16.01.2025 yildagi PF-6-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni

Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida qayta ishlash zanjirini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatining investitsion jozibadorligini va raqobatbardoshligini yanada oshirish, sohaning eksport salohiyatini kengaytirish, mahalliy toʻqimachilik mahsulotlarining xorijiy bozorlarga kengroq kirib borishi uchun sharoitlar yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2025 — 2027-yillarda toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida qayta ishlash zanjirini rivojlantirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulotlar eksportini 2025-yilda 4,0 milliard AQSH dollariga, 2026-yilda 5,0 milliard AQSH dollariga va 2027-yilda 7,0 milliard AQSH dollariga yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AQSH va Yevropa davlatlari bozorlariga tayyor mahsulotlar eksportini 500 million AQSH dollariga yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgʻor texnologiyalar va zamonaviy dizaynerlik ishlanmalarini keng joriy qilish hamda xalqaro brendlarni jalb qilish orqali jami eksportda tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari ulushini 70 foizga yetkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ip-kalavani chuqur qayta ishlashni yanada rivojlantirish maqsadida 5,0 milliard AQSH dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar va kreditlar jalb qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-174-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 06/25/174/0858-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Savdo-sanoat palatasi mahalliy mahsulot va brendlarni xalqaro “marketpleys”larda targʻib qilish, joylashtirish va reklama qilish boʻyicha “Made in Uzbekistan” dasturini amalga oshirsin. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dastur doirasida tarmoq korxonalari xodimlariga “marketpleys”lar bilan ishlashni oʻrgatish, ularning dastlabki mahsulotlarini “marketpleys”larda joylashtirishda koʻmaklashish, mahalliy brendlarni yaratish va ilgari surish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturni amalga oshirish uchun Kompaniya tomonidan Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi hisobidan 2 million AQSH dollari miqdorida mablagʻ yoʻnaltirishga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda Namangan viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda Namangan viloyatida 30 gektar yer maydonida maxsus huquqiy, soliq, bojxona, valyuta rejimlari oʻrnatiladigan, chuqur qayta ishlangan tayyor kiyim-kechaklar va uy tekstili mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan toʻqimachilik maxsus sanoat zonasini (keyingi oʻrinlarda — Sanoat zonasi) tashkil etish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Sanoat zonasida bojxona postini tashkil qilish, tovarlarni erkin muomalaga chiqaradigan korxonalar uchun soliq imtiyozlarini noteng qoʻllashga yoʻl qoʻymaslik nazarda tutilsin hamda ishlab chiqarish binolarini xorijiy davlatlar (Xitoy, Koreya, Turkiya) tajribasi asosida koʻp qavatli (2-3 qavat) qilib qurish inobatga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Savdo-sanoat palatasining Kompaniya huzurida masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida ustav fondi 10 milliard soʻm boʻlgan faktoring tashkilotini (keyingi oʻrinlarda — Faktoring tashkiloti) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi 5 yil muddatga 2028-yil 1-yanvardan qaytarish sharti bilan yillik 4 foiz stavkada Kompaniyaga uning buyurtmasiga asosan 50 million AQSH dollari, Markaziy bankning buyurtmasiga asosan tijorat banklariga 50 million AQSH dollari, jami 100 million AQSH dollari miqdorida mablagʻ ajratadi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-174-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 06/25/174/0858-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan mablagʻlar Kompaniya tomonidan sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga qulay shartlarda faktoring va lizing xizmatlari hamda toʻqimachilik sanoati korxonalariga xomashyo xarid qilish va sotish boʻyicha savdo operatsiyalari uchun moliyaviy xizmatlarni koʻrsatishga yoʻnaltiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur mablagʻlarning tijorat banklariga ajratiladigan 50 million AQSH dollari qismi Yengil sanoatni rivojlantirish agentligining tavsiyasiga asosan yengil sanoat korxonalariga qulay shartlarda faktoring va lizing xizmatlari, xomashyo xarid qilish va sotish boʻyicha savdo operatsiyalari uchun moliyaviy xizmatlarni koʻrsatishga yoʻnaltiriladi;
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-174-sonli Farmoniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 06/25/174/0858-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ajratiladigan mazkur mablagʻlarni samarali boshqarish uchun Kompaniya huzurida alohida yuridik shaxslar tashkil etishga ruxsat beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Faktoring tashkiloti faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlar Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev Savdo-sanoat palatasi takliflariga koʻra ikki oy muddatda moliyaviy xizmatlarni koʻrsatish tartibi va aniq shartlarini, shuningdek, moliyaviy xizmatlarning turlari boʻyicha mablagʻlar taqsimotini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Savdo-sanoat palatasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Farmonning 6-bandida nazarda tutilgan moliyaviy xizmatlarning keng joriy qilinishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Faktoring tashkiloti faoliyatiga faktoring xizmatlariga oid yuqori bilim va kasbiy mahoratlarga ega mahalliy va xorijiy mutaxassislar jalb qilinishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
choraklik reja-grafiklar asosida korxonalarning faktoring xizmatlaridan xabardorligini oshirish va faktoringning afzalliklari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-yanvardagi “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida chuqur qayta ishlash va yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni hamda ularning eksportini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-53-son Farmonining 3-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan paxta ip-kalavasi eksporti yigʻimi boʻyicha qarzdorliklar undirilib, mazkur mablagʻlar hisobidan qarzdorlik shakllangan yilda tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini eksport qilgan korxonalarni amalga oshirgan eksporti hajmiga mutanosib ravishda subsidiyalashga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Savdo-sanoat palatasi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va J.A. Xodjayev hamda Savdo-sanoat palatasi raisi D.A. Vaxabov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmon ijrosini nazorat qilish, masʼul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 16-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-6-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 16-yanvardagi PF-6-son Farmoniga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-oktabrdagi “Eksport faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6091-son Farmonining 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“5. “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan tijorat banklariga eksport bilan bogʻliq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalashtirish kreditlari uchun moliyaviy resurslar taqdim etish shartlari va miqdorlari Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan belgilanadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan toʻrtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-132-son Farmoniga 3-ilovaning 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi “Tadbirkorlar uchun teng sharoitlar va adolatli raqobat muhitini taʼminlash boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-229-son Farmonida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2. 2025-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoati yoʻnalishlarida ishlab chiqarish faoliyatini yuritayotgan va quyidagi barcha shartlarga bir vaqtning oʻzida javob beradigan tadbirkorlik subyektlari uchun foyda soligʻi stavkasi 2 foiz va ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1 000 tagacha ish oʻrniga ega korxonalarda jami xodimlar sonining kamida 15 foizi, 1 000 tadan ortiq ish oʻrniga ega korxonalarda jami xodimlar sonining kamida 10 foizi, biroq kamida 150 nafari Ijtimoiy himoya yagona reyestri yoki Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning aʼzolaridan iborat boʻlganda. Bunda xodim tegishli reyestrdan belgilangan tartibda chiqarilganidan keyin imtiyozning qoʻllanishi 6 oy davomida amal qiladi;

har oyda oʻrtacha ish haqi miqdori mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining ikki baravaridan kam boʻlmagan miqdorda hisoblanganda;

hisobot davrida toʻquv (trikotaj mato, ip-gazlama va paypoq mahsulotlari), tikuv-trikotaj, poyabzal yoki charm-attorlik mahsulotlarini realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumi jami tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadning kamida 90 foizini tashkil etganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandda belgilangan imtiyozlardan foydalanish uchun barcha shartlarning bir vaqtda bajarilganligi soliq organlari tomonidan inson omilisiz avtomatik tarzda hisobot choragi yakunlari boʻyicha keyingi oyning 25-sanasiga qadar aniqlanadi.

Bunda mazkur shartlar tegishli chorakning har bir oyida bajarilganda, soliq imtiyozi ushbu chorak uchun qoʻllaniladi.

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan ushbu bandda belgilangan soliq imtiyozlaridan foydalanilgandan soʻng soliq hisobotlarini qayta taqdim etish orqali belgilangan shartlarga rioya etmaganlik holati aniqlanganda, soliq imtiyozi bekor qilinib, soliqlar penya hisoblangan holda hisoblab chiqariladi va budjetga undiriladi”;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-martdagi PF-47-sonli Farmoniga asosan 2025-yil 1-iyuldan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2025-y., 06/25/47/0243-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2-ilovaning 1-pozitsiyasi “Mazmuni” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2025-yil 1-yanvardan 2028-yil 1-yanvarga qadar tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik sanoati yoʻnalishlarida ishlab chiqarish faoliyatini yuritayotgan va quyidagi barcha shartlarga bir vaqtning oʻzida javob beradigan tadbirkorlik subyektlari uchun foyda soligʻi stavkasini 2 foiz va ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz etib belgilash:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1 000 tagacha ish oʻrniga ega korxonalarda jami xodimlar sonining kamida 15 foizi, 1 000 tadan ortiq ish oʻrniga ega korxonalarda jami xodimlar sonining kamida 10 foizi, biroq kamida 150 nafari Ijtimoiy himoya yagona reyestri yoki Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning aʼzolaridan iborat boʻlganda. Bunda xodim tegishli reyestrdan belgilangan tartibda chiqarilganidan keyin imtiyozning qoʻllanishi 6 oy davomida amal qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har oyda oʻrtacha ish haqi miqdori mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining ikki baravaridan kam boʻlmagan miqdorda hisoblanganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobot davrida toʻquv (trikotaj mato, ip-gazlama va paypoq mahsulotlari), tikuv-trikotaj, poyabzal va charm-attorlik mahsulotlarini realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumi jami tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadning kamida 90 foizini tashkil etganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandda belgilangan imtiyozlardan foydalanish uchun barcha shartlarning bir vaqtda bajarilganligi soliq organlari tomonidan inson omilisiz avtomatik tarzda hisobot choragi yakunlari boʻyicha keyingi oyning 25-sanasiga qadar aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda mazkur shartlar tegishli chorakning har bir oyida bajarilganda, soliq imtiyozi ushbu chorak uchun qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan ushbu bandda belgilangan soliq imtiyozlaridan foydalanilgandan soʻng soliq hisobotlarini qayta taqdim etish orqali belgilangan shartlarga rioya etmaganlik holati aniqlanganda, soliq imtiyozi bekor qilinib, soliqlar penya hisoblangan holda hisoblab chiqariladi va budjetga undiriladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.01.2025-y., 06/25/6/0058-son; 17.03.2025-y., 06/25/47/0243-son; 22.09.2025-y., 06/25/174/0858-son)