Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining
Qarori
“Oʻzbekiston Respublikasi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilariga akademik taʼtil berish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 15-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2413-1]
Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-son “Maʼmuriy islohotlar doirasida taʼlim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi PF-158-son “Kasbiy taʼlimda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2025-yil 23-oktabrdagi PF-190-son “Kasbiy taʼlim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-avgustdagi 466-son “Oʻzbekiston Respublikasida uzluksiz boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi va 2024-yil 5-iyundagi 320-son “Oʻquvchilarni akademik litseylarga qabul qilish, ularning oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining 2012-yil 27-dekabrdagi 68/QQ, 20, 21/QQ, 05/QQ-son “Oʻzbekiston Respublikasi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilariga akademik taʼtil berish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2413, 2013-yil 17-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 3-son, 39-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K. SHARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 26 mart,
16-q/q-son
Badiiy akademiya raisi A. NURIDINOV
Toshkent sh.,
2026-yil 10 mart,
Q-Q-03-03-son
Madaniyat vaziri O. NAZARBEKOV
Toshkent sh.,
2026-yil 6 mart,
01-20-07-son
Sogʻliqni saqlash vaziri A. XUDAYAROV
Toshkent sh.,
2026-yil 5 mart,
01-20-07-son
Sport vaziri A. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2026-yil 5 mart,
06-q-q-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 26-martdagi 16-q/q son, Sport vazirligining 2026-yil 5-martdagi 06-q-q-son, Madaniyat vazirligining 2026-yil 6-martdagi 01-20-07-son, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining 2026-yil 10-martdagi Q-Q-03-03-son, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2026-yil 5-martdagi 01-20-07-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilariga akademik taʼtil berish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Qarorda:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilariga akademik taʼtil berish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”;
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Oʻzbekiston Respublikasi oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilariga akademik taʼtil berish toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.”.
2. Nizomda:
1) nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilariga akademik taʼtil berish toʻgʻrisidagi nizom”;
2) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkilotlari (bundan buyon matnda taʼlim tashkiloti deb yuritiladi) oʻquvchilariga (bundan buyon matnda oʻquvchilar deb yuritiladi) akademik taʼtil berish tartibini belgilaydi.
Mazkur Nizom xorijiy taʼlim tashkilotlari va ularning filiallariga (markaz, boʻlim, oʻquv-maslahat punkti va shu kabilar) tatbiq etilmaydi.”;
3) 3 va 8-bandlardagi “taʼlim muassasasi” degan soʻzlar “taʼlim tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 5-banddagi “Taʼlim muassasalari” degan soʻzlar “Taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 6-banddagi “Taʼlim muassasasi” degan soʻzlar “Taʼlim tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 7-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Komissiya xulosasi akademik litseylarda — tegishli oliy taʼlim tashkilotiga, texnikumlarda esa — hududiy kasbiy taʼlim boshqarmasiga yuboriladi. Rasmiy javob xati olingandan soʻng, taʼlim tashkiloti direktori tomonidan oʻquvchiga akademik taʼtil berish toʻgʻrisidagi buyruq rasmiylashtiriladi. Mazkur buyruqda akademik taʼtilning boshlanish va tugash sanalari, shuningdek uning huquqiy asosi koʻrsatilishi shart.”;
7) 9-banddagi “taʼlim muassasasining” degan soʻzlar “taʼlim tashkilotining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
8) 10-banddagi “taʼlim muassasasi” va “taʼlim muassasasiga” degan soʻzlar tegishli ravishda “taʼlim tashkiloti” va “taʼlim tashkilotiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
9) 11-banddagi “taʼlim muassasasiga” va “taʼlim muassasasi” degan soʻzlar tegishli ravishda “taʼlim tashkilotiga” va “taʼlim tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) Ilovada:
ilova belgisidagi “kasb-hunar taʼlimi muassasalari” degan soʻzlar “kasbiy taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
nomidagi “Taʼlim muassasalari” degan soʻzlar “Taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2026 y., № 10/26/2413-1/0358-son)