04.07.2007 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATI VA ROSSIYA FEDERATSIYASI HUKUMATI OʻRTASIDAGI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

NOQONUNIY MIGRATSIYAGA QARShI KURAShISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Rossiya Federatsiyasi Hukumati — bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasining davlatlararo munosabatlar, doʻstlik va hamkorlik asoslari toʻgʻrisidagi 1992-yil 30-maydagi Shartnomada, va Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida tuzilgan strategik sherikchilik toʻgʻrisida 2004-yil 16-iyundagi Shartnoma va Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi ittifoqchilik toʻgʻrisida 2005-yil 14-noyabrdagi Shartnomada koʻrsatilgan fundamental prinsiplar va Oʻzbek—Rossiya munosabatlariga amal qilgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar davlatlarining fuqarolari, uchinchi davlatlar fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning davlat hududiga kirishi (boʻlishi), tranzit oʻtishi va chiqib ketishini tartibga soluvchi Tomonlar davlatlarining qonunchiligini buzgan holda Tomonlar davlatlarining hududlariga kirib kelishi, yashashi va Tomonlar davlati hududidan chiqib ketishi (quyida matnda — noqonuniy migratsiya deb yuritiladi) jamoat va milliy xavfsizlikka, iqtisodiy barqarorlikka jiddiy tahdid solishi va Tomonlar davlatlarining hududlarida kriminogen vaziyatlarning murakkablashishiga olib kelishini chuqur anglagan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishda hamkorlikni Tomonlar davlatlaridagi migratsiya jarayonlarini nazorat qilishning muhim yoʻnalishlaridan biri sifatida qarab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noqonuniy migratsiyani oldini olish boʻyicha birgalikda choralarni amalga oshirish istagini bildirgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsiplari va normalari va Tomonlar davlatlari qonunchiliklariga asoslangan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashgan Millatlar Tashkilotining transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi 2000-yil 15-noyabrda qabul qilingan Konvensiyasiga qoʻshimcha tarzda migrantlarni quruqlik, dengiz va havo yoʻllari bilan noqonuniy tarzda olib kirishga qarshi Bayonnomaning qoidalarini eʼtiborga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar davlatlarining noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishda ikki tomonlama hamkorlik uchun qonuniy asosni yaratishni koʻzlagan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar davlatlarining qonunchiligiga va mazkur Bitimga muvofiq noqonuniy migratsiya sohasida hamkorlik qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitim quyidagi vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston tomonidan — Oʻzbekiston Respublikasining Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik xizmati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rossiya tomonidan — Rossiya Federatsiyasining Ichki ishlar vazirligi, Federal migratsiya xizmati, Rossiya Federatsiyasining Federal xavfsizlik xizmati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar oʻzlarining vakolatli organlari tarkibiga kiritilgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisida diplomatik yoʻllar orqali darhol xabar qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimning bajarilishi yuzasidan har bir Tomon migratsiya sohasida oʻz vakolatli organi vakolatxonasini boshqa Tomon davlati hududida ochishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar mazkur Bitim doirasida quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha hamkorlikni amalga oshiradilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) chegara va immigratsion nazorati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Tomonlarning davlat chegaralarini noqonuniy tarzda kesib oʻtgan, ularning hududlariga noqonuniy kirib kelgan shaxslarni hisobga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) informatsion-analitik materiallar, davriy nashrlar, migratsiya masalalari, shuningdek Tomonlarning vakolatli organlari faoliyatining tajribalarini ommalashtirish, jumladan chegara va immigratsion nazoratini tashkillashtirish boʻyicha materiallar bilan oʻzaro almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish masalalari bilan shugʻullanuvchi Tomonlarning vakolatli organlari xodimlarini tayyorlash va ularning malakalarini oshirish, shuningdek mazkur sohada seminarlar va stajirovkalarni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish sohasida birgalikda ilmiy ishlarni olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) oʻzaro manfaatlarni ifoda etuvchi maʼlumotlar bilan almashish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan noqonuniy migratsiya kanallari toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning davlatlari hududida faoliyat koʻrsatayotgan noqonuniy migratsiyani tashkil qilish va amalga oshirishda ishtirok etayotgan yuridik va jismoniy shaxslar toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noqonuniy migratsiyani tashkil qilish va amalga oshirishda qoʻllaniladigan joʻnatish va kelish punktlari, yoʻnalishlari, tashuvchilari va transport vositalari toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noqonuniy migratsiya maqsadida qoʻllanilgan kirish vizalari va boshqa hujjatlarni olish va ulardan foydalanish usullari toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
migratsiya sohasida Tomonlar davlatlarining qonunchiligi toʻgʻrisida, jumladan migratsiya jarayonlarini nazorat qilish, noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishni tashkil qilish toʻgʻrisida, shuningdek mazkur sohalarga oid Tomonlar davlatlarining qonunchiligiga kiritilgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noqonuniy migratsiyani oldini olishga qaratilgan tajriba va tadbirlar toʻgʻrisida va u bilan bogʻliq jinoiy harakatlar toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsni aniqlovchi va davlat chegarasini kesib oʻtish huquqini beruvchi hujjatlarning namunalari toʻgʻrisida, Tomonlar davlatlarining hududlariga kirish, unda boʻlish va chiqib ketish uchun talab qilingan hujjatlarning shakllariga kiritilgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi davlatlar bilan tuzilgan migratsiya masalalari boʻyicha xalqaro shartnomalar toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa Tomon davlatining hududida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan bir Tomon davlatining fuqarolari toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa Tomon davlatining hududida bir Tomon davlatining fuqarolarini ishga joylash faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar—litsenziatlar toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) hamkorlikning boshqa oʻzaro maʼqul yoʻnalishlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlarning davlatlari hududlarida noqonuniy migratsiyani oldini olish boʻyicha Tomonlar zarur huquqiy va tashkiliy-amaliy choralarni koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jismoniy shaxslarning erkin harakat qilishlariga doir xalqaro majburiyatlar uchun zarar yetkazmagan holda Tomonlar noqonuniy migratsiyani oldini olish va uni aniqlash uchun talab qilinadigan chegara va immigratsion nazorati boʻyicha quyidagi choralarni belgilaydilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mazkur Bitim doirasida hamkorlik manfaatdor Tomonning koʻmak berish toʻgʻrisidagi soʻrovnomalari asosida, yoki bunday hamkorlik boshqa Tomonning manfaatini ifoda etishini anglagan Tomonning tashabbusi bilan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) koʻmak koʻrsatish toʻgʻrisidagi soʻrovnoma yozma ravishda yuboriladi. Favqulodda holatlarda soʻrovnoma matn uzatishning texnik vositalaridan foydalangan holda aloqa vositalari orqali yuborilishi mumkin, biroq bunday yuborilganidan keyin 48 soatdan kechiktirilmasdan soʻrovnoma yozma ravishda tasdiqlanishi kerak. Soʻrovnomaning haqiqiyligi yoki uning matnida shubha uygʻonsa, qoʻshimcha tasdiq talab qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) koʻmak koʻrsatish toʻgʻrisidagi soʻrovnomada quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrayotgan va soʻralayotgan organning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishning mohiyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrovnomaning maqsadi va asosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrovnomaning maqsadga muvofiq ijro etilishi uchun foydali boʻlishi mumkin boʻlgan har qanday boshqa maʼlumot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) koʻmak berish toʻgʻrisidagi soʻrovnoma soʻrayotgan vakolatli organning rahbari yoki uning oʻrinbosari tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Soʻralayotgan Tomon soʻrovnomaning tez va imkoni boricha toʻliq bajarilishi uchun barcha choralarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrayotgan Tomonga soʻrovnomaning amalga oshirilishiga toʻsqinlik qiladigan yoki jiddiy qiyinlashtiradigan holatlar toʻgʻrisida darhol xabar qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Soʻrayotgan Tomon, oʻzining fikriga koʻra, soʻrovnomaning maqsadga muvofiq ravishda bajarilishi uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha maʼlumotlarni ham soʻrash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Soʻrovnomani bajarishda soʻralayotgan Tomon davlatining qonunchiligi qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar soʻralayotgan Tomon soʻrovnomani bajarish oʻzining davlatida olib borilayotgan biron bir jinoiy ishga taalluqli boʻlgan qidiruv yoki sud ishlariga xalaqit beradigan boʻlsa, u soʻrovnomaning bajarilishini toʻxtatishi yoki soʻrayotgan Tomon bilan kelishib olgandan keyin uning bajarilishini zarur deb topilgan shartlarga bogʻlashi mumkin. Agarda soʻralayotgan Tomon soʻrovnomani bunday shartlar asosida bajarilishiga rozi boʻlsa, u ham bu shartlarga amal qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Soʻralayotgan Tomon soʻrayotgan Tomonning taklifiga koʻra soʻrovnoma kelib tushgan holatning, bunday soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlar matnining maxfiyligi, shuningdek koʻmak berish holati maxfiyligini taʼminlash uchun barcha choralarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar soʻrovnomani amalga oshirishda maxfiylikni taʼminlashning imkoni boʻlmasa, soʻralayotgan Tomon bu haqda soʻrayotgan Tomonga maʼlum qiladi, soʻrayotgan Tomon esa soʻrovnomani xuddi shu shartlarda bajarilishini hal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Soʻralayotgan Tomon iloji boricha qisqa vaqt ichida soʻrovnomaning bajarilishi toʻgʻrisida soʻrayotgan Tomonga xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar soʻralayotgan Tomon soʻrovnomani bajarish davlatning suvereniteti, xavfsizligi, jamoat tartibi va boshqa mavjud manfaatlariga zarar yetkazishi, yoki uning qonunchiligi va xalqaro majburiyatlariga qarshi keladi deb hisoblasa, mazkur Bitim doirasida koʻmak berishdan qisman yoki toʻliq bosh tortishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Soʻrayotgan Tomonga soʻrovnomaning bajarilishini rad etganlik toʻgʻrisida mazkur moddaning 1-bandida koʻrsatilgan rad etish sabablarini koʻrsatgan holda yozma xabar qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Agar Tomonlar bir-birlaridan olgan maʼlumotlar va boshqa hujjatlar yopiq xaraktyerga ega boʻlsa yoki ularni beruvchi Tomon ularning oshkor qilinishini istamasa, har bir Tomon ularning maxfiyligini taʼminlaydi. Bunday maʼlumotlar va hujjatlarning yopiqligi darajasi ularni beruvchi Tomon tarafidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Bitimga muvofiq olingan soʻrovnomalarning bajarilishi natijalari ularni taqdim etgan Tomonning roziligisiz ular soʻrab olingan va taqdim etilgan maqsadlardan boshqa maqsadlarda foydalanilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Bitimga muvofiq bir Tomondan olingan maʼlumotlarni uchinchi Tomonga berish uchun, bunday maʼlumotlarni bergan Tomonning oldindan berilgan roziligi talab qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim qoidalarining talqini va qoʻllashdan kelib chiqadigan bahsli masalalar maslahat va muzokaralar yoʻli bilan hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimning va noqonuniy migratsiya sohasida kelgusidagi kelishuvlarning amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida Tomonlar koʻrsatilgan masalalar boʻyicha Birlashgan Oʻzbek—Rossiya ishchi guruhini tuzadilar, uning tarkibiga Tomonlarning manfaatdor davlat organlari va tashkilotlari vakillari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar, agar har bir muayyan holda boshqacha tartib kelishilmagan boʻlsa, mazkur Bitimni amalga oshirish davomida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xarajatlarni oʻzlari qoplaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimning qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi ishtirok etayotgan boshqa xalqaro shartnomalar yuzasidan kelib chiquvchi Tomonlarning majburiyatlariga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim doirasida Tomonlar hamkorligi rus tilida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitim, uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat protseduralari bajarilganligi toʻgʻrisidagi Tomonlarning soʻnggi yozma xabarnomalari olingan sanadan boshlab 30 kunlik muddat oʻtganidan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Bitim 5 yil muddatga tuziladi va uning amal qilish muddati, agarda Tomonlarning hech qaysi biri mazkur Bitimning amal qilish muddati tugashidan kamida 6 oy oldin yozma ravishda uni tugatish toʻgʻrisida xabar bermasa, keyingi 5 yillik muddatga choʻziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar mazkur Bitimning amal qilish muddati toʻxtatilsa, uning qoidalari Bitimga muvofiq amalga oshiriladigan barcha tugatilmagan tadbirlar boʻyicha qoʻllanilishi davom etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tomonlarning oʻzaro kelishuvlari asosida mazkur Bitimga oʻzgartishlar kiritilishi mumkin, va bunday oʻzgartishlar bayonnomalar koʻrinishida rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 2007-yil 4-iyulda oʻzbek va rus tillarida ikkita nusxada tuzildi, bunda ikkala matn ham bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2007-y., 4-son)