11.11.2002 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1187
ONLINE TRANSLATE
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining qarori, 11.11.2002 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1187
Кучга кириш санаси
21.11.2002
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.12.2021
 LexUZ sharhi
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 33-son “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yo‘naltirilgan tarzda qo‘llab-quvvatlashning 2002-2003-yillarga mo‘ljallangan dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2002-yil, 2-son, 22-modda) muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, to‘liq davlat ta’minotidagi yetim bolalarni va ota-ona qarovisiz qolgan bolalarni pul nafaqalari hamda kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar sotib olish uchun nafaqalar, shuningdek transportda yurish kartochkalari bilan ta’minlash tartibini belgilaydi.
1. O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksida belgilangan tartibda vasiylik va homiylik organlari tomonidan aniqlanib, tegishli ta’lim muassasalariga joylashtirilgan ota-onasi vafot etgan, ota-onalik huquqidan mahrum etilgan, ota-onalik huquqi cheklangan, muomalaga layoqatsiz deb topilgan, kasal bo‘lgan, uzoq muddat bo‘lmagan, bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan bo‘yin tovlagan, shu jumladan tarbiya, davolash, aholini ijtimoiy himoyalash muassasalaridagi bolasini olishdan bosh tortgan ota-onalarning bolalari, shuningdek, boshqa hollarda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar to‘liq davlat ta’minotidagi yetim bolalar va ota-ona qarovisiz qolgan bolalar deb hisoblanadi.