Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori, 12.06.2003 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1250
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.17.00.00 Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish. Soliq sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi oliy xoʻjalik sudi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruviNING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MUDDATIDA TOʻLANMAGAN SOLIQLAR VA BUDJETGA MAJBURIY TOʻLOVLARNI QARZDOR KORXONA VA TAShKILOTLAR MOL-MULKI HISOBIDAN UNDIRIB OLISh TOʻGʻRISIDAGI XOʻJALIK SUDLARI QARORLARINI IJRO ETISh TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMANI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003-yil 12-iyunda 1250-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy xoʻjalik sudi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 10-oktabrdagi 2, 7433, 76, 2012-30, 230-V-2-sonli ““Muddatida toʻlanmagan soliqlar va budjetga majburiy toʻlovlarni qarzdor korxona va tashkilotlar mol-mulki hisobidan undirib olish toʻgʻrisidagi xoʻjalik sudlari qarorlarini ijro etish toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga kiritilgan oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1250-2, 10.10.2012-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-martdagi “Soliqlar va budjetga majburiy toʻlovlar boʻyicha muddatida toʻlanmagan soliqlarni korxonalar va tashkilotlar mol-mulki hisobidan undirib olish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi 133-sonli, 2004-yil 25-martdagi “Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli va 2003-yil 18-martdagi “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 147-sonli qarorlariga muvofiq muddatida toʻlanmagan soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni qarzdor korxona va tashkilotlar mol-mulki hisobidan undirish toʻgʻrisidagi xoʻjalik sudlari qarorlarining majburiy tartibda ijrosini taʼminlash maqsadida Adliya vazirligi, Oliy xoʻjalik sudi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
(qaror muqaddimasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy xoʻjalik sudi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2006-yil 28-noyabrdagi 31, SP-01/755, 98, 2006-50, 230-V-1-sonli qarori tahririda (roʻyxat raqami 1250-1, 28.11.2006-y.) — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 48-50-son, 491-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Muddatida toʻlanmagan soliqlar va budjetga majburiy toʻlovlarni qarzdor korxona va tashkilotlar mol-mulki hisobidan undirib olish toʻgʻrisidagi xoʻjalik sudlari qarorlarini ijro etish toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Yoʻriqnoma ijro etish uchun joylardagi barcha sud ijrochilari boʻlimlari, xoʻjalik sudlari, moliya boshqarmalari, davlat soliq boshqarmalari va tijorat banklariga yetkazilsin.
(qarorning 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy xoʻjalik sudi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2006-yil 28-noyabrdagi 31, SP-01/755, 98, 2006-50, 230-V-1-sonli qarori tahririda (roʻyxat raqami 1250-1, 28.11.2006-y.) — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 48-50-son, 491-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Yoʻriqnomaning aniq va bir xilda bajarilishini nazorat qilish Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash Departamentining hududiy boshqarmalari boshliqlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar xoʻjalik sudlari raislari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalarining boshliqlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar davlat soliq boshqarmalarining boshliqlari, Markaziy bankning hududiy bosh boshqarmalari boshliqlari va respublika tijorat banklari boshqaruvi raislari zimmasiga yuklatilsin.
(qarorning 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy xoʻjalik sudi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2006-yil 28-noyabrdagi 31, SP-01/755, 98, 2006-50, 230-V-1-sonli qarori tahririda (roʻyxat raqami 1250-1, 28.11.2006-y.) — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 48-50-son, 491-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vaziri A. POLVON-ZODA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yil 10-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
05-20-247-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy xoʻjalik sudi raisi M. ABDUSALOMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yil 10-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
01/226-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri M. NURMURODOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yil 10-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qoʻmitasi raisi J. SAYFIDDINOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yil 10-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yil 10-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
230-V-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vazirligi, Oliy xoʻjalik sudi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2003-yil 10-iyundagi 05-20-247-sonli,
01/226-sonli, 71-sonli, 1-sonli va 230-V-sonli qarori bilan “TASDIQLANGAN”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muddatida toʻlanmagan soliqlar va budjetga majburiy toʻlovlarni qarzdor korxona va tashkilotlar mol-mulki hisobidan undirish toʻgʻrisidagi xoʻjalik sudlari qarorlarini ijro etish toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YOʻRIQNOMA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Yoʻriqnoma Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-martdagi “Soliqlar va budjetga majburiy toʻlovlar boʻyicha muddatida toʻlanmagan soliqlarni korxonalar va tashkilotlar mol-mulki hisobidan undirib olish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi 133-sonli, 2004-yil 25-martdagi “Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli va 2003-yil 18-martdagi “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 147-sonli qarorlariga asosan ishlab chiqilgan.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy xoʻjalik sudi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2006-yil 28-noyabrdagi 31, SP-01/755, 98, 2006-50, 230-V-1-sonli qarori tahririda (roʻyxat raqami 1250-1, 28.11.2006-y.) — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 48-50-son, 491-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Soliqlar va budjetga majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzlarni undirishni qarzdor korxona va tashkilotning mol-mulkiga qaratish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Soliqlar va budjetga majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzlar (keyingi matnlarda muddatida toʻlanmagan soliqlar deb ataladi), shuningdek ularni oʻz vaqtida toʻlamaganlik uchun penyalar, jarimalar va soliqlar hamda budjetga toʻlanadigan boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligini buzganlik uchun boshqa xil sanksiyalar (keyingi matnlarda jarima sanksiyalari deb ataladi) qarzdor korxonalardan davlat soliq organlari tomonidan inkasso topshirigʻi berish yoʻli bilan soʻzsiz undirib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qarzdor korxonaning hisob-kitob (joriy) schyotiga xizmat koʻrsatuvchi bank inkasso topshirigʻini olishi bilan 3 kun muddatda qarzni undirib oladi yoxud qarzdor korxonaning hisob-kitob (joriy) schyotida pul mablagʻlari mavjud boʻlmaganligi tufayli topshiriq toʻliq yoki qisman bajarilmaganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyadi va bank belgisi qoʻyilgan inkasso topshirigʻining nusxasini soliq organiga va qarzdor korxonaga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Soliq organi topshiriq toʻliq yoki qisman bajarilmaganligi toʻgʻrisida bank belgisi qoʻyilgan inkasso topshirigʻini olgan kundan boshlab bir sutka muddatda chopar orqali yoki buyurtma xabar bilan, topshirilganligi toʻgʻrisida xabardor qilgan holda, muddatida toʻlanmagan soliqlarni va jarima sanksiyalarini toʻlash haqida qarzdor korxonaga yozma talabnoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Soliq organining muddatida toʻlanmagan soliqlar va jarima sanksiyalarini toʻlash toʻgʻrisidagi yozma talabnomasi olingandan (topshirilgandan) soʻng oʻn kun mobaynida qarzdor korxona tomonidan qondirilmasligi yoki javobsiz qoldirilishi, soliq organi qarzni qarzdor korxonaning mol-mulki hisobidan undirib olish toʻgʻrisidagi talab bilan xoʻjalik sudiga ariza berishi uchun asos hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Muddatida toʻlanmagan soliqlarni va jarima sanksiyalarini qarzdor korxona mol-mulki hisobidan undirib olish haqidagi ariza soliq toʻlovchi hisobga qoʻyilgan joydagi davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi yoxud uning oʻrinbosari tomonidan imzolanadi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq toʻlovchining soliqlar va budjetga boshqa toʻlovlar toʻlash boʻyicha qarzi borligi toʻgʻrisidagi mavjud shaxsiy schyotlaridan koʻchirma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq toʻlovchining banklardagi hisob-kitob, joriy, valyuta, maxsus ssuda yoxud boshqa schyotlarida pul mablagʻlari yoʻqligi toʻgʻrisida bank maʼlumotnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq toʻlovchi tomonidan soliq qonunchiligiga rioya qilinishini tekshirish (bunday tekshirishlar oʻtkazilgan taqdirda) dalolatnomalari boʻyicha hisob-kitoblarni tekshirib chiqish natijalari toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soʻnggi hisobot davri uchun korxona balansi nusxasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Xoʻjalik sudi soliq organi tomonidan taqdim etilgan ariza qondirilgandan soʻng undirishni qarzdor korxonaning mol-mulkiga qaratish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Muddatida toʻlanmagan soliqlar va budjetga majburiy toʻlovlarni qarzdor korxona va tashkilotlar mol-mulki hisobidan undirish toʻgʻrisidagi xoʻjalik sudlari qarorlarini ijro etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Xoʻjalik sudlari muddatida toʻlanmagan soliqlar va jarima sanksiyalarini hamda davlat bojlarini qarzdor korxonalar mol-mulki hisobidan undirib olish toʻgʻrisidagi ijro hujjatlarini Xoʻjalik protsessual kodeksining 210-moddasiga binoan bevosita qarzdor korxona joylashgan joydagi tegishli tuman (shahar) davlat soliq organlariga yuboradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, majburiy ijroga taqdim qilinadigan ijro hujjatlari “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunning 8-moddasi talablari asosida rasmiylashtirilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Soliq organi xoʻjalik sudidan ijro hujjatini qabul qilib olgandan keyin uni maxsus kitobda roʻyxatdan oʻtkazib, 3 ish kunidan kechiktirmasdan majburiy tartibda ijrosini taʼminlash uchun tegishli tuman (shahar) sud ijrochilari boʻlimiga kuzatuv xati bilan topshiradi.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy xoʻjalik sudi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2006-yil 28-noyabrdagi 31, SP-01/755, 98, 2006-50, 230-V-1-sonli qarori tahririda (roʻyxat raqami 1250-1, 28.11.2006-y.) — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 48-50-son, 491-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kuzatuv xatida mazkur ijro hujjati boʻyicha qarzdor korxona tomonidan toʻlab berilgan summa va undirilmay qolgan qarz miqdori, qarzdor korxonaning joylashgan manzili, soliq toʻlovchining identifikatsion raqami, bankdagi depozit hisob raqami, shuningdek xizmat koʻrsatuvchi bank nomi koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tuman (shahar) sud ijrochilari boʻlimi ijro hujjatlarining ushbu Yoʻriqnomaning 7-bandi ikkinchi xatboshidagi talablar asosida rasmiylashtirilganligini tekshirib qabul qilib oladi va ularning ijrosini “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonun talablari asosida amalga oshiradi.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy xoʻjalik sudi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2006-yil 28-noyabrdagi 31, SP-01/755, 98, 2006-50, 230-V-1-sonli qarori tahririda (roʻyxat raqami 1250-1, 28.11.2006-y.) — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 48-50-son, 491-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ijro hujjati tegishli tartibda rasmiylashtirilmagan boʻlsa, sud ijrochisi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunning 24-moddasida belgilangan tartibda tegishli qaror chiqarib, ijro hujjatini uni taqdim qilgan soliq organiga qaytarib yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qarzdor korxona muddatida toʻlanmagan soliqlar va jarimalarni “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunning 23-moddasiga muvofiq sud ijrochisi tomonidan belgilangan muddatda ixtiyoriy ravishda toʻlamagan taqdirda, sud ijrochisi qonunda belgilangan tartibda undiruvni qarzdor korxonaning mol-mulkiga qaratish choralarini koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Xoʻjalik sudi tomonidan berilgan ijro hujjatlaridagi talablar noaniq boʻlsa, sud ijrochisi ushbu ijro hujjatini tushuntirib berishni soʻrab ijro hujjatini bergan xoʻjalik sudiga ariza bilan murojaat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik sudi tomonidan ushbu murojaat “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunning 31-moddasida belgilangan 10 kunlik muddatda koʻrib chiqiladi va natijalari yuzasidan tegishli sud ijrochilari boʻlimiga yozma ravishda tushuntirish beriladi.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy xoʻjalik sudi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2006-yil 28-noyabrdagi 31, SP-01/755, 98, 2006-50, 230-V-1-sonli qarori tahririda (roʻyxat raqami 1250-1, 28.11.2006-y.) — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 48-50-son, 491-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ijro hujjati yuzasidan olib borilayotgan majburiy ijro harakatlari xoʻjalik sudlari tomonidan toʻxtatilgan taqdirda, tegishli sud ijrochilari boʻlimi va soliq organlariga bu haqda kuzatuv xati bilan birga sudning majburiy ijro harakatlarini toʻxtatish toʻgʻrisidagi ajrimi taqdim etiladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy xoʻjalik sudi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2006-yil 28-noyabrdagi 31, SP-01/755, 98, 2006-50, 230-V-1-sonli qarori tahririda (roʻyxat raqami 1250-1, 28.11.2006-y.) — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 48-50-son, 491-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Xoʻjalik sudlarining qarorlariga asosan berilgan ijro hujjatlarining ijrosini taʼminlashda bank yoki boshqa kredit tashkiloti tomonidan qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻyilganligi sud ijrochisi tomonidan aniqlanganda, bu haqda sud ijrochisi tegishli dalolatnoma tuzadi hamda “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunning 81-moddasi va Xoʻjalik protsessual kodeksining 218-moddasida belgilangan javobgarlik masalasini hal etish uchun mazkur dalolatnomani ilova qilgan holda tegishli ariza bilan oʻzi joylashgan joydagi xoʻjalik sudiga murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu ariza xoʻjalik sudi tomonidan Xoʻjalik protsessual kodeksining 125-moddasida belgilangan muddatda va tartibda hal etilib, qabul qilingan sud hujjati mazkur Kodeksning 148-moddasida belgilangan muddatda tegishli sud ijrochilari boʻlimiga yuboriladi.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy xoʻjalik sudi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2006-yil 28-noyabrdagi 31, SP-01/755, 98, 2006-50, 230-V-1-sonli qarori tahririda (roʻyxat raqami 1250-1, 28.11.2006-y.) — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 48-50-son, 491-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Xoʻjalik sudlarining ushbu toifadagi ijro hujjatlarini majburiy tartibda ijro etish jarayonida sodir etilgan Jinoyat kodeksining 232-233-moddalarida koʻrsatilgan qonunbuzilish holatlari boʻyicha sud ijrochisi jinoiy javobgarlik masalasini hal etish uchun oʻzi joylashgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudiga toʻplangan hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Qarzdor korxona va tashkilotlar mol-mulki hisobidan undirilgan mablagʻlarning taqsimlanishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 18-martdagi “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 147-sonli qaroriga muvofiq, ijro ishi boʻyicha budjetga undirilgan summadan 10 foiz miqdordagi ajratmalar Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga (keyingi matnlarda Jamgʻarma deb yuritiladi) oʻtkaziladi. Bunda, ijro hujjatlari boʻyicha sud ijrochilari tomonidan ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingunga qadar soliq idoralari tomonidan qoʻyilgan inkasso topshiriqnomalariga asosan undirilgan summalardan 10 foizli ajratma olinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Sud ijrochilari tomonidan qarzdor korxonaning mol-mulkini bevosita sotish (realizatsiya qilish) natijasida undirilgan pul mablagʻlari avval sud ijrochilarining depozit hisob raqamlariga oʻtkazilib, ushbu mablagʻlarning:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
90 foizi — korxonaning soliqlar va budjetga majburiy toʻlovlar boʻyicha muddatida toʻlanmagan qarzlarini qoplash uchun korxonaning bankdagi 29896 hisob raqamiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 foizi — toʻgʻridan toʻgʻri Jamgʻarmaning hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda korxonaning bankdagi 29896 hisob raqamiga kelib tushgan mablagʻlar tegishli soliq turlari boʻyicha va soliq organlarining inkasso topshiriqnomalariga muvofiq proporsional ravishda respublika va mahalliy budjetlarning hamda davlat maqsadli jamgʻarmalarining hisob raqamlariga belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Jamgʻarmaga oʻtkazilgan 10 foizli ajratmaning qarzdor korxonalarning soliq organlaridagi shaxsiy hisob varaqlarida aks ettirilishi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Soliq organi majburiy tartibda ijro etish uchun sud ijrochilari boʻlimiga taqdim etilgan ushbu toifadagi ijro hujjatida koʻrsatilgan summa toʻliq undirilgandan soʻng, oʻzi tomonidan qoʻyilgan inkasso topshiriqnomalarini 10 foizli ajratmaga oʻtkazilgan pul mablagʻini hisobga olgan holda ijrosiz qaytarib oladi va bu haqda ijro hujjatini majburiy tartibda ijro etish uchun taqdim qilgan sud ijrochilari boʻlimiga xabar beradi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy xoʻjalik sudi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2006-yil 28-noyabrdagi 31, SP-01/755, 98, 2006-50, 230-V-1-sonli qarori tahririda (roʻyxat raqami 1250-1, 28.11.2006-y.) — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 48-50-son, 491-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Davlat budjetiga undirish bilan bogʻliq ijro hujjatlari yuzasidan undirilgan summalar boʻyicha toʻlovlarni qabul qilib olish va tegishli hisob raqamlarga oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan bank xizmatlari uchun bank muassasalari tomonidan foizlar olinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Tuman (shahar) sud ijrochilari boʻlimlari va davlat soliq organlari oʻrtasida ushbu toifadagi ijro hujjatlarining ijrosi yuzasidan har oyda keyingi oyning 5-sanasiga qadar oʻzaro tezkor maʼlumot almashib boriladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy xoʻjalik sudi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank boshqaruvining 2006-yil 28-noyabrdagi 31, SP-01/755, 98, 2006-50, 230-V-1-sonli qarori tahririda (roʻyxat raqami 1250-1, 28.11.2006-y.) — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 48-50-son, 491-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Joylardagi viloyat xoʻjalik sudlari, davlat soliq boshqarmalari va Departamentning hududiy boshqarmalari oʻrtasida ushbu toifadagi ijro hujjatlarining ijrosi yuzasidan har chorak yakunlari boʻyicha joylardan olingan maʼlumotlar asosida taqqoslash ishlari amalga oshirilib, natijalari boʻyicha Oliy xoʻjalik sudi, Davlat soliq qoʻmitasi va Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash Departamentiga mazkur Yoʻriqnomaga ilova etilayotgan shaklga muvofiq keyingi chorak birinchi oyining 5-sanasiga qadar maʼlumot taqdim etib boriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy xoʻjalik sudi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2006-yil 28-noyabrdagi 31, SP-01/755, 98, 2006-50, 230-V-1-sonli qarori tahririda (roʻyxat raqami 1250-1, 28.11.2006-y.) — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 48-50-son, 491-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muddatida toʻlanmagan soliqlar va budjetga majburiy toʻlovlarni qarzdor korxona va tashkilotlar mol-mulki hisobidan undirish toʻgʻrisidagi xoʻjalik sudlari qarorlarini ijro etish toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomaga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muddatida toʻlanmagan soliqlar va budjetga majburiy toʻlovlarni qarzdor korxona va tashkilotlar mol-mulki hisobidan undirish toʻgʻrisidagi xoʻjalik sudlari qarorlarining ijrosi yuzasidan ____________ viloyati boʻyicha ______ yilning ___-chorak holatiga
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAQQOSLASh DALOLATNOMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
t/r
Tuman (shahar) nomi
Soliq organlari tomonidan xoʻjalik sudlaridan qabul qilib olingan ijro hujjatlari
Sud ijrochilari boʻlimi tomonidan ish yurituviga qabul qilib olingan ijro hujjatlari
Undirilgan qarzlar
Ijrosi toʻliq taʼminlangan ijro hujjatlari
Qonunning* 37-moddasiga asosan ijro ishi tugatilgan ijro hujjatlari
Qonunning* 40-moddasiga asosan qaytarilgan ijro hujjatlari
Qonunning* 62-moddasiga asosan tugatish kamissiyasiga topshirilgan ijro hujjatlari
Keyingi chorakka qoldiq boʻlib oʻtgan ijro hujjatlari
Jami
shundan
Qarz dor korxo na tomonidan toʻlan gan
Mol-mulkni sotish hisobi ga undirilgan
soni
summa si
soni
summa si
soni
summa si
summa si
summa si
soni
summa si
soni
summa si
soni
summa si
soni
summa si
soni
summa si
Izoh; * “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonun.
__________xoʻjalik sudining raisi
_______________DSB boshligʻi
___________Departament hududiy boshqarmasi boshligʻi
_______________________________
__________________________
_______________________________
(F. I. Sh., imzo)
(F. I. Sh., imzo)
(F. I. Sh., imzo)
___yil “__”___________________
___yil “__”________________
___yil “__”___________________
(Yoʻriqnoma ilovasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy xoʻjalik sudi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2006-yil 28-noyabrdagi 31, SP-01/755, 98, 2006-50, 230-V-1-sonli qarori tahririda (roʻyxat raqami 1250-1, 28.11.2006-y.) — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 48-50-son, 491-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 11-son; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 48-50-son, 491-modda)