Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 18.05.2007 yildagi PF-3878-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YoSh OILALARNI MODDIY VA MA’NAVIY QO‘LLAB-QUVVATLAShGA DOIR QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun, “Ijtimoiy himoya yili” Davlat dasturiga muvofiq va yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, mehnat faoliyatini boshlash va mustaqil hayotga kirib kelishida ularga zarur yordam ko‘rsatish, barqaror daromad manbalarini shakllantirish mexanizmlari va amaliy rag‘batlantirish omillarini yaratish hamda ularning uy-joy va maishiy sharoitlarini yaxshilash maqsadida:
(Kirish qismi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-fevraldagi PF-4962-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 8-son, 107-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar joylardagi davlat hokimiyati va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tijorat banklari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Mahalla” jamg‘armasi, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining eng muhim vazifasi hisoblansin:
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikamizning har bir hududida yangi ish o‘rinlari ochish, yoshlarni kichik biznes va tadbirkorlikka faol jalb qilish, yosh oilalarga o‘z ishini tashkil etish uchun mikrokreditlar ajratish, kasanachilikni rivojlantirish, ularga imtiyozli ravishda qoramollar sotish asosida mehnat bilan bandligini ta’minlash va yosh oilalarning barqaror daromad manbalarini shakllantirish uchun zarur sharoit yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yosh oilalarga ipoteka va iste’mol kreditlari ajratish yo‘li bilan uy-joy sotib olish yoki qurish, uy xo‘jaligini yo‘lga qo‘yishda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yosh oilalarni ma’naviy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, yoshlarda o‘zi qurgan yangi oila uchun g‘urur va mas’uliyat hissini, ota-onaga, keksa avlod vakillariga hurmat-ehtirom, mehnat qilish va xalqimizning boqiy ma’naviy qadriyatlari ruhida bola tarbiyalashga intilish tuyg‘ularini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kam ta’minlangan oilalar farzandlari bo‘lgan yoshlarga, shu jumladan nikohdan o‘tish va to‘y marosimlarini o‘tkazishda qo‘shimcha moddiy yordam ko‘rsatish.
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tijorat banklari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining tijorat banklari tomonidan imtiyozli shartlar asosida yosh oilalarga ipoteka, iste’mol kreditlari va mikrokreditlar shaklida quyidagi maqsadlar uchun 2007-yilda 50,0 milliard so‘m ajratish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy qurish, ta’mirlash va sotib olish (ijaraga olish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-xo‘jaligini yo‘lga qo‘yish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mebel va boshqa uzoq muddat foydalaniladigan hayotiy zarur tovarlar sotib olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga yosh oilalarga ko‘rsatib o‘tilgan maqsadlar uchun 2007-yilga mo‘ljallangan hajmdan kam bo‘lmagan miqdorda qo‘shimcha kredit mablag‘larini izlab topish va ajratish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan takliflarni har yili Vazirlar Mahkamasiga kiritish tavsiya etilsin.
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qo‘yilsinki, qonunchilikka muvofiq, yosh oila toifasiga turmush qurganlarning yoshi 30 yoshdan oshmagan, yoki bolalarni (bolani) 30 yoshdan oshmagan ota-onadan biri, shu jumladan, turmushidan ajrashgan erkak (ayol), beva (beva ayol) kishilar tarbiyalayotgan oilalar kiritiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-fevraldagi PF-4962-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 8-son, 107-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PF-6011-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 06/20/6011/0780-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PF-6011-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 06/20/6011/0780-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda mazkur Farmonda ko‘zda tutilgan soliq imtiyozlarini qo‘llash tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Davlat mulki qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 1-sentabrgacha davlat tasarrufida bo‘lgan vaqtincha foydalanilmayotgan yotoqxonalar, uylar va ko‘p xonadonli uylardagi bo‘sh turgan xonalarni ulardagi maishiy sharoitlarning yosh oilalar yashashi uchun mos kelishi nuqtai-nazaridan inventarizatsiya qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-2008-yillar davomida Nukus shahrida, har bir viloyat markazi va Toshkent shahrida foydalanilmayotgan yotoqxonalar, uy-joylar va ko‘p xonadonli uylardagi bo‘sh turgan xonalar negizida oilaviy yotoqxonalar va yosh oilalar uchun imtiyozli narxlarda ijaraga beriladigan kvartiralar tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qo‘yilsinki, mazkur bandga muvofiq yosh oilalarga beriladigan uy-joyni ta’mirlashni moliyalash hamda uni zarur sanitariya-maishiy asboblar bilan jihozlash tegishli mahalliy budjetlarning daromad qismi ko‘rsatkichlarining oshirib bajarilgan summasi hamda “Ijtimoiy himoya yili” Davlat dasturini amalga oshirish doirasida jalb qilinayotgan homiylar mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Davlat mulki qo‘mitasi Moliya vazirligi hamda Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan vaqtincha foydalanilmayotgan yotoqxonalar, uylar va ko‘p xonadonli uylardagi bo‘sh turgan xonalarni yosh oilalarga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur Farmondan kelib chiqqan holda qonun hujjatlarga kiritiladigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 18-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-3878-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 19-20-son, 192-modda; 2017-y., 8-son, 107-modda, 37-son, 982-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2017-y., 06/17/5194/0032-son; 19.06.2020-y., 06/20/6011/0780-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)