02.04.2025 yildagi 200-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QARORI

Avtomobil transportida yoʻlovchi tashish faoliyatini tartibga solish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomobil transportida yoʻlovchi tashish faoliyatini tartibga solish va litsenziyalash tartib-taomillarini takomillashtirish, aholiga bu borada qoʻshimcha qulayliklar yaratish, shuningdek, mazkur yoʻnalishda koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini, raqamlashtirish darajasini, yoʻlovchi tashish xavfsizligi hamda aholi bandligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xizmatlar sohasi barqaror rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 27-fevraldagi PQ-78-son qaroriga muvofiq yengil avtotransport vositasida yoʻlovchilarni shahar, shahar atrofi va shaharlararo tashish faoliyati oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar litsenziya varaqasiga asosan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari roʻyxatiga kiritilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida elektron tijorat sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 26-dekabrdagi 885-son qaroriga muvofiq 2025-yil 1-iyuldan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron tijorat operatorlari, shu jumladan, tashuvchilarga mijozlarni izlash boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi agregatorlar faoliyatini amalga oshirishi uchun xabardor qilish tartibi joriy qilinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron tijorat subyektlari reyestri Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan yuritilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron tijorat operatorlari faoliyatini xabardor qilish tartibida amalga oshirish uchun talab va shartlar belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tashuvchilarga mijozlarni izlash boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi agregatorlar faoliyati uchun quyidagi qoʻshimcha talab va shartlar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmatlarni faqat tegishli litsenziya varaqasiga ega boʻlgan tashuvchilarga koʻrsatish va buyurtmalarni tashuvchining litsenziya varaqasida koʻrsatilgan hamda unga tutash hududlarda (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) qabul qilinishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron fiskal chek maʼlumotlarini shakllantirish boʻyicha soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan elektron platformaga ega boʻlish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agregatorlar axborot tizimlarini Transport vazirligi hamda Istiqbolli loyihalar milliy agentligining tegishli axborot tizimlariga integratsiya qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu banddagi talab va shartlar Vazirlar Mahkamasining “Transport xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish orqali koʻrish va harakatlanish bilan bogʻliq kasalliklarga chalingan alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun taʼlim olish sharoitlarini yaxshilash toʻgʻrisida” 2025-yil 28-fevraldagi 132-son qaroriga muvofiq joriy etilgan agregatorlarning ijtimoiy ahamiyatga ega transport xizmatini koʻrsatish faoliyatiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Yuridik shaxslarga tegishli yoʻnalishsiz taksilarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻlovchilarni olish va tushirish maqsadida “Toʻxtash taqiqlangan” yoʻl belgisi amal qilish hududida, shu jumladan, aeroport va vokzallarga tutash hududlarda toʻxtash;

aeroportlar, temir yoʻl vokzallari, avtovokzallar, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan qurilish mollari, dehqon va buyum bozorlari hamda savdo majmualarining pulli toʻxtash joylariga yoʻlovchilarni olish va tushirish uchun bepul kirish;

yoʻnalishli transport vositalari uchun ajratilgan maxsus harakatlanish yoʻlagi boʻylab harakatlanish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻnalishsiz taksi faoliyatini tartibga solish toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni buyurtma asosida tashish qoidalari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning soliq davrida ishlarni bajarishdan (xizmatlar koʻrsatishdan) olgan daromadlari yuz million soʻmdan oshganda, ular toʻlashi lozim boʻlgan soliqlar soliq organlarining yuridik shaxslarga yuborilgan xabarnomasi asosida yuridik shaxslar (soliq agenti) tomonidan toʻlov manbaida ushlab qolinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Transport vazirligi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda toʻrt oy muddatda mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, yengil avtomobil transportida yoʻlovchi tashishda litsenziya talab va shartlarini birinchi marta buzganlik uchun alohida javobgarlikni hamda davlat boji miqdorlarini belgilash boʻyicha qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Adliya vazirligi toʻrt oy muddatda buyurtmalar agregatori operatorlari tomonidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya varaqasida koʻrsatilgan hududdan tashqarida xizmat koʻrsatilganligi uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyasi yoxud ruxsat etish xususiyatiga ega hujjati mavjud boʻlmagan holda tashuvchilik faoliyati bilan shugʻullangan shaxslarning yoʻlovchi tashish faoliyati davomida yoʻlovchining hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazilgan taqdirda, yetkazilgan zararni agregator bilan birgalikda (subsidiar) javobgar boʻlishini belgilash boʻyicha qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. 2025-yil 15-apreldan 2026-yil yakuniga qadar eksperiment tariqasida Toshkent shahrida turlari Transport vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan, haydovchidan tashqari toʻrttadan ortiq va sakkiztadan koʻp boʻlmagan oʻrindiqlarga hamda yuqori qulayliklarga ega avtotransport vositalarida oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar tomonidan yoʻnalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishga ruxsat etilsin. Bunda oʻzini oʻzi band qilgan tashuvchilarga litsenziya varaqasi berilganligi uchun davlat boji yiliga bazaviy hisoblash miqdorining uch barobari miqdorida undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Transport vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar tomonidan yoʻlovchilarni tashishda foydalaniladigan haydovchidan tashqari toʻrttadan ortiq va sakkiztadan koʻp boʻlmagan oʻrindiqlarga hamda yuqori qulayliklarga ega avtotransport vositalari turlarini tasdiqlab, oʻzining rasmiy veb sahifasiga joylashtirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda 2026-yil 1-oktabrga qadar mazkur qarorning 8-bandiga asosan amalga oshirilgan eksperiment natijalariga koʻra yoʻlovchilarni avtomobil transportida tashish sohasini yanada takomillashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-iyuldagi 636-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomobil transportida yoʻlovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek, yuklarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Transport vazirligi Ichki ishlar vazirligi hamda Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun va mohiyati ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov, transport vaziri I.R. Maxkamov hamda ichki ishlar vaziri A.A. Tashpulatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 2-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
200-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-apreldagi 200-son qaroriga
1-ILOVA

Yoʻnalishsiz taksi faoliyatini tartibga solish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizom yengil avtomobil transportida yoʻnalishsiz taksi faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Yoʻnalishsiz taksi faoliyati yuridik va jismoniy shaxslar (oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar) tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizom yoʻnalishli taksilarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agregator — yoʻlovchi tashuvchilarga mijozlarni izlash boʻyicha interaktiv xizmatlarni koʻrsatuvchi yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻnalishsiz taksi — yoʻlovchilarning buyurtmanomalariga koʻra yoʻlovchilarni va ularning bagajini tashish uchun haq evaziga xizmatlar koʻrsatadigan, haydovchidan tashqari toʻrttadan ortiq boʻlmagan oʻrindiqlarga hamda litsenziya varaqasiga ega boʻlgan yengil avtotransport vositasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻnalishsiz taksilarning maxsus jihozlangan toʻxtash joyi — maʼlumotlar koʻrsatkichlari bilan jihozlangan, tegishli yoʻl belgilari qoʻyilgan hamda yoʻlovchilarni oʻtqazish (tushirish) va yoʻnalishsiz taksilarning toʻxtab turishi uchun moʻljallangan, koʻchalarning yoʻlovchi yurmaydigan qismidagi maxsus maydoncha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya varaqasi — litsenziya talablari va shartlariga majburiy rioya qilingan holda, yoʻlovchilarni tashishda foydalaniladigan har bir avtotransport vositasiga litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirish uchun beriladigan ruxsatnoma (litsenziya);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haydovchi — avtotransport vositasini boshqaruvchi shaxs.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Yagona tanish belgilari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tashqi va ichki maʼlumotlar bilan jihozlash belgilari yoʻnalishsiz taksilar uchun yagona tanish belgilari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Yagona tanish belgilari transport oqimida avtotransport vositasining ajralib turishini va tanilishini taʼminlash uchun moʻljallangan hamda ular yoʻnalishsiz taksilarda yoʻlovchilarni tashiydigan barcha tashuvchilar uchun majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Yoʻnalishsiz taksilarni tashqi maʼlumotlar bilan jihozlash quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtotransport vositasining tepasiga ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq oʻrnatiladigan “TAXI” tanish belgisini oʻrnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslarga tegishli yoʻnalishsiz taksilar uchun moʻljallangan maxsus seriyadagi avtotransport vositasining davlat raqami belgisi, shuningdek, mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq yoʻnalishsiz taksilarning old va orqa eshiklariga chiziladigan qora kvadratlar hamda kompozitsiya tushirilganligi (yopishtirilganligi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Yuridik shaxs nomi, manzili, oʻzini oʻzi band qilgan tashuvchi yoki haydovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, fotosurati, faoliyat hududi, telefon raqami, avtotransport vositasining davlat raqami belgisi, ishlab chiqarilgan yili hamda litsenziya varaqasi haqidagi (raqami va amal qilish muddati) maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi taksi pasporti yoʻnalishsiz taksilarni ichki maʼlumotlar bilan jihozlash belgilari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taksi pasporti avtotransport vositasi ichida yoʻlovchilar bemalol oʻqiy oladigan holatda oʻrnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taksi pasporti oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga litsenziya varaqasi bilan birga bepul beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yoʻnalishsiz taksiga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Yoʻnalishsiz taksi sifatida foydalaniladigan har bir avtotransport vositasi texnik jihatdan soz holatda boʻlishi va Avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagajni tashish qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq boʻlishi, shuningdek, quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 6 va 7-bandlarida belgilangan yagona tanish belgilarining mavjud boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlovlarni agregator yoki boshqa elektron toʻlov tizimlari orqali qabul qilish imkoniyati yaratilgan boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻnalishsiz taksi texnik holati va jihozlarining yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shahar yoʻnalishlarida avtotransport vositasining ekspluatatsiyasi 15 yildan ortiq boʻlmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurtasi mavjud boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taksometr funksiyalarini taʼminlaydigan maxsus ilovaga ega moslamalar (shu jumladan, uyali telefonlar, planshetlar) bilan taʼminlangan boʻlishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vagon tipidagi (“Damas” va shu tipdagi) avtotransport vositalarida yoʻnalishsiz taksi sifatida yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli yoʻnalishsiz taksilar sifatida foydalaniladigan hamda yagona tanish belgilari bilan jihozlangan avtotransport vositalarida yoʻlovchilarni olish va tushirish maqsadida “Toʻxtash taqiqlangan” yoʻl belgisi amal qilish hududida yoʻlovchilarni tushirish-chiqarishga (yuklarni ortish-tushirishga) ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxslarga tegishli yoʻnalishsiz taksilar sifatida foydalaniladigan hamda yagona tanish belgilari bilan jihozlangan avtotransport vositalariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻlovchilarni olish va tushirish maqsadida “Toʻxtash taqiqlangan” yoʻl belgisi amal qilish hududida, shu jumladan, aeroport va vokzallarga tutash hududlarda toʻxtash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aeroportlar, temir yoʻl vokzallari, avtovokzallar, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan qurilish mollari, dehqon va buyum bozorlari hamda savdo majmualarining pulli toʻxtash joylariga yoʻlovchilarni olish va tushirish uchun bepul kirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻnalishli transport vositalari uchun ajratilgan maxsus harakatlanish yoʻlagi boʻylab harakatlanish huquqi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur band ushbu Nizomning 6 va 7-bandlarida belgilangan yagona tanish belgilari bilan jihozlanmagan, yoʻlovchilarni buyurtma asosida tashishda foydalaniladigan hamda litsenziya varaqasiga ega boʻlmagan yengil avtotransport vositalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yoʻnalishsiz taksilar haydovchilariga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Yoʻlovchilar tashish uchun moʻljallangan yoʻnalishsiz taksilarni boshqarishga haydovchilik guvohnomasida “B” toifasi boʻlgan, 21 yoshga toʻlgan, tibbiy koʻrikdan oʻtgan va kamida uch yillik haydovchilik stajiga ega hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan shaxslar qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Haydovchi faoliyatini mehnat va dam olish rejimiga rioya etgan holda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Amalga oshirilishi uchun litsenziya berilgan faoliyat turi bilan faqat shu litsenziyani olgan jismoniy yoki yuridik shaxs shugʻullanishi mumkin. Litsenziyalarni yoki ularga doir huquqlarni boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Yuridik shaxslarga tegishli yoʻnalishsiz taksilarning haydovchilari ishlayotganda tegishli litsenziya varaqasiga hamda yoʻlga chiqishdan oldin avtotransport vositasining belgilangan tartibda texnik koʻrikdan va haydovchilarning tibbiy koʻrikdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida yoʻl varaqasiga ega boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz avtotransport vositasini bir yilda bir marotaba texnik koʻrikdan oʻtkazishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir yilda bir marotaba tibbiy koʻrikdan oʻtishi va tibbiy koʻrikdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomaga ega boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Haydovchi faoliyatini litsenziya varaqasida koʻrsatilgan hududda va unga tutash hududda amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda litsenziya varaqasida koʻrsatilgan hudud avtotransport vositasiga berilgan davlat raqami belgilarining hududiy kodlaridan kelib chiqib aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Yoʻnalishsiz taksida muntazam yoʻnalishlarda faoliyat yurituvchi jamoat transportining yoʻnalish sxemalariga muvofiq (muntazam yoʻnalishlarda) yoki trafaret qoʻygan holda yoʻlovchi tashishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Yoʻnalishsiz taksi haydovchisining belgilangan talablarga nomuvofiqligi aniqlangan hollarda haydovchiga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan choralar qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yoʻnalishsiz taksilarda yoʻlovchilar va bagajni tashish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Yoʻnalishsiz taksilarga yoʻlovchilar ularning talabiga koʻra Yoʻl harakati qoidalariga rioya qilgan holda chiqariladi va tushiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Yoʻnalishsiz taksilarning yoʻlovchilar hamda bagajni tashish tariflari miqdori avtotransport vositalari turlari va xizmatlariga qarab belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Yoʻl haqi yoʻlovchi tomonidan safar tugagandan keyin va bagaj tushirilgandan keyin u bilan kelgan yoʻlovchilar hamda tashib keltirilgan bagaj sonidan qatʼi nazar, toʻlovni amalga oshirish imkoniyatini beruvchi, shuningdek, taksometr funksiyalarini taʼminlaydigan maxsus ilovaga ega moslamalar (shu jumladan, uyali telefonlar, planshetlar) koʻrsatkichi boʻyicha toʻlanadi. Bunda xizmat koʻrsatilganligi uchun toʻlov tashuvchi yoki agregator tomonidan belgilangan qoidalarga muvofiq xizmat koʻrsatish tugagunga qadar qismlarga boʻlib amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Haydovchi bilan hisob-kitob naqd pul, hisob-kitob terminalidan foydalangan holda bank plastik kartalari yoxud elektron toʻlov vositasi yordamida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻnalishsiz taksi bir necha yoʻlovchilar (navbatda turgan birinchi yoʻlovchining roziligi bilan) tomonidan toʻxtash joyida yollangan yoki taksini yollagan yoʻlovchi roziligi bilan yoʻli bir boʻlgan yoʻlovchi chiqarilgan taqdirda, yoʻl haqi toʻlovining umumiy summasi yoʻlovchilar oʻrtasida har bir yoʻlovchining bosib oʻtgan masofasiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Yoʻnalishsiz taksiga yoʻlovchilarni chiqarishda haydovchi ularning buyumlari va bagajini joylashtirishga hamda safar tugaganda ularni tushirishga yordamlashishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Yoʻnalishsiz taksi tomonlarning oʻzaro kelishuviga yoki taksometr funksiyalarini taʼminlaydigan maxsus ilovaga ega moslamalar (shu jumladan, uyali telefonlar, planshetlar) koʻrsatkichiga koʻra alohida toʻlov evaziga yoʻlovchining buyurtmasiga binoan kutib turadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Yoʻnalishsiz taksilarning salonida avtomobil eshigi orqali bemalol sigʻadigan, salon qoplamasini hamda uning uskunalarini buzmaydigan va iflos qilmaydigan, haydovchining avtomobilni boshqarishiga hamda orqani koʻrish koʻzgusidan foydalanishiga xalaqit bermaydigan buyumlar va ashyolarni tashishiga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mushuklar, itlarni tizgin va toʻshagi mavjud boʻlganda tumshuqbogʻlarda, kichik jonivorlarni savatlarda, sumkalarda hamda qushlarni qafaslarda tashishga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Yoʻnalishsiz taksilarda bagaj tashiganlik uchun haq olinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Yoʻnalishsiz taksilarda yoʻlovchilarni tashish boʻyicha nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Yuridik va jismoniy shaxslarga yoʻnalishsiz taksilarda yoʻlovchilarni tashish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya varaqalari Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik va jismoniy shaxslar (litsenziatlar) tomonidan belgilangan litsenziya talab va shartlariga rioya etilishi yuzasidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ushbu Nizom talablariga rioya etilishini:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻnalishsiz taksilar uchun moʻljallangan boshqa yengil avtomobillardan farqlanuvchi davlat raqami belgisi ajratilishi yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻnalishsiz taksilarda yoʻnalishsiz taksilar uchun yagona tanish belgilari bilan jihozlanganligi yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻnalishsiz taksi texnik holati va jihozlarining yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligi yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻlovchilar tashish uchun moʻljallangan yoʻnalishsiz taksilarni boshqarishga haydovchilik guvohnomasida “V” ruxsat belgisi boʻlgan, 21 yoshga toʻlgan, tibbiy koʻrikdan oʻtgan va kamida uch yillik haydovchilik stajiga ega boʻlgan shaxslarning qoʻyilishi yuzasidan nazorat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yoʻnalishsiz taksilarning maxsus jihozlangan toʻxtash joylarini qurish (barpo etish) boʻyicha ushbu Nizom talablariga rioya etilishini nazorat qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Mazkur Nizom talablariga rioya etilishini nazorat qilish boʻyicha ishlar Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan umumiy muvofiqlashtirib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻnalishsiz taksi faoliyatini tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga

“TAXI” tanish belgisining tasviri
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Taksi tanish belgisi avtotransport vositasining tom qismiga oʻrnatiladi va boshqa rangda ham boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻnalishsiz taksi faoliyatini tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

Yoʻnalishsiz taksilarning old va orqa eshiklariga chiziladigan qora kvadratlar hamda kompozitsiyaning tasviri va oʻlchamlari (sm)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Qora kvadratlar va kompozitsiyaning tasviri yoʻnalishsiz taksining old va orqa eshiklariga yopishtiriladi. Ushbu talab minimal hisoblanib, tashuvchining xohishiga koʻra oʻlchamlar kattalashtirilishiga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻnalishsiz taksi faoliyatini tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAKSI PASPORTI

* Avtotransport vositasi yuridik shaxsga tegishli boʻlgan taqdirda, tashkilot nomi va uning STIR koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-apreldagi 200-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni buyurtma asosida tashish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QOIDALARI

1. Mazkur Qoidalar yoʻlovchilarni buyurtma asosida (toʻy, turistik yoʻnalishlarda, shartnoma asosida, ommaviy va boshqa tadbirlarda) yengil avtotransport vositalarida (keyingi oʻrinlarda — avtotransport vositalari) tashish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Avtotransport vositalarida yoʻlovchilarni buyurtma asosida tashish faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Qoidalar yoʻnalishsiz hamda yoʻnalishli taksilarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Avtotransport vositalarida yoʻlovchilarni buyurtma asosida tashish shahar, shahar atrofida va shaharlararo yoʻnalishlarda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Yoʻlovchilarni talabiga koʻra avtotransport vositalariga chiqarish va tushirish Yoʻl harakati qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Avtotransport vositalarida yoʻlovchilarni buyurtma asosida tashish mijoz bilan tashuvchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida yoki tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tomonlarning kelishuviga koʻra avtotransport vositalariga qoʻshimcha talablar hamda boshqa talablar ham belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Haydovchi yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish vaqtida ularning buyumlari va bagajini joylashtirishga hamda safar tugaganda ularni tushirishga yordamlashishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Avtotransport vositalarining salonida avtomobil eshigi orqali bemalol sigʻadigan, salon qoplamasini hamda uning uskunalarini buzmaydigan va iflos qilmaydigan, haydovchining avtomobilni boshqarishiga hamda orqani koʻrish koʻzgusidan foydalanishiga xalaqit bermaydigan buyumlar va ashyolarni tashishiga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Buyurtma asosida faoliyat yurituvchi avtotransport vositalaridan yoʻnalishsiz taksi sifatida foydalanish taqiqlanadi. Bu holat faoliyatni litsenziyasiz amalga oshirganlikka tenglashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mushuklar, itlarni tizgin va toʻshagi mavjud boʻlganda tumshuqbogʻlarda, kichik jonivorlarni savatlarda, sumkalarda hamda qushlarni qafaslarda tashishga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Buyurtma asosida faoliyat yurituvchi avtotransport vositalariga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Buyurtma asosida faoliyat yurituvchi avtotransport vositalari texnik jihatdan soz holatda boʻlishi hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda texnik koʻrikdan oʻtgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Buyurtma asosida faoliyat yurituvchi avtotransport vositalari yuqori klassda boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vagon tipidagi (“Damas” va shu tipdagi) avtotransport vositalariga buyurtma asosida yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Buyurtma asosida avtotransport vositalarida tashish xizmatlarini koʻrsatishda aeroportlar, temir yoʻl vokzallari, avtovokzallar, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan qurilish mollari, dehqon va buyum bozorlari hamda savdo majmualarining pulli toʻxtash joylariga yoʻlovchilarni olish va tushirish uchun bepul kirishga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan buyurtma asosida faoliyat yurituvchi avtotransport vositalarining turlari hamda ishlab chiqilgan yili boʻyicha roʻyxat shakllantiriladi hamda vazirlikning rasmiy veb-saytida joylashtirilib, muntazam ravishda yangilab boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Buyurtma asosida faoliyat yurituvchi avtotransport vositalari muntazam yoʻnalishlarda faoliyat yurituvchi jamoat transportining yoʻnalish sxemalariga muvofiq (muntazam yoʻnalishlarda) yoki trafaret qoʻygan holda hamda yoʻnalishsiz taksi sifatida faoliyat yuritishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Buyurtma asosida faoliyat yurituvchi avtotransport vositalari haydovchilariga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Buyurtma asosida faoliyat yurituvchi avtotransport vositalarini boshqarishga haydovchilik guvohnomasida “B” toifasi boʻlgan, 21 yoshga toʻlgan, tibbiy koʻrikdan oʻtgan va kamida uch yillik haydovchilik stajiga ega hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan shaxslarga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Haydovchilar mehnat va dam olish rejimiga rioya etgan holda faoliyatini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Buyurtma asosida faoliyat yurituvchi avtotransport vositalarining haydovchilari yoʻlga chiqishdan oldin avtotransport vositasining belgilangan tartibda texnik koʻrikdan va haydovchilarning tibbiy koʻrikdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida yoʻl varaqasiga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Buyurtma asosida faoliyat yurituvchi avtotransport vositalari haydovchisining belgilangan talablarga nomuvofiqligi aniqlangan hollarda unga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan choralar qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Avtotransport vositalarida yoʻlovchilarni buyurtma asosida tashish boʻyicha nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Avtotransport vositalarida yoʻlovchilarni buyurtma asosida tashuvchi yuridik shaxslarga yoʻlovchilarni tashish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun “buyurtma asosida” soʻzlari aks ettirilgan litsenziya varaqalari Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Avtotransport vositalarida yoʻlovchilarni buyurtma asosida tashuvchi yuridik shaxslar (litsenziatlar) tomonidan belgilangan litsenziya talab va shartlariga rioya etilishi yuzasidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtma asosida faoliyat yurituvchi avtotransport vositalarining texnik holati va jihozlarining yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligi yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtma asosida faoliyat yurituvchi avtotransport vositalarini boshqarishga haydovchilik guvohnomasida “B” toifasi boʻlgan, 21 yoshga toʻlgan, tibbiy koʻrikdan oʻtgan va kamida uch yillik haydovchilik stajiga ega boʻlgan shaxslarning qoʻyilishi yuzasidan nazorat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-apreldagi 200-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-iyuldagi 636-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomobil transportida yoʻlovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek, yuklarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 3-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bunda yoʻlovchilarni shaharda, shahar atrofida va shaharlararo tashish faoliyati oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 9-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Amaldagi litsenziya varaqasiga ega avtotransport vositasiga boshqa bir yuridik yoki jismoniy shaxslarning arizasiga muvofiq litsenziya varaqalari berilishi taqiqlanadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 5-pozitsiyaning uchinchi ustuni quyidagi mazmundagi “v” kichik band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“v) oʻzini oʻzi band qilgan shaxsning bir yil ichida tibbiy koʻrikdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 7-pozitsiyaning uchinchi ustuni 2-bandidagi jadval quyidagi mazmundagi pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

haydovchidan tashqari toʻrttadan ortiq boʻlmagan oʻrindiqlarga ega boʻlgan yengil avtotransport vositasida oʻzini-oʻzi band qilgan holda yoʻlovchilarni shahar, shahar atrofi va shaharlararo tashish

BHMning 1 baravari

;

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 8-pozitsiyaning uchinchi ustuni quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun 1 ish kuni”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 9-pozitsiyaning uchinchi ustunida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“k” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“k) yoʻnalishsiz taksilarning hamda yoʻlovchilarni buyurtma asosida tashuvchi yengil avtotransport vositalarining qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi “m” va “n” kichik bandlar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“m) oʻzini oʻzi band qilgan tashuvchilar oʻz avtotransport vositasini bir yilda bir marotaba texnik koʻrikdan oʻtkazishi hamda bir yilda bir marotaba tibbiy koʻrikdan oʻtishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
n) yoʻnalishsiz taksilarning litsenziya varaqasida koʻrsatilgan hududda yoki yondosh hududda (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) faoliyat koʻrsatishi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) 12-pozitsiyaning uchinchi ustuni quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslardan arizani koʻrib chiqish uchun yigʻim undirilmaydi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-apreldagi 200-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI

1. Vazirlar Mahkamasining “Yoʻnalishsiz taksilar faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 18-maydagi 139-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-son Qonuni)” 2014-yil 3-martdagi 45-son qaroriga 1-ilovaning 29-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 1-fevraldagi PF-5647-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuk va yoʻlovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 6-martdagi PQ-4230-son qarori)” 2020-yil 8-maydagi 271-son qaroriga 1-ilovaning 16-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-son Qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 263-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “Jamoat transportini moliyalashtirishning yangi tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 18-martdagi 116-son qaroriga 3-ilovaning 2-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/200/0300-son)