14.11.2005 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ITTIFOQChILIK MUNOSABATLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston bilan Rossiya va ikki davlat xalqlari oʻrtasidagi doʻstlik va totuv qoʻshnichilikning tarixiy anʼanalariga tayanib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston—Rossiya munosabatlarida Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida harbiy va harbiy-texnikaviy sohalarda har tomonlama hamkorlikni yanada chuqurlashtirish toʻgʻrisida 1999-yil 11-dekabrdagi Shartnoma va Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida strategik sherikchilik toʻgʻrisidagi 2004-yil 16-iyuldagi Shartnoma muhim rol oʻynayotganini eʼtirof etib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasidagi munosabatlarni ularning xalqlarining tub manfaatlariga toʻla javob beradigan, milliy, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlashishiga xizmat qiluvchi, sifat jihatidan yangi, ittifoqdoshlik darajasiga koʻtarishga intilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turli sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga boʻlgan niyatga amal qilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ustavining, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti asosiy hujjatlarining maqsadlari va prinsiplariga sodiqligini tasdiqlab,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi doirasida qabul qilingan hujjatlarni hisobga olib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida ahdlashib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnomaga muvofiq Tomonlar ittifoqdoshlik munosabatlarini uzoq muddatga moʻljallangan asosda bogʻlaydilar va rivojlantiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biror davlat yoki bir guruh davlatlar tomonidan Tomonlardan biriga qarshi tajovuzkorlik harakati sodir etilsa, bunga ikkala Tomonga qarshi sodir etilgan tajovuzkorlik harakati deb qaraladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlardan biriga qarshi tajovuzkorlik harakati sodir etilsa, boshqa Tomon Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ustavining 51-moddasiga muvofiq kollektiv tarzda oʻzini oʻzi mudofaa qilish huquqidan foydalanish sifatida unga zarur yordam beradi, shu jumladan harbiy yordam, va shuningdek oʻz ixtiyorida bor boshqa vositalar bilan qoʻllab-quvvatlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda asosida koʻrilgan choralar toʻgʻrisida Tomonlar zudlik bilan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xavfsizlik Kengashini xabardor qiladilar. Ushbu choralarni koʻrayotganda Tomonlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ustavining qoidalariga rioya qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlardan birining fikriga koʻra tinchlikka xavf solishi, tinchlikni buzishi yoki uning xavfsizlik manfaatlariga daxl qilishi mumkin boʻlgan, va shuningdek Tomonlardan biriga qarshi tajovuzkorlik harakati sodir etilishi xavfi tugʻiladigan vaziyat yuzaga kelsa, Tomonlar bunday vaziyatni tartibga solish boʻyicha pozitsiyalarni muvofiqlashtirish va amaliy choralarni kelishib olish uchun tegishli maslahatlashuvlar mexanizmini zudlik bilan harakatga keltiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavfsizlikni taʼminlash, tinchlik va barqarorlikni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Tomonlar zarur hollarda alohida shartnomalar asosida bir-biriga hududlarida joylashgan harbiy obyektlardan foydalanish huquqini beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar tinchlikni mustahkamlash, barqarorlik va xavfsizlikning global, va shuningdek mintaqa miqyosida kuchaytirish maqsadida birgalikda harakat qiladilar. Ular nizolarning oldini olish va yoʻlga qoʻyish hamda xavfsizlik va barqarorlikning mintaqaviy va global muammolarini hal qilish ishida Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning Xavfsizlik Kengashining markaziy rolini yanada mustahkamlashga, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti hujjatlarida qayd qilingan maqsad va prinsiplarni amalga oshirishga alohida ahamiyat beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar xalqaro terrorizm, zoʻravonlik ekstremizm ommaviy qirgʻin qurolini tarqatish, narkotik vositalar, psixotrop moddalar va ularning prekursorlarining, qurolning noqonuniy aylanishi, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, xavfsizlikning boshqa yangi tahdidlari va shakllariga qarshi harakat qilish va ularni neytrallashtirish mexanizmlari samaradorligini oshirishga qaratilgan oʻzlarining saʼy-harakatlarini oʻzaro muvofiqlashtiradilar va birlashtiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar yashirin migratsiyaga qarshi kurashda, shu jumladan jismoniy shaxslarning oʻz hududlaridan va u orqali noqonuniy yurishiga qarshi qurashda hamkorlik qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar inson huquqlari va asosiy erkinliklari ishida oʻzlarining xalqaro majburiyatlari va har birining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirishga koʻmaklashishda hamkorlik qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻzlarining xalqaro majburiyatlari va milliy qonun hujjatlariga muvofiq bir Tomon fuqarolari va yuridik shaxslarining qonuniy huquqlari va manfaatlarini boshqa Tomon hududida kafolatlaydigan samarali choralar koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ikki tomonlama savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish va takomillashtirish uchun xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda tegishli choralar koʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning bu sohadagi hamkorligining asosiy yoʻnalishlari — tovarlar, xizmatlar, kapital bozorini rivojlantirish va ishlatish, soliq, pul-kredit, valyuta, moliya, savdo va bojxona sohalarida kelishilgan siyosat oʻtkazish, investitsiyalarni ragʻbatlantirish va himoya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar, oʻzlarining qonun hujjatlari va xalqaro majburiyatlarini hisobga olib, ikki davlat xoʻjalik subyektlariga tadbirkorlik faoliyati, ishlab chiqarishlarni birgalikda rivojlantirish, va shuningdek oʻzaro manfaatli iqtisodiy dasturlarni amalga oshirish uchun oʻzarolik asosida qulay iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy sharoitlar yaratib beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ikki tomonlama savdo-iqtisodiy munosabatlarda oʻzlarining tovarlar va xizmatlar ishlab chiqaruvchilarining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishda xalqaro huquq normalariga muvofiq diskriminatsiyaga asoslanmagan choralarni bir-biriga nisbatan qoʻllashlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar, amaldagi shartnomalar asosida erishilgan yuqori darajadagi harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlikni hisobga olgan holda, qurolli kuchlarni zamonaviylashtirish va isloh qilish, ularni zamonaviy qurollar va harbiy texnika bilan taʼminlash, va shuningdek bu sohada bir-birini qiziqtiradigan boshqa yoʻnalishlar boʻyicha faol hamkorlik qiladilar. Tomonlar tegishli tashqi savdo kontraktlari tuzish uchun harbiy-texnikaviy hamkorlikning vakolatli subyektlariga zarur sharoitlar yaratib berishga har qanaqasiga yordamlashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar milliy va xalqaro transport infratuzilmalarini birgalikda rivojlantirish va foydalanish, oʻz hududida yoʻlovchi va yuklarni tranzit tashish uchun qulay sharoitlar yaratib berishda, va shuningdek bu maqsadlarda uchinchi mamlakatlar va xalqaro moliyaviy tashkilotlarning investitsiyalarini jalb qilish mumkinligida oʻzaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ilmiy-texnika, energetika, moliya, investitsiya, bank, aviasozlik, kommunikatsiya sohalarida, yadro energetikasida, axborot texnologiyalari sohasida, bir-birini qiziqtiradigan boshqa sohalarda teng huquqli va oʻzaro manfaatli hamkorlikni taʼminlaydilar va milliy qonun hujjatlariga muvofiq buning uchun zarur qulay sharoitlar yaratib beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar bunday hamkorlikning aniq yoʻnalishlari boʻyicha shartnomalar tuzadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar kishilar oʻrtasida bevosita muloqotlar qilish va avj oldirish uchun qulay sharoitlar yaratadilar, insonparvarlik sohasidagi hamkorlikning shartnoma-huquqiy negizini takomillashtirishda koʻmaklashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar muntazam ravishda ikki tomonlama masalalar boʻyicha, va shuningdek bir-birini qiziqtiradigan koʻp tomonlama muammolar boʻyicha maslahatlashuvlar oʻtkazadilar. Zarur hollarda ular kelishilgan harakatlarni amalga oshirish uchun oʻz pozitsiyalarini muvofiqlashtiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikki tomonlama maslahatlashuvlar turli darajalarda, shu jumladan ikki davlatning davlatlar, parlamentlar, hukumatlar, xavfsizlik kengashlari, tashqi siyosat, mudofaa, huquqni muhofaza qilish va boshqa vazirlik va idoralar rahbarlari darajasida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar zaruriyatga qarab oʻzlari aʼzo boʻlgan xalqaro tashkilotlardagi faoliyatini va pozitsiyalarini oʻzaro muvofiqlashtiradilar. Ular Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo boʻlgan boshqa davlatlar bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnoma Rossiya Federatsiyasining Kollektiv xavfsizlik shartnoma tashkiloti doirasida olgan majburiyatlariga zid boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnoma ratifikatsiya qilinishi lozim va uning ratifikatsiya qilinganligi toʻgʻrisidagi yorliqlar almashishi kuni kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnoma Tomonlardan biri boshqa Tomonga yozma ravishda uning amal qilishini toʻxtatish niyati borligi toʻgʻrisida xabar bergan kundan 12 oy oʻtganga qadar kuchida qolaveradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Shartnoma kuchga kirgan sanadan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi oʻrtasida harbiy va harbiy-texnikaviy sohalarda har tomonlama hamkorlikni yanada chuqurlashtirish toʻgʻrisida Toshkentda 1999-yil 11-dekabrda imzolangan Shartnomaning 1 va 2-moddalari amal qilishini toʻxtatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moskva shahrida 2005-yil 14-noyabrda ikki nusxada, har biri oʻzbek va rus tillarida tuzildi, ikkala matn ham bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)
(Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari toʻplami, 2006-y., 3-4-son)