Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.09.2016 20.11.1991 yildagi 429-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.09.2016
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YoShLARGA OID DAVLAT SIYOSATINING ASOSLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-361-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xalq manfaatlarini ko‘zlab, “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida”gi Qonunga asoslanib, respublika yoshlarining ijtimoiy hamda ma’naviy kamol topishi uchun shart-sharoit yaratib berishga qaratilgan yoshlarga oid siyosatni ishlab chiqadi va uni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Yoshlarga oid davlat siyosatining maqsadi va qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlarga oid siyosat O‘zbekiston Respublikasi davlat faoliyatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib, uning maqsadi yoshlarning ijtimoiy shakllanishi va kamol topishi, ijodiy iqtidori jamiyat manfaatlari yo‘lida imkoni boricha to‘la-to‘kis ro‘yobga chiqishi uchun ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy jihatdan shart-sharoit yaratish hamda ularni kafolatlashdan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati quyidagi qoidalarga asoslanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
millati, irqi, tili, dini, ijtimoiy mavqei, jinsi, ma’lumoti va siyosiy e’tiqodidan qat’i nazar, yoshlar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarni huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy, madaniy an’analarning avloddan-avlodga o‘tishi, avlodlarning ma’naviy aloqasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari doirasida o‘z manfaatlarini amalga oshirish yo‘llarini erkin tanlay olishlariga kafolat berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatni rivojlantirishga, ayniqsa respublika yoshlari hayotiga oid siyosat va dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda yoshlarning bevosita ishtirok etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquq va burchlarning, erkinlik va fuqarolik mas’uliyatining birligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlarga oid davlat siyosati sohasida O‘zbekiston Respublikasi tasarrufiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududida yoshlarga oid davlat siyosatining ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy asoslarni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarni ijtimoiy jihatdan himoya qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarga oid davlat siyosati boshqaruv idoralarini tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarga oid davlat siyosati sohasida respublika kompleks va aniq maqsadli dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga mo‘ljallangan moliyaviy mablag‘larni tasarruf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika yoshlarining manfaatlarini O‘zbekistonning respublikalararo va xalqaro majburiyatlari doirasida ifodalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududida yoshlarning va ular birlashmalarining ijtimoiy munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga solish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika yoshlarining, yoshlar jamoat uyushmalarining tashabbuslarini iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hamma huquq subyektlarining O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida yoshlarga nisbatan belgilab qo‘yilgan majburiyatlarga rioya etishlarini nazorat qilish, O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid siyosatni shakllantirish hamda amalga oshirishning boshqa masalalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasining yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi yoshlarga oid davlat siyosatini mustaqil ravishda belgilaydi va amalga oshiradi, ushbu Qonun 2-moddasining yettinchi xatboshisi bundan mustasnodir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonunlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlarga oid davlat siyosati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, ushbu Qonunga va yoshlarning manfaatlariga daxldor bo‘lgan ijtimoiy, iqtisodiy hamda o‘zga munosabatlarni tartibga soladigan boshqa qonun hujjatlariga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi ushbu Qonun orqali 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolarga taalluqli yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy negizini belgilab beradi va uni tegishli qonunlarni rivojlantirish hamda tizimga solish uchun asos deb e’tirof etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agarda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida mazkur Qonundagidan va O‘zbekiston Respublikasining yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi boshqa qonun hujjatlaridagidan o‘zgacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Yoshlarga oid davlat siyosatning subyektlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralari, yoshlar nomidan ularning jamoat birlashmalari yoshlarga oid davlat siyosatining subyektlaridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. YoShLARNI HUQUQIY VA IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Yoshlarni huquqiy muhofaza qilish va uni ta’minlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yosh fuqarolarni huquqiy muhofaza qilish davlat va jamoat tashkilotlari, birlashmalar va korxonalarning yoshlarga nisbatan huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan vazifalarini, shaxsning qadr-qimmatini oilada, mehnat va o‘quv jamoasida, turar joyda har tomonlama himoya qilishni o‘z ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlarni huquqiy muhofaza qilish O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda vakillik, ijroiya, sud hokimiyati idoralari, shuningdek huquq-tartibotni muhofaza qilish idoralari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining yosh fuqarolari Konstitutsiya va qonun hujjatlarida mustahkamlab qo‘yilgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va shaxsiy huquq hamda erkinliklardan to‘liq foydalanadilar. Yoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini ularning yoshiga qarab qandaydir bevosita yoki bilvosita cheklab qo‘yishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday xatti-harakatlar amaldagi qonunlarga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganlarning muomala layoqati masalalari, yosh fuqarolar ayrim toifalarining (nogironlar, uy bekalari, bolalar uyida tarbiyalanayotgan hamda tarbiyalanib chiqqanlarning va hokazo) huquqlarini himoya qilish masalalari O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan tartibga solib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida yoshlar orasida odob-axloqni buzishga, shu jumladan zo‘ravonlikni, hayosizlikni va shafqatsizlikni tashviqot qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlar man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Voyaga yetmagan huquqbuzarliklarning huquqlarini muhofaza qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganlarga nisbatan majburiy tarbiyaviy ta’sir chora-tadbirlarini qo‘llash, shu jumladan: yetkazilgan aziyat g‘uborini ko‘tarish majburiyatini yuklash, jarima solish, ijtimoiy foydali mehnatga jalb qilish, axloq-tuzatish ishlariga yuborish, hibsga olish, ozodlikdan mahrum etish, ularni maxsus o‘quv-tarbiya muassasalariga joylashtirish faqat sudning hukmiga yoki tegishli qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat shaxsning huquqlariga rioya etilishini va uning qadr-qimmati hurmat qilinishini, huquqbuzarlik sodir etgan voyaga yetmaganlar ancha insonparvar rejimda saqlanishini kafolatlaydi, ozodlikdan mahrum qilish joylarida ularning ahvolini xalq deputatlari Kengashlari va jamoatchilik tomonidan nazorat qilinishi uchun shart-sharoit yaratadi. Voyaga yetmagan huquqbuzarlik uchun sodir etgan jinoyatlarning og‘irlik darajasi va ularning yoshini hisobga olib, ozodlikdan mahrum qilish joylarida tabaqalashtirilgan rejimda saqlash nazarda tutiladi.
(7-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Yoshlarning ta’lim sohasidagi huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘quvchilar va talabalarning o‘quv-tarbiya muassasalari ma’muriyati bilan o‘zaro munosabatlardagi huquq va burchlari O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida, shuningdek tegishli muassasalar o‘zini o‘zi boshqarish idoralarining qarorlarida belgilanadi. O‘quvchilar, talabalar yoki ularning qonuniy vakillari o‘quv yurtlarining ma’muriyati bilan tegishli qoidalar, shartnoma (bitimlar) ishlab chiqishda ishtirok etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘quvchilar va talablarni o‘quv jarayoni vaqtida ijtimoiy ishlab chiqarishga jalb etishga yo‘l qo‘yilmaydi, bunday ish ular tanlagan mutaxassislikka mos bo‘lib, o‘quv-ishlab chiqarish amaliyotining shakli hisoblangan yoxud o‘quvchilar va talabalar o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida ixtiyoriy ravishda jamoa bo‘lib yoki yakka tartibda mehnat qilgan hollar bundan mustasnodir. Mazkur mehnat faoliyatiga mehnat yoki fuqarolik qonunlariga muvofiq tegishlicha rasmiylashtirilgan shartnoma bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘quvchilar va o‘quv yurtlarining talabalariga o‘quv ashyolari, darsliklar va maktab kiyimlarini imtiyozli narxlarda sotib olish huquqi beriladi. Mollar ro‘yxati va ularni realizatsiya qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(8-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. O‘zbekiston Respublikasida davlatning iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat iste’dodli yoshlarni alohida qo‘llab-quvvatlaydi. O‘zbekiston Respublikasida davlat tashkilotlari hamda jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar iste’dodli yoshlarni aniqlashda va ularning ijodiy kamol topishida ko‘maklashishlari shart. Ana shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasida fan va texnika, iqtisodiyot, boshqaruv, san’at sohalarida iste’dodli yoshlarni qidirib topishni, ularni muhofaza qilish va qo‘llab-quvvatlashni amalga oshirishda moddiy-texnika bazalari bilan ta’minlangan davlat muassasalari, jamoat birlashmalari va komissiyalar faoliyat ko‘rsatadi. Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari respublika va mahalliy budjetlar, hamda boshqa manbalardan pul bilan ta’minlanadi.
(9-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 30-apreldagi 621-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 25-son, 287-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Yoshlarni ijtimoiy jihatdan himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlarni ijtimoiy jihatdan himoya qilish jismoniy, aqliy, axloqiy jihatdan o‘sishni va O‘zbekiston xalqining manfaatlari yo‘lida ijtimoiy kamol topishini ta’minlash uchun yosh fuqarolar va ularning oilalariga beriladigan davlat kafolatlarini o‘z ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida yoshlar uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bepul tibbiy xizmat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bepul ta’lim olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sport-sog‘lomlashtirish va madaniy-ma’rifiy muassasalarga imtiyozli shartlarda qatnash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy qurish, ro‘zg‘or buyumlari sotib olish uchun imtiyozli kreditlar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki mehnat faoliyati uchun ish joyi bilan ta’minlanish yoki amaldagi qonunlarga muvofiq moddiy kompensatsiya olish huquqi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy infrastruktura obyektlarini loyihalash va qurish chog‘ida yoshlarning talab-ehtiyojlarini hisobga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quvchilar, talaba yoshlar va voyaga yetmagan fuqarolar uchun transportda yurish imtiyozlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlarga kompensatsiya to‘lovlarini kafolatlovchi ijtimoiy ta’minlanish minimumi belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmaganlarni, yosh fuqarolarning ayrim toifalarini (nogironlar, uy bekalari, bolalar uyida tarbiyalanayotgan va tarbiyalanib chiqqanlar, o‘quvchilar, talabalar, harbiy xizmatni o‘tab qaytgan harbiy xizmatchilar, zaxiradagi harbiy xizmatchilar va shu kabilarni) ijtimoiy muhofaza qilishga qaratilgan maxsus chora-tadbirlar, shuningdek ularning huquqlarini amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YoShLARGA OID DAVLAT SIYOSATINI AMALGA OShIRISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Yoshlarga oid davlat siyosatini tashkiliy jihatdan ta’minlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ishlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarish O‘zbekiston Respublikasining Yoshlar ishlari bo‘yicha davlat Kengashi va boshqa davlat idoralari, joylarda esa xalq deputatlari Kengashlari ijroiya idoralari zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Yoshlar ishlari bo‘yicha davlat Kengashining vazifalari, vakolatlari va tuzilishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Yoshlar ishlari bo‘yicha davlat Kengashi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda yoshlarga oid davlat siyosati asosidagi tadbirlarni pul bilan ta’minlash o‘lchamlari va ilmiy jihatdan asoslangan ijtimoiy mezonlarini ishlab chiqadi hamda ularni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi muhokamasiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Yoshlar ishlari bo‘yicha davlat Kengashi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga va Prezidentiga har yili yoshlarning ahvoli xususida ma’ruza taqdim etadi.
(11-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Yoshlarga oid siyosatni ro‘yobga chiqarishning davlat dasturi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlarga oid siyosat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ishlab chiqiladigan va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadigan davlat dasturi negizida amalga oshiriladi.
(12-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturining ishlab chiqilishidan va ro‘yobga chiqarilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni, insoniy qadr-qimmatini, o‘ziga xos, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy-madaniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlaydigan shart-sharoitlar yaratishdan, ixtiyoriylik va tanlash imkoniyati qoidalari asosida yoshlarning xalq xo‘jaligida mehnat qilishlariga ko‘maklashishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturini ro‘yobga chiqarishda mulkchilikning turidan qat’i nazar, korxonalar, jamoat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturi moddiy resurslar, mehnat resurslari va moliyaviy resurslar bilan ta’minlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy hokimiyat idoralari kichik dasturlar, shuningdek mustaqil hujjatlar tarzida dasturlar ishlab chiqadilar. Dasturlarning ro‘yobga chiqarilishi mahalliy budjet mablag‘lari va pul bilan ta’minlashning boshqa manbalaridan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Yoshlarning ijtimoiy xizmati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida yoshlarni, yosh oilalarni ijtimoiy muhofaza qilish, yoshlarning jamoat uyushmalari va ularning korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning fuqaro sifatidagi tashabbuskorligini ro‘yobga chiqarishga yordam ko‘rsatish maqsadlarida yoshlar davlat-jamoat ijtimoiy xizmati amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar ijtimoiy xizmati faoliyatining yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
psixologik-pedagogik, tibbiy-biologik, huquqiy yordam ko‘rsatish va voyaga yetmaganlar hamda boshqa yosh fuqarolarga maslahat berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy nuqsonlari tufayli juda noqulay sharoitda qolgan yosh fuqarolarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yosh oilalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat va o‘quv jamoalarida yoshlarni huquqiy himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmagan huquqbuzarlarga maxsus tarbiya muassasalarida ijtimoiy yordam ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ozodlikdan mahrum etish va maxsus tarbiya muassasalaridan qaytgan yosh fuqarolarni ijtimoiy jihatdan tiklash (ko‘niktirish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarning jamoa bo‘lib va yakka tartibda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda bu faoliyatni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqiy tashviqot, yoshlarni ishga joylashish, ta’lim olish va kasbiy tayyorgarlik ko‘rish, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish, turizm va sport bilan shug‘ullanish sohasidagi manfaatlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun mavjud imkoniyatlar to‘g‘risida xabardor etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarning o‘zini o‘zi boshqarish shakllarini rivojlantirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarning yashash joylarida o‘z bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarini tashkil etishga ko‘maklashish va yoshlarga yordam ko‘rsatish borasidagi boshqa vazifalarni bajarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari hududdagi o‘ziga xoslikni hisobga olgan holda ijtimoiy xizmatning aniq shaklini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Davlatga taalluqli bo‘lmagan idoralar va fuqarolarni yoshlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatishga jalb etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlarning jamoat uyushmalarini, boshqa davlatga taalluqli bo‘lmagan tashkilotlarni yoshlarga ijtimoiy jihatdan yordam ko‘rsatish borasidagi faoliyatga jalb etish xalq deputatlari mahalliy Kengashlari ijroiya idoralari, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari bo‘yicha davlat Kengashi va respublikaning boshqa idoralari bilan shartnoma tuzish asosida amalga oshiriladi. Shartnoma yoshlarning talab-ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan faoliyatning turi va mazmuni, tomonlarning majburiyatlari bo‘yicha ko‘rsatiladigan moliyaviy yoki moddiy yordamning shartlari belgilanadi.
(14-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Yoshlarga oid davlat siyosatini iqtisodiy ta’minlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi tadbirlarni pul bilan ta’minlash budjetlar, yoshlar jamg‘armasi va boshqa jamg‘armalar mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar respublika budjeti va mahalliy budjetlar, shuningdek respublika jamg‘armalari va boshqa jamg‘armalarning mablag‘lari hisobidan pul bilan ta’minlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi respublikaning kompleks va aniq maqsadli dasturlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarga oid davlat siyosati sohasidagi kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalarni hal etishni jadallashtirishga qaratilgan, aniq maqsadlar uchun qilinadigan xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlar jamoat tashkilotlarining ijtimoiy jihatdan muhim bo‘lgan dasturlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qilinadigan xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari bo‘yicha davlat Kengashi va unga bo‘ysunuvchi muassasalarni ta’minlashga ketadigan xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi tuzgan shartnomalarga muvofiq yoshlarning mintaqalararo miqyosda va xalqaro aloqalarni amalga oshirish uchun qilinadigan xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadigan yosh fuqarolarni ijtimoiy ta’minlashning kafolatlangan umumdavlat minimumiga qilinadigan xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmagan fuqarolarga kompensatsiya to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Yoshlarning ijtimoiy rivojlanishiga davlat yordami
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yosh fuqarolar va yosh oilalarga ijtimoiy imtiyozlar, chunonchi: yakka tartibda uy qurish uchun yer ajratish, uy-joy sotib olish, uy-joy qurish kooperativlariga a’zo bo‘lish uchun pay badallari to‘lash, ro‘zg‘or buyumlari sotib olish (shu jumladan chorva mollari sotib olish), uzoq muddat foydalanadigan kundalik uy jihozlari sotib olish, tijorat asosida amal qiladigan o‘quv yurtlarida ta’lim olish uchun haq to‘lash va boshqa maqsadlarga uzoq muddatli kreditlar beriladi. Yoshlarga kreditlar banklar tomonidan kam foiz olish sharti bilan berilib, O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida belgilangan imtiyozli tartibda uziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yosh fuqarolarning ayrim toifalariga temir yo‘l, havo, suv, avtomobil transportida (taksidan tashqari) va shahar passajir transportida yurishi uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq imtiyozlar beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(16-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 1-maydagi 621-I-son Qonuniga muvofiq chiqarib tashlangan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 102-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Yoshlar jamg‘armalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasida ilmiy, texnikaviy, madaniy va boshqa ijodiy faoliyatni, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, yoshlarning muammolarini hal etishga ko‘maklashuvchi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat-jamoat yoshlar jamg‘armalari tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(17-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-197-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 52-son, 513-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlarning davlat-jamoat jamg‘armalarini tashkil etish, ular faoliyatining tartibi va tashkil bo‘lish manbalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(17-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Davlatning yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat yoshlarning iqtisodiy mustaqilligini, xalq hunarmandchiligi va hunarmandchilik kasb-kori bilan shug‘ullanishi, yoshlar korxonalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi va rivojlantiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlovchilar ro‘yxat tarkibining kamida 75 foizini 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar tashkil etadigan quyidagi korxonalar: maktab o‘quvchilari, o‘rta maxsus bilim yurtlarining o‘quvchilari, oliy o‘quv yurtlari kunduzgi bo‘limlarining talabalari, ilmiy-tadqiqot, innovatsiya va joriy etish ishlari olib borish uchun yosh olimlar tomonidan tashkil etilgan korxonalar, shuningdek yoshlar tashkilotlari tuzgan hamda ro‘yxatini O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan yoshlarga mo‘ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi va xizmatlarni ko‘rsatuvchi korxonalar yoshlar korxonalari hisoblanadi.
(18-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar korxonalari uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq: qarz olishda, investitsiyalarda, zarur ishlab chiqarish vositalari bilan ta’minlanishda, yer maydonlarini olishda, o‘zlarining tijorat tavakkallarini sug‘urtalashda imtiyozlar belgilanadi.
(18-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 1-maydagi 621-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 102-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. O‘zbekiston Respublikasida yoshlarning jamoat birlashmalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika yoshlarining fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquq hamda erkinliklarini ro‘yobga chiqarish va himoya qilish, shuningdek ularning faolligi va tashabbuskorligini rivojlantirishni o‘zining asosiy maqsadlaridan biri deb bilgan fuqarolarning belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgach, ko‘ngilli uyushmasi O‘zbekiston Respublikasida yoshlarning jamoat birlashmasi deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar jamoat birlashmasining Ustavi (nizomi, boshqa asosiy hujjati) da a’zo bo‘luvchining yoki qatnashchisining yoshi chegaralab qo‘yilgan (30 yosh) bo‘lishi kerak. Yoshlar jamoat birlashmasidagi 30 yoshdan katta a’zolar (qatnashchilar) ko‘pi bilan yoshlar jamoat birlashmasiga kirganlar jami sonining 10 foizidan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlarning jamoat birlashmalari yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha davlatning kompleks va aniq maqsadli dasturlarini ishlab chiqishida qatnashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. YAKUNLOVChI QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Ushbu Qonunning ijrosini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning ro‘yobga chiqarilishini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va boshqa davlat idoralari nazorat qilib boradilar.
(20-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning barcha davlat va jamoat idoralari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar, shuningdek fuqarolar tomonidan aniq va bir tahlitda ijro etilishi ustidan oliy nazorat o‘rnatish O‘zbekiston Respublikasining Prokurori zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Ushbu Qonunni buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralarining mansabdor shaxslari ushbu Qonunning qoidalariga rioya etilishi uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan tartibda javobgardirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunga zid keladigan har qanday qonun hujjatlari qabul qilinishi bilanoq butunlay yoki ularning tegishli qismi haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlarga oid davlat siyosati subyektlariga g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar oqibatida yetkazilgan zarar tegishli sudning qaroriga asosan, to‘liq hajmda qoplanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1991-yil 20-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
429-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 2-son, 80-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 102-modda; O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 25-son, 287-modda; 51-son, 514-modda; 2008-y., 52-son, 513-modda)