ILOVA
Chora-tadbirning nomlanishi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Masʼul ijrochilar | |
I. Paxta-toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar | ||||
1. | Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ajratilgan kreditlar boʻyicha qarzdorliklarni restrukturizatsiya qilish. | Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tijorat banklari orqali 2022-2023-yillar paxta hosiliga ajratilgan kreditlardan qarzdorligi mavjud paxta-toʻqimachilik klasterlari boʻyicha: | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (A. Haydarov), Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (A. Isroilov), Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi, Markaziy bank (T. Ishmetov), tijorat banklari | |
1. Garov taʼminotini toʻliq taʼminlagan (mol-mulk) klasterlarga 2025-yil 1-avgustdan boshlab faqat asosiy qarzni toʻlashga hamda asosiy qarz tugagandan keyingi 12 oyda teng ulushlarda foiz toʻlashga ruxsat etish. | 2025-2026-yillar | |||
2. Amaldagi toʻlov grafigi boʻyicha ham asosiy qarz ham foizlarni oʻz vaqtida toʻlagan klasterlarga ushbu kreditlar boʻyicha Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga joriy yil 1-avgustdan keyin undirilgan foiz summasining 50 foizini qaytarib berish. | Amaldagi toʻlov grafigi boʻyicha | |||
3. Garov taʼminotini toʻliq taʼminlagan klasterlarga kreditning toʻlanmagan qismiga hisoblanib 2025-yil 1-avgust holatiga hosil boʻlgan penya summalarini hisobdan chiqarish. | 2025-yil 15-oktabr | |||
4. Garov taʼminotini toʻliq taʼminlagan klasterlarga kreditning toʻlanmagan qismiga hisoblanib 2025-yil 1-avgustga qadar undirilgan penya summalarini toʻliq ravishda kredit boʻyicha asosiy qarzni kamaytirishga, asosiy qarz mavjud boʻlmagan taqdirda amaldagi boshqa kreditlarning asosiy qarzini qoplashga yoʻnaltirish. | 2025-yil 15-oktabr | |||
2. | Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga Davlat budjetidan ajratilgan ssuda summasini muvofiqlashtirish. | Tijorat banklari tomonidan 2025-yil 1-avgustga qadar undirilgan va asosiy qarzni kamaytirgan holda Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga yoʻnaltirilgan penya summalarini, Davlat budjetidan Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga ajratilgan ssudani toʻlov grafigidan chegirib tashlash. | 2025-yil 15-oktabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (A. Haydarov), Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (A. Isroilov), Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi, Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi (T. Rajabov) |
3. | Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ajratilgan kreditlar boʻyicha qarzdorliklarni restrukturizatsiya qilish jarayonlarini nazorat qilish. | 1. Klasterlar va ip-yigiruv korxonalarining har biriga Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va Soliq qoʻmitasining masʼul xodimlarini biriktirish. | 2025-yil 25-sentabr | Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi (T. Rajabov), Soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev) |
2. Qarorning 3-bandida belgilangan chora-tadbirlar ijrosi soʻzsiz va sifatli taʼminlanishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish. | 2025-yil 10-oktabr, keyinchalik doimiy | |||
3. Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan 2025-yilning 10-oktabriga qadar Prezident Administratsiyasiga axborot kiritish. | 2025-yil 10-oktabr | |||
4. | Paxta hosilini nobud qilmasdan yigʻib olishni ragʻbatlantirish. | Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan: a) 2025-yil paxta hosilini nobud qilmasdan, oʻz vaqtida terib olishni taʼminlash maqsadida fermer xoʻjaliklariga ular tomonidan paxta-toʻqimachilik klasterlariga sotilgan har bir tonna paxta xomashyosi uchun 1 million soʻmdan subsidiya ajratish; b) oʻz mablagʻlari hisobidan paxta yetishtirgan yoki paxta xomashyosini xarid qilgan paxta-toʻqimachilik korxonalariga xomashyo qiymatining 10 foizini qoplab berish. | 2025-yil sentabr — noyabr, keyinchalik haqiqatda sotilgan hajmlarga muvofiq | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (A. Haydarov), Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (A. Isroilov), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (I. Abdurahmonov) |
5. | Tijorat kreditidan majburiyati mavjud boʻlgan klasterlar, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarini sogʻlomlashtirish. | 1. Tijorat kreditidan qarzdorligi mavjud boʻlgan 144 ta korxonani sogʻlomlashtirish choralarini belgilash. 2. Sogʻlomlashtirish imkoniyati mavjud deb topilgan korxonalarning kreditlari muddatini 7 yilgacha uzaytirib berish. | 2025-yil noyabr | Vazirlar Mahkamasi (J. Qoʻchqorov), Markaziy bank (A. Turdaliyev), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (I. Abdurahmonov), Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi |
6. | Paxta-toʻqimachilik klasterlari va ip-yigiruv korxonalari oʻrtasida samarali kooperatsiya tizimini yoʻlga qoʻyishni ragʻbatlantirish. | Paxta-toʻqimachilik klasterlari va ip-yigiruv korxonalari oʻrtasida samarali kooperatsiya tizimini yoʻlga qoʻyish uchun qulay moliyaviy mexanizmlarni joriy qilish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish. | 2025-yil noyabr | Vazirlar Mahkamasi (J. Qoʻchqorov, J. Xodjayev), Markaziy bank (A. Turdaliyev), Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi |
7. | Paxta-toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalariga ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz etib belgilash boʻyicha qonun hujjatlariga oʻzgartirish kiritish. | Qarordan kelib chiqib, Soliq kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil 15-noyabr | Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi (A. Haydarov), Soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev) |
8. | Yengil sanoat sohasida korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish, tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmini oshirish choralarini koʻrish. | Chora-tadbirlar dasturida: 1. Sohadagi tadbirkorlar bilan muhokama qilgan holda tannarxni pasaytirish, ishlab chiqarish va eksport hajmlarini oshirish, tarmoqlararo va ichki kooperatsiyani kengaytirish, past quvvatda ishlayotgan korxonalarni sogʻlomlashtirish. 2. Yengil sanoat sohasi korxonalarining moliyaviy holatini tahlil qilib ularga aylanma mablagʻlarini shakllantirish uchun qulay shartlarda kredit mahsulotlarini taqdim etish. 3. “Bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimi orqali tayyor mahsulotlar eksportini ikki barobarga oshirishni nazarda tutish. | 2025-yil noyabr, keyinchalik chora-tadbirlarda nazarda tutilgan muddatlarda | Vazirlar Mahkamasi (J. Qoʻchqorov, J. Xodjayev), Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi, Markaziy bank (A. Turdaliyev), Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov) |
9. | Paxta xomashyosini qabul qilishdan tortib qayta ishlashgacha boʻlgan jarayonlarni avtomatlashgan hisobga olish tizimini joriy qilish. | Paxta-toʻqimachilik klasterlari va boshqa toʻqimachilik korxonalari tomonidan paxta xomashyosini qabul qilish hamda qayta ishlashdan olingan mahsulotlarni (tola, kalava va boshqalar) avtomatlashgan majburiy hisobga olish tizimini (markirovka) joriy qilish. | 2026-yil 1-yanvar | Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi (I. Abdurahmonov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (O. Pekos) |
10. | Hosildorligi past boʻlgan ekin maydonlariga boshqa serdaromad ekin turlarini joylashtirish boʻyicha taklif ishlab chiqish. | Hosildorligi past boʻlgan ekin maydonlariga boshqa serdaromad ekin turlarini joylashtirish boʻyicha taklif ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil 1-yanvar | Qishloq xoʻjaligi vazirligi (I. Abdurahmonov), Kadastr agentligi (F. Pulatov), “Oʻzbekkosmos” agentligi (Sh. Kadirov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
II. Imtiyozlar | ||||
11. | Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan aralash mato, gazlama mahsulotlari, shuningdek, charm va ipak sanoati uchun zarur xomashyolarni bojxona bojidan ozod etish. | 1. Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan aralash mato, gazlama, charm va ipak mahsulotlari roʻyxatini shakllantirish hamda “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKga kiritish. | 2025-yil 20-oktabr | Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi, Bojxona qoʻmitasi (A. Mavlonov), “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK (M. Allabergenov) |
2. Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan aralash mato, gazlama mahsulotlari, charm va ipak sanoati uchun zarur xomashyolar roʻyxatini ekspertizadan oʻtkazish. | 2025-yil 1-noyabr | |||
3. Ekspertiza natijalaridan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga chetdan olib kirishda bojxona bojlaridan ozod qilinadigan Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan aralash mato, gazlama mahsulotlari, charm va ipak sanoati uchun zarur xomashyolar roʻyxatini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil 15-noyabr | |||
III. Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirishni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar | ||||
12. | Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari uchun qulay eksportoldi moliyalashtirish mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish. | Tijorat banklarida qulay eksportoldi moliyalashtirishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha “Ishonchli eksportchi” dasturini ishga tushirish. | 2025-yil 10-oktabr | Markaziy bank (N. Saydullayev) |
13. | Ishlab chiqarish korxonalari tomonidan quyosh panellarida oʻz isteʼmolidan ortiq ishlab chiqarilgan elektr energiyasini yagona energetika tizimiga qabul qilish, rostlash va sotib olish tartibini amaliyotga joriy qilish. | Ishlab chiqarish korxonalari tomonidan quvvati 1 MVtdan ortiq quyosh panellarida oʻz isteʼmolidan ortiq ishlab chiqarilgan elektr energiyasini yagona energetika tizimiga qabul qilish, rostlash va sotib olish tartibini joriy qilish boʻyicha qaror loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil 1-noyabr | Energetika vazirligi (J. Mirzamahmudov), Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi |
14. | Ishlab chiqarish korxonalarida quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish ishlarini moliyalashtirish boʻyicha qulay kredit liniyalarini joriy qilish. | Ishlab chiqarish korxonalarida quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish ishlarini moliyalashtirish maqsadida xalqaro moliya institutlari hamda xorijiy banklarning 200 million AQSH dollari miqdoridagi uzoq muddatli imtiyozli kredit liniyalarini jalb qilish. | 2025-yil 1-noyabr | Vazirlar Mahkamasi (J. Xodjayev), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov) |
Ishlab chiqarish korxonalarida quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish xarajatlarining bir qismini qoplab berish. | Ishlab chiqarish korxonalarida quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish maqsadida olinadigan kreditlar boʻyicha kredit foizi stavkasining 10 foizgacha qismini Energiya samaradorligini ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan qoplab berishni yoʻlga qoʻyish. | 2025-yil 1-noyabr | Energiya samaradorligi milliy agentligi (Z. Badriddinov) | |
16. | Respublikaning aralash gazlama ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish. | 2025-yil yakunigacha kamida 100 ming tonnalik aralash gazlama ishlab chiqarish loyihalarini boshlash. | 2025-yil 31-dekabr | Vazirlar Mahkamasi (J. Xodjayev), Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi |
17. | Olis tumanlarda yirik toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarining tikuvchilik fabrikalarini (filiallarini) ishga tushirish. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 2025-yil yakuniga qadar 20 ta tumanda, 2026-yilda 30 ta tumanda tikuvchilik fabrikalarini ishga tushirish. | 2025-2026-yillar | Vazirlar Mahkamasi (J. Xodjayev), Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
18. | Oʻz bozoriga ega xorijiy brend kompaniyalarining ishlab chiqarish quvvatlarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelish. | 1. Oʻz bozoriga ega va ishlab chiqarish korxonasini Oʻzbekiston Respublikasiga koʻchirmoqchi boʻlgan xorijiy brend kompaniyalari bilan muzokaralar oʻtkazish. | 2025-yil 1-noyabr | Vazirlar Mahkamasi (J. Xodjayev), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov), Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi |
2. Muzokaralar natijasiga koʻra ishlab chiqarish korxonasini Oʻzbekiston Respublikasiga koʻchirish istagini bildirgan brend kompaniyalarni qoʻllab-quvvatlash (boj toʻlovidan ozod etish va logistika xarajatining bir qismini qoplash) boʻyicha taklif ishlab chiqish. | 2025-yil 31-dekabr | |||
19. | Jalb qilingan xorijiy brendlar mutaxassislarining ish haqini qoplab berish. | “Buxoro zarhal” klasteri tomonidan jalb qilingan Germaniyaning “Kourt Bauyer” brendi uchun ishlayotgan xorijiy mutaxassislar ish haqining 50 foiz qismini qoplab berish tartibini tasdiqlash. | 2025-yil 1-noyabr | Vazirlar Mahkamasi (J. Xodjayev), Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi |
20. | Xorijiy davlatlarda toʻqimachilik korxonalarining savdo uylarini ochish. | AQSHning Sent-Luis va Nyu-York shaharlarida toʻqimachilik korxonalarining savdo uylarini ochish. | 2025-yil 1-noyabr | Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Aʼloyev), Oʻzbekistonning AQSHdagi elchixonasi (F. Sidikov) |
21. | Ichki bozorda tola narxining asossiz oshib ketishining oldini olish. | Tolani qayta ishlash quvvati yetarli boʻlmagan korxonalar tomonidan tola spekulyatsiyasini oldini olishga qaratilgan choralarni koʻrib borish va amalga oshirilgan ishlar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritish. | Har chorakda | Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi (X. Turaxujayev) |
22. | Andijon viloyatining Paxtaobod, Qashqadaryo viloyatining Koson va Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanlarida qurilayotgan toʻqimachilik sanoati zonasi hududida suvni tozalash inshooti qurilishi va ishga tushirilishini taʼminlash. | 1. Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazida mazkur obyektlar uchun tayyorlangan loyihalarni belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazish. 2. Mazkur loyihalar belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilganidan soʻng davlat sherigi tomonidan qurilish ishlari, asbob-uskunalar va texnikalar xaridlarining bir qismini moliyalashtirish uchun Savdo-sanoat palatasi huzurida tashkil qilingan boshqaruv kompaniyalariga Andijon viloyatining Paxtaobod hamda Qashqadaryo viloyatining Koson tumanlarida quriladigan suvni tozalash inshootiga 7,4 mln AQSH dollari, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida quriladigan suvni tozalash inshootiga 13 mln AQSH dollari miqdorida Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan boʻyash uskunalari xaridi subsidiyasi uchun nazarda tutilgan mablagʻning 20,4 mln AQSH dollari qismini yoʻnaltirish. 3. Loyihalarga xususiy investorni jalb qilish va davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirish choralarini koʻrish. | 2025-yil 1-noyabr | Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Umurzakov), “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK (M. Allabergenov) |
23. | Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sohasida yirik brendlar bilan ishlashni tashkil qilish. | 1. Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sohasida yillik aylanmasi 1 milliard AQSH dollaridan oshadigan yirik brendlar bilan ishlash boʻyicha “yoʻl xarita”sini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil 10-oktabr | Tashqi ishlar vazirligi (B. Aʼloyev), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Kudratov) |
2. Joriy yilning 14 — 16-oktabr kunlari Toshkent shahrida oʻtkaziladigan xalqaro “Neimtextil Uzbekistan 2025” toʻqimachilik koʻrgazmasida ushbu brend kompaniyalar ishtirokini taʼminlash. | 2025-yil 20-oktabr | |||
24. | AQSH bozoriga mahalliy toʻqimachilik mahsulotlari eksportini oshirish choralarini koʻrish. | AQSHning “Ay-Ti-Ef grup” logistika kompaniyasi bilan davlat-xususiy sheriklik asosida Toshkent shahrida logistika kompaniyasini tashkil etish. | 2025-yil 1-noyabr | Vazirlar Mahkamasi (J. Xodjayev), Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov), Oʻzbekistonning AQSHdagi elchixonasi (F. Sidikov) |