Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2014-yil 18-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2014-yil 28-avgustda maʼqullangan
Senat tomonidan 2014-yil 28-avgustda maʼqullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi ijtimoiy sheriklik sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisidagi qonunchilik
Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Ijtimoiy sheriklik va uning subyektlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy sheriklik davlat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari (bundan buyon matnda fuqarolik jamiyati institutlari deb yuritiladi) bilan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, shu jumladan tarmoq, hududiy dasturlarni, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlarni hamda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor boʻlgan boshqa qarorlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish borasidagi hamkorligidir.
(3-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: mazkur Qonunning 2-bob (“Ijtimoiy sheriklikning asosiy shakllari va ularni amalga oshirish tartibi”).
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari ijtimoiy sheriklik subyektlaridir.
(3-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 73 — 78-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonuninng 2-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Qonuninng 1-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Jamoat fondlari toʻgʻrisida”gi Qonuninng 4-moddasi.
Davlat organlarining fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, siyosiy partiyalar va diniy tashkilotlar bilan hamkorligi alohida qonunlar bilan tartibga solinadi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”, “Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida”, “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish toʻgʻrisida”, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi qonunlari.
4-modda. Ijtimoiy sheriklikning asosiy prinsiplari
Ijtimoiy sheriklikning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonunga boʻysunish;
teng huquqlilik;
ochiqlik va shaffoflik;
hammaboplik;
mustaqillik;
xolislik;
oʻzaro hurmat, manfaatlarning inobatga olinishi va masʼuliyat;
majburiyatlar qabul qilishning ixtiyoriyligi.
5-modda. Ijtimoiy sheriklik sohalari
Ijtimoiy sheriklik quyidagi sohalarda amalga oshirilishi mumkin:
aholini ijtimoiy muhofaza qilish, qoʻllab-quvvatlash va uning ijtimoiy faolligini oshirish;
aholining bandligini taʼminlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, fermerlikni rivojlantirish;
atrof muhitni, aholining sogʻligʻini muhofaza qilish va sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish;
har tomonlama barkamol va sogʻlom yosh avlodni shakllantirish, yoshlarga bilim berish, ularni maʼnaviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash va kasbga yoʻnaltirish;
onalik va bolalikni, shuningdek xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy hayotida toʻlaqonli ishtirok etishini taʼminlash, sogʻlom oilani shakllantirish;
fan, taʼlim, axborotlashtirish, madaniyat va sportni rivojlantirish;
aholining huquqiy bilimlari, huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, fuqarolik jamiyati va demokratik huquqiy davlat asoslarini mustahkamlash;
millatlararo, madaniyatlararo totuvlik va fuqarolar totuvligi gʻoyalarini mustahkamlash, koʻp asrlik, anʼanaviy maʼnaviy-axloqiy hamda tarixiy-madaniy qadriyatlarni tiklash va saqlash;
isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish.
(5-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi OʻRQ-456-sonli Qonuniga asosan oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy sheriklik qonunchilikka muvofiq boshqa sohalarda ham amalga oshirilishi mumkin.
(5-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
2-bob. Ijtimoiy sheriklikning asosiy shakllari va ularni amalga oshirish tartibi
6-modda. Ijtimoiy sheriklikning asosiy shakllari
Ijtimoiy sheriklikning asosiy shakllari quyidagilardan iborat:
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etishi;
(6-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Qarang: mazkur Qonunning 7-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolik jamiyati institutlarining normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etishi;
(6-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Qarang: mazkur Qonunning 7-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolik jamiyati institutlari vakillarining davlat organlari huzuridagi ishchi guruhlar, komissiyalar va jamoatchilik-maslahat organlari faoliyatida ishtirok etishi;
(6-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Qarang: mazkur Qonunning 8-moddasi.
ijtimoiy sheriklik subyektlari tomonidan birgalikda tadbirlar, maslahatlashuvlar va muzokaralar oʻtkazish;
Qarang: mazkur Qonunning 9-moddasi.
ijtimoiy sheriklik subyektlari tomonidan ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida bitimlar va shartnomalar (bundan buyon matnda bitimlar va shartnomalar deb yuritiladi) tuzish, birgalikdagi loyihalar va rejalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
Qarang: mazkur Qonunning 10-moddasi.
ijtimoiy sheriklik subyektlari oʻrtasida oʻzaro qoʻllab-quvvatlash, axborot almashish.
Qarang: mazkur Qonunning 11-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
7-modda. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtiroki
(7-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga fuqarolik jamiyati institutlarini ularning roziligiga koʻra jalb etishi mumkin.
(7-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda manfaatdor fuqarolik jamiyati institutlaridan takliflar toʻplashni amalga oshiradi.
(7-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish fuqarolik jamiyati institutlarini jalb etgan holda davlat organlari huzuridagi ishchi guruhlar, komissiyalar va jamoatchilik-maslahat organlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
(7-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni 53-moddasining toʻrtinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasining “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Qonuni 11-moddasining ikkinchi qismi, “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Uslubiy koʻrsatmalarning 9-bandi (roʻyxat raqami 2352, 09.04.2012-y.).
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolik jamiyati institutlari:
(7-modda toʻrtinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish boʻyicha tashabbuslar bilan chiqishda, tegishli takliflar va loyihalarni tayyorlashda ishtirok etishga, shuningdek ularni koʻrib chiqish uchun vakolatli davlat organlariga kiritishga;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik ekspertizasini oʻtkazishda, ishlab chiquvchilar bilan kelishuvga koʻra, ularning jamoatchilik muhokamasini oʻtkazish tashabbusi bilan chiqishda ishtirok etishga, loyihalar yuzasidan takliflarni ishlab chiqishga, ularni toʻplashni va umumlashtirishni amalga oshirishga, shuningdek ushbu takliflarni koʻrib chiqish uchun vakolatli davlat organlariga kiritishga;
birgalikda tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarida belgilangan vazifalarni hal etishga qaratilgan loyihalarni, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yuzasidan davlat organlariga takliflar kiritishga;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlarning roʻyobga chiqarilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga, uning yakunlari boʻyicha takliflar tayyorlash hamda ularni vakolatli davlat organlariga kiritishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlari fuqarolik jamiyati institutlarining tashabbuslari hamda takliflarini koʻrib chiqishi shart.
(7-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8-modda. Fuqarolik jamiyati institutlari vakillarining davlat organlari huzuridagi ishchi guruhlar, komissiyalar va jamoatchilik-maslahat organlari faoliyatida ishtirok etishi
(8-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, ularning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va taʼminlash, boshqa sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni hal etish maqsadida tashkil etiladigan davlat organlari huzuridagi ishchi guruhlar, komissiyalar hamda jamoatchilik-maslahat organlari faoliyatida belgilangan tartibda ishtirok etishga haqli.
(8-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolik jamiyati institutlari:
(8-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek ushbu loyihalarga doir takliflarni tayyorlashga, ularni davlat organlari huzuridagi ishchi guruhlar, komissiyalar va jamoatchilik-maslahat organlarining majlislarida koʻrib chiqish uchun kiritishga;
davlat organlari huzuridagi ishchi guruhlar, komissiyalar va jamoatchilik-maslahat organlariga ularning vakolatiga kiritilgan masalalarni koʻrib chiqish, mazkur masalalarni hal etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish toʻgʻrisidagi takliflar bilan murojaat etishga;
oldindan kelishuvga koʻra davlat organlari huzuridagi ishchi guruhlar, komissiyalar va jamoatchilik-maslahat organlarining majlislarida ularning vakolatiga kiritilgan masalalar yuzasidan oʻz vakili orqali soʻzga chiqishga haqli.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyuldagi 553-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha uch tomonlama komissiyalar toʻgʻrisida nizom”.
9-modda. Ijtimoiy sheriklik subyektlari tomonidan birgalikda tadbirlar, maslahatlashuvlar va muzokaralar oʻtkazish
Ijtimoiy sheriklik subyektlari:
konferensiyalar, davra suhbatlari, seminarlar, jamoatchilik muhokamalari, hasharlar, festivallar, sotsiologik soʻrovlar shaklida va boshqa shakllarda birgalikda tadbirlar;
bitimlar va shartnomalar tuzishga, birgalikdagi loyihalar hamda rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirishga, birgalikda tadbirlar tashkil etishga qaratilgan maslahatlashuvlar va muzokaralar oʻtkazishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Maslahatlashuvlar va muzokaralar birgalikdagi uchrashuvlar va jamoatchilik muhokamalarini tashkil etish, fuqarolik jamiyati institutlari vakillarining fikrlarini soʻrash, ular ishtirokida davlat organlari huzurida ishchi guruhlar, komissiyalar va jamoatchilik-maslahat organlari tuzish yoʻli bilan oʻtkaziladi.
(9-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
10-modda. Ijtimoiy sheriklik subyektlari tomonidan bitimlar va shartnomalar tuzish, birgalikdagi loyihalar va rejalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish
Ijtimoiy sheriklik subyektlari bitimlar va shartnomalar tuzishi, shuningdek birgalikdagi loyihalar va rejalarni ishlab chiqishi hamda amalga oshirishi mumkin.
Bitimlar taraflarning oʻz zimmalariga olgan oʻzaro majburiyatlaridan iborat boʻlib, ular doirasida taraflar birgalikdagi faoliyatning maqsadlari va vazifalarini, yoʻnalishlarini aniqlaydi, ijtimoiy sheriklikni amalga oshirish shakllarini koʻrsatadi.
Shartnomalar ishlar bajarishni yoki xizmatlar koʻrsatishni, shuningdek ijtimoiy sheriklik subyekti tomonidan moddiy, shu jumladan moliyaviy qoʻllab-quvvatlashda sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutishi mumkin.
Birgalikdagi loyihalar va rejalar, bitimlar hamda shartnomalarni, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishga, gumanitar masalalarni hal etishga, aholi turli qatlamlarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini belgilaydi.
11-modda. Ijtimoiy sheriklik subyektlari oʻrtasida oʻzaro qoʻllab-quvvatlash, axborot almashish
Ijtimoiy sheriklik subyektlari oʻz vakolatlari doirasida oʻquv-uslubiy, axborot, maslahat va tashkiliy jihatdan oʻzaro qoʻllab-quvvatlaydi.
Ijtimoiy sheriklik subyektlari oʻz tasarrufida boʻlgan va hamkorlik predmetiga taalluqli axborotni yozma soʻrovlar asosida bir-biriga taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yozma soʻrovga javob, agar qonunchilikda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, imkoni boricha qisqa muddatda, lekin soʻrov olingan sanadan eʼtiboran oʻn besh kundan kechiktirmay berilishi kerak.
(11-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ijtimoiy sheriklik subyektlari davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni oʻz ichiga olgan axborotni taqdim etishi mumkin emas.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat sirlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 1-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 98-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Tijorat siri toʻgʻrisida”gi Qonuni 3-moddasining ikkinchi xatboshi, Oʻzbekiston Respublikasining “Bank siri toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-moddasi.
3-bob. Ijtimoiy sheriklikni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash
12-modda. Ijtimoiy sheriklikni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash turlari
Ijtimoiy sheriklikni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash turlari quyidagilardan iborat:
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolik jamiyati institutlarini mulkiy, axborot, maslahat, tashkiliy va oʻquv-uslubiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash;
(12-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Qarang: mazkur Qonunning 13 va 14-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolik jamiyati institutlariga moddiy yordam koʻrsatayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash boʻyicha qonunchilikka muvofiq imtiyozlar berish;
(12-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolik jamiyati institutlariga davlat subsidiyalari, grantlari va ijtimoiy buyurtmalari berish, ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni moliyalashtirish.
(12-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Qarang: mazkur Qonunning 19 — 22-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-bobi (“Nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash”).
13-modda. Mulkiy yordam koʻrsatish
Oldingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy sheriklik sohasida fuqarolik jamiyati institutlariga qonunchilikda belgilangan tartibda shartnoma asosida davlat mulki tekin yoki imtiyozli shartlarda vaqtincha foydalanishga berilishi mumkin.
(13-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 660-sonli “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolik jamiyati institutlariga vaqtincha foydalanishga berilgan davlat mulkidan maqsadli foydalanilishi kerak.
(13-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
14-modda. Axborot, maslahat, tashkiliy va oʻquv-uslubiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash
Oldingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy sheriklik sohasida fuqarolik jamiyati institutlarini axborot, maslahat, tashkiliy va oʻquv-uslubiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash quyidagi yoʻllar orqali amalga oshiriladi:
(14-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
ijtimoiy sheriklik sohasidagi axborotdan erkin foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy sheriklikni amalga oshirishdagi ishtiroki masalalariga doir uslubiy materiallarni ishlab chiqish hamda nashr etish;
(14-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
ijtimoiy sheriklikni rivojlantirishning dolzarb masalalari boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish hamda bilim beruvchi tadbirlar, uslubiy maslahatlar, ilmiy-amaliy seminarlar va konferensiyalar oʻtkazish;
ijtimoiy sheriklik sohasidagi tadbirlarni tashkil etishda koʻmaklashish.
Oldingi tahrirga qarang.
15-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi
Mamlakatda demokratik oʻzgarishlarni yanada rivojlantirishga hamda bunda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirok etishiga koʻmaklashish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzurida Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi (bundan buyon matnda Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi deb yuritiladi) va uning alohida boʻlinmalari tuziladi.
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi:
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan olinadigan mablagʻlarni jamlaydi, bu mablagʻlar fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini rivojlantirishni ragʻbatlantirish hamda qoʻllab-quvvatlashga, ijtimoiy, iqtisodiy, gumanitar masalalarni hal etishda ularning ishtirok etishiga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish uchun taqsimlanishini tashkil etadi;
fuqarolik jamiyati institutlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularga huquqiy maslahat, tashkiliy, texnik jihatdan va boshqa xil yordam koʻrsatish bilan bogʻliq dasturlar hamda loyihalarni amalga oshirishda koʻmaklashadi.
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi hamda tugatilishining oʻziga xos xususiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan belgilanadi.
(15-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha parlament komissiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha parlament komissiyasi (bundan buyon matnda Parlament komissiyasi deb yuritiladi) fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish hamda ularning mamlakatda demokratik oʻzgarishlarni amalga oshirishda va jamiyatni erkinlashtirishda ishtirok etishiga koʻmaklashish maqsadida tuziladi.
Parlament komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari va Senatining aʼzolaridan iborat tarkibda shakllantiriladi.
Parlament komissiyasining tarkibiga rais, rais oʻrinbosari, masʼul kotib va komissiya aʼzolari kiradi. Parlament komissiyasiga uning tarkibiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati va Senatining aʼzosi har yili navbatma-navbat raislik qiladi.
Parlament komissiyasi oʻz faoliyatiga vazirliklar va idoralar mutaxassislarini hamda jamoatchilik vakillarini jalb etishi mumkin.
Parlament komissiyasi:
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablagʻlarining fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash uchun taqsimlanishini tashkil etadi, fuqarolik jamiyati institutlari va davlat organlarining takliflarini oʻrganish asosida aniq ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishga, fuqarolarning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga qaratilgan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlar hamda loyihalarni moliyalashtirish dasturlarini ishlab chiqadi;
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablagʻlarini taqsimlashda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlaydi, fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish hamda ular faoliyatining samaradorligini oshirish, ularning oʻtkazilayotgan sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy islohotlarda, demokratik qadriyatlarning, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining himoya qilinishini taʼminlashda ishtirok etishi masalalarini muhokama qilishga jamoatchilikni jalb etadi;
joylardagi fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash uchun mablagʻlarning hajmlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi ijtimoiy sheriklik boʻyicha jamoat komissiyalarining (bundan buyon matnda jamoat komissiyalari deb yuritiladi) takliflari asosida aniqlaydi hamda taqsimlaydi, ushbu komissiyalar faoliyatiga uslubiy rahbarlikni taʼminlaydi;
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi, moliyalashtirilgan dasturlar hamda loyihalar ustidan nazoratni (monitoringni) amalga oshiradi, oʻz majlislarida moliyalashtirilayotgan dasturlar hamda loyihalar amalga oshirilishining borishi va natijalari toʻgʻrisida fuqarolik jamiyati institutlarining hisobotlarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborotini eshitadi, ijtimoiy sheriklikni yanada rivojlantirishga doir zarur tavsiyalarni ishlab chiqadi va topshiradi;
sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlar va loyihalarni amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining davlat organlari bilan hamkorligini chuqurlashtirishga, ijtimoiy hayotni demokratlashtirishda fuqarolik jamiyati institutlarining rolini kuchaytirish jarayonlariga koʻmaklashadi;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasini, jamoatchilik ekspertizasini tashkil etishda davlat organlariga yordam koʻrsatadi, mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik oʻzgarishlarning mohiyati va ahamiyatini aholiga tushuntirish boʻyicha tizimli ishlar olib boradi;
ijtimoiy sheriklik sohasida koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
bajarilgan ishlar toʻgʻrisida har yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga va Senatiga axborot taqdim etadi;
oʻz faoliyati toʻgʻrisida jamoatchilikni xabardor qiladi.
Parlament komissiyasi Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining vasiylik kengashi vazifasini bajaradi.
Parlament komissiyasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Parlament komissiyasining faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan belgilanadi.
(16-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
18-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi ijtimoiy sheriklik boʻyicha jamoat komissiyalari
Oldingi tahrirga qarang.
Jamoat komissiyalari tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining deputatlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklarining, adliya va moliya organlarining, shuningdek boshqa davlat organlarining, fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari orasidan rais, uning oʻrinbosari, masʼul kotib va komissiya aʼzolaridan iborat tarkibda shakllantiriladi.
(18-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Jamoat komissiyalari:
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolik jamiyati institutlarining mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlar hamda loyihalarni amalga oshirishdagi hamkorligini chuqurlashtirishga koʻmaklashadi, ularning takliflarini oʻrganish asosida ijtimoiy sheriklikning ustuvor yoʻnalishlarini aniqlaydi;
(18-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolik jamiyati institutlarining joylarda ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy masalalarni hal etishga qaratilgan sotsial hamda ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlari va loyihalarini qoʻllab-quvvatlashga, ularni amalga oshirish uchun mablagʻlarning zarur hajmlarini aniqlashga doir takliflarni ishlab chiqadi hamda ularni Parlament komissiyasiga taqdim etib boradi;
(18-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Oldingi tahrirga qarang.
joylarda fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan davlat subsidiyasi, grantlari va ijtimoiy buyurtmalari doirasida amalga oshirilayotgan faoliyat samaradorligini oʻrganish, tahlil qilish va baholash borasida Parlament komissiyasiga koʻmaklashadi;
(18-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
tegishli hududda ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini hal etishda ijtimoiy sheriklik holatining monitoringini va baholanishini amalga oshiradi, zarur hollarda, mazkur yoʻnalishdagi ishlarni takomillashtirishga doir aniq tadbirlarni ishlab chiqadi;
ijtimoiy sheriklik subyektlari oʻrtasida manfaatlarni kelishib olishga va birgalikdagi faoliyatning ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqishga qaratilgan maslahatlashuvlar hamda muzokaralarni tashkil etadi va oʻtkazadi, ular oʻrtasida bitimlar va shartnomalar tuzishga, shuningdek ularning ijro etilishiga koʻmaklashadi;
ijtimoiy sheriklik sohasida koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
oʻz faoliyati toʻgʻrisida jamoatchilikni xabardor qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Jamoat komissiyalari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(18-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Jamoat komissiyalari oʻz faoliyatini tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan tasdiqlanadigan reglamentga muvofiq amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Jamoat komissiyalari faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan taʼminlash mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
19-modda. Davlat subsidiyasi va uni ajratish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat subsidiyasi sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik faoliyatni amalga oshirayotgan fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash uchun Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan beriladigan hamda aniq loyihalar bilan bogʻliq boʻlmagan moliyaviy yoki boshqa moddiy koʻmakdir.
Davlat subsidiyalaridan faqat fuqarolik jamiyati institutlarining ustavida belgilangan maqsad va vazifalarni bajarish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda ijtimoiy foydali maqsadlarga erishish uchungina foydalaniladi.
Fuqarolik jamiyati institutlari davlat subsidiyasini olish uchun Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondiga buyurtmalar bilan murojaat etadi.
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi fuqarolik jamiyati institutlarining buyurtmalarini umumlashtiradi, subsidiyalash hajmlariga doir takliflarni tayyorlaydi hamda ularni Parlament komissiyasiga kiritadi.
Parlament komissiyasi Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib chiqib, subsidiyalashning maqsadga muvofiqligi va zarur hajmlari toʻgʻrisida belgilangan tartibda qaror qabul qiladi.
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi navbatdagi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti tasdiqlanganidan keyin Parlament komissiyasiga davlat subsidiyalarini taqsimlashga doir takliflarni taqdim etadi.
Parlament komissiyasi Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining takliflari olinganidan keyin fuqarolik jamiyati institutlariga ajratiladigan davlat subsidiyalarining hajmlarini aniqlaydi.
Davlat subsidiyalarini ajratish tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan belgilanadi.
Qonunchilikda ayrim fuqarolik jamiyati institutlari uchun davlat tomonidan subsidiyalashning boshqacha tartibi ham nazarda tutilishi mumkin.
(19-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
20-modda. Davlat granti va uni ajratish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat granti ijtimoiy foydali maqsadlarga erishishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti, shuningdek Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining mablagʻlari hisobidan fuqarolik jamiyati institutlariga tanlov asosida beriladigan pul mablagʻlari va moddiy resurslardir.
Davlat grantlarini ajratish Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi va uning alohida boʻlinmalari orqali amalga oshiriladi.
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi davlat grantini taqsimlash maqsadida grant tanlovlarini tashkil etadi.
Grant tanlovlarida ijtimoiy foydali maqsadlarga erishishga qaratilgan loyihalarni taqdim etgan fuqarolik jamiyati institutlari ishtirok etishga haqlidir.
Grant tanlovlariga taqdim etilgan loyihalarni tanlab olish va gʻoliblarni aniqlash Parlament komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat granti ajratilayotganda grant beruvchi va grant oluvchi oʻrtasida grant ajratilganligi toʻgʻrisida shartnoma tuziladi.
Fuqarolik jamiyati institutlariga davlat grantlarini ajratish tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan belgilanadi.
(20-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuninng 13-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
21-modda. Davlat ijtimoiy buyurtmasi va uni berish tartibi
Davlat ijtimoiy buyurtmasi davlat organi va fuqarolik jamiyati instituti oʻrtasida shartnoma tuzish yoʻli bilan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun ishlar bajarishga yoki tadbirlar oʻtkazishga doir davlat topshirigʻidan iborat boʻladi.
Davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi, uning alohida boʻlinmalari orqali yoki bevosita davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat ijtimoiy buyurtmalari Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi yoki uning alohida boʻlinmalari orqali berilgan taqdirda, davlat organlari ushbu Qonunda nazarda tutilgan ijtimoiy sheriklik sohalari doirasida oʻz faoliyatining fuqarolik jamiyati institutlari qoʻllab-quvvatlashini talab etadigan ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi va kelgusi moliya yili uchun davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish toʻgʻrisida Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondiga yoki uning alohida boʻlinmalariga buyurtmalar yuboradi. Buyurtmada davlat organi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari, ishlar bajarishga yoki tadbirlar oʻtkazishga doir topshiriqning maqsadlari, vazifalari va shartlari, shuningdek talab etiladigan mablagʻlar miqdori, unda davlat organining ulushi koʻrsatiladi.
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi, uning alohida boʻlinmalari davlat organlarining buyurtmalarini umumlashtiradi hamda Parlament komissiyasiga koʻrib chiqish uchun kiritadi. Parlament komissiyasi buyurtmalarda nazarda tutilgan tadbirlarning dolzarbligini va ijtimoiy ahamiyatini baholaydi, shuningdek buyurtmalarni moliyalashtirish maqsadga muvofiqligi, har bir buyurtma uchun ajratiladigan mablagʻlar miqdori va tanlovlarni tashkil etish toʻgʻrisida belgilangan tartibda qaror qabul qiladi.
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish boʻyicha tanlov tashkil etadi, bunda davlat buyurtmachilari, buyurtmalarning maqsadlari, vazifalari va shartlari, ajratiladigan mablagʻlar miqdori haqidagi maʼlumotlarni oʻzining veb-saytida, maxsus elektron platformasida, shuningdek ommaviy axborot vositalarida hamda ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qiladi.
Fuqarolik jamiyati institutlari davlat ijtimoiy buyurtmalari loyihalarini ishlab chiqadi hamda ularni koʻrib chiqish uchun Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondiga taqdim etadi.
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan taqdim etilgan davlat ijtimoiy buyurtmalari loyihalarini umumlashtiradi va koʻrib chiqish uchun Parlament komissiyasiga kiritadi.
Parlament komissiyasi Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi tomonidan kiritilgan fuqarolik jamiyati institutlarining davlat ijtimoiy buyurtmalari loyihalarini koʻrib chiqadi, baholaydi va gʻoliblarni aniqlaydi.
Davlat ijtimoiy buyurtmasi berilayotganda davlat ijtimoiy buyurtmasini berish toʻgʻrisida buyurtma yuborgan davlat organi, fuqarolik jamiyati instituti va Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi oʻrtasida uch tomonlama shartnoma tuziladi.
Davlat organlari Parlament komissiyasi tomonidan qoʻllab-quvvatlangan davlat ijtimoiy buyurtmalari loyihalarini budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan qoʻshimcha moliyalashtirishni amalga oshirishi mumkin. Bunda qoʻshimcha moliyalashtirish miqdori umumiy moliyalashtirish summasining yigirma foizidan oshmasligi lozim.
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi, uning alohida boʻlinmalari orqali davlat ijtimoiy buyurtmasini berish tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan belgilanadi.
Davlat organlari har yili sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan fuqarolik jamiyati institutlariga bevosita davlat ijtimoiy buyurtmasi berish boʻyicha tanlovlar tashkil etadi. Tanlovlar haqidagi axborot davlat organining veb-saytida, ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan elektron ommaviy axborot vositalarida oldindan eʼlon qilinadi.
Davlat organlariga fuqarolik jamiyati institutlaridan kelib tushadigan loyihalarni koʻrib chiqish, umumlashtirish va ularni baholash davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat ijtimoiy buyurtmalarini berish boʻyicha tanlov gʻolibi loyihalarni koʻrib chiqish, umumlashtirish va ularni baholash natijalariga koʻra aniqlanadi. Davlat organi va tanlovda gʻolib deb topilgan fuqarolik jamiyati instituti oʻrtasida shartnoma tuziladi.
Fuqarolik jamiyati instituti tegishli sohalar va tarmoqlardagi mavjud muammolarning yechimini nazarda tutuvchi tashabbusli loyihalarni amalga oshirish uchun davlat ijtimoiy buyurtmasini olish toʻgʻrisida tegishli davlat organiga taklif kiritishi mumkin.
Fuqarolik jamiyati institutining davlat ijtimoiy buyurtmasini olish uchun kiritgan tashabbusli loyihasi tegishli davlat organi huzuridagi jamoatchilik kengashi tomonidan belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi va baholanadi.
Davlat organi huzuridagi jamoatchilik kengashi tomonidan tashabbusli loyihani moliyalashtirish maqsadga muvofiqligi haqida qaror qabul qilingan taqdirda, uni kiritgan fuqarolik jamiyati institutiga mazkur davlat organining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining ming baravarigacha miqdordagi davlat ijtimoiy buyurtmasi toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish yoʻli bilan berilishi mumkin.
Sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat organlari tomonidan fuqarolik jamiyati institutlariga davlat ijtimoiy buyurtmasini berish, shuningdek tanlov shartlari va uni oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(21-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
22-modda. Ijtimoiy sheriklik sohasidagi tadbirlarni moliyalashtirish
Ijtimoiy sheriklik sohasidagi tadbirlarni moliyalashtirish:
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlari;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi 69-moddasining birinchi qismi uchinchi xatboshi, 70-moddasining birinchi qismi 2-bandi.
ijtimoiy sheriklik subyektlarining oʻz mablagʻlari;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hisobidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy sheriklik sohasidagi tadbirlarni moliyalashtirish qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ham amalga oshirilishi mumkin.
(22-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
4-bob. Ijtimoiy sheriklik subyektlarining huquq va majburiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
23-modda. Fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy sheriklik sohasidagi huquqlari
(23-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolik jamiyati institutlari oʻz ustavlariga muvofiq quyidagi huquqlarga ega:
(23-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda oʻz aʼzolari va ishtirokchilarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini ifodalash va himoya qilish;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning turli masalalari boʻyicha tashabbuslar bilan chiqish, davlat organlariga tegishli takliflar kiritish;
fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor masalalar yuzasidan davlat organlarining qarorlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
Oldingi tahrirga qarang.
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda ishtirok etish;
(23-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi OʻRQ-456-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
davlat organlariga axborot olish toʻgʻrisida soʻrovlar bilan murojaat etish, shuningdek oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni tarqatish;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuninng 6-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Axborot olish kafolatlari va erkinligi toʻgʻrisida”, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi qonunlari.
ijtimoiy sheriklik masalalari boʻyicha maslahatlashuvlar va muzokaralar oʻtkazish haqida tashabbuslar bilan chiqish, bitimlar va shartnomalar tuzish toʻgʻrisida takliflar kiritish, bitimlar va shartnomalarning loyihalarini tayyorlash hamda muhokama qilishda ishtirok etish;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar, bitimlar hamda shartnomalar, shuningdek boshqa qoʻshma hujjatlarning amalga oshirilishi ustidan jamoatchilik nazoratini oʻtkazish.
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolik jamiyati institutlari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(23-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonuninng 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida Jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Qonuninng 15-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Jamoat fondlari toʻgʻrisida”gi Qonuninng 15-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
24-modda. Fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy sheriklik sohasidagi majburiyatlari
(24-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolik jamiyati institutlari:
(24-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
oʻz faoliyatining ochiqligi va shaffofligini;
ijtimoiy sheriklik sohasidagi bitimlar va shartnomalar, dasturlar va loyihalar boʻyicha majburiyatlarning bajarilishini;
ijtimoiy sheriklik doirasida faoliyatni amalga oshirish chogʻida fuqarolarning manfaatlari va ehtiyojlari hisobga olinishini;
ijtimoiy sheriklik doirasida taqdim etilgan pul mablagʻlari va boshqa mol-mulkdan maqsadli foydalanilishini taʼminlashi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolik jamiyati institutlari zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(24-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonuninng 8-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Jamoat fondlari toʻgʻrisida”gi Qonuninng 19-moddasi.
25-modda. Davlat organlarining ijtimoiy sheriklik sohasidagi huquqlari
Davlat organlari ijtimoiy sheriklik sohasida:
Oldingi tahrirga qarang.
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga fuqarolik jamiyati institutlarini jalb etishga;
(25-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolik jamiyati institutlari bilan birgalikda ishchi guruhlar va komissiyalar tuzishga, shu jumladan ular vakillarining oʻz vakolatlariga kiradigan masalalar boʻyicha davlat organlari huzuridagi jamoatchilik-maslahat organlari ishida ishtirok etishini taʼminlashga;
(25-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolik jamiyati institutlari bilan bitimlar hamda shartnomalar tuzishga, birgalikdagi loyihalar va rejalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga, birgalikdagi tadbirlarni tashkil etishga qaratilgan maslahatlashuvlar va muzokaralar oʻtkazishga;
(25-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ijtimoiy sheriklik doirasida berilgan davlat pul mablagʻlaridan va boshqa mol-mulkdan maqsadli foydalanilishi ustidan qonunchilikka muvofiq nazoratni amalga oshirishga haqli.
(25-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(25-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
26-modda. Davlat organlarining ijtimoiy sheriklik sohasidagi majburiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlari ijtimoiy sheriklik sohasida:
faoliyatning fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlashni talab qiladigan ustuvor yoʻnalishlarini, shu jumladan ular bilan maslahatlashuvlar oʻtkazish orqali aniqlashi;
fuqarolik jamiyati institutlariga ijtimoiy sheriklikda ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratishi;
fuqarolik jamiyati institutlarining tashabbuslari hamda takliflarini, shu jumladan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish boʻyicha tashabbuslari hamda takliflarini koʻrib chiqishi;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari va normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishining borishi boʻyicha zarur hollarda jamoatchilik muhokamasini tashkil etishi, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlarining ularni amalga oshirish samaradorligini yuksaltirishga doir takliflarini koʻrib chiqishi;
fuqarolik jamiyati institutlari bilan oldindan maslahatlashuvlar va muzokaralar oʻtkazilishini taʼminlashi;
sohaviy va hududiy fuqarolik jamiyati institutlari vakillari bilan har yili kamida bir marta ochiq muloqot oʻtkazishi;
ijtimoiy sheriklik sohasidagi bitimlar va shartnomalar, dasturlar hamda loyihalar boʻyicha majburiyatlarning bajarilishini taʼminlashi shart.
(26-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlari zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(26-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
27-modda. Nizolarni hal etish
Oldingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy sheriklik sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
(27-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
28-modda. Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(28-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
29-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(29-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Oldingi tahrirga qarang.
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
(29-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 21-avgustdagi OʻRQ-1083-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)
30-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun 2015-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 25-sentabr,
OʻRQ-376-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 39-son, 488-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son; 22.07.2020-y., 03/20/629/1087-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 22.08.2025-y., 03/25/1083/0769-son)