LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasining 2021-yil 14-iyuldagi O‘RQ-701-sonli “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati tasdiqlansin (1-ilova).
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxatiga muvofiq holga keltirsin, shuningdek vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar mazkur ro‘yxatga zid bo‘lgan o‘z normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini to‘liq yoki qisman yo‘qotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-iyundagi 236-son qarori bilan tasdiqlangan “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalovchi organlar ro‘yxati”.
Qurol-yarog‘ va uning o‘q-dorilarini, himoyalanish vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini, agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani ishlab chiqish, ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish.
Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-martdagi 109-son qarori bilan tasdiqlangan “Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizom.
Bo‘shayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yo‘q qilib tashlash, utilizatsiya qilish, ko‘mib tashlash) va qayta ishlash.
Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish.
(1-ilovaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son — 2020-yil 30-yanvardan kuchga kiradi)
Yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash, yong‘indan darak beruvchi va yong‘indan saqlash signalizatsiyalarini loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 22-martdagi 136-son qarori bilan tasdiqlangan “Yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va yong‘indan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizom.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-martdagi 111-son qarori bilan tasdiqlangan “Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalada bo‘ladigan sohalardagi faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizom.
Axborotning kriptografik himoya vositalarini loyihalashtirish, ishlab chiqish, ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, ta’mirlash va ulardan foydalanish.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-noyabrdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan “Axborotning kriptografik himoya vositalarini loyihalashtirish, tayyorlash, ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, ta’mirlash va ulardan foydalanish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizom.
Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 9-iyuldagi 310-son qarori bilan tasdiqlangan “Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizom.
Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni va prekursorlarni olib kirish (olib chiqish), saqlash, realizatsiya qilish (berish), taqsimlash, tashish, ishlab chiqish va ishlab chiqarish, tayyorlash, yo‘q qilib tashlash, giyohvandlik vositalaridan, psixotrop moddalardan va prekursorlardan ilmiy va o‘quv maqsadlarida, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun, shu jumladan tibbiyotda va veterinariyada foydalanish, shuningdek tarkibida giyohvandlik moddasi bo‘lgan o‘simliklarni ilmiy maqsadlarda yetishtirish.
Giyohvandlik vositalarini va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida yetishtirish, olib kirish (olib chiqish), qayta ishlash, saqlash, realizatsiya qilish (berish), olish va tashish.
(to‘qqizinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi O‘RQ-612-sonli Qonuniga asosan to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyuldagi 315-son qarori bilan tasdiqlangan “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizom.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 3-noyabrdagi 479-son qarori bilan tasdiqlangan “Veterinariya faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizom.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-martdagi 92-son qarori bilan tasdiqlangan “Tibbiy faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizom.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 13-maydagi 91-son qarori bilan tasdiqlangan “Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi nizom.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-sentabrdagi 410-son qarori bilan tasdiqlangan “Ko‘priklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizom.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-sentabrdagi 410-son qarori bilan tasdiqlangan “Mudofaa obyektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizom.
Xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish hamda ulardan foydalanish.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-sentabrdagi 410-son qarori bilan tasdiqlangan “Xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizom.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 30-apreldagi 126-son qarori bilan tasdiqlangan “Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizom.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-sentabrdagi 410-son qarori bilan tasdiqlangan “Qurilish loyihalarining ekspertizasini o‘tkazish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizom.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-sentabrdagi 410-son qarori bilan tasdiqlangan “Balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizom.
Mahalliy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-avgustdagi 360-son qarori bilan tasdiqlangan “Mahalliy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizom.
Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-iyuldagi 636-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti.
Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-noyabrdagi 458-son qarori bilan tasdiqlangan “Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizom.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 9-iyuldagi 310-son qarori bilan tasdiqlangan “Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizom.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-martdagi 112-son qarori bilan tasdiqlangan “Qimmatbaho va nodir metallar, qimmatbaho toshlar qazib olish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizom.
Neft mahsulotlarini (avtobenzin, aviabenzin, ekstrabenzin, dizel yonilg‘isi, aviakerosin, mazut, pechka qoramoyi, neft bitumi, shuningdek texnik moylar va moylash materiallarini) realizatsiya qilish, bundan zavodda idishlarga qadoqlanganlari mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 289-son qarori bilan tasdiqlangan “Neft mahsulotlarini sotish bo‘yicha (neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotishdan tashqari) faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizom va “Neft mahsulotlarini avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari va moy almashtirish punktlari orqali sotish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizom.
(yigirma beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 14-noyabrdagi O‘RQ-584-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 30-dekabrdagi 285-son qarori bilan tasdiqlangan “Etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizom.
LexUZ sharhi
Qarang: “Banklarni ro‘yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2014, 08.10.2009-y.).
LexUZ sharhi
Qarang: “Tijorat banklariga chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun litsenziyalar berish qoidalari” (ro‘yxat raqami 463, 03.08.1998-y.).
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-noyabrdagi 506-son qarori bilan tasdiqlangan “Qimmatli qog‘ozlar blankalarini ishlab chiqarishni litsenziyalash to‘g‘risidagi”gi nizom.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 9-iyuldagi 308-son qarori bilan tasdiqlangan “Qimmatli qog‘ozlar bozorida kasbiy faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizom.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-maydagi 210-son qarori bilan tasdiqlangan “Baholash faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizom.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-son qarori bilan tasdiqlangan “Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokyerlarining sug‘urta faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
(o‘ttiz uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 25-fevraldagi O‘RQ-677-sonli Qonuniga asosan 2021-yil 27-maydan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2021-y., 03/21/677/0155-son)
LexUZ sharhi
Qarang: “Lombard faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 1291, 10.12.2003-y.).
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 16-iyuldagi 314-son qarori bilan tasdiqlangan “Lotereyalar tashkil etish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizom.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 9-martdagi 60-son qarori bilan tasdiqlangan “Advokatlik faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizom.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-noyabrdagi 523-son qarori bilan tasdiqlangan “Bojxona ombori faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizom.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-noyabrdagi 523-son qarori bilan tasdiqlangan “Boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizom.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-noyabrdagi 523-son qarori bilan tasdiqlangan “Erkin ombor faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizom.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 14-noyabrdagi 510-son qarori bilan tasdiqlangan “Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizom.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 11-iyundagi 275-son qarori bilan tasdiqlangan “Noshirlik faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizom.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 100-son qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizom, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-iyundagi 169-son qarori bilan tasdiqlangan “Nodavlat ta’lim muassasalarining chet tillarni o‘rganish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish sohasidagi faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi nizom.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 99-son qarori bilan tasdiqlangan “Diniy ta’lim muassasalarining faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizom.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 15-martdagi 72-son qarori bilan tasdiqlangan “Audiovizual asarlarni tayyorlash, dublyaj qilish va ekranda namoyish etish bo‘yicha faoliyat turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizom.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 15-martdagi 72-son qarori bilan tasdiqlangan “Audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash bo‘yicha faoliyat turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizom.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 9-dekabrdagi 354-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi nizom.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan “Birja faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizom.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-noyabrdagi 497-son qarori bilan tasdiqlangan “Turizm faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizom.
(qirq sakkizinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 14-noyabrdagi O‘RQ-584-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 5-noyabrdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan “Ulgurji savdo faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizom.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-sentabrdagi 190-son qarori bilan tasdiqlangan “Tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizom.
LexUZ sharhi
Qarang: “Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2093, 13.12.2010-y.).
Pirotexnika buyumlarini (harbiy maqsaddagi mahsulotlardan tashqari) ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yo‘q qilish va utilizatsiya qilish.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 25-oktabrdagi 234-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Pirotexnika buyumlarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yo‘q qilish va utilizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizom.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 10-maydagi 129-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizom.
Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar harbiy xizmatchilari hamda xodimlarining tasdiqlangan namunadagi formali kiyim-boshi savdosi bo‘yicha faoliyat.
Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlarini hamda boshqa buyumlarni ishlab chiqarish.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-oktabrdagi O‘RQ-494-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 03/18/494/1992-son)
Xususiy bandlik agentliklarining O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyati.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 16-oktabrdagi O‘RQ-501-sonli Qonuniga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2018-y., 03/18/501/2056-son)
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-avgustdagi O‘RQ-560-sonli Qonuniga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.08.2019-y., 03/19/560/3677-son — 2019-yil 1-dekabrdan kuchga kiradi)
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 14-noyabrdagi O‘RQ-584-sonli Qonuniga asosan ellik sakkizinchi va ellik to‘qqizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son — 2020-yil 3-fevraldan kuchga kiradi)
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 14-yanvardagi O‘RQ-602-sonli Qonuniga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2020-y., 03/20/602/0052-son)
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 22-yanvardagi O‘RQ-603-sonli Qonuniga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2020-y., 03/20/603/0071-son — 2020-yil 24-apreldan kuchga kiradi)
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 14-yanvarda qabul qilingan “Korxonalar (tashkilotlar) faqat maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) asosidagina shug‘ullanishga haqli bo‘lgan faoliyat turlarining ro‘yxati haqida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 4, 182-modda).
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining 1992-yil 26-noyabrda qabul qilgan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1992-yil 14-yanvarda qabul qilgan “Korxonalar (tashkilotlar) faqat maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) asosidagina shug‘ullanishga haqli bo‘lgan faoliyat turlarining ro‘yxati haqida”gi 516-XII-sonli qarorga qo‘shimchalar va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 2, 110-modda).
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Auditorlik faoliyati haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi qarorining 3-bandi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 16-modda).
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining 1993-yil 11-yanvarda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1992-yil 14-yanvarda qabul qilgan “Korxonalar (tashkilotlar) faqat maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) asosidagina shug‘ullanishga haqli bo‘lgan faoliyat turlarining ro‘yxati haqida”gi 516-XII-sonli qarorga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 2, 124-modda).
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 7-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorining uchinchi va beshinchi xatboshilari (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 6, 263-modda).
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Korxonalar (tashkilotlar) faqat maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) asosidagina shug‘ullanishga haqli bo‘lgan faoliyat turlarining ro‘yxati haqida”gi qaroriga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 330-modda).
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi qarorining 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 2, 51-modda).
8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining 1994-yil 18-aprelda qabul qilingan “Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar (tashkilotlar), shu jumladan chet el korxonalari va qo‘shma korxonalar faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosidagina shug‘ullanishga haqli bo‘lgan faoliyat turlarining Ro‘yxatiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 4, 109-modda).
9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1994-yil 6-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining ayrim qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorining to‘rtinchi xatboshisi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 5, 143-modda).
10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining 1994-yil 31-avgustda qabul qilingan “Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar (tashkilotlar), shu jumladan chet el korxonalari va qo‘shma korxonalar faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosidagina shug‘ullanishga haqli bo‘lgan faoliyat turlarining Ro‘yxatiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 8-9, 244-modda).
11. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1994-yil 23-sentabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining ayrim qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorining to‘rtinchi xatboshisi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 10, 258-modda).
12. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining X bo‘limi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda).
13. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining XIX bo‘limi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 56-modda).
14. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining III bo‘limi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 241-modda).
15. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining III bo‘limi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 20-modda).