18.07.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3903
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining buyrugʻi, 18.07.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3903
Kuchga kirish sanasi
21.10.2026
Hujjat hali kuchga kirgan emas
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar sohasida qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 18-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3903]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-son “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2026-yil 17-apreldagi PF-63-son “Tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni cheklash va nazorat tadbirlarining shaffofligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida davlat nazoratini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar sohasida qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir J. KUCHKAROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 14-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
391-son

Kelishildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 29-iyun

Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil A. BURIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 29-iyun
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 14-iyuldagi 391-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar sohasida qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Mazkur Nizom qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektibelgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi (bundan buyon matnda Inspeksiya deb yuritiladi) tomonidan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar sohasidagi aniq mezonlarga asoslanib, tadbirkorlik subyekti tomonidan oʻz faoliyatida qonunchilik buzilish xavfi darajasini aniqlash mexanizmi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshiruvtadbirkorlik subyekti tomonidan faoliyatni tartibga soluvchi qonunchilikka qay darajada rioya etilayotganligini kerakli materiallar, hujjatlar yoki ularning faoliyatiga doir maʼlumotlarni olish hamda muayyan harakatlarni amalga oshirish orqali oʻtkaziladigan nazorat qilish tadbiri.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Inspeksiya tomonidan “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlarning “xavfni tahlil etish” tizimlariga qoʻyiladigan minimal talablarga muvofiq ishlab chiqilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Minimal talablarga zid boʻlgan “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi tadbirkorlik subyektida tekshiruv oʻtkazish tashabbusi bilan chiqishga asos boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ishlab chiqilgan “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi asosida aniqlangan huquqbuzarlik xavfi qay darajada boʻlishidan qatʼi nazar, tadbirkorlik subyektiga nisbatan taʼsir choralarini qoʻllashga asos boʻla olmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Xavf darajasini tahlil qilishga doir umumiy talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tadbirkorlik subyektining qonunni buzish xavfi darajasini tahlil qilish jarayoni tadbirkorlik subyekti faoliyatini toʻxtatib turish, unga toʻsqinlik qilish yoki faoliyatini amalga oshirishga toʻgʻridan-toʻgʻri aralashishni nazarda tutuvchi xatti-harakatlarni oʻz ichiga olmasligi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Xavf darajasining tahlili quyidagi maʼlumotlarni oʻrganish asosida amalga oshirilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy maʼlumotlar (litsenziya, ruxsat etuvchi va davlat organlarida mavjud boshqa hujjatlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davriy statistika maʼlumotlari, jumladan, avval huquqbuzarlik holatlari aniqlangan tadbirkorlik subyektini umumlashtiruvchi belgilar, xabarlar va boshqa korrelyatsion tahlil natijalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushgan murojaatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositalaridan yoki boshqa tashqi manbalardan (ijtimoiy tarmoqlar, veb-saytlar) olingan maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat xaridi natijalari asosida aniqlangan kamchiliklarning tahlili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan va tadbirkorlik subyektining odatiy faoliyatiga bevosita yoki bilvosita taʼsir koʻrsatmagan holda, davlat organlari va boshqa tashkilotlardan olinishi mumkin boʻlgan boshqa maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Xavf darajasi tahlili jarayonida tadbirkorlik subyektidan hujjatlar va axborotlar talab qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Nazorat vakolatiga kirmaydigan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tahlil qilish va baholash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Xavf darajasi tasnifi va ularning mezonlariga doir talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida xavf darajasini baholash oʻrganiladigan maʼlumotlar asosida shakllantirilgan mazkur Nizomning 1 — 4-ilovalarida koʻrsatilgan koʻrsatkichlarga tadbirkorlik subyekti faoliyatining muvofiqligini “ball” tizimi asosida baholash orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Inspeksiya tadbirkorlik subyektlarining xavf darajasini baholash uchun quyidagi koʻrsatkichlarni “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimiga kiritadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlari hamda boshqa buyumlar ishlab chiqarish sohasidagi qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash koʻrsatkichlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq Zargarlik buyumlarini hamda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan boshqa buyumlarni sotish sohasidagi qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash koʻrsatkichlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlash sohasidagi qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash koʻrsatkichlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq Affinaj faoliyati sohasidagi qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash koʻrsatkichlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tadbirkorlik subyektlarining xavf darajasi mazkur bandning ikkinchi — beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan koʻrsatkichlar boʻyicha “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida avtomatik ravishda alohida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Amalga oshirilgan baholash natijalariga koʻra aniqlangan xavf darajasining umumiy ballari asosida tadbirkorlik subyektlari huquqbuzarlik sodir etish xavfi boʻyicha quyidagi uch xil toifada tasniflanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavf darajasi yuqori — baholash natijalari boʻyicha 81 balldan 100 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavf darajasi oʻrta — baholash natijalari boʻyicha 61 balldan 81 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavf darajasi past — baholash natijalari boʻyicha 61 ballgacha boʻlgan ballarni tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Baholash natijalariga muvofiq huquqbuzarlik xavfi yuqori va oʻrta tasnifidagi tadbirkorlik subyektlarida profilaktika tadbirlari va tekshiruvlarni oʻtkazish amaldagi qonunchilik hujjatlari, jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-son “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, 2022-yil 13-sentabrdagi PQ-374-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar va profilaktika tadbirlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 611-son qarori bilan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlarning “xavfni tahlil etish” tizimlariga qoʻyiladigan minimal talablar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tadbirkorlik subyektlarida profilaktika tadbirlari va tekshiruvlar faqatgina qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini oʻrganish maqsadida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Xavf darajasi past boʻlgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar oʻtkazilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Xavfni tahlil etish natijalaridan norozi boʻlgan tadbirkorlik subyektlari qonunchilikda belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar sohasida qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlari hamda boshqa buyumlar ishlab chiqarish sohasidagi qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOʻRSATKICHLARI

T/r

Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari

Ball

Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ballar

1.

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish uchun ichki nazoratni tashkil etish maqsadida qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslarda rahbar buyrugʻi bilan masʼul shaxs tayinlamaslik

30

2.

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish uchun ichki nazoratni tashkil etish maqsadida qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslarda rahbar buyrugʻi bilan tayinlangan masʼul shaxs haqidagi maʼlumotlarni har yili 15-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasiga taqdim etmaslik

30

3.

Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlari hamda boshqa buyumlar ishlab chiqarish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik toʻgʻrisidagi xabarnomani Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasiga yubormaslik

20

4.

Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etilgan malaka imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan va tegishli sertifikatga ega boʻlgan kamida bir nafar mutaxassisning mavjud emasligi

10

5.

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnik baza, uskunalar va boshqa texnika vositalarining mavjud emasligi

10

Jami ballar yigʻindisi

100

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar sohasida qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

Zargarlik buyumlarini hamda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan boshqa buyumlarni sotish sohasidagi qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOʻRSATKICHLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari

Ball

Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ballar

1.

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish uchun ichki nazoratni tashkil etish maqsadida qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslarda rahbar buyrugʻi bilan masʼul shaxs tayinlamaslik

30

2.

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish uchun ichki nazoratni tashkil etish maqsadida qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslarda rahbar buyrugʻi bilan tayinlangan masʼul shaxs haqidagi maʼlumotlarni har yili 15-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasiga taqdim etmaslik

30

3.

Zargarlik buyumlarini hamda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan boshqa buyumlarni sotish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik toʻgʻrisidagi xabarnomani Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasiga yubormaslik

20

4.

Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etilgan malaka imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan va tegishli sertifikatga ega boʻlgan kamida bir nafar mutaxassisning mavjud emasligi

10

5.

Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlar bilan savdo qilish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnika baza, uskunalar, oʻlchash va boshqa texnika vositalarining mavjud emasligi

10

Jami ballar yigʻindisi

100

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar sohasida qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlash sohasidagi qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOʻRSATKICHLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari

Ball

Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ballar

1.

Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashni boshlaganlik yoki tugatganlik haqidagi xabarnomani Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasiga yubormaslik

30

2.

Tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan xomashyo bilan ishlaganda, ishlab chiqarish maqsadlarida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan foydalanilganda, qimmatbaho metallardan aviatsiya va (yoki) harbiy texnikada foydalanilganda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni olish, sarflash, hisobini yuritish va saqlash yuzasidan talablarga majburiy rioya qilinishi, qimmatbaho metallarning chiqindi va parchalarini qayta ishlash korxonalariga topshirish uchun tayyorlash, qadoqlash, tashish va qabul qilish-topshirish shartlariga rioya qilmaslik

30

3.

Tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan xomashyo bilan ishlaganda, ishlab chiqarish maqsadlarida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan foydalanilganda, qimmatbaho metallardan aviatsiya va (yoki) harbiy texnikada foydalanilganda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi tomonidan belgilangan muddatlar va shakllar boʻyicha qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar harakati haqidagi hisobotlar taqdim etmaslik

20

4.

Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlarni amalga oshirganda, belgilangan talablarga mos mulkka egalik qilish huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli boʻlgan binolar va inshootlar, ishlab chiqarish maydonlari mavjud emasligi

10

5.

Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnik baza, uskunalar va boshqa texnika vositalarining mavjud emasligi

10

Jami ballar yigʻindisi

100

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar sohasida qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Affinaj faoliyati sohasidagi qonunchilik buzilishi xavfini aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOʻRSATKICHLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Xavf darajasini baholash koʻrsatkichlari

Ball

Tahlil yakuniga koʻra qoʻyilgan ballar

1.

Affinaj faoliyati uchun litsenziyaning mavjud emasligi

30

2.

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish uchun ichki nazoratni tashkil etish maqsadida qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslarda rahbar buyrugʻi bilan masʼul shaxs tayinlamaslik

30

3.

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish uchun ichki nazoratni tashkil etish maqsadida qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslarda rahbar buyrugʻi bilan tayinlangan masʼul shaxs haqidagi maʼlumotlarni har yili 15-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasiga taqdim etmaslik

20

4.

Qimmatbaho metallarning foiz tarkibini aniqlash uchun tegishli uslublarga ega va davlat qiyoslovidan oʻtgan asbob-uskunalar bilan jihozlangan kimyo laboratoriyasining mavjud emasligi

10

5.

Mineral xom ashyo, qimmatbaho metallar, tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan ikkilamchi resurslar, parcha va chiqindilarga dastlabki ishlov berish sohasida maxsus bilimga yoki koʻnikmalarga ega boʻlgan xodimlarning shtatda mavjud emasligi

10

Jami ballar yigʻindisi

100

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.07.2026-y., 10/26/3903/0759-son)