25.05.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3838
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi, 25.05.2026 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3838
Kuchga kirish sanasi
27.08.2026
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BUYRUGʻI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat roʻyxatidan oʻtkazish jarayonida tibbiy jihozlarning ishlab chiqarish sharoitlarini inspeksiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 25-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3838]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 738-son “Dori vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi hamda Tibbiy jihozlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish jarayonida tibbiy jihozlarning ishlab chiqarish sharoitlarini inspeksiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir A. XUDAYAROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 14-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelishildi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot va moliya vaziri J. KUCHKAROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 12-mart
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil A. BURIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 17-fevral
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2026-yil 4-fevral
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2026-yil 14-apreldagi 2-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat roʻyxatidan oʻtkazish jarayonida tibbiy jihozlarning ishlab chiqarish sharoitlarini inspeksiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom davlat roʻyxatidan oʻtkazish jarayonida tibbiy jihozlarning ishlab chiqarish sharoitlarini inspeksiyadan (bundan buyon matnda inspeksiya deb yuritiladi) oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizom quyidagi tibbiy jihozlarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tan olish orqali davlat roʻyxatidan oʻtkaziladigan tibbiy jihozlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan qayta malakalangan (prequalification), Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bilan hamkorlikda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladigan “in vitro” tashxis tibbiy jihozlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ISO: 13485” xalqaro standarti bilan uygʻunlashtirilgan Oʻzbekiston Respublikasining milliy standarti talablariga muvofiq amaldagi sertifikatga ega tibbiy jihozlar. Bunda davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan tibbiy jihoz ishlab chiqarilgan davrda ushbu tibbiy jihoz ishlab chiqarish sharoitlarining “ISO: 13485” xalqaro standarti bilan uygʻunlashtirilgan Oʻzbekiston Respublikasining milliy standarti talablariga muvofiqligi yuzasidan inspeksiyasi oʻtkazilgan boʻlishi lozim
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy jihozlarkasalliklar profilaktikasi, tashxis qoʻyish, davolash, bemorlarni reabilitatsiya qilish va (yoki) sanab oʻtilgan jarayonlarni taʼminlash uchun, shuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini aniqlash, tiklash, almashtirish hamda oʻzgartirish, monitoring qilish, homiladorlikning oldini olish uchun tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishiga ruxsat etilgan, qoʻllanilishi natijasida odam organizmiga farmakologik, immunologik yoki metabolik taʼsir koʻrsatmaydigan, ayrim holda, majmua yoki tizimlar sifatida qoʻllaniladigan jihozlar, apparatlar, uskunalar, priborlar, asboblar, qurilmalar, majmualar va dasturiy taʼminotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasiga (bundan buyon matnda Markaz deb yuritiladi) tibbiy jihozlarni ishlab chiqarish sharoitlarining “ISO: 13485” xalqaro standarti bilan uygʻunlashtirilgan Oʻzbekiston Respublikasining milliy standarti (bundan buyon matnda milliy standart deb yuritiladi) talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi hisobotni olish uchun murojaat qiluvchi ishlab chiquvchi, ishlab chiqaruvchi, roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasining egasi yoki ular nomidan ishonchnoma asosida harakat qiluvchi yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inspeksiya — Markaz tomonidan tibbiy jihozlarning ishlab chiqarish sharoitlarini milliy standart talablariga muvofiqligini baholash jarayoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish maydonitibbiy jihoz ishlab chiqaruvchisining ishlab chiqarishning butun jarayoni yoki uning ayrim bosqichlarini amalga oshirish uchun moʻljallangan alohida hududiy majmua;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy jihozlarning ishlab chiqarish sharoitlarini baholovchi inspektorlar guruhi (bundan buyon matnda inspektorlar guruhi deb yuritiladi) — Markaz direktorining buyrugʻi bilan inspeksiyani oʻtkazish uchun maʼsul etib tayinlangan Markaz va (yoki) uning muassasasi hamda filiallarining xodimlaridan iborat guruh;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻta jiddiy nomuvofiqlik — milliy standart talablariga rioya etilmasligi natijasida yuzaga keladigan hamda tibbiy jihozlarning inson hayoti va sogʻligʻiga zarar yetkazishiga olib kelishi mumkin boʻlgan yoki bunday zarar yuzaga kelishi ehtimoli yuqori boʻlgan nomuvofiqlik.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Inspeksiya oʻtkazish uchun arizani koʻrib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Markaz tomonidan tibbiy jihozlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish jarayonida inspeksiya tayinlash boʻyicha qaror qabul qilingan taqdirda, ariza beruvchi ushbu qaror qabul qilingan kunning oʻzida Markazning axborot tizimi (bundan buyon matnda axborot tizimi deb yuritiladi) orqali xabardor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Markaz tomonidan inspeksiya tayinlash boʻyicha qaror qabul qilingan kundan boshlab 30 ish kuni ichida ariza beruvchi inspeksiya oʻtkazish uchun ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi arizani Markazga axborot tizimi orqali taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) milliy standart talabiga muvofiq sifat qoʻllanmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) sifat tizimiga oid hujjatlarning roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) ishlab chiqarish maydonidagi ishlab chiqarish va saqlash hududlarining chizmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) tibbiy jihozlarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan uskunalar roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) pudratchi tashkilotlarning funksiyalarini koʻrsatgan holda roʻyxati (pudratchi tashkilotlar mavjud boʻlsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) ishlab chiqarilayotgan tibbiy jihozlar roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) ishlab chiqaruvchi yuridik shaxs tuzilmasi va xodimlar soni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchidan ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Markazga ariza beruvchi tomonidan ariza va unga ilova qilingan hujjatlar taqdim etilganidan soʻng, ularning toʻliqligi Markaz tomonidan 3 ish kuni ichida oʻrganiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda oʻrganish natijalaridan kelib chiqib, Markaz tomonidan ariza beruvchining arizasini qabul qilish yoki qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi va ariza beruvchi bu haqida axborot tizimi orqali 1 ish kuni ichida xabardor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagi holatlarda arizani qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomning 3-bandiga muvofiq hujjatlar toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan hujjatlarning ishonchsiz, notoʻgʻri yoki yolgʻon ekanligi aniqlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi oʻz arizasini qaytarib olish toʻgʻrisida murojaat etganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 738-son qarori bilan tasdiqlangan Tibbiy jihozlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 20-bandida keltirilgan tibbiy jihozlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish uchun asoslardan biri mavjud boʻlganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan, maqsadga muvofiq emasligi sabablari boʻyicha rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Markaz tomonidan ariza beruvchining arizasini qabul qilish toʻgʻrisida qaror ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan arizani qabul qilishni rad etish asoslari mavjud boʻlmagan taqdirda qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Arizani qabul qilish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran 3 ish kuni ichida Markaz va ariza beruvchi oʻrtasida inspeksiya oʻtkazish haqidagi shartnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Markaz tomonidan inspeksiya oʻtkazish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joyiga chiqqan holda inspeksiyadan oʻtkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Markaz ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni milliy standart talablariga muvofiqligini baholash yuzasidan 15 ish kuni ichida tahlil qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Markaz tahlil natijalariga koʻra, ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar milliy standart talablariga muvofiqligini aniqlagan taqdirda, joyiga chiqqan holda inspeksiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi hisobotni rasmiylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar milliy standart talablariga nomuvofiqligi aniqlansa, Markaz milliy standart talablariga nomuvofiqliklar aniqlanganligi toʻgʻrisidagi hisobotni rasmiylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz tomonidan rasmiylashtirilgan hisobotlar ular rasmiylashtirilgan kundan keyin 1 ish kuni ichida ariza beruvchiga axborot tizimi orqali yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Markaz tomonidan milliy standart talablariga nomuvofiqliklar aniqlanganligi toʻgʻrisidagi hisobot rasmiylashtirilgan taqdirda, ushbu hisobotdagi nomuvofiqliklar Markaz va ariza beruvchi oʻrtasida kelishilgan muddatlarda ariza beruvchi tomonidan bartaraf etilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ariza beruvchi milliy standart talablariga nomuvofiqliklar aniqlanganligi toʻgʻrisidagi hisobotda keltirilgan nomuvofiqliklarni bartaraf etsa, ushbu nomuvofiqliklar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni Markazga taqdim etadi hamda ushbu hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab ulardagi nomuvofiqliklar toʻgʻri va toʻliq bartaraf etilganligi Markaz tomonidan 7 ish kuni ichida tahlil qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tahlil natijasiga koʻra, ariza beruvchi tomonidan milliy standart talablariga nomuvofiqliklar aniqlanganligi toʻgʻrisidagi hisobotda keltirilgan nomuvofiqliklar toʻgʻri va toʻliq bartaraf etilganligi aniqlanganda, Markaz joyiga chiqqan holda inspeksiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi hisobotni rasmiylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchi tomonidan milliy standart talablariga nomuvofiqliklar aniqlanganligi toʻgʻrisidagi hisobotda keltirilgan nomuvofiqliklar toʻgʻri va toʻliq bartaraf etilmaganligi aniqlanganda, Markaz tibbiy jihozlarni davlat roʻyxatdan oʻtkazishni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 738-son qarori bilan tasdiqlangan Tibbiy jihozlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 17 va 20-bandlarida belgilangan tartibda rad etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Joyiga chiqqan holda inspeksiyadan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Joyiga chiqqan holda inspeksiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi hisobot rasmiylashtirilgandan soʻng, 10 ish kuni ichida Markaz inspeksiya oʻtkazish dasturini (bundan buyon matnda dastur deb yuritiladi) ishlab chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturda quyidagi maʼlumotlar keltiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy jihozlarni ishlab chiqaruvchining nomi va manzili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inspeksiya oʻtkazishning maqsadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inspeksiya oʻtkazishning talablari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inspeksiya oʻtkazishning shakllari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inspeksiya oʻtkazishning sanasi va muddatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inspeksiya oʻtkazishda ishtirok etuvchi inspektorlar guruhining tarkibi va ularning funksiyalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Dastur u ishlab chiqilgan kunning oʻzida Markaz tomonidan axborot tizimi orqali ariza beruvchiga kelishish uchun yuboriladi. Bunda ariza bеruvchi dastur boʻyicha oʻzining taklif va eʼtirozlarini bildirish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Dasturda koʻrsatilgan inspektorlar guruhining tarkibidagi xodimlarning sogʻligʻi, xizmat safariga chiqish imkoniyati yoki boshqa asosli sabablar tufayli inspeksiyada ishtirok eta olmasligi aniqlangan taqdirda, Markaz tomonidan dastur qayta koʻrib chiqiladi hamda oʻzgartirishlar kiritiladi. Bunda yangilangan dastur ushbu Nizomning 13-bandida belgilangan tartibda ariza beruvchiga kelishish uchun qayta yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Dastur ariza beruvchi bilan kelishilganidan soʻng, uch ish kuni ichida Markaz direktori tomonidan joyiga chiqqan holda inspeksiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida buyruq qabul qilinadi va bu haqida buyruq qabul qilingan kundan keyin 1 ish kuni ichida ariza beruvchi axborot tizimi orqali xabardor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Markaz direktorining joyiga chiqqan holda inspeksiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻiga asosan ushbu Nizomning 2-ilovasida keltirilgan muddatlarda inspektorlar guruhi tibbiy jihozlarni ishlab chiqarish obyektlariga borib, milliy standart talablariga sifat boshqaruv tizimi, mahsulotni kuzatish tizimi va ishlab chiqarish muhitining mosligini oʻrganadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Inspektorlar guruhi tijorat sirlari va boshqa qonunchilik bilan qoʻriqlanadigan sirlarni tashkil etuvchi maʼlumotlar va hujjatlarni oʻrganishda Oʻzbekiston Respublikasining “Tijorat siri toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilishi hamda inspeksiya davomida oʻzlariga maʼlum boʻlgan ushbu maʼlumotlarni sir saqlanishini taʼminlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Inspeksiya natijasida tibbiy jihozlarning ishlab chiqarish sharoitlari milliy standart talablariga muvofiqligi aniqlangan taqdirda, inspeksiya yakunlangan kundan eʼtiboran 20 ish kuni ichida inspektorlar guruhi tomonidan inspeksiya natijalari hamda tibbiy jihozlarning ishlab chiqarish sharoitlari milliy standart talablariga muvofiqligi yuzasidan xulosani oʻz ichiga olgan hisobot (bundan buyon matnda muvofiqlik toʻgʻrisidagi hisobot deb yuritiladi) rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar tibbiy jihozlarning ishlab chiqarish sharoitlari milliy standart talablariga nomuvofiqligi aniqlangan taqdirda, inspeksiya yakunlangan kundan eʼtiboran 20 ish kuni ichida inspektorlar guruhi tomonidan inspeksiya natijalari tibbiy jihozlarning ishlab chiqarish sharoitlari milliy standart talablariga nomuvofiqligi yuzasidan xulosani oʻz ichiga olgan nomuvofiqlik toʻgʻrisidagi hisobot (bundan buyon matnda nomuvofiqlik toʻgʻrisidagi hisobot deb yuritiladi) rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inspektorlar guruhi tomonidan hisobot rasmiylashtirilgan kundan eʼtiboran 1 ish kuni ichida ariza beruvchi axborot tizimi orqali xabardor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Muvofiqlik toʻgʻrisidagi hisobot inspektorlar guruhi tomonidan rasmiylashtirilgan taqdirda, Markaz tomonidan tibbiy jihozlarni davlat roʻyxatdan oʻtkazish jarayoni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 738-son qarori bilan tasdiqlangan Tibbiy jihozlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda davom ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inspektorlar guruhi tomonidan nomuvofiqlik toʻgʻrisidagi hisobot rasmiylashtirilgan taqdirda, ushbu hisobotda keltirilgan barcha nomuvofiqliklar Markaz va ariza beruvchi oʻrtasida kelishilgan muddatlarda ariza beruvchi tomonidan toʻgʻri va toʻliq bartaraf etilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Ariza beruvchi nomuvofiqlik toʻgʻrisidagi hisobotda keltirilgan nomuvofiqliklarni bartaraf etsa, ushbu nomuvofiqliklarni bartaraf etilganligi toʻgʻrisida Markazni xabardor qiladi hamda Markaz xabardor qilingan kundan boshlab 7 ish kuni ichida nomuvofiqliklar toʻgʻri va toʻliq bartaraf etilganligini tahlil qiladi yoki joyiga chiqqan holda inspeksiyadan oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ishlab chiqarish sharoitlari milliy standart talablariga oʻta jiddiy nomuvofiqligi aniqlangan taqdirda qayta joyiga chiqqan holda inspeksiyadan oʻtkazish ushbu bobda belgilangan umumiy tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ariza beruvchi tomonidan nomuvofiqlik toʻgʻrisidagi hisobotda keltirilgan nomuvofiqliklar toʻgʻri va toʻliq bartaraf etilganligi aniqlanganda, inspektorlar guruhi tomonidan muvofiqlik toʻgʻrisidagi hisobot 10 ish kuni ichida rasmiylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar inspeksiya natijasida ariza beruvchi tomonidan nomuvofiqlik toʻgʻrisidagi hisobotda keltirilgan nomuvofiqliklar toʻgʻri va toʻliq bartaraf etilmaganligi aniqlanganda, Markaz tibbiy jihozlarni davlat roʻyxatdan oʻtkazishni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 738-son qarori bilan tasdiqlangan Tibbiy jihozlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 17 va 20-bandlarida belgilangan tartibda rad etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Ariza beruvchi inspektorlar guruhi hamda Markazning qarorlari va xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga yoki bevosita sudga shikoyat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Ariza beruvchi oʻz arizasining koʻrib chiqish bosqichlari, holati, natijalarini hamda u boʻyicha oʻtkaziladigan inspeksiyaning bosqichlari, holati va natijalarini axborot tizimi orqali kuzatib borishi mumkin. Inspeksiya oʻtkazishning natijalari qonunchilik hujjatlari talablari doirasida Markazning rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boriladi va jamoatchilik uchun ochiq hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Mazkur Nizomning talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat roʻyxatidan oʻtkazish jarayonida tibbiy jihozlarning ishlab chiqarish sharoitlarini inspeksiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Namuna

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasiga

Tibbiy jihozlarning ishlab chiqarish sharoitlarini inspeksiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi

ARIZA

Sizdan _____________________________________________________________________________

(ariza beruvchining nomi va tibbiy jihozlarni ishlab chiqarish maydonining manzili)

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

tibbiy jihozlarning ishlab chiqarish sharoitlarining “ISO: 13485” xalqaro standarti bilan uygʻunlashtirilgan Oʻzbekiston Respublikasining milliy standart talablarga muvofiqligini inspeksiyadan oʻtkazishni soʻrayman.

Ariza beruvchi toʻgʻrisida

MAʼLUMOTLAR

Ariza beruvchining toʻliq nomi

Ariza beruvchining qisqartirilgan nomi

(agar mavjud boʻlsa)

Inspeksiya bilan qamrab olish nazarda tutilgan ariza beruvchining doimiy va (yoki) vaqtincha faoliyat koʻrsatish joylari soni hamda ushbu joylarning toʻliq nomi, manzili va ularda olib boriladigan faoliyat tavsifi

Pochta manzili

Telefon raqami

Elektron pochta manzili

Shtat birliklarining umumiy soni:

Shu jumladan

Boshqaruvchi xodimlar soni

Ishlab chiqaruvchi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni

Texnik xodimlar soni

Ishlab chiqarish sharoitlariga masʼul shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi va aloqa maʼlumotlari (telefon raqamlari, elektron pochta manzillari va boshqalar)

Ishlab chiqarish sharoitlari toʻgʻrisida

MAʼLUMOTLAR

Ishlab chiqarish sharoitlarini ishlab chiqish va joriy qilish sanasi

Ishlab chiqarish sharoitlari qamrab olgan mahsulot yoki xizmatlar

Ishlab chiqarilayotgan tibbiy jihoz yoki koʻrsatilayotgan xizmatlarga oid texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar nomi

Muvofiqlik sertifikati toʻgʻrisida maʼlumotlar

(agar mavjud boʻlsa)

Muvofiqlik sertifikatini bergan organning nomi

Muvofiqlik sertifikatini berish uchun asos boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar nomi

Muvofiqlik sertifikatining roʻyxatdan oʻtkazish raqami

Muvofiqlik sertifikati berilgan sana

Muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati

Ariza beruvchining rahbari

(vakili)

___________________

___________________

(imzo)

(F.I.O)

Sana: 20__-yil _____-_____________

_____________ (kun) ______ (oy)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat roʻyxatidan oʻtkazish jarayonida tibbiy jihozlarning ishlab chiqarish sharoitlarini inspeksiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tibbiy jihozlarning ishlab chiqarish sharoitlarini inspeksiyasini oʻtkazish muddatlari va jalb etiladigan inspektorlar soni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(tibbiy jihozlarni ishlab chiqarish maydonida faoliyat yuritadigan xodimlar soni kesimida)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Xodimlar soni

Inspektorlar soni

Tibbiy jihozlarni ishlab chiqarish sharoitlarini inspeksiyadan oʻtkazish davomiyligi

(ish kuni hisobida)*

1 — 10

2

2

11 — 25

2

3

26 — 65

3

4

66 — 175

4

5

176 — 500

4

6

501 — 1000

5

7

> 1000

Kuzatish yuqoridagi progres

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ishlab chiqarish maydonini inspeksiyadan oʻtkazish davomiyligi tegishincha quyidagi holatlarda uzaytiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish maydonida bittadan ortiq turdagi asosiy tibbiy jihozlar ishlab chiqarilsa, har bir qoʻshimcha asosiy tibbiy jihoz turi uchun — 30 foizga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish maydonida ish smenasi bittadan ortiq boʻlsa — 30 foizga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy jihozlarni ishlab chiqarish jarayonlarining bosqichlari bittadan ortiq ishlab chiqarish maydonlarida amalga oshirilsa, har bir qoʻshimcha ishlab chiqarish maydoni uchun — 30 foizga.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.05.2026 y., 10/26/3838/0533-son)