16.06.2004 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BILAN ROSSIYA FEDERATSIYASI OʻRTASIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Strategik sherikchilik toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi, (bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar),
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida davlatlararo aloqalar, doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisida 1992-yil 30-maydagi Shartnoma, Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida har tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va chuqurlashtirish toʻgʻrisida 1994-yil 2-martdagi Deklaratsiya, Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida 1998—2007-yillarda iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish toʻgʻrisida 1998-yil 12-oktabrdagi Shartnoma, Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida harbiy va harbiy-texnikaviy sohalarda har tomonlama hamkorlikni yanada chuqurlashtirish toʻgʻrisida 1999-yil 11-dekabrdagi Shartnomada belgilangan oʻzbek-rossiya munosabatlarining fundamental prinsiplariga rioya etib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomi, Xelsinki Yakuniy akti hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining boshqa hujjatlarining maqsad va prinsiplariga sodiqliklarini tasdiqlab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi xalqlarining anʼanaviy doʻstlik va hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlashga boʻlgan oʻzaro intilishini hisobga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
strategik sherikchilikning Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi munosabatlarning asosi sifatida shartnomaviy-huquqiy biriktirilishi barcha yoʻnalishlarda hamkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashishiga boʻlgan ishonchdan kelib chiqib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzaro xavfsizlikni taʼminlash, global tahdid va daʼvatlarga qarshi harakat qilish, mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlash, siyosiy, iqtisodiy va gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan strategik sherikchilik Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi munosabatlarni uzoq muddatli va har tomonlama rivojlanishining kuchli asosini shakllantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar eng avvalo oliy va yuqori darajadagi muntazam uchrashuvlar mexanizmidan foydalanib hamda uni rivojlantirib, muntazam fikr almashuvini amalga oshirish va ikki tomonlama munosabatlar masalalari, oʻzaro qiziqish uygʻotuvchi dolzarb xalqaro muammolar boʻyicha pozitsiyalarni kelishgan holda teng huquqli strategik sherikchilikni mustahkamlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar Birlashgan Millatlar Tashkilotida, uning ixtisoslashtirilgan muassasalarida, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotida, boshqa davlatlararo tuzilmalarda oʻzaro faol hamjihatlik qiladilar. Ular xalqaro protseduralar doirasida oʻzlarining milliy manfaatlariga taʼsir etuvchi masalalarni koʻrib chiqilishida bir-birlarini qoʻllab-quvvatlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlikning kuchli va samarali tizimini yaratishga qaratilgan harakatlarni muvofiqlashtiradilar. Ushbu maqsadlarda doimiy asosda, shuningdek zarur hollarda xavfsizlik kengashlari, tashqi ishlar vazirliklari va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar darajasidagi ikki tomonlama maslahatlashuv mexanizmlarini tuzadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻzaro xavfsizlik manfaatlari yoki ulardan birining xavfsizlik manfaatlariga salbiy taʼsir etishi mumkin boʻlgan holat yuzaga kelgan taqdirda, oʻzaro kelishuvga muvofiq pozitsiyalarni kelishish va shunday holatni tartibga solish boʻyicha amaliy choralarni muvofiqlashtirish uchun tegishli maslahatlashuv mexanizmini ishga soladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar boshqa Tomonning suverenitetiga, xavfsizligiga va hududiy yaxlitligiga ziyon keltiruvchi har qanday xatti-harakatlarni, shu jumladan, uchinchi davlatlar bilan shartnomalar tuzishni amalga oshirmaydilar. Hech qaysi Tomon oʻz hududining uchinchi davlatlar tomonidan boshqa Tomonning davlat suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligiga ziyon keltirgan holda foydalanilishiga yoʻl qoʻymaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Terrorizmga va ekstremizmning boshqa zoʻravon koʻrinishlariga, ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishga, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning prekursorlari noqonuniy aylanmasiga, transmilliy uyushgan jinoyatchilikka va xalqaro tinchlik hamda xavfsizlikning yangi daʼvat va tahdidlarga qarshi samarali harakat qilish maqsadlarida Tomonlar tegishli shartnoma va bitimlar, shuningdek boshqa xalqaro-huquqiy instrumentlar asosda xavfsizlik kengashlari, tashqi siyosiy, mudofaa, huquqni muhofaza qiluvchi idora va maxsus xizmatlar oʻrtasidagi sherikchilik aloqalarini qoʻllab-quvvatlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlikni tegishli bitimlar asosida amalga oshiradilar. Ushbu hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Rossiya Federatsiyasidan Oʻzbekiston Respublikasiga harbiy maqsaddagi mahsulotlarni yetkazib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Oʻzbekiston Respublikasidagi mavjud harbiy texnikani, bunga harbiy-havo kuchlari va havodan mudofaa vositalari ham kiradi, sogʻlom holatda saqlash va modernizatsiyalash, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasida mavjud sanoat-texnika bazasidan foydalangan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Rossiya Federatsiyasining harbiy oʻquv muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari uchun zobit kadrlarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi qurolli kuchlarining harbiy tayyorgarligi qoʻshma tadbirlarini oʻtkazish, shuningdek ushbu mavzudagi Tomonlar oʻtkazadigan tadbirlarda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Oʻzbekiston Respublikasi hududida mavjud boʻlgan infratuzilmadan foydalangan holda Yer va kosmik fazoni tadqiq etish davlatlararo kosmik dasturlarini amalga oshirishda hamkorlik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikki tomonlama harbiy-texnikaviy hamkorlik jarayonida yaratilgan intellektual faoliyat natijalariga boʻlgan mutlaq huquqlar toʻgʻrisidagi masala tegishli hukumatlararo bitim tuzish orqali tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavfsizlikni taʼminlash, tinchlik va barqarorlikni saqlash maqsadlarida Tomonlar zarur hollarda bir-birlariga alohida bitimlar asosida oʻzlarining hududlarida joylashgan harbiy obyektlardan foydalanish huquqini beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar quyidagi sohalardagi integratsiya va hamkorlikni jadal rivojlantirish maqsadida savdo-iqtisodiy hamkorlik doirasida kelishilgan saʼy-harakatlarni bajarish majburiyatini oladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— yonilgʻi-energetika kompleksi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— aviaqurilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— transport va kommunikatsiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— bank sohasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— energetika;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— atom energiyasidan tinch yoʻlda foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻzarolik asosida bir-birlariga oʻz hududlaridagi investitsiviy va xususiylashtirish loyihalarida ishtirok etish uchun maksimal qulay sharoitlar yaratadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ikki tomonlama va koʻp tomonlama asosda Markaziy Osiyo mintaqasidagi integratsion jarayonlar doirasida iqtisodiy, gumanitar va boshqa loyiha hamda dasturlarni amalga oshirishda oʻzaro hamjihatlik qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ilmiy, madaniy, ijodiy, jamoat tashkilotlari va uyushmalari oʻrtasida aloqa va almashuvlarni oʻrnatish hamda qoʻllab-quvvatlash, koʻrsatib oʻtilgan yoʻnalishlarda qoʻshma dastur va tadbirlarni amalga oshirish orqali gumanitar sohadagi hamkorlikni rivojlantiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar milliy taʼlim va fan tizimlarining yaqinlashuvini har tomonlama ragʻbatlantiradilar. Ular oʻquv yurtlari, ilmiy-tadqiqot va loyiha-konstruktorlik muassasalari oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻrialoqalarni oʻrnatishga, ilgʻor texnologiyalardan foydalangan holda, akademik hamda amaliy xarakterga ega boʻlgan qoʻshma tadqiqotlarni amalga oshirishga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar professional kadrlarni tayyorlash sohasida hamkorlik uchun qulay sharoitlar yaratadilar. Ular olim va mutaxassislar, oliy va oʻrta maxsus oʻquv muassasalarining professor-oʻqituvchi tarkibi vakillari, aspirantlar, stajyor va talabalarning muntazam almashuvini amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar gumanitar sohada hamkorlikning shartnoma-huquqiy bazasini yanada kengaytirish va takomillashtirishga koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnoma uchinchi mamlakatlarga qarshi qaratilmagan va Tomonlarning ular ishtirok etgan boshqa xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlarga daxl qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnoma uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarining Tomonlar bajargani toʻgʻrisida oxirgi yozma xabar olingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnoma muddatsiz xarakterga ega va Tomonlardan biri uning amal qilishini toʻxtatish niyati toʻgʻrisida boshqa Tomonni yozma ravishda xabar qilmagunga qadar amal qilishdan toʻxtamaydi. Bu holda, Shartnoma boshqa Tomon shunday xabarnomani olgan sanadan boshlab oʻn ikki oy oʻtgach oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida, 2004-yil 16-iyunda ikki asl nusxada, har biri oʻzbek va rus tillarida tuzildi, bunda ikkala matn bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2005-y., 1-son)