Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2025 20.03.2003 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1226
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining buyrugʻi, 20.03.2003 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1226
Kuchga kirish sanasi
30.03.2003
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BUXGALTERIYA HISOBI MILLIY STANDARTI (15-SON BHMS) “BUXGALTERIYA BALANSI”NI TASDIQLASH HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003-yil 20-martda 1226-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 14-iyundagi 130-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (1-sonli BHMS) “Moliyaviy hisobotni taqdim etish va hisob siyosati”ni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3544, 06.08.2024-y.) asosan 2025-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (15-son BHMS) “Buxgalteriya balansi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir M. NURMURATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yil 12-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi
moliya vazirining 2003-yil 12-martdagi
45-son Buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
BUXGALTERIYA HISOBINING MILLIY STANDARTI 15-SON BHMS
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“BUXGALTERIYA BALANSI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS) Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan ishlab chiqildi hamda Oʻzbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini meʼyoriy tartibga solish elementi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur standartning maqsadi buxgalteriya balansida aktivlar, oʻz sarmoyasi va majburiyatlarning mohiyati va taqdim etilishini belgilash hisoblanadi. Standart moliyaviy hisobotning tarkibiy qismi sifatida buxgalteriya balansini topshirish chogʻida oshkor qilinadigan axborotga qoʻyiladigan talablarni oʻz ichiga oladi. Ushbu talablar boshqa standartlarda mavjud boʻlgan hamda buxgalteriya hisobining oʻziga xos muammolarini qamrab oladigan oshkor qilish talablariga muvofiq toʻldirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Buxgalteriya balansi moliyaviy hisobotning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi, xoʻjalik yurituvchi subyektning mulkiy va moliyaviy ahvoli haqidagi axborotni toʻplaydi hamda oshkor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan (budjet tashkilotlari, banklar va boshqa kredit tashkilotlari bundan mustasno) buxgalteriya balansini tayyorlash va oshkor qilish jarayonida mazkur standart talablari bajarilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. AXBOROTNI OSHKOR QILISHNING ASOSIY QOIDALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Buxgalteriya balansidagi barcha axborot toʻgʻri oshkor qilinishi va foydalanuvchilarga tushunarli boʻlishi kerak. Zarur hollarda buxgalteriya balansiga kiritiladigan moddalar ularni tushuntirib beradigan axborotlar bilan toʻldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Buxgalteriya balansining manzil qismida xoʻjalik yurituvchi subyektning hisobot sanasi, nomi, tarmogʻi, mulk shakli, tashkiliy-huquqiy shakli va toʻliq yuridik manzili, xoʻjalik yurituvchi subyekt egaligida boʻlgan organning nomi, buxgalteriya balansini tayyorlash chogʻida foydalanilgan oʻlchov birligi koʻrsatilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Buxgalteriya balansi hisobot davri boshidagi va oxiridagi tegishli maʼlumotlarni oshkor qilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Joriy aktivlar va joriy majburiyatlar moddalari saldolanmaydi. Buxgalteriya balansining ayrim moddalari boshqa moddalarga kiritilmaydi va ular bilan saldolanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Buxgalteriya balansida uzoq muddatli va joriy aktivlar, oʻz sarmoyasi, uzoq muddatli va joriy majburiyatlar hamda ularni oshkor qilish xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvolini tahlil qilishda moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun yordam bera oladigan axborotdan iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Buxgalteriya balansida uzoq muddatli va joriy aktivlar, xususiy sarmoya, uzoq muddatli va joriy majburiyatlarning umumiy summasi oshkor qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Uzoq muddatli va joriy aktivlar, xususiy sarmoya, uzoq muddatli va joriy majburiyatlar tushunchalari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998-yil 26-iyulda 17-07/86-son bilan tasdiqlangan Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asosda (roʻyxat raqami 475, 1998-yil 14-avgust, “Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi”, 1999-yil, 5-son) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida 1998-yil 26-iyulda 17-07/85-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Buxgalteriya hisobi milliy standarti (1-son BHMS) “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot”da (roʻyxat raqami 474, 1998-yil 14-avgust, “Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi”, 1999-yil, 5-son) keltirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. UZOQ MUDDATLI AKTIVLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “Uzoq muddatli aktivlar” boʻlimida asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar qiymati, uzoq muddatli investitsiyalar, oʻrnatiladigan uskunalar, kapital qoʻyilmalar, uzoq muddatli debitorlik qarzlari va muddati kechiktirilgan uzoq muddatli xarajatlar summalari oshkor qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasining Buxgalteriya hisobi milliy standarti (5-son BHMS) “Asosiy vositalar” (roʻyxat raqami 1299, 2004-yil 20-yanvar) hamda Oʻzbekiston Respublikasining Buxgalteriya hisobi milliy standarti (7-son BHMS) “Nomoddiy aktivlar”ga (roʻyxat raqami 1485-son, 2005-yil 27-iyun) koʻra asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar boshlangʻich (tiklash) qiymati, eskirish (amortizatsiya) summasi, qoldiq qiymati boʻyicha oshkor qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida 1998-yil 25-dekabrda 65-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Buxgalteriya hisobi milliy standarti (12-son BHMS) “Moliyaviy investitsiyalar hisobi”ga (roʻyxat raqami 596, 1999-yil 16-yanvar, “Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi”, 1999-yil, 6-son) koʻra uzoq muddatli investitsiyalar qimmatli qogʻozlar qiymati, shuʼba xoʻjalik jamiyatlariga investitsiyalar, tobe xoʻjalik jamiyatlariga investitsiyalar, xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarga investitsiyalar va boshqa uzoq muddatli investitsiyalar summalari boʻyicha oshkor qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. JORIY AKTIVLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. “Joriy aktivlar” boʻlimida tovar-moddiy zaxiralar, kelgusi davrlar xarajatlari, muddati kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismi, debitorlik qarzlari, pul mablagʻlari, qisqa muddatli moliyaviy qoʻyilmalar va boshqa joriy aktivlar summalari oshkor qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasining Buxgalteriya hisobi milliy standarti (4-son BHMS) “Tovar-moddiy zaxiralar”ga (roʻyxat raqami 1595, 2006-yil 17-iyul) muvofiq tovar-moddiy zaxiralarga quyidagi alohida oshkor qilinadiganlar kiritiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ishlab chiqarish jarayonida yoki ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatishda foydalanish uchun moʻljallangan xom ashyo, xarid qilinadigan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar, yoqilgʻi, idish, ehtiyot qismlar, inventar va xoʻjalik anjomlari, boshqa materiallar zaxiralarini, parvarish qilinayotgan va boʻrdoqiga boqiladigan hayvonlar, materiallarni tayyorlash va xarid qilish boʻyicha xarajatlar, materiallar qiymatidagi tafovutlarni oʻz ichiga oladigan ishlab chiqarish zaxiralari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tugallanmagan asosiy ishlab chiqarish, xususiy ishlab chiqarishdagi yarim tayyor mahsulotlar, tugallanmagan yordamchi va boshqa ishlab chiqarishlar, ishlab chiqarishdagi brakni oʻz ichiga oladigan tugallanmagan ishlab chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) tayyor mahsulot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) tovarlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Debitorlik qarzlari boʻyicha xaridor va buyurtmachilarning qarzlari, alohida boʻlinmalar qarzlari, shuʼba va tobe xoʻjalik jamiyatlari qarzlari, xodimlarga berilgan boʻnaklar, yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan boʻnaklar, budjetga soliqlar va yigʻimlar boʻyicha boʻnak toʻlovlari, davlat maqsadli jamgʻarmalariga va sugʻurta boʻyicha boʻnak toʻlovlari, ustav sarmoyasiga qoʻyilmalar boʻyicha taʼsischilarning boʻnak toʻlovlari, boshqa operatsiyalar boʻyicha xodimlar qarzlari hamda boshqa debitorlar qarzlari summalari oshkor qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Pul mablagʻlari boʻyicha kassadagi naqd pul mablagʻlari qoldigʻi, hisob-kitob schyotidagi pul mablagʻlari, valyuta schyotidagi pul mablagʻlari va boshqa pul mablagʻlari (bankdagi maxsus schyotlar, pul ekvivalentlari, yoʻldagi (oʻtkaziladigan) pul mablagʻlari) summalari oshkor qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-§. OʻZ SARMOYASI (OʻZ SARMOYASI MANBALARI)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. “Xususiy sarmoya” boʻlimida ustav sarmoyasi, qoʻshilgan sarmoya, zaxira sarmoya, sotib olingan oʻz aksiyalari, taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar), maqsadli tushumlar hamda boʻlgʻusi xarajatlar va toʻlovlar zaxiralari oshkor qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-§. MAJBURIYATLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. “Majburiyatlar” boʻlimida uzoq muddatli va joriy majburiyatlar boʻyicha axborotlar alohida oshkor etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Uzoq muddatli majburiyatlar boʻyicha yetkazib beruvchilar va pudratchilarga uzoq muddatli qarzlar, alohida boʻlinmalarga uzoq muddatli qarzlar, shuʼba va tobe xoʻjalik jamiyatlariga uzoq muddatli qarzlar, muddati kechiktirilgan uzoq muddatli daromadlar, soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha muddati kechiktirilgan majburiyatlar, boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar, xaridorlar va buyurtmachilardan olingan boʻnaklar, uzoq muddatli bank kreditlari, uzoq muddatli qarzlar va boshqa uzoq muddatli kreditorlik qarzlari summalari koʻrsatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Foiz stavkalari umumlashuvi, shartnoma majburiyatlarini qoplash shartlari, qoplash navbatliligi, muomala shartlarini umumlashtirish hamda mukofot va diskont summalari buxgalteriya balansi qismida tushuntirish xatida koʻrsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Joriy majburiyatlar boʻyicha yetkazib beruvchilar va pudratchilarga qarzlar, alohida boʻlinmalarga qarzlar, shuʼba va tobe xoʻjalik jamiyatlariga qarzlar, muddati kechiktirilgan daromadlar, soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha muddati kechiktirilgan majburiyatlar, boshqa muddati kechiktirilgan majburiyatlar, olingan boʻnaklar, budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzlar, sugʻurtaga oid qarzlar, davlat maqsadli jamgʻarmalaridan toʻlovlarga oid qarzlar, taʼsischilardan qarzlar, mehnatga haq toʻlashga oid qarzlar, qisqa muddatli bank kreditlari, qisqa muddatli qarzlar, uzoq muddatli majburiyatlarning joriy qismi va boshqa kreditorlik qarzlari summalari oshkor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Agar korxona kredit bitimiga binoan uzoq muddatliligi asosida majburiyatlarni qayta moliyalashni nazarda tutayotgan boʻlsa, uzoq muddatli majburiyatlarning joriy ulushi joriy majburiyatlardan chiqarib tashlanadi. Bunday holda majburiyatlar summasi va qayta moliyalash shartlari oshkor etilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-§. BUXGALTERIYA BALANSI QISMIDAGI TUSHUNTIRISHLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Buxgalteriya balansi qismidagi tushuntirishlar buxgalteriya balansidan foydalanuvchilarni amalda korxonaning mulkiy va moliyaviy ahvolini baholash uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha maʼlumotlar bilan taʼminlashi lozim, ularga shu jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) aktivlarga mulk huquqlaridagi cheklashlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) majburiyatlar boʻyicha berilgan kafolatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) shartli (koʻzda tutilmagan) aktivlar va majburiyatlar, imkon qadar miqdor koʻrinishida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) boʻlgʻusi uzoq muddatli investitsiyalarni moliyalash uchun moʻljallangan mablagʻlar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Buxgalteriya balansi qismidagi tushuntirish xati Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida 1998-yil 26-iyulda 17-07/86-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Buxgalteriya hisobi milliy standarti (1-son BHMS) “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot” (roʻyxat raqami 474, 1998-yil 14-avgust, “Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi”, 1999-yil, 5-son) talablariga muvofiq tuziladi.