kutubxona muassasalarining ilmiy-tadqiqot va ilmiy-metodik ishlariga tashkiliy-metodik rahbarlik qilish, ularni muvofiqlashtirish, axborot-kutubxona faoliyatini amalga oshirish doirasida, shu jumladan axborot resurslarini almashish va oʻzaro foydalanish borasida ular bilan samarali oʻzaro hamkorlikni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatish shart-sharoitlarini, shakl va metodlarini takomillashtirish, maxsus dasturiy komplekslarni joriy etish, elektron axborot-maʼlumot xizmatlari yaratish, zamonaviy kompyuter vositalaridan va maʼlumotlar uzatish texnologiyalaridan foydalanish asosida axborot-kutubxona faoliyati jarayonlarining avtomatlashtirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanuvchilarga Milliy kutubxonaning va respublika axborot-kutubxona muassasalarining axborot-kutubxona resurslaridan uzoqdan foydalanishni taʼminlaydigan elektron xizmat koʻrsatishni ustuvor rivojlantirib, yetakchi xorijiy axborot resurslarining maʼlumotlar bazasiga ulangan holda axborot-kutubxona muassasalarining yigʻma elektron katalogini va elektron axborot-kutubxona fondini shakllantirish va yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy kutubxonaning axborot-kutubxona fondini milliy va chet el nashrlari bilan tizimli toʻldirib borish, nashrlarning davlat bibliografik hisobini yuritish, nodir va alohida qimmatli nashrlarning ehtiyotlab saqlash, qoʻlyozma kitoblar va nodir nashrlarni konservatsiya va restavratsiya qilishning zamonaviy metodlarini joriy etish, ularni ishonchli saqlashni taʼminlaydigan maxsus rejim sharoitlarida asrashni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori malakali mutaxassislarni tanlov asosida tanlab olish, axborot-kutubxona muassasalari kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning uzluksiz tizimini tashkil etish asosida Milliy kutubxonaning kadrlar salohiyatini doimiy takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Milliy kutubxonaning asosiy funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Milliy kutubxona oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kutubxona faoliyatini takomillashtirish masalalari boʻyicha davlat dasturlarini, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika axborot-kutubxona muassasalari fondlarini komplektlashning asosiy yoʻnalishlari, ularni (xalqaro kitoblar almashishni hisobga olgan holda) milliy va chet el nashrlari bilan eng toʻliq taʼminlash boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi va ishlarni muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kutubxona sohasida ilmiy-tadqiqot va ilmiy-metodik faoliyatni, shu jumladan tadqiqot ishlari oʻtkazishni hamda innovatsiya loyihalarini roʻyobga chiqarishni, kutubxonashunoslik, bibliografiyashunoslik va kitobshunoslik sohasida metodik qoʻllanmalar hamda tavsiyalar tayyorlashni amalga oshiradi va muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatish shakllari va metodlarini takomillashtirish, axborot-kutubxona muassasalariga yangi axborot-kutubxona texnologiyalarini joriy etish, axborot-kutubxona faoliyati jarayonlarining avtomatlashtirilishini taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va ishlarni muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kutubxona muassasalarining nashriyotlar, kitob sotish tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro hamkorligini yaxshilash chora-tadbirlarini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qoʻllagan holda foydalanuvchilarning barcha toifalariga axborot-kutubxona xizmatlari koʻrsatadi, foydalanuvchilar tanlashiga koʻra axborot-kutubxona xizmati koʻrsatish sharoitlari, shakllari va metodlarini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanuvchilarga Milliy kutubxona hamda mamlakatdagi axborot-kutubxona muassasalarining axborot-kutubxona resurslaridan uzoqdan foydalanish, qidirish, yetkazib berishni, shuningdek yetakchi xorijiy axborot resurslarining maʼlumotlar bazasiga ulanishni taʼminlaydigan elektron vositasida masofadan xizmat koʻrsatish boʻyicha xizmatlar koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanuvchilarni Milliy kutubxona portali orqali xabardor qilish yoʻli bilan, shuningdek ularni qiziqtiradigan yangiliklar toʻgʻrisidagi zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda (axborot-kutubxona fondini komplektlash, foydalanuvchilar buyurtmalarini bajarish, hujjatlarni elektron vositasida yetkazib berish va boshqalar) interaktiv axborot xizmatlari koʻrsatadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanuvchilarga qulaylik yaratish uchun qoʻshimcha xizmat turlari, shu jumladan pulli xizmatlar, shuningdek axborot resurslarini keng qoʻllashda qidirish, maslahat berish, materiallarni tarjima qilish, skanerlash, bosib chiqarish kabi xizmatlar koʻrsatadi, pulli xizmatlar roʻyxati va preyskurantlarini qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
(10-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy imkoniyatlari cheklangan kishilar uchun ixtisoslashtirilgan axborot-kutubxona xizmatlari koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatdagi axborot-kutubxona muassasalarining yigʻma elektron katalogini hamda Milliy kutubxonaning axborot-kutubxona resurslari elektron katalogini shakllantiradi va yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy kutubxonaning elektron kutubxonasini shakllantiradi va yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosma nashrlarni, audio va video materiallarni, boshqa axborot resurslarini sotib olish, obuna boʻlish, almashtirish, bepul olish yoʻli bilan komplektlagan holda axborot-kutubxona fondini shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarning majburiy nusxasini, shuningdek dissertatsiyalar nusxasini oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kutubxona fondini hisobga olish, ishlash, joylashtirish, saqlash va undan foydalanishni belgilangan tartibda yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarning davlat bibliografik hisobini va statistika hisobotini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarga kitobning xalqaro standart tartib raqamini (ISBN) va davriy nashrning xalqaro standart tartib raqamini (ISSN) beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kutubxona fondi saqlanishini, elektron resurslarning axborot xavfsizligini taʼminlash ishlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy metodlar va texnologiyalar asosida nodir va alohida qimmatga ega boʻlgan nashrlarni saqlash, restavratsiya va konservatsiya qilish ishlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosma nashrlar, adabiyot va sanʼat asarlari, qoʻlyozma va grafik hujjatlar, kitoblar-manuskriptlar va nodir nashrlarning elektron fondini shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy axborot-kutubxona muassasalari, nashriyotlar, axborot markazlari bilan ilgʻor ish tajribasini oʻrganish va joriy etish boʻyicha xalqaro kutubxonalararo axborot almashuvlarni rivojlantirish, xalqaro kutubxona anjumanlari va tashkilotlarida qatnashish boʻyicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga doir tavsiyalar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy kutubxonani zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmasiga ega boʻlgan, chet tillarni va axborot-kutubxona faoliyati asoslarini biladigan yuqori malakali mutaxassislar bilan taʼminlash uchun kadrlarni tanlab olishni tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy kutubxona xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shu jumladan xorijiy kutubxonalarda tajriba orttirishlarni tashkil etish boʻyicha uzluksiz ish tizimini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy kutubxona huzuridagi oʻquv-maslahat kurslarida va mintaqaviy axborot-kutubxona markazlarida axborot-kutubxona muassasalari kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi hamda chora-tadbirlarni muvofiqlashtiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy kutubxona qonunchilikka muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
(10-bandning yigirma beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Milliy kutubxonaning huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Milliy kutubxona quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Axborot-kutubxona faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va ushbu Nizomga muvofiq oʻz axborot-kutubxona faoliyatining mazmuni va aniq shakllarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika axborot-kutubxona muassasalaridan ularning axborot-kutubxona faoliyati toʻgʻrisida zarur materiallarni soʻrash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kutubxona muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar tomonidan axborot-kutubxona muassasalarining ilmiy-metodik va ilmiy-tadqiqot masalalari boʻyicha ishlab chiqiladigan qoidalar, nizomlar, yoʻriqnomalar, oʻquv dasturlari va boshqa normativ hujjatlarni kelishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda noshirlik va matbaa faoliyatini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan xizmatlar roʻyxati va narxlar preyskurantlariga muvofiq. axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida pulli axborot-kutubxona xizmatlari koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kutubxona fondlarini va boshqa axborot-kutubxona resurslarini saqlash, ulardan foydalanishning alohida shart-sharoitlarini belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanuvchilar tomonidan kutubxonaga yetkazilgan zararni qonunchilikka va Milliy kutubxonadan foydalanish qoidalariga muvofiq qoplash turlari va miqdorlarini belgilash;
(11-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz axborot-kutubxona fondlaridan, ularning toʻliqligi va butligiga xilof yetkazmasdan axborot-kutubxona resurslarining ortiqcha soni va nusxalarini hisobdan chiqarish, shuningdek ularni axborot-kutubxona resurslarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga muvofiq sotish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy kutubxonaning axborot-kutubxona faoliyatini taʼminlash uchun zarur boʻlgan mol-mulkni qonunchilikda belgilangan tartibda sotib olish yoki ijaraga olish;
(11-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 17 bobi (“Kafolatli toʻlovlar va kompensatsiya toʻlovlari”), 18 bobi (Mehnat intizomi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuziladigan shartnomalar asosida Milliy kutubxonaning axborot-kutubxona fondlaridan foydalanish shartlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida xalqaro axborot-kutubxona muassasalari va tashkilotlari bilan aloqalarni amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda belgilangan tartibda axborot-kutubxona faoliyati sohasida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;
(11-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarga nashrlarni identifikatsiya qilish boʻyicha maslahatlar berish, ularni, shu jumladan milliy madaniy qadriyatlarga va moddiy madaniy meros obyektlariga mansub nashrlarni ekspertizadan oʻtkazish va baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarni zamonaviy axborot texnologiyalaridan professional foydalanishi, chet tilni bilishi, foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatishning samarali shakllarini joriy etganligi uchun moddiy ragʻbatlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy kutubxona oʻz vakolatlari doirasida, oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalardan kelib chiquvchi boshqa huquqlarga ham ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Milliy kutubxona quyidagilar uchun javob beradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy kutubxonada saqlanayotgan axborot-kutubxona resurslarining saqlanishini, toʻliqligini va butligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanuvchilarga oʻz vaqtida va sifatli axborot-kutubxona xizmati koʻrsatilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatdagi axborot-kutubxona muassasalarining yigʻma elektron katalogini va Milliy kutubxonaning axborot-kutubxona resurslari elektron katalogini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatning va Milliy kutubxona elektron kutubxonasining yagona elektron axborot-kutubxona fondini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kutubxona muassasalarining ilmiy-metodik hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Milliy kutubxonani boshqarish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Milliy kutubxona faoliyatiga belgilangan tartibda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Direktor:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy kutubxonaga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy kutubxonaning shtatlar jadvalini, uning tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy kutubxonaning amaldagi tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining direktori bilan kelishgan holda direktor oʻrinbosarini va ilmiy kotibni lavozimga tayinlaydi;
(14-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 15-fevraldagi 41-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy kutubxona xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi, ular bilan mehnat shartnomalari (kontraktlari) tuzadi va ularning amal qilishini toʻxtatadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikka muvofiq Milliy kutubxona xodimlarini ragʻbatlantirish chora-tadbirlarini koʻradi va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllaydi;
(14-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda Milliy kutubxonaning mol-mulki va mablagʻlarini tasarruf etadi, kutubxonaning axborot-kutubxona resurslaridan samarali foydalanilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy kutubxonaning moddiy-texnika bazasini saqlash va rivojlantirish, kutubxona foydalanuvchilari va xodimlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini belgilangan tartibda amalga oshiradi, axborot-kutubxona fondlari, shu jumladan nodir va alohida qimmatga ega nashrlar toʻplamlari, shuningdek binolar, inshootlar, asbob-anjomlar, Milliy kutubxonaning boshqa mol-mulki saqlanishi va ulardan zarur darajada foydalanilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Milliy kutubxonada kollegial organ — yetakchi olimlar, kutubxona rahbarlari va mutaxassislaridan shakllantiriladigan Ilmiy kengash faoliyat koʻrsatadi. Milliy kutubxona direktori Ilmiy kengash raisi hisoblanadi, u Ilmiy kengash toʻgʻrisidagi nizomni, uning tarkibini, shuningdek Ilmiy kengash faoliyatini tartibga soluvchi boshqa hujjatlarni tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Milliy kutubxonaning mol-mulki va mablagʻlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan faoliyatni taʼminlash uchun Milliy kutubxona qonunchilikka muvofiq mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqini amalga oshiradi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Milliy kutubxonaning moliyaviy mablagʻlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pulli xizmatlar koʻrsatishdan olinadigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga shakllantiriladi.
(17-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Milliy kutubxonani qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4-apreldagi 98-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi huzuridagi Respublika metodik kengashi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 20-martdagi PQ–1729-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan Respublika metodik kengashi (keyingi oʻrinlarda Kengash deb ataladi) faoliyatini tartibga soladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kengash axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha metodik tavsiyalar ishlab chiquvchi idoralararo kollegial organ hisoblanadi hamda Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi (keyingi oʻrinlarda Milliy kutubxona deb ataladi) huzurida faoliyat koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kengash axborot-kutubxona muassasalari faoliyatiga umumiy metodik rahbarlikni amalga oshirish hamda tartibga soluvchi yagona hujjatlarni ishlab chiqish, axborot-kutubxona faoliyati masalalari boʻyicha zarur hujjatlarni tayyorlash maqsadida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kengash oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Kengashning vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kutubxona faoliyati va uni rivojlantirish sohasida davlat siyosatini, strategik ustuvor vazifalarni amalga oshirish boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoralararo tashkiliy-metodik rahbarlikni amalga oshirish, axborot-kutubxona muassasalarini ular faoliyatining barcha yoʻnalishlari boʻyicha rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy axborot-kutubxona texnologiyalari, axborot-kutubxona xizmati koʻrsatishning yangi shakllarini joriy etish, axborot-kutubxona resurslarini (matn, ovozli yozuv yoki tasvir shaklida) toʻplash, hisobga olish va qidirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kutubxona muassasalari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning metodologik asoslarini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kengash asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini tartibga soluvchi normativ hujjatlar, milliy standartlar, tadqiqot loyihalarini ishlab chiqish yuzasidan tashabbus koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishni hisobga olgan holda axborot-kutubxona faoliyati texnologiyasi va metodologiyasini qayta koʻrib chiqish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kutubxona muassasalarining nashriyotlar, kitob savdosi tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro hamkorligini yaxshilash chora-tadbirlari kompleksini tasdiqlaydi, shuningdek ularning bajarilishi monitoringini olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kutubxona muassasalari yigʻma elektron katalogi shakllantirilishining toʻliqligi va sifati, milliy, korporativ va boshqa axborot-kommunikatsiya tarmoqlarini respublika yagona axborot-kutubxona resurs bazasiga integratsiyalash uchun bosma nashrlarning elektron nusxalarini yaratish jadvali bajarilishi monitoringini olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kutubxona fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish, adabiyotlarni nashr etish va qayta nashr etish, ularning adadini belgilash boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va xorijiy axborot-kutubxona muassasalari, nashriyotlar va axborot markazlarining ish tajribasini almashish maqsadida xalqaro hamda respublika konferensiyalari va seminarlarini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kengashning tashkiliy-metodik faoliyatini muvofiqlashtirish va yoʻnaltirish Milliy kutubxona tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Kengashning huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kengash oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kutubxona muassasalari rahbarlarining axborot-kutubxona faoliyatining holati va uni takomillashtirish choralari toʻgʻrisidagi axborotini eshitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kutubxona muassasalari faoliyatining muhim masalalarini oʻrganish va ular boʻyicha takliflar tayyorlash uchun axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi yetakchi mutaxassislarni va ilmiy xodimlarni jalb etgan holda ishchi komissiyalar va ekspert guruhlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi tadqiqot loyihalarini ekspert jihatidan baholash, ular boʻyicha tavsiyalar va xulosalar berish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash oʻziga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi uchun javob beradi va har yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga hisob beradi.
(8-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Kengashning tarkibi va uning ishini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kengashning tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kengashga Kengash raisi boshchilik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash tarkibiga davlat boshqaruvi, axborot-kutubxona faoliyati va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohalaridagi rahbarlar va yetakchi mutaxassislardan boʻlgan Kengash raisining oʻrinbosari va aʼzolari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoxud tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kengash raisi Kengash faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi va Kengashga yuklangan vazifalar bajarilishi uchun javob beradi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi hozir boʻlmaganda uning funksiyalarini uning oʻrinbosari bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kengash faoliyati qarorlar qabul qilishda teng huquqlilik va kollegiallik tamoyillariga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kengash majlisi Kengashning oddiy koʻpchilik aʼzolari qatnashganda qonuniy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash majlisi qarorlari Kengash raisi tasdiqlaydigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Kengash majlislari uning vakolatiga kiradigan masalalar tayyorlanishiga qarab, biroq yil choragida kamida bir marta oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Kengash majlislarini tashkiliy-texnik taʼminlash Kengash raisi va uning oʻrinbosari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Kengash qarorlari Kengashning majlisda qatnashayotgan aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashning qabul qilingan qaroridan norozi boʻlgan aʼzosi oʻz fikrini yozma ravishda bayon qilishga haqlidir, u majlis bayonnomasiga tirkab qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Kengash qarorlari bajarish uchun axborot-kutubxona muassasalariga ega boʻlgan manfaatdor vazirliklar va idoralarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Masʼul kotib Kengash faoliyatini texnik jihatdan taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Kengash aʼzolari oʻz ishini jamoatchilik asosida olib boradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Kengashni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 4-apreldagi 98-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi huzuridagi budjetdan tashqari Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi (keyingi oʻrinlarda Milliy kutubxona deb ataladi) va respublika axborot-kutubxona muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash tadbirlarini moliyalashtirish, shuningdek Milliy kutubxona xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamgʻarma yuridik shaxs tashkil etmasdan tashkil etiladi. Jamgʻarma xarajatlari yoʻnalishlari alohida tasdiqlanadigan Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari smetasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan belgilanadi. Jamgʻarma mablagʻlarini joriy boshqarish Milliy kutubxona tomonidan amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasiga tushuvchi mablagʻlar summasidan 2 foiz miqdoridagi ajratma;
(3-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-dekabrdagi 1036-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2019-y., 09/19/1036/4226-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliyaviy institutlar va boshqa xorijiy donorlarning Milliy kutubxona tomonidan jalb etiladigan imtiyozli kreditlari va grantlari, xayr-ehson qiluvchilarning mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jamgʻarma mablagʻlarini Milliy kutubxonaga oʻtkazish uchun Moliya vazirligining Gʻaznachiligida budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha shaxsiy hisob raqami ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishning asosiy yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishning asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60 foiz — Milliy kutubxona va respublikaning axborot-kommunikatsiya muassasalari faoliyatiga yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, dasturiy taʼminotni joriy qilishga hamda ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, shuningdek, Respublika axborot-kutubxona markazi faoliyatini moliyalashtirishga;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-apreldagi 297-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablagʻlarning 25 foizi — Milliy kutubxona xodimlariga lavozim maoshining 25 foizidan 75 foizigacha miqdorida ragʻbatlantiruvchi ustamalar belgilashga va zamonaviy axborot texnologiyalaridan professional foydalanganlik, xorijiy tilni bilganlik, foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatishning samarali shakllarini joriy etganlik uchun mukofotlashga, shuningdek moddiy yordam koʻrsatishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablagʻlarning 15 foizi — sarflash materiallari va Milliy kutubxonada foydalanilayotgan texnologik asbob-uskunalar uchun butlovchi buyumlar, shu jumladan Milliy kutubxonaning alohida qimmatga ega va nodir nashrlarini restavratsiya qilish, konservatsiya qilish va ularning saqlanishini taʼminlash uchun moʻljallangan asbob-uskunalar sotib olishga, shuningdek mahalliy va xorijiy nashrlarni sotib olishga va ularga obuna boʻlishga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish, daromadlar va xarajatlar smetasini tayyorlash va tasdiqlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jamgʻarma mablagʻlari Kutubxona muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash (toʻliq jihozlash) tadbirlarining har yili kelgusi yilga tasdiqlanadigan roʻyxati asosida Milliy kutubxona va respublika axborot-kutubxona muassasalari faoliyatiga yangi axborot-kutubxona va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, dasturiy taʼminlashni joriy etish tadbirlarini amalga oshirishga va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga, kitoblar sotib olishga va davriy nashrlarga (shu jumladan elektron shakldagi davriy nashrlarga) obuna boʻlishga yoʻnaltiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kutubxona muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash (toʻliq jihozlash)ning kelgusi yilga asosiy koʻrsatkichlari axborot-kutubxona muassasalarining takliflari asosida shakllantiriladi va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Milliy kutubxona tomonidan kelishish uchun Agentlikka joriy yilning 1-noyabridan kechikmay kiritiladi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Jamgʻarma mablagʻlaridan ushbu Nizomda nazarda tutilgan tadbirlar uchun foydalanish Jamgʻarmaning tasdiqlangan xarajatlar va daromadlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelgusi yilga Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari smetasi har yili Milliy kutubxona tomonidan tayyorlanadi va joriy yilning 1-noyabrigacha kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligiga kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan kelgusi yilga Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari smetasi keyinchalik tasdiqlash uchun joriy yilning 1-dekabrigacha Agentlikka kiritiladi.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jamgʻarma mablagʻlari respublikaning boshqa axborot-kutubxona muassasalari uchun Jamgʻarmaning gʻaznachilik shaxsiy hisob raqamidan axborot-kutubxona muassasalarining tegishli budjetdan tashqari gʻaznachilik hisob raqamlariga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Buyurtmachi funksiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlarini rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlarini jihozlash (toʻliq jihozlash) boʻyicha — ushbu muassasalarga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sarflash materiallari va Milliy kutubxonada foydalaniladigan texnologik asbob-uskunalar uchun butlovchi buyumlar sotib olish Milliy kutubxona tomonidan ushbu maqsadlar uchun Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari smetasida tasdiqlanadigan mablagʻlar doirasida mustaqil amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Milliy kutubxona xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi masalalarni hal etish (ustamalar tayinlash, mukofotlar toʻlash) Milliy kutubxonada tashkil etiladigan Maxsus komissiya tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiyaning tarkibi Milliy kutubxona direktorining buyrugʻi bilan kamida 7 kishidan iborat etib tasdiqlanadi va Milliy kutubxonaning rahbariyati, kasaba uyushmasi tashkiloti, buxgalteriya, tarkibiy boʻlinmalarning rahbarlari va boshqa masʼul xodimlarni oʻz ichiga oladi. Maxsus komissiyaga Milliy kutubxona direktori boshchilik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Maxsus komissiya faoliyatiga va u tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga yuqori turuvchi vazirliklar va idoralarning aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Maxsus komissiyaning majlislari yarim yilda kamida bir marta, istisno hollarda esa, zaruriyatga koʻra oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiyaning qarorlari Komissiyaning majlisda qatnashuvchi aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolganda Maxsus komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Maxsus komissiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy kutubxona xodimlariga mehnatga halol munosabatda boʻlganligi, yuksak kasb mahorati hamda foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatish sifatini oshirishga va xizmat koʻrsatishning samarali shakllarini joriy etishga qoʻshgan aniq shaxsiy hissasi, zamonaviy axborot texnologiyalaridan professional foydalanganligi, shuningdek xorijiy tilni bilganligi uchun lavozim maoshining 25 foizidan 75 foizigacha miqdorda ragʻbatlantiruvchi ustamalar belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy kutubxona xodimlarini umumxalq bayramlari va boshqa muhim sanalar munosabati bilan Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga bir lavozim maoshigacha mukofotlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida hollarda Milliy kutubxonaning ishga yangi tayinlangan yosh xodimlariga (30 yoshdan oshmagan boʻlgan xodimlarga) yosh mutaxassislar faoliyati natijalariga qarab ustama miqdorini koʻpaytirish (kamaytirish) yoki uni bekor qilish toʻgʻrisidagi masalani keyinchalik koʻrib chiqqan holda 6 oygacha zamonaviy axborot texnologiyalaridan professional foydalanganlik, xorijiy tilni bilganlik uchun lavozim maoshining 50 foizigacha miqdorda ustamalar tayinlash;
(13-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-fevraldagi 75-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 94-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻllaniladigan kutubxona jarayonlarini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan innovatsion va yuqori samarali loyihalarni ishlab chiqqanligi va joriy etganligi uchun 5 lavozim maoshi miqdorigacha bir yoʻla mukofotlar ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Maxsus komissiyaning Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga oylik ustamalar belgilash toʻgʻrisidagi qarori uning raisi tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiyaning bayonnomasi asosida Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga xodimlarga oylik ustamalar belgilash boʻyicha Milliy kutubxonaning buyrugʻi chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga Milliy kutubxona xodimlariga oylik ustamalar, qoidaga koʻra, bir yilga belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda joriy davr (yarim yil, bir yil) uchun Milliy kutubxona xodimlari ishini baholash yakunlari boʻyicha va ayrim xodimlarning ish sifatida aniqlangan oʻzgarishlar asosida Maxsus komissiyaning qarori bilan oylik ustamalarning belgilangan miqdorlari qayta koʻrib chiqilishi yoki bekor qilinishi, shuningdek oʻz ishi koʻrsatkichlari yaxshilanishiga erishgan boshqa xodimlarga belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Milliy kutubxona xodimlariga Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga moddiy yordam istisno hollarda — ularning murojaatiga koʻra yoki Milliy kutubxona kasaba uyushmasi tashkilotining tashabbusi boʻyicha (xodimlarning toʻy va yubiley marosimlari, yaqin qarindoshlarining vafot etishi, ogʻir jarohatlar olish, ogʻir kasalliklarga yoʻliqish, tabiiy ofatlar oqibatlari va shu kabilar) tegishli xodimning ikki lavozim maoshigacha miqdorda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy kutubxona xodimlariga moddiy yordam berish toʻgʻrisidagi qaror muassasa boʻyicha tegishli buyruq chiqarilgan holda direktor tomonidan qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga tayinlangan ustamalar, mukofotlar va toʻlanadigan moddiy yordam summasi Milliy kutubxona xodimlari mehnatiga haq toʻlash fondiga kiritiladi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda ularga yagona ijtimoiy toʻlov hisoblanadi. Jismoniy shaxslarning Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga olingan daromadlariga qonunchilikda belgilangan tartibda soliq solinadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Milliy kutubxona belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi yuritilishi, Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot tuzilishi va taqdim etilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha Milliy kutubxona faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Agentlik tomonidan amalga oshiriladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Agentlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari smetasini tasdiqlaydi hamda Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi toʻgʻrisida Milliy kutubxona direktorining hisobotini eshitadi.
(20-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning daromadlari barqaror shakllantirilishini taʼminlash, oʻz vaqtida moliyalashtirish va Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanish ustidan doimiy nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kutubxona muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash (toʻliq jihozlash) tadbirlari roʻyxatini har yili tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy kutubxonaning takliflari boʻyicha Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari smetasiga Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma oldiga qoʻyilgan vazifalarni hal etishga manfaatdor vazirliklar, idoralar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va notijorat tashkilotlarini jalb etadi, shuningdek xayr-ehson qiluvchilarning, shu jumladan xorijiy xayr-ehson qiluvchilarning grantlari va mablagʻlarini jalb etishda Jamgʻarmaga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Milliy kutubxona direktori:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablagʻlardan foydalanishning ustuvor yoʻnalishlari va shartlarini belgilaydi, Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari smetasi hamda uning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot tayyorlanishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daromadlar manbalari bilan bogʻliq holda kutubxona muassasalarining asosiy yoʻnalishlari (rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash (toʻliq jihozlash) boʻyicha Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish yuzasidan Agentlikka takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kutubxona muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash (toʻliq jihozlash) tadbirlari roʻyxati bajarilishini tahlil qiladi va monitoring olib boradi hamda tegishli materiallarni Agentlikka kiritadi;
(21-bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslar bilan Jamgʻarma faoliyatiga tegishli shartnomalarni tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlarini oluvchilar tomonidan ulardan noqonuniy yoxud belgilangan maqsadlardan boshqa maqsadlarda foydalanganligi aniqlangan taqdirda Milliy kutubxona nomidan daʼvolar qoʻzgʻaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida ushbu Nizomga va amaldagi qonunchilikka muvofiq boshqa masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi.
(21-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 14-son, 157-modda; 2017-y., 7-son, 94-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2018-y., 09/18/1038/0508-son, 23.04.2018-y., 09/18/297/1096-son; 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son; 26.12.2019-y., 09/19/1036/4226-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)