1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.06.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatishning boshqa turlari va shakllari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tazyiq va zoʻravonlikka uchragan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish tizimini yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishni takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 10-maydagi PQ-175-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishni takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 10-maydagi PQ-175-son qarori bilan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holati ichki ishlar organlari navbatchilik qismining “102” telefon raqamlariga kelib tushgan murojaatlar asosida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan roʻyxatga olinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tazyiq va zoʻravonlikka uchragan, oʻz joniga suiqasd qilgan yoki oʻz joniga qasd qilishga moyilligi boʻlgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari (keyingi oʻrinlarda — xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari) dastlab shoshilinch qabul boʻlimi mavjud shifoxonalarning birlamchi koʻmak xonasiga (keyingi oʻrinlarda — birlamchi koʻmak xonasi) joylashtirilishi hamda ularga birinchi tibbiy yordam koʻrsatilishi;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 1-iyundan boshlab shoshilinch qabul boʻlimi mavjud shifoxonalarda birlamchi koʻmak xonasi Jizzax, Navoiy va Xorazm viloyatlarida, 2024-yil 1-oktabrdan boshlab respublikaning qolgan barcha hududlarida tashkil etilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.10.00 Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar;
2.04.00.00.00 Oila qonunchiligi / 04.04.00.00 Ota-onalar va bolalarning hamda boshqa shaxslarning huquq va majburiyatlari. Aliment majburiyatlari / 04.04.02.00 Voyaga etmagan bolalarning shaxsiy nomulkiy huquq va majburiyatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Tazyiq va zoʻravonlikka uchragan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga ijtimoiy xizmat koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarini Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazining hududiy markazlariga (keyingi oʻrinlarda — hududiy markazlar) joylashtirish va vaqtincha boshpana (shelter) bilan taʼminlash hamda ulardan chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida shakllantirish va yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari (keyingi oʻrinlarda — “Inson” markazlari) hamda hududiy markazlar tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar va ularning monitoringi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.10.00 Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.11.00 Himoya orderi;
3.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birlamchi koʻmak xonasi tashkil etilguniga qadar xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga qoʻshimcha reabilitatsiyaga muhtojlik aniqlangan hollarda, himoya orderi asosida hududiy markazlariga joylashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“112” yagona dispetcherlik xizmati hamda 1146 qisqa raqamli “ishonch telefoni”ga tazyiq va zoʻravonlik holatlari boʻyicha murojaatlar kelib tushganda, mutaxassislar tomonidan xotin-qizlarga ijtimoiy, psixologik, huquqiy hamda boshqa masalalarda maslahat berish va axborot taqdim etish kabi xizmatlar koʻrsatiladi. Bunda xotin-qizlarga shoshilinch ruhiy, psixoterapevtik va huquqiy yordam koʻrsatish hamda tazyiq yoki zoʻravonlik sodir etgan shaxslarga chora koʻrish zarur boʻlgan hollarda, mazkur qoʻngʻiroqlar ichki ishlar organlari navbatchilik qismining “102” telefon raqamlariga yoʻnaltiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
patronaj hamshirasi tomonidan xonadonlarga tashrif buyurish jarayonida kuzatilgan xotin-qizlarga tazyiq yoki zoʻravonlik holati yuzasidan zudlik bilan majburiy ravishda ichki ishlar organlari xabardor qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tazyiq va zoʻravonlikka uchragan xotin-qizlarga mazkur qaror talablari asosida ijtimoiy xizmatlar koʻrsatilishi uchun Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi masʼul hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy markazlar tomonidan ishlab chiqilgan yakka tartibdagi ijtimoiy reabilitatsiya dasturi davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan oʻz vakolatlari doirasida bajarilishi majburiy hisoblanadi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.02.00 Tibbiyot muassasalari va xodimlari / 14.01.02.01 Tibbiyot muassasalariga qoʻyiladigan talablar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shoshilinch qabul boʻlimi mavjud shifoxonalarda birlamchi koʻmak xonalarini tashkil etish va jihozlash boʻyicha minimal talablar 2-ilovaga muvofiq;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazining hududiy markazlarida ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish uchun zarur infratuzilmani shakllantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda xotin-qizlarni kasbga oʻqitish, ish bilan taʼminlash davrida ularning farzandlariga qarab turish xizmatini tashkil etish zaruratidan kelib chiqib, hududiy markazlarga Agentlik tizimi tashkilotlarining mavjud shtat birliklari doirasida qoʻshimcha tarbiyachi shtat birligini kiritishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Jizzax, Navoiy va Xorazm viloyatlarida, respublikaning qolgan barcha hududlarida esa 2024-yil 1-sentabrga qadar shoshilinch qabul boʻlimi mavjud shifoxonalarda 2-ilovaga muvofiq minimal talablar asosida tunu kun ishlaydigan birlamchi koʻmak xonalari tashkil etilishini taʼminlasin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi hamda Agentlik bir oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmalari boshliqlari, shuningdek, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari boshliqlari uchun tazyiq hamda zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarni koʻrsatish hamda ularning ijtimoiylashuvini taʼminlash tizimini tashkil etish boʻyicha malaka oshirish kurslarini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Agentlik, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda 2024-yil 1-sentabrga qadar mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimini takomillashtirish va zaruratga koʻra uning boshqa axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.B. Mahkamova zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 25-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
354-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-iyundagi 354-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tazyiq va zoʻravonlikka uchragan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga ijtimoiy xizmat koʻrsatishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAʼMURIY REGLAMENTI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.02.00 Davlat muassasalarida (internatlar va qariyalar hamda nogironlar uylari) ijtimoiy xizmat koʻrsatish;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.03.00 Uyda ijtimoiy xizmat koʻrsatish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Reglament tazyiq va zoʻravonlikka uchragan, oʻz joniga suiqasd qilgan yoki oʻz joniga qasd qilishga moyilligi boʻlgan xotin-qizlar hamda ularning voyaga yetmagan farzandlariga (keyingi oʻrinlarda — xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari) ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslar, boshqa jismoniy hamda yuridik shaxslar tomonidan tazyiq va zoʻravonlik holati toʻgʻrisida quyidagi shakllarda murojaat qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari (keyingi oʻrinlarda — “Inson” markazlari) yoki ijtimoiy xodimga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlari navbatchilik qismining “102” telefon raqamlariga yoki bevosita profilaktika inspektorlariga. Bunda tibbiyot muassasalari masʼullari zoʻravonlikdan jabrlanib, shoshilinch tibbiy xizmat koʻrsatuvchi sogʻliqni saqlash muassasalariga murojaat qilgan xotin-qizlar haqida ichki ishlar organlari navbatchilik qismining “102” telefon raqami bilan birga 1146 qisqa raqamli “ishonch telefoni”ga ham xabar berishlari lozim;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“112” yagona dispetcherlik xizmati hamda 1146 qisqa raqamli “ishonch telefoni”ga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlari haqida xabar bergan uchinchi shaxslar haqidagi maʼlumotlar davlat organlari va tashkilotlari tomonidan sir tutilishi taʼminlanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tazyiq va zoʻravonlik holati “102” qisqa raqamiga hamda profilaktika inspektorlariga kelib tushgan murojaatlar asosida ichki ishlar organlari tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga ijtimoiy xizmatlar “Inson” markazlari, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazining hududiy markazlari (keyingi oʻrinlarda — hududiy markazlar) tomonidan koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish jarayoniga nodavlat notijorat tashkilotlari davlat ijtimoiy buyurtmasi orqali jalb etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarur hollarda xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga, shu jumladan til (nutq) yoki sensor funksiyalari buzilgan nogironligi boʻlgan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish jarayoniga tor doiradagi mutaxassislar jalb etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Inson” markazlari xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga kunduzgi qatnov shaklida qisqa hamda uzoq muddatli ijtimoiy, psixologik va huquqiy xizmatlar koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur turdagi xizmatlarni koʻrsatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Hududiy markazlar tomonidan yakka tartibdagi ijtimoiy reabilitatsiya dasturiga muvofiq 6 oy muddatgacha vaqtinchalik boshpana (shelter) oziq-ovqat va shaxsiy gigiyena vositalari bilan taʼminlash, ijtimoiy reabilitatsiya, huquqiy, psixologik va mazkur Reglamentga muvofiq boshqa turdagi xizmatlar koʻrsatiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Tazyiq va zoʻravonlik toʻgʻrisidagi murojaatlarni qabul qilish hamda shaxsning holatini baholash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. “Inson” markazlari tomonidan tazyiq va zoʻravonlik toʻgʻrisidagi murojaatlarni qabul qilish, shaxsning holatini baholash va xizmatlar koʻrsatish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.10.00 Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.02.00 Davlat muassasalarida (internatlar va qariyalar hamda nogironlar uylari) ijtimoiy xizmat koʻrsatish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Inson” markazlari tazyiq va zoʻravonlikka uchragan xotin-qizlarning murojaati asosida soʻrovnoma oʻtkazgan holda ularning holatini baholaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻrovnoma shakli va uni oʻtkazish tartibi Agentlik tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Inson” markazlari baholash natijalari hamda xotin-qizlarning roziligi asosida quyidagi chora-tadbirlardan birini yoki bir nechtasini amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kunduzgi qatnov shaklida qisqa va uzoq muddatli ijtimoiy, psixologik va huquqiy xizmatlarni koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shoshilinch qabul boʻlimi mavjud shifoxonalarning birlamchi koʻmak xonalariga (keyingi oʻrinlarda — birlamchi koʻmak xonalari) joylashtirish;
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tazyiq va zoʻravonlik holatini ichki ishlar organlari tomonidan roʻyxatdan oʻtkazish hamda himoya orderini rasmiylashtirish choralarini koʻrish uchun “102” qisqa raqamiga xabar berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Xotin-qizlar kunduzgi qatnov shaklida qisqa va uzoq muddatli ijtimoiy, psixologik hamda huquqiy xizmatlarni tanlagan taqdirda, “Inson” markazlari tomonidan oʻtkazilgan soʻrovnoma natijalari va xotin-qizlarning tanloviga muvofiq quyidagi xizmatlar koʻrsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) psixologik xizmatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) shoshilinch tibbiy yordam olishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) qonunchilikka muvofiq huquqiy xizmatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) himoya orderini olishda koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarining yoʻqotilgan hujjatlarini qayta tiklashga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) “Inson” markazlari tomonidan koʻrsatilmaydigan boshqa turdagi davlat xizmatlaridan foydalanishga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) kasb-hunar oʻrganish istagini bildirgan xotin-qizlarni hududlardagi monomarkaz va kasb-hunarga oʻqitish markazlarida kasbga oʻrgatish uchun yoʻllanma berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholash natijalariga koʻra “Inson” markazlari tomonidan qonunchilik hujjatlari va ijtimoiy xizmatlar standartlariga muvofiq boshqa xizmatlar ham koʻrsatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Tazyiq va zoʻravonlik toʻgʻrisidagi murojaatlarni qabul qilish va shaxsning holatini baholash
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tazyiq va zoʻravonlik, oʻz joniga suiqasd qilish (shu jumladan, oʻz joniga qasd qilishga moyilligi boʻlgan holatlarda) holatiga doir murojaatlar bevosita jabrlanganlar, jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan, “112” yagona dispetcherlik xizmati hamda “1146” qisqa raqamli “ishonch telefoni” operatorlari, ijtimoiy xodimlar va patronaj hamshiralarining “102” qisqa raqamiga bergan xabari asosida ichki ishlar organlari tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda roʻyxatga olingan murojaatlar “Inson” markazlarini xabardor qilgan holda, darhol profilaktika inspektoriga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Murojaat boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 24 soat ichida profilaktika inspektori:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xotin-qizlarga himoya orderini rasmiylashtirish hamda zaruratga koʻra ularni birlamchi koʻmak xonalariga joylashtirish uchun tegishli dalolatnomani rasmiylashtirish choralarini koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tazyiq va zoʻravonlikni sodir etgan shaxs bilan suhbat oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jabrlangan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarining ijtimoiy, psixologik va huquqiy xizmatlarga ehtiyoji mavjudligini aniqlaydi va bu haqida “E-himoya orderi” elektron tizimiga maʼlumot kiritadi.
(11-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) bir ish kuni ichida ijtimoiy xodim xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarining holatini dastlabki tarzda baholaydi. Bunda murojaat “E-himoya orderi” elektron tizimi orqali kelib tushgan hollarda faqat ijtimoiy, psixologik va huquqiy xizmatlardan foydalanish istagini bildirgan shaxslarning holati dastlabki baholashdan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholash natijalariga koʻra xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari roziligi asosida birlamchi koʻmak xonasiga joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari profilaktika inspektori tomonidan birlamchi koʻmak xonasiga joylashtirilganda, ijtimoiy xodim 24 soat ichida ularning holatini dastlabki tarzda baholash choralarini koʻradi.
(11-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Xotin-qizlar birlamchi koʻmak xonasiga joylashtirilishga rozilik bildirmagan taqdirda, ijtimoiy xodim ularga “Inson” markazlari orqali mazkur Reglamentning 9-bandida belgilangan xizmatlardan foydalanishni taklif qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarini birlamchi koʻmak xonasiga joylashtirish
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sogʻlomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena meʼyorlari hamda qoidalari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Birlamchi koʻmak xonalari kamida toʻrtta oʻrindan iborat boʻladi va sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq jihozlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari birlamchi koʻmak xonalariga uch sutkadan koʻp boʻlmagan muddatga “Inson” markazlarining yoʻllanmasi yoki profilaktika inspektori tomonidan rasmiylashtirilgan dalolatnoma asosida joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻllanma shakli Agentlik va Sogʻliqni saqlash vazirligi, dalolatnoma shakli esa Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Birlamchi koʻmak xonasiga olib kelingan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarining talablaridan kelib chiqib, zudlik bilan quyidagi xizmatlar koʻrsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shoshilinch qabul boʻlimi shifokori tomonidan olib kelingan vaqtda jarohatlar mavjud boʻlganda yoki xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari shikoyatiga koʻra tibbiy yordam;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarining ruhiy holatini tekshirish uchun psixiatr koʻrigi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Birlamchi koʻmak xonalariga joylashtirilgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari ovqat hamda shaxsiy gigiyena vositalari bilan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Birlamchi koʻmak xonasiga joylashtirilgan xotin-qizlar bilan “Inson” markazlarining ijtimoiy xodimi suhbat oʻtkazadi hamda ularning xohishiga koʻra ushbu Reglamentning 9-bandi “a” va “v — j” kichik bandlarida belgilangan xizmatlar koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ijtimoiy xodim xotin-qizlar bilan qoʻshimcha suhbat oʻtkazish orqali ularning hududiy markazlarning chuqurlashtirilgan reabilitatsiya xizmatlaridan foydalanish istagini aniqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda hududiy markazlarga joylashtirish uchun xotin-qizlarga himoya orderi rasmiylashtirilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Hududiy markazlarga joylashtirishga yoki himoya orderi rasmiylashtirishga rozilik bildirmagan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari “Inson” markazlarining psixologlar guruhi va huquqiy masalalarda ekspert maslahatchi xizmatlaridan foydalanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Himoya orderi rasmiylashtirilgan va hududiy markazlarning chuqurlashtirilgan reabilitatsiya xizmatlaridan foydalanish istagini bildirgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari birlamchi koʻmak xonalarida mazkur Reglamentning 21-bandidagi kasalliklar mavjudligini aniqlash yuzasidan tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Quyidagi kasalliklar mavjud boʻlgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari hududiy markazlarga joylashtirilmaydi:
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bemorning oʻzi va atrofdagilar uchun xavfli boʻlgan qoʻpol hamda xulqiy buzilishlar bilan kechadigan ruhiy kasalliklar, xususan, tez-tez (har oyda 5-martadan koʻp) tutqanoq sodir boʻladigan epilepsiya, muntazam tutqanoqlarga, epileptik maqomga, kun oxiriga borib boʻshashuvchanlikka, disforiyalarga moyillik kasalliklari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jarayonning faol bosqichidagi sil kasalligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqumli teri va soch kasalliklari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻtkir yuqumli kasalliklar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
salbiy jarayondagi, yomon holatda oʻtadigan shish kasalliklari va retsidivlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanosil kasalliklari (OIV infeksiyasi bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandda nazarda tutilgan kasalliklar aniqlangan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari tegishli davolash-profilaktika muassasalariga yuborilganda, “Inson” markazlari tomonidan zarur hollarda masofadan turib xizmatlar koʻrsatiladi hamda ushbu muassasalardan chiqarilgandan soʻng ijtimoiy xodim ularni rozilik asosida hududiy markazlarga joylashtirish choralarini koʻradi. Bunda xotin-qizlarga berilgan himoya orderining muddati tugagan holatlarda ham ular hududiy markazlarga joylashtirilishi mumkin.
(21-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarida mazkur bandda nazarda tutilgan kasalliklar aniqlanmagan taqdirda, shoshilinch qabul boʻlimi tibbiy xulosa rasmiylashtiradi hamda “Inson” markazlariga taqdim etadi.
(21-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Hududiy markazlarga xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarini joylashtirish hamda reabilitatsiya xizmatlarini koʻrsatish
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari hududiy markazlarga mazkur Reglamentga ilovaga muvofiq sxema asosida joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Xotin-qizlar hududiy markazlarning chuqurlashtirilgan reabilitatsiya xizmatlaridan foydalanish istagini bildirgan taqdirda, “Inson” markazlari bir ish kuni ichida xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarini yashash joyidagi hududiy markazga joylashtirish uchun quyidagilarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy markazda boʻsh oʻrin mavjudligini aniqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarining shaxsini tasdiqlovchi hujjat (fuqarolik pasporti, identifikatsiyalovchi ID-karta, tugʻilganlik haqida guvohnoma) maʼlumotlarini shakllantiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarining yashash joyidagi hududiy markazda boʻsh oʻrin mavjud boʻlmasa, ushbu hududga yaqin boʻlgan yoxud ularning xohishiga koʻra boshqa hududiy markaz tanlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda hududiy markazlarda boʻsh oʻrinlar mavjud boʻlmasa yoki xotin-qizlarning xohishiga koʻra ular nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tashkil etilgan reabilitatsiya markazlariga ham yuborilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. “Inson” markazi shu kunning oʻzida ushbu Reglamentning 21 va 23-bandlarida nazarda tutilgan hujjat va maʼlumotlarni “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Ijtimoiy himoya” AT) orqali tegishli hududiy markazga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Quyidagi holatlarda xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari hududiy markazlarga joylashtirilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xotin-qizlar tomonidan hududiy markazlarga joylashtirishga rozilik bildirilmaganda yoki himoya orderi olish rad etilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Reglamentning 21-bandida belgilangan kasalliklar aniqlanganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. “Inson” markazi zarur maʼlumot va hujjatlar shakllantirilganidan soʻng xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarini hududiy markazlarga joylashtirish uchun tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi)ga murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi) “Inson” markazining murojaati kelib tushgan kunning oʻzida xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan bolalarini hududiy markazlarga olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Hududiy markaz “Ijtimoiy himoya” AT orqali ushbu Reglamentning 21 va 23-bandlarida nazarda tutilgan maʼlumot va hujjatlarni olgan kunning oʻzida xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarini boshpana (shelter) bilan taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Hududiy markazlar xotin-qizlar bilan ular yetib kelgan kunning oʻzida ijtimoiy xizmat koʻrsatish shartnomasini imzolaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda besh ish kuni ichida xotin-qizlarning holati hududiy markazning ijtimoiy xodimi, huquqshunos va psixologdan iborat multidissiplinar guruh tomonidan soʻrovnoma orqali kompleks baholash oʻtkaziladi hamda baholash natijalari boʻyicha yakka tartibdagi ijtimoiy reabilitatsiya dasturi ishlab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻrovnoma shakli va uni oʻtkazish tartibi Agentlik tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Hududiy markazlar tomonidan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga yakka tartibdagi ijtimoiy reabilitatsiya dasturiga muvofiq quyidagi xizmatlar koʻrsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga tibbiy, psixologik, ijtimoiy, huquqiy va boshqa xizmatlarni koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
voyaga yetmagan farzandlarini eng yaqin hududdagi maktabgacha yoki oʻrta taʼlim muassasalariga vaqtincha joylashtirishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xotin-qizlarga yordam koʻrsatishda mutaxassis zarur boʻlgan hollarda suitsidolog, psixoterapevt, bolalar psixologi, tibbiy ruhshunoslar va boshqa mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xotin-qizlarni kasb-hunarga oʻrgatish, ularga hududlardagi monomarkaz va kasb-hunarga oʻqitish markazlarida kasbga oʻrgatishga yoʻllanma berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xotin-qizlarni kasbga oʻqitish, ish bilan taʼminlash davrida ularning voyaga yetmagan farzandlariga tarbiyachi biriktirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xotin-qizlarning voyaga yetmagan farzandlari maktabgacha yoki oʻrta taʼlim muassasalariga vaqtincha joylashtirilganda, ularni taʼlim muassasasiga olib borish va olib kelish hududiy markaz tomonidan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hududiy markazlar tomonidan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga qonunchilik hujjatlari hamda ijtimoiy xizmatlar standartlariga muvofiq boshqa ijtimoiy xizmatlar ham koʻrsatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Hududiy markazlar xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga yakka tartibdagi ijtimoiy reabilitatsiya dasturida nazarda tutilgan ijtimoiy xizmatlar koʻrsatilishi, shuningdek, boshqa chora-tadbirlarning amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Ijtimoiy himoya” ATga kiritib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarini hududiy markazlardan chiqarish tartibi
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.02.00 Davlat muassasalarida (internatlar va qariyalar hamda nogironlar uylari) ijtimoiy xizmat koʻrsatish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Quyidagilar xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarini hududiy markazlardan chiqarishga asos boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnomada belgilangan hududiy markazlarda boʻlish muddatining tugashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatilgan ijtimoiy xizmatlar natijasida xotin-qizlarda oʻz joniga qasd qilishga moyillik xavfining bartaraf etilganligi (tibbiy ruhshunos yoxud suitsidologning xulosasiga muvofiq);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarining sogʻligʻi yomonlashishi, shuningdek, ruhiy holatining buzilishi natijasida davolash-profilaktika muassasasiga statsionar davolanish uchun joylashtirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xotin-qizlarning hududiy markazlardan chiqarish haqidagi arizasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy markazlarning ichki tartib-qoidalarini va shartnoma shartlarini muntazam yoki bir marta qoʻpol ravishda buzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xotin-qizlarning vafot etishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻligʻining yomonlashishi, shuningdek, ruhiy holatining buzilishi natijasida davolash-profilaktika muassasasiga statsionar davolanish uchun joylashtirilgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari ushbu muassasalarda davolanib chiqqanlaridan soʻng hududiy markazlarga qayta joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda xotin-qizlar davolash muassasasiga joylashtirilganda, ularning hududiy markazlardagi joyi saqlab turiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Mazkur Reglamentning 32-bandida keltirilgan asoslardan biri mavjud boʻlganda, xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari tegishli “Inson” markazini axborot tizimi orqali xabardor qilgan holda chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Boshqa hududda joylashtirilgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarining yoʻl xarajatlari (poyezd, avtobus) hududiy markazlar mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. “Inson” markazlari va hududiy markazlar xizmatlaridan foydalangan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarining monitoringi
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.02.00 Davlat muassasalarida (internatlar va qariyalar hamda nogironlar uylari) ijtimoiy xizmat koʻrsatish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarining ijtimoiylashuv holati monitoringi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birlamchi koʻmak xonalari xizmatidan foydalangan, biroq hududiy markazlarga joylashtirilmagan xotin-qizlarga nisbatan ular ishonch bildirgan “Inson” markazi xodimi tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy markazdan chiqarilgan xotin-qizlarga nisbatan ular ishonch bildirgan hududiy markaz xodimi tomonidan olti oy davomida masofadan turib aloqa vositalaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda xotin-qizlarning iltimosiga koʻra monitoring “Inson” markazi ijtimoiy xodimi tomonidan joyiga chiqqan holda suhbat oʻtkazish orqali amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joyiga chiqqan holda monitoring jarayoniga xotin-qizlarning roziligi asosida xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori hamda boshqa zarur mutaxassislar jalb etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Monitoring davrida oʻz oilasiga qaytgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatining mavjudligi oʻrganiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Monitoring natijalari boʻyicha maʼlumotlar “Inson” markazlari va hududiy markazlar xodimlari tomonidan “Ijtimoiy himoya” ATga kiritib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. “Inson” markazining ijtimoiy xodimi, profilaktika inspektori va xotin-qizlar faoli oʻz vakolatlari doirasida qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.02.00 Davlat muassasalarida (internatlar va qariyalar hamda nogironlar uylari) ijtimoiy xizmat koʻrsatish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlarning sifati uchun hududiy markazlar direktorlari shaxsan javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. “Inson” markazlari va hududiy markazlar oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan shaxsga doir maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. “Inson” markazlari, hududiy markazlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ushbu Reglament talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni Agentlik huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari “Inson” markazlari hamda hududiy markazlar xodimlarining xatti-harakatlari ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 592-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1261-moddasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tazyiq va zoʻravonlikka uchragan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlariga ijtimoiy xizmat koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarini Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazining hududiy markazlariga joylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqichlar
Masʼullar
Tadbirlar
Muddat
1-bosqich
“Inson” ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish markazi
Xotin-qizlarning murojaati asosida soʻrovnoma oʻtkazgan holda ularning holatini baholaydi va zarur hollarda shoshilinch qabul boʻlimlari mavjud shifoxonalarning birlamchi koʻmak xonalariga joylashtirish va himoya orderini rasmiylashtirish uchun ichki ishlar organiga xabar berish choralarini koʻradi.
Tazyiq va zoʻravonlik hodisasi aniqlanishi bilan darhol
Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanganlar, jismoniy va yuridik shaxslar, ijtimoiy xodimlar, patronaj hamshiralari,
“112” yagona dispetcherlik xizmati hamda “1146” qisqa raqamli “ishonch telefoni” operatorlari
Tazyiq va zoʻravonlik hodisasi toʻgʻrisida ichki ishlar organlarining navbatchilik qismi telefon raqami — “102”ga xabar beradi.
2-bosqich
Ichki ishlar organlarining navbatchilik qismi telefon raqami — “102” operatori
Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanganlar, jismoniy va yuridik shaxslar, ijtimoiy xodimlar, patronaj hamshiralarining tazyiq va zoʻravonlik hodisasi toʻgʻrisidagi murojaatni tegishli ichki ishlar organiga yoʻnaltiradi.
Xabar kelib tushishi bilan darhol
3-bosqich
Hududiy ichki ishlar organi
Murojaatni roʻyxatdan oʻtkazadi, hodisa boʻyicha profilaktika inspektorini biriktiradi va tegishli “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazini xabardor qiladi.
Xabar kelib tushishi bilan darhol
4-bosqich
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi
Hodisa toʻgʻrisida xabardor qilinganidan soʻng ijtimoiy xodimni biriktiradi.
Xabar kelib tushishi bilan darhol
5-bosqich
Profilaktika inspektori
1. Xotin-qizlarga himoya orderini rasmiylashtirish hamda zaruratga koʻra ularni birlamchi koʻmak xonalariga joylashtirish uchun tegishli dalolatnomani rasmiylashtirish choralarini koʻradi.
2. Tazyiq va zoʻravonlikni sodir etgan shaxs bilan suhbat oʻtkazadi.
3. Jabrlangan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarining ijtimoiy, psixologik va huquqiy xizmatlarga ehtiyoji mavjudligini aniqlaydi va bu haqida “E-himoya orderi” elektron tizimiga maʼlumot kiritadi.
Xabar kelib tushganidan soʻng 24 soat ichida
Ijtimoiy xodim
1. Xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari profilaktika inspektori tomonidan birlamchi koʻmak xonasiga joylashtirilganda, ularning holatini dastlabki tarzda baholash choralarini koʻradi.
2. Xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarining holatini dastlabki tarzda baholaydi. Bunda murojaat “E-himoya orderi” elektron tizimi orqali kelib tushgan hollarda faqat ijtimoiy, psixologik va huquqiy xizmatlardan foydalanish istagini bildirgan shaxslarning holati dastlabki baholashdan oʻtkaziladi.
Baholash natijalariga koʻra xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari roziligi asosida birlamchi koʻmak xonasiga joylashtiradi.
Birlamchi koʻmak xonasiga joylashtirilgandan soʻng 24 soat ichida
Xabar kelib tushganidan soʻng bir ish kuni davomida
6-bosqich
Shoshilinch qabul boʻlimi mavjud shifoxonalar
1. Xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarini qabul qilib oladi.
Xabar kelib tushishi bilan darhol
2. Himoya orderi rasmiylashtirilgan va hududiy markazlarning chuqurlashtirilgan reabilitatsiya xizmatlaridan foydalanish istagini bildirgan shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazadi va tibbiy xulosa rasmiylashtiradi.
Uch sutka davomida
3. Tibbiy xulosani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga taqdim etadi.
Tibbiy xulosa rasmiylashtirilgan kunning oʻzida
7-bosqich
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi
1. Hududiy markazlarda mavjud boʻsh oʻrinlarning sonini oʻrganadi.
2. Xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari uchun zarur boʻlgan hujjatlarni shakllantiradi.
3. Xotin-qizlarga tegishli hujjatlar va maʼlumotlarni “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali tegishli hududiy markazga yuboradi hamda xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarini hududiy markazlarga joylashtirish uchun tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi)ga murojaat qiladi.
Tibbiy xulosa taqdim etilgan kunning oʻzida
8-bosqich
Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi)
Xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarini hududiy markazlarga joylashtiradi.
Murojaat kelib tushgan kunning oʻzida
9-bosqich
Hududiy markazlar
1. Xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarini qabul qilib oladi, xotin-qizlar bilan ijtimoiy xizmat koʻrsatish shartnomasini tuzadi va ularni boshpana (shelter) bilan taʼminlaydi.
Qabul qilinishi bilan darhol
2. Multidissiplinar guruh tomonidan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarining holatini kompleks baholaydi va yakka tartibdagi ijtimoiy reabilitatsiya dasturini ishlab chiqadi.
5 ish kuni ichida
3. Yakka tartibdagi ijtimoiy reabilitatsiya dasturiga muvofiq ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatadi va natijasi boʻyicha maʼlumotlarni “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimiga kiritib boradi.
Shartnomada belgilangan muddatda
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 36-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-iyundagi 354-son qaroriga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shoshilinch qabul boʻlimi mavjud shifoxonalarda birlamchi koʻmak xonalarini tashkil etish va jihozlash boʻyicha minimal
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TALABLAR
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Birlamchi koʻmak xonalari kamida 4 ta oʻrin uchun moʻljallangan boʻlishi, har bir shaxs uchun ajratiladigan maydon sanitariya qoidalari normalari va gigiyena normativlarida belgilangan meʼyorlardan kam boʻlmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Xonalar oʻrinlar soniga mos ravishda karavotlar, ovqatlanish uchun stol va stullar, tumbalar, shkaf, muzlatkich va televizor bilan jihozlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Xonalar yetarli darajada yorugʻlik bilan taʼminlanishi, havo aylanish, isitish va sovitish tizimlari muntazam soz holatda saqlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Derazalar temir panjaralar bilan himoyalangan boʻlishi, eshikka qulf oʻrnatilishi, navbatchi hamshirani zarur holatlarda tezkor chaqirish qoʻngʻirogʻi boʻlishi, shuningdek, xonaga kirish eshiklari tashqarisiga kuzatuv kameralari oʻrnatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Birlamchi koʻmak xonalarida yuvinish xonalari va hojatxona boʻlishi, xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari zarur gigiyena vositalari (atir sovun, shampun, tish pastasi, tish choʻtkasi, hojatxona qogʻozi, ayollar shaxsiy gigiyena vositasi, bolalar uchun tagliklar, sochiqlar toʻplami) bilan taʼminlanishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Xotin-qizlarning voyaga yetmagan farzandlari uchun yelim oʻyinchoqlar toʻplami boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-iyundagi 354-son qaroriga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazining hududiy markazlarida ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish uchun zarur infratuzilmani shakllantirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r
Chora-tadbir nomi
Amalga oshirish mexanizmi
Muddati
Masʼul ijrochilar
1.
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy markazi infratuzilmasini mustahkamlash.
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrining E. Alakuz koʻchasidagi 54-uy manzilida joylashgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi sobiq maʼmuriy binosini Markazga oʻtkazish hamda kapital taʼmirlash va obodonlashtirish.
2. Markaz hududida bolalar maydonchasi va kasb-hunarga oʻrgatish xonalarini tashkil etish va zarur jihozlar bilan taʼminlash.
3. Milliy gvardiya qoʻriqlash xizmati xodimlari uchun Markaz hududiga kirish joyida maxsus xona qurish.
2024-yil 30-sentabr
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
2.
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Andijon viloyati hududiy markazi infratuzilmasini mustahkamlash.
1. Markazga tegishli yer maydonida kasbga tayyorlash xonasi uchun qoʻshimcha bino qurish.
2. Kasbga tayyorlash xonasini zarur jihozlar bilan taʼminlash.
3. Markaz hududini obodonlashtirish.
2024-yil 30-sentabr
Andijon viloyati hokimligi,
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
3.
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Buxoro viloyati hududiy markazi infratuzilmasini mustahkamlash.
1. Buxoro viloyati Kogon shahrining “Turkiston” mahallasi Vatanparvar koʻchasidagi 4-uy manzilida joylashgan Kogon shahar prokuraturasining sobiq maʼmuriy binosini Markazga oʻtkazish.
2. Markaz binosini taʼmirlash va Markazda maxsus jihozlangan kasbga tayyorlash xonasini tashkil etish.
2024-yil 30-sentabr
Buxoro viloyati hokimligi,
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
4.
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Jizzax viloyati hududiy markazi infratuzilmasini mustahkamlash.
1. Markaz binosini rekonstruksiya qilish, shu jumladan, bolalar maydonchasi va maxsus jihozlangan kasbga tayyorlash xonasini tashkil etish.
2024-yil 31-iyul
Jizzax viloyati hokimligi,
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
2. Markaz kutubxonasini zarur mebel jihozlari, shu jumladan kitob javonlari va adabiyotlar bilan taʼminlash.
2024-yil 30-sentabr
5.
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Namangan viloyati hududiy markazi infratuzilmasini mustahkamlash.
Markaz hududida maxsus jihozlangan kasbga tayyorlash xonasini tashkil etish.
2024-yil 30-sentabr
Namangan viloyati hokimligi,
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
6.
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Navoiy viloyati hududiy markazi infratuzilmasini mustahkamlash.
1. Navoiy viloyati Navoiy shahrining Meʼmorlar koʻchasidagi 2-uy manzilida joylashgan Navoiy viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasiga tegishli binoni Markazga oʻtkazish.
2. Markaz hududida bolalar maydonchasi va kasb-hunarga oʻrgatish xonalarini tashkil etish va zarur jihozlar bilan taʼminlash.
2024-yil 30-sentabr
Navoiy viloyati hokimligi,
Mudofaa vazirligi,
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
7.
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Samarqand viloyati hududiy markazi infratuzilmasini mustahkamlash.
1. Markaz binosini zamonaviy talablar asosida taʼmirlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
2. Markaz binosini taʼmirlash boʻyicha ishlab chiqilgan takliflar (loyiha)ni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga kiritish.
2024-yil 30-iyun
Samarqand viloyati hokimligi,
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
3. Kelishilgan loyiha asosida binoni taʼmirlash.
2024-yil 31-dekabr
8.
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Sirdaryo viloyati hududiy markazi infratuzilmasini mustahkamlash.
1. Sirdaryo viloyati Guliston shahrining Taraqqiyot mahallasi Xondamir koʻchasidagi 19-uy manzilida joylashgan Asab kasalliklari dispanserining sobiq binosini Markazga oʻtkazish va taʼmirlash.
2. Markaz hududida bolalar maydonchasi va maxsus jihozlangan kasbga tayyorlash xonasini tashkil etish.
2024-yil 30-sentabr
Sirdaryo viloyati hokimligi,
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
9.
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Surxondaryo viloyati hududiy markazi infratuzilmasini mustahkamlash.
1. Markaz binosini taʼmirlash hamda hududini obodonlashtirish.
2. Markaz hududida bolalar maydonchasi va maxsus jihozlangan kasbga tayyorlash xonasini tashkil etish.
3. Markaz binosini ichimlik suvi taʼminoti tarmogʻiga ulash.
2024-yil 30-sentabr
Surxondaryo viloyati hokimligi,
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
10.
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Fargʻona viloyati hududiy markazi infratuzilmasini mustahkamlash.
1. Markaz binosini joriy taʼmirlash va markaz yotoqxonasini zarur mebellar va boshqa jihozlar bilan taʼminlash.
2. Markaz hududida bolalar maydonchasi va maxsus jihozlangan kasbga tayyorlov xonasini tashkil etish.
2024-yil 30-sentabr
Fargʻona viloyati hokimligi,
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
11.
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Toshkent viloyati hududiy markazi infratuzilmasini mustahkamlash.
Markaz binosini rekonstruksiya qilish hamda bolalar maydonchasi va maxsus jihozlangan kasbga tayyorlash xonasini tashkil etish.
2024-yil 30-sentabr
Toshkent viloyati hokimligi,
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
12.
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Xorazm viloyati hududiy markazi infratuzilmasini mustahkamlash.
Markazda maxsus jihozlangan kasbga tayyorlash xonasini tashkil etish.
2024-yil 30-sentabr
Xorazm viloyati hokimligi,
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
13.
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Qashqadaryo viloyati hududiy markazi infratuzilmasini mustahkamlash.
1. Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrining Shoʻrtan MFY Nasaf koʻchasidagi 1b-uy manzilida joylashgan Qashqadaryo viloyati hokimligiga tegishli binoning boʻsh turgan qismini Markazga oʻtkazish va joriy taʼmirlash.
2. Markaz hududida maxsus jihozlangan kasbga tayyorlov xonasini tashkil etish.
3. Milliy gvardiya qoʻriqlash xizmati xodimlari uchun Markaz hududiga kirish joyida maxsus xona qurish.
2024-yil 30-sentabr
Qashqadaryo viloyati hokimligi,
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
14.
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Toshkent shahar hududiy markazi infratuzilmasini mustahkamlash.
Markazda maxsus jihozlangan kasbga tayyorlov xonasini tashkil etish.
2024-yil 30-sentabr
Toshkent shahri hokimligi,
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2024-y., 09/24/354/0449-son; 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son; 02.02.2026-y., 09/26/36/0097-son)