Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.04.2025 18.05.2011 yildagi 139-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.04.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Yoʻnalishsiz taksilar faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-apreldagi 200-sonli “Avtomobil transportida yoʻlovchi tashish faoliyatini tartibga solish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻlovchilar tashish transportini rivojlantirish sohasida yagona texnika siyosatini amalga oshirish doirasida, yoʻnalishsiz taksilar faoliyatini tartibga solish, ular tomonidan yoʻlovchilar tashish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini va xavfsizligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Yoʻnalishsiz taksilar uchun yagona tanish belgilari va ularning ishlarini tashkil etishga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2012-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzstandart” agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda litsenziyalanadigan yoʻnalishsiz taksilarga amaldagi texnik talablar va standartlarga javob beradigan bir turdagi hisoblagichlar (taksometrlar) oʻrnatish boʻyicha bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisoblagichlar (taksometrlar) va tanish belgilarini ishlab chiqarish (yetkazib berish) boʻyicha yuridik shaxslarni tanlov asosida tanlab olsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda yagona tanish belgilari bilan jihozlanmagan, tashqi va ichki maʼlumotlarga ega boʻlmagan yoʻnalishsiz taksilarda yoʻlovchilar tashish faoliyatini amalga oshirish yuzasidan javobgarlik belgilash toʻgʻrisida ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari huzuridagi Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamentlari bilan birgalikda 2012-yil 1-yanvardan boshlab yagona tanish belgilari bilan jihozlanmagan, tashqi va ichki maʼlumotlarga ega boʻlmagan yoʻnalishsiz taksilarga litsenziyalar berilishini taqiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ushbu qarorning talablari va topshiriqlarini amalda bajarish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan yoʻnalishsiz taksilarga berish uchun davlat raqami belgilarining maxsus seriyasini ajratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ommaviy axborot vositalarida yoʻnalishsiz taksilarga beriladigan davlat raqami belgilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2012-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda tashuvchilar, mahalliy budjet va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablagʻlari hisobiga yoʻnalishsiz taksilarning maxsus jihozlangan toʻxtash joylari qurilishini (barpo etilishini) taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi (Abduvaliyev), Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari huzuridagi Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamentlari Ichki ishlar vazirligi (Matlyubov), Davlat soliq qoʻmitasi (Parpiyev) bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻnalishsiz taksilar texnik holati va asbob-uskunalarining harakat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar, tashqi va ichki maʼlumotlarga ega boʻlish talablariga muvofiqligini nazorat qilish boʻyicha muntazam ravishdagi qoʻshma reyd tekshiruvlarini faollashtirsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtotransport vositalari egalari oʻrtasida yoʻnalishsiz taksilar ishiga joriy etilayotgan talablar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun, shu jumladan yoʻnalishsiz taksilarda yoʻlovchilar tashish sohasida yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar toʻgʻrisida keng tushuntirish ishlarini amalga oshirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari B.A. Xoʻjayev va U.U. Rozukulov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 18-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
139-son

Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-maydagi 139-son qaroriga
1-ILOVA

Yoʻnalishsiz taksilar uchun yagona tanish belgilari va ularning ishlarini tashkil etishga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Yoʻnalishsiz taksilar uchun yagona tanish belgilari va ularning ishlarini tashkil etishga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi Nizom (keyingi oʻrinlarda nizom deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoʻnalishsiz taksilarning tashqi koʻrinishiga va ichki maʼlumotlar bilan jihozlanishiga, shuningdek yoʻnalishsiz taksilarning haydovchilariga nisbatan yagona talablarni belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizom haydovchilari yoʻlovchilarni tashish hamda ularning yoʻlovchi soʻragan yoʻnalish boʻyicha bagajini tashish boʻyicha xizmatlar koʻrsatadigan yengil avtotransport vositalarining (yoʻnalishli taksilardan tashqari) barcha turlariga tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Tushunchalar va atamalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar va atamalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻnalishsiz taksi — yoʻlovchilarning buyurtmanomalariga koʻra hisoblagich (taksometr) koʻrsatkichi boʻyicha haq toʻlash hisobiga yoʻlovchilarni va ularning bagajini tashish boʻyicha xizmatlar koʻrsatadigan avtotransport vositasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻnalishsiz taksilarning maxsus jihozlangan toʻxtash joyi — maʼlumotlar koʻrsatkichlari bilan jihozlangan, tegishli yoʻl belgilari qoʻyilgan hamda yoʻlovchilarni oʻtqazish (tushirish) va yoʻnalishsiz taksilarning toʻxtab turishi uchun moʻljallangan, koʻchalarning yoʻlovchi yurmaydigan qismidagi maxsus maydoncha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisoblagich (taksometr) — yoʻlovchi boradigan manzilning uzoqligini hisobga olishni va qiymatini hisob-kitob qilishni taʼminlaydigan qurilma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya kartochkasi — yoʻlovchilar tashishda foydalaniladigan avtotransport vositasi uchun belgilangan tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan beriladigan yoʻnalishsiz taksilarda yoʻlovchilar tashishni amalga oshirishga ruxsatnoma (huquq).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Yagona tanish belgilari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tashqi va ichki maʼlumotlar bilan jihozlash belgilari yoʻnalishsiz taksilar uchun yagona tanish belgilari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Yagona tanish belgilari transport oqimida avtotransport vositasining ajralib turishini va tanilishini taʼminlash uchun moʻljallangan hamda ular yoʻnalishsiz taksilarda yoʻlovchilar tashishni amalga oshiruvchi barcha tashuvchilar uchun majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Yoʻnalishsiz taksilarni tashqi maʼlumotlar bilan jihozlash quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) avtotransport vositasining tepasiga oʻrnatilgan toʻq sariq rangli fonarga “TAXI” tanish belgisini oʻrnatish (Nizomga 1-ilova);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxmat tartibida joylashtirilgan qora kvadratlardan iborat boʻlgan kompozitsiya va avtotransport vositasining oldingi eshiklaridagi “T” harflari (Nizomga 2-ilova);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtotransport vositasining oldingi eshiklaridagi yuridik shaxs — tashuvchining nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) yoʻnalishsiz taksilar uchun moʻljallangan maxsus seriyadagi avtotransport vositasining davlat raqami belgisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) yoʻnalishsiz taksilar sifatida ishlashga sariq rangli, Toshkent shahri uchun — “fil suyagi” rangidagi avtotransport vositalari qoʻyiladi. Yoʻnalishsiz taksilarni talab qilinadigan rangga boʻyash avtotransport egasi tomonidan, texnika xizmati koʻrsatish stansiyalarida amalga oshiriladi. Yoʻnalishsiz taksi rangini qonunchilikda talab qilingan rangga muvofiq holga keltirish uchun ularni boʻyamasdan, oʻzi yelimlanadigan materiallardan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
(5-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Yoʻnalishsiz taksilarni ichki maʼlumotlar bilan jihozlash quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtotransport vositasining davlat raqami belgisi, haydovchining familiyasi, ismi, otasining ismi va fotosurati, ish vaqtining boshlanishi va tugashi, yoʻlkira qiymati (soʻmlarda), tashuvchining manzili va telefon raqami, litsenziya kartochkasining raqami va amal qilish muddati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek majburiy sugʻurta qilinganlik haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan QR-kod. QR-kod bilan taʼminlash tashuvchi mablagʻlari hisobida amalga oshiriladi hamda avtotransport vositasi priborlari paneliga, yoʻlovchilar bemalol oʻqiy oladigan holatda oʻrnatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlovni amalga oshirish imkoniyatini beruvchi, shuningdek taksometr funksiyalarini taʼminlaydigan maxsus ilovaga ega moslamalar (shu jumladan uyali telefonlar, planshetlar).
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-martdagi 116-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.03.2023-y., 09/23/116/0158-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Yoʻnalishsiz taksilarga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Yoʻnalishsiz taksi sifatida foydalaniladigan har bir avtotransport vositasi texnik jihatdan soz holatda boʻlishi va avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagaj tashish qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq boʻlishi, shuningdek quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 5 va 6-bandlarida belgilangan yagona tanish belgilarining mavjud boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soz holatdagi plombalangan spidometr jihozlarining, shuningdek toʻlovlarni bank plastik kartochkalaridan qabul qilib olish uchun hisob-kitob terminalining mavjud boʻlishi. Toʻlov terminallari terminallar funksiyalarini taʼminlaydigan maxsus ilovali qurilmalarga (uyali telefonlar, planshetlar, elektron toʻlov tizimlari) almashtirilishi mumkin;
7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-martdagi 116-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.03.2023-y., 09/23/116/0158-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻnalishsiz taksi texnik holati va jihozlarining yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻnalishsiz taksi belgilangan talablarga muvofiq boʻlmagan taqdirda ushbu avtotransport vositasi uchun litsenziya kartochkasining amal qilishini toʻxtatish tarzidagi taʼsir koʻrsatish choralari qoʻllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Yuridik shaxslarga tegishli yoʻnalishsiz taksilar sifatida foydalaniladigan hamda yagona ichki va tashqi belgilar bilan jihozlangan avtotransport vositalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻlovchilarni olish va tushirish maqsadida “Toʻxtash taqiqlangan” yoʻl belgisi amal qilish hududida, shu jumladan aeroport va vokzallarga tutash hududlarda toʻxtashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida boʻlgan aeroportlar, temir yoʻl vokzallari, avtovokzallar, qurilish mollari, dehqon va buyum bozorlari hamda savdo majmualarining pullik toʻxtash joylariga yoʻlovchilarni olish va tushirish uchun bepul kirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻnalishli transport vositalari uchun ajratilgan maxsus harakatlanish yoʻlagi boʻylab harakatlanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Yoʻnalishsiz taksilar haydovchilariga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Yoʻlovchilar tashish uchun moʻljallangan yoʻnalishsiz taksilarni boshqarishga haydovchilik guvohnomasida “V” ruxsat belgisi boʻlgan, 21 yoshga toʻlgan, tibbiy koʻrikdan oʻtgan va kamida uch yillik haydovchi stajiga ega boʻlgan shaxslar qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Yoʻnalishsiz taksilarning haydovchilari yoʻnalishda ishlayotganda tegishli litsenziya kartochkasiga hamda yoʻlga chiqishdan oldin avtotransport vositasining belgilangan tartibda texnik koʻrikdan va haydovchilarning tibbiy koʻrikdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida belgilar qoʻyilgan yoʻl varaqasiga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
91. Haydovchi yoʻlovchilarni yoʻnalishsiz taksida tashishni litsenziya kartochkasida belgilangan hududda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, litsenziya kartochkasida belgilangan hududdan tashqarida yoʻlovchilar va bagajlarni yoʻnalishsiz taksida tashishga, agar joʻnash punkti ushbu hududda, manzil esa ushbu hududdan tashqarida joylashgan boʻlsa, ruxsat etiladi.
(91-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-martdagi 116-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.03.2023-y., 09/23/116/0158-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Haydovchi yoʻlovchilarni yoʻnalishsiz taksiga oʻtqazishni va undan tushirishni yoʻnalishsiz taksilarning maxsus jihozlangan toʻxtash joylarida, tegishli harakatdagi tarkibning toʻxtashiga ruxsat berilgan koʻcha-yoʻl shoxobchalari uchastkalarida hamda yoʻnalishsiz taksilar yoʻlovchilar buyurtmalari boʻyicha beriladigan joylarda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Yoʻnalishsiz taksi haydovchisining belgilangan talablarga nomuvofiqligi aniqlangan hollarda haydovchiga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan intizomiy yoki maʼmuriy taʼsir koʻrsatish choralari qoʻllaniladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Ushbu Nizom talablariga rioya etilishini nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi ushbu Nizomning:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslarga ushbu Nizomning 5 va 6-bandlarida nazarda tutilgan yagona belgilar bilan jihozlangan yoʻnalishsiz taksilarda yoʻlovchilarni tashish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyalar berilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslar tomonidan yoʻnalishsiz taksilarda yoʻlovchi tashishlarni amalga oshiradigan litsenziatlar uchun belgilangan litsenziya talab va shartlariga rioya etilishi qismida nazoratni amalga oshiradi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ushbu Nizom talablariga rioya etilishini:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻnalishsiz taksilar uchun davlat raqami belgilarining maxsus seriyasi ajratilishi yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻnalishsiz taksilarda hisoblagichlar (taksometrlar), “TAXI” tanish belgilari, shuningdek amaldagi texnik reglamentlarga yoki standartlarga muvofiq radioaloqa vositalari mavjudligi yuzasidan;
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻnalishsiz taksi texnik holati va jihozlarining yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligi yuzasidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻlovchilar tashish uchun moʻljallangan yoʻnalishsiz taksilarni boshqarishga haydovchilik guvohnomasida “V” ruxsat belgisi boʻlgan, 21 yoshga toʻlgan, tibbiy koʻrikdan oʻtgan va kamida uch yillik haydovchi stajiga ega boʻlgan shaxslarning qoʻyilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yoʻnalishsiz taksilarning maxsus jihozlangan toʻxtash joylarini qurish (barpo etish) yuzasidan ushbu Nizom talablariga rioya etilishini nazorat qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ushbu Nizom talablariga rioya etilishini nazorat qilish boʻyicha ishlarni umumiy muvofiqlashtirib borish Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻnalishsiz taksilar uchun yagona tanish belgilari va ularning ishlarini tashkil etishga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga

“TAXI” tanish belgisining tasviri va oʻlchamlari (mm)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻq sariq rangli fonar texnik reglamentlarga yoki standartlarga muvofiq belgilangan tartibda tayyorlanadi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻnalishsiz taksilar uchun yagona tanish belgilari va ularning ishlarini tashkil etishga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻnalishsiz taksilarning oldingi eshiklariga chiziladigan qora kvadratlar va “T” harfidan iborat kompozitsiyaning tasviri va oʻlchamlari (mm)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-maydagi 139-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan qoʻshimchalar va oʻzgartirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 108-modda) bilan tasdiqlangan Avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagajni tashish qoidalari 100-bandining birinchi xatboshiga “naqd pul bilan” soʻzlaridan keyin “yoxud hisob-kitob terminalidan foydalangan holda bank plastik kartochkalari mablagʻlari bilan” soʻzlari qoʻshilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-iyuldagi 138-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 7-son, 51-modda) bilan tasdiqlangan Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandiga quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“l) yoʻnalishsiz taksilarning texnik holati va asbob-uskunalarining yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga doir normativ-huquqiy hujjatlar talablariga, tashqi koʻrinishiga va anjomlariga, yagona tanish belgilari bilan jihozlashga qoʻyiladigan talablarga muvofiqligi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻn ikkinchi xatboshi oʻn uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 20-21-son, 201-modda; 2014-y., 10-son, 105-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son; 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 22.03.2023-y., 09/23/116/0158-son)