Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.01.2018 26.02.2007 yildagi PF-3857-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.01.2018
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ TA’LIMI MUASSASALARINI MOLIYALAShTIRISh MEXANIZMINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5298-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq ta’limi muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish, moliyaviy-iqtisodiy masalalarni hal etishda ta’lim muassasalarining mustaqilligini kengaytirish va mas’uliyatini oshirish, budjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish, shuningdek ta’lim-tarbiya jarayonini muvofiqlashtirish va uslubiy rahbarlik qilishni kuchaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xalq ta’limi muassasalarini hisob-kitob — moliyaviy jihatdan ta’minlash, ularning sarf-xarajatlarini hisobga olish va nazorat qilish funksiyalari hamda tuzilmalarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmalari, xalq ta’limi tuman va shahar bo‘limlaridan tegishli hududiy moliya organlariga topshirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, xalq ta’limi muassasalarining faoliyatini moliyalashtirish bevosita hududiy moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda hududiy moliya organlari tuzilmasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmalari, xalq ta’limi tuman va shahar bo‘limlarining topshirilayotgan markazlashtirilgan buxgalteriyalari va markazlashtirilgan xo‘jalik xizmati ko‘rsatish guruhlari negizida xalq ta’limi muassasalarini moliyalashtirish bo‘limlari tashkil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy moliya organlari zimmasiga qo‘shimcha ravishda quyidagi asosiy vazifa va funksiyalar yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq ta’limi muassasalari bilan birgalikda xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini ishlab chiqish, ularni moliyalashtirish, shuningdek ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni hisoblash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g‘aznachilik hududiy bo‘linmalari bilan hamkorliqda xalq ta’limi muassasalarining topshiriqlari bo‘yicha hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish, shuningdek ularning faoliyati bo‘yicha hisob va hisobotlarni yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq ta’limi muassasalarida budjet mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanishni hamda budjet intizomiga rioya etishni, shu jumladan xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimi talablarini bajarishni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq ta’limi muassasalarining xarajatlar smetasi doirasida xalq ta’limi muassasalarining buyurtmalariga muvofiq va ularning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tovarlar xarid qilish va xizmatlar ko‘rsatish uchun shartnomalar tuzish, shuningdek iste’mol limitlari va sarf-xarajat normalariga rioya etilishini monitoring qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmalari, xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman va shahar bo‘limlari maktabgacha tarbiya, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalaridagi uslubiy va ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirish masalalarini o‘z faoliyati markazida tutsin va bunda quyidagilarga asosiy e’tiborni qaratsin:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 20-maydagi PF-4309-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 22-23-son, 220-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq ta’limi muassasalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni qoidalariga hamda umumiy o‘rta ta’limning belgilangan davlat ta’lim standartlariga rioya etilishi monitoringini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy bo‘ysunishi va mulkchilik shaklidan qati nazar, ta’lim muassasalariga uslubiy rahbarlikni takomillashtirish, zamonaviy ta’lim shakllarini, yangi pedagogik va axborot texnologiyalari, ma’naviy-axloqiy tarbiyaning samarali shakl va usullarini ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika yetakchi o‘kituvchilari va umumta’lim muassasalarining ijobiy ish tajribasini o‘rganish va umumlashtirish hamda uning umumta’lim maktablari o‘quv-uslubiy va tarbiyaviy ishida keng ommalashuviga ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004—2009-yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning viloyatlar, shahar va tumanlarda ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash borasidagi tadbirlar kompleksini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Moliya vazirligi bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 26-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-3857-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 2-son, 81-modda; 2011-y., 22-23-son, 220-modda)