OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
Agrosanoat majmuida davlat nazorati tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Qishloq xoʻjaligi sohasida davlat nazoratini kuchaytirish, gʻalla yetishtiruvchilarning moddiy manfaatdorligini oshirish hamda isteʼmolchilarni sifatli don mahsulotlari bilan taʼminlash, gʻalla bozorida davlat ishtirokini yanada kamaytirgan holda ichki bozorga sifatli don mahsulotlari yetkazib berishni tashkil etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Agrosanoat majmuida davlat nazorati tizimini yanada takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 22-oktabrdagi PF-164-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
a) Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzagroinspeksiya”) agrosanoat majmuida davlat nazorati va tekshiruvni amalga oshiruvchi mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanishi hamda Vazirlar Mahkamasiga bevosita hisobdorligi;
b) “Oʻzagroinspeksiya” tomonidan:
bugʻdoyni qabul qilish, saqlash va xaridorlarga yuklab joʻnatish jarayonida yuzaga keladigan tabiiy kamayish miqdorini hisobdan chiqarish, shuningdek, bugʻdoy yetishtiruvchilardan xarid qilinadigan bugʻdoyni qabul qilish va sotish jarayonlarida standart talablariga koʻra sifat koʻrsatkichlari boʻyicha (muvofiqlik sertifikati) hamda bugʻdoy sinflari (sifat sertifikati) boʻyicha sertifikatlashni nazorat qilish;
idoraviy boʻysunuvi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar barcha korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarda qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarining texnik holati, ularning ekspluatatsiya qilinishi samaradorligi, shuningdek, servis va taʼmirlash xizmatlarining sifati, qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini majburiy va davriy sinovdan oʻtkazish ustidan nazoratni amalga oshirish;
import qilinayotgan qishloq xoʻjaligi ekinlarining urugʻlik va koʻchat materiallarida geni modifikatsiyalangan organizmlarning (GMO) mavjudligini aniqlash.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2025-yil 1-aprel,
197-son
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-apreldagi 197-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga ajratmalarni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qarorining 3-bandi beshinchi xatboshisidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Ishlab chiqarilayotgan paxta moyi sifatini oshirishni yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 4-sentabrdagi 200-son qarorining 5-bandi birinchi xatboshisidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-apreldagi 116-son qarori bilan tasdiqlangan Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portaliga joylashtirish uchun taqdim etiladigan axborotlar roʻyxatining 29-pozitsiyasi “Masʼullar” ustunidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-apreldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Sugʻurta urugʻlik fondini tashkil etish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 11 va 28-bandlardagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovada:
“Gʻoʻza va boshoqli don ekinlari uchun” boʻlimining 5-bosqich “Masʼullar” ustunidagi “Agrosanoat majmuida xizmatlar koʻrsatish markazi” davlat unitar korxonasi soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlari uchun” boʻlimining 4-bosqich “Masʼullar” ustunidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 2 va 3-ilovalar matnidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi texnikalari konstruksiyasining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida” 2016-yil 18-martdagi 80-son qarorining rus tilidagi matnida:
a) 4-banddagi “Ministerstve selskogo xozyaystva” soʻzlari “Kabinete Ministrov” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) ilovaning 22-bandidagi “Ministerstve selskogo xozyaystva” soʻzlari “Kabinete Ministrov” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-sentabrdagi 553-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.09.2025-y., 09/25/553/0796-son)
7. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 322-son qarori bilan tasdiqlangan Maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar va maʼmuriy huquqbuzarlik yoʻli bilan maʼnaviy, jismoniy yoki mulkiy zarar yetkazilgan shaxslarni markazlashtirilgan hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 8-ilovaning 280-pozitsiyasidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida zamonaviy urugʻchilik klasterlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 18-iyundagi 512-son qarorida:
a) 14-bandning birinchi xatboshisidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmuasi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 8-bandi birinchi xatboshisidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmuasi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 571-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandida:
yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
sakkizinchi — yigirma toʻrtinchi xatboshilar tegishlicha yettinchi — yigirma uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 12-iyuldagi 575-son qarorida:
a) nomidagi, 1-bandning ikkinchi — beshinchi xatboshilaridagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-band quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi inspektorlarining formali kiyim-boshlari va farqlash belgilari namunalari va tavsifi 31-ilovaga muvofiq”;
beshinchi xatboshi tegishlicha oltinchi xatboshi deb hisoblansin.
v) 2-bandning ikkinchi xatboshidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 1-ilovada:
nomidagi va 1-banddagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-banddagi “Inspeksiya respublika ijro etuvchi organi hisoblanadi” soʻzlari “Inspeksiya agrosanoat majmuida davlat nazorati va tekshiruvni amalga oshiruvchi mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-banddan “Qishloq xoʻjaligi vazirligi hayʼati qarorlari va vazir buyruqlari,” soʻzlari chiqarib tashlansin.
5-banddagi va 8-bandning birinchi xatboshisidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“a” kichik bandning ikkinchi xatboshisidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“b” kichik bandning ikkinchi xatboshisidagi “Ministerstva selskogo xozyaystva” soʻzlari “Kabinete Ministrov” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“v” kichik bandning ikkinchi xatboshisidagi “Ministry of Agriculture” soʻzlari “Cabinet of Ministers” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi g1 va g2 kichik bandlar bilan toʻldirilsin:
“g1) bugʻdoyni qabul qilish, saqlash va xaridorlarga yuklab joʻnatish jarayonida yuzaga keladigan tabiiy kamayish miqdorini hisobdan chiqarishni nazorat qilish;
g2) qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining tijorat vakili tomonidan bugʻdoy yetishtiruvchilardan xarid qilinadigan bugʻdoyni qabul qilish va sotish jarayonlarida standart talablariga koʻra sifat koʻrsatkichlari boʻyicha (muvofiqlik sertifikati) hamda bugʻdoy sinflari (sifat sertifikati) boʻyicha sertifikatlashni nazorat qilish”;
quyidagi mazmundagi d1 kichik band bilan toʻldirilsin:
“d1) qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni muhofaza qilish va ulardan maqsadli foydalanilishi”;
“z” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“z) idoraviy boʻysunuvi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar barcha korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarda qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarining texnik holati, ularning ekspluatatsiya qilinishi samaradorligi, shuningdek, servis va taʼmirlash xizmatlarining sifati, qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini majburiy va davriy sinovdan oʻtkazish ustidan nazoratni amalga oshirish” ;
quyidagi mazmundagi i1 va i2 kichik bandlar bilan toʻldirilsin:
“i1) import qilinayotgan qishloq xoʻjaligi ekinlarining urugʻlik va koʻchat materiallarida geni modifikatsiyalangan organizmlarning (GMO) mavjudligini aniqlash;
i2) sohada davlat nazoratini amalga oshirish va hisobotlarni yuritish jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish”;
ikkinchi xatboshidan “, Qishloq xoʻjaligi vazirligi hayʼati qarorlari va vazir buyruqlari topshiriqlari” soʻzlari chiqarib tashlansin.
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda mineral oʻgʻitlar bilan oziqlantirish hamda kasallik va zararkunandalarga qarshi kimyoviy va biologik kurashish ishlarining bajarilishi ustidan”;
oʻninchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
oʻn birinchi xatboshi oʻninchi xatboshi deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi g1 va g2 kichik bandlar bilan toʻldirilsin:
“g1) bugʻdoyni qabul qilish, saqlash va xaridorlarga yuklab joʻnatish jarayonida yuzaga keladigan tabiiy kamayish miqdorini hisobdan chiqarishni nazorat qilish;
g2) qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining tijorat vakili tomonidan bugʻdoy yetishtiruvchilardan xarid qilinadigan bugʻdoyni qabul qilish va sotish jarayonlarida standart talablariga koʻra sifat koʻrsatkichlari boʻyicha (muvofiqlik sertifikati) hamda bugʻdoy sinflari (sifat sertifikati) boʻyicha sertifikatlashni nazorat qilish”;
oʻn yettinchi xatboshidan “hamda xavfli yashirin virusli kasalliklarning” soʻzlari chiqarib tashlansin.
quyidagi mazmundagi yigirmanchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“import qilinadigan qishloq xoʻjaligi ekinlarining barcha turdagi urugʻliklari va koʻchat hamda koʻchat materiallarining ekinboplik sifat koʻrsatkichlarini aniqlash va muvofiqlik sertifikati asosida realizatsiya qilinishi ustidan nazorat qilish”;
“d1” kichik bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanuvchilar tomonidan yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallashga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha majburiyatlarining bajarilishi ustidan”;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“z) idoraviy boʻysunuvi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar barcha korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarda qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarining texnik holati, ularning ekspluatatsiya qilinishi samaradorligi, shuningdek, servis va taʼmirlash xizmatlarining sifati, qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini majburiy va davriy sinovdan oʻtkazish ustidan quyidagi nazoratni amalga oshiradi”;
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikasi va texnologiyalari majburiy va davriy sinovdan oʻtkazish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar talablarining bajarilishi”;
“y” kichik bandning uchinchi xatboshisidan “mineral oʻgʻitlar va yonilgʻi-moylash materiallarini oʻgʻirlash hamda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
15-bandning uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
“d” kichik banddagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“e” kichik banddagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligiga” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
18-banddagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
19-bandning ikkinchi xatboshisidan “hududiy boshqarmalarning tarkibiy boʻlinmalari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
20-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
25-banddagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligiga” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
31-banddagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligiga” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 2-ilovada:
nomidagi hamda 1-banddagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-banddagi “Moliya vazirligining Gʻaznachiligida ochilgan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida ochilgan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Inspeksiya xodimlariga formali kiyim-bosh va farqlash belgilari bilan taʼminlash, ijara shartnomasi asosida ijara pullarini qoplash”;
oʻninchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oʻn birinchi xatboshi oʻninchi xatboshi deb hisoblansin;
21 va 23-bandlardagi “Ishlar boshqarmasi” soʻzlari “Moliya-iqtisod boʻlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 3-ilovada:
nomidagi, 1-banddagi, 4-bandning ikkinchi xatboshisidagi va 10-bandning uchinchi xatboshisidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-bandning “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) quyidagi miqdordagi oylik ustamalar:
lavozim maoshining 40 foizi miqdorida ustama (mehnatni ragʻbatlantirish koeffitsiyenti);
Inspeksiya xodimlariga uzoq muddat uzluksiz xizmati uchun lavozim maoshiga ragʻbatlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda:
markaziy apparat xodimlariga
0,2 koeffitsiyentdan 1,0 koeffitsiyentgacha;
hududiy boʻlinmalar xodimlariga
0,2 koeffitsiyentdan 0,6 koeffitsiyentgacha miqdorda ustama.
Inspeksiyaning markaziy apparati xodimlarining lavozim maoshlarini Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga asosan belgilashda tarif koeffitsiyenti 1,4 baravarga, hududiy boʻlinmalar xodimlariga 1,4 baravarga oshirgan holda budjet mablagʻlari hisobidan qoʻllanadi”;
toʻrtinchi xatboshidagi “ustamalar” soʻzi “ustama va mukofotlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshi “yubiley sanalari” soʻzlaridan keyin “(50, 55, 60 yoshi)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
toʻqqizinchi xatboshidagi “10 baravari” soʻzlari “10 baravarigacha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
11-band quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi, oʻninchi va oʻn birinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“oshirilgan tarif koeffitsiyentlari;
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega xodimlari oylik lavozim maoshiga (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda) — 5 foizgacha ustama;
fan doktori yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga yoki xorijiy davlatlarning unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalariga ega xodimlari oylik lavozim maoshiga (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda) — 10 foizgacha ustama”;
j) quyidagi mazmundagi 31-ilova bilan toʻldirilsin:
“Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 575-son qaroriga
31-ILOVA
31-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi inspektorlarining formali kiyim-boshlari va farqlash belgilari
NAMUNALARI VA TAVSIFI
NAMUNALARI VA TAVSIFI
I. Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektorlarining formali kiyim-boshlari namunalari

Formali kiyim-boshlar tavsifi:
Yozgi mavsumiy formali kiyim-bosh
1. Erkaklar uchun formali kiyim-bosh:
a) old qismida kokardasi boʻlgan toʻq kulrang kepka;
b) kalta yengli, koʻkrak choʻntaklari tugmali va nishonli, nashivkali (yozuvli), shevronli, yelka qismida tugma hamda tugma qadaladigan teshiklari boʻlgan och kulrang koʻylak;
v) toʻq kulrang shim;
g) shim uchun kamar;
d) qora rangli charm poyabzal.
2. Ayollar uchun formali kiyim-bosh:
a) old qismida kokardasi boʻlgan toʻq kulrang kepka;
b) kalta yengli, koʻkrak choʻntaklari tugmali va nishonli, nashivkali (yozuvli), shevronli, yelka qismida tugma hamda tugma qadaladigan teshiklari boʻlgan och kulrang bluzka;
v) toʻq kulrang yubka;
g) qora rangli charm poyabzal.
Kuzgi va bahorgi mavsumiy formali kiyim-bosh
1. Erkaklar uchun formali kiyim-bosh:
a) old qismida kokardasi boʻlgan toʻq kulrang kepka;
b) yenglari uzun, koʻkrak choʻntaklari tugmali va nishonli, nashivkali (yozuvli), shevronli, yelka qismida tugma hamda tugma qadaladigan teshiklari boʻlgan och kulrang koʻylak;
v) toʻq kulrang boʻyinbogʻ;
g) toʻq kulrang, bitta koʻkrak choʻntakli, yengil, yon tomonlari choʻntakli va nishonli, chiziqli, shevronli yengil kurtka;
d) toʻq kulrang shim;
e) shim uchun kamar;
j) qora rangli charm poyabzal.
2. Ayollar uchun formali kiyim-bosh:
a) old qismida kokardasi boʻlgan toʻq kulrang kepka;
b) yenglari uzun, koʻkrak choʻntaklari tugmali va nishonli, nashivkali (yozuvli), shevronli, yelka qismida tugma hamda tugma qadaladigan teshiklari boʻlgan och kulrang bluzka;
v) toʻq kulrang boʻyinbogʻ;
g) toʻq kulrang rangli, bitta koʻkrak choʻntakli, yengil, yon tomonlari choʻntakli va nishonli, chiziqli, shevronli yengil kurtka;
d) toʻq kulrang yubka;
e) qora rangli charm poyabzal.
Qishki mavsumiy formali kiyim-bosh
1. Erkaklar uchun formali kiyim-bosh:
a) qishki toʻq kulrang bosh kiyim;
b) yenglari uzun, koʻkrak choʻntaklari tugmali va nishonli, nashivkali (yozuvli), shevronli, yelka qismida tugma hamda tugma qadaladigan teshiklari boʻlgan och kulrang rangli bluzka;
v) toʻq kulrang boʻyinbogʻ;
g) toʻq kulrang, bitta koʻkrak choʻntakli, yengil, yon tomonlari choʻntakli va nishonli, chiziqli, shevronli yengil kurtka;
d) toʻq kulrang, yoqa qismi moʻynali, koʻkrak nashivka (yozuv) va shevronli, plashsifat issiq kurtka;
e) toʻq kulrang issiq shim;
j) qora charm shim kamari;
z) qora rangli etik.
2. Ayollar uchun formali kiyim-bosh:
a) qishki toʻq kulrang bosh kiyim;
b) yenglari uzun, koʻkrak choʻntaklari tugmali va nishonli, nashivkali (yozuvli), shevronli, yelka qismida tugma hamda tugma qadaladigan teshiklari boʻlgan och kulrang bluzka;
v) toʻq kulrang boʻyinbogʻ;
g) toʻq kulrang, bitta koʻkrak choʻntakli, yengil, yon tomonlari choʻntakli va nishonli, chiziqli, shevronli kurtka;
d) toʻq kulrang, yoqa qismi moʻynali, koʻkrak nashivka (yozuv) va shevronli, plashsifat issiq kurtka;
e) toʻq kulrang yubka;
j) qora rangli etik.
II. Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektorlarining farqlash belgilari namunalari

Farqlash belgilari namunalari tavsifi:
1. Kokarda.
Oltin rangdagi yengil metalldan yasalgan bosh kiyimi uchun kokardada qanotlari ochiq Humo qushi tasvirlangan, yuqori qismida mamlakat ramzi boʻlgan yarim oy tasviri tushirilgan, sakkiz qirrali yulduz va undagi kichik besh qirrali yulduz aks ettirilgan. Humo qushining orqasida togʻlar, daryolar va gullab-yashnagan vodiy uzra chiqayotgan quyosh tasvirlangan.
Pastki qismida “OʻZBEKISTON” markazida lotin harflarida yozilgan Oʻzbekiston Respublikasi bayrogʻi tushirilgan.
Orqa tomonida ikkita metall qichqich oʻrnatilgan boʻlib, ular yordamida kokarda bosh kiyimining oʻrtasiga oʻrnatiladi. Kokardaning markazi burun koʻprigidan yuqorida boʻlishi kerak.
2. Shevron.
Formaning chap yengida (yeng tikilgan tikuvdan 120 mm masofada) 90x75 mm oʻlchamdagi yashil qalqon shakliga ega shevron mavjud.
Qalqon ichida va pastki qismida davlat ramzlari — Oʻzbekiston Respublikasining gerbi va bayrogʻi tasvirlangan. Qalqonning ichidagi gerb usti qismida lotin alifbosida bir qatorli “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI”, pastki qismida bir qatorli lotin harflarida “OʻZAGROINSPEKSIYA” yozuvlari joylashgan.
Ramka sariq rangdan iborat.
Shevron matoga tushirilgan holda tayyorlanadi. Shevron matosi toʻq yashil rangda.
3. Nashivka (yozuv).
“AGROSANOAT MAJMUI USTIDAN NAZORAT QILISH INSPEKTORI” yozuvi 125x25 mm oʻlchamdagi toʻgʻri burchakli, chetki qismi sariq, toʻq koʻk rangli matoga tilla rangli ip bilan lotin harflarida tikiladi.
Nashivka (yozuv) formaning koʻkrak choʻntaklariga tikiladi.
Izoh. Inspektorni formali kiyim-bosh va farqlash belgilari bilan taʼminlash xarajatlari Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi inspektorlarining formali kiyim-boshlarini kiyib yurishi va farqlash belgilarini taqishi tartibi toʻgʻrisidagi nizom Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi.
z) 4-ilovaning nomidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
i) 5-ilovada:
nomidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
izohdan “birinchi oʻrinbosariga Inspeksiya hududiy boshqarmasi boshligʻi stavkasidan 3% kam miqdorda, Inspeksiya hududiy boshqarmasi boshligʻining” soʻzlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“** Inspeksiya hududiy boshqarmasi shuʼba boshliqlariga Inspeksiya hududiy boshqarmasi boʻlim boshligʻi stavkasidan 5% kam miqdorda”;
k) 6-ilovada:
nomidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
izohdan “* Inspeksiyaning tuman (Quvasoy shahar) boʻlim boshligʻi oʻrinbosariga tuman (Quvasoy shahar) boʻlimi boshligʻi stavkasidan 5% kam miqdorda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
2-pozitsiyaning “2-guruh” ustunidagi “Boʻz tumani” soʻzlari “Boʻston tumani” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Urugʻchilikni rivojlantirish markazi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 5-sentabrdagi 733-son qarorining 4-bandi toʻqqizinchi xatboshisidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
13. Vazirlar Mahkamasining “Ingichka tolali paxta yetishtirishni samarali tashkil qilish, yangi navlarni koʻpaytirish va ragʻbatlantirish mexanizmini joriy etish toʻgʻrisida” 2020-yil 30-yanvardagi 47-son qarorining 2-bandidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
14. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 273-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulki obyektlarining hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandi “k” kichik bandidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
15. Vazirlar Mahkamasining “Chorvachilik tarmogʻiga davlat tomonidan subsidiya ajratishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 12-maydagi 280-son qarorida:
a) 4-ilovaning 3-bandi chiqarib tashlansin;
b) 5-ilovaning 3-bandi chiqarib tashlansin.
16. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi faoliyatini takomillashtirish, qishloq xoʻjaligi oʻsimliklari turlarining milliy genbankini yaratish toʻgʻrisida” 2020-yil 13-maydagi 282-son qarorining 14-bandidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
17. Vazirlar Mahkamasining “Gʻalla yetishtiruvchi xoʻjaliklar va korxonalardan sotib olinadigan donni saqlash sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 22-maydagi 312-son qarorida:
a) 2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning 33-bandning birinchi xatboshisidagi va 48-banddagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 2-ilovada:
1-banddagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
22-banddagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Agroinspeksiya)” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Oʻzagroinspeksiya)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
26 va 32-bandlaridagi “Agroinspeksiyaga” soʻzlari “Oʻzagroinspeksiyaga”, soʻzlari bilan almashtirilsin;
27, 28 va 33-bandlaridagi “Agroinspeksiya” soʻzlari “Oʻzagroinspeksiya”, soʻzlari bilan almashtirilsin;
3 va 4-ilovalar matnidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
18. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-avgustdagi 505-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 11-bandi birinchi xatboshisidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
19. Vazirlar Mahkamasining “Ichki isteʼmol bozorini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 15-martdagi 135-son qarorida:
a) 5-bandning birinchi xatboshisidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-ilovaning 5-bandidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
20. Vazirlar Mahkamasining “Superelita, elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik sholi yetishtirish uchun urugʻchilik xoʻjaliklarini tanlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 18-iyundagi 381-son qarorida:
a) 3-banddagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin”;
b) ilovaning 11-bandi beshinchi xatboshisidagi va 26-bandidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin”.
21. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻchiligiga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 12-oktabrdagi 641-son qarorida:
a) 2-ilovada:
12-banddagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
17-banddagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-ilovada:
3 va 5-bandlardagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
106-bandning birinchi xatboshisidagi va 107-bandidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 5-ilovada:
9-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
44-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
22. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion” elektron savdo platformasiga integratsiya qilinadigan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar roʻyxatining 13-bandidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
23. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni muhofaza qilish boʻyicha davlat nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 4-banddagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik)” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 13-bandning ikkinchi xatboshisidan “Vazirlikning hamda” soʻzlari chiqarib tashlansin.
24. Vazirlar Mahkamasining “Muqobil energiya orqali ishlaydigan isitish tizimini joriy etgan limon yetishtiruvchilarni, shuningdek, yangi limonzorlarni barpo etish va koʻchatlar xarid qilishni moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 17-yanvardagi 24-son qarorida:
a) 1-ilovada:
1-ilovaning 5-bosqich “Tadbirlar” ustunidan “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
2-ilovaning 6-bandi chiqarib tashlansin;
b) 2-ilovada:
15-bandi “a” va “v” kichik bandlaridagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-ilovaning 4-bandidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasining” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
25. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-martdagi 91-son qarori bilan tasdiqlangan Mineral oʻgʻitlar xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglamentning 48-bandidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
26. Vazirlar Mahkamasining “Uzumchilik, bogʻdorchilik, issiqxona xoʻjaliklarini yurituvchi va vinochilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi subyektlarni davlat tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 10-iyundagi 327-son qarorida:
a) 1-ilovaning 23-bandidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 18-bandidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 3-ilovaning 16-bandidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 4-ilovaning 16-bandidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
27. Vazirlar Mahkamasining “Boshqa shaxsga oʻtkazish taqiqlab yoki xatlab qoʻyilgan mol-mulklar elektron maʼlumotlar bankini shakllantirish, yuritish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 22-avgustdagi 468-son qarorida:
a) 3-bandning beshinchi xatboshisidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) ilovaning 3-bandi va 5-bandi beshinchi xatboshisidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
28. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-sentabrdagi 557-son qarori bilan tasdiqlangan Uzum yetishtiruvchilar va vino mahsulotini ishlab chiqaruvchilar respublika koʻrik-tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
29. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini sertifikatlash va navdorligini baholash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2022-yil 16-dekabrdagi 712-son qarorida:
a) 2-bandning “a” kichik bandi birinchi xatboshisi va “g” kichik bandi birinchi xatboshisidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovada:
nomidagi, 1-banddagi, 3-bandning beshinchi xatboshisidagi hamda 4-banddagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-ilovaning ilova belgisi va nomidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-ilovaning ilova belgisi va matnidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2a-ilovaning ilova belgisi va matnidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-ilovaning ilova belgisidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-ilovaning ilova belgisi va nomidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4a-ilovaning ilova belgisidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-ilovaning ilova belgisidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 4-ilovada:
nomidagi, 1-banddagi, 3-bandning beshinchi xatboshisidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-ilovaning ilova belgisidagi va nomidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-ilovaning ilova belgisidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-ilovaning ilova belgisidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-ilovaning ilova belgisi va matnidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4a-ilovaning ilova belgisidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-ilovaning ilova belgisidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
30. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalaridan foydalanish sohasida davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 29-apreldagi 170-son qarorida:
a) 1-bandning “j” kichik bandidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning 2-bandidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 2-ilovaning 2-bandidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 3-ilovaning 2-bandidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 5-ilovaning 2-bandidagi va 23-bandi 3-xatboshidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 6-ilovaning 2-bandi birinchi xatboshisidagi va 2-ilovaning 1-bosqich “Tadbirlar” ustunidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
j) 7-ilovaning nomidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
31. Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy kartoshka yetishtirishni koʻpaytirish va urugʻchilik bazasini yanada mustahkamlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 9-dekabrdagi 652-son qarorining 4-bandi “v” kichik bandi va 6-bandidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
32. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-martdagi 169-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy va yuridik shaxslarga xulosalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning yagona maʼmuriy reglamentida:
a) 13-ilovaning 4-pozitsiyasi uchinchi ustunidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 17-ilovaning 4-pozitsiyasi uchinchi ustunidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
33. Vazirlar Mahkamasining “2024-yil hosilidan bugʻdoy xarid qilish va ichki bozorda narxlar barqarorligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 11-iyundagi 325-son qarorining 3-bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
34. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi subyektlariga qishloq xoʻjaligi ekinlari hosilini sugʻurtalashda sugʻurta mukofoti uchun toʻlov xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2024-yil 2-iyuldagi 373-son qarorida:
a) 1-bandning toʻrtinchi xatboshisidan “, shuningdek, sugʻurta hodisasi sodir boʻlmaganda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) ilovada:
11-banddan “, shuningdek, sugʻurta hodisasi sodir boʻlmaganda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
ilovaning 3-bosqich “Chora-tadbirlar” ustunining 1-banddan “, shuningdek, sugʻurta hodisasi sodir boʻlmaganda” soʻzlari chiqarib tashlansin.
35. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-iyuldagi 463-son qarori bilan tasdiqlangan Faoliyati eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari asosida baholanadigan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari roʻyxatining 51-bandidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son; 23.04.2025-y., 09/25/255/0376; 02.09.2025-y., 09/25/553/0796-son)