10.12.2025 yildagi 779-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirish, zamonaviy savdo va servis xizmatlari koʻrsatilishini tashkil etish hamda aholining yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanini jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash hamda infratuzilmani kengaytirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda — “yoʻl xaritasi”) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jizzax viloyati hokimligi masʼul vazirliklar va idoralar hamda loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda bir oy muddatda “yoʻl xaritasi”da koʻzda tutilgan loyihalarni amalga oshirishning barcha bosqichlari, shu jumladan, loyihalarni foydalanishga topshirish muddatlari koʻrsatilgan tarmoq jadvallarining ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Jizzax viloyati hokimligining Sharof Rashidov tumani “Yangiobod” MFY hududida 1979 — 1981-yillarda qurilgan 4 ta ikki qavatli 48 xonadonli uy oʻrnida renovatsiya dasturi doirasida 4 ta yetti qavatli 168 xonadonli turar joy, shu jumladan, birinchi qavatida savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarini barpo etish yuzasidan taklifi 2-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda renovatsiya asosida koʻp kvartirali turar joylarni barpo etishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy va ipoteka bozorini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 21-fevraldagi PF-26-son Farmoni talablariga qatʼiy rioya etilishi taʼminlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Jizzax viloyati hokimligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yangi Oʻzbekiston” massivini kengaytirish maqsadida toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilish sharti bilan “Ravalliq” MFY hududida koʻp kvartirali turar joylar va ijtimoiy soha obyektlarini qurish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Koʻrpasoy” va “Tinchlik” MFYlari hududlaridagi togʻ yon bagʻrilarida eko va ziyorat turizmini rivojlantirishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim va tibbiyot turizmini rivojlantirish maqsadida salohiyatli investorni jalb qilgan holda “Turizm va tibbiyot universiteti” koʻp tarmoqli nodavlat oliy taʼlim tashkiloti faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yangiobod” MFY Paxtakor koʻchasi yoʻl qismida aholi uchun sayilgoh barpo etish hamda 4R-34 Jizzax-Zomin avtomobil yoʻlining “Nonisangil” MFY hududidan oʻtuvchi qismida 24/7 rejimda ishlaydigan savdo doʻkonlari va xizmat koʻrsatish shoxobchalari qurish orqali xizmat va servis sohasini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Koʻrpasoy” MFY hududidagi Parpiota madaniy meros obyektini rekonstruksiya qilish orqali turistlar uchun jozibador holga keltirib, mahalliy va xorijiy sayyohlarni jalb qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Jizzax viloyati hokimligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligi ikki oy muddatda “Ravalliq” MFY hududida 17 ta yetti qavatli, 16 ta toʻqqiz qavatli turar joy, 300 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti, 1 200 oʻrinli maktab, 100 oʻrinli tibbiyot klinikasi uchun binolar, istirohat bogi hamda stadion qurish uchun Sharof Rashidov tumani hokimligi zaxirasidagi 40 gektar tashlandiq yer maydonini qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan aholi punktlarining (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlarining) yerlari toifasiga oʻzgartirish yuzasidan Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasiga taklif kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi bir oy muddatda “Koʻrpasoy” MFY Tangi qishlogʻi 3-aylanma 2, 3, 4, 5, 6, 1, 13, 14, 15, 17, 23, 24, 25, 26-konturlaridagi 32 gektar va Tinchlik MFY Uvopsoy qishlogʻi 2-aylanma 23, 24, 25-konturlardagi 3 gektar tarixiy-madaniy ahamiyatga ega boʻlmagan togʻ yon bagʻrilaridagi oʻrmon fondiga tegishli boʻsh turgan jami 35 gektar yer maydoni (keyingi oʻrinlarda — yer maydoni) tuman hokimligi zaxirasiga qaytarilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jizzax viloyati hokimligi ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer maydoni Sharof Rashidov tumani hokimligi zaxirasiga qaytarilgandan soʻng qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan aholi punktlarining (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlarining) yerlari toifasiga oʻzgartirish yuzasidan Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasiga taklif kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turizm qoʻmitasi bilan birgalikda toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jalb qilish hisobidan yer maydonida uning toifasi oʻzgargandan soʻng 150 oʻrinli sihatgoh, 20 ta uy-mehmonxonasi, 145 ta savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchasi va boshqa xizmat koʻrsatish obyektlari qurilishida eko va ziyorat turizmi boʻyicha loyihalarni ishlab chiqsin hamda salohiyatli investorlarni jalb qilish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mebel va yogʻochsozlik sanoatining rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 27-maydagi PQ-193-son qaroriga muvofiq Savdo-sanoat palatasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oʻzbekiston mebel va yogʻochsozlik sanoati korxonalari uyushmasi bilan birgalikda Sharof Rashidov tumani Yaxtanlik MFYdagi Oʻzbekiston koʻchasini mebel va yogʻochsozlik mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtirish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Jizzax viloyati hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirlik va idoralar hamda loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda “yoʻl xaritasi”da belgilangan vazifalar soʻzsiz, sifatli va natijador bajarilishini, shuningdek, investitsiya loyihalari oʻz vaqtida va toʻliq hajmda amalga oshirilishini hamda yangi ish oʻrinlari tashkil etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 10-sanasiga qadar investitsiya loyihalari oʻz vaqtida va toʻliq hajmda bajarilishi boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligini tanqidiy muhokama qilib, natijasi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga hisobot kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev va Jizzax viloyati hokimi U. Mustafoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 10-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
779-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 779-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash hamda infratuzilmani kengaytirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbirning nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish muddati

Ijro uchun masʼullar

1.

Yangiobod MFY hududida 1979 — 1981-yillarda qurilgan 4 ta ikki qavatli 48 xonadonli uy boʻyicha renovatsiya dasturini amalga oshirish.

Natijada 42 mlrd soʻmlik 4 ta yetti qavatli 168 xonadonli zamonaviy turar joy hamda ularning birinchi qavatida savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari barpo etiladi, uy-joyga muhtoj aholiga qoʻshimcha 120 ta yangi xonadon, savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari, yashil hudud barpo etiladi, 160 ta yangi ish oʻrni yaratiladi

1. Renovatsiya dasturini amalga oshirish uchun qonunchilikka muvofiq barcha mulkdorlar bilan kelishuvga erishish.

2. Mulkdorlar bilan kelishuvga erishilganidan soʻng renovatsiya dasturini amalga oshirish yuzasidan tanlov oʻtkazish toʻgʻrisida eʼlon berish.

3. Tanlov natijalari boʻyicha berilgan eng yaxshi taklif asosida investitsiya shartnomasini tuzish.

4. Talabgor bilan renovatsiya dasturining TIAsini ishlab chiqish.

5. Qurilish ishlarini amalga oshirish va foydalanish boʻyicha reja-grafikni ishlab chiqish va uning doirasida qurilgan obyektlarni foydalanishga qabul qilish.

2025 — 2027-yillar davomida

Jizzax viloyati hokimligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Kadastr agentligi,

Sh. Rashidov tumani hokimligi

2.

Ravalliq MFY hududida koʻp kvartirali turar joy va ijtimoiy obyektlarni qurish.

Natijada 410 mlrd soʻm toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya jalb qilish orqali 40 gektar yer maydonida 17 ta yetti qavatli va 16 ta toʻqqiz qavatli turar joy, 300 oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti, 1200 oʻrinli maktab, 100 qatnovli poliklinika, istirohat bogi va stadion quriladi.

1. Ravalliq MFY hududida joylashgan tuman hokimligi zaxirasidagi 40 gektar boʻz yer maydonini qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan aholi punktlarining (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlarining) yerlari toifasiga oʻzgartirish Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasiga taklif kiritish.

Ikki oy muddatda

Jizzax viloyati hokimligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Sh. Rashidov tumani hokimligi

2. Loyihaning TIAsini ishlab chiqish.

3. Mazkur yer maydonlarini koʻp kvartirali turar joy va ijtimoiy obyektlarni qurish sharti bilan elektron onlayn-auksion savdolari orqali tadbirkorlik subyektlariga realizatsiya qilish.

4. Qurilish ishlarini amalga oshirish va bitgandan soʻng qabul qilinishini taʼminlash.

2025 — 2027-yillar davomida

3.

Koʻrpasoy va Tinchlik MFYlari hududlarining tarixiy-madaniy ahamiyatga ega boʻlmagan togʻ yon bagʻrilarida sihatgoh, uy-mehmonxonalari, savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalari va boshqa xizmat koʻrsatish obyektlari qurish.

Natijada mahallada 10,8 mlrd soʻm qiymatidagi 150 oʻrinli sihatgoh barpo etiladi, 20 ta uy-mehmonxonasi, 145 ta savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchasi va boshqa xizmat koʻrsatish obyektlari tashkil qilinadi, 260 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.

1. Oʻrmon fondiga tegishli Koʻrpasoy MFY Tangi qishlogʻi hududidagi 3 gektar hamda Tinchlik MFY Uvopsoy qishlogʻi hududidagi 32 gektar, jami 35 gektar boʻsh turgan yer maydonini tuman hokimligi zaxirasiga qaytarish.

Bir oy muddatda

Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi

2. Ushbu yer maydoni tuman hokimligi zaxirasiga qaytarilgandan soʻng qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan aholi punktlarining (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlarining) yerlari toifasiga oʻzgartirish Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasiga taklif kiritish.

Ikki oy muddatda

Jizzax viloyati hokimligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

3. Yer maydonlarining lotlarga boʻlgan holda elektron onlayn-auksion savdolari orqali tadbirkorlik subyektlariga realizatsiya qilinishini tashkillashtirish.

4. Investorlar tomonidan reja-grafikka asosan loyihani ishga tushirish.

2025 — 2027-yillar davomida

Turizm qoʻmitasi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Sh. Rashidov tumani hokimligi

4.

Viloyatda taʼlim, tibbiyot va turizmni rivojlantirish maqsadida tashabbuskor tomonidan koʻp tarmoqli nodavlat oliy taʼlim tashkiloti (keyingi oʻrinlarda NOTT) faoliyatini tashkil etish.

Natijada 2025-2026 oʻquv yilida 2 ming nafar, 2026-2027 oʻquv yilida 7 ming nafar talaba qabul qilinadi, 1,5 mln AQSH dollari investitsiya kiritiladi, savdo va xizmat koʻrsatish tushumlari hamda aholi daromadlari oshadi. Tumanda 70 ta yangi ish oʻrni yaratiladi, budjetga yiliga 1,5 mlrd soʻm tushadi.

1. Tashabbuskorning murojaatiga asosan NOTT faoliyatini tashkil etish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda litsenziya berish hamda uslubiy jihatdan koʻmaklashish.

Bir oy muddatda

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2. NOTT faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida, istisno tariqasida, “Xizmatlar ipotekasi” xizmati orqali binolar sotib olinishida hamda kreditlar ajratilishida amaliy yordam berish.

2025-yil yakuniga qadar

Jizzax viloyati hokimligi,

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ

3. Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi tomonidan maxsus Davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazilishi boʻyicha tavsiyalar berib borish.

2025-yil yakuniga qadar

Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi

Sh. Rashidov tumani hokimligi,

Tashabbuskor

4. Obyektni foydalanishga qabul qilish jarayonini yakunlash.

2025-yil yakuniga qadar

5.

Yaxtanlik MFY Oʻzbekiston koʻchasini toʻliq mebel va yogʻochsozlik mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirish.

Natijada tashabbuskorlarning oʻz mablagʻlari hisobidan 34 ta mebelsozlik, 43 ta yogʻochsozlik loyihasi amalga oshiriladi, 144 ta yangi ish oʻrni yaratiladi, budjetga yiliga qoʻshimcha 554 mln soʻm soliq undiriladi.

1. Mebelchilik va yogʻochsozlik mahsulotlari ishlab chiqarishga qiziqish bildirgan 77 ta tashabbuskorga hokim yordamchilari tomonidan loyihalarning biznes-rejalarini ishlab chiqish.

2. Hokim yordamchisi tavsiyasiga koʻra tashabbuskorlarni mebelchilik va yogʻochsozlikni tashkil etishga asbob-uskunalar va xomashyo sotib olish uchun “Savdoga koʻmaklashish kompaniyasi” AJ tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash.

2025 — 2027-yillar davomida

Savdo-sanoat palatasi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Jizzax viloyati hokimligi,

Oʻzbekiston mebel va yogʻochsozlik sanoati korxonalari uyushmasi,

“Savdoga koʻmaklashish kompaniyasi” AJ,

Sh. Rashidov tumani hokimligi

6.

Yangiobod hamda Nonisangil MFYlar hududlarida xizmat va servis sohalarini rivojlantirish.

Natijada Yangiobod MFY Paxtakor koʻchasining 500 metr yoʻl qismida aholi uchun sayrgoh barpo etiladi, 4R-34 Jizzax-Zomin avtomobil yoʻlining Nonisangil MFY hududidan oʻtuvchi 2 500 metrli qismida 24/7 rejimda ishlaydigan savdo va umumiy ovqatlanish obyektlari quriladi, 45 ta yangi obyekt barpo etiladi, 90 ta yangi ish oʻrni yaratiladi

1. Yangiobod MFY Paxtakor koʻchasining 500 metr yoʻl qismida aholi uchun sayilgoh barpo etish hamda 4R-34 Jizzax-Zomin avtomobil yoʻlining Nonisangil MFY hududidan oʻtuvchi qismida 24/7 rejimda ishlaydigan savdo doʻkonlari va xizmat koʻrsatish shoxobchalari qurish.

2. Mazkur hududlarda savdo doʻkonlari va xizmat koʻrsatish obyektlarini joylashtirish choralarini koʻrish.

3. Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun barcha zarur ruxsatnomalarni “yagona darcha” tamoyili asosida rasmiylashtirib berish.

4. Qurilish ishlarini amalga oshirish.

2025 — 2027-yillar davomida

Jizzax viloyati hokimligi,

Kadastr agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Sh. Rashidov tumani hokimligi

7.

Koʻrpasoy MFY hududidagi Parpiota madaniy meros obyektini rekonstruksiya qilish.

1. Madaniy meros jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Parpiota madaniy meros obyektining TIAsini ishlab chiqish va rekonstruksiya qilish.

2025 — 2027-yillar davomida

Madaniy meros agentligi,

Jizzax viloyati hokimligi,

Sh. Rashidov tumani hokimligi

Natijada turistlar uchun jozibadorlik yanada oshib, ziyoratgohga yiliga 10 ming nafardan ortiq mahalliy va xorijiy sayyohlarning tashrifi amalga oshiriladi.

2. Pudratchi tashkilotlarni aniqlash boʻyicha tender oʻtkazish.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 779-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumani Yangiobod MFY hududida amalga oshiriladigan renovatsiya dasturi doirasida obyektlarni barpo etish hududlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Manzili

Faoliyati

Maydoni

(ga)

Bino va inshoot maydoni

(kv)

x

Jami:

x

0,3688

2 682

1.

Yangiobod MFY hududida

4 ta yetti qavatli 168 xonadonli turar joy, shu jumladan, birinchi qavatida savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari barpo etish (1979 — 1981-yillarda qurilgan 4 ta ikki qavatli uy oʻrnida)

0,0922

670,5

2.

0,0922

670,5

3.

0,0922

670,5

4.

0,0922

670,5

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Mazkur hududdagi mulkdorlar, Jizzax viloyati hokimligi, tuman hokimligi, Kadastr agentligining Sharof Rashidov tumani hududiy boʻlinmasi va (yoki) Jizzax viloyati qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi takliflariga asosan Jizzax viloyati hokimining qaroriga muvofiq hududlar ushbu manzilli roʻyxatdan chiqarilishi yoki loyihalar va (yoki) hududlar boʻyicha tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 09/25/779/1146)