1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Xalqaro shartnomalar (bitmlar)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO ShARTNOMALARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 6-fevraldagi OʻRQ-518-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Qonunning vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish, bajarish, toʻxtatish, toʻxtatib turish va denonsatsiya qilish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Xalqaro shartnomalar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan prinsiplari va normalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, shuningdek ushbu Qonunga hamda shartnomaning oʻz qoidalariga muvofiq tuziladi, bajariladi, toʻxtatiladi, toʻxtatib turiladi va denonsatsiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish, bajarish, toʻxtatish, toʻxtatib turish va denonsatsiya qilishning ushbu Qonun bilan belgilangan tartibi ularning turi, shakli va nomlanishidan qatʼi nazar, Oʻzbekistonning barcha xalqaro shartnomalariga nisbatan qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini bajarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi qonunini, Oliy Majlis qarorini qabul qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonini yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorini, farmoyishini chiqarish lozim boʻlgan hollarda, manfaatdor vazirliklar va idoralar Adliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda shunday aktni qabul qilish toʻgʻrisida belgilangan tartibda taklif kiritadilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 14-fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ish tartibi”ning III-boʻlimi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Xalqaro shartnoma tushunchasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi — respublikaning bir yoki bir necha davlat, xalqaro tashkilot yoxud xalqaro huquqning boshqa subyektlari bilan xalqaro munosabatlar sohasidagi huquq va majburiyatlariga doir teng huquqli va ixtiyoriy kelishuvidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Xalqaro shartnomalarning nomlanishi va turlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro shartnomalar: shartnoma, bitim, konvensiya, protokol, memorandum, deklaratsiya, xatlar va notalar almashuvi deb nomlanishi va shunday koʻrinishda tuzilishi, shuningdek boshqacha nomlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro shartnomalar unda ishtirok etuvchi subyektlarning soniga qarab ikki tomonlama va koʻp tomonlama shartnomalar boʻladi. Xalqaro shartnomalar mazmuniga qarab iqtisodiy, siyosiy, huquqiy shartnomalar boʻlishi, shuningdek boshqa masalalar boʻyicha tuzilishi mumkin. Muddatiga qarab shartnomalar muddatli va muddatsiz boʻladi. Xalqaro shartnomalar boshqa turlarda ham tuzilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Xalqaro shartnomaning tili va shakli
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining tili Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili va ahdlashayotgan boshqa tomonning (tomonlarning) tili hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida davlat tili boʻlib oʻzbek tili hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro shartnoma subyektlarining kelishuviga muvofiq boshqa til shartnoma tili deb tanlanishi mumkin. Xalqaro shartnoma matni qaysi tilda tuzilgan boʻlsa, u ushbu shartnoma matnida koʻrsatiladi, uning autentikligi va rasmiyligi belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro shartnomalar qoida tariqasida yozma shaklda tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Xalqaro shartnoma obyekti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlatning siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy, huquqiy va boshqa sohalardagi faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining obyekti boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Xalqaro shartnomalarni tuzish huquqi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish huquqi davlatga tegishlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari quyidagicha tuziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi nomidan — davlatlararo shartnomalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan — hukumatlararo shartnomalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari nomidan — idoralararo shartnomalar.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.02.00 Shartnomalarni tuzish va ularning kuchga kirishi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO ShARTNOMALARINI TUZISh VA ULARNI KUChGA KIRITISh TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Xalqaro shartnomalarni tuzish toʻgʻrisidagi takliflar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi nomidan xalqaro shartnomalarni tuzish toʻgʻrisidagi takliflar — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tasarrufidagi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi nomidan xalqaro shartnomalarni tuzish toʻgʻrisidagi takliflar esa — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi nomidan xalqaro shartnomalarni tuzish toʻgʻrisidagi takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga Tashqi ishlar vazirligi tomonidan kiritiladi. Boshqa vazirliklar va idoralar oʻzlarining vakolatlariga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi nomidan xalqaro shartnomalar tuzish toʻgʻrisidagi takliflarini Tashqi ishlar vazirligi bilan birga yoki u bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish toʻgʻrisidagi takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga Tashqi ishlar vazirligi tomonidan kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa vazirliklar va idoralar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish toʻgʻrisidagi takliflarini Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga Tashqi ishlar vazirligi bilan birga yoki u bilan kelishilgan holda, mustaqil ravishda esa ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollardagina kiritadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar va idoralar tomonidan idoralararo shartnomalar tuzish toʻgʻrisida takliflar kiritish tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati belgilaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 12-yanvardagi 15-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarini tuzish, bajarish, toʻxtatib turish, toʻxtatish va bekor qilish Tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish toʻgʻrisidagi takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga kiritilgunga qadar Adliya vazirligi, shuningdek boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro shartnomani tuzish toʻgʻrisidagi taklif shartnoma loyihasini yoki uning asosiy qoidalarini, uni tuzish maqsadga muvofiq ekanligining asoslarini, shuningdek zarurat boʻlganda, shartnoma tuzishdan kelib chiqishi mumkin boʻlgan moliyaviy-iqtisodiy oqibatlarga berilgan bahoni oʻz ichiga olishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarur hollarda xalqaro shartnoma loyihasini tuzish yoki koʻrib chiqish uchun manfaatdor vazirliklar va idoralarning vakillari, mutaxassislar va mustaqil ekspertlardan iborat komissiya tuziladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-dekabrdagi 473-sonli qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar boʻyicha majburiyatlarini bajarish Tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari boʻyicha xalqaro shartnomalarni tuzish toʻgʻrisidagi takliflar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari boʻyicha, shu jumladan savdo-iqtisodiy hamkorlik va texnikaviy yordam koʻrsatish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish toʻgʻrisidagi takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga Tashqi savdo vazirligi va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi tomonidan mustaqil ravishda ayni bir paytning oʻzida Tashqi ishlar vazirligini ogohlantirgan holda, kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa vazirliklar va idoralar tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari boʻyicha xalqaro shartnomalar tuzish toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga Tashqi savdo vazirligi va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi bilan birga yoki ular bilan kelishilgan holda kiritadilar.
(9-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini tuzish toʻgʻrisidagi taklifni koʻrib chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini tuzish toʻgʻrisidagi taklif Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tegishli vazirliklar va idoralarning xulosalari mavjud boʻlgan taqdirda koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Muzokaralar olib borish toʻgʻrisidagi va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash toʻgʻrisidagi qarorlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muzokaralar olib borish toʻgʻrisidagi va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash toʻgʻrisidagi qarorlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Oʻzbekiston Respublikasi nomidan tuziladigan shartnomalarga nisbatan, — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tasarrufidagi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi nomidan tuziladigan shartnomalarga nisbatan esa, — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan tuziladigan shartnomalarga nisbatan, — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) idoralararo shartnomalarga nisbatan — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati belgilaydigan tartibda qabul qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 12-yanvardagi 15-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarini tuzish, bajarish, toʻxtatib turish, toʻxtatish va bekor qilish tartibi”ning 5-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Muzokaralar olib borish va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muzokaralar olib borish va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash vakolatlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Oʻzbekiston Respublikasi nomidan tuziladigan shartnomalarga nisbatan, — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tasarrufiga tegishli masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi nomidan tuziladigan shartnomalarga nisbatan, — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan tuziladigan shartnomalarga nisbatan, — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) idoralararo shartnomalarga nisbatan, — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati belgilaydigan tartibda beriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 12-yanvardagi 15-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarini tuzish, bajarish, toʻxtatib turish, toʻxtatish va bekor qilish tartibi”ning 6-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muzokaralar olib borish va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash vakolatlari belgilangan yozma shaklda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Maxsus vakolatlarsiz muzokaralar olib borish va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshligʻi sifatida xalqaro munosabatlarda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan ish koʻradi va xalqaro huquqiy normalar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq maxsus vakolatlarsiz muzokaralar olib boradi va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi ishlar vaziri ham maxsus vakolatlarsiz muzokaralar olib borishga va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolashga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonasining boshligʻi yoki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro tashkilot yoki konferensiya qoshidagi vakolatxonasining boshligʻi diplomatik vakolatxona joylashgan davlat bilan yoki shu xalqaro tashkilot, konferensiya doirasida maxsus vakolatlarsiz xalqaro shartnoma tuzish toʻgʻrisida muzokaralar olib borishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir yoki idora rahbari oʻz vakolati doirasida maxsus vakolatlarsiz muzokaralar olib borish va idoralararo shartnomalarni imzolashga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ratifikatsiya qilinadigan xalqaro shartnomalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari Oliy Majlis tomonidan ratifikatsiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar: Oʻzbekiston Respublikasining hamkorlik va oʻzaro yordam toʻgʻrisidagi shartnomalari; davlatlararo munosabatlarning asoslari toʻgʻrisidagi shartnomalar; Oʻzbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyatiga daxldor masalalar boʻyicha shartnomalar; kuch ishlatishdan yoki kuch ishlatish bilan tahdid qilishdan oʻzaro voz kechish toʻgʻrisidagi shartnomalar; tinchlik shartnomalari va kollektiv xavfsizlik toʻgʻrisidagi shartnomalar; Oʻzbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan hududiy chegaralanishi toʻgʻrisidagi shartnomalar; Oʻzbekiston Respublikasining davlatlararo ittifoqlarda, xalqaro tashkilotlarda va boshqa birlashmalarda ishtiroki toʻgʻrisidagi shartnomalar; ijrosi amaldagi qonunlarning oʻzgartirilishini yoki yangi qonunlar qabul qilinishini taqozo etadigan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalarni belgilaydigan xalqaro shartnomalar ratifikatsiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuzish vaqtida tomonlar kelgusida uni ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida kelishib olgan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari ham xuddi shunday ratifikatsiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlis Oʻzbekiston Respublikasining boshqa xalqaro shartnomalarini ham ratifikatsiya qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan yoki u vakolat bergan organlar tomonidan xalqaro moliya institutlari bilan tuzilgan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro zayom va kafolatli shartnomalari ratifikatsiya qilinmaydi va Oʻzbekiston Respublikasi uchun imzolangan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi takliflar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq imzolangan xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi takliflar Oliy Majlisga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qaroriga muvofiq imzolangan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi takliflar Oliy Majlisga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan kiritiladi, bu haqda tegishli qaror qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilishga kiritish toʻgʻrisidagi takliflar Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mustaqil ravishda yoki agar shartnoma boshqa vazirliklar va idoralarning vakolatlariga kiradigan masalalarga daxldor boʻlsa, ular bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida Oliy Majlisning qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi Oliy Majlisning toʻxtami — qaror shaklida qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Ratifikatsiya yorligʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ratifikatsiya yorligʻi — Oliy Majlis xalqaro shartnomani koʻrib chiqqanligidan guvohlik beruvchi va xalqaro shartnoma Oʻzbekiston Respublikasi uchun majburiyligiga rozi ekanligini ifodalovchi maxsus hujjat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ratifikatsiya yorligʻining shakli Tashqi ishlar vazirligining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Ratifikatsiya yorligʻini imzolash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ratifikatsiya yorligʻi Oliy Majlisning xalqaro shartnomani ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolanadi, uning muhri va Tashqi ishlar vazirining imzosi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Ratifikatsiya yorliqlarini almashish va ularni saqlashga topshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ratifikatsiya yorliqlarini almashish, Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilganligi toʻgʻrisidagi yorliqlarni saqlash uchun depozitariylarga topshirish Tashqi ishlar vazirligi tomonidan yohud uning topshirigʻiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonasi yoki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro tashkilot huzuridagi vakolatxonasi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ratifikatsiya qilinmaydigan xalqaro shartnomalarini tasdiqlash (qabul qilish)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining ratifikatsiya qilinmaydigan, lekin ularning tasdiqlanishini (qabul qilinishini) nazarda tutuvchi xalqaro shartnomalarni tasdiqlash (qabul qilish):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Oʻzbekiston Respublikasi nomidan tuziladigan shartnomalarga nisbatan, — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tasarrufidagi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi nomidan tuziladigan shartnomalarga nisbatan, — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan tuziladigan shartnomalarga nisbatan, — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) idoralararo shartnomalarga nisbatan, — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati belgilaydigan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 12-yanvardagi 15-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarini tuzish, bajarish, toʻxtatib turish, toʻxtatish va bekor qilish tartibi”ning 7-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Xalqaro shartnomalarga qoʻshilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarga qoʻshilishi toʻgʻrisidagi qaror:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) ratifikatsiya qilinadigan shartnomalarga nisbatan — Oliy Majlis tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) ratifikatsiya qilinmaydigan, ularga qoʻshilish Oʻzbekiston Respublikasi nomidan amalga oshiriladigan shartnomalarga nisbatan, — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, ratifikatsiya qilinmaydigan, ularga qoʻshilish Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tasarrufidagi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi nomidan amalga oshiriladigan shartnomalarga nisbatan, — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) ratifikatsiya qilinmaydigan, ularga qoʻshilish Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan amalga oshiriladigan shartnomalarga nisbatan, — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) idoralararo shartnomalarga nisbatan, — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati belgilaydigan tartibda qabul qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 12-yanvardagi 15-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarini tuzish, bajarish, toʻxtatib turish, toʻxtatish va bekor qilish tartibi”ning 8-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan xalqaro shartnomaning vaqtincha qoʻllanilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomani yoki uning bir qismini u kuchga kirgunga qadar vaqtincha qoʻllashi mumkin, agar shartnomada bu hol nazarda tutilgan boʻlsa yoki shartnomani imzolagan tomonlar bilan shunday shartlashuvga erishilgan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan xalqaro shartnomani yoki uning bir qismini vaqtincha qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror xalqaro shartnomani imzolash haqida qaror chiqargan organ tomonidan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda. Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining kuchga kirishi va amal qilish muddati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro shartnomalar Oʻzbekiston Respublikasi uchun ushbu Qonunga muvofiq shartnomada nazarda tutilgan yoki ahdlashuvchi tomonlar oʻrtasida kelishilgan tartibda va muddatlarda kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga doir qoʻshimcha shartlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash, ratifikatsiya qilish, tasdiqlash, qabul qilish yoki shartnomalarga qoʻshilish vaqtida shartnoma shartlari va xalqaro huquqning tegishli normalariga rioya qilingan holda shartnomalarga doir qoʻshimcha shartlar qoʻyilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻshimcha shartlar qanday qoʻyilgan boʻlsa, shunday tartibda istalgan vaqtda olib tashlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO ShARTNOMALARINI EʼLON QILISh VA ROʻYXATDAN OʻTKAZISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini eʼlon qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini eʼlon qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 12-yanvardagi qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarini tuzish, bajarish, toʻxtatib turish, toʻxtatish va bekor qilish tartibi”ning 17-bandida idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarini nashr qilish tartibi belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, ularning autentik matnlari chet tillarda tuzilgan boʻlsa, davlat tilida eʼlon qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boshqa tillarda ham eʼlon qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻplami Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari eʼlon qilinadigan rasmiy manbadir.
(25-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568–II-son Qonuniga muvofiq kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini Birlashgan Millatlar Tashkiloti Kotibiyatida va boshqa xalqaro tashkilotlarning tegishli organlarida roʻyxatdan oʻtkazish Tashqi ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO ShARTNOMALARINI BAJARISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga rioya etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro huquq normalariga muvofiq qatʼiy va majburiy ravishda rioya etmogʻi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha majburiyatlarni bajarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq respublika tomonidan tuzilgan shartnomalarga, bitimlarga va u qabul qilgan majburiyatlarga rioya etilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini bajarish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha majburiyatlarning bajarilishi uchun masʼuliyat yuklatiladigan vazirliklar, idoralar va mansabdor shaxslarni belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati, vazirliklar va idoralar, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan tartibga solinadigan masalalar vakolat doirasiga kiradigan boshqa davlat organlari shartnoma boʻyicha Oʻzbekiston tomonidan qabul qilingan majburiyatlarning bajarilishini taʼminlaydilar, bunday shartnomalardan kelib chiquvchi Oʻzbekiston Respublikasiga tegishli huquqlarning amalga oshirilishini va shartnomalar boshqa ishtirokchilarining oʻz majburiyatlarini bajarishini kuzatib boradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha majburiyatlarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-dekabrdagi 473-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar boʻyicha majburiyatlarini bajarish tartibi”ning II boʻlimi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 12-yanvardagi 15-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarini tuzish, bajarish, toʻxtatib turish, toʻxtatish va bekor qilish tartibi”ning 9, 10 va 11-bandlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-modda. Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining bajarilishini kuzatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining bajarilishini Tashqi ishlar vazirligi kuzatib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-modda. Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining matnlarini saqlash va depozitariy vazifalarini amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi nomidan va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan tuzilgan Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining asl nusxalari (tasdiqlangan nusxalari, rasmiy tarjimalari) saqlash uchun ular imzolangan (tasdiqlangan nusxalari, rasmiy tarjimalari depozitariydan olingan) kundan eʼtiboran ikki haftalik muddat ichida Tashqi ishlar vazirligiga topshiriladi, bu hujjatlarning nusxalarini esa ular kuchga kirgan kundan eʼtiboran ikki haftalik muddat ichida Tashqi ishlar vazirligi tegishli vazirliklar va idoralarga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining asl nusxalarini saqlash tartibini tashqi ishlar vaziri tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo shartnomalarning asl nusxalari tegishli vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning idoraviy arxivlarida saqlanadi, bu shartnomalarning tasdiqlangan nusxalari ular imzolangan (tasdiqlangan nusxalari, rasmiy tarjimalari depozitariydan olingan) kundan eʼtiboran ikki haftalik muddat ichida Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi.
(30-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 12-yanvardagi 15-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarini tuzish, bajarish, toʻxtatib turish, toʻxtatish va bekor qilish tartibi”ning 16-bandiga muvofiq bu shartnomalarning tasdiqlangan nusxalari mazkur idoralararo shartnomalar kelishilgan organlarga ham yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻp tomonlama xalqaro shartnomalar depozitariysi vazifalarini, agar mazkur shartnomalarning shartlariga muvofiq bunday vazifa Oʻzbekiston Respublikasiga yuklatilgan boʻlsa, Tashqi ishlar vazirligi bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻp tomonlama xalqaro shartnomalarning depozitariysi vazifasini bajaruvchi xorijiy davlat organlari, xalqaro tashkilotlar yoki ularning bosh ijrochi mansabdor shaxslari bilan yozishmalar Tashqi ishlar vazirligi tomonidan olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini uning boshqa ishtirokchilari buzgan taqdirda qoʻllaniladigan choralar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining majburiyatlarini uning boshqa ishtirokchilari buzgan taqdirda Tashqi ishlar vazirligi yoki boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar Tashqi ishlar vazirligi bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga xalqaro huquq normalariga muvofiq zarur choralarni koʻrish toʻgʻrisida takliflar taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini uning boshqa ishtirokchilari jiddiy buzgan taqdirda, shuningdek xalqaro huquq normalarida nazarda tutilgan boshqa hollarda, bunday shartnoma ushbu Qonunning 38 — 43-moddalarida belgilangan tartibda toʻxtatilishi mumkin.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.04.00 Shartnomalar harakatini haqiqiy emas deb topish, toʻxtatish va tugatish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQARO ShARTNOMALARINING HAQIQIY EMASLIGI, ULARNI TOʻXTATISh, DENONSATSIYA QILISh VA AMAL QILIShINI TOʻXTATIB TURISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32-modda. Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining haqiqiy emasligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari xalqaro huquq normalarida nazarda tutilgan hollarda haqiqiy emas deb hisoblanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33-modda. Xalqaro shartnomani toʻxtatish yoki undan chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro shartnomani toʻxtatish yoki Oʻzbekiston Respublikasining undan chiqishi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) shartnoma qoidalariga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) shartnomaning boshqa ishtirokchilari bilan maslahatlashuvlar asosida istalgan vaqtda amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini denonsatsiya qilish yoki toʻxtatish toʻgʻrisidagi qoidalari boʻlmagan shartnomadan chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida uni toʻxtatish toʻgʻrisida qoida boʻlmasa va uni denonsatsiya qilish yoki undan chiqish nazarda tutilmagan boʻlsa, bu shartnoma denonsatsiya qilinmaydi va undan chiqishga yoʻl qoʻyilmaydi, agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) xalqaro shartnoma ishtirokchilari shartnomani denonsatsiya qilish yoki undan chiqish imkoniyatini yaratish niyatida boʻlganlari belgilab qoʻyilgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) shartnoma xususiyati uni denonsatsiya qilish yoki undan chiqish huquqini nazarda tutmaydigan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi shartnomani denonsatsiya qilish yoki undan chiqish niyatini kamida oʻn ikki oy oldin xabar qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35-modda. Xalqaro shartnomaning amal qilishini Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan toʻxtatib turish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro shartnomaning amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan shartnomaning hamma ishtirokchilariga yoki shartnomaning alohida ishtirokchisiga nisbatan toʻxtatib turish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) shartnoma qoidalariga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) shartnomaning boshqa ishtirokchilari bilan maslahatlashuvlar asosida istalgan vaqtda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36-modda. Keyingi shartnomaning tuzilishidan kelib chiqib xalqaro shartnomaning amal qilishini Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan toʻxtatish yoki toʻxtatib turish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi, agar uning barcha ishtirokchilari xuddi shu masala boʻyicha keyingi shartnomani tuzgan boʻlsalar va:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) ushbu masalaning keyingi shartnoma bilan tartibga solinishi shu shartnoma mazmunidan kelib chiqsa yoki shundayligi boshqacha tarzda belgilangan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Oʻzbekiston Respublikasining keyingi shartnomasi qoidalari oldingi shartnoma qoidalariga zid boʻlsa va ikkala shartnomani bir vaqtda qoʻllash mumkin boʻlmasa, bekor qilingan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi oldingi shartnomasining amal qilishi faqat toʻxtatib turilgan hisoblanadi, agar uning ishtirokchilari shunday niyatda ekanliklari keyingi shartnoma mazmunidan kelib chiqsa yoki shundayligi boshqacha tarzda belgilangan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37-modda. Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining buzilishi oqibatida uni toʻxtatish yoki toʻxtatib turish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining ushbu shartnoma ishtirokchilaridan birontasi tomonidan jiddiy buzilishi shartnomani butunlay yoki qisman amal qilishini toʻxtatish yoki toʻxtatib turish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga bu buzishni asos qilib koʻrsatish huquqini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro shartnomaning jiddiy buzilishi quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) xalqaro huquq normalarida zid tarzda shartnomadan voz kechish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) shartnoma obyekti va maqsadining amalga oshishi uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan qoidaning buzilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini toʻxtatish, denonsatsiya qilish yoki toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi takliflar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi nomidan, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan tuzilgan Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining amal qilishini toʻxtatish, denonsatsiya qilish yoki toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi takliflar tegishli tarzda Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mustaqil ravishda yoki boshqa vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga kiritiladi. Tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining amal qilinishini toʻxtatish, denonsatsiya qilish yoki toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi takliflarni Tashqi savdo vazirligi va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga kiritib, ayni bir paytning oʻzida Tashqi ishlar vazirligini xabardor qilishga haqlidir. Boshqa vazirliklar va idoralar xalqaro shartnomalarning amal qilishini toʻxtatish, denonsatsiya qilish yoki toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi takliflarni Tashqi ishlar vazirligiga kiritadilar.
(38-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini Oliy Majlis tomonidan toʻxtatish, denonsatsiya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi nomidan tuzilgan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini toʻxtatish, denonsatsiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tasarrufidagi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi nomidan tuzilgan shartnomalar esa, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining taqdimnomasiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan tuzilib, ratifikatsiya qilingan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini toʻxtatish, denonsatsiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining taqdimnomasiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining toʻxtatilishi, denonsatsiya qilinishi, agar shartnomada boshqacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa yoki uning oʻzga ishtirokchilari bilan boshqacha kelishilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasini shartnomani bajarish majburiyatidan ozod qiladi va shartnomaning amal qilishi davomida paydo boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining huquq va majburiyatlariga taʼsir etmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40-modda. Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan toʻxtatish, denonsatsiya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan tuzilgan va ratifikatsiya qilinmaydigan xalqaro shartnomalarni, shuningdek Hukumatning qaroriga asosan qoʻshilingan shartnomalarni toʻxtatish, denonsatsiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41-modda. Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining amal qilishini toʻxtatib turish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining amal qilishini toʻxtatib turish shartnomaning oʻzidan kelib chiqadigan shartlar va xalqaro huquq normalariga binoan Oʻzbekiston Respublikasi uchun xalqaro shartnomaning majburiy ekanligiga rozilik toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilgan organ tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasi amal qilishining toʻxtatib turilishi, agar shartnomada boshqacha hol nazarda tutilmagan yoki uning oʻzga ishtirokchilari bilan boshqacha kelishilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasini shartnoma toʻxtatib turilgan muddat davomida uni bajarishdan ozod qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42-modda. Oʻzbekiston Respublikasi idoralararo shartnomalarining amal qilishini toʻxtatish va toʻxtatib turish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo shartnomalarning amal qilishini toʻxtatish va toʻxtatib turish Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati belgilaydigan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 12-yanvardagi 15-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasining idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarini tuzish, bajarish, toʻxtatib turish, toʻxtatish va bekor qilish tartibi”ning 14 va 15-bandlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43-modda. Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining amal qilishini toʻxtatish, denonsatsiya qilish yoki toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi xabar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi nomidan, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan tuzilgan xalqaro shartnomalarning amal qilishini toʻxtatish, denonsatsiya qilish yoki toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi rasmiy axborot ushbu Qonunning 25-moddasida nazarda tutilgan tartibda eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1995-yil 22-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
172-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 262-modda; 2003-y., 5-son, 67-modda; 2004-y., 1-2-son, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 49-50-son, 365-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)