Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.08.2024 27.06.2005 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1485
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining buyrugʻi, 27.06.2005 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1485
Kuchga kirish sanasi
07.07.2005
Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.08.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BUYRUGʻI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BUXGALTERIYA HISOBINING MILLIY STANDARTI (7-SONLI BHMS) “NOMODDIY AKTIVLAR”NI YANGI TAHRIRDA TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 27-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1485]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 14-iyundagi 134-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (7-sonli BHMS) “Nomoddiy aktivlar”ni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3547, 09.08.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga asosan va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-noyabrdagi 553-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (7-sonli BHMS) “Nomoddiy aktivlar” (yangi tahriri) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998-yil 12-oktabrda 49-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (7-sonli BHMS) “Nomoddiy aktivlar” (1998-yil 20-oktabr, roʻyxat raqami 506 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999-y., 6-son);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2001-yil 19-iyundagi 54-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (7-sonli BHMS) “Nomoddiy aktivlar”ga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi” (2001-yil 29-iyun, roʻyxat raqami 506-1 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2001-y., 12-son).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri S. RAXIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2005-yil 25-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasi

moliya vazirining 2005-yil 25-martdagi 35-sonli buyrugʻi bilan
“TASDIQLANGAN”

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti 7-sonli BHMS
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(yangi tahriri)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nomoddiy aktivlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS) “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga asosan ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini normativ tartibga solish tizimining elementi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur BHMSning maqsadi mulk, xoʻjalik yuritish yoki tezkor boshqaruv huquqlari asosida banklar va boshqa kredit tashkilotlaridan tashqari xoʻjalik yurituvchi subyektga (keyingi oʻrinlarda — korxona) tegishli boʻlgan nomoddiy aktivlarning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda aks ettirishni uslubiyotini belgilash hisoblanadi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Nomoddiy aktivlarni hisobga olishning asosiy qoidalari boʻlib: tan olish paytini belgilash, balans qiymatini, foydali xizmat muddatini baholash, amortizatsiya hisoblash usullarini belgilash, balans qiymatidagi boshqa oʻzgarishlarni baholash va hisobga olish hamda ularning chiqib ketishidan moliyaviy natijalarni aniqlash, shuningdek ular boʻyicha axborotlarni moliyaviy hisobotda yoritib berish tartibi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur BHMSning qoidalari quyidagilarni hisobga olish qoidalariga nisbatan qoʻllanilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998-yil 3-dekabrda 64-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (11-sonli BHMS) “Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga xarajatlar”ga (roʻyxat raqami 581, 1998-yil 28-dekabr, Normativ hujjatlar axborotnomasi, 1999-y., 6-son) muvofiq hisobga olinadigan ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari xarajatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (6-sonli BHMS) “Ijara hisobi”ga (roʻyxat raqami 1374, 2004-yil 22-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., № 25, 292-modda) muvofiq hisobga olinadigan ijara turlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) kelgusi davr xarajatlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur BHMSda ishlatiladigan asosiy atamalar va taʼriflar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) nomoddiy aktivlar — korxona tomonidan uzoq muddat mobaynida ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish yoki tovarlarni sotish jarayonida foydalanish maqsadida yoxud maʼmuriy va boshqa funksiyalarni amalga oshirish uchun ushlab turiladigan, moddiy-ashyoviy mazmunga ega boʻlmagan identifikatsiyalanadigan mol-mulk obyektlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) amortizatsiya — foydali xizmat muddati mobaynida nomoddiy aktivning amortizatsiyalanadigan qiymatini uning vazifasidan kelib chiqqan holda mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga yoki davr xarajatlariga tizimli taqsimlash va kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) amortizatsiyalanadigan qiymat — kutilayotgan (baholangan) tugatish qiymatini chegirgan holda aktivning boshlangʻich (qayta tiklash) qiymati summasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) foydali xizmat muddati — korxona tomonidan aktivdan foydalanish koʻzda tutilgan davr yoki korxona ushbu aktivdan foydalanishdan olishni moʻljallayotgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) boshlangʻich qiymat — nomoddiy aktivlarni yaratish (ishlab chiqish) yoki sotib olish boʻyicha haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlar qiymati (pul mablagʻlari yoki ularning ekvivalentlarining summasi yoxud boshqa toʻlovlarning joriy qiymati), shu jumladan toʻlangan va qoplanmaydigan soliqlar (yigʻimlar), shuningdek aktivni undan maqsadga muvofiq foydalanish uchun ishga yaroqli holatga keltirish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan boshqa xarajatlar qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) tugatish qiymati — nomoddiy aktivning chiqib ketishi boʻyicha kutilayotgan xarajatlarni chegirgan holda uning foydali xizmat muddati oxirida aktivni tugatish chogʻida olinishi kutilayotgan, aktivning taxmin qilinayotgan (baholangan) summasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) joriy qiymat — maʼlum sanadagi amal qilayotgan bozor narxlari boʻyicha nomoddiy aktivlarning qiymati yoki xabardor qilingan, bitimni amalga oshirishni xohlovchi, bir-biridan mustaqil taraflar oʻrtasida bitimni amalga oshirishda aktivni sotib olish yoki majburiyatlarni bajarish uchun yetarli boʻlgan summa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) qoldiq (balans) qiymat — nomoddiy aktiv moliyaviy hisobotda (buxgalteriya balansida) aks ettiriladigan qiymat va u boshlangʻich (qayta tiklash) qiymati va jamlangan amortizatsiya summasi oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) faol bozor — oldi-sotdi obyektlari bir turda (bir xil) boʻlgan va har qanday vaqtda bitimni amalga oshirishni xohlovchi manfaatdor sotuvchi va xaridorlarni topish mumkin boʻlgan, shuningdek narxlar haqidagi maʼlumotlar oshkor (hammabop) boʻlgan bozor;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) mutlaq huquq — bu qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda faqatgina huquq egasi tomonidan yoki uning roziligi bilan uchinchi shaxsga berilishi mumkin boʻlgan mulkiy huquq.
(4-bandning “k” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Nomoddiy aktivlarni taʼrifi aktivdan xoʻjalik faoliyatida foydalanilishni va u moddiy qiymatga ega boʻlmasligini talab qiladi. Agarda moddiy mohiyatga ega boʻlmagan (pul mablagʻlari koʻrinishida boʻlmagan) aktivlar yuridik huquqlar, jumladan mulk huquqi bilan oʻzaro munosabatda boʻlishi mumkin boʻlgan va ulardan uzoq muddat davomida foydalanilgan taqdirda nomoddiy aktivlar taʼrifiga javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Aktivlarni buxgalteriya hisobiga nomoddiy aktivlar sifatida qabul qilishda bir vaqtning oʻzida quyidagi shartlar bajarilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) moddiy-ashyoviy tuzilishga (shaklga) ega boʻlmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) aktivlardan mahsulot ishlab chiqarishda, ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatishda yoxud korxonaning maʼmuriy va boshqa funksiyalari uchun uzoq muddat, yaʼni davomiyligi 12 oydan yuqori foydali xizmat muddati yoki agar u 12 oydan oshadigan boʻlsa, oddiy operatsion sikl mobaynida foydalanish. Bunda aktivning qiymati bir birlik (komplekt) uchun Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan (xarid qilish paytida) eng kam ish haqi miqdorining kamida ellik baravarini tashkil qiladi. Korxona rahbari nomoddiy aktivlar tarkibida hisobga olish maqsadida hisobot davri uchun aktivlar qiymatining kamroq chegarasini belgilashga haqli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) korxona ushbu aktivni keyinchalik qayta sotishni moʻljallamaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) ishonchlilik, yaʼni korxonada aktiv va unga boʻlgan mutlaq huquqning mavjudligini tasdiqlovchi tegishli ravishda rasmiylashtirilgan hujjatlarning (patentlar, guvohnomalar, boshqa muhofaza qiluvchi hujjatlar, patent, tovar belgisidan voz kechish (sotib olish) shartnomasining) mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) identifikatsiya qilish imkoniyati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Nomoddiy aktiv identifikatsiya qilinadigan boʻlib hisoblanadi, agarda u quyidagi mezonlardan biriga muvofiq kelsa:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ajraladigan boʻlsa, yaʼni uni korxonadan ajratib boʻlsa hamda sotish, berib yuborish, ijaraga berish, alohida yoki ular bilan bogʻliq aktiv, kontrakt yoki majburiyat bilan birga ayirboshlash (gudvilldan tashqari) mumkin boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar EHM uchun dasturlar va maʼlumotlar bazasi tegishli asosiy vositaning (shu jumladan oʻrnatilmagan) tarkibiy qismi hisoblansa, u moddiy aktiv ahamiyatiga ega boʻlgan asosiy vosita bilan birga qaraladi. Agar EHM uchun dasturlar va maʼlumotlar bazasi tegishli asosiy vositaning tarkibiy qismi hisoblanmasa va mutlaq huquq korxonaga tegishli boʻlsa, u nomoddiy aktiv hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ushbu huquqlar beriladigan yoki korxonadan yoxud boshqa huquq va majburiyatlardan ajraladigan boʻlishidan qatʼi nazar, shartnomaviy va boshqa yuridik huquqlardan paydo boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Korxona nomoddiy aktiv bilan bogʻliq kelgusidagi iqtisodiy naf olish ehtimoli faqatgina quyidagi hollarda mavjud boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) aktivning korxonaning kelgusidagi iqtisodiy nafini (daromadini) koʻpaytirishga qodirligi, shuningdek korxonaning aktivdan ushbu maqsadda foydalanish maqsadi isbotlanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) korxona kutilayotgan kelgusidagi iqtisodiy nafni olishi uchun yetarlicha resurslar mavjud boʻlganda yoki ularning hammabopligini isbotlash mumkin boʻlganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Nomoddiy aktivlarning buxgalteriya hisobi birligi boʻlib inventar obyekti hisoblanadi. Nomoddiy aktivlarning inventar obyekti boʻlib bitta patentdan, guvohnomadan, huquqdan voz kechish shartnomasidan va shu kabilardan kelib chiqadigan jami huquqlar hisoblanadi. Bir inventar obyekti boshqasidan ajratilishining (identifikatsiya qilinishining) asosiy belgisi boʻlib, ular tomonidan mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatishda mustaqil vazifalarning bajarilishi yoxud korxonaning maʼmuriy va boshqa funksiyalari uchun ishlatilishi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikkita yoki bir nechta korxona mulkida boʻlgan nomoddiy aktivlar obyekti har bir korxona tomonidan umumiy mulkdagi uning ulushiga teng miqdorda nomoddiy aktivlar tarkibida aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Nomoddiy aktivlarga mazkur BHMSning 6-bandida keltirilgan shartlarning barchasiga javob beruvchi quyidagi obyektlar kiritilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) patent egasining ixtiro, sanoat namunalari va foydali modellarga boʻlgan mutlaq huquqi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) muallif yoki boshqa huquq egasining EHM uchun dasturlar va maʼlumotlar bazalariga boʻlgan mutlaq huquqi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) muallif yoki boshqa huquq egasining integral mikrosxemalarning topologiyalariga boʻlgan mutlaq huquqi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) huquq egasining tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisiga boʻlgan mutlaq huquqi, shuningdek tovar ishlab chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) huquq egasining seleksiya yutuqlariga boʻlgan mutlaq huquqi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) gudvill
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) tabiiy resurslardan foydalanish huquqi, yaʼni yer osti boyliklari, atrof-muhitdagi boshqa resurslar, atrof-muhit toʻgʻrisidagi geologik va boshqa maʼlumotlar va shu kabilardan foydalanish huquqi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) yer uchastkasidan foydalanish huquqi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) boshqa nomoddiy aktivlar (mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatish, iqtisodiy va boshqa imtiyozlardan foydalanish huquqi va shu kabilar).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nomoddiy aktivlar tarkibiga korxona xodimlarining intellektual va ishchanlik sifati, ularning malakasi va mehnatga qobiliyati kiritilmaydi, chunki ular oʻzlarining egalaridan ajralmas hisoblanadi va ularsiz foydalanish mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Nomoddiy aktivlarning kelib tushishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Kelib tushadigan nomoddiy aktivlarning qiymati korxona balansiga kiritilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Nomoddiy aktivlar quyidagilar natijasida korxona balansiga kiritiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ishlab chiqish tugaganidan soʻng yaratilgan obyektni qabul qilish-topshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha obyektni xarid qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ustav kapitaliga taʼsischilarning (ishtirokchilarning) hissasi koʻrinishida kelib tushish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) tekinga kelib tushish (hadya shartnomasi boʻyicha);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) davlat subsidiyalari hisobiga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) ayirboshlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) ortiqcha (hisobga olinmagan) nomoddiy aktivlar obyektlarini aniqlash va boshqa asoslarga koʻra.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Nomoddiy aktivlarni dastlabki baholash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Barcha turdagi nomoddiy aktivlarning dastlabki bahosi boshlangʻich qiymat boʻlishi kerak va ular buxgalteriya hisobiga ushbu qiymat boʻyicha qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Haq evaziga xarid qilingan nomoddiy aktivlarning boshlangʻich qiymati quyidagi xarajatlardan tashkil topadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) huquqdan voz kechish (xarid qilish) shartnomasiga muvofiq huquq egasiga (sotuvchiga) toʻlangan summalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) huquq egasining mutlaq huquqidan voz kechishi (xarid qilish) munosabati bilan amalga oshirilgan roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimlari, davlat bojlari, patent bojlari va boshqa shunga oʻxshash toʻlovlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) bojxona bojlari va yigʻimlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) nomoddiy aktivlarni xarid qilish munosabati bilan toʻlanadigan soliqlar va yigʻimlar summalari (agar ular qoplanmasa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) nomoddiy aktivlarni xarid qilish bilan bogʻliq axborot va maslahat xizmatlari uchun toʻlangan summalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) nomoddiy aktivlar vositachilar orqali xarid qilinganda ularga toʻlanadigan haqlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) nomoddiy aktivlarni yetkazib berish (yaratish) riskini sugʻurtalash boʻyicha xarajatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) aktivdan maqsadga koʻra foydalanish uchun uni yaroqli holatga keltirish bilan bevosita bogʻliq boshqa xarajatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xarid qilingan nomoddiy aktivlarga haq toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar (akkreditiv ochish boʻyicha xarajatlar, oʻtkazmalar uchun bankning vositachilik haqi, nomoddiy aktivlarni chet el valyutasiga xarid qilishda valyuta konvertatsiyasi boʻyicha vositachilik haqi va bankning boshqa xizmatlari), xarid qilish boʻyicha shartnomalarni tayyorlash va roʻyxatdan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar hamda aktivlarni xarid qilish bilan bevosita bogʻliq boʻlmagan boshqa xarajatlar nomoddiy aktivlarning boshlangʻich qiymatiga kiritilmaydi, balki ular sodir boʻlgan hisobot davrida xarajatlar sifatida tan olinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar shartnoma shartlarida toʻlovni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash nazarda tutilgan boʻlsa, sotib olingan nomoddiy aktivlarga haq toʻlash chogʻida haqiqiy xarajatlar buxgalteriya hisobiga dastlab tan olingan kreditorlik qarzi summasi boʻyicha qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreditdan foydalanganlik uchun foizlarni toʻlashga doir xarajatlar qarz kapitali hisobidan toʻliq yoki qisman sotib olingan nomoddiy aktivlarning boshlangʻich qiymatiga kiritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Korxonaning oʻzi tomonidan yaratilgan (ishlab chiqilgan) nomoddiy aktivlarning boshlangʻich qiymati ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga haqiqiy xarajatlar summasi sifatida aniqlanadi. Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga xarajatlar tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998-yil 3-dekabrda 64-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (11-sonli BHMS) “Ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalariga xarajatlar”ga (roʻyxat raqami 581, 1998-yil 28-dekabr, Normativ hujjatlar axborotnomasi, 1999-y., 6-son) muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nomoddiy aktivlarni ishlab chiqish davrida ularni ishlab chiqish uchun olingan kredit boʻyicha hisoblangan foizlar ishlab chiqilgan nomoddiy aktivlarning boshlangʻich qiymatiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Chet el valyutasida xarid qilingan nomoddiy aktivlarning boshlangʻich qiymati mazkur BHMSning 14-bandida nazarda tutilgan tegishli xarajatlarni hisobga olgan holda, sotib olish sanasidagi chet el valyutasidagi summalarni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha qayta hisoblash yoʻli bilan soʻmda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Korxona ustav kapitaliga ulush hisobiga olingan nomoddiy aktivlarning boshlangʻich qiymati, agarda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida boshqa tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, korxona taʼsischilari (ishtirokchilari) tomonidan kelishilgan ularning puldagi bahosi asosida tan olinadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Korxona tomonidan boshqa shaxslardan tekinga (hadya shartnomasi boʻyicha) va davlat subsidiyasi hisobiga olingan nomoddiy aktivlarning boshlangʻich qiymati mazkur BHMSning 14-bandida nazarda tutilgan xarajatlarni hisobga olgan holda, agarda joriy qiymat ushbu turdagi nomoddiy aktivlar uchun faol bozorni hisobga olgan holda belgilangan boʻlsa, ishonchli hisoblangan joriy qiymat boʻyicha aniqlanadi. Ushbu turdagi nomoddiy aktivlar uchun faol bozor mavjud boʻlmagan taqdirda, ularning boshlangʻich qiymati nominal qiymat boʻyicha yoki agarda nomoddiy aktivni foydalanishga yaroqli holatga keltirish bilan bogʻliq haqiqiy xarajatlar mavjud boʻlsa, ularning summasi boʻyicha aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xuddi shunday nomoddiy aktivga ayirboshlash yoʻli bilan olingan nomoddiy aktivning boshlangʻich qiymati berilgan nomoddiy aktivning qoldiq qiymatiga teng.
(19-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nomoddiy aktiv qoʻshimcha toʻlov bilan ayirboshlangan holatlarda xuddi shunday nomoddiy aktivga almashtirish yoʻli bilan xarid qilingan nomoddiy aktivning boshlangʻich qiymati berilgan nomoddiy aktivning ayirboshlanish chogʻida oʻtkazilgan (olingan) pul mablagʻlari yoki ularning ekvivalentlari summasiga oshirilgan (kamaytirilgan) qoldiq qiymatiga teng.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xuddi shunday boʻlmagan nomoddiy aktivga ayirboshlash yoʻli bilan olingan nomoddiy aktivning boshlangʻich qiymati berilgan nomoddiy aktivning joriy qiymatiga teng.
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nomoddiy aktiv qoʻshimcha toʻlov bilan ayirboshlangan holatlarda xuddi shunday boʻlmagan nomoddiy aktivga almashtirish yoʻli bilan xarid qilingan nomoddiy aktivning boshlangʻich qiymati berilgan nomoddiy aktivning ayirboshlanish chogʻida oʻtkazilgan (olingan) pul mablagʻlari yoki ularning ekvivalentlari summasiga oshirilgan (kamaytirilgan) joriy qiymatiga teng.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda majburiyatlarni (toʻlovni) pul koʻrinishida boʻlmagan mablagʻlar bilan bajarish nazarda tutiladigan shartnomalar boʻyicha olingan nomoddiy aktivlarning boshlangʻich qiymati deb korxona tomonidan berilgan yoki berilishi lozim boʻlgan qimmatliklarning joriy qiymati tan olinadi. Korxona tomonidan berilgan yoki beriladigan mavjud qimmatliklarning joriy qiymati korxonaning taqqoslash sharti bilan shunga oʻxshash mavjud qimmatliklar joriy qiymatini belgilaydigan narxlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxona tomonidan berilgan yoki beriladigan mavjud qimmatliklarning joriy qiymatini belgilash imkoniyati mavjud boʻlmagan hollarda, majburiyatlarni (toʻlovni) pul koʻrinishida boʻlmagan mablagʻlar bilan bajarish nazarda tutiladigan shartnomalar boʻyicha korxona tomonidan olingan nomoddiy aktivlarning qiymati shunga oʻxshash nomoddiy aktivlarning taqqoslash sharti bilan sotib olinadigan joriy qiymatidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Bitta umumiy summada xarid qilingan nomoddiy aktivlarning har birining boshlangʻich qiymati ushbu summani alohida nomoddiy aktivning joriy qiymatiga mutanosib ravishda taqsimlash bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-1. Mazkur BHMSning 14-bandida nazarda tutilgan xarajatlar amalga oshirilgan taqdirda, korxona tomonidan nomoddiy aktivlar obyektlari ustav kapitaliga hissa hisobiga, tekin yoki ayirboshlash asosida qabul qilinganda nomoddiy aktivning tannarxi ushbu xarajatlar summasiga oshadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Nomoddiy aktivlarning buxgalteriya hisobiga qabul qilingan boshlangʻich qiymati Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida va mazkur BHMSda belgilangan holatlardan tashqari hollarda oʻzgartirilmaydi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Nomoddiy aktiv dastlab tan olingandan soʻng moliyaviy hisobotda jamgʻarilgan amortizatsiya ayrilgan holda boshlangʻich qiymat (qoldiq qiymat) boʻyicha yoki qayta baholangan qiymat (mumkin boʻlgan muqobil usul) boʻyicha aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nomoddiy aktivni dastlab tan olingandan soʻng moliyaviy hisobotda aks ettirishda qoʻllanadigan usul majburiy tartibda korxonaning hisob siyosatida koʻrsatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Nomoddiy aktivlarga oʻtkaziladigan kapital qoʻyilmalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Nomoddiy aktivlarning boshlangʻich qiymati dastlab moʻljallangan kelgusidagi iqtisodiy nafni oshirishga imkon beradigan, ushbu nomoddiy aktivlarni takomillashtirish va ularning imkoniyatlari va foydali xizmat muddatini oshirish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar summasiga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Korxona aktivning foydali xizmat muddati davomida mavjud boʻladigan kutilishi mumkin boʻlgan iqtisodiy sharoitlar haqidagi rahbariyatning maʼqul boʻlgan bahosini ifodalovchi asoslangan va tasdiqlangan taxminidan foydalangan holda kelgusidagi iqtisodiy naf olish ehtimolini baholaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. Nomoddiy aktivlarni qayta baholash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Nomoddiy aktivlarni qayta baholash — nomoddiy aktivlarning balans (qayta tiklash) qiymatini joriy bozor narxlari darajasiga muvofiqlashtirish maqsadida ularni vaqti-vaqti bilan aniqlashtirishdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Korxona qayta baholashni joriy qiymatni faol bozor maʼlumotlari asosida aniq belgilash mumkin boʻlgan shartlarda, qayta baholash sanasidagi joriy qiymatni tasdiqlovchi hujjatlar asosida amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayta baholashni balans (qayta tiklash) qiymati balans hisobotini tuzish sanasidagi bozor qiymatidan farq qilmasligi uchun muntazam ravishda amalga oshirish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nomoddiy aktivni qayta baholashda ushbu qayta baholanayotgan aktiv taalluqli boʻlgan bir turdagi nomoddiy aktivlarning barcha guruhi qayta baholanishi kerak, bunday aktivlar uchun faol bozor mavjud boʻlmagan holatlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayta baholash natijasida nomoddiy aktivlar buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda joriy (qayta tiklash) qiymati boʻyicha aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Nomoddiy aktivning joriy qiymatini nomoddiy aktivning ushbu turi boʻyicha faol bozor narxlari asosida belgilash mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ilgari qayta baholangan nomoddiy aktivning joriy qiymatini faol bozor maʼlumotlari asosida aniqlash mumkin boʻlmasa, nomoddiy aktivning balans qiymati jamlangan amortizatsiya chegirilgan holda faol bozor maʼlumotlari asosida uning oxirgi qayta baholangan sanadagi qayta tiklash qiymati boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Nomoddiy aktivlarni qayta baholashda joriy qiymatni hujjatlar asosida tasdiqlash uchun korxonaning ixtiyoriga koʻra quyidagilardan foydalanilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tayyorlovchi firmalar va ularning rasmiy dilerlari hamda vakolatxonalaridan yozma shaklda olingan xuddi shunday nomoddiy aktivga doir narxlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qayta baholashni oʻtkazish sanasiga va nomoddiy aktivlarni xarid qilish sanasiga Markaziy bank kurslarining nisbati sifatida aniqlanadigan hisob-kitob koeffitsiyentini qoʻllagan holda xarid qilish sanasi boʻyicha EKVda nomoddiy aktivlarning qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) qayta baholashni oʻtkazish davrida ommaviy axborot vositalari va maxsus adabiyotlar va shu kabilarda eʼlon qilingan narxlar darajasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) tegishli nomoddiy aktivning qiymati toʻgʻrisida baholovchining hisoboti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Nomoddiy aktivlarning boshlangʻich (qayta tiklash) qiymatini qayta baholashda ularning qayta baholash sanasidagi jamgʻarilgan amortizatsiyasi nomoddiy aktivlarning boshlangʻich (qayta tiklash) qiymatini oʻzgartirishning tegishli indekslariga tuzatiladi hamda keyinchalik amortizatsiyani hisoblash qayta baholangan (qayta tiklash) qiymatidan amalga oshiriladi. Qayta baholash indeksi nomoddiy aktivning joriy qiymatini uning boshlangʻich qiymatiga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Qayta baholash natijasida nomoddiy aktivlarning bahosini oʻsishi summasi rezerv kapitali tarkibiga “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash boʻyicha tuzatishlar” schyotiga olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayta baholash natijasida nomoddiy aktivlar bahosining pasayish summasi avvalgi hisobot davrlarida oʻtkazilgan ushbu obyekt bahosining pasayish summasi chegarasida “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash boʻyicha tuzatishlar” schyoti boʻyicha rezerv kapitalini kamaytirishga olib boriladi. Obyekt bahosining pasayish summasining uning bahosini oʻsishi summasidan yuqorisi boshqa operatsion xarajatlarga olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Nomoddiy aktivlarning qayta baholash natijalari nomoddiy aktivlarni qayta baholash amalga oshirilgan joriy davrda moliyaviy hisobotda aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-§. Xarajatni aks ettirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Nomoddiy aktivni xarid qilish yoki barpo etishga taalluqli boʻlgan, nomoddiy aktiv taʼrifini qanoatlantirmaydigan yoki ushbu BHMSning 6-bandida koʻrsatilgan shartlarga javob bermaydigan xarajatlar yuzaga kelgan hisobot davrida xarajat sifatida aks ettirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Nomoddiy aktivlarga taalluqli boʻlgan, dastlab davr xarajatlari sifatida aks ettirilgan xarajatlar keyingi davrlarda aktiv sifatida aks ettirilmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Nomoddiy aktivlarni foydalanish uchun yaroqli holatda tutib turish va undan foydalanishdan kelgusidagi iqtisodiy nafning dastlab belgilangan miqdorini olish uchun amalga oshirilgan xarajatlar hisobot davri xarajatlari tarkibiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Nomoddiy aktivlar bilan bogʻliq keyingi xarajatlar amalga oshirilgan hisobot davrining xarajatlari sifatida tan olinishi lozim, agarda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bu xarajatlar aktivlarga bevosita aloqador kelgusidagi iqtisodiy nafni koʻpaytirish imkonini berish isboti mavjud boʻlmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) bu xarajatlar oʻlchanishi va ushbu aktivga yuqori darajada kiritilishi mumkin boʻlmasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu shartlarga rioya etilgan holda nomoddiy aktiv bilan bogʻliq keyingi xarajatlar uning balans qiymatiga kiritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-§. Amortizatsiyani hisoblash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Nomoddiy aktivlarning qiymati amortizatsiya hisoblash yoʻli bilan qoplanadi. Amortizatsiyalanadigan qiymat foydali xizmat muddati mobaynida korxona xarajatlariga amortizatsiya ajratmalari koʻrinishida tizimli taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Nomoddiy aktiv boʻyicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash mazkur obyekt nomoddiy aktivlar tarkibiga qabul qilingan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlanadi hamda mazkur obyektning amortizatsiyalanadigan qiymati toʻliq qoplangunga yoxud bu obyektni balansdan hisobdan chiqarilgunga qadar amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Nomoddiy aktiv boʻyicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash mazkur obyektning amortizatsiyalanadigan qiymati toʻliq qoplangan yoki bu obyekt balansdan hisobdan chiqarilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasida toʻxtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Nomoddiy aktivning foydali xizmat muddati davomida amortizatsiya ajratmalarini hisoblash toʻxtatilmaydi, nomoddiy aktivdan foydalanishda bevosita va bilvosita cheklovlar (masalan: asosiy vositalar va boshqa aktivlarni konservatsiyalash, rekonstruksiya, modernizatsiya qilish) mavjud boʻlgan holatlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Nomoddiy aktivlar boʻyicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash hisobot davridagi korxona faoliyati natijalaridan qatʼiy nazar amalga oshiriladi va u tegishli boʻlgan hisobot davrining buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Nomoddiy aktivlar boʻyicha hisoblangan amortizatsiya summalari alohida schyotlarda tegishli summalarni jamgʻarish yoʻli bilan buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Nomoddiy aktivning foydali xizmat muddatini aniqlashda quyidagi omillarni eʼtiborga olish lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) nomoddiy aktivning kutilayotgan foydali xizmat muddati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ishlab chiqarishni oʻzgartirish va yaxshilash natijasida yoki mazkur aktiv tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotga (ishlarga, xizmatlarga) nisbatan bozor talablarining oʻzgarishi natijasida texnik eskirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) aktivdan foydalanishdagi yuridik va boshqa cheklovlar (masalan, foydali xizmat muddatining tugashi bilan bogʻliq boʻlgan cheklovlar).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Nomoddiy aktivlarning foydali xizmat muddati korxona tomonidan nomoddiy aktiv buxgalteriya hisobiga qabul qilinish chogʻida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nomoddiy aktivlarning foydali xizmat muddatini belgilash quyidagilardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) patent, guvohnomaning amal qilish muddati va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq nomoddiy aktivlardan foydalanish muddati boʻyicha boshqa cheklovlar;
(45-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) korxona iqtisodiy naf (daromad) olishi mumkin boʻlgan davrda ushbu obyektdan foydalanish koʻzda tutilayotgan muddat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nomoddiy aktivlarning alohida guruhlari uchun foydali xizmat muddati ushbu nomoddiy aktivdan foydalanish natijasida olinishi kutilayotgan mahsulotlar miqdori yoki ishlar hajmining boshqa natural koʻrsatkichidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Foydali xizmat muddatini belgilash mumkin boʻlmagan nomoddiy aktivlar boʻyicha amortizatsiya ajratmalari meʼyori besh yil hisobida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nomoddiy aktivlarning foydali xizmat muddati, agarda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida boshqa tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, nomoddiy aktiv foydalanishga tayyor boʻlgan paytdan boshlab korxonaning faoliyat koʻrsatish muddatidan oshmasligi lozim.
(45-band “b” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Amortizatsiya quyidagi usullarni qoʻllash yoʻli bilan hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) amortizatsiyani bir maromli (toʻgʻri chiziqli) hisoblash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amortizatsiyani bir maromli (toʻgʻri chiziqli) hisoblash usulida amortizatsiya nomoddiy aktivlarni foydali xizmat muddati mobaynida ularning amortizatsiyalanadigan qiymatidan kelib chiqqan holda bir maromda, teng ulushlarda hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur usulga koʻra nomoddiy aktivlarning amortizatsiyalanadigan qiymati uning xizmat muddati davomida tegishli xarajatlarga bir maromda hisobdan chiqariladi (taqsimlanadi). Usul amortizatsiya meʼyori foydali xizmat muddatining davom etish vaqtiga bogʻliqligiga asoslangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amortizatsiyani bir maromli (toʻgʻri chiziqli) hisoblash usulida amortizatsiya ajratmalarining yillik summasi ushbu nomoddiy aktivning amortizatsiyalanadigan qiymati va foydali xizmat muddatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda amortizatsiyani hisoblash (ishlab chiqarish) usuli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amortizatsiyani hisoblashning ishlab chiqarish usuli har bir muayyan yilda nomoddiy aktivdan foydalanishdan olinadigan mahsulotlarni hisobga olishga asoslangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur usul boʻyicha amortizatsiyaning har yilgi qiymatini hisoblash uchun butun foydali xizmat muddatidagi umumiy baholangan ishlab chiqarish quvvati yigʻindisini va mazkur muayyan yildagi ishlab chiqarish quvvati aniqlash lozim. Ishlab chiqarish quvvati sifatida ishlab chiqariladigan mahsulot birliklari soni, ishlangan soatlar soni va boshqalar olinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amortizatsiyani hisoblashning ishlab chiqarish usulida yillik amortizatsiya ajratmalari summasi hisobot davridagi mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmining natural koʻrsatkichidan hamda amortizatsiyalanadigan qiymatning nomoddiy aktiv butun foydali xizmat muddatidagi nazarda tutilayotgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmiga nisbatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Nomoddiy aktivlardan intensiv foydalanilganda, shuningdek ilmiy-texnikaviy jarayonning katta taʼsirida nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi quyidagi usullarda hisoblanadigan jadallashtirilgan amortizatsiya yoʻli bilan ifodalanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ikki baravar amortizatsiya meʼyori bilan qoldiqni kamaytirish usuli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) yillar yigʻindisi usuli (kumulyativ usul).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Ikki baravar amortizatsiya meʼyori bilan qoldiqni kamaytirish usuliga koʻra amortizatsiya ajratmalarining yillik summasi hisobot yili boshidagi nomoddiy aktivning qoldiq qiymatidan va mazkur nomoddiy aktivning foydali xizmat muddatidan kelib chiqib hisoblangan amortizatsiyaning ikki baravar meʼyoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Ikki baravar amortizatsiya meʼyori bilan qoldiqni kamaytirish usuli boʻyicha amortizatsiyani hisoblashda kutilayotgan tugatish qiymati boshlangʻich (qayta tiklash) qiymatidan chegirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Yillar yigʻindisi usuliga (kumulyativ usulga) koʻra har yili amortizatsiya meʼyori amortizatsiya muddati oxiriga qadar qoladigan amortizatsiyalanadigan qiymatdagi ulush sifatida aniqlanadi. Ulush amortizatsiya ajratmalari tugaguniga qadar qoladigan toʻliq yillar sonini amortizatsiya muddatini tashkil qiladigan yillar tartib sonlari yigʻindisiga boʻlish orqali aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yillar yigʻindisi usulida (kumulyativ usulda) amortizatsiya ajratmalarining yillik summasi nomoddiy aktivning tugatish qiymati ayrilgan holda boshlangʻich (qayta tiklash) qiymatidan hamda suratida nomoddiy aktivning foydali xizmat muddatining oxiriga qadar qoladigan yillar soni, maxrajida esa — nomoddiy aktivning foydali xizmat muddati yillari soni yigʻindisining nisbatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Hisobot yili davomida nomoddiy aktivlar boʻyicha amortizatsiya ajratmalari qoʻllaniladigan hisoblash usulidan qatʼi nazar, (amortizatsiya hisoblashning ishlab chiqarish usulidan tashqari) yillik summaning 1/12 miqdorida har oyda hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mavsumiy tusdagi ishlab chiqarish korxonalarida foydalaniladigan nomoddiy aktivlar boʻyicha amortizatsiya ajratmalarining yillik summasi korxona tomonidan nomoddiy aktivlardan foydalanish davri mobaynida bir maromda hisobot yilida hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Nomoddiy aktivlarning har xil turlariga (guruhlariga) nisbatan amortizatsiyani hisoblashning turli usullari qoʻllaniladi. Bunda bir turdagi nomoddiy aktivlar boʻyicha (guruhi, turi va boshqalar boʻyicha) faqat bitta usul qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Qoʻllaniladigan amortizatsiyani hisoblash usuli va nomoddiy aktivning foydali xizmat muddatini qayta koʻrib chiqish mumkinligi korxonaning hisob siyosatida majburiy tartibda aks ettirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Agar nomoddiy aktivlardan foydalanishdan kutilayotgan iqtisodiy nafda sezilarli darajada oʻzgarish yuz bersa, amortizatsiya hisoblash usuli, agar yuzaga kelgan holatlar amortizatsiya usulining oʻzgartirilishini oqlasa, oʻzgarayotgan tendensiyani aks ettiradigan tarzda oʻzgartirilishi mumkin. Bunday oʻzgarish hisob siyosatida aks ettirilishi lozim. Bunda moliyaviy hisobotga tushuntirish xatida mazkur oʻzgarish sabablari va ularning iqtisodiy samarasi ochib berilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Agar nomoddiy aktivlarni yaxshilaydigan va mos ravishda, xizmat muddatini uzaytiradigan yoki bu muddatni qisqartiradigan amalga oshirilgan xarajatlarni hisobga olgan holda kelgusi davrda aktivning foydali xizmat muddatining oʻzgarishi yoki kelgusidagi iqtisodiy foydani olish shartlarining oʻzgarishi kutilayotgan boʻlsa, nomoddiy aktivning foydali xizmat muddati har bir hisobot yili oxirida qayta koʻrib chiqilishi mumkin, shuningdek, agar prognozlar dastlabki baholardan sezilarli darajada farq qilsa, joriy va kelgusi davrlar uchun amortizatsiya summasini koʻpaytirish yoki kamaytirish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nomoddiy aktivning amortizatsiyasi oʻzgartirilgan oydan keyingi oydan boshlab yangi amortizatsiya hisoblash usuli va foydali xizmat muddatidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Nomoddiy aktivlarning amortizatsiyalanadigan qiymatini hisoblashda ularning tugatish qiymati hisobga olinadi. Tugatish qiymati muhim boʻlmagan taqdirda, u amortizatsiyalanadigan qiymatni hisoblab chiqarishda hisobga olinmasligi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar tugatish qiymati ahamiyatga ega boʻlsa, u nomoddiy aktivlar xarid qilingan sanada yoki ularni qayta baholash sanasida aniqlanadi. Tugatish qiymati nomoddiy aktivlarning xizmat muddati oxirida tugatish boʻyicha kutilayotgan xarajatlarga kamaytirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Nomoddiy aktivning tugatish qiymati quyidagi hollarda nolga teng deb hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) kutilayotgan foydali xizmat muddati oxirida uchinchi taraf bilan uni sotib olish haqidagi bitim mavjud boʻlmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) nomoddiy aktivning tugatish qiymati faol bozordagi dalillar bilan ishonchli aniqlanishi mumkin emasligi munosabati bilan ushbu nomoddiy aktiv uchun faol bozor mavjud boʻlmasa hamda nomoddiy aktivning kutilayotgan foydali xizmat muddati oxirida bunday bozorning mavjud boʻlish ehtimoli boʻlmasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-§. Nomoddiy aktivlardan foydalanish huquqini berish bilan bogʻliq operatsiyalar hisobi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Nomoddiy aktivlardan foydalanish huquqini berish bilan bogʻliq operatsiyalar huquq egasi va foydalanuvchi oʻrtasida tuzilgan, korxonaga nomoddiy aktivlardan foydalanish huquqini beradigan (masalan, huquq egasi tomonidan korxonaga tovar belgisidan muayyan muddat mobaynida, maʼlum hududda foydalanish huquqi, mahsulotlar ishlab chiqarish avtomatlashtirilgan boshqaruvining texnologik dasturidan foydalanish huquqi, sanoat namunalaridan foydalanish huquqi va boshqa huquqlarning berilishi) litsenziya shartnomalari (mutlaq, nomutlaq, ochiq litsenziya), mualliflik (fan, adabiyot va sanʼat asarlaridan foydalanish mutlaq, nomutlaq huquqini berish toʻgʻrisidagi) shartnomalari, tijorat konsessiya shartnomalari va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq tuzilgan boshqa shunga oʻxshash shartnomalar asosida buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
(57-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Huquqqa ega korxona tomonidan nomoddiy aktivlarga boʻlgan mutlaq huquq saqlab qolingan holda, boshqa foydalanuvchi korxonaga foydalanishga berilgan nomoddiy aktivlar balansdan hisobdan chiqarilmaydi, balki huquqqa ega korxonaning buxgalteriya hisobida mazkur BHMSning 3-paragrafi qoidalariga muvofiq bahoda aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Foydalanishga berilgan nomoddiy aktivlar boʻyicha amortizatsiyani hisoblash huquqqa ega korxona tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Foydalanishga olingan nomoddiy aktivlar foydalanuvchi korxona tomonidan shartnomaga kiritilgan bahoda balansdan tashqari schyotda hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda taqdim etilgan nomoddiy aktivlar obyektlaridan foydalanish huquqi uchun shartnomada belgilangan tartib va muddatda hisoblab chiqariladigan va toʻlanadigan mualliflik haqini qoʻshgan holda, davriy toʻlovlar koʻrinishida amalga oshiriladigan toʻlovlar foydalanuvchi korxona tomonidan hisobot davri xarajatlariga kiritiladi, taqdim etilgan nomoddiy aktivlar obyektlaridan foydalanish huquqi uchun mualliflik haqini qoʻshgan holda, qatʼiy bir martalik toʻlov koʻrinishida amalga oshiriladigan toʻlovlar esa foydalanuvchi korxona tomonidan kelgusi davr xarajatlari sifatida buxgalteriya hisobida aks ettiriladi va shartnomaning amal qilish muddati mobaynida tegishli hisobot davri xarajatlariga (maqsadiga koʻra) hisobdan chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-§. Gudvill hisobining xususiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Korxonaning bozor qiymati korxona tomonidan kelgusida olinish ehtimoli mavjud boʻlgan iqtisodiy naf bozori bahosini aks ettiradi. Korxonaning bozor qiymati bilan identifikatsiya qilinadigan aktivlarning balans qiymati oʻrtasidagi farq istalgan paytda oʻz ichiga korxonaning qiymatiga taʼsir etuvchi bir qator omillarni olishi mumkin. Biroq bunday farq ushbu paytda korxona nazorat qilayotgan aniq aktivlarning qiymatini ifodalamaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Korxonaning oʻzi yaratgan gudvill aktiv sifatida aks ettirilmasligi kerak, chunki u korxonani sotib olish paytida xarid qilish narxi bilan mazkur korxonani tashkil qiluvchi aktivlarning haqiqiy narxi oʻrtasidagi farq sifatida yuzaga keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Xarid qilingan gudvillning miqdori hisob-kitob qilish yoʻli bilan, xarid qilinayotgan korxonaning haqiqiy qiymati bilan uni xarid qilish sanasidagi korxona sof aktivlarining bozor qiymati (barcha majburiyatlar summasi ayrilgan holda aktivlarning bozor qiymati) oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Gudvill summasiga kelgusidagi iqtisodiy nafni kutib, xaridor tomonidan toʻlanadigan narxga qoʻshimcha sifatida qarash va alohida inventar obyekti sifatida hisobga olish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Manfiy gudvill summasini stabil xaridorlar mavjudligi omili, sifat reputatsiyasi, marketing va sotish qobiliyati, ish yuzasidan aloqalar, boshqarish tajribasi, xodimlar malaka darajasi va shu kabilar boʻlmagan taqdirda, xaridorga taqdim etiladigan narxdan chegirma sifatida koʻrish va muddati kechiktirilgan daromadlar (kelgusi davr daromadlari) sifatida hisobga olish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Gudvill boʻyicha amortizatsiya ajratmalari uning foydali xizmat muddati mobaynida boshlangʻich qiymatini kamaytirish yoʻli bilan buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gudvill summasini hisobdan chiqarish davri korxonaga kelgusidagi iqtisodiy naf tushumi kutilayotgan davrning eng yaxshi bahosini aks ettirishi kerak. Gudvillning foydali xizmat muddati dastlab tan olingan paytdan boshlab yigirma yildan oshmasligi kerak (lekin korxonaning faoliyat koʻrsatish muddatidan oshib ketmasligi lozim).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gudvill boʻyicha amortizatsiya ajratmalari mazkur BHMSning 7-paragrafida nazarda tutilgan tartibda va usullarni qoʻllagan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliyaviy hisobotda gudvillning qiymati tegishli hisobot davrida amalga oshirilgan hisobdan chiqarishlarni chegirgan holda aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Manfiy gudvill summasi sotib olingan amortizatsiyalanadigan alohida aktivlarning oʻrtacha tortilgan foydali xizmat muddati mobaynida tizimli ravishda korxonaning moliyaviy natijalarga asosiy faoliyatdan boshqa daromadlar sifatida kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-§. Nomoddiy aktivlarning chiqib ketishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Chiqib ketayotgan nomoddiy aktivlarning qiymati balansdan hisobdan chiqariladi. Nomoddiy aktivlar quyidagilar natijasida korxona balansidan hisobdan chiqariladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tugatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) sotish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ayirboshlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) tekinga berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) ustav kapitaliga taʼsischi hissasi sifatida berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) ishtirokchilar tarkibidan ishtirokchining chiqib ketishi chogʻida nomoddiy aktivlar bilan hisob-kitob qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) kamomad faktini aniqlash va boshqalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Nomoddiy aktivlarning chiqib ketishidan moliyaviy natija (foyda yoki zarar) nomoddiy aktivlarning chiqib ketishidan olingan daromaddan ularning qoldiq (balans) qiymatini, nomoddiy aktivlarning chiqib ketishi bilan bogʻliq boʻlgan bilvosita soliqlar va xarajatlarni chegirib tashlash orqali aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nomoddiy aktivning chiqib ketishidan koʻrilgan moliyaviy natijani (foyda yoki zararni) aniqlashda ilgari qayta baholangan nomoddiy aktivning bahosini oʻsishi summasi, yaʼni mazkur nomoddiy aktivni ilgarigi bahosini oʻsishi summalarining ilgarigi bahosini pasayishi summasidan yuqorisi bir vaqtning oʻzida “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash boʻyicha tuzatishlar” schyoti boʻyicha rezerv kapitalini kamaytirish bilan nomoddiy aktivning chiqib ketishidan koʻrilgan daromad sifatida “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” schyoti kreditiga olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-§. Nomoddiy aktivlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Korxonalarning nomoddiy aktivlardan foydalanishga doir huquqlarini tasdiqlaydigan hujjatlarning haqiqatda mavjudligini, balansda nomoddiy aktivlarni toʻgʻri va oʻz vaqtida aks ettirilganligini aniqlash va ularning saqlanishini nazorat qilish maqsadida korxonalar tomonidan vaqti-vaqti bilan, biroq ikki yilda kamida bir marta nomoddiy aktivlarni inventarizatsiyadan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Nomoddiy aktivlarning inventarizatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999-yil 19-oktabrda EG/17-19-2075-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (19-sonli BHMS) “Inventarizatsiyani tashkil qilish va oʻtkazish”da (roʻyxat raqami 833, 1999-yil 2-noyabr) belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. Inventarizatsiyada aniqlangan ortiqcha nomoddiy aktivlar boshqa operatsion daromadlar sifatida aks ettiriladi. Inventarizatsiya vaqtida kamomad fakti aniqlangan yetishmayotgan nomoddiy aktivlar aybdor shaxslar aniqlangunga qadar kamomadlarni hisobga oluvchi schyotda aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-§. Axborotni yoritib berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Moliyaviy hisobot nomoddiy aktivlar uchun hamda nomoddiy aktivlarning har bir guruhiga nisbatan qabul qilingan hisob siyosatini quyidagilar haqida yoritishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) korxona tomonidan nomoddiy aktivlarning (alohida guruhlari boʻyicha) foydali xizmat muddatlari belgilanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) nomoddiy aktivlarning alohida guruhlari boʻyicha amortizatsiya ajratmalarini hisoblash usullari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) korxonada mavjud boʻlgan barcha nomoddiy aktivlarning hisobot davri boshi va oxiridagi umumiy balans qiymati va jamgʻarilgan amortizatsiya summasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) kelib tushishi, chiqib ketishi va boshqa harakatlari natijasida hisobot davri boshi va oxirida nomoddiy aktivlarning balans qiymatidagi oʻzgarishlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) korxonaning oʻzi tomonidan yaratilgan nomoddiy aktivlarning balans qiymati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Moliyaviy hisobot quyidagilarni ham ochib berishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) balans qiymati korxonaning moliyaviy hisobot uchun muhim hisoblangan nomoddiy aktiv tavsifi, balans qiymati va qolgan amortizatsiya davri;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) egalik qilish huquqida cheklovlar mavjud boʻlgan nomoddiy aktivlarning umumiy balans qiymati, shuningdek majburiyatlar boʻyicha kafolat sifatida berilgan nomoddiy aktivlarning umumiy qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) amortizatsiya hisoblanmaydigan nomoddiy aktivlar tavsifi va balans qiymati hamda amortizatsiya hisoblanmasligi sabablari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. Korxona quyidagilarni qisqacha ochib berishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) moliyaviy hisobot tuzilishi sanasiga nomoddiy aktiv deb tan olinish mezonlariga javob beradigan, biroq avvalgi hisobot davrida xarajat sifatida tan olingan ahamiyatli nomoddiy moddalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) kelgusida iqtisodiy naf olinishi kutilayotgan nomoddiy aktivlarni yaratish yoki yaxshilashga yoʻnaltirilgan faoliyat turlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. Navbatdagi maʼlumot nomoddiy aktivlar moddalarini qayta baholangan qiymatini aks ettirishda yoritib berishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) joriy qiymat aniqlangan asos;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qayta baholashning haqiqatdagi sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) nomoddiy aktivlar guruhlaridagi aktivlarning joriy qiymatini toʻgʻri aniqlash mumkin boʻlmaganlarining balans qiymati hamda sabablari.
(Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2009-yil 21-yanvardagi 7-son (roʻyxat raqami 1485-1, 2009-yil 14-fevral), 2013-yil 17-maydagi 51-son (roʻyxat raqami 1485-2, 2013-yil 22-may), 2016-yil 5-sentabrdagi 66-son (roʻyxat raqami 1485-3, 2016-yil 9-sentabr), 2017-yil 12-iyundagi 74-son (roʻyxat raqami 1485-4, 2017-yil 16-iyun) buyruqlari bilan kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan.
Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)