Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
“Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2013-yil 15-martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2013-yil 28-martda maʼqullangan
Senat tomonidan 2013-yil 28-martda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi 915–XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 14-aprelda qabul qilingan 758–I-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 110-modda; 2003-yil, № 9–10, 149-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 9, 420-modda; 2008-yil, № 4, 189-modda, № 12, 640-modda; 2010-yil, № 9, 335-modda) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2013-yil 23-apreldagi 77 (5751)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 22-aprel,
OʻRQ-350-son
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
FUQAROLARNING OʻZINI OʻZI BOSHQARISH ORGANLARI TOʻGʻRISIDA
(yangi tahriri)
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisidagi qonunchilik
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Qoraqalpogʻiston Respublikasida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyati sohasidagi munosabatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarishi tushunchasi
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarishi fuqarolarning mahalliy ahamiyatga molik masalalarni oʻz manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy xususiyatlaridan, shuningdek milliy va maʼnaviy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va anʼanalardan kelib chiqqan holda hal qilish borasidagi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan kafolatlanadigan mustaqil faoliyatidir.
4-modda. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish huquqi
Fuqarolar shaharchalarda, qishloqlarda, ovullarda, shuningdek shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi va ovullardagi mahallalarda oʻzini oʻzi boshqarishga doir oʻz konstitutsiyaviy huquqini fuqarolarning saylov huquqlari kafolatlariga muvofiq fuqarolar yigʻinlari (fuqarolar vakillarining yigʻilishlari) orqali amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar, bevosita yoki oʻzlarining saylanadigan vakillari orqali oʻzini oʻzi boshqarishda teng huquqlarga ega.
(4-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 20-sentabrdagi OʻRQ-963-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2024-y., 03/24/963/0735-son)
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarishga doir huquqlarini cheklash taqiqlanadi.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatiga davlat organlarining va ular mansabdor shaxslarining aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi.
5-modda. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatining asosiy prinsiplari
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, demokratizm, oshkoralik, ijtimoiy adolat, mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal etishda mustaqillik, jamoatchilik asosidagi oʻzaro yordam, ijtimoiy sheriklik, mahalliy urf-odatlar va anʼanalarni hisobga olishdan iboratdir.
6-modda. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish hududlari
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarishi Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida amalga oshiriladi. Shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi hamda ovullardagi mahallalar fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarishining hududiy birliklaridir (bundan buyon matnda tegishli hudud deb yuritiladi).
Oldingi tahrirga qarang.
Shaharchalar, qishloqlar, ovullarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish, ularga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(6-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 4-martdagi 48-sonli qarori bilan tasdiqlangan Shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullarning mahallalarini tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish, ularga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi va ovullardagi mahallalarni tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish, ularga nom berish hamda ularning nomini oʻzgartirish fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining iltimosnomalari asosida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda amalga oshiriladi.
7-modda. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi, ularga qonunda belgilangan vakolatlarini amalga oshirishida koʻmaklashadi.
(7-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi OʻRQ-838-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son)
Xususan, qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 10-oktabrdagi PQ-2050-sonli “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori.
8-modda. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari
Shaharchalar, qishloqlar va ovullar, shuningdek shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi hamda ovullardagi mahallalar fuqarolar yigʻinlari (bundan buyon matnda fuqarolar yigʻini deb yuritiladi) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridir.
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi hamda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni fuqarolarning manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy oʻziga xos xususiyatlaridan, shuningdek milliy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va anʼanalardan kelib chiqqan holda, qonunga muvofiq mustaqil ravishda hal etishga haqli.
(8-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi OʻRQ-838-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari yuridik shaxs huquqlaridan foydalanadi, oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda hisobga olinishi lozim.
(8-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 23-iyuldagi OʻRQ-486-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son)
9-modda. Fuqarolar yigʻini
Fuqarolar yigʻini aholi manfaatlarini ifodalaydi va uning nomidan tegishli hudud doirasida amal qiladigan qarorlar qabul qiladi.
Fuqarolar yigʻinida oʻn sakkiz yoshga toʻlgan va tegishli hududda doimiy yashayotgan shaxslar qatnashadi.
Fuqarolar yigʻini organlari quyidagilardir:
fuqarolar yigʻini kengashi;
fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar;
taftish komissiyasi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Mazkur Qonunning 13 va 18-moddalari.
10-modda. Fuqarolar yigʻini toʻgʻrisidagi nizom
Fuqarolar yigʻini oʻzi tasdiqlagan nizom asosida faoliyat yuritadi. Fuqarolar yigʻini toʻgʻrisidagi nizomda quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
fuqarolar yigʻinining nomi;
fuqarolar yigʻinining hududi;
fuqarolar yigʻini va uning organlari vakolatlari;
fuqarolar yigʻinini (fuqarolar vakillarining yigʻilishini) chaqirish tartibi;
fuqarolar yigʻini kengashini tuzish tartibi;
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolar yigʻini raisini, uning oʻrinbosarlarini (fuqarolar yigʻini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilarini) va maslahatchilarini saylash, shuningdek fuqarolar yigʻini organlarining boshqa mansabdor shaxslarini saylash, tasdiqlash va tayinlash tartibi;
(10-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi OʻRQ-838-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son)
fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalarni tuzish, qayta tashkil etish hamda ularning faoliyatini tugatish tartibi;
fuqarolar yigʻini taftish komissiyasini tuzish va uning faoliyatini tugatish tartibi;
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolar yigʻini raisining, uning oʻrinbosarlarining (fuqarolar yigʻini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilarining) va maslahatchilarining vakolatlari;
(10-modda birinchi qismining oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi OʻRQ-838-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son)
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolar yigʻini masʼul kotibining vakolatlari;
(10-modda birinchi qismining oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-566-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son)
fuqarolar yigʻini faoliyatining iqtisodiy asosi;
fuqarolar yigʻinini qayta tashkil etish va uning faoliyatini tugatish tartibi.
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolar yigʻini toʻgʻrisidagi nizomda qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa maʼlumotlar ham boʻlishi mumkin.
(10-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Fuqarolar yigʻini toʻgʻrisidagi namunaviy nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
101-modda. Fuqarolar yigʻini faoliyatini cheklash
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining favqulodda holatni joriy etish toʻgʻrisidagi farmonida favqulodda holat joriy etilgan hududda favqulodda holatning amal qilish davrida fuqarolar yigʻinining vakolatlarini toʻliq yoki qisman toʻxtatib turish nazarda tutilishi mumkin.
(101-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 2-martdagi OʻRQ-756-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2022-y., 03/22/756/0180-son)
2-bob. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
11-modda. Fuqarolar yigʻinining vakolatlari
(11-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolar yigʻini:
(11-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolar yigʻini raisini, uning oʻrinbosarlarini (fuqarolar yigʻini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilarini) va maslahatchilarini, fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalarning hamda taftish komissiyasining raislarini va aʼzolarini saylaydi;
(11-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi OʻRQ-838-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son)
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolar yigʻini raisi maslahatchilarining va fuqarolar yigʻini kengashi devonining miqdor tarkibini belgilaydi, fuqarolar yigʻini raisining taqdimiga koʻra fuqarolar yigʻinining masʼul kotibini tasdiqlaydi;
(11-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi OʻRQ-838-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son)
fuqarolar yigʻini kengashi va fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi;
fuqarolar yigʻinining faoliyat dasturini va xarajatlar smetasini, hududni kompleks rivojlantirishni taʼminlashga, tegishli hudud doirasida obodonlashtirishga, koʻkalamzorlashtirishga va sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar rejalarini tasdiqlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
aholining ijtimoiy nochor qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi, ushbu maqsadda markazlashtirilgan tarzda ajratiladigan davlat mablagʻlaridan qonunchilikda belgilangan tartibda maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlaydi;
(11-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
har chorakda kamida bir marta fuqarolar yigʻini raisining, uning oʻrinbosarlarining (fuqarolar yigʻini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilarining) va maslahatchilarining, fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar hamda taftish komissiyasi raislarining, shuningdek hududdagi taʼlim muassasalari rahbarlarining hisobotlarini eshitadi;
(11-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi OʻRQ-838-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ichki ishlar organlari tayanch punktlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha inspektorlarining hisobotlarini belgilangan tartibda eshitadi;
Oldingi tahrirga qarang.
tegishincha aholi biriktirilgan tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalari, oilaviy poliklinikalar va oilaviy shifokor punktlari rahbarlarining profilaktika koʻriklarini hamda skrining dasturlarini amalga oshirish, fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash, sogʻlom turmush tarzini va toʻgʻri ovqatlanishni shakllantirish holati, ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklarning hamda atrofdagilar uchun xavfli boʻlgan kasalliklarning tarqalishi, fuqarolar sogʻligʻiga taʼsir etuvchi omillar, shu jumladan tegishli hududning sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisidagi axborotini eshitadi;
(11-modda birinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 4-oktabrdagi OʻRQ-870-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.10.2023-y., 03/23/870/0753-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tegishli hududda qonunlar va boshqa qonunchilik hujjatlarining ijro etilishi, shu jumladan tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi, kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlari tomonidan kommunal xizmatlar koʻrsatish sifati, imoratlar qurish hamda hovlilar va uylar atrofidagi hududlarni saqlash qoidalariga rioya etilishi, shuningdek ekin maydonlaridan samarali foydalanilishi va yerlarni muhofaza qilish ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
(11-modda birinchi qismining oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalarining aʼzolari nomzodlari boʻyicha tavsiyalar taqdim etadi;
xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlarining majlislarida muhokama qilish uchun uchastka saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodlar taqdim etadi;
referendum oʻtkazuvchi tegishli okrug komissiyalariga referendum oʻtkazuvchi uchastka komissiyalari aʼzoligiga nomzodlar taqdim etadi;
saylov komissiyalariga fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar yuboradi;
(11-modda birinchi qismining oʻn birinchi va oʻn ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-563-sonli Qonuniga asosan oʻn birinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 5-oktabrdagi 951-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Siyosiy partiyalar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar toʻgʻrisida nizom”.
toʻylar va boshqa marosimlarni oʻtkazish yuzasidan tavsiyalar beradi;
har chorakda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining fuqarolar yigʻinlari faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar yuzasidan hisobotlarini eshitadi. Fuqarolar yigʻinlarining hisobotlar toʻgʻrisidagi bayonnomalari tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuboriladi, ular bu bayonnomalarning hisobini yuritadi, fuqarolar yigʻinlarining murojaatlari koʻrib chiqilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
atrof muhitni muhofaza qilish, hududning sanitariya holati, uni obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirish masalalari yuzasidan oʻz vakolati doirasida tegishli hududda joylashgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitadi hamda ularning natijalari boʻyicha qarorlar qabul qiladi;
oʻz mablagʻlarini shakllantiradi, fuqarolar yigʻini mol-mulkiga egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi, moliyaviy mablagʻlarning sarflanishi ustidan nazoratni tashkil etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(11-moddaning birinchi qismi oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, tegishli hududni obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va sanitariya jihatdan tozalash, kam taʼminlangan oilalarga ularning uylari va kvartiralarini taʼmirlashda, shuningdek kommunal xizmatlari haqini toʻlashda yordam koʻrsatish uchun ixtiyoriylik asosida jismoniy shaxslardan mablagʻ yigʻish, yuridik shaxslarning mablagʻlaridan shartnoma asosida foydalanish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;
atrof muhitni muhofaza qilishga koʻmaklashadi;
guzarlar barpo etish masalalarini koʻrib chiqadi;
maʼmuriy-hududiy birliklar, mahallalarning chegaralarini oʻzgartirish, mahallalar, koʻchalar, maydonlar va boshqa obyektlarga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish haqida tegishli tumanlar, shaharlar davlat organlariga iltimosnomalar kiritadi;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-modda birinchi qismining yigirma uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son)
har bir dehqon xoʻjaligini xoʻjalik kitobiga kiritib, unda dehqon xoʻjaligining tarkibi toʻgʻrisidagi, xoʻjalik boshligʻi yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs haqidagi, shuningdek dehqon xoʻjaligining tashkiliy-huquqiy shakli (yuridik shaxs tashkil etgan yoki tashkil etmagan holda) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qayd etib qoʻyadi;
kommunal toʻlovlar undirilishini taʼminlash, issiqlik va elektr energiyasidan, issiq va sovuq suvdan tejamli foydalanish boʻyicha tadbirlar oʻtkazishda, tegishli hududni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, uylar va hovlilarni namunali saqlashga doir ishlarni ixtiyoriylik asosida tashkil etishda shartnoma asosida koʻmaklashadi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, banklar, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda kam taʼminlangan oilalardan boʻlgan yoshlarga, shu jumladan ularga nikoh tuzishda va toʻy tadbirlarini oʻtkazishda qoʻshimcha moddiy yordam koʻrsatadi;
tegishli hudud doirasida joylashgan (yashayotgan) tadbirkorlik faoliyati subyektlari, shu jumladan oilaviy tadbirkorlik subyektlari tomonidan kreditlar olinishida belgilangan tartibda kafil boʻladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 292 — 298-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam koʻrsatish va voyaga yetmagan bolalari boʻlgan muhtoj oilalarga, ikki yoshga toʻlmagan bolalari bor ishlamaydigan onalarga, shuningdek budjet tashkilotlarida ishlaydigan onalarga hamda ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga nafaqalar tayinlash toʻgʻrisidagi masalalarni fuqarolar yigʻini hududi boʻyicha nazarda tutilgan xarajatlardan kelib chiqqan holda hal etadi, oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadlariga markazlashtirilgan tarzda ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanilishini taʼminlaydi.
(11-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuniga asosan yigirma oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolar yigʻini hududida xotin-qizlar va bolalarga nisbatan tazyiq oʻtkazgan va zoʻravonlik sodir etgan yoxud bunday tazyiq oʻtkazish va zoʻravonlik sodir etishga moyil boʻlgan shaxslarni aniqlashda, shuningdek bunday shaxslar bilan olib boriladigan profilaktika ishlarida ishtirok etadi.
(11-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 9 dekabrdagi OʻRQ-736-sonli Qonuniga asosan yigirma toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 03/21/736/1144-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolar yigʻini qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(11-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
13-modda. Fuqarolar yigʻini kengashining vakolatlari
Fuqarolar yigʻinining qarorlarini bajarish va fuqarolar yigʻinlari oraligʻidagi davrda fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining joriy faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolar yigʻinining kengashi shakllantiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolar yigʻini kengashi tarkibiga fuqarolar yigʻinining raisi, uning oʻrinbosarlari (fuqarolar yigʻini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilari) va maslahatchilari, masʼul kotib, mahalla xotin-qizlar faoli, shuningdek hududdagi profilaktika inspektorlari, taʼlim muassasalarining, oilaviy vrachlik punktlarining va oilaviy poliklinikalarning rahbarlari kiradi.
(13-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-apreldagi OʻRQ-1132-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2026-y., 03/26/1132/0378-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 19-iyul)
Fuqarolar yigʻinining kengashi:
fuqarolar yigʻinini (fuqarolar vakillarining yigʻilishini) chaqiradi;
fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar ishini muvofiqlashtiradi, homiylik tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikdagi tadbirlarni oʻtkazadi;
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolar yigʻini raisining taqdimiga koʻra fuqarolar yigʻini kengashining devonini shakllantiradi;
(13-modda uchinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi OʻRQ-838-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlariga ularning saylovchilar bilan uchrashuvlarini uyushtirishda, fuqarolarni qabul qilishda, ular oʻz saylov okruglarida boshqa vakolatlarini amalga oshirishda koʻmaklashadi;
Oldingi tahrirga qarang.
ommaviy-siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy, sport tadbirlarini va boshqa tadbirlarni, shuningdek muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish boʻyicha tadbirlarni oʻtkazishda, tegishli hududning, suv taʼminoti manbalarining, turar joylarning, taʼlim muassasalarining sanitariya va ekologiya holati, yongʻinga qarshi xavfsizlik talablariga, veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga, savdo qoidalari va fuqarolarga xizmat koʻrsatish madaniyatiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda tegishli davlat organlariga koʻmaklashadi;
(13-moddaning uchinchi qismi oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-416-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, ularning jamiyat hayotidagi, oilada maʼnaviy-axloqiy muhitni shakllantirishdagi, yosh avlodni tarbiyalashdagi rolini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni koʻradi;
Oldingi tahrirga qarang.
roʻyxatdan oʻtmagan diniy tashkilotlar faoliyat koʻrsatishining oldini olish, fuqarolarning diniy eʼtiqod erkinligi huquqiga rioya etilishini taʼminlash, diniy qarashlarni majburan singdirishga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan chora-tadbirlarni koʻradi, vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi bilan bogʻliq boshqa masalalarni koʻrib chiqadi;
(13-modda uchinchi qismining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
yosh avlodni tarbiyalash masalalari yuzasidan taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qiladi;
oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksa fuqarolarga patronaj yordami shu maqsadda ajratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan koʻrsatilishiga koʻmaklashadi;
tegishli hududda yashovchi fuqarolar bandligini taʼminlashga, shu jumladan kasanachilikni tashkil etishga koʻmaklashadi;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-yanvardagi 4-son qarori bilan tasdiqlangan “Kasanachilik toʻgʻrisida”gi nizom, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 964-son qarori bilan tasdiqlangan “Aholi, birinchi navbatda, yoshlar va xotin-qizlar bandligiga koʻmaklashish masalalarida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va mahallalardagi xotin-qizlar faollarining Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tuman (shahar) boʻlinmalari va mehnat organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisida nizom”.
tegishli hududdagi aholining obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, bolalar sport maydonchalarini jihozlash, moddiy madaniy meros obyektlarini yaroqli holda saqlash, dafn etish joylarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va yaroqli holda saqlashga doir ishlarda ixtiyoriylik asosida qatnashishini tashkil etadi, ana shu maqsadlarda tuman, shahar ijro etuvchi hokimiyat organi ajratadigan moddiy mablagʻlardan va boshqa vositalardan, oʻz mablagʻlaridan foydalanadi, jamoatchilik yordamini (hasharni) uyushtiradi, koʻriklar va tanlovlar oʻtkazadi;
issiqlik va elektr energiyasidan, issiq va sovuq suvdan tejamli foydalanish va ularning behuda sarflanishini kamaytirishga qaratilgan tadbirlarni oʻtkazadi;
Oldingi tahrirga qarang.
dehqon, fermer xoʻjaliklarining va tomorqa yer egalarining faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashadi;
(13-moddaning uchinchi qismi oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 21-dekabrdagi OʻRQ-506-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2018-y., 03/18/506/2356-son)
tegishli hududda jamoat tartibini va jamoat xavfsizligini taʼminlashda, shu jumladan fuqarolarning kelishi va ketishini hisobga olishni tashkil etishda, voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik hamda huquqbuzarliklar profilaktikasiga doir ishlarda va ularning huquqlarini himoya qilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga koʻmaklashadi;
Oldingi tahrirga qarang.
tegishli hududda fuqarolar va yuridik shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan turar joylardan foydalanilishi, shu jumladan pasport rejimiga rioya etilishi, yashayotgan shaxslarning hisobga olinishi va tegishli shartnomalarning mavjudligi yuzasidan nazoratni amalga oshirishda ichki ishlar organlariga yordam koʻrsatadi;
(13-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi OʻRQ-405-sonli Qonuniga asosan oʻn oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda)
uy-joy fondidan foydalanish va uning saqlanishini taʼminlashda fuqarolarga koʻmaklashadi;
aholidan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar oʻz vaqtida tushishiga koʻmaklashadi;
fuqarolar tomonidan kommunal xizmatlar haqini toʻliq va oʻz vaqtida, hisob-kitobini banklar orqali amalga oshirgan holda toʻlashlarini kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlari bilan birgalikda uyushtiradi va nazorat qiladi. Aholi kommunal xizmatlar haqini toʻliq toʻlashini taʼminlaganligi uchun fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga oʻtkaziladigan mablagʻlarni belgilangan tartibda kam taʼminlangan oilalarga kommunal xizmatlar haqini toʻlashda yordam berish, fuqarolar yigʻinlari organlarining xodimlarini ragʻbatlantirish uchun, shuningdek obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirishga oid ishlarni oʻtkazishga ishlatadi;
fuqarolarni tabiiy ofatlarga qarshi kurashga va ularning oqibatlarini tugatishga jalb etishga koʻmaklashadi;
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolarni fuqaro muhofazasiga doir tadbirlarni oʻtkazishga jalb etishga, harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni xabardor etish hamda mudofaa ishlari boʻlimlariga chaqirishni tashkil qilishga koʻmaklashadi, fuqarolar yigʻinlarida ularning shaxsiy-birlamchi hisobi yuritilishini taʼminlaydi, mudofaa ishlari boʻlimi bilan kelishgan holda harbiy hisobni yuritish boʻyicha xodimni tasdiqlaydi;
(13-moddaning uchinchi qismi yigirma birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Mudofaa toʻgʻrisida” (yangi tahriri)gi Qonunining 20-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonunining 45-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-martdagi 119-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy roʻyxatga olish toʻgʻrisida”gi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-modda uchinchi qismining yigirma ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 27-oktabrdagi OʻRQ-797-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2022-y., 03/22/797/0967-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-moddaning uchinchi qismi yigirma uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 23-iyuldagi OʻRQ-486-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tegishli hududda barcha dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalari kesimida yetishtiriladigan mahsulotning prognoz hajmlari toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
(13-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 21-dekabrdagi OʻRQ-506-sonli Qonuniga asosan yigirma uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2018-y., 03/18/506/2356-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj boʻlgan kam taʼminlangan oilalarni, yolgʻiz keksa fuqarolarni, pensionerlarni va nogironlarni moliya organlari va sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda aniqlaydi;
(13-modda uchinchi qismining yigirma toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-416-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod etilgan shaxslarni ijtimoiy-mehnat reabilitatsiyasi va jinoyatchilikning oldini olishga doir tadbirlarni ijtimoiy moslashuv markazlari bilan birgalikda amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolar yigʻinining kengashi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(13-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14-modda. Fuqarolar yigʻini raisining vakolatlari
(14-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi OʻRQ-838-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolar yigʻinining raisi:
(14-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi OʻRQ-838-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son)
fuqarolar yigʻinini (fuqarolar vakillarining yigʻilishini) chaqiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolar yigʻiniga — masʼul kotibining, fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar hamda taftish komissiyasi raislari va aʼzolarining nomzodlarini, fuqarolar yigʻini kengashiga — harbiy hisobni yuritish boʻyicha xodimning nomzodini tasdiqlash uchun taqdim etadi;
(14-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
fuqarolar yigʻini va uning organlari tomonidan oʻz vakolatlarini amalga oshirishiga, shuningdek qarorlarni ijro etishga doir ishlarni tashkil etadi;
davlat organlarida, shu jumladan sudda, yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlarda fuqarolar yigʻinining manfaatlarini ifodalaydi, fuqarolar yigʻini nomidan shartnomalar, shu jumladan mehnat shartnomalari tuzadi;
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 27-noyabrdagi 944-son qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida mehnat munosabatlarini tartibga solish toʻgʻrisida nizom”ning 5-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolar yigʻini mablagʻlarini qonunchilikka muvofiq tasarruf etadi;
(14-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
tegishli hududda maslahat markazlari ishini tashkil etadi;
egasiz mol-mulkni, meros tariqasida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga oʻtgan mol-mulkni, shuningdek davolash muassasalarida turganligi munosabati bilan vaqtincha boʻlmagan yolgʻiz shaxslarning mol-mulkini, ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalarida yoki vasiylik va homiylikda turgan, oilaga tarbiyaga topshirilgan yetim bolalarning, ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning mol-mulkini saqlash boʻyicha chora-tadbirlarni koʻradi;
spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni suiisteʼmol qilishi natijasida fuqaroni muomala layoqati cheklangan deb topish toʻgʻrisida yoki fuqaroni ruhiy holati buzilganligi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) tufayli muomalaga layoqatsiz deb topish haqida sudga ariza beradi;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 31-bobi (“Fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish”).
kam taʼminlangan oilalarning, yetim bolalarning, ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning, shuningdek tabiiy ofatlardan va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan jabr koʻrgan fuqarolarning moddiy va uy-joy, maishiy sharoitlarini yaxshilash toʻgʻrisida tegishli davlat organlariga takliflar kiritadi;
mahalliy davlat hokimiyati organlariga yangi dafn etish joylarini barpo etish va mavjud boʻlganlarini rekonstruksiya qilish haqida takliflar kiritadi;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Dafn etish va dafn ishi toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-bobi (“Dafn etish joyini tashkil etish”).
voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha jamoatchilik ishlarini tashkil etadi, yetim bolalar, ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar haqidagi maʼlumotlarni vasiylik va homiylik organlariga taqdim etadi, shuningdek bunday bolalarni tegishli davlat muassasalariga joylashtirishga koʻmaklashadi;
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-modda birinchi qismining oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 27-oktabrdagi OʻRQ-797-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2022-y., 03/22/797/0967-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tazyiq va zoʻravonlikka uchragan hamda fuqarolar yigʻinlariga murojaat qilgan xotin-qizlarni himoya qilishga doir chora-tadbirlarni belgilaydi, shuningdek mazkur faktlar toʻgʻrisida tegishli ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlarini hamda ichki ishlar organlarini zudlik bilan xabardor qiladi;
(14-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 9-dekabrdagi OʻRQ-736-sonli Qonuniga asosan oʻn toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 03/21/736/1144-son)
tegishli hududda bayram kunlari va muhim sanalar bilan bogʻliq ommaviy tadbirlar oʻtkazilishini tashkil qiladi;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 205-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish qoidalari”.
Oldingi tahrirga qarang.
roʻyxatdan oʻtmagan diniy tashkilotlar faoliyat koʻrsatishining, diniy qarashlarni majburan singdirish hollarining oldini olishga doir ishlarni tashkil etadi, vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi bilan bogʻliq boshqa masalalarni hal etadi;
(14-modda birinchi qismining oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolar yigʻinining masʼul kotibi, harbiy hisobni yuritish boʻyicha xodimning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
(14-moddaning birinchi qismi oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 23-iyuldagi OʻRQ-486-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son)
fuqarolarni qabul qilishni amalga oshiradi, ularning arizalari, takliflari va shikoyatlarini koʻrib chiqadi;
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolarga ularning oilaviy va mulkiy ahvoli toʻgʻrisida maʼlumotnomalar hamda hujjatlar, qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hujjatlar berilishini taʼminlaydi;
(14-modda birinchi qismining oʻn sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisida qonunda belgilangan tartibda tegishli davlat organlariga va boshqa korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarga taqdimnomalar kiritadi;
tegishli davlat organlaridan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, moddiy madaniy meros obyektlari haqida maʼlumotlar soʻraydi va oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolar yigʻinining raisi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(14-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi OʻRQ-838-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolar yigʻinining raisi belgilangan namunadagi guvohnomaga ega boʻladi. Fuqarolar yigʻini raisining guvohnomasi namunasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(14-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi OʻRQ-838-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15-modda. Fuqarolar yigʻinining raisi tomonidan oʻlimni qayd etish va ishonchnomalarni tasdiqlash
(15-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi OʻRQ-838-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolar yigʻinining raisi belgilangan tartibda oʻlimni qayd etishi mumkin.
(15-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi OʻRQ-838-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 203-moddasi, 27-bobi (“Oʻlimni qayd etish”) va Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-sonli “Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish toʻgʻrisida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolar yigʻinining raisi xat-xabarlarni, shu jumladan pul va posilkalarni olishga, ish haqini hamda mehnat munosabatlari bilan bogʻliq boʻlgan boshqa toʻlovlarni olishga, mualliflar va ixtirochilarga toʻlanadigan haqlarni, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalarni, shuningdek banklardan summalarni olishga ishonchnomalarni belgilangan tartibda tasdiqlashi mumkin.
(15-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi OʻRQ-838-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 137-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-apreldagi 328-son qarori bilan tasdiqlangan “Shaharchalar, qishloqlar va ovullar, shuningdek, shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi hamda ovullardagi mahallalar fuqarolar yigʻinlarining raislari (oqsoqollari) tomonidan ishonchnomalarni tasdiqlash tartibi toʻgʻrisida nizom”.
16-modda. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan jamoatchilik nazoratining amalga oshirilishi
Jamoatchilik nazorati fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
tegishli hududda qonunlar va boshqa qonunchilik hujjatlarining ijro etilishi holatini oʻrganish;
(16-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
tegishli choralar koʻrilishi uchun davlat organlariga murojaat etish;
davlat organlari vakolatiga kiruvchi va ijtimoiy ahamiyatga molik masalalar boʻyicha soʻrovlar yuborish.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamoatchilik nazorati qonunchilikka muvofiq boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin.
(16-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasi.
Jamoatchilik nazorati ommaviy axborot vositalari, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlari fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda koʻmaklashishi va qonunchilikka muvofiq ularning murojaatlari yuzasidan oʻz vaqtida chora-tadbirlar koʻrishi shart.
(16-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
17-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashishi
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tegishli hududda tadbirkorlik faoliyatini, shu jumladan oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish maqsadida maslahat markazlari tashkil etishga haqli.
Maslahat markazlari yuridik shaxs boʻlmaydi. Maslahat markazlari faoliyati bilan bogʻliq xarajatlar fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining oʻz mablagʻlari hisobidan qoplanadi, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hisobidan qoplanishi mumkin.
Davlat organlari maslahat markazlari faoliyatini tashkil etishda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga koʻmaklashadi, maslahat markazlari oʻz vazifalarini amalga oshirishi uchun fuqarolar yigʻinlariga belgilangan tartibda binolar beradi. Tegishli hududda joylashgan taʼlim muassasalari fuqarolar yigʻini soʻroviga binoan maslahat markazlariga qisqa muddatli kurslarni oʻtkazish uchun oʻquv jarayonlaridan boʻsh boʻlgan oʻquv xonalarini berib turishi mumkin.
Davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar vakillari, shuningdek fuqarolar maslahat markazlarining ishida qatnashishi, xususan, qisqa muddatli kurslarda taʼlim berishi, tegishli hududda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatlar berishi mumkin.
Maslahat markazlari:
Oldingi tahrirga qarang.
tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilmoqchi boʻlgan, tegishli hududda yashovchi fuqarolarni iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi, tadbirkorlik faoliyati toʻgʻrisidagi va soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik asoslarini oʻrgatish boʻyicha qisqa muddatli kurslar tashkil etadi, shuningdek ularga tadbirkorlik faoliyati subyektlariga qonunchilikda belgilangan imtiyozlar va preferensiyalar haqida maʼlumot beradi;
(17-modda beshinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
bandlikka koʻmaklashish markazlari bilan birgalikda yoshlarning tegishli hududda joylashgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga ishga joylashishiga, ularning ushbu korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga, shuningdek hunarmandlarga biriktirilishiga koʻmaklashadi;
(17-moddaning beshinchi qismi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-416-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
tegishli hududda yashovchi fuqarolarga tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda, shu jumladan tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun tegishli hujjatlarni tayyorlashda koʻmaklashadi;
Oldingi tahrirga qarang.
tegishli hududdagi tadbirkorlik faoliyati subyektlariga, shu jumladan oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyati subyektlariga qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, preferensiyalardan foydalanishda, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida kredit olish uchun tegishli hujjatlarni tayyorlashda koʻmaklashadi.
(17-modda beshinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Maslahat markazlari qonunchilikka muvofiq boshqa faoliyatni ham amalga oshirishi mumkin.
(17-modda beshinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Maslahat markazi toʻgʻrisidagi nizom fuqarolar yigʻini tomonidan tasdiqlanadi.
Qarang: Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari huzuridagi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashish boʻyicha maslahat markazining namunaviy nizomi (roʻyxat raqami 2499, 08.08.2013-y.).
18-modda. Fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar va taftish komissiyasi
Fuqarolar yigʻinlarida fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha quyidagi komissiyalar tuziladi:
yarashtirish komissiyasi;
maʼrifat va maʼnaviyat masalalari boʻyicha komissiya;
ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha komissiya;
xotin-qizlar bilan ishlash boʻyicha komissiya;
voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari boʻyicha komissiya;
tadbirkorlik faoliyati va oilaviy biznesni rivojlantirish masalalari boʻyicha komissiya;
Oldingi tahrirga qarang.
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha komissiya;
(18-moddaning birinchi qismi sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
jamoatchilik nazorati va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha komissiya.
Tegishli hududdagi muammolarning dolzarbligiga qarab, fuqarolar yigʻini tomonidan fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha boshqa komissiyalar ham tuzilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Komissiyalarga rahbarlik, qoida tariqasida, fuqarolar yigʻini raisi va uning maslahatchilari tomonidan amalga oshiriladi.
(18-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi OʻRQ-838-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son)
Komissiya aʼzolarini saylash ochiq yoki yashirin ovoz berish yoʻli bilan, fuqarolarning qonunda belgilangan saylov huquqlari kafolatlari taʼminlangan holda amalga oshiriladi. Komissiya tarkibiga nomzodi koʻrsatilgan shaxs fuqarolar yigʻinida (fuqarolar vakillarining yigʻilishida) hozir boʻlganlarning yarmidan koʻpi uni yoqlab ovoz bergan taqdirda saylangan hisoblanadi.
Taftish komissiyasi fuqarolar yigʻinining moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish uchun tuziladi.
Taftish komissiyasi oʻz faoliyatida mustaqildir va faqat fuqarolar yigʻiniga hisobdor boʻladi.
Taftish komissiyasi aʼzolari bir vaqtning oʻzida fuqarolar yigʻini boshqa organining aʼzosi boʻla olmaydi.
Fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar va taftish komissiyasi oʻz faoliyatini fuqarolar yigʻini tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar asosida amalga oshiradi.
Fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar va taftish komissiyasi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
19-modda. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va ularning mansabdor shaxslari qarorlarining majburiyligi
Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining va ularning mansabdor shaxslarining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari tegishli hududda yashovchi fuqarolar, tegishli hududda joylashgan yuridik shaxslar, shuningdek ularning mansabdor shaxslari tomonidan ijro etilishi uchun majburiydir.
Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining va ularning mansabdor shaxslarining qarorlarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qarorlari ularni qabul qilgan organlar va mansabdor shaxslar tomonidan bekor qilinishi yoxud sud qaroriga koʻra haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
3-bob. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini tashkil etish
20-modda. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi (bundan buyon matnda Respublika kengashi deb yuritiladi) tomonidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlarda esa fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha hududiy kengashlar (bundan buyon matnda hududiy kengashlar deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(20-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari tegishincha Respublika kengashida, hududiy kengashlarda jamoatchilik asosida raislik qiladi.
Respublika kengashi va hududiy kengashlar raislarining birinchi oʻrinbosarlari bir vaqtning oʻzida tegishincha Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining respublika boshqaruvida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlimlarida, tumanlar va shaharlar boʻlinmalarida raislik qiladi.
(20-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuniga asosan ikkinchi va uchinchi qismlar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tegishli kengashlarni shakllantirish tartibi va ularning vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarda belgilanadi.
21-modda. Fuqarolar yigʻinini (fuqarolar vakillarining yigʻilishini) chaqirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolar yigʻini fuqarolar yigʻinining raisi, kengashi tomonidan zaruratga koʻra, lekin har chorakda kamida bir marta chaqiriladi. Fuqarolar yigʻini xalq deputatlari tuman, shahar Kengashining, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman, shahar hududiy kengashining yoki oʻn sakkiz yoshga toʻlgan va tegishli hududda doimiy yashovchi fuqarolarning kamida uchdan bir qismi tashabbusi bilan chaqirilishi mumkin.
(21-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi OʻRQ-838-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son)
Fuqarolar yigʻini fuqarolar yigʻinida qatnashish huquqiga ega boʻlgan barcha aholining yarmidan koʻprogʻi hozir boʻlgan taqdirda vakolatlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolar yigʻinini olib borish uchun rayosat saylanadi. Yigʻinni fuqarolar yigʻinining raisi yoki raisning oʻrinbosarlaridan (fuqarolar yigʻini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilaridan) biri olib boradi. Barcha masalalar boʻyicha qarorlar ochiq yoki yashirin ovoz berish orqali oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
(21-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi OʻRQ-838-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolar yigʻinida oʻtkazilgan sanasi, hozir boʻlgan fuqarolar soni, kun tartibi va qabul qilingan qarorlar koʻrsatilgan bayonnoma yuritiladi. Fuqarolar yigʻinining bayonnomasi va qarori fuqarolar yigʻinining raisi va masʼul kotibi tomonidan imzolanadi. Fuqarolar yigʻini raisi yoʻqligida, fuqarolar yigʻinining bayonnomasi va qarori raisning maslahatchilaridan biri va masʼul kotib tomonidan imzolanadi.
(21-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi OʻRQ-838-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolar yigʻinini chaqirishning imkoni boʻlmagan taqdirda, fuqarolar yigʻini kengashi fuqarolar vakillarining yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Fuqarolar vakillarining yigʻilishiga hovlilar, uylar, koʻchalardan fuqarolarning vakillari yuboriladi. Vakillik normasini fuqarolar yigʻinlari raislari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi tegishli komissiya belgilaydi.
(21-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi OʻRQ-838-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolar vakillarining yigʻilishi unda fuqarolarning hovlilar, uylar, koʻchalar vakillarining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlgan taqdirda vakolatlidir hamda ushbu Qonunda fuqarolar yigʻinlarini oʻtkazish tartibiga qoʻyiladigan talablarga muvofiq oʻtkaziladi.
(21-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 15-oktabrdagi OʻRQ-498-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 03/18/498/2051-son)
Fuqarolar yigʻinida (fuqarolar vakillarining yigʻilishida) tegishli hududda joylashgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vakillari oʻz faoliyatlariga doir masalalar boʻyicha maslahat ovozi bilan ishtirok etishga haqlidir.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-iyuldagi 561-son qarori bilan tasdiqlangan “Fuqarolar vakillarining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida nizom”.
22-modda. Fuqarolar yigʻini kengashining ish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolar yigʻini kengashining majlisi fuqarolar yigʻinining raisi tomonidan zaruratga koʻra, lekin oyida kamida bir marta oʻtkaziladi.
(22-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi OʻRQ-838-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son)
Fuqarolar yigʻini kengashining majlisi, agar uning ishida kengash aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashayotgan boʻlsa, vakolatli hisoblanadi. Qaror, agar uni fuqarolar yigʻini kengashining hozir boʻlgan aʼzolaridan yarmidan koʻprogʻi yoqlab ovoz bergan boʻlsa, qabul qilingan hisoblanadi.
Fuqarolar yigʻini kengashining qarori ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
23-modda. Fuqarolar yigʻinining raisini saylash
(23-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi OʻRQ-838-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolar yigʻinining raisi besh yil muddatga saylanadi.
(23-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 11-fevraldagi OʻRQ-1027-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2025-y., 03/25/1027/0132-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolar yigʻinining raisini saylash tartibi qonunda belgilanadi.
(23-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi OʻRQ-838-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
24-modda. Fuqarolar yigʻini raisining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish
(24-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi OʻRQ-838-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolar yigʻini raisining vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan ilgari tugatiladi:
(24-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi OʻRQ-838-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son)
u oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilganda;
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolar yigʻini raisi umumqabul qilingan axloq, odob normalarini qoʻpol ravishda buzuvchi, rais maqomini badnom qiluvchi va fuqarolar yigʻini obroʻsiga putur yetkazuvchi xatti-harakatlar va nojoʻya ishlar sodir etgan, shuningdek oʻz vazifalarini muntazam ravishda uzrli sabablarsiz bajarmagan taqdirda fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) tomonidan qaror qabul qilinganda;
(24-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi OʻRQ-838-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son)
u belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
u sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida bedarak yoʻqolgan deb topilgan yoxud vafot etgan deb eʼlon qilinganda;
u Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganda;
u sogʻligʻi holati yoki boshqa uzrli sabablarga koʻra uch oy davomida oʻz vazifalarini bajara olmay qolganda;
u vafot etganda.
25-modda. Fuqarolar yigʻini organlarining faoliyatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolar yigʻini organlarining faoliyatini tashkil etishni uning kengashi hamda fuqarolar yigʻinining raisi amalga oshiradi.
(25-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi OʻRQ-838-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolar yigʻini raisining oʻrinbosarlari (fuqarolar yigʻini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchilari) va maslahatchilari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash raisning taqdimnomasiga koʻra fuqarolar yigʻini tomonidan amalga oshiriladi.
(25-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi OʻRQ-838-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolar yigʻini kengashi oʻz devoniga ega boʻlishi mumkin, uning miqdor tarkibi fuqarolar yigʻini tomonidan belgilanadi. Masʼul kotib va kengash devoni xodimlari fuqarolar yigʻinini (fuqarolar vakillarining yigʻilishini), fuqarolar yigʻini kengashi majlisini oʻtkazishga doir materiallarni tayyorlaydi, fuqarolar yigʻinining, fuqarolar yigʻini kengashining va fuqarolar yigʻini raisining qarorlari ijrochilarga oʻz vaqtida yetkazilishini taʼminlaydi, ish yuritishni olib boradi.
(25-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi OʻRQ-838-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolar yigʻinining raisi, masʼul kotibi va kengash devoni xodimlari fuqarolar yigʻinining oʻz mablagʻlari va qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan taʼminlanishi mumkin.
(25-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 6-maydagi OʻRQ-838-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son)
4-bob. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatining iqtisodiy asoslari
26-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining mulki
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan barpo etilgan, olingan yoki qonunda belgilangan tartibda ularga berilgan jamoat, ijtimoiy-maishiy obyektlar va boshqa maqsadlarga moʻljallangan obyektlar, shuningdek transport vositalari, xoʻjalik anjomlari va boshqa koʻchar hamda koʻchmas mol-mulk ularning mulkidir.
Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining mulki daxlsizdir va qonun bilan qoʻriqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari oʻz mulki boʻlgan obyektlarni vaqtinchalik yoki doimiy foydalanish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga berishga, ijaraga topshirishga, belgilangan tartibda oʻz tasarrufidan chiqarishga, shuningdek qonunchilikka muvofiq ushbu obyektlar bilan bogʻliq boshqa bitimlar tuzishga haqlidir.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida mulkchilik toʻgʻrisida” va “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunlari.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari kommunal xizmatlar, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashda qonunchilikda belgilangan tartibda imtiyozlar va preferensiyalardan foydalanadi.
(26-moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi.
27-modda. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatining moliyaviy asosi
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatining moliyaviy asosi oʻz mablagʻlaridan, mahalliy budjetlar mablagʻlaridan, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalaridan, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa mablagʻlardan tashkil topadi.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bank hisobvaragʻidagi moliyaviy mablagʻlarini qonunchilikda belgilangan tartibda mustaqil tasarruf etadi. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining moliyaviy mablagʻlari olib qoʻyilishi mumkin emas.
(27-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Fuqarolar yigʻinining kengashi moliyaviy mablagʻlardan foydalanish toʻgʻrisida har chorakda fuqarolar yigʻini oldida hisob beradi.
28-modda. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga soliq solish
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga nodavlat notijorat tashkilotlar uchun nazarda tutilgan tartibda soliqlar hamda boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlaydi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
29-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining hisobi va hisoboti
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari oʻz faoliyatining hisobini yuritadi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda davlat statistika va soliq xizmati organlariga hisobot taqdim etadi.
(29-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 82-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonuni.
30-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining murojaatlari koʻrib chiqilishining shartligi
Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining murojaatlari davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida qonunda belgilangan muddatda koʻrib chiqilishi shart.
31-modda. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini qayta tashkil etish va ularning faoliyatini tugatish
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini qayta tashkil etish va ularning faoliyatini tugatish maʼmuriy-hududiy birliklar va mahalla birlashtirilganda, boʻlinganda, tugatilganda, chegaralari oʻzgartirilganda fuqarolar yigʻinining qaroriga koʻra qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(31-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Oʻzbekiston Republikasining “Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
32-modda. Nizolarni hal etish
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyati sohasidagi nizolar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda hal etiladi.
(32-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-iyundagi PQ-4754-sonli qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlat organlari oʻrtasidagi nizolarni sudgacha hal qilish boʻyicha apellyatsiya kengashi toʻgʻrisidagi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
33-modda. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(33-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1601, 1932-moddalari.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 17-son, 219-modda; 2016-y., 17-son, 173-modda, 52-son, 597-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son, 16.10.2018-y., 03/18/498/2051-son, 21.12.2018-y., 03/18/506/2356-son; 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 10.12.2021-y., 03/21/736/1144-son; 03.03.2022-y., 03/22/756/0180-son, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son, 28.10.2022-y., 03/22/797/0967-son; 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son; 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son; 06.10.2023-y., 03/23/870/0753-son; 21.09.2024-y., 03/24/963/0735-son; 12.02.2025-y., 03/25/1027/0132-son; 18.04.2026-y., 03/26/1132/0378-son)