Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.07.2024 28.12.1998 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 580
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Standarti, 28.12.1998 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 580
Kuchga kirish sanasi
28.12.1998
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.07.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“TASDIQLANGAN”

Oʻzbekiston Respublikasi

Moliya vazirligi

Vazirning oʻrinbosari

E.F. GADOYEV

1998-yil 14-oktabr 50-son

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuʼba xoʻjalik jamiyatlariga sarmoyalarni hisobga olish va konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzbekiston respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standarti
8-son bhms
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 28-dekabrda 580-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur standart Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 14-iyundagi 135-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (8-sonli BHMS) “Konsolidasiyalashgan moliyaviy hisobotlar va shuʼba xoʻjalik jamiyatlariga investitsiyalar hisobi”ni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3537, 26.07.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Buxgalteriya hisobining ushbu milliy standarti (BHMS) Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan ishlab chiqilgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini meʼyoriy jihatdan tartibga solish tizimining bir qismi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAQSAD VA AMAL QILISH SOHASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu BHMSning maqsadi xoʻjalik yurituvchi bosh jamiyat (bundan buyon “bosh jamiyat” deb yuritiladi) nazorati ostidagi xoʻjalik yurituvchi jamiyatlar guruhining konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotini tuzish va taqdim etish tartibini belgilab berishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu standartda shuʼba xoʻjalik jamiyatlariga investitsiyalarni bosh jamiyatning alohida moliyaviy hisobotida hisobga olish tartibi ham koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bu standart quyidagilarga nisbatan qoʻllanilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.1. Qoʻshma faoliyatdagi investitsiyalarni hisobga olishga (“Qoʻshma faoliyatdagi ishtirok ulushini moliyaviy hisobotda aks ettirish” buxgalteriya hisobi milliy standartiga qarang).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.2. Uyushgan korxonalarga investitsiyalarni hisobga olishga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu standartning talablari vazirliklar, idoralar va budjet tashkilotlarining qoʻshma moliyaviy hisobotiga nisbatan ham qoʻllanilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUSHUNCHALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Bu standartda foydalanilgan tushunchalar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat (bu standartga nisbatan qoʻllanilganda) — xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy va xoʻjalik siyosatini uning faoliyatidan foyda olish maqsadida belgilash huquqi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuʼba xoʻjalik jamiyati (bundan buyon “shuʼba jamiyat” deb yuritiladi) — bosh jamiyat tomonidan nazorat qilinadigan xoʻjalik yurituvchi subyekt.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh jamiyat — bir yoki bir necha kichik jamiyatlarga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guruh — bosh jamiyat va unga qarashli barcha shuʼba jamiyatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar — hisobot sanasidagi moliyaviy ahvolni va xoʻjalik yurituvchi jamiyatlar guruhining hisobot davri uchun moliyaviy natijalarni aks ettiruvchi koʻrsatkichlar tizimi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alohida moliyaviy hisobotlar — guruh har bir aʼzosining konsolidatsiyalash lozim boʻlgan hisoboti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kamchilik ulushi — shuʼba jamiyat xoʻjalik faoliyatining sof daromadlari (zararlari) hamda sof aktivlarining bosh jamiyatning bevosita yoki bilvosita shuʼba jamiyatlardagi ishtiroki ulushiga toʻgʻri kelmaydigan qismidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KONSOLIDATSIYALASHGAN MOLIYAVIY HISOBOTLARNI TAQDIM ETISH
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Bosh jamiyat konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni taqdim etishi lozim, 6-bandda tavsiflangan bosh jamiyatlar bundan mustasnodir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻz navbatida boshqa bir jamiyatga qarashli boʻlgan va boshqa jamiyat mulki hisoblangan bosh jamiyat, agar oʻzining bosh jamiyati talab qilmasa va buning uchun kamchilik ulushi egalarining roziligi boʻlsa, konsolidatsiyalashgan hisobot taqdim etmasligi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday bosh jamiyat oʻzining alohida moliyaviy hisobotlarida quyidagilarni ochib berishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot taqdim etilmagani sababini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) shuʼba jamiyatga investitsiyalarni buxgalteriyada hisobga olishda foydalanilayotgan usulni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot taqdim etadigan oʻzining bosh jamiyati nomi va uning roʻyxatga olingan joyini.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh jamiyat ham oʻzida qaram jamiyatlar mavjud boʻlgan taqdirda konsolidatsiyalashgan hisobotni tuzmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday hollarning har biri buxgalteriya balansiga va bosh jamiyat natijalari toʻgʻrisidagi hisobotga izohlarda ochib berilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KONSOLIDATSIYALASH AMAL QILADIGAN SOHA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot tuzadigan bosh jamiyat barcha shuʼba jamiyatlarni (xorijiy va mahalliy) jipslashtirishi lozim, quyidagi hollar bundan mustasnodir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7.1. Shuʼba korxona faqat yaqin kelajakda sotish maqsadida xarid qilingan va uni nazorat qilish vaqtincha boʻlgan hollar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7.2. Shuʼba jamiyat bosh jamiyat tomonidan belgilab qoʻyilgan uzoq muddatga moʻljallangan alohida sharoitda faoliyat koʻrsatgan va bu sharoit uning mablagʻni bosh jamiyatga oʻtkazish qobiliyatini ancha kamaytirgan hollar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday shuʼba jamiyatlar “Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish” buxgalteriya hisobi milliy standartiga muvofiq investitsiyalar sifatida hisobga olinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KONSOLIDATSIYALASHGAN HISOBOTLARNI TUZISH USULI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni tayyorlash chogʻida bosh jamiyat va unga qarashli barcha shuʼba jamiyatlar moliyaviy hisobotlari aktivlarning bir xil moddalarini, majburiyatlarni, oʻz mablagʻi, daromadlari va xarajatlarini satrma-satr konsolidatsiyalash yoʻli bilan birlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar guruh toʻgʻrisida yagona jamiyat sifatida moliyaviy axborotdan iborat boʻlishi uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8.1. Quyidagilar chiqarib tashlanishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir shuʼba jamiyatga bosh jamiyat investitsiyalarining balans qiymati va bosh jamiyatning har bir shuʼba jamiyatning oʻz sarmoyasidagi ulushi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh va shuʼba jamiyatlar oʻrtasida oʻzaro hisob-kitob qilish schyotlari boʻyicha saldo;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
daromadlar, xarajatlar, dividendlar boʻyicha guruh ichidagi operatsiyalar, shuningdek shu operatsiyalar natijasida vujudga keladigan amalga oshmagan foyda va zararlar, qoplanishi mumkin boʻlmagan zararlar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8.2. Shuʼba jamiyat sof daromadida kamchilik ishtirokining bosh jamiyatga tegishli sof daromad miqdorini aniqlash chogʻida guruhning daromadini kamaytiradigan ulushni aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8.3. Shuʼba jamiyat sof aktivlaridagi kamchilik ulushini aniqlash va hisobot davri uchun konsolidatsiyalashgan buxgalteriya balansida bosh jamiyatning majburiyatlari va oʻz sarmoyasini alohida koʻrsatish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dastlab xarid qilingan paytda hisoblangan miqdor;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarid qilingan paytdan boshlab oʻz sarmoyasi harakatida kamchilik ulushining salmogʻi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Bosh jamiyatning, shuʼba jamiyatlarning bir hisobot davri uchun bir hisobot vaqtida tuzilgan moliyaviy hisobotlari hamda kamchilikning ulushlari konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotda birlashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar biror shuʼba jamiyatning moliyaviy hisoboti (masalan, Oʻzbekistondan tashqarida joylashgan shuʼba jamiyatning moliyaviy hisoboti) konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot tuzilgan hisobot davri uchun, lekin konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotning hisobot vaqtidan farq qiladigan hisobot sanasida tuzilgan boʻlsa, bunday shuʼba jamiyat oʻsha hisobot vaqti uchun oraliq moliyaviy hisobot tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuʼba jamiyat oraliq moliyaviy hisobot tuzish imkoniyatiga ega boʻlmasa, konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotga shuʼba jamiyatning boshqa hisobot davri uchun tuzilgan moliyaviy hisoboti maʼlumotlari, bu hisobotlarni tuzish oʻrtasida oʻtgan vaqt uch oydan oshmagan taqdirda, qoʻshiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turli hisobot davrida tuzilgan moliyaviy hisobotlar jamlanayotganda shu sanalar oʻrtasida yuz beradigan muhim operatsiyalar yoki boshqa voqealar natijasi hisoblangan oʻzgartishlar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar oʻxshash operatsiyalar va moliyaviy-xoʻjalik faoliyatining boshqa voqealari uchun yagona hisob siyosatidan foydalanish asosida tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guruh ishtirokchilaridan biri oʻxshash operatsiyalar boʻyicha konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot tuzish chogʻida qabul qilingan hisob siyosatidan farq qiladigan hisob siyosatidan foydalangan taqdirda, bu moliyaviy hisobotlarga konsolidatsiyalash chogʻida tegishli oʻzgartishlar kiritiladi. Agar konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni tayyorlash chogʻida yagona hisob siyosatidan foydalanishning imkoniyati boʻlmasa, bu fakt konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotning turli hisob siyosati qoʻllanilgan moddasi qismida ochib berilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Shuʼba jamiyatlar xoʻjalik faoliyatining natijalari uni xarid qilgan vaqtdan boshlab konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotga qoʻshiladi, xaridor sotib olgan shuʼba jamiyat ustidan nazorat qilishni oʻz qoʻliga olgan vaqt xarid qilingan vaqt hisoblanadi, nazorat qilish topshirilgan vaqt esa shuʼba jamiyat bosh jamiyatdan chiqarilgan vaqt hisoblanadi. Shuʼba jamiyat realizatsiyasidan tushum bilan uning aktivlari balans qiymati oʻrtasidagi tafovut realizatsiya vaqtidagi majburiyatlar chiqarib tashlanib, moliyaviy natijalarning konsolidatsiyalashgan hisobotida shuʼba jamiyat realizatsiyasidan olingan foyda va zarar sifatida aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Jamiyatdagi investitsiyalar kichik shuʼba qaram boʻlmagan va shuʼba jamiyat taʼrifiga mos kelmaydigan paytdan boshlab “Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish” BHMSiga muvofiq hisobga olinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Kamchilikning ulushi konsolidatsiyalashgan buxgalteriya balansida majburiyatlar va oʻz sarmoyasidan alohida koʻrsatilishi kerak. Guruhlar daromadida kamchilik ulushi ham alohida koʻrsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BOSH JAMIYATNING ALOHIDA MOLIYAVIY HISOBOTIDA SHUʼBA XOʻJALIK JAMIYATLARIGA INVESTITSIYALARNI HISOBGA OLISH
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Bosh jamiyatning alohida (mustaqil) moliyaviy hisobotlarida shuʼba jamiyatlarga konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni tuzish chogʻida hisobga olingan investitsiyalar quyidagilardan foydalanib aks ettiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14.1. Oʻz sarmoyasini hisobga olish usuli (ulushbay ishtiroki usuli);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14.2. Bosh jamiyatning uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga olish boʻyicha foydalaniladigan usuli (“Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish” BHMSiga qarang).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Bosh jamiyatning alohida moliyaviy hisobotida shuʼba jamiyatlarga yoʻnaltirilgan, lekin konsolidatsiyalashgan hisobotga kiritilmagan investitsiyalar “Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish” buxgalteriya hisobi milliy standartiga muvofiq ravishda hisobga olinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YORITIB BERISH
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. 6 va 10-bandlarda talab qilingan axborotni ochib berishga qoʻshimcha ravishda quyidagi axborotlarni ham koʻrsatib berish lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16.1. Yirik shuʼba jamiyatlar roʻyxati, ular joylashgan yoki roʻyxatga olingan mamlakatlar, oʻz mulki ulushi yoki ular mulk ulushiga egalik qilmasa, ovoz berish huquqiga ega boʻlgan aksiyalar miqdori ham koʻrsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16.2. Shuʼba jamiyat hisoboti konsolidatsiyalashgan hisobotga kiritilmagani sabablari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16.3. Bosh va shuʼba jamiyat oʻrtasidagi bosh jamiyatga shuʼba jamiyat ustidan bosh jamiyat bevosita yoki shuʼba jamiyat orqali bilvosita ovozlar miqdorining yarmidan koʻprogʻiga ega boʻlmagan hollarda uni nazorat qilishga imkon beradigan oʻzaro munosabatlar tabiati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16.4. Bevosita yoki shuʼba jamiyatlar orqali bilvosita ovozlarning yarmidan koʻprogʻiga egalik qiladigan, lekin nazorat yoʻqligi sababli shuʼba jamiyat hisoblanmaydigan jamiyatlarning nomlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16.5. Jamiyatni sotib olish (barpo etish) va sotish (tugatish)ning hisobot yilidagi moliyaviy ahvolga, natijalarining hisobot davridagi ahvolga va oldingi davrga tegishli miqdorga taʼsiri;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16.6. Bosh jamiyat alohida moliyaviy hisobotida shuʼba jamiyatga yoʻnaltirilgan investitsiyalarni hisobga olish uchun foydalanilgan usul.