1-ILOVA
T/r | Ustuvor yoʻnalishlar | Chora-tadbirlar | Ijro muddati | Masʼul ijrochilar* |
I. GIYOHVANDLIK VA NARKOJINOYATLARGA QARSHI KURASHISH SOHASIGA OID MILLIY QONUNCHILIK BAZASINI TAKOMILLASHTIRISH | ||||
Giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning noqonuniy muomalasi uchun javobgarlikni kuchaytirish hamda narkojinoyatchilikning yangi shakllari, usullari va uyushganlik darajasidan kelib chiqib, ularga qarshi kurashish boʻyicha jinoiy-huquqiy mexanizmlarni joriy etish. | Jinoyat kodeksiga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritish boʻyicha qonun loyihasini kiritish: narkojinoiy uyushma, yashirin narkolaboratoriya tashkil etish va uning faoliyat yuritishini taʼminlash, narkotiklarni noqonuniy muomalaga kiritish bilan bogʻliq faoliyatga hokimiyat yoki mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilgan holda homiylik (rahnamolik) qilish yoki xabar berish uchun qatʼiy javobgarlikni belgilash; voyaga yetmagan shaxsni kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni isteʼmol qilishga jalb etganlik uchun toʻgʻridan-toʻgʻri jinoiy javobgarlik belgilash; giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni taʼlim tashkilotlari hamda ularga tutash hududlarda, internet tarmogʻidan foydalanib, shuningdek, voyaga yetmaganlarga oʻtkazganlik uchun javobgarlikni keskin ogʻirlashtirish; ayrim narkojinoyat sodir etgan shaxslarni jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilmaslik tartibini joriy etish va boshqalar. | 2025-yil noyabr | Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi, Oliy sud (B. Islamov), Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev), DXX (B. Kurbanov), IIV (A. Tashpulatov), Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), SSV (A. Xudayarov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), mutasaddi vazirlik va idoralar | |
Giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalar hamda prekursorlar ustidan ishonchli davlat nazoratini kuchaytirishga qaratilgan normativ-huquqiy mexanizmlarni joriy etish. | “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahririni ishlab chiqish va kiritish. | 2025-yil dekabr | ||
Giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning noqonuniy muomalasi bilan bogʻliq jinoyatlar haqida xabar bergan yoki aniqlashda koʻmaklashgan fuqarolarni ragʻbatlantirish tartibini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish. | 2025-yil dekabr | |||
Tarkibida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar mavjud dori preparatlariga boʻlgan haqiqiy ehtiyojni aniqlash tartibini takomillashtirishga qaratilgan Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish. | 2025-yil dekabr | |||
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, undan olib chiqish va tranzit tarzda oʻtkazish tartibini hamda ularning muomalada boʻlishi yuzasidan nazoratni takomillashtirishga qaratilgan Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish. | 2025-yil dekabr | |||
Prekursorlarning qonuniy muomalasini tartibga solishga va bu borada uning barcha bosqichlarida qatʼiy davlat nazoratini oʻrnatishga qaratilgan Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish. | 2025-yil dekabr | |||
Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi qoshida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish tizimini rivojlantirish respublika jamgʻarmasini tashkil etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va kiritish. | 2026-yil yanvar | |||
Narkojinoyatlarga qarshi kurashish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish. | Narkojinoyatlarni tergov qilish jarayonida jinoiy daromadlarni legallashtirish bilan bogʻliq moliyaviy jihatlarni bir vaqtning oʻzida tekshiruvdan oʻtkazish amaliyotini joriy etish. | 2026-yil avgust | Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (J. Xatamov), mutasaddi vazirlik va idoralar | |
II. NARKOTIKLAR VA OʻQOTAR QUROLLARNI NAZORAT QILISH AGENTLIGI MASʼULLIGIDAGI TADBIRLAR | ||||
Yashirin narkolaboratoriyalar va narkotiklar tarqalishini barvaqt aniqlash boʻyicha manzilli choralarni belgilash. | Giyohvandlik vositalarini noqonuniy ravishda ishlab chiqarishda qoʻllanadigan asbob-uskuna, turli kimyoviy moddalar reyestrini shakllantirish va muomalasini nazoratga olish choralarini koʻrish. | 2026-yil yanvar | Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi, IIV (A. Tashpulatov), DXX (B. Kurbanov), Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (J. Xatamov), Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (K. Kuranbayev), hududiy komissiyalar, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning oliy taʼlim muassasalari | |
Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning oliy taʼlim muassasalarining oʻquv dasturlari va rejalariga yashirin narkolaboratoriyalarni aniqlash metodikasini oʻqitish boʻyicha mavzularni kiritish. | 2026-yil yanvar | |||
Hududiy ichki ishlar organlari va “mahalla yettiligi” vakillari uchun mahallalarda yashirin narkolaboratoriyalarni aniqlash boʻyicha bilim va koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan oʻquv-seminarlarini tashkil etish. | 2026-yil yanvar — may (alohida reja-grafik asosida) | |||
Respublikadagi narkovaziyatni tahlil qilish va prognozlashtirish tizimini tubdan takomillashtirish hamda kuzatilayotgan tendensiya boʻyicha jamoatchilikni xabardor qilish. | “Narkovaziyat tahlili” dasturini ishlab chiqish, unga mutasaddi vazirlik va idoralarning tegishli axborot tizimlarini integratsiya qilish. | 2026-yil iyun | Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), IIV (A. Tashpulatov), Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), SSV (A. Xudayarov), Milliy statistika qoʻmitasi (B. Hamrayev), mutasaddi vazirlik va idoralar | |
Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligida Situatsion markazni tashkil etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 2026-yil avgust | |||
Respublikadagi narkovaziyat toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalari va rasmiy veb-sahifalar orqali keng jamoatchilikka yetkazib borish amaliyotini yoʻlga qoʻyish. | Har chorakda | |||
Giyohvandlik va narkojinoyatlarning barvaqt oldini olishda nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan unumli foydalanish hamda ularning eng faollarini ragʻbatlantirish. | Giyohvandlik va narkojinoyatlarni oldini olish boʻyicha nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan milliy loyihalarni amalga oshirish. | 2026-yil davomida | Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi, Adliya vazirligi (A. Tashkulov), NNT Milliy assotsiatsiyasi (K. Ishanxodjayev), mutasaddi vazirlik va idoralar | |
Giyohvandlikka qarshi kurashish boʻyicha “Targʻibot aʼlochisi” respublika koʻrik-tanlovini oʻtkazishni yuqori darajada tashkil etish. | 2026-yil may | |||
“Narkotiklarga qarshi kurashish fidoyisi” idoralararo koʻkrak nishonini Hukumat qarori bilan taʼsis etish hamda ragʻbatlantirib borishni (shu jumladan, faol yoshlarni ham) yoʻlga qoʻyish. | 2026-yil mart | |||
Sohaga oid xalqaro tadbir va umumeʼtirof etilgan sanalarni Oʻzbekistonda oʻtkazish. | Butunjahon psixiatrlar assotsiatsiyasining (WPA) yillik yigʻilishini Oʻzbekistonda oʻtkazish boʻyicha xalqaro tashkilotga taklif kiritish. | 2025-yil dekabr | Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi, TIV (B. Saidov), mutasaddi vazirlik va idoralar | |
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish boʻyicha Markaziy Osiyo mintaqaviy axborot-muvofiqlashtirish markazi Milliy muvofiqlashtiruvchilar kengashining navbatdagi yigʻilishini Oʻzbekistonda oʻtkazish choralarini koʻrish. | 2026-yil mart | |||
BMTning Yaqin va Oʻrta Sharqda giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish boʻyicha kichik qoʻmitasining 58-sessiyasini Oʻzbekistonda yuqori darajada tashkil etish hamda unda 2027-yil BMTning Giyohvandlik vositalari boʻyicha komissiyasiga aʼzolik uchun boʻlib oʻtadigan saylovda Oʻzbekiston nomzodini qoʻllab-quvvatlash tashabbusini ilgari surish. | 2026-yil sentabr | |||
“26-iyun — Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni”ga bagʻishlangan tadbirlarning yuqori saviyada oʻtkazilishini tashkil etish. | 2026-yil iyun | |||
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ustidan nazorat qilish boʻyicha hududiy komissiyalar faoliyatini takomillashtirish. | Hududiy va tuman (shahar) komissiyalari masʼul kotiblarining sohaga oid bilim va malakasini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni tashkil etish. | 2026-yil yanvar — mart | Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi, mutasaddi vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | |
Hududiy va tuman (shahar) komissiyalari hamda ularning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning faoliyatini joyiga chiqqan holda tanqidiy oʻrganish va takomillashtirish (masʼuliyatini oshirish) yuzasidan choralarni belgilash. | 2026-yil fevral — iyul (reja-grafik asosida) | |||
Sohaga oid ilmiy-tadqiqot faoliyatini jadallashtirish. | Oliy attestatsiya komissiyasi roʻyxatiga kiruvchi, giyohvandlik vositalari hamda ularning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish boʻyicha izlanishlar va tahlillarni yorituvchi davriy ilmiy nashrni joriy etish. | 2026-yil may | Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi, TIV (B. Saidov), Oliy attestatsiya komissiyasi (A. Yusupov), mutasaddi vazirlik va idoralar | |
Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish yoʻnalishida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyani yuqori darajada oʻtkazish. | 2026-yil oktabr | |||
Giyohvandlikka chalinish (latent giyohvandlik) holatlari tarqalganligini respublika miqyosida aniqlash maqsadida epidemiologik tadqiqot oʻtkazish. | 2026-yil noyabr | |||
Giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olish, ularga qarshi kurashish yoʻnalishida doktorlik tadqiqotini olib borib, muvaffaqiyatli himoya qilgan va uning natijalarini amaliyotga joriy etgan tadqiqotchilarni oʻzlari ishlayotgan davlat organlari va tashkilotlarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan besh yil davomida ragʻbatlantirib borish tartibini joriy etish. | 2026-yil mart | |||
Faoliyati giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlaridan ogohlikka chaqirishga qaratilgan muzey tashkil etish. | Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi binosida “Narkotiklar muzeyi”ni tashkil etish hamda faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | 2026-yil dekabr | Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi, Toshkent shahar hokimligi (Sh. Umurzakov), Madaniy meros agentligi (B. Abdikarimov), mutasaddi vazirlik va idoralar | |
III. ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI MASʼULLIGIDAGI TADBIRLAR | ||||
Uyushgan narkojinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha tezkor-qidiruv faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish. | Quyidagi yoʻnalishlarda uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashishga qaratilgan manzilli choralarni belgilash, tezkor-profilaktik tadbirlarni amalga oshirish: giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalar hamda prekursorlarni respublika chegarasi va bojxona postlaridan kirib kelish yoʻnalishlarini, viloyatlararo tranzit yoʻllari hamda ular bilan bogʻliq harakatlarini aniqlash (chek qoʻyish); internet tarmogʻi orqali sodir etilayotgan narkojinoyatlar sxemalarini aniqlash va bartaraf etish; yashirin narkolaboratoriyalar hamda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini qoʻlbola usulda qadoqlovchi sexlarni aniqlash va faoliyatiga chek qoʻyish. | 2025-2026-yillar davomida faol holda | IIV (A. Raxmatullayev), DXX (kelishuv asosida), Bojxona qoʻmitasi (O. Choriyev), Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (J. Xatamov) | |
Narkojinoyatlarga qarshi faol kurashish maqsadida tezkor-qidiruv faoliyati sohasida professional kadrlar tayyorlashning samarali mexanizmlarini joriy etish. | IIV Akademiyasida “Tezkor-qidiruv faoliyati” mutaxassisligi boʻyicha oʻqiyotgan iqtidorli kursantlardan iborat narkojinoyatlarga qarshi kurashish boʻyicha alohida oʻquv guruhlarini shakllantirish va ularni oʻqitish jarayonini quyidagilarni nazarda tutgan holda tashkil etish: narkojinoyatlarga qarshi kurashish yoʻnalishida tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish taktika va metodikalari boʻyicha alohida oʻquv dasturini joriy etish; oʻquv jarayonini dual taʼlim tartibida yoʻlga qoʻyib, kursantlar amaliy mashgʻulotlarni bevosita ichki ishlar organlarining narkojinoyatlarga qarshi kurashuvchi tezkor-qidiruv xizmati boʻlinmalarida oʻtashi mexanizmlarini qatʼiy belgilash; kursantlarni xorijiy davlatlarning yetakchi turdosh oliy taʼlim muassasalarida qisqa muddatli oʻquv kurslarida oʻqitish; oʻquv jarayonini muntazam ravishda monitoring qilib borish hamda natijalaridan kelib chiqqan holda ushbu yoʻnalish boʻyicha kursantlarni doimiy oʻqitish amaliyotini yoʻlga qoʻyish; IIV Akademiyasini ushbu yoʻnalishda tamomlagan bitiruvchilarni ichki ishlar organlarining narkojinoyatlarga qarshi kurashuvchi tezkor-qidiruv xizmati boʻlinmalariga xizmatga yuborilishini taʼminlash. | 2025-2026 oʻquv yilidan boshlab | IIV (A. Raxmatullayev, D. Nazarmuxamedov), IIV Akademiyasi (R. Xatamov) | |
Narkojinoyatlarning oldini olish va qarshi kurashish yoʻnalishida tezkor-profilaktik tadbirlarni jadallashtirish. | “Xavfsiz va sogʻlom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirini oʻtkazish. | 2025-yil noyabr-dekabr 2026-yil mart-aprel 2026-yil iyul-avgust | IIV (A. Tashpulatov), DXX (B. Kurbanov), Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi, mutasaddi vazirlik va idoralar | |
Tarkibida giyohvandlik vositalari mavjud oʻsimliklarni aniqlash va yoʻq qilish boʻyicha “Qora dori — 2026” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirini oʻtkazish. | 2026-yil may-iyun, avgust-sentabr | IIV (A. Tashpulatov), Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi, hududiy komissiyalar, mutasaddi vazirlik va idoralar | ||
Voyaga yetmaganlar va yoshlar orasida giyohvandlikning oldini olish yoʻnalishida tezkor-profilaktik tadbirlar kompleksini tashkil etish. | “Yoshlar orasida giyohvandlik va psixotrop moddalarning tarqalishiga qarshi kurashish” keng qamrovli tezkor-profilaktik oyligini oʻtkazish. | 2026-yil fevral, aprel, oktabr | IIV (A. Tashpulatov), Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (E. Karimova), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), mutasaddi vazirlik va idoralar | |
Maktablarning voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha inspektor-psixologlari hamda oliy taʼlim tashkilotlari profilaktika inspektorlarida giyohvandlikni aniqlashga qaratilgan bilim va koʻnikmalarni shakllantirish boʻyicha oʻquv-amaliy seminarlarni oʻtkazish. | 2026-yil yanvar — aprel | |||
Narkojinoyatlarni sodir etgan shaxslar bilan kompleks profilaktik chora-tadbirlarni oʻtkazish. | Sud hukmi chiqqanidan soʻng narkojinoyat sodir etgan shaxsning mahallasida, koʻchasida jinoyat muhokamasini tashkil etish. | Har haftada | IIV (A. Tashpulatov), mutasaddi vazirlik va idoralar | |
Jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlar bilan ularning kelgusida qayta jinoyat sodir etishlarini oldini olish boʻyicha yakka tartibdagi suhbatlar oʻtkazish. | Har oyda | IIV (A. Tashpulatov), mutasaddi vazirlik va idoralar | ||
Narkojinoyat sodir etib, probatsiya va profilaktik hisobda turgan shaxslarni ijtimoiy hayotga qaytarish hamda ularni turmush tarzi ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish. Bunda ularga mahallada yuqori obroʻ-eʼtiborga ega shaxslarni nomma-nom biriktirish. | Har kuni | IIV (A. Tashpulatov), Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (K. Kuranbayev), mutasaddi vazirlik va idoralar | ||
Ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlarini oʻz hududida narkojinoyatlarni, ayniqsa, yashirin narkolaboratoriyalarni aniqlashga qaratilgan usullarga oʻqitish hamda ularning bu boradagi faoliyat natijadorligini baholash tizimini yoʻlga qoʻyish. | 2025-yil dekabr | IIV (A. Tashpulatov) | ||
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni aniqlashda kinologiya xizmati faoliyatini kuchaytirish. | Sintetik giyohvandlik vositalari va kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni aniqlash boʻyicha Toshkent shahri tajribasini respublikaning qolgan hududlariga joriy etish. | 2026-yil aprel — iyul | IIV (A. Tashpulatov), Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), DXX (kelishuv asosida) | |
Giyohvandlik vositalarining namunalarini ekspress tekshirish jarayonida zamonaviy texnik vositalarni qoʻllash orqali tezkor-qidiruv tadbirlari samaradorligini oshirish. | Ichki ishlar organlari uchun tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazishda giyohvandlik vositalari namunalarini ekspress tekshirish boʻyicha zamonaviy texnik vositalarni xarid qilish va amaliyotga joriy etish boʻyicha zarur choralarni koʻrish. | 2026-yil mart | IIV (A. Tashpulatov), Mudofaa sanoati agentligi (M. Ibodullayev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) | |
Narkotik moddalar taʼsirida transport vositasini boshqargan haydovchilarni aniqlashni yoʻlga qoʻyish. | Ichki ishlar organlarining yoʻl-patrul xizmati inspektorlarini bosqichma-bosqich ekspress-narkotestlar bilan taʼminlash. | 2026-yil dekabr | IIV (A. Tashpulatov), mutasaddi vazirlik va idoralar | |
Narkotik moddalar taʼsirida transport vositasini boshqargan haydovchilarni ekspress-narkotest yordamida aniqlashni boshlash choralarini koʻrish. | ||||
IV. SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRLIGI MASʼULLIGIDAGI TADBIRLAR | ||||
Maktab oʻquvchilari orasida giyohvandlik vositalari isteʼmolini erta aniqlash va oldini olish boʻyicha manzilli profilaktik tadbirlar oʻtkazish. | Eksperiment tariqasida Toshkent shahridagi 10 ta maktabda 9 — 11 sinf oʻquvchilari bilan anonim soʻrov oʻtkazish orqali xavf guruhini aniqlash. Xavf guruhlari bilan psixologlar koʻmagida profilaktik tadbirlarni amalga oshirish. | 2025-yil dekabr, doimiy ravishda | SSV (A.Xudayarov), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (E. Karimova), IIV (A. Tashpulatov), Toshkent shahri hokimligi (Sh. Umurzoqov) | |
Voyaga yetmaganlar orasida giyohvandlikning tarqalganlik holatini aniqlash boʻyicha yangi metodika ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. | 2026-yil yanvar — mart | SSV (A. Xudayarov), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (E. Karimova), IIV (A. Tashpulatov) | ||
Aholining maxfiylik saqlangan holda narkologik yordam olish imkoniyati toʻgʻrisida xabardorligini oshirish. | Konfidensial narkologik maslahat berish boʻyicha Call-markaz toʻgʻrisida jamoat joylarida va ijtimoiy tarmoqlarda maʼlumotlar joylashtirish. | Doimiy ravishda | SSV (A. Xudayarov), MTRK (A. Djurabayev), hududiy komissiyalar | |
Maxfiyligi saqlangan holda narkologik yordam olish tartibi va imkoniyatlari toʻgʻrisida koʻrsatuvlar tayyorlash va efirga uzatish. | 2025-yil dekabr, keyinchalik har oyda | |||
Aholiga narkologik xizmat koʻrsatish, narkotiklar va prekursorlarning qonuniy muomalasini nazorat qilish sohalariga raqamli texnologiyalarni joriy etish. | Giyohvandlik vositalaridan ogʻir zaharlanish holatlari boʻyicha Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bilan Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi oʻrtasida elektron axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish. | 2026-yil iyul | SSV (A. Xudayarov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi, mutasaddi vazirlik va idoralar | |
Giyohvandlik muammolari boʻyicha maxfiyligi saqlangan holda tibbiy va psixologik maslahat beruvchi mobil ilova yaratish. | 2026-yil aprel — sentabr | |||
Tarkibida giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan dori preparatlarini, shuningdek, prekursorlarni respublika hududiga kirib kelishidan (respublikada ishlab chiqarilishidan) boshlab, isteʼmolchiga yetib borgunga qadar boʻlgan jarayonni raqamlashtirish choralarini koʻrish. | 2026-yil may | |||
Respublikada muomalasi taqiqlangan yoki cheklangan roʻyxatlarga kiritilgan tarkibida giyohvandlik vositalari mavjud boʻlgan dori vositalari toʻgʻrisida dorixonalarni tezkor elektron xabardor qilish tizimini yaratish. | 2026-yil dekabr | |||
Giyohvand bemorlarni davolash tizimini takomillashtirish. | Transkranial magnit stimulyatsiyasi va biologik qayta aloqa davolash usullarining klinik bayonini ishlab chiqish va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya tizimiga joriy etish. | 2026-yil fevral — may | SSV (A. Xudayarov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, mutasaddi vazirlik va idoralar | |
Tez tibbiy yordam koʻrsatuvchi reanimatsion brigadalarni giyohvandlik vositalaridan ogʻir zaharlanishni bartaraf etish uchun (Nalokson) maxsus dori vositalari bilan taʼminlash. | 2026-yil aprel | |||
Opiy retseptorlari antagonisti boʻlgan “Naltrekson” dori vositasini qoʻllab-quvvatlovchi terapiya sifatida joriy etish uchun Davlat budjetidan mablagʻ ajratish choralarini koʻrish. | 2026-yil iyun | |||
Aholiga sifatli narkologik xizmat koʻrsatish tizimini tubdan takomillashtirish. | Aholiga narkologik xizmat koʻrsatish tizimini transformatsiya qilish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish: davlat-xususiy sheriklik asosida aholiga sifatli va qulay narkologik xizmat koʻrsatish tizimini yaratish; aholiga pullik narkologik xizmat koʻrsatuvchi xususiy klinikalarga imtiyozlar berish orqali faoliyatini qoʻllab-quvvatlash; narkologik xizmat koʻrsatish muassasalarida giyohvandlikka chalingan voyaga yetmaganlar va ayollar uchun alohida ixtisoslashtirilgan boʻlinmalarni tashkil etish; narkologik xizmat koʻrsatish muassasalarida alkogolizm va giyohvandlikka chalingan bemorlarni bir-biridan ajratgan holda davolash mexanizmlarini belgilash; narkolog shifokorlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yangicha yondashuvlar asosida tashkil qilish; narkologiya xizmati jozibadorligini oshirish chora-tadbirlarini belgilash; transport vositasini narkotik moddalar taʼsirida boshqargan haydovchilarni bepul tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish amaliyotini yoʻlga qoʻyish. | 2026-yil mart | SSV (A. Xudayarov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), IIV (A. Tashpulatov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), mutasaddi vazirlik va idoralar | |
Giyohvand bemorlarni reabilitatsiya qilish amaliyoti samaradorligini oshirish. | Jazo oʻtayotgan giyohvandlikka chalingan bemorlarni davolash va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish jarayonlariga milliy klinik protokollar va milliy standartlarni joriy etish. | 2026-yil iyul | SSV (A.Xudayarov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), IIV (A. Tashpulatov), mutasaddi vazirlik va idoralar | |
Giyohvandlarni ijtimoiy hayotga qaytarish samaradorligini oshirish maqsadida sogʻliqni saqlash tizimida Addiktologiya tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya markazini tashkil etish ishlarini boshlash. | 2026-yil may | SSV (A. Xudayarov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), mutasaddi vazirlik va idoralar | ||
Ota-onalar tomonidan oʻz farzandlarining narkotiklarni isteʼmol qilganlik holatini ixtiyoriy ravishda tekshirib borilishi uchun imkoniyat yaratish orqali oilaviy nazorat rolini kuchaytirish. | Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni isteʼmol qilganlikni aniqlashga moʻljallangan ekspress-narkotestlarni Oʻzbekistonda ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish. | 2026-yil mart — iyun | SSV (A. Xudayarov), Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (A. Azizov), Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi (A. Temirov), mutasaddi vazirlik va idoralar | |
Barcha fuqarolarga qulay boʻlishi uchun dorixonalarda muntazam ravishda mahalliy ekspress-testlar mavjud boʻlishini hamda retseptsiz sotilishini tashkil etish choralarini koʻrish. | 2026-yil iyul-avgust | |||
Narkologik xizmat boʻyicha mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish. | Aholiga narkologik yordam koʻrsatish boʻyicha Markaziy Osiyo davlatlarining mintaqaviy kengashini tashkil etish tashabbusini ilgari surish. | 2026-yil oktabr | SSV (A. Xudayarov), TIV (B. Saidov), mutasaddi vazirlik va idoralar | |
Respublikaga kirib kelayotgan biologik faol moddalar nazoratini kuchaytirish. | Biologik faol moddalarning tarkibida giyohvandlik vositalari mavjudligini aniqlashga qaratilgan majburiy tadqiqotlarni oʻtkazish tartibini belgilovchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish. | 2026-yil may | SSV (A. Xudayarov), mutasaddi vazirlik va idoralar | |
Giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi moddalar hamda prekursorlarning qonuniy muomalasini nazorat qilish faoliyatini boshqarishni takomillashtirish. | Sogʻliqni saqlash vazirligi “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasining Narkotiklarni nazorat qilish qoʻmitasi faoliyatini tubdan takomillashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va kiritish. | 2026-yil iyun | SSV (A. Xudayarov), mutasaddi vazirlik va idoralar | |
V. YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI MASʼULLIGIDAGI TADBIRLAR | ||||
Yoshlar oʻrtasida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi targʻibot hamda tarbiyaviy-profilaktik tadbirlarni oʻtkazish. | Tajriba-sinov tariqasida Toshkent shahri va Fargʻona viloyatida “Antinarko” yoshlar front-ofislarini tashkil etish hamda volontyorlar jamoasi tomonidan giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish boʻyicha manzilli targʻibot ishlarini olib borish. | 2025-yil dekabr, doimiy ravishda | Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (O. Xasanov), Toshkent shahar va Fargʻona viloyati hokimliklari | |
“Yoshlar giyohvandlikka qarshi” mavzusida videoroliklar, rasmlar va insholar tanlovlarini oʻtkazish. | 2026-yil fevral — may | Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (K. Kuranbayev), IIV (A. Tashpulatov), SSV (A. Xudayarov), Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi (O. Xasanov) | ||
Mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan “Giyohvandlik — umr zavoli” mavzusida targʻibot tadbirlarini tashkil etish. | har oyda | |||
Oliy taʼlim tashkilotlarida “Giyohvandlikka yoʻq deymiz!” shiori ostida tarbiyaviy-profilaktik tadbirlarni oʻtkazish. | har chorakda | |||
Maktab oʻquvchilarining giyohvandlik va narkojinoyatlarga aralashib qolishlarini oldini olish boʻyicha yoshlar yetakchilari tomonidan amalga oshiriladigan choralar metodikasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. | 2026-yil yanvar | Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (E. Karimova), IIV (A. Tashpulatov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | ||
Oliy taʼlim muassasalarining yoshlar yetakchilari boshchiligida faol talabalardan iborat “Yosh targʻibotchilar guruhlari”ni tashkil etish va ular tomonidan giyohvandlik hamda narkojinoyatlarning salbiy oqibatlari yuzasidan maqsadli targʻibot ishlarini olib borish. | 2025-yil dekabr, doimiy ravishda | Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), IIV (A. Tashpulatov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | ||
VI. TAʼLIM TASHKILOTLARI MASʼULLIGIDAGI TADBIRLAR | ||||
Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashishda taʼlim muassasalarining rolini kuchaytirish. | Yoshlar, ota-onalar hamda pedagoglarni giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlaridan ogohlikka chaqiruvchi qoʻshma murojaat tayyorlash va keng jamoatchilikka yetkazish. | 2025-yil noyabr | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (E. Karimova), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), IIV (A. Tashpulatov), SSV (A. Xudayarov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | |
Umumtaʼlim maktablari oʻqituvchi va inspektor-psixologlari tomonidan oʻquvchilarning zararli odatlari toʻgʻrisida ota-onalarini xabardor qilish mexanizmini yaratish. | 2026-yil yanvar | |||
Umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilari uchun giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlarini oʻquvchilarga kreativ tarzda yetkazish boʻyicha uslubiy qoʻllanma va koʻrgazmali materiallar ishlab chiqish. | 2026-yil yanvar — mart | |||
Barcha tuman (shahar) markazlaridagi 1 tadan maktabda giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlarini yorituvchi koʻrgazmali burchaklarni tashkil etish. | 2026-yil mart | |||
Maktab va oliy taʼlim muassasasining aniq chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi “Giyohvandlik va narkojinoyatlarni oldini olish boʻyicha manzilli yillik reja”larini tasdiqlash va amalga oshirish. | 2026-yil yanvar | |||
Oʻquvchi-talabalar oʻrtasida giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olishning yangi tizimini joriy etish. | Oʻquvchilar orasida “Rad etish koʻnikmalari”, “Mening tanlovim — sogʻliq” kabi psixologik trening mashgʻulotlarini oʻtkazish. | 2026-yil yanvar — aprel | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (E. Karimova) SSV (A. Xudayarov), mutasaddi vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | |
Maktab oʻquvchilari orasida giyohvandlik vositalarining isteʼmolini erta aniqlash uchun rejali psixolog va zarur hollarda narkolog maslahatlari amaliyotini joriy etish. | Rejaga muvofiq | |||
“Mahalla — oilaviy poliklinika — taʼlim muassasasi” tamoyili asosida pedagog, tibbiyot xodimi, profilaktika inspektori va mahalla faollarining hamkorlikdagi profilaktik ishlarini amalga oshirish. | Doimiy ravishda | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (E. Karimova), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), mutasaddi vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | ||
Maktablarda “Xavfsizlik otryadlari” hamda oliygohlarda “Qalqon” xavfsizlik patrullarini tashkil etish hamda ular yordamida taʼlim tashkilotlarida giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olish choralarini amalga oshirish. | 2026-yil fevral | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (E. Karimova), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), IIV (A. Tashpulatov) | ||
“Talabalar teatr studiyalari” imkoniyatlaridan foydalangan holda oliy taʼlim tashkilotlari oʻrtasida “Giyohvandlik umr zavoli” shiori ostida sahna koʻrinishidagi bellashuvlarni tashkil etish. | 2026-yil fevral — aprel | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov) | ||
Narkojinoyat sodir etganligi uchun jazo oʻtayotgan mahkumlar hayoti bilan tanishish maqsadida oʻquvchi va talabalarning jazoni ijro etish muassasalariga tashriflarini tashkil etish. Bunda oʻquvchi va talabalarning giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlari bilan tanishishi, ularni ogohlikka chaqirish imkoni yaratiladi. | Har chorakda | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (E. Karimova), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), IIV (A. Tashpulatov) | ||
Oʻquvchi-talabalar oʻrtasida narkojinoyatlarni barvaqt aniqlash. | “Taʼlim — oila — mahalla” tamoyili asosida Giyohvandlikdan holi taʼlim muassasasi konsepsiyasini tasdiqlash va amalga oshirish choralarini belgilash. | 2025-yil noyabr | Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (E. Karimova), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), IIV (A. Tashpulatov), mutasaddi vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | |
Narkojinoyatga aloqador oʻquvchi va talabalar haqida anonim xabar berish imkoniyatini yaratish maqsadida barcha maktab va oliy taʼlim tashkilotlarida ichki ishlar organlari tomonidan muhrlanadigan maxsus qutilarni oʻrnatish hamda tushayotgan xabarlarni tekshirish amaliyotini yoʻlga qoʻyish. | 2025-yil dekabr | |||
Narkojinoyat sodir etishga moyil (sodir etayotgan) oʻquvchi va talabalarni aniqlagan va huquq-tartibot idoralari xodimlariga xabar bergan pedagoglar tarkibini ragʻbatlantirish boʻyicha yangi tizimni ishlab chiqib, amaliyotga joriy etish. | 2026-yil fevral | |||
VII. RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI MASʼULLIGIDAGI TADBIRLAR | ||||
Aholining giyohvandlik va narkojinoyatlarni salbiy oqibatlari haqida ogohligini oshirishda mobil aloqa operatorlari imkoniyatlaridan unumli foydalanish. | Mobil aloqa abonentlariga profilaktik ogohlantirish boʻyicha SMS xabar yuborish amaliyotini yoʻlga qoʻyish. | Har hafta | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), mutasaddi vazirlik va idoralar | |
Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish tizimiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish. | Internet tarmogʻidagi narkodoʻkonlarni, giyohvandlik tarqalganligini aniqlash va bloklash uchun yoshlar oʻrtasida xakaton oʻtkazish. | 2026-yil yanvar — may | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), IIV (A. Tashpulatov), Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi, mutasaddi vazirlik va idoralar | |
Xakatonda yaratilgan eng maqbul dasturlarni tanlab olib, bosqichma-bosqich joriy etish. | 2026-yil dekabr | |||
Narkojinoyatlarni aniqlash va fosh etishda internetning global qidiruv tizimlari hamda messenjerlar imkoniyatlaridan foydalanish. | Narkojinoyatlar bilan bogʻliq vositalar (moddalar) joylashuv (lokatsiya) larini yuborgan akkauntlar haqida maʼlumot olish uchun “Google” global qidiruv tizimi va messenjerlar (“Telegram”, “WhatsApp”) masʼullari bilan muzokaralar olib borish hamda oʻzaro hamkorlik oʻrnatish. | 2026-yil yanvar — mart | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), IIV (A. Raxmatullayev, Z. Kurbanov), DXX (kelishuv asosida), mutasaddi vazirlik va idoralar | |
VIII. MIGRATSIYA AGENTLIGI MASʼULLIGIDAGI TADBIRLAR | ||||
Xorijiy davlatlarda turli maqsadlarda boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolari orasida giyohvandlik va narkojinoyatlarni oldini olish choralarini koʻrish. | Xorijdagi fuqarolarimiz uchun tashkil etiladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi profilaktik ishlarni amalga oshirish. | Alohida reja-grafik asosida | Migratsiya agentligi (B. Musayev), Madaniyat vazirligi (O. Nazabekov), TIV (B. Saidov), mutasaddi vazirlik va idoralar | |
Migratsiya agentligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida giyohvandlik va narkojinoyatlarning ayanchli oqibatlarini yorituvchi kontentlarni joylab borish. | Har oyda | |||
Xorijga ishlash maqsadida ketayotgan shaxslar bilan profilaktik ogohlantiruv tadbirlarini tashkil etish. | Aeroport, temir yoʻl vokzallari va chegara bojxona postlarida giyohvandlikka qarshi kurashishga qaratilgan targʻibot materiallarini tayyorlash va tarqatish. | 2025-yil dekabr | Migratsiya agentligi (B. Musayev), Transport vazirligi (I. Maxkamov), “Uzbekistan airports” AJ (J. Umarxodjayev), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (Z. Narzullayev), mutasaddi vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | |
Xorijiy davlatlarga uzoq muddatga chiqib ketayotgan fuqarolarning narkojinoyatlarga aralashib qolish xavfi boʻyicha ogohligini oshirishga qaratilgan maqsadli chora-tadbirlarni tashkil etish. | Doimiy ravishda | |||
IX. OʻZBEKISTON MAHALLALARI UYUSHMASI MASʼULLIGIDAGI TADBIRLAR | ||||
Giyohvandlik va narkojinoyatlarni aniqlashda jamoatchilik imkoniyatlaridan samarali foydalanish. | Mahalla raislari tomonidan narkolaboratoriya mavjudligiga shubha qilingan xonadonlar haqida profilaktika inspektoriga xabar berish amaliyotini yoʻlga qoʻyish. | 2026-yil davomida | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (K. Kuranbayev), IIV (B. Abdullayev), SSV (A. Xudayarov), mutasaddi vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | |
Aholi orasida biofaol qoʻshimchalarni, ayniqsa, ozdiruvchi vositalarni mutaxassis tavsiyasisiz isteʼmol qilish oqibatida kelib chiquvchi noxush holatlar, salomatlikka taʼsiri haqida keng tushuntirish ishlarini olib borish. | Har oyda | |||
Mahallalardagi latent (yashirin) giyohvandlar toʻgʻrisida huquq-tartibot idoralariga xabar berish tartibini belgilash. | 2025-yil dekabr | |||
Mahallada sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishga qaratilgan tadbirlarni oʻtkazish. | Madaniyat xodimlari, yozuvchi va shoirlarning aholi bilan maʼnaviy muhitni yaxshilash boʻyicha uchrashuvlarini oʻtkazish. | Har oyda | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (K. Kuranbayev), Sport vazirligi (A. Ikramov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), mutasaddi vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | |
“Narkojinoyatlardan holi mahalla” tamoyili ostida sport musobaqalari va koʻngilochar tadbirlarni tashkil etish. | Har chorakda | |||
“Mahalla — oilaviy poliklinika — taʼlim muassasasi” tamoyili asosida pedagog, tibbiyot xodimi, profilaktika inspektori va mahalla faollarining hamkorlikdagi profilaktik ishlarini amalga oshirish. | Har oyda | |||
X. MUDOFAA VAZIRLIGI VA MILLIY GVARDIYA MASʼULLIGIDAGI TADBIRLAR | ||||
Harbiy xizmatchilar orasida giyohvandlik tarqalishini oldini olish boʻyicha manzilli tadbirlarni tashkil etish. | Qurolli Kuchlar safiga muddatli va shartnoma asosida harbiy xizmatga chaqiriluvchilar hamda harbiylarni majburiy tibbiy laboratoriya tekshiruvidan oʻtkazish tartibini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish. | 2026-yil iyul | Mudofaa vazirligi (Sh. Xalmuxamedov), SSV (A. Xudayarov), mutasaddi vazirlik va idoralar | |
Giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olishga qaratilgan targʻibot tadbirlarini oʻtkazish. | Uyushmagan yoshlar oʻrtasida sportning kamondan otish va qoʻl jangi turi boʻyicha musobaqalar tashkil etish. | Reja asosida | Milliy gvardiya (R. Djurayev), Mudofaa vazirligi (Sh. Xalmuxamedov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (K. Kuranbayev) | |
Harbiy qismlarda “Giyohvandlik vositalariga qarshimiz” shiori ostida uchrashuvlar oʻtkazish. | Har oyning 5 sanasida | |||
“Jasorat” maktablarida uchrashuv va davra suhbatlarini tashkil etish. | Har oyning 10 sanasida | |||
“Biz giyohvandlikka qarshimiz” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik tadbirlarini tashkil etish. | Mahallalar, taʼlim tashkilotlarida harbiy texnika va oʻqotar qurollar koʻrgazmalari hamda harbiy jang sanʼati boʻyicha chiqishlarni tashkil etish. | Har oyda | Mudofaa vazirligi (Sh. Xalmuxamedov), Milliy gvardiya (R. Djurayev), mutasaddi vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | |
XI. BOJXONA QOʻMITASI MASʼULLIGIDAGI TADBIRLAR | ||||
Chegara oʻtkazish punktlari va bojxona postlarining moddiy-texnik bazasini takomillashtirish va kadrlar salohiyatini oshirish. | Chegara oʻtkazish punktlari va bojxona postlari uchun zamonaviy maxsus texnik vositalarni xarid qilish choralarini koʻrish. | Reja asosida | Bojxona qoʻmitasi (A.Mavlonov), DXX (kelishuv asosida), Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi, TIV (B. Saidov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), mutasaddi vazirlik va idoralar | |
Chegara oʻtkazish punktlari va bojxona postlari xodimlarining xorijiy davlatlarning maxsus oʻquv muassasalarida malakasini oshirish. | 2026-yil davomida | |||
Respublika hududiga giyohvandlik vositalarining kirib kelishi holatlarini barvaqt aniqlash mexanizmini takomillashtirish. | Giyohvandlik vositalarini “nazorat ostida yetkazib berish” tezkor-qidiruv tadbirini amalga oshiruvchi idoralararo normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqish. | 2026-yil mart | Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), IIV (A. Tashpulatov), DXX (B. Kurbanov), Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (J. Xatamov), mutasaddi vazirlik va idoralar | |
Respublika hududiga kirib keladigan va tranzit yuklar, xalqaro pochta joʻnatmalari xususida qoʻshni va xorijiy davlatlar bilan dastlabki maʼlumotlar elektron almashinuvini yoʻlga qoʻyish. | 2026-yil aprel | |||
Narkotiklarni nazorat qilish xalqaro qoʻmitasining maʼlumotlar bazasidan foydalanish imkoniyatini yaratish choralarini koʻrish. | 2026-yil may | |||
XII. MADANIYAT VAZIRLIGI MASʼULLIGIDAGI TADBIRLAR | ||||
Aholi orasida giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olishga qaratilgan ommaviy-madaniy tadbirlarni oʻtkazish. | Davlat konsert-tomosha muassasalari tomonidan tashkil etiladigan madaniy-maʼrifiy konsert va festivallarda giyohvandlik va psixotrop moddalarga qarshi kurashishni targʻib qilish. | Har oyda | Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, mutasaddi vazirlik va idoralar | |
“Yoshlar giyohvandlikka qarshi” shiori ostida musiqiy fleshmoblarni oʻtkazish. | ||||
Giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlari toʻgʻrisida sportchi, sanʼatkor, taniqli shaxslar ishtirokida chellenj oʻtkazish. | ||||
Giyohvandlikka qarshi qaratilgan taʼsirchan ijodiy mahsulotlarni yangicha yondashuv asosida tayyorlash. | Ishlab chiqilayotgan film, spektakl va kliplarda giyohvandlik va narkojinoyatlarning ayanchli oqibatlari haqidagi mavzularni yoritish. | Har oyda | Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), mutasaddi vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | |
Voyaga yetmaganlar uchun giyohvandlikning salbiy oqibatini yorituvchi animatsion va multiplikatsion filmlar ishlab chiqish. | Har chorakda | |||
Oʻzbekiston davlat satira teatrida sahnalashtirilgan “Totli roʻyolar” spektaklining ommaviy namoyishini tashkil etish. | Spektaklni respublikaning barcha hududlarida namoyish etish. | Reja-grafik asosida | Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, mutasaddi vazirlik va idoralar | |
Spektaklning Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Oltin fondi”da qoldirish maqsadida tasvirga olish, shuningdek, spektaklni telekanallar orqali efirga uzatib borish. | 2025-yil dekabr | Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), MTRK (A. Djurabayev) | ||
XIII. OILA VA XOTIN-QIZLAR QOʻMITASI MASʼULLIGIDAGI TADBIRLAR | ||||
Xotin-qizlar oʻrtasida giyohvandlikka qarshi mafkuraviy immunitetni oshirish. | Xotin-qizlar orasida sogʻlom maʼnaviy muhitni shakllantirishga qaratilgan “Sharq ayoli maʼrifati” loyihasini ishlab chiqish va mahallalarda xotin-qizlar bilan uchrashuv hamda seminarlar tashkil etish. | 2025-yil noyabr, reja asosida | Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi (U. Abdullayeva), mutasaddi vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | |
Xotin-qizlar oʻrtasida giyohvandlikka qarshi murosasiz muhitni yaratish. | Mahallalarda xotin-qizlar faoli tomonidan “Sogʻlom ona — sogʻlom bola” shiori ostida giyohvandlikka qarshi targʻibot tadbirlarini oʻtkazish. | Har oyda | Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi (U. Abdullayeva), mutasaddi vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | |
Xotin-qizlar faoli tomonidan “Sogʻlom oila — sogʻlom jamiyat” tamoyili asosida har oyda kamida 20 ta oila bilan tushuntirish ishlari olib borishni yoʻlga qoʻyish. | ||||
XIV. FANLAR AKADEMIYASI MASʼULLIGIDAGI TADBIRLAR | ||||
Giyohvandlikni erta aniqlashga moʻljallangan diagnostika vositalarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish. | Giyohvandlik vositalarini isteʼmol qilganlikni aniqlashga moʻljallangan ekspress-narkotestlarni ishlab chiqarish. | 2026-yil mart — iyun | Fanlar akademiyasi (Sh. Ayupov), SSV (A. Xudayarov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov), Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi (A. Azizov) | |
Texnik kannabis oʻsimligining yangi urugʻ navlarini yaratish choralarini koʻrish. | Sanoat maqsadlarida yetishtirilayotgan texnik kannabis oʻsimligining yangi urugʻ navlarini yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish. | 2026-yil dekabr | Fanlar akademiyasi (Sh. Ayupov), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (I. Abduraxmonov), IIV (A. Tashpulatov) | |
XV. OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI MASʼULLIGIDAGI TADBIRLAR | ||||
Giyohvandlik va narkojinoyatlarning barvaqt oldini olish boʻyicha olib borilayotgan amaliy harakatlarni keng yoritib borish. | Chora-tadbirlarni keng yoritishga qaratilgan media-rejani ishlab chiqish va ijrosini sifatli tashkil etish. | 2025-yil noyabr, reja asosida | MTRK (A.Djurabayev), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Koʻchimov), Oʻzbekiston milliy media birlashmasi (A. Abdutalipov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), mutasaddi vazirlik va idoralar | |
Ommaviy axborot vositalari imkoniyatlari yordamida aholi orasida narkojinoyatlar uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirilganligi haqida keng qamrovli huquqiy targʻibot tadbirlarini tashkil etish. | 2026-yil davomida | |||
Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashishga qaratilgan kamida 4 ta maxsus koʻrsatuv va radio eshittirishni efirga uzatish. | Har oyda | |||
3-ILOVA
“ | ||
45. | Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi | Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasi, shuningdek, tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha boʻlgan kannabis oʻsimligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bogʻliq boʻlmagan sanoat maqsadlarida yetishtirish faoliyati ustidan nazorat |
”. |
2-ILOVA
A.N. Aripov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Davlat komissiyasi raisi |
Lavozimi boʻyicha | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi direktori, Davlat komissiyasi raisining oʻrinbosari |
N.T. Yoʻldoshev | — | Bosh prokuror |
B.D. Islamov | — | Oliy sud raisi |
B.N. Kurbanov | — | Davlat xavfsizlik xizmati raisi |
A.A. Tashpulatov | — | ichki ishlar vaziri |
B.O. Saidov | — | tashqi ishlar vaziri |
A.D. Tashkulov | — | adliya vaziri |
A.A. Xudayarov | — | sogʻliqni saqlash vaziri |
J.A. Qoʻchqorov | — | iqtisodiyot va moliya vaziri |
I.Yu. Abdurahmonov | — | qishloq xoʻjaligi vaziri |
A.I. Ikramov | — | sport vaziri |
E.G. Karimova | — | maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri |
K.A. Sharipov | — | oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri |
B.E. Zaxidov | — | kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri |
Sh.X. Shermatov | — | raqamli texnologiyalar vaziri |
O.A. Nazarbekov | — | madaniyat vaziri |
K.K. Kuranbayev | — | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi |
O.A. Xasanov | — | Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi direktori |
A.A. Djurabayev | — | Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi |
A.Yu. Mavlonov | — | Bojxona qoʻmitasi raisi |
Z.B. Maxkamova | — | Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi |
A.Z. Saʼdullayev | — | Yoshlar ishlari agentligi direktori |
Lavozimi boʻyicha | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi direktorining oʻrinbosari, Davlat komissiyasi masʼul kotibi |