Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.12.2019 18.07.2007 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1697
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.12.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN YoSh OILALARGA IMTIYOZLI ASOSDA KREDITLAR BERISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 18-iyulda 1697-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019-yil 13-dekabrdagi 30/12-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3208, 30.12.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida” hamda “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 18-maydagi PF-3878-son “Yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tijorat banklari tomonidan yosh oilalarga imtiyozli asosda kreditlar berish tartibi to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan kundan o‘n kundan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 9-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17/2-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy banki Boshqaruvining
2007-yil 9-iyundagi 17/2-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklari tomonidan yosh oilalarga imtiyozli asosda kreditlar berish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”, “Mikromoliyalash to‘g‘risida”, “Ipoteka to‘g‘risida”, “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2007-yil 18-maydagi PF-3878-son Farmoniga muvofiq, tijorat banklari tomonidan yosh oilalarga imtiyozli shartlar asosida mikrokreditlar, ipoteka va moliyaviy iste’mol kreditlari berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom maqsadlarida quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yosh oila — er-xotinning ikkisi ham o‘ttiz yoshdan oshmagan oila yoxud farzand (bola) tarbiyalab voyaga yetkazayotgan o‘ttiz yoshdan oshmagan yolg‘iz otadan yoki yolg‘iz onadan iborat bo‘lgan oila, shu jumladan nikohdan ajralgan, beva erkak (beva ayol);
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2016-yil 8-oktabrdagi 32/5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1697-3, 19.10.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 42-son, 494-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtiyozli davr — kredit bo‘yicha asosiy qarzni qaytarish muddati kechiktirilgan davr;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikrokredit — yosh oilalarga bazaviy hisoblash miqdorining 1000 baravaridan oshmaydigan miqdorda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun beriladigan pul mablag‘lari;
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 22-iyundagi 14/17-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1697-5, 04.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2019-y., 10/19/1697-5/3378-son — 2019-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka krediti — yosh oilalarga sotib olinayotgan ko‘chmas mulkni garovga olish orqali uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va sotib olish uchun beriladigan kredit;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 8-sentabrdagi 250-son “Mamlakatning ijtimoiy hayotida faol qatnashayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan “Yoshlar” uylaridagi kvartiralarni sotib olishga ipoteka kreditlari berish bo‘yicha munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 28-oktabrdagi 29/5-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1697-4, 13.11.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.11.2017-y., 10/17/1697-4/0248-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kreditlar tijorat banklari tomonidan qaytarishlik, to‘lovlilik, ta’minlanganlik, maqsadli foydalanish va muddatlilik shartlari asosida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tijorat banklarining o‘z mablag‘lari hisobidan yosh oilalarga kreditlar quyidagi imtiyozli shartlar asosida beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish uchun mikrokreditlar bo‘yicha foiz stavkasi Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasidan ortiq bo‘lmagan miqdorda o‘rnatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yosh oilalarga beriladigan ipoteka kreditlari uch yillik imtiyozli davr bilan foiz stavkasi Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasidan ortiq bo‘lmagan miqdorda belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yosh oilalarga beriladigan moliyaviy iste’mol kreditlari olti oylik imtiyozli davr bilan foiz stavkasi Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasidan ortiq bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 9-iyundagi 17/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1697-1, 22.06.2012-y.) tahririda —O‘R QHT, 2012-y., 25-son, 284-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Imtiyozli davr o‘rnatilgan holda berilgan kreditlar asosiy qarzni to‘lash bo‘yicha imtiyozli davr tugagandan keyingi oydan boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imtiyozli davr kredit bo‘yicha foizlar hisoblash va undirishga tatbiq etilmaydi. Bunda foizlar yosh oilaga kredit bo‘yicha qarzdorlikning amaldagi qoldig‘iga kunlik hisoblab boriladi va oyda bir marta undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Yosh oilalarga mikrokreditlarni berish va qaytarish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yosh oilalarga mikrokreditlar quyidagi maqsadlarga beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish uchun;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 9-iyundagi 17/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1697-1, 22.06.2012-y.) tahririda —O‘R QHT, 2012-y., 25-son, 284-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikrofirmalar, kichik korxonalar, oilaviy korxonalar, fermer xo‘jaliklari, shuningdek yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan dehqon xo‘jaliklari dastlabki (boshlang‘ich) sarmoyasini shakllantirish uchun;
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 9-iyundagi 17/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1697-1, 22.06.2012-y.) tahririda —O‘R QHT, 2012-y., 25-son, 284-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi tadbirkorlik, mikrofirmalar, kichik korxonalar, oilaviy korxonalar, fermer va dehqon xo‘jaliklarini kengaytirish va rivojlantirish uchun.
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 9-iyundagi 17/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1697-1, 22.06.2012-y.) tahririda —O‘R QHT, 2012-y., 25-son, 284-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tijorat banklari tomonidan yosh oilalarga mikrokreditlarning berilishi, monitoringi va qaytarilishi O‘zbekiston Respublikasining “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi Qonuni va banklarning ichki kredit siyosatlari bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 28-oktabrdagi 29/5-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1697-4, 13.11.2017-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.11.2017-y., 10/17/1697-4/0248-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, bankning Imtiyozli kredit berish maxsus jamg‘armasi hisobidan berilgan mikrokreditdan foydalanganlik uchun imtiyozli foiz stavkasi Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasining 50 foizi miqdorida o‘rnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat maqsadli jamg‘armalari kredit liniyalari hisobidan yosh oilalarga imtiyozli foiz stavkalari bo‘yicha mikrokreditlarning berilishi, monitoringi va qaytarilishi “Tijorat banklari tomonidan davlat maqsadli jamg‘armalari kredit liniyalari hisobidan imtiyozli mikrokreditlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga (ro‘yxat raqami 2527, 2013-yil 19-noyabr)” asosan tartibga solinadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 22-noyabrdagi 41/2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1697-2, 02.12.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 49-son, 585-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va sotib olishga ipoteka kreditlari berish, monitoring qilish va qaytarish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ipoteka kreditlari yosh oilalarga quyidagi maqsadlar uchun beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kelishilgan yakka tartibdagi va namunaviy loyiha asosida, qurilishning belgilangan normalari va qoidalariga rioya qilgan holda yakka tartibda uy-joy qurishga va rekonstruksiya qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi uy-joyni yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartirani sotib olishga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tijorat banklari yoki boshqa kredit tashkilotlari tomonidan yosh oilalarga ipoteka kreditlari berish, monitoring qilish va qaytarish tartibi O‘zbekiston Respublikasining “Ipoteka to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 3-yanvardagi 2-son qarori bilan tasdiqlangan “Uy-joy qurilishiga, uni rekonstruksiya qilishga va sotib olishga ipoteka krediti berish to‘g‘risida nizom” (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 1-2-son, 9-modda) asosida, mazkur Nizomda belgilangan xususiyatlarni inobatga olgan holda tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ipoteka kreditlari yosh oilalarga 15 yildan kam bo‘lmagan muddatga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, yosh oilalar vositachilik haqini to‘lamasdan kreditni muddatidan oldin qaytarishi hamda unga hisoblangan foizlar to‘lovini muddatidan oldin amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tijorat banklari tomonidan yosh oilalarga beriladigan ipoteka krediti kredit resurslari manbasidan qat’i nazar, quyidagi miqdorlarda beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi uy-joyni qurilishi va sotib olish uchun — qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 3000 baravarigacha;
(12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 22-iyundagi 14/17-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1697-5, 04.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2019-y., 10/19/1697-5/3378-son — 2019-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi uy-joyni rekonstruksiya qilish, shuningdek ko‘p kvartirali uydagi kvartirani sotib olish uchun — qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 2500 baravarigacha.
(12-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 22-iyundagi 14/17-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1697-5, 04.07.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2019-y., 10/19/1697-5/3378-son — 2019-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Yosh oila a’zolari (er yoki xotin)ning ish beruvchisi bo‘lgan yuridik shaxslar yosh oila tomonidan olinadigan uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va sotib olishga ipoteka krediti uchun dastlabki badalni bankka o‘tkazishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, badal summasi yosh oila a’zosi (eri yoki xotini)ning qaysi biri nomiga ipoteka krediti rasmiylashtiriladigan bo‘lsa, uning nomiga bankda ochilgan jamg‘arma omonat hisobvarag‘iga ish beruvchi tomonidan o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yosh oilalarga moliyaviy iste’mol kreditlari berish, monitoring qilish va qaytarish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tijorat banklari tomonidan yosh oilalarga moliyaviy iste’mol kreditlari berish, monitoring qilish va qaytarish tartibi O‘zbekiston Respublikasining “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi Qonuni bilan ushbu Nizomda belgilangan xususiyatlar hisobga olingan holda tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(V bob O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 9-iyundagi 17/1-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 1697-1, 22.06.2012-y.) asosan kiritilgan —O‘R QHT, 2012-y., 25-son, 284-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 29-30-son, 308-modda; 2012-y., 25-son, 284-modda; 2014-y., 49-son, 585-modda; 2016-y., 42-son, 494-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.11.2017-y., 10/17/1697-4/0248-son, 04.07.2019-y., 10/19/1697-5/3378-son)