17.01.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2413
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining qarori, 17.01.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2413
Kuchga kirish sanasi
27.01.2013
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilariga akademik taʼtil berish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 26-martdagi 16-q/q son, Sport vazirligining 2026-yil 5-martdagi 06-q-q-son, Madaniyat vazirligining 2026-yil 6-martdagi 01-20-07-son, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining 2026-yil 10-martdagi Q-Q-03-03-son, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2026-yil 5-martdagi 01-20-07-sonli qarori (roʻyxat raqami 2413-1, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2026-y., № 10/26/2413-1/0358-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 17-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2413]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 225-modda) va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 11-12-son, 295-modda) qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilariga akademik taʼtil berish toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 26-martdagi 16-q/q son, Sport vazirligining 2026-yil 5-martdagi 06-q-q-son, Madaniyat vazirligining 2026-yil 6-martdagi 01-20-07-son, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining 2026-yil 10-martdagi Q-Q-03-03-son, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2026-yil 5-martdagi 01-20-07-sonli qarori (roʻyxat raqami 2413-1, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2026-y., № 10/26/2413-1/0358-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori J. ISMAILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 27-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68/QQ-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 27-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Madaniyat va sport ishlari vaziri T. KUZIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 27-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21/QQ-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi A. NURIDINOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 27-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
05/QQ-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining 2012-yil 27-dekabrdagi 68/QQ, 20, 21/QQ, 05/QQ-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilariga akademik taʼtil berish toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 26-martdagi 16-q/q son, Sport vazirligining 2026-yil 5-martdagi 06-q-q-son, Madaniyat vazirligining 2026-yil 6-martdagi 01-20-07-son, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining 2026-yil 10-martdagi Q-Q-03-03-son, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2026-yil 5-martdagi 01-20-07-sonli qarori (roʻyxat raqami 2413-1, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2026-y., № 10/26/2413-1/0358-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkilotlari (bundan buyon matnda taʼlim tashkiloti deb yuritiladi) oʻquvchilariga (bundan buyon matnda oʻquvchilar deb yuritiladi) akademik taʼtil berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom xorijiy taʼlim tashkilotlari va ularning filiallariga (markaz, boʻlim, oʻquv-maslahat punkti va shu kabilar) tatbiq etilmaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 26-martdagi 16-q/q son, Sport vazirligining 2026-yil 5-martdagi 06-q-q-son, Madaniyat vazirligining 2026-yil 6-martdagi 01-20-07-son, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining 2026-yil 10-martdagi Q-Q-03-03-son, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2026-yil 5-martdagi 01-20-07-sonli qarori (roʻyxat raqami 2413-1, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2026-y., № 10/26/2413-1/0358-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Akademik taʼtil oʻquv yili mobaynida oʻquvchining salomatligini tiklash maqsadida 12 oy muddatgacha beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻquvchiga oʻqish davomida ikki martagacha akademik taʼtil berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Akademik taʼtil berish va akademik taʼtildan qaytish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Akademik taʼtil olish uchun oʻquvchining ota-onasi (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) taʼlim tashkiloti direktori nomiga ariza bilan murojaat qiladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 26-martdagi 16-q/q son, Sport vazirligining 2026-yil 5-martdagi 06-q-q-son, Madaniyat vazirligining 2026-yil 6-martdagi 01-20-07-son, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining 2026-yil 10-martdagi Q-Q-03-03-son, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2026-yil 5-martdagi 01-20-07-sonli qarori (roʻyxat raqami 2413-1, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2026-y., № 10/26/2413-1/0358-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademik taʼtil olishni soʻrab murojaat qilingan arizaga oʻquvchi doimiy tibbiy nazoratda turgan tibbiyot muassasasi komissiyasining xulosasi ilova qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Surunkali kasalligi sababli bir oydan ortiq vaqt davomida darslarga qatnasha olmagan oʻquvchining ota-onasi (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) tomonidan yozilgan arizaga asosan akademik taʼtil berilishi mumkin. Bunda akademik taʼtil muddati oʻtishining boshlanishi oʻquvchi darslarga qatnasha olmayotgan kundan boshlab hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Salomatligini tiklash maqsadida oʻquvchiga akademik taʼtilning berilishi mazkur Nizomning ilovasida keltirilgan Taʼlim tashkilotlari oʻquvchilariga tibbiy koʻrsatmalar boʻyicha akademik taʼtil berishga oid kasalliklar roʻyxatiga muvofiq amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 26-martdagi 16-q/q son, Sport vazirligining 2026-yil 5-martdagi 06-q-q-son, Madaniyat vazirligining 2026-yil 6-martdagi 01-20-07-son, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining 2026-yil 10-martdagi Q-Q-03-03-son, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2026-yil 5-martdagi 01-20-07-sonli qarori (roʻyxat raqami 2413-1, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2026-y., № 10/26/2413-1/0358-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Taʼlim tashkiloti Pedagogik kengashi qarori asosida direktor raisligida tashkil etilgan Oʻquvchiga akademik taʼtil berish toʻgʻrisidagi murojaatlarni koʻrib chiqish komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb yuritiladi) tomonidan oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 26-martdagi 16-q/q son, Sport vazirligining 2026-yil 5-martdagi 06-q-q-son, Madaniyat vazirligining 2026-yil 6-martdagi 01-20-07-son, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining 2026-yil 10-martdagi Q-Q-03-03-son, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2026-yil 5-martdagi 01-20-07-sonli qarori (roʻyxat raqami 2413-1, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2026-y., № 10/26/2413-1/0358-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻquvchiga akademik taʼtil berish toʻgʻrisidagi murojaat bir hafta muddatda Komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya xulosasi akademik litseylarda — tegishli oliy taʼlim tashkilotiga, texnikumlarda esa — hududiy kasbiy taʼlim boshqarmasiga yuboriladi. Rasmiy javob xati olingandan soʻng, taʼlim tashkiloti direktori tomonidan oʻquvchiga akademik taʼtil berish toʻgʻrisidagi buyruq rasmiylashtiriladi. Mazkur buyruqda akademik taʼtilning boshlanish va tugash sanalari, shuningdek uning huquqiy asosi koʻrsatilishi shart.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 26-martdagi 16-q/q son, Sport vazirligining 2026-yil 5-martdagi 06-q-q-son, Madaniyat vazirligining 2026-yil 6-martdagi 01-20-07-son, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining 2026-yil 10-martdagi Q-Q-03-03-son, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2026-yil 5-martdagi 01-20-07-sonli qarori (roʻyxat raqami 2413-1, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2026-y., № 10/26/2413-1/0358-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻquvchi akademik taʼtilga chiqqan kundan boshlab bir oy muddatgacha oʻquvchining ota-onasi (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) akademik taʼtilni bekor qilish va uni oʻqishga qaytarishni soʻrab taʼlim tashkiloti direktoriga ariza bilan murojaat qilganda, ariza koʻrib chiqilishi mumkin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 26-martdagi 16-q/q son, Sport vazirligining 2026-yil 5-martdagi 06-q-q-son, Madaniyat vazirligining 2026-yil 6-martdagi 01-20-07-son, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining 2026-yil 10-martdagi Q-Q-03-03-son, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2026-yil 5-martdagi 01-20-07-sonli qarori (roʻyxat raqami 2413-1, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2026-y., № 10/26/2413-1/0358-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻquvchining ota-onasi (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) akademik taʼtilning muddati tamom boʻlgandan soʻng oʻquvchining oʻqishga qaytishi boʻyicha taʼlim tashkilotining direktori nomiga ariza bilan murojaat qilishi kerak.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 26-martdagi 16-q/q son, Sport vazirligining 2026-yil 5-martdagi 06-q-q-son, Madaniyat vazirligining 2026-yil 6-martdagi 01-20-07-son, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining 2026-yil 10-martdagi Q-Q-03-03-son, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2026-yil 5-martdagi 01-20-07-sonli qarori (roʻyxat raqami 2413-1, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2026-y., № 10/26/2413-1/0358-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Agar akademik taʼtil davrida oʻquvchi oʻqigan taʼlim yoʻnalishi (mutaxassisligi) tugatilgan boʻlsa, oʻquvchini shu taʼlim tashkiloti yoki boshqa taʼlim tashkilotiga oʻqishini mos va turdosh yoʻnalishi (mutaxassisligi) boʻyicha koʻchirish masalasi ham ariza bilan birga koʻrib chiqilishi va hal etilishi lozim.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 26-martdagi 16-q/q son, Sport vazirligining 2026-yil 5-martdagi 06-q-q-son, Madaniyat vazirligining 2026-yil 6-martdagi 01-20-07-son, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining 2026-yil 10-martdagi Q-Q-03-03-son, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2026-yil 5-martdagi 01-20-07-sonli qarori (roʻyxat raqami 2413-1, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2026-y., № 10/26/2413-1/0358-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Akademik taʼtildan qaytish boʻyicha oʻquvchining murojaati bir haftalik muddatda koʻrib chiqilishi va uning taʼlim tashkilotiga oʻqishga qaytishi toʻgʻrisida taʼlim tashkiloti direktorining buyrugʻi chiqarilishi lozim.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 26-martdagi 16-q/q son, Sport vazirligining 2026-yil 5-martdagi 06-q-q-son, Madaniyat vazirligining 2026-yil 6-martdagi 01-20-07-son, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining 2026-yil 10-martdagi Q-Q-03-03-son, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2026-yil 5-martdagi 01-20-07-sonli qarori (roʻyxat raqami 2413-1, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2026-y., № 10/26/2413-1/0358-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu buyruqda oʻquvchi akademik taʼtildan qaytgandan soʻng oʻqiydigan oʻquv kursi, yoʻnalishi va guruh raqami koʻrsatilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Yakuniy qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi oʻrta maxsus, kasbiy taʼlim tashkilotlari oʻquvchilariga akademik taʼtil berish toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
(ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 26-martdagi 16-q/q son, Sport vazirligining 2026-yil 5-martdagi 06-q-q-son, Madaniyat vazirligining 2026-yil 6-martdagi 01-20-07-son, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining 2026-yil 10-martdagi Q-Q-03-03-son, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2026-yil 5-martdagi 01-20-07-sonli qarori (roʻyxat raqami 2413-1, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2026-y., № 10/26/2413-1/0358-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼlim tashkilotlari oʻquvchilariga tibbiy koʻrsatmalar boʻyicha akademik taʼtil berishga oid kasalliklar roʻyxati
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 26-martdagi 16-q/q son, Sport vazirligining 2026-yil 5-martdagi 06-q-q-son, Madaniyat vazirligining 2026-yil 6-martdagi 01-20-07-son, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining 2026-yil 10-martdagi Q-Q-03-03-son, Sogʻliqni saqlash vazirligining 2026-yil 5-martdagi 01-20-07-sonli qarori (roʻyxat raqami 2413-1, 15.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2026-y., № 10/26/2413-1/0358-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sil kasalligining ochiq formalari (aktiv rivojlanuvchi oʻpka sili, traxeobronxial, ichki va periferik limfa tugunlari, yirik suyaklar, boʻgʻimlar faol sili yoki kichik suyak va boʻgʻimlarning sildan koʻp jarohatlanishi, tomoq, kekirdak, halqum, qizil oʻngach, ichak, koʻz, teri va boshqa ichki aʼzolar aktiv sili).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Silga aloqador boʻlmagan, yurak-oʻpka faoliyatlari yetishmovchiligi (III daraja) bilan kechuvchi oʻpkaning surunkali kasalliklari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Barcha bosqichdagi xavfli oʻsma kasalliklari, ikki yil oldin radikal davolanganlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. II va III darajali qon aylanishining buzilishi bilan kechuvchi yurak klapanlarining va mushaklarning organik oʻzgarishlari (tugʻma va orttirilgan).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. II va III darajali qon bosimining oshishi, tez rivojlanuvchi qon bosim oshishi kasalligi—xavfli gipertoniya.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Turgʻun buyrak yetishmovchiligi bilan kechuvchi buyrak va boshqa aʼzolar kasalliklari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Statsionar sharoitida davolashga muhtoj boʻlgan oshqozon-ichak tizimi yara kasalliklari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Statsionar sharoitida bir oy muddatdan ortiq davolash va reabilitatsiya qilish lozim boʻlgan ogʻir shikastlanishlar, oʻtkir va surunkali kasalliklar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Statsionar sharoitida bir oy muddatdan ortiq davolash va reabilitatsiya qilish zarur boʻlgan turli etiologiyalik jigar kasalliklari, jigar sirrozi, parazitar kasalliklari va boshqalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Endokrin kasalliklarning aniq shakllari (akromegaliya, Bazedov kasalligi, Addison kasalligi, miksedema, qandli diabetning ogʻir shakli, Itsenko-Kushinga kasalligi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qon tizimi kasalliklari: oʻtkir va surunkali leykozlar (limfa leykozlar bundan mustasno), aplastik anemiya.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Asab sistemasining surunkali organik asab kasalliklari, shuningdek boʻlib oʻtgan kasalliklarning ogʻir asoratlari (ensefalit, meningit, araxnoidit, bosh suyakning va orqa miyaning yopiq holda shikastlanishi, bosh suyakning ochiq holda shikastlanishi va boshqalar) natijasida aql-zakovatning chuqur va turgʻun buzilishlari, psixopatik buzilishi (oʻzini axloqiy jihatdan tuta olmaslik yoki tajanglik urinishdagi holatlar), nevrologik belgilar yoki psixopatik xulq-atvor asoratlari bilan oʻtkaziladigan kasalliklar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Toʻxtovsiz rivojlanish bilan kechuvchi shizofreniyaning (oddiy, gebefrenik, paranoid turlari) quyidagi koʻrinishlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) xurujsimon rivojlanish bilan kechuvchi shizofreniya (katotonik, galyutsinator, paranoid turlari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) toʻlqinsimon kechuvchi shizofreniya (sirkulyator, depressiv-paranoid, oneyroid-katotonik) tez-tez xurujlanuvchi va qisqa remissiyali holatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) sust kechuvchi shizofreniyaning xuruj davri.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tez-tez takrorlanuvchi tutqanoqli, tutqanoqsiz va psixomator xurujlari bilan, shuningdek hushning xiralashuvi va ogʻir disforiya bilan kechuvchi epilepsiya:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) kam takrorlanuvchi xurujlar bilan, shaxsning chuqur oʻzgarishi va aql-zakovat buzilishi bilan kechuvchi epilepsiya;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) epileptik psixozlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tez-tez xurujlanuvchi siklotimiya, maniakal depressiv psixoz, tez-tez takrorlanuvchi maniakal depressiv holatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Shaxsda patologik rivojlanishning har xil turlari, mehnatga qobiliyati pasayishi bilan, psixopatiyaning yaqqol turi yoki tez-tez dekompensatsiyalanishi bilan kechuvchi turlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ogʻir, surunkali kechuvchi, takrorlanuvchi teri kasalliklarining nogironlikka olib keluvchi turlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Zaxmning yuqumli bosqichi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Traxomaning I, II, III darajalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Giyohvandlik, toksikomaniyaning (tamakiga tobelikdan tashqari) barcha turlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS/OIV).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 3-son, 39-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 16.04.2026-y., № 10/26/2413-1/0358-son)