28.02.2007 yildagi PQ-594-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjetining gʻazna ijrosini tatbiq etish hisobiga budjet tizimini yanada isloh qilish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda budjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish, barcha darajalardagi budjet daromadlari va xarajatlarini boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-269-son Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi gʻaznachiligini negizida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Gʻaznachilik) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-iyundagi PF-105-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2025-y., 06/25/105/0549-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Gʻaznachilik zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar yuklatilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjetining kassa ijrosi, jumladan, tushadigan daromadlarni turli darajadagi budjetlar oʻrtasida taqsimlash, budjet tashkilotlarining va budjet mablagʻlarini oluvchilarning xarajatlar smetalari ijrosi Davlat budjeti ijrosi toʻgʻrisida hisobot tuzish;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli budjetlar daromadlari va xarajatlari oʻrtasidagi kassa uzilishlarining oldini olishni taʼminlaydigan yagona gʻazna hisobvaragʻida boʻlgan Davlat budjeti mablagʻlarini boshqarish;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-iyundagi PF-105-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2025-y., 06/25/105/0549-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlarini oluvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va maqsadli davlat jamgʻarmalari budjetlarining mablagʻlari hisobidan tovar (ish, xizmat)lar yetkazib beruvchilar bilan shartnomalari xarajatlar smetasida koʻrsatilgan summalar va maqsadlarga muvofiq ravishda tuzilishi ustidan nazorat oʻrnatish asosida mazkur shartnomalarni majburiy roʻyxatdan oʻtkazish;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tashkilotlarini, shu jumladan mudofaa va xavfsizlik tuzilmalarini moliyalashga yoʻnaltiriladigan budjet mablagʻlaridan foydalanishni maqbullashtirish ustidan monitoringni amalga oshirish, bunda ular tomonidan tuzilayotgan shartnomalarning sifati taʼminlanishini, ularning maqsadga muvofiqligi va narx-navo yechimini nazarda tutish hamda vositachilik xizmatlaridan voz kechish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gʻaznachilikning, budjet tizimi budjetlari mablagʻlari hisobiga toʻlash uchun qabul qilingan, Davlat xaridlari yagona axborot portalida roʻyxatdan oʻtkazilgan shartnomalar boʻyicha axborot bazasini tashkil etish va muntazam yangilab borish;
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-dekabrdagi PQ-4544-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 07/19/4544/4111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-iyundagi PF-105-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2025-y., 06/25/105/0549-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xarajatlar smetasi va roʻyxatga olingan shartnomalarda nazarda tutilgan summalar doirasida tovar (ish, xizmat)lar yetkazib beruvchilarning bevosita hisob raqamlariga budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlarini oluvchilarning nomidan va ularning topshirigʻi boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish orqali toʻlov intizomiga rioya etilishini taʼminlash;
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat budjeti gʻazna ijrosining buxgalterlik hisobi va hisobotini yuritish, Davlat budjeti ijrosi haqida axborot yigʻish, qayta ishlash va tahlil qilish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat koʻrsatish, Oʻzbekiston Respublikasi kafolatlarini ijro etish;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-iyundagi PF-105-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2025-y., 06/25/105/0549-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xaridlari jarayoni ustidan monitoring olib borish;
(2-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-dekabrdagi PQ-4544-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 07/19/4544/4111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik subyektlarini noinsof yetkazib beruvchilar reyestriga kiritishga doir takliflar ishlab chiqish.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5228-sonli Farmoniga asosan oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2017-y., 06/17/5228/0210-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tashkilotlarining chet el valyutasidagi daromadlari va xarajatlari hisobini yuritish hamda maqsadli ishlatilishini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
valyuta mablagʻlari hisobidan jalb qilingan xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari qarzlari (kreditlari)ni qaytarish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga asosan Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan toʻlovlari amalga oshiriladigan xalqaro moliyaviy institutlar va tashkilotlarga aʼzolik badallarini toʻlash;
(2-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-iyundagi PF-105-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2025-y., 06/25/105/0549-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
valyuta mablagʻlarini boshqarish, chet el valyutasidagi mablagʻlarni depozitlarga joylashtirish hamda budjet ssudasi va subsidiyalarini ajratish.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-dekabrdagi PQ-4544-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 07/19/4544/4111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziriga, zarur hollarda, Gʻaznachilikning markaziy apparati va uning boʻlinmalari tuzilmasiga Gʻaznachilik xodimlarining cheklangan umumiy soni doirasida oʻzgartishlar kiritish huquqi berilsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-iyundagi PF-105-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2025-y., 06/25/105/0549-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gʻaznachilik raisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-iyundagi PF-105-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2025-y., 06/25/105/0549-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-dekabrdagi PQ-4544-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 07/19/4544/4111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gʻaznachilik xodimlariga iqtisodiyot va moliya organlari xodimlari uchun belgilangan mehnat haqi shartlari tatbiq etiladi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-iyundagi PF-105-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2025-y., 06/25/105/0549-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gʻaznachilik markaziy apparati xodimlari tibbiy va ijtimoiy himoya qilish shartlariga koʻra Iqtisodiyot va moliya vazirligi markaziy apparati xodimlariga tenglashtiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-iyundagi PF-105-sonli Farmoniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2025-y., 06/25/105/0549-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-iyundagi PF-105-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2025-y., 06/25/105/0549-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn kun muddatda — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-iyundagi PF-105-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2025-y., 06/25/105/0549-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda — iqtisodiyot va moliya organlari, shuningdek, budjet tashkilotlarining moliya-hisob boʻlinmalari xodimlarini Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimi faoliyat yuritishi sharoitlarida ishlashga tayyorlash va qayta tayyorlash Oʻquv markazini tashkil etish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini kiritsin;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-iyundagi PF-105-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2025-y., 06/25/105/0549-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda — gʻaznachilik va uning hududiy boʻlinmalarini zarur binolar, kompyuterlar, tashkiliy texnika va boshqa anjomlar bilan taʼminlash, shuningdek, ularni yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirish boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlar rejasini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda — Davlat budjeti gʻazna ijrosi tizimining joriy etilishi munosabati bilan muayyan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarni moliyaviy taʼminlash xususiyatiga qarab budjet tashkilotlarining moliya-iqtisod xizmatlari xodimlari sonini maqbullashtirish va 25 foizgacha qisqartirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va boshqa xalqaro moliya tashkilotlarining qarz mablagʻlarini jalb etgan holda Davlat budjetining barcha daromadlarini yagona gʻazna hisob raqamiga jamlash va undan xarajatlar toʻlovini amalga oshirish imkonini beruvchi Davlat budjeti gʻazna ijrosining yagona integratsiyalashgan axborot tizimini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini qabul qilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qoʻyilsinki, budjet tizimi budjetlari mablagʻlari hisobidan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar bilan shartnomalari, shuningdek buyurtmachilarning budjet tizimi budjetlari mablagʻlari hisobiga kapital qurilishga oid shartnomalari majburiy tartibda Gʻaznachilikda roʻyxatga olinishi shart va faqat u amalga oshirilgandan keyin kuchga kiradi;
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-dekabrdagi PQ-4544-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 07/19/4544/4111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet tizimi budjetlari mablagʻlari hisobiga tuziladigan shartnomalarida, qoidaga koʻra, 15 foiz miqdorida oldindan haq toʻlash nazarda tutiladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-dekabrdagi PQ-4544-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 07/19/4544/4111-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlar nomidan va ularning topshirigʻiga koʻra gʻaznachilik tomonidan toʻlovlarni amalga oshirishda xizmat koʻrsatuvchi banklarga vositachilik haqlarini hisob-kitobning akkreditiv shaklidan foydalangan holda toʻlash ularning xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 515-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Iqtisodiyot va moliya vazirligining takliflari boʻyicha budjetdan mablagʻ oluvchilarning tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni xarid qilishda 15 foizdan ortiq miqdorda oldindan haq toʻlashni amalga oshirishi mumkin boʻlgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning turlari roʻyxatini tasdiqlash huquqi berilsin.
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-iyundagi PF-105-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2025-y., 06/25/105/0549-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda belgilangan tartibda respublikaning barcha shahar va tumanlarini qamrab olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimining maʼlumotlar tarmogʻini tashkil etish uchun yer usti raqamli aloqa kanallarini berish choralarini koʻrsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-iyundagi PF-105-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2025-y., 06/25/105/0549-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasini bajarish funksiyalari gʻaznachilikka berilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklariga budjet mablagʻlari oluvchilarga xizmat koʻrsatish bilan band boʻlgan bank xodimlari sonini maqbullashtirish va qisqartirish choralarini koʻrish tavsiya etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-iyundagi PF-105-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2025-y., 06/25/105/0549-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy meʼyoriy hujjatlarning mazkur qaror talablariga mos ravishda muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007-yil 28-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-594-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-iyundagi PF-105-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2025-y., 06/25/105/0549-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-iyundagi PF-105-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2025-y., 06/25/105/0549-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-iyundagi PF-105-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2025-y., 06/25/105/0549-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-iyundagi PF-105-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2025-y., 06/25/105/0549-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-iyundagi PF-105-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2025-y., 06/25/105/0549-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 9-10-son, 82-modda; 52-son, 534-modda; 2008-y., 52-son, 515-modda; 2009-y., 7-son, 68-modda; 2010-y., 52-son, 513-modda; 2011-y., 52-son, 561-modda; 2014-y., 29-son, 356-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2017-y., 06/17/5228/0210-son; 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son, 11.10.2019-y., 06/19/5848/3901-son, 06.12.2019-y., 07/19/4544/4111-son; 28.06.2025-y., 06/25/105/0549-son)