Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.04.2019 12.01.1998 yildagi 15-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.04.2019
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING IDORALARARO TUSDAGI XALQARO ShARTNOMALARINI TUZISh, BAJARISh, TOʻXTATIB TURISh, TOʻXTATISh VA BEKOR QILISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-apreldagi 331-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida” 2019-yil 6-fevraldagi OʻRQ-518-son Qonuni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarini tuzish, bajarish, toʻxtatib turish, toʻxtatish va bekor qilishning ilova qilinayotgan Tartibi tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari ushbu Tartibni bajarishga qabul qilsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yil 12-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 12-yanvardagi 15-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarini tuzish, bajarish, toʻxtatib turish, toʻxtatish va bekor qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalari ushbu shartnomalar bilan tartibga solinadigan masalalar vakolatiga kiruvchi hamda buning uchun zarur huquqqa ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari nomidan xorijiy davlatlarning tegishli davlat organlari va xalqaro tashkilotlar bilan tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasining ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish masalalari bilan bogʻliq boʻlgan idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarini tuzish toʻgʻrisidagi takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan ayni bir vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini xabardor qilgan holda taqdim etiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarini tuzish toʻgʻrisidagi takliflar va ularning loyihalari Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, shuningdek boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan holda quyidagi tartibda kiritiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqiy masalalar — Tashqi ishlar vazirligi bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi savdo faoliyat masalalari, shu jumladan savdo-iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik, texnikaviy yordam koʻrsatish masalalari — Tashqi savdo vazirligi bilan, investitsiya sohasidaga hamkorlik masalalari boʻyicha — Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-avgustdagi 651-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 34-son, 893-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
valyuta-moliyaviy hamkorlik masalalari — Moliya vazirligi bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq masalalari — Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona masalalari — Davlat bojxona qoʻmitasi bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulkini uning ixtiyoridan olish va undan foydalanish, mulkchilik huquqini eʼtirof etish va mulkchilik munosabatlarini tartibga solish masalalari — Davlat mulki qoʻmitasi bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-texnikaviy hamkorlik, shuningdek huquqiy muhofaza hamda intellektual mulk obyektlaridan foydalanish shartlari (ixtirolar, sanoat namunalari, foydali modellar, EHM uchun dasturlar va maʼlumotlar bazalari, integral sxemalar topologiyasi, “nou-xau”) masalalari — Fan va texnika davlat qoʻmitasi, Tashqi savdo vazirligi bilan;
(3-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-iyuldagi 499-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 693-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo transportida tashishlarni tashkil etish masalalari — “Davavianazorat” inspeksiyasi va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bilan;
(3-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 27-dekabrdagi 506-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aloqa va telekommunikatsiyalar sohasidagi masalalar — Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
temir yoʻl transportida tashishlarni tashkil etish masalalari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtomobil va daryo transportida tashishlarni tashkil etish masalalari — Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi va “Oʻzavtotrans” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi bilan;
(3-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 27-dekabrdagi 506-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turizm va turistik faoliyat sohasidagi masalalar — Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan;
(3-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
badiiy jamoalar, guruhlar, alohida ijrochilarning konsert faoliyati, shuningdek tasviriy, dekorativ-amaliy sanʼat asarlarini respublikadan chetga chiqarish, tarix va madaniyat yodgorliklarini chet ellarda vaqtinchalik namoyish qilish masalalari — Madaniyat ishlari vazirligi bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish masalalari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan;
(3-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlash masalalari — Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
standartlash, metrologiya, sertifikatlash va mahsulot sifatini boshqarish masalalari — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi bilan kelishiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomasini tuzish toʻgʻrisidagi taklifda shartnoma loyihasi boʻlishi, uni tuzishning maqsadga muvofiqligi asoslanishi, shuningdek, zarurat boʻlganda, shartnomani tuzishning moliyaviy-iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari baholanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarini tuzish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi xaboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo shartnomalar bilan tartibga solib boriladigan masalalar vakolatiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining koʻrsatib oʻtilgan qarori asosida, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda, muzokaralar oʻtkazish va Oʻzbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarini imzolash toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirliklar va idoralarning rahbarlari vazirliklar va idoralar toʻgʻrisidagi Nizom bilan belgilangan vakolatlar doirasida, maxsus vakolatlarsiz muzokaralar olib boradilar va idoralararo shartnomalarni imzolaydilar, Vazirlik yoki idora rahbari muzokaralar olib borish va idoralararo shartnomani imzolash vakolatini yozma shaklda oʻz oʻrinbosariga berishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarini ularning tasdiqlangandan (qabul qilingandan) keyin kuchga kirishini nazarda tutuvchi tasdiqlash (qabul qilish) Oʻzbekiston Respublikasining bunday shartnomalar oʻzlarining nomidan imzolangan vazirliklar va idoralar tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarga qoʻshilishi toʻgʻrisidagi qaror ushbu Tartib 5-bandining birinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalariga vazirliklar va idoralar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va xalqaro huquq normalariga muvofiq soʻzsiz rioya qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalari bilan tartibga solib boriladigan masalalar vakolatiga kiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari shartnoma boʻyicha Oʻzbekiston tomoni qabul qilgan majburiyatlarning bajarilishini taʼminlaydilar, bunday shartnomalardan kelib chiqadigan Oʻzbekiston tomoniga tegishli huquqlarining amalga oshirilishini hamda shartnomalarning boshqa qatnashchilari tomonidan ular majburiyatlarining bajarilishini kuzatib boradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari idoralararo shartnomalar boʻyicha majburiyatlarning qanday bajarilayotgani haqida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini har yili kamida bir marta xabardor qilib turadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalari boʻyicha majburiyatlar uning boshqa qatnashchilari tomonidan buzilgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasining bunday shartnomalar oʻzlarining nomidan tuzilgan tegishli vazirliklari va idoralari, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xalqaro huquq normalariga muvofiq zarur chora-tadbirlar koʻrish toʻgʻrisida takliflar taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasining roʻyxatdan oʻtkazish kerakligi eʼtirof etilgan idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasining bunday shartnomalar oʻzlarining nomidan tuzilgan vazirliklari va idoralari tomonidan tegishli xalqaro tashkilotlarda, ushbu tashkilotlarning amaldagi qoidalariga muvofiq, amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarining amalda boʻlishini toʻxtatib turish yoki bekor qilish Oʻzbekiston Respublikasining bunday shartnomalar oʻzlarining nomidan tuzilgan vazirliklari va idoralari tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan, shuningdek, ushbu Tartibning 3-bandida koʻrsatilgan vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan holda hamda shartnomani tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan organning ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarning amalda boʻlishini toʻxtatish, ushbu shartnomalar qoidalariga muvofiq, boshqa ahdlashuvchi tomonlar bilan maslahatlashuvlar asosida ham amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Idoralararo shartnomalarning asl nusxalari tegishli vazirliklar va idoralarning arxivlarida saqlanadi, ushbu shartnomalarning tasdiqlangan nusxalari esa ular imzolangan (tasdiqlangan nusxalari, rasmiy tarjimalari depozitariydan olingan) kundan boshlab ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga va ushbu Tartibning 3-bandiga binoan kelishilgan organlarga joʻnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻzbekiston Respublikasi uchun kuchga kirgan idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalar Oʻzbekiston Respublikasining bunday shartnomalarni tuzgan vazirliklari va idoralari qaroriga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishgan holda, belgilangan tartibda idora nashrlarida eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo tusdagi xalqaro shartnomani imzolash toʻgʻrisida qaror qabul qilgan organning taqdimnomasi boʻyicha ushbu shartnoma belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi mumkin.