26.07.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3537
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining buyrugʻi, 26.07.2024 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3537
Kuchga kirish sanasi
26.07.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (8-sonli BHMS) “Konsolidasiyalashgan moliyaviy hisobotlar va shuʼba xoʻjalik jamiyatlariga investitsiyalar hisobi”ni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 26-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3537]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (8-sonli) BHMS “Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar va shoʻba xoʻjalik jamiyatlariga investitsiyalar hisobi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998-yil 14-oktabr 50-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standarti (8-son BHMS) “Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar va shoʻba xoʻjalik jamiyatlariga investitsiyalar hisobi” (roʻyxat raqami 580, 1998-yil 28-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-y., 6-son, 150-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir D. KUCHKAROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 14-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
135-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 14-iyundagi 135-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (8-sonli BHMS) “Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar va shuʼba xoʻjalik jamiyatlariga investitsiyalar hisobi”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Buxgalteriya hisobining milliy standarti (bundan buyon matnda BHMS deb yuritiladi) “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga asosan ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini normativ tartibga solish elementi boʻlib hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur BHMSning maqsadi xoʻjalik yurituvchi jamiyat (bundan buyon matnda bosh tashkilot deb yuritiladi) tomonidan u nazorat qiladigan xoʻjalik yurituvchi jamiyatlar (bundan buyon matnda shuʼba xoʻjalik jamiyati deb yuritiladi) guruhining konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotini tuzish va taqdim etish tartibini belgilab berish hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur BHMSda shuʼba xoʻjalik jamiyatlarga investitsiyalarni bosh tashkilotning alohida moliyaviy hisobotida hisobga olish tartibi ham koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu BHMS quyidagilarga nisbatan qoʻllanilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birgalikda faoliyatdagi investitsiyalarni hisobga olishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼsir ostidagi (qaram) tashkilotlarga investitsiyalarni hisobga olishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, idoralar va budjet tashkilotlarining jamlanma moliyaviy hisobotiga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu BHMSda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh tashkilot — bir yoki bir nechta shuʼba xoʻjalik jamiyatlarni nazorat qiluvchi xoʻjalik yurituvchi subyekt. Bunda, nazorat qilish deganda shuʼba xoʻjalik jamiyatidagi ishtirokidan daromadlar oʻzgarishi riskiga moyil boʻlgan yoki bunday daromadlarni olish huquqiga ega boʻlgan bosh tashkilotning shuʼba xoʻjalik jamiyatiga boʻlgan vakolatlarini amalga oshirish natijasida ushbu daromadlarga taʼsir koʻrsatishi tushuniladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shuʼba xoʻjalik jamiyati — agar bir (bosh) xoʻjalik jamiyati yoki shirkati ikkinchi xoʻjalik jamiyatining ustav fondida undan ustunlik mavqeyiga ega boʻlgan holda ishtirok etishi tufayli yoxud ular oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq yo boʻlmasa boshqacha tarzda ikkinchi xoʻjalik jamiyati tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni belgilab berish imkoniga ega boʻlsa, ushbu ikkinchi xoʻjalik jamiyati shuʼba xoʻjalik jamiyati hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
guruh — bosh tashkilot va unga qarashli barcha shuʼba xoʻjalik jamiyatlaridir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar — hisobot davri uchun tuziladigan guruhning moliyaviy hisobotlaridir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alohida moliyaviy hisobotlar — konsolidatsiyalanishi lozim boʻlgan har bir guruh aʼzosining hisobotidir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat kuchiga ega boʻlmagan ulush — shuʼba xoʻjalik jamiyati xususiy kapitalining bevosita yoki bilvosita bosh tashkilotga tegishli boʻlmagan ulushi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni taqdim etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Bosh tashkilot konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni taqdim etishi lozim, bundan mazkur BHMSning 6-bandida nazarda tutilgan holat mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Boshqa bir jamiyatga shuʼba boʻlgan va boshqa jamiyat mulki hisoblangan bosh tashkilot, agar oʻzining bosh tashkiloti konsolidatsiyalashgan hisobot taqdim etishni talab qilmasa va bunga nazorat kuchiga ega boʻlmagan ulush egalarining roziligi boʻlsa, konsolidatsiyalashgan hisobot taqdim etmasligi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday bosh tashkilot oʻzining alohida moliyaviy hisobotlariga izohlarda quyidagilarni yoritib berishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot taqdim etilmagani sababini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) shuʼba xoʻjalik jamiyatiga kiritilgan investitsiyalarni hisobga olish usulini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot taqdim etadigan oʻzining bosh tashkiloti nomi va uning roʻyxatga olingan joyini.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot tuzadigan bosh tashkilot barcha xorijiy va mahalliy shuʼba xoʻjalik jamiyatlarining konsolidatsiyasini amalga oshirishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Konsolidatsiyalashgan hisobotlarni tuzish uslubi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda bosh tashkilot va uning barcha konsolidatsiya qilinadigan shuʼba xoʻjalik jamiyatlari moliyaviy hisobotlari aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, daromadlar va xarajatlarning bir xil moddalarini satrma-satr qoʻshish yoʻli bilan birlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni tuzish uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) quyidagilar chiqarib tashlanishi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir shuʼba xoʻjalik jamiyatiga bosh tashkilot investitsiyalarining balans qiymati va bosh tashkilotning har bir shuʼba xoʻjalik jamiyati xususiy kapitalidagi ulushi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh tashkilot va shuʼba xoʻjalik jamiyatlari oʻrtasida oʻzaro hisob-kitob qilish schyotlari boʻyicha saldolar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daromadlar, xarajatlar, dividendlar boʻyicha guruh ichidagi hisob-kitob operatsiyalari, shuningdek ushbu operatsiyalar natijasida yuzaga kelgan realizatsiya qilinmagan foyda va zararlar, bundan qoplanishi mumkin boʻlmagan zararlar mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) bosh tashkilotga tegishli sof daromad summasini aniqlashda guruhning daromadini kamaytiradigan shuʼba xoʻjalik jamiyatining sof daromadida nazorat kuchiga ega boʻlmagan ulushi aniqlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) quyidagilarni qoʻshgan holda shuʼba xoʻjalik jamiyati sof aktivlaridagi nazorat kuchiga ega boʻlmagan ulushni aniqlanishi va uni hisobot davri uchun konsolidatsiyalashgan buxgalteriya balansida bosh tashkilotning majburiyatlari va xususiy kapitalidan alohida koʻrsatilishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shoʻba tashkilot dastlab xarid qilingan paytda hisoblangan nazorat kuchiga ega boʻlmagan ulush summasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shoʻba tashkilot xarid qilingan paytdan hisobot sanasigacha boʻlgan davrda uning xususiy kapitali oʻzgarishida nazorat kuchiga ega boʻlmagan ulushning salmogʻi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Bir xil hisobot davri uchun va bir xil hisobot sanasiga tuzilgan bosh tashkilotning va shuʼba xoʻjalik jamiyatlarning moliyaviy hisobotlari hamda nazorat kuchiga ega boʻlmagan ulushlari konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotda birlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar bosh tashkilot hisobot davrining oxiri shuʼba xoʻjalik jamiyatlari hisobot davrining oxiridan farq qilsa, bosh tashkilot shuʼba xoʻjalik jamiyatlarning moliyaviy maʼlumotlarini konsolidatsiyalash imkoniyatiga ega boʻlishi uchun qoʻshimcha moliyaviy maʼlumotlarni bosh tashkilotning moliyaviy hisoboti bilan ayni bir sanaga tayyorlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar buni bajarishning imkoni boʻlmasa, bosh tashkilot shuʼba xoʻjalik jamiyatlarning moliyaviy maʼlumotlarini konsolidatsiyalashni mazkur subyektning eng soʻnggi moliyaviy hisobotiga, ularning tuzilgan sanasi va konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot sanasi oraligʻidagi davrda sodir boʻlgan ahamiyatli hodisalar yoki operatsiyalarning taʼsirini hisobga olib, tuzatishlar kiritgan holda amalga oshirishi lozim. Har qanday holda ham shuʼba xoʻjalik jamiyatlarning moliyaviy hisoboti sanasi va konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot sanasi oʻrtasidagi farq uch oydan oshmasligi, hisobot davrlari muddati hamda moliyaviy hisobotlar sanalari oʻrtasidagi farq esa davrdan davrga mos kelishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar tayyorlanishi uchun bosh tashkilot va shuʼba xoʻjalik jamiyatlari oʻxshash operatsiyalar va moliya-xoʻjalik faoliyatining boshqa hodisalari uchun yagona hisob siyosatidan foydalanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar guruh ishtirokchilaridan biri oʻxshash operatsiyalar boʻyicha konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot tuzishda qabul qilingan hisob siyosatidan farq qiladigan hisob siyosatidan foydalansa, u xolda ushbu moliyaviy hisobotlarga konsolidatsiyalash jarayonida tegishli tuzatishlar kiritiladi. Agar konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda yagona hisob siyosatidan foydalanishning imkoniyati boʻlmasa, ushbu fakt konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotga izohlar qismida yoritib berilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Shuʼba xoʻjalik jamiyatlari xoʻjalik faoliyatining natijalari u xarid qilingan sanadan boshlab, yaʼni xarid qilingan shuʼba xoʻjalik jamiyati ustidan nazorat qilish xaridorga haqiqatda berilgan sanadan boshlab, chiqib ketgan shuʼba xoʻjalik jamiyatlari boʻyicha esa chiqib ketgan sanagacha konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Shuʼba xoʻjalik jamiyatini sotishdan tushum va sotish sanasidagi majburiyatlarni ayirib tashlagan holda uning aktivlarining balans qiymati oʻrtasidagi farq konsolidatsiyalashgan moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotda shuʼba xoʻjalik jamiyatini sotishdan olingan foyda va zarar sifatida aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Shuʼba xoʻjalik jamiyatiga kiritilgan investitsiyalar bosh tashkilot shuʼba xoʻjalik jamiyati ustidan nazoratni yoʻqotgan va shuʼba xoʻjalik jamiyati taʼrifiga mos kelmaydigan sanadan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (12-sonli BHMS) “Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish”ga (roʻyxat raqami 3531, 2024-yil 18-iyul) muvofiq aks ettirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Nazorat kuchiga ega boʻlmagan ulush konsolidatsiyalashgan buxgalteriya balansida majburiyatlar va xususiy kapitaldan alohida koʻrsatilishi lozim. Guruh daromadida ham nazorat kuchiga ega boʻlmagan ulush alohida koʻrsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Shuʼba xoʻjalik jamiyatlariga investitsiyalarni bosh tashkilotning alohida moliyaviy hisobotida aks ettirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni tuzishda hisobga olingan shuʼba xoʻjalik jamiyatlariga investitsiyalar bosh tashkilotning alohida (mustaqil) moliyaviy hisobotlarida quyidagilardan foydalanib aks ettiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy kapitalni hisobga olish usuli (ulushli qatnashish usuli);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uzoq muddatli investitsiyalar qiymatini hisobga olish boʻyicha usuli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotga kiritilmagan shuʼba xoʻjalik jamiyatlariga investitsiyalar bosh tashkilotning alohida moliyaviy hisobotida Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (12-sonli BHMS) “Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish”ga (roʻyxat raqami 3531, 2024-yil 18-iyul) muvofiq aks ettirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Maʼlumotlarni yoritib berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Mazkur BHMSning 6 va 10-bandlarida yoritib berish talab qilingan axborotlarga qoʻshimcha ravishda quyidagi maʼlumotlarni ham yoritib berish lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylashgan joyi yoki roʻyxatga olgan mamlakatlar nomini, mulkka egalik ulushini va ovoz berish huquqiga ega boʻlgan aksiyalar sonini (agar ular mulkka egalik ulushiga mos kelmasa) koʻrsatgan holda yirik shuʼba xoʻjalik jamiyatlari roʻyxatini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shuʼba xoʻjalik jamiyatining hisoboti konsolidatsiyalashgan hisobotga kiritilmaganligining sabablarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh tashkilot bevosita yoki bilvosita ovozlar sonining yarmidan koʻprogʻiga ega boʻlmagan hollarda, bosh tashkilotga shuʼba xoʻjalik jamiyati ustidan uni nazorat qilishga imkon beradigan oʻzaro munosabatlar tavsifini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bevosita yoki bilvosita ovozlarning yarmidan koʻprogʻiga egalik qiladigan, lekin nazorat yoʻqligi sababli shuʼba xoʻjalik jamiyati hisoblanmaydigan jamiyatlarning nomlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatni xarid qilish (tashkil etish) va sotish (tugatish)ning hisobot yilidagi moliyaviy holatga, hisobot davridagi moliyaviy natijalarga va oldingi davrning tegishli summalariga taʼsirini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh tashkilot alohida moliyaviy hisobotida shuʼba xoʻjalik jamiyatiga investitsiyalarni hisobga olish uchun foydalanadigan usulni.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 10/24/3537/0561-son)