19.08.2024 yildagi 515-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer maydonlarini yangidan oʻzlashtirish va qishloq xoʻjaligida qayta foydalanishga kiritishda davlat tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar hamda mazkur tadbirlarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini taʼminlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini oʻzlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 5-apreldagi PQ-153-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, yer maydonlarini yangidan oʻzlashtirish va qishloq xoʻjaligida qayta foydalanishga kiritish orqali sohada yoshlar ishtirokini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Yer maydonlarini yangidan oʻzlashtirish va qishloq xoʻjaligida qayta foydalanishga kiritishda davlat tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar hamda mazkur tadbirlarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangidan oʻzlashtiriladigan va qishloq xoʻjaligida qayta foydalanishga kiritiladigan yer maydonlarining manzilli roʻyxatini shakllantirish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer maydonlarini yangidan oʻzlashtirish va qishloq xoʻjaligida qayta foydalanishga kiritish tadbirlarini moliyalashtirish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangidan oʻzlashtirilgan va qishloq xoʻjaligida qayta foydalanishga kiritilgan yer maydonlarini qabul qilib olish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer maydonlarini yangidan oʻzlashtirish va qishloq xoʻjaligida qayta foydalanishga kiritish tadbirlari uchun ajratilgan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishini nazorat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, mazkur tadbirlarni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini taʼminlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini oʻzlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 5-apreldagi PQ-153-son qarorida nazarda tutilgan manbalar hisobidan ajratiladigan mablagʻlar tuman (Quvasoy shahar) hokimliklari zaxirasidagi yer maydonlarini oʻzlashtirish va qishloq xoʻjaligida qayta foydalanishga kiritish tadbirlarini amalga oshirishda quyidagi maqsadlar uchun yoʻnaltiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻilash va nasos agregatlarini oʻrnatish hamda ishga tushirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daryolar, kanallar va boshqa suv obyektlaridan suv chiqarish uchun zarur vositalarni sotib olish va oʻrnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻorish (kanal, lotok) va kollektor tarmoqlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangidan oʻzlashtiriladigan va qishloq xoʻjaligida qayta foydalanishga kiritiladigan yer maydonlarini lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregatlari bilan tekislash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qaror talablari faqatgina davlat resurslari va grant mablagʻlari hisobidan pudrat tashkilotlari tomonidan tuman (Quvasoy shahar) hokimligi zaxirasidagi yerlarning yangidan oʻzlashtirilgan va qishloq xoʻjaligida qayta foydalanishga kiritilgan maydonlariga nisbatan qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi subyektlari tomonidan oʻz yerida yoki oʻz hisobidagi tutash hududlarda yangi yerlar oʻzlashtirilgan yoki qishloq xoʻjaligida qayta foydalanishga kiritilgan hollarda ularga davlat resurslari va grant mablagʻlari hisobidan pudrat tashkilotlarini jalb etish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2020-yil 24-fevraldagi 109-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari J.A. Xodjayev va J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 19-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
515-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-avgustdagi 515-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer maydonlarini yangidan oʻzlashtirish va qishloq xoʻjaligida qayta foydalanishga kiritishda davlat tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar hamda mazkur tadbirlarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom tuman (Quvasoy shahar) hokimliklari zaxirasida boʻlgan yer maydonlarini yangidan oʻzlashtirish va qishloq xoʻjaligida qayta foydalanishga kiritishda davlat tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar hamda mazkur tadbirlarni moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (Quvasoy shahar) hokimliklari zaxirasida boʻlgan yer maydonlarini yangidan oʻzlashtirish va qishloq xoʻjaligida qayta foydalanishga kiritish tadbirlari pudrat tashkilotlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini taʼminlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini oʻzlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 5-apreldagi PQ-153-son qarorida nazarda tutilgan manbalardan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer maydonlarini yangidan oʻzlashtirish — sugʻorilmaydigan yerlar toifasida boʻlgan lalmi yerlar, yaylov va boʻz yerlar, meliorativ qurilish holatidagi yerlar va qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan yerlarni oʻzlashtirish orqali sugʻoriladigan yerlar sifatida toifalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer maydonlarini yangidan oʻzlashtirish va qishloq xoʻjaligida qayta foydalanishga kiritish boʻyicha ishchi loyiha (keyingi oʻrinlarda — ishchi loyiha) — yer maydonlarini yangidan oʻzlashtirish va qishloq xoʻjaligida qayta foydalanishga kiritish boʻyicha amalga oshiriladigan tadbirlar uchun talab etiladigan xarajatlar hamda ilmiy asoslangan iqtisodiy va texnik hujjatlar, hisob-kitoblar va tavsiflar toʻplami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pudrat tashkiloti — ishchi loyihada belgilangan tadbirlarni amalga oshirish orqali yer maydonlarini qishloq xoʻjaligida foydalanishga kiritadigan hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan eng yaxshi takliflarni tanlab olish orqali aniqlanadigan tashkilot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanishdan chiqqan yerlar — yillar mobaynida ekin ekilgan va muqaddam sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yerlari toifasida boʻlib, bugungi kunda meliorativ holati va suv taʼminoti yomonlashgan yer maydonlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Yangidan oʻzlashtiriladigan va qishloq xoʻjaligida qayta foydalanishga kiritiladigan yer maydonlarining manzilli roʻyxatini shakllantirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tuman (Quvasoy shahar) hokimligi zaxirasida boʻlgan yer maydonlarini yangidan oʻzlashtirish va qishloq xoʻjaligida qayta foydalanishga kiritish boʻyicha tuman (Quvasoy shahar) komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — tuman (Quvasoy shahar) komissiyasi) tomonidan yangidan oʻzlashtiriladigan va qishloq xoʻjaligida qayta foydalanishga kiritiladigan yer maydonlarining manzilli roʻyxati (keyingi oʻrinlarda — manzilli roʻyxat) shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tuman (Quvasoy shahar) komissiyasi ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq 9 nafar kishidan koʻp boʻlmagan tarkibda tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Manzilli roʻyxatni shakllantirishda tuman (Quvasoy shahar) komissiyasi tarkibiga boshqa vakolatli davlat tashkilotlari ham jalb etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (Quvasoy shahar) komissiyasi tomonidan manzilli roʻyxatni shakllantirishda qarorlar umumiy ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarorlarni qabul qilishda ovozlar teng boʻlganda, tuman (Quvasoy shahar) komissiyasi raisi hal qiluvchi ovozga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Manzilli roʻyxatni shakllantirishda quyidagi muhim jihatlar inobatga olinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer maydoni joylashgan joyning 1:10 000 masshtabdagi xaritasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer maydonining qishloq xoʻjaligida foydalanishdan chiqish sababi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobot (yer balansi) boʻyicha yer maydonining kontur kesimidagi maʼlumoti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer maydonlarini kafolatli suv bilan taʼminlash imkoniyati mavjudligi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining xulosasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer osti suvlari zaxirasining mavjudligi va undan foydalanish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining xulosasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer maydonlarini yangidan oʻzlashtirish va qishloq xoʻjaligida qayta foydalanishga kiritish boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan tadbirlar hamda ularning taxminiy hisob-kitoblari toʻgʻrisida maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Loyiha tashkiloti ikki oy muddatda tuman (shahar) hokimliklarining takliflariga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari (keyingi oʻrinlarda — buyurtmachi) tomonidan tayyorlangan buyurtmanoma asosida manzilli roʻyxatdagi yer maydonlarining ishchi loyihalarini ishlab chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda loyiha tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan tanlov olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha tashkiloti tomonidan ishchi loyihalarni ishlab chiqish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuni talablari asosida davlat buyurtmachisi bilan rasmiylashtiriladigan shartnomaga asosan 2024-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan sugʻoriladigan yer maydonlari va choʻl hududlaridagi yerlarni qayta foydalanishga kiritish uchun rejalashtirilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tuman (Quvasoy shahar) hokimliklari yangidan oʻzlashtiriladigan va qishloq xoʻjaligida qayta foydalanishga kiritiladigan yer maydonlari boʻyicha ishchi loyihalarda belgilangan tadbirlarning toʻgʻri hisob-kitob qilinganligiga shaxsan masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yer maydonlarini yangidan oʻzlashtirish va qishloq xoʻjaligida qayta foydalanishga kiritish tadbirlarini moliyalashtirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 2024-yilda qoʻshimcha 218 ming gektar yer maydonini yangidan oʻzlashtirish va qishloq xoʻjaligida qayta foydalanishga kiritishni moliyalashtirish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) hisobidan ajratiladigan 200 mlrd soʻm boʻyicha Jamgʻarma bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “2024-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonunida qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan sugʻoriladigan yer maydonlari va choʻl hududlaridagi yerlarni qayta foydalanishga kiritish uchun rejalashtirilgan 100 mlrd soʻm boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan depozit shartnomasini tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tuzilgan depozit shartnomalariga asosan oʻzlarining hududlarida yer maydonlarini yangidan oʻzlashtirish va qishloq xoʻjaligida qayta foydalanishga kiritishni moliyalashtirish uchun tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Jamgʻarmaga buyurtmanomalarni taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Jamgʻarma taqdim etilgan buyurtmanomalarga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari uchun budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmasi shaklida ochiladigan gʻazna hisobvaraqlariga 12 oy muddatga mablagʻlarni foizsiz depozitga joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda mablagʻlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik qoʻmitasida ochilgan hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Depozitga joylashtiriladigan mablagʻlardan boshqa maqsadlarda foydalanish qatʼiyan taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini taʼminlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini oʻzlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 5-apreldagi PQ-153-son qaroriga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari yer maydonlarini yangidan oʻzlashtirish va qishloq xoʻjaligida qayta foydalanishga kiritish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun pudrat tashkilotlarini, istisno tariqasida, eng yaxshi takliflarni tanlab olish orqali aniqlaydi hamda ular bilan belgilangan tartibda shartnomani rasmiylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan pudrat tashkiloti quyidagi mezonlarga muvofiq tanlab olinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, yuridik shaxs boʻlgan, shuningdek, ushbu yoʻnalishda ish va xizmatlar koʻrsatishga ixtisoslashgan hamda tajribaga ega boʻlgan tashkilotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pudrat tashkilotining malakali mutaxassislarga ega ekanligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer maydonlarini yangidan oʻzlashtirish va qishloq xoʻjaligida qayta foydalanishga kiritish, shu maqsadda irrigatsiya-melioratsiya obyektlarini taʼmirlash-tiklash, rekonstruksiya qilish hamda qurish ishlarini amalga oshiradigan pudrat tashkilotining moliyaviy imkoniyati va infratuzilmasi holati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pudrat tashkilotida maxsus texnikalar va kichik mexanizmlarning mavjudligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov jarayonlarida quyidagi pudrat tashkilotlari ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tashkil etish (ajratish, qoʻshilish), bankrot deb topish yoki tugatishga doir ish yuritish jarayoni boshlangan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mol-mulki musodara qilingan hamda muassislik kelishuvi, moliyaviy ishtirok, xolding va boshqa shaklda ifodalangan bevosita tashkiliy-huquqiy yoki bir-biriga moliyaviy qaramligi mavjud boʻlgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari pudrat tashkiloti bilan rasmiylashtirgan shartnomaga muvofiq tasdiqlangan ishchi loyihada koʻrsatilgan mablagʻlarning dastlabki 15 foiz boʻnak mablagʻlarini uch kun muddatda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda pudrat tashkilotining tijorat bankidagi hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Pudrat tashkiloti dastlabki boʻnak mablagʻlari tijorat bankidagi hisobvaragʻiga tushgandan soʻng, kechi bilan oʻn kun muddatda ishchi loyihada belgilangan tadbirlarni bajarishga kirishadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ishchi loyihada belgilangan tadbirlarning 80 foizi pudrat tashkiloti tomonidan amalga oshirilgandan soʻng Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari shartnomada nazarda tutilgan mablagʻning 80 foizini belgilangan tartibda pudrat tashkilotining tijorat bankidagi hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Pudrat tashkiloti tomonidan ishchi loyihada belgilangan barcha tadbirlar toʻliq bajarilib, ishlar qabul qilingandan soʻng Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari shartnomada belgilangan mablagʻning qolgan 5 foizini pudrat tashkilotining tijorat bankidagi hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda yer maydonlarini haqiqatdan ham yangidan oʻzlashtirilganligi yoki qishloq xoʻjaligida qayta foydalanishga kiritilganligi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligidan xulosa olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Pudrat tashkiloti Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga ishchi loyihada belgilangan barcha tadbirlarning bajarilganligi toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yangidan oʻzlashtirilgan va qishloq xoʻjaligida qayta foydalanishga kiritilgan yer maydonlarini qabul qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Yangidan oʻzlashtirilgan va qishloq xoʻjaligida qayta foydalanishga kiritilgan yer maydonlari tuman (Quvasoy shahar) komissiyasi tomonidan ushbu Nizomga 2 va 3-ilovalarga muvofiq tuziladigan dalolatnomalar asosida qabul qilib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda yangidan oʻzlashtirilgan yer maydonlari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining xulosasiga muvofiq qabul qilinadigan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlarining qaroriga asosan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasining tegishli (sugʻoriladigan va shartli sugʻoriladigan) turiga oʻtkaziladi hamda belgilangan tartibda yer hisobotiga oʻzgartirishlar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Yangidan oʻzlashtirilgan va qishloq xoʻjaligida qayta foydalanishga kiritilgan yer maydonlarining ijara huquqi tuman (Quvasoy shahar) hokimliklari tomonidan belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion savdolariga chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik va jismoniy shaxslar yangidan oʻzlashtirilgan va qishloq xoʻjaligida qayta foydalanishga kiritilgan yer maydonlarining ijara huquqini sotib olish uchun elektron onlayn-auksion savdolarida ishtirok etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Yangidan oʻzlashtirilgan va qishloq xoʻjaligida qayta foydalanishga kiritilgan yer maydonlari uchun sarflangan mablagʻlar ushbu yer maydonlarining ijara huquqini elektron onlayn-auksion savdolarida sotishdan tushadigan mablagʻlar hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda yangidan oʻzlashtirilgan va qishloq xoʻjaligida qayta foydalanishga kiritilgan yer maydonlari uchun sarflangan mablagʻlar belgilangan tartibda mahalliy budjet orqali tegishli ulushlarda Jamgʻarmaga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi yangidan oʻzlashtirilgan va qishloq xoʻjaligida qayta foydalanishga kiritilgan yer maydonlari haqiqatdan ham foydalanishga kiritilganligi hamda ulardan maqsadli foydalanilishi yuzasidan nazorat oʻrnatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Yer maydonlarini yangidan oʻzlashtirish va qishloq xoʻjaligida qayta foydalanishga kiritish jarayonida kelib chiqadigan nizolar qonunchilik hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Yer maydonlarini yangidan oʻzlashtirish va qishloq xoʻjaligida qayta foydalanishga kiritish tadbirlari uchun ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanish Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer maydonlarini yangidan oʻzlashtirish va qishloq xoʻjaligida qayta foydalanishga kiritish tadbirlari uchun ajratilgan mablagʻlarning maqsadsiz ishlatilishi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer maydonlarini yangidan oʻzlashtirish va qishloq xoʻjaligida qayta foydalanishga kiritishda davlat tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar hamda mazkur tadbirlarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (Quvasoy shahar) hokimligi zaxirasidagi yer maydonlarini yangidan oʻzlashtirish va qishloq xoʻjaligida qayta foydalanishga kiritish boʻyicha tuman (Quvasoy shahar) komissiyasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Tuman (Quvasoy shahar) hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, komissiya raisi

2.

Tuman (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi

3.

Tuman (Quvasoy shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi

4.

Tuman (Quvasoy shahar) suv yetkazib berish xizmati rahbari

5.

Davlat kadastrlari palatasining tuman (Quvasoy shahar) filiali rahbari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Tuman (Quvasoy shahar) komissiyasiga mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari hamda tegishliligi boʻyicha boshqa tashkilotlar rahbarlari kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer maydonlarini yangidan oʻzlashtirish va qishloq xoʻjaligida qayta foydalanishga kiritishda davlat tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar hamda mazkur tadbirlarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

______________ tuman (Quvasoy shahar) komissiyasining ______________ hududida tuman (Quvasoy shahar) hokimligi zaxirasidagi yer maydonlarini yangidan oʻzlashtirilishi yuzasidan

DALOLATNOMASI

2024-yil “____” _____________

____________ hududi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga yer ajratish orqali ularni daromadlarini oshirish va bandligini taʼminlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini oʻzlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 5-apreldagi PQ-153-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tuman (Quvasoy shahar) hokimligi zaxirasidagi yer maydonlarini yangidan oʻzlashtirish boʻyicha bajarilgan ishlar quyidagi tarkibdagi tuman (Quvasoy shahar) komissiyasi:

T/r

F.I.O

Lavozimi

1.

Lavozimi boʻyicha

Tuman (Quvasoy shahar) hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, komissiya raisi

2.

Lavozimi boʻyicha

Tuman (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi

3.

Lavozimi boʻyicha

Tuman (Quvasoy shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi

4.

Lavozimi boʻyicha

Tuman (Quvasoy shahar) suv yetkazib berish xizmati rahbari

5.

Lavozimi boʻyicha

Davlat kadastrlari palatasining tuman (Quvasoy shahar) filiali rahbari

6.

tomonidan 2024-yil “____” ______________ kuni yangidan oʻzlashtirilib, qishloq xoʻjaligida foydalanishga kiritilgan yer maydoni joyida koʻrib chiqildi.

Yer maydonini oʻzlashtirish loyihasini amalga oshirgan pudrat tashkiloti: ________________________________________________________________________________________.

Loyiha ishlarini bajargan korxona (loyiha instituti): ________________________________________________________________________________________.

___________ tumani (Quvasoy shahar) “_____________” hududida joylashgan, ____________ konturdagi jami ___________ gektar yer maydonini oʻzlashtirish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan boʻlib, unga koʻra ___________________________________________________ tadbirlarini bajarish rejalashtirilgan.

Tuman (Quvasoy shahar) komissiyasi tomonidan oʻrganish jarayonida quyidagi ishlar amalga oshirilganligi aniqlandi: _________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

Bajarilgan ishlar natijasida ___________ konturdagi jami _________ gektar yer maydoni qishloq xoʻjaligida foydalanish uchun yaroqli holga keltirilganligi, _________ gektar yer maydoni ekin ekishga tayyorlanganligi (yoki ekilganligi, ______ gektarda bogʻ, ______ gektarda tokzor, ______ gektarda tutzor barpo etilganligi) aniqlandi.

Eʼtirozlar: ________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________.

Yangidan oʻzlashtirilgan yer maydonlarining konturlar kesimidagi jadvali va xaritasi ilova qilinadi.

Monitoring natijasida jami _________ gektar yangidan oʻzlashtirilgan yer maydonini qishloq xoʻjaligida foydalanish uchun qabul qilish hamda yer toifasining _______________ (sugʻoriladigan va shartli sugʻoriladigan) turiga oʻzgartirish maqsadga muvofiq deb topildi.

Tuman (Quvasoy shahar) hokimidan ushbu dalolatnomani tasdiqlab berish soʻralsin.

Yuqorida keltirilganlarni

toʻgʻri deb imzo chekuvchilar:

__________________________________

__________________________________

__________________________________

__________________________________

__________________________________

__________________________________

__________________________________

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Tuman (Quvasoy shahar) komissiyasining barcha aʼzolari dalolatnomani imzolaydi va tashkilotlar muhri bilan tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer maydonlarini yangidan oʻzlashtirish va qishloq xoʻjaligida qayta foydalanishga kiritishda davlat tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar hamda mazkur tadbirlarni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

____________ tuman (Quvasoy shahar) komissiyasining ____________ hududida tuman (Quvasoy shahar) hokimligi zaxirasidagi yer maydonini qishloq xoʻjaligida qayta foydalanishga kiritilishi yuzasidan

DALOLATNOMASI

2024-yil “____” ___________

____________ hududi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga yer ajratish orqali ularni daromadlarini oshirish va bandligini taʼminlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini oʻzlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 5-apreldagi PQ-153-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tuman (Quvasoy shahar) hokimligi zaxirasidagi yer maydonlarini qishloq xoʻjaligida qayta foydalanishga kiritish boʻyicha bajarilgan ishlar quyidagi tarkibdagi tuman (Quvasoy shahar) komissiyasi:

T/r

F.I.0

Lavozimi

1.

Lavozimi boʻyicha

Tuman (Quvasoy shahar) hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, komissiya raisi

2.

Lavozimi boʻyicha

Tuman (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi

3.

Lavozimi boʻyicha

Tuman (Quvasoy shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi

4.

Lavozimi boʻyicha

Tuman (Quvasoy shahar) suv yetkazib berish xizmati rahbari

5.

Lavozimi boʻyicha

Davlat kadastrlari palatasining tuman (Quvasoy shahar) filiali rahbari

6.

tomonidan 2024-yil “____” ___________ kuni qishloq xoʻjaligida qayta foydalanishga kiritilgan yer maydoni joyida koʻrib chiqildi.

Yer maydonini qishloq xoʻjaligida qayta foydalanishga kiritish loyihasini amalga oshirgan pudrat tashkiloti: _______________________________________________

Loyiha ishlarini bajargan korxona (loyiha instituti): _________________________________________________________________________________________.

_____________ tumani (Quvasoy shahar) “________________” hududida joylashgan, ______________ konturdagi jami ______________ gektar yer maydonini qishloq xoʻjaligida qayta foydalanishga kiritish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan boʻlib, unga koʻra ______________________

_____________________________________________________________________________ tadbirlarini bajarish rejalashtirilgan.

Tuman (Quvasoy shahar) komissiyasi tomonidan oʻrganish jarayonida quyidagi ishlar amalga oshirilganligi aniqlandi: _________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________.

Bajarilgan ishlar natijasida ______________ konturdagi jami _________ gektar yer maydoni qishloq xoʻjaligida foydalanish uchun yaroqli holga keltirilganligi, ________ gektar yer maydoni ekin ekishga tayyorlanganligi (yoki ekilganligi, _____ gektarda bogʻ, _____ gektarda tokzor, gektarda tutzor barpo etilganligi) aniqlandi.

Eʼtirozlar: ________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________.

Qishloq xoʻjaligida qayta foydalanishga kiritilgan yer maydonlarining konturlar kesimidagi jadvali va xaritasi ilova qilinadi.

Monitoring natijasida qishloq xoʻjaligida qayta foydalanishga kiritilgan jami _______ gektar yer maydonini qishloq xoʻjaligida foydalanish maqsadga muvofiq deb topildi.

Tuman (Quvasoy shahar) hokimidan ushbu dalolatnomani tasdiqlab berish soʻralsin.

Yuqorida keltirilganlarni

toʻgʻri deb imzo chekuvchilar:

_____________________________

_____________________________

_____________________________

_____________________________

_____________________________

_____________________________

_____________________________

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Tuman (Quvasoy shahar) komissiyasining barcha aʼzolari dalolatnomani imzolaydi va tashkilotlar muhri bilan tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-avgustdagi 515-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2020-yil 24-fevraldagi 109-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagi mazmundagi 11-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“11. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimliklari — har kalendar yilning 1-martiga qadar yer maydonlarini yangidan oʻzlashtirish va qishloq xoʻjaligida qayta foydalanishga kiritish boʻyicha irrigatsiya-melioratsiya tadbirlarini oʻz mablagʻi hisobidan amalga oshirish istagida boʻlgan talabgorlarning manzilli roʻyxatini shakllantirish va ijrosini taʼminlashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi — yer maydonlarini yangidan oʻzlashtirish va qishloq xoʻjaligida qayta foydalanishga kiritish boʻyicha irrigatsiya-melioratsiya tadbirlarini oʻz mablagʻi hisobidan amalga oshirgan talabgorlarning tijorat banklaridagi hisobvaraqlariga belgilangan subsidiyalar oʻtkazib berilishiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi — yangidan oʻzlashtirilgan va qishloq xoʻjaligida qayta foydalanishga kiritilgan yer maydonlari boʻyicha monitoring yuritish, shuningdek, ushbu yer maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etish hamda belgilangan imtiyozlar tatbiq qilinishiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi — har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining parametrlarida yer maydonlarini yangidan oʻzlashtirish va qishloq xoʻjaligida qayta foydalanishga kiritish boʻyicha irrigatsiya-melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalarni nazarda tutish hamda belgilangan tartibda tegishli vazirlik va idoralarga oʻtkazib berishga masʼuldirlar”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ilovada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-band “qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni” soʻzlaridan keyin “yangidan oʻzlashtirish va qishloq xoʻjaligida qayta” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2. Ushbu Nizom qoidalari 2024-yildan boshlab yangidan oʻzlashtirilgan va qishloq xoʻjaligida qayta foydalanishga kiritilgan yer maydonlarida irrigatsiya-melioratsiya obyektlarini taʼmirlash-tiklash, rekonstruksiya qilish hamda qurish ishlarini oʻz mablagʻi hisobidan amalga oshirgan talabgorlarga nisbatan tatbiq etiladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-avgustdagi 515-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Tomchilatib sugʻorish tizimini va suvni tejaydigan boshqa sugʻorish texnologiyalarini joriy etish va moliyalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 21-iyundagi 176-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining ““Oʻzmeliomashlizing” davlat unitar korxonasining ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2017-yil 5-dekabrdagi 969-son qaroriga 2-ilovaning 2-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq va suv xoʻjaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-apreldagi PF-5418-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3671-son qarori, “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3672-son qarori)” 2018-yil 7-dekabrdagi 995-son qaroriga 1-ilovaning 73-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son Farmoni)” 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qaroriga ilovaning 124-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Byurokratik toʻsiqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 9-dekabrdagi PQ-4546-son qarori)” 2020-yil 7-iyuldagi 429-son qaroriga 1-ilovaning 19-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.08.2024-y., 09/24/515/0633-son)