Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 22.09.1998 yildagi 404-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

XALQ XOʻJALIGIDA OʻZARO HISOB-KITOBLARNI YaXShILASh VA KORXONALAR AYLANMA MABLAGʻLARINING SAQLANIShINI TAʼMINLASh BOʻYIChA QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalq xoʻjaligida toʻlov intizomini taʼminlash, korxonalar aylanma mablagʻlarini saqlash va toʻldirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1-ilovaga muvofiq vazirliklar va idoralar korxonalarning aylanma mablagʻlarini (ishlab chiqarish zaxiralarini, tayyor mahsulotlari va yarim tayyor mahsulotlari qoldiqlarini hamda tugallanmagan ishlab chiqarishlarini) va oʻrnatilmagan asbob-uskunalarini 1998-yil 1-oktabrdagi holatiga koʻra qayta roʻyxatdan oʻtkazsinlar, uning natijalarini 1998-yilning 9 oyi boʻyicha buxgalteriya hisobotida albatta aks ettirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tasarruflaridagi xoʻjalik yurituvchi subyektlar boʻyicha qayta roʻyxatdan oʻtkazishning oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuqorida qayd etilgan vazirliklar, idoralar, tarmoq konsernlari, korporatsiyalari, uyushmalari va xolding kompaniyalari rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aylanma mablagʻlar va oʻrnatilmagan asbob-uskunalarni qayta roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish 2-ilovaga* muvofiq tarmoq ekspert komissiyalariga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova rus tilidagi matnda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tarmoq ekspert komissiyalari 1-ilovaga muvofiq vazirliklar va idoralar boʻyicha aylanma mablagʻlarni qayta roʻyxatdan oʻtkazish natijalarini 1998-yil 1-dekabrgacha umumlashtirsinlar hamda aylanma mablagʻlarning haqiqiy ahvoli toʻgʻrisidagi takliflarni, ularni toʻldirish manbalari, shu jumladan, budjetdan qarzlar boʻyicha penyalarni va korxonalarga bogʻliq boʻlmagan sabablar tufayli vujudga kelgan bank kreditlari uchun toʻlov muddati oʻtkazib yuborilgan foizlarni hisobdan chiqarish hisobiga toʻldirish haqidagi takliflar bilan birga, Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Hukumat komissiyasiga taqdim etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar qayta roʻyxatdan oʻtkazish davomida aniqlangan ishlab chiqarishda foydalanilmagan yoki ortiqcha ishlab chiqarish zaxiralarini, yarim tayyor mahsulotlarni, oʻrnatilmagan asbob-uskunalarni sotsinlar, sotishdan olingan tushumni aylanma mablagʻlarni toʻldirishga maqsadli yoʻnaltirsinlar. Nazarda tutilsinki, koʻrsatib oʻtilgan resurslarni sotish pulini 100 foiz oldindan toʻlatish yoki kreditorlik qarzlarni toʻlash, qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblamaslik, tushumni daromad (foyda) soligʻi toʻlashdan ozod qilish shartlari bilan sotiladi. Koʻrsatib oʻtilgan soliq imtiyozlari 1998-yil 31-dekabrgacha qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Joriy yilda, Hukumatning ilgari qabul qilingan qarorlariga binoan “Oʻzbekneftgaz” milliy korporatsiyasi, Energetika va elektrlashtirish vazirligi, “Oʻzkimyosanoat”, “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmalari, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminot-tuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi va “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi tizimidagi korxonalar aylanma mablagʻlari respublika budjetidan toʻldirilganligi, shuningdek boshqa bir qator idoralarning korxonalariga moliyaviy yordam koʻrsatilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi tizimidagi issiqlik bilan taʼminlash korxonalariga oʻzaro qarzlarni hisoblash yoʻli bilan 3,5 mlrd soʻm miqdorida aylanma mablagʻlar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzdonmahsulot” davlat korporatsiyasi tizimidagi korxonalarga don narxlaridagi tafovut hamda oʻzaro qarzlarni hisoblash hisobiga 7,5 mlrd soʻm miqdorida aylanma mablagʻlar berish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Adliya vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga va Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga aylanma mablagʻlarni saqlamaganlik, toʻlov muddati oʻtgan debitorlik va kreditorlik qarzlar mavjudligi, buxgalteriya hisobi qonunlarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish boʻyicha tuzatishlar kiritish toʻgʻrisida belgilangan tartibda takliflar kiritsinlar, shuningdek ushbu qonun buzishlar muntazam ravishda sodir etilgan taqdirda jinoiy javobgarlik choralari koʻrilishini nazarda tutsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilab qoʻyilsinki, quyi soliq organlari rahbarlari korxonalar tomonidan mahsulotni pulini oldindan toʻlatmasdan yoxud toʻlov muddati oʻtgan debitorlik qarzlar mavjud boʻlgani holda sotganlik (ishlarni bajarganlik, xizmatlar koʻrsatganlik) yuzasidan jazolar qoʻllamaganlik, huquqni muhofaza qilish organlariga berish uchun tegishli materiallarni rasmiylashtirmaganlik uchun egallab turgan lavozimidan ozod qilishgacha boʻlgan darajada javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yil 22-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
404-son

Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 22-sentabrdagi 404-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aylanma mablagʻlari roʻyxat qilinadigan (inventarizatsiya) xalq xoʻjalik tarmoqlarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Roʻyxati

1. Energetika vazirligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻzbekneftegaz” milliy korporatsiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzavtosanoat” uyushmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzmashsanoat” uyushmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat qoʻmitasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Oʻzsuvqurilish” davlat konserni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Oziqovqatsanoat” uyushmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Egʻmoytamakisanoat” uyushmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “Oʻzbekmebel” davlat-aksionerlik birlashmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. “Oʻzbekyengilsanoat” davlat uyushmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. “Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksionerlik kompaniyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. “Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksionerlik jamiyati