1-ILOVA
T/r | TIF TN kodi | Nomlanishi |
1. | 3208 90 9109 | Sintetik polimerlarga asoslangan, suvsiz muhitda tarqalgan yoki erigan boʻyoqlar va laklar (shu jumladan emal va laklar) |
2. | 3208 90 990 0 | Kimyoviy modifikatsiyalangan tabiiy polimerlar asosidagi, dispergirlangan yoki suvsiz muhitda eritilgan boʻyoqlar va laklar (jumladan, emal va polituralar) |
3. | 3506 91 0000 | Tayyor yelim |
4. | 3814 00 9000 | Boʻyoq va laklarni oʻchirish uchun tayyor eritkich va suyultirgichlar |
5. | 3920 30 0000 | ABS qirralar, polimer stiroldan tayyorlangan, gʻovaksiz, mustahkamlanmagan, qatlamsiz, tagliksiz va boshqa materiallar bilan oʻxshash usulda biriktirilmagan plitalar, listlar, plyonkalar, tasmalar yoki lentalar |
6. | 3926 30 0000 | Mebel uchun mahkamlaydigan buyumlar va furnitura |
7. | 4410 | Yogʻoch qirindili plitalar (bundan sirti qoplangan plitalar mustasno) |
8. | 4411 | Yogʻoch tolali plitalar (bundan sirti qoplangan plitalar mustasno) |
9. | 5407 53 000 0 | Mebel uchun tarkibida 85 mas.% yoki undan ortiq poliefir boʻlgan, teksturalangan, turli rangdagi kompleks iplardan tayyorlangan gazlama |
10. | 7318 14 7318 15 | Qora metalldan ishlab chiqarilgan oʻzi qirqar vintlar, komplektida gayka yoki shayba boʻlgan yoki boʻlmagan boshqa vintlar va boltlar |
11. | 8302 10 0000 8302 20 0000 | Qimmatbaho boʻlmagan metalldan yasalgan mahkamlovchi armatura, furnitura, kronshteynlar, sharnirlar va shunga oʻxshash mebel uchun ishlatiladigan buyumlar |
8302 42 0000 | Qimmatbaho boʻlmagan metalldan yasalgan mahkamlagichli mebel gʻildiragi | |
12. | 8302 60 000 9 | Eshiklarni avtomatik yopuvchi qimmatbaho boʻlmagan metalldan yasalgan qurilmalar |
13. | 8305 20 000 0 | Mebellarni qoplashda ishlatiladigan bloklarda simli skobalar |
14. | 9403 99 000 1 | Metalldan yasalgan mebel qismlari |
2-ILOVA
T/r | Chora-tadbir nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Amalga oshirish muddati | Masʼul ijrochilar |
| 1. | “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ faoliyati yoʻnalishlariga mos ravishda mazkur qaror bilan koʻzda tutilayotgan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralarini amalga oshirish. | “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ faoliyati yoʻnalishlariga mos ravishda Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan quyidagi qoʻllab-quvvatlash choralari amaliyotga joriy etilishini taʼminlash: (a) mahalliy ishlab chiqaruvchilarning oʻz mebel mahsulotlari bilan xalqaro koʻrgazmalarda ishtirok etishida bir korxona uchun amaldagi ijara xarajatlari qoplanadigan maydon hajmini oshirish; (b) mebel mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan muhandis-texnolog, lak va boʻyoq sepish ustasi, dizayner kabi xorijiy mutaxassislar jalb qilinganda ularning ish haqini qoplash; (v) tayyor mebel mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar uchun xalqaro sertifikatlarni (ISO, CE, BIFMA, OEKO-Tex Standard 100, Greenguard kabi) olish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash. | 2025-yil 1-iyul | Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi (J. Xodjayev), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
2. | Kasbiy koʻnikmalar markazlarida xorijiy va mahalliy mutaxassislarni jalb qilgan holda mebel va yogʻochsozlik sanoati yoʻnalishida qisqa muddatli malakaviy tayyorlov kurslarida (shu jumladan, dual taʼlim asosida) oʻqitishni yoʻlga qoʻyish. | 1. Kasbiy koʻnikmalar markazlarida xorijiy va mahalliy mutaxassislarni jalb qilgan holda qisqa muddatli malakaviy tayyorlov kurslarini (shu jumladan, dual taʼlim asosida) yoʻlga qoʻyish. Bunda boʻyicha mebel va yogʻochsozlik sanoati yoʻnalishidagi tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida tushuntirishlar oʻtkazgan holda ularning talabnomalarini shakllantirish choralarini koʻrish. | 2025-yil 1-sentabr | Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov), Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zaxidov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zaxidov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov) |
2. Qisqa muddatli malakaviy tayyorlov kurslarini tashkil etish. | Reja-grafik asosida | |||
3. | Ish oʻrinlarini yaratish, saqlab qolish, milliy brendni shakllantirish, logistika, marketing va boshqa yoʻnalishlarda samaradorlikni oshirishga koʻmaklashish maqsadida mebel va yogʻochsozlik korxonalari uchun xorijiy va mahalliy ekspertlarni jalb qilish. | 1. Ish oʻrinlarini yaratish, saqlab qolish, milliy brendni shakllantirish, logistika, marketing va boshqa yoʻnalishlarda samaradorlikni oshirishga koʻmaklashish maqsadida mebel va yogʻochsozlik sanoati yoʻnalishidagi tadbirkorlik subyektlariga markazlashgan holda xizmat koʻrsatish hamda ularni oʻqitish uchun xorijiy va mahalliy ekspertlarni Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan jalb qilish. | 2025-yil | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Zaxidov), Savdo-sanoat palatasi |
2. Amalga oshirilgan ishlar natijalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritish. | 2026-yil 1-yanvar, 2026-yil 1-iyul | |||
4. | Mebel va yogʻochsozlik mahsulotlarini mahalliy ishlab chiqarilgan tovar | Quyidagilarni koʻzda tutuvchi choralarni amalga oshirish tartibi yuzasidan Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish: (a) mebel va yogʻochsozlik mahsulotlari uchun tadbirkorlik subyektlaridan toʻlov undirmasdan mahalliy ishlab chiqarilgan tovar boʻyicha ekspertizadan oʻtkazish, shu jumladan, mahalliy ishlab chiqarilgan tovar toʻgʻrisidagi sertifikat yoki ekspert xulosasini rasmiylashtirish; (b) “Oʻzbekekspertiza” AJning ushbu xarajatlarini Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab berish. | 2025-yil | Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov) |
5. | Yogʻoch qirindili hamda yogʻoch tolali plitalarning (TIF TN 4410 va 4411 tovar pozitsiyasidagi mahsulotlar, bundan pol, devor va shift qoplamalari mustasno) texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash tartibini soddalashtirish. | Yogʻoch qirindili hamda yogʻoch tolali plitalarning (TIF TN 4410 va 4411 tovar pozitsiyasidagi mahsulotlar, bundan pol, devor va shift qoplamalari mustasno) texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash tartibini soddalashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. | 2025-yil | Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (A. Jumanazarov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov) |
6. | Mebel va yogʻochsozlik sanoatini 2035-yilgacha rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish. | Mebel va yogʻochsozlik sanoatini 2035-yilgacha rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil 1-oktabr | Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (X. Mustafayev), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov) |
7. | 2025 — 2028-yillarda mebel va yogʻochsozlik sanoatini rivojlantirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlarini hududlar kesimida belgilash, shuningdek, sohada amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini ishga tushirishning yigʻma parametrlarini tasdiqlash. | Quyidagilarni tasdiqlash: (a) 2025 — 2028-yillarda mebel va yogʻochsozlik sanoatini rivojlantirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlarini (hududlar kesimida); (b) 2025 — 2028-yillarda mebel va yogʻochsozlik sanoati yoʻnalishlarida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini ishga tushirishning yigʻma parametrlari. | 2025-yil | Vazirlar Mahkamasi (J. Qoʻchqorov, J. Xodjayev) |
8. | Mebel va yogʻochsozlik mahsulotlari bozorida sogʻlom raqobatni taʼminlash choralarini koʻrish. | Mebel va yogʻochsozlik mahsulotlari bozorida sogʻlom raqobatni taʼminlash, iqtisodiyot tarmoqlariga zarar yetkazilishi xavflarini aniqlash va bartaraf etish, demping holatlariga yoʻl qoʻymaslikka oid qonunchilik hujjatlari ijrosiga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni koʻrish va natijasi boʻyicha har yarim yilda Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borish. | 2025-2026-yillar | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi |
9. | Mebel va yogʻochsozlik bozorini kengaytirish choralarini koʻrish. | 1. Chet eldagi diplomatik va savdo vakolatxonalari orqali xorijiy davlatlar mebel sanoati strategiyalari va bozor hajmini oʻrganish, shuningdek, ularda mahalliy mebel mahsulotlarini sotishda tadbirkorlar duch keladigan tarif va notarif choralar yuzasidan tahliliy maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil | Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), |
2. Respublikada tashkil etiladigan mebel va yogʻochsozlik hamda mebel va dekor koʻrgazmalariga muntazam ravishda chet eldan xaridorlarni jalb qilish hamda ularning tashrifini tashkil etishga qaratilgan amaliy choralarni koʻrish. | Doimiy | |||
10. | Mahalliy mebel texnologlari uchun nufuzli xorijiy tashkilotlarning sohaga tegishli boʻlgan sertifikatlarini olish xarajatlarining 50 foizini qoplash tizimini joriy etish. | Quyidagilarni nazarda tutgan holda mahalliy mebel texnologlari uchun xorijiy nufuzli sertifikat olish tartibini qisman qoplab berilishi tartibining amaliyotga joriy etilishini taʼminlash: (a) rivojlangan xorijiy mamlakatlarda faoliyat yurituvchi nufuzli tashkilotlarning sohaga tegishli sertifikatlari roʻyxatini belgilash; (b) mazkur sertifikatlarni olish xarajatlarining 50 foizini Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplab berish. | 2025-yil | Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov) |
11. | Mebel va yogʻochsozlik mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish dasturini amalga oshirish. | 1. 2025-2026-yillarda mebel va yogʻochsozlik mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirishga qaratilgan, shu jumladan, quyidagi ustuvor yoʻnalishlardagi vazifalarni koʻzda tutuvchi chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha dasturni ishlab chiqish va tasdiqlash: (a) mahalliy mebel va yogʻoch mahsulotlarini xorijiy bozorlarga olib chiqishga koʻmaklashish; (b) ishlab chiqaruvchilar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun xorijiy dizayner, texnolog va marketolog kabi mutaxassislarni jalb qilish; (v) talab yuqori mutaxassisliklar boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish. | 2025-yil 1-iyul
| Iqtisodiyot va moliya vazirligi (X. Mustafayev), Savdo-sanoat palatasi Oʻzbekiston mebel va yogʻochsozlik sanoati korxonalari uyushmasi (hamkorlikda) |
2. Dasturdagi chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan mazkur qarorning 14-bandida koʻzda tutilgan mablagʻlarni asoslantirilgan hisob-kitoblarga muvofiq ajratib borish. | Dasturda belgilangan muddatlarda | |||
3. Dastur amalga oshirilishi natijadorligi yuzasidan ommaviy axborot vositalari orqali keng jamoatchilikka hisobotlar berib borish. | Har chorakda | |||
12. | Milliy mebel mahsulotlarini aholi oʻrtasida keng targʻib qilish. | Ommaviy axborot vositalarida mazkur qarorga muvofiq amalga oshirilayotgan ishlarning mazmun-mohiyatini yoritish, mahalliy mebel mahsulotlarini keng targʻib qilishni tashkil etish. | Mediareja asosida | Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Djurabayev), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev) |
3-ILOVA
T/r | Hudud nomi | Tuman nomi |
1. | Jizzax viloyati | Sharof Rashidov tumani |
2. | Namangan viloyati | Yangi Namangan tumani |
3. | Samarqand viloyati | Pastdargʻom tumani |
4 | Toshkent viloyati | Oʻrta Chirchiq tumani |
5. | Fargʻona viloyati | Quva tumani |
6. | Buvayda tumani | |
7. | Toshkent shahri | Uchtepa tumani |
8. | Yunusobod tumani |