Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 05.01.1998 yildagi 4-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
UZLUKSIZ TAʼLIM TIZIMINI DARSLIKLAR VA OʻQUV ADABIYOTLARI BILAN TAʼMINLAShNI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Taʼlim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish toʻgʻrisida” Farmoniga muvofiq, uzluksiz taʼlim tizimini zamonaviy talablarga javob beradigan oʻquv-uslubiy adabiyotlar majmui bilan taʼminlashni takomillashtirish, bu muhim ishga yetuk olimlarni, yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddat ichida uzluksiz taʼlim tizimi turlarida qoʻllaniladigan oʻquv-uslubiy adabiyotlar majmui va boshqa oʻquv vositalariga qoʻyiladigan talablar hamda ularni baholash mezonlarini ishlab chiqsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat matbuot qoʻmitasi bilan birgalikda 1998-yil 1-fevralga qadar oʻquv dasturlari, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarini qatʼiy buyurtmalar, shartnomalar va tanlov asosida yaratish, muhokamadan oʻtkazish va nashr etish tartibini ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 1-martga qadar amalda qoʻllanilayotgan oʻquv dasturlari, darsliklar va oʻquv-uslubiy adabiyotlar hamda boshqa oʻquv vositalarini ishlab chiqilgan yangi mezonlar asosida ekspertizadan oʻtkazsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish Respublika komissiyasi ekspertiza natijalarini koʻrib chiqib, 1998-yil 15-martga qadar, qoʻllanilayotgan oʻquv dasturlari, darsliklar va oʻquv-uslubiy adabiyotlardan foydalanishni davom ettirish mumkinligi toʻgʻrisida xulosa chiqarsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat matbuot qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi 1998-yil 1-fevralga qadar yangi oʻquv-uslubiy adabiyotlar majmuining oʻquvchilar yoshi va rivojlanishi xususiyatlarini hisobga olgan holda ularning nashr sifatini yaxshilash maqsadida sanitariya-gigiyenik va matbaa standartlariga mos kelishini taʼminlash uchun normativ hujjatlarni amalga kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ustoz” jamgʻarmasi bilan birgalikda “Yilning eng yaxshi darsligi va oʻquv adabiyoti muallifi” tanlovini taʼsis etsinlar va mukofotlash mezonini amalga kiritsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan darsliklar va oʻquv adabiyotlari yaratish uchun grantlar va “Yilning eng yaxshi darsligi va oʻquv adabiyoti muallifi” tanlovi gʻoliblariga mukofotlar ajratishni tashkil etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat matbuot qoʻmitasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, darsliklar va oʻquv adabiyotlariga qoʻyiladigan talablar hamda ularni baholash mezonlari asosida ekspertizadan oʻtkazilgan darsliklar va oʻquv adabiyotlariga mualliflik qalam haqi miqdorini shartnoma asosida erkin belgilash Nizomini ishlab chiqsin va amalga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 1998-1999 oʻquv yili (1-sentabr)dan boshlab oʻrta umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilarini darsliklar bilan taʼminlashning pulli shakli joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, darsliklar bilan taʼminlash pulli shaklga oʻtilgandan keyin ham barcha maktablarning 1-sinf oʻquvchilari, mehribonlik uylari, aqlan va jismonan zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internat oʻquvchilari ular bilan toʻlaligicha bepul taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Moliya vazirligi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat matbuot qoʻmitasi bilan birgalikda uzluksiz taʼlim tizimi uchun yaratilajak yangi oʻquv adabiyotlari va boshqa oʻquv vositalarini nashr etishni taʼminlash tartibini bir oy muddatda belgilasin va Davlat matbuot qoʻmitasini 1998-yilda oʻquv darsliklarini uzluksiz nashr etish hamda joylarga yetkazib sotish uchun kerakli aylanma mablagʻlar bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Darsliklar narxini arzonlashtirish maqsadida ular uchun chetdan keltirilayotgan qogʻoz, boʻyoq‚ matbaa materiallari 3 yil muddatgacha boj toʻlovlaridan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari‚ Davlat matbuot qoʻmitasi “Oʻzdavkitobsavdotaʼminot” hamda “Oʻzbekbirlashuv” bilan birgalikda maktab oʻquvchilarini darsliklar va oʻquv adabiyotlari bilan chakana savdo tarmogʻi orqali taʼminlash chora-tadbirlarini ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda oʻquv kutubxonalarini darsliklar va oʻquv adabiyotlari bilan yetarli darajada toʻldirib borishni taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika taʼlim muassasalarini darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari bilan taʼminlash toʻgʻrisida” 1996-yil 15-iyuldagi 252-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-yanvar 1998-y.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-son