Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 26.06.2007 yildagi PQ-660-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RESPUBLIKA BUDJET TAShKILOTLARINING MOLIYA-IQTISOD XIZMATLARI XODIMLARI SONINI MAQBULLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq taʼlimi muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2007-yil 26-fevraldagi PF-3857-sonli Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-son qaroriga muvofiq hamda Davlat budjetining gʻazna ijrosiga oʻtilishi munosabati bilan budjet tashkilotlarining moliya-iqtisod xizmatlari xodimlari sonini maqbullashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishib olingan budjet tashkilotlarining moliya-iqtisod xizmatlari xodimlari sonini 2007-yilning 1-iyulidan boshlab belgilangan tartibda ilovaga* muvofiq qisqartirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qaror ilovasida koʻrsatilgan vazirlik va idoralar, shuningdek hududiy moliya organlari 2007-yilning 15-iyuligacha idoralar qoshidagi budjet tashkilotlarining moliya-iqtisod xizmatlari xodimlari sonini qisqartirish boʻyicha bajarilgan ishlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga axborot taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yilning 15-avgustigacha mazkur qarorda nazarda tutilgan budjet tashkilotlarining moliya-iqtisod xizmatlari xodimlari sonini qisqartirishni hisobga olgan holda budjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi va shtat jadvallari qaytadan roʻyxatga olinishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tashkilotlarining moliya-iqtisod xizmatlari xodimlari sonini qisqartirish munosabati bilan boʻshaydigan mablagʻlarning yuridik shaxs maqomiga ega umumtaʼlim maktablari (maktab-internatlari)ni moliya-iqtisod sohasidagi tegishli shtat lavozimlari bilan toʻldirish uchun yoʻnaltirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjetining gʻazna ijrosiga oʻtilishi munosabati bilan xodimlar sonini qisqartirish natijalarini sinchiklab tahlil qilish asosida budjet tashkilotlari — vazirlik va idoralar xodimlari sonini tartibga solish va maqbullashtirish ishlarini davom ettirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida 2007-yilning 1-sentabrigacha va 2008-yilning 1-apreligacha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga maʼlumot berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va uning hududiy boʻlinmalari manfaatdor vazirlik hamda idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, budjet tashkilotlari moliya-iqtisod xizmatlarining qisqartirilayotgan xodimlarini ishga joylashtirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrsin va koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 26-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-660-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 27-28-son, 281-modda)