Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.02.2025 16.07.2003 yildagi 315-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.02.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-oktabrdagi 725-sonli “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni litsenziyalash tartib-taomillari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida”gi qaroriga asosan 2025-yil 3-fevraldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida” hamda “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Giyohvandlik moddalarini nazorat qilish davlat komissiyasi bilan kelishgan holda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga litsenziyalar berish yuzasidan xulosalar tayyorlash boʻyicha ekspert komissiyalarining shaxsiy tarkibini va ular toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yil 1-oktabrgacha ushbu qaror talablariga muvofiq yuridik shaxslarga giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish (olib chiqish) faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga litsenziyalar berilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki, belgilangan tartibda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish (olib chiqish) faoliyati bilan shugʻullanayotgan hamda belgilangan muddatlarda litsenziya olmagan yuridik shaxslar giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish (olib chiqish) huquqidan qonun hujjatlariga muvofiq mahrum qilinadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida” 2001-yil 29-yanvardagi 56-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 1-son, 7-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri kotibiyatiga, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri F.Gʻ. Nazirov va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Z.A. Almatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.SULTONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2003-yil 16-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
315-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 16-iyuldagi
315-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni litsenziyalash tartibini belgilaydi, tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha boʻlgan kannabis oʻsimligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bogʻliq boʻlmagan sanoat maqsadlarida yetishtirish, olib kirish (olib chiqish), qayta ishlash, saqlash, realizatsiya qilish (berish), olish va tashish bilan bogʻliq faoliyatni litsenziyalash bundan mustasno.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-dekabrdagi 770-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 09/20/770/1603-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatini litsenziyalash Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi (keyingi oʻrinlarda litsenziyalovchi organ deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Litsenziyalovchi organda litsenziyalar berish toʻgʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqish, ularning muddatlarini uzaytirish, ular yuzasidan xulosalar tayyorlash uchun ekspert komissiyasi tashkil etiladi. Ekspert komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom va uning shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Giyohvandlik moddalarini nazorat qilish davlat komissiyasi bilan kelishgan holda litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi. Ekspert komissiyasi tarkibiga majburiy tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborat-tahlil markazi vakili kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspert komissiyasi majlislari har oyda kamida bir marta oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi va quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish (olib chiqish) va saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni sotish (berish), taqsimlash va saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni tashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni ishlab chiqish va saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni ishlab chiqarish, tayyorlash va saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun, shu jumladan tibbiyot va veterinariyada foydalanish va saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ilmiy va oʻquv maqsadlarida foydalanish va saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni yoʻq qilish va saqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibida giyohvandlik moddasi boʻlgan oʻsimliklarni yetishtirish va saqlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ichki ishlar, Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona organlarining ekspertiza va tezkor-qidiruv faoliyatida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirligining sud-ekspertiza muassasalari faoliyatida foydalanish litsenziyasiz amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son — 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatning bir necha turini amalga oshirish huquqiga litsenziya berilganda litsenziyada ushbu faoliyatning har qaysi turi koʻrsatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirish huquqiga namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirishga litsenziya 5 yil muddatga beriladi. Litsenziyani yoki litsenziya boʻyicha huquqlarni boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Litsenziya talablari va shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirishda quyidagilar litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs shtatida tegishli malakaga ega boʻlgan mutaxassislarning mavjud boʻlishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalanadigan faoliyatning aniq turini amalga oshirish boʻyicha, shu jumladan tegishli moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar, boshqa texnik vositalar boʻyicha belgilangan talablarga rioya etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalanayotgan faoliyat turini amalga oshirish uchun foydalaniladigan binolar, inshootlar, muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik asbob-uskunalarning mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq bilan litsenziya talabgorida mavjud boʻlishi;
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish, olib chiqish va ularning tranzitini Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini hisobga olgan holda, “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni hamda BMTning tegishli konvensiyalarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan ishlab chiqarishning texnologiya reglamentlariga koʻra belgilangan kvotalar doirasida RD Oʻz-19-01-96 (Dorivor vositalar ishlab chiqarishni va ularning sifatini nazorat qilishni tashkil etish qoidalari) talablariga muvofiq giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar ishlab chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyada va litsenziya bitimida koʻrsatilgan faoliyatni, shuningdek litsenziya bitimida koʻrsatilgan manzillar boʻyicha amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash, tashish xavfsizligiga rioya etilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan va vakolatli organ tomonidan berilgan ularning sifatini tasdiqlovchi hujjatga ega boʻlgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni sotish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Litsenziya bitimida mazkur Nizomning 8-bandida sanab oʻtilganlardan aniq litsenziya talablari va shartlari nazarda tutilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Yuridik shaxs shtatida surunkali ruhiy kasalliklar, narkomaniya, toksikomaniya, alkogolizm boʻyicha dispanser hisobida turgan, shuningdek qasddan sodir etilgan jinoyati uchun sud hukmini oʻtamagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan, oʻz xizmat vazifalariga koʻra giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni olishi mumkin boʻlgan shaxslarning boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Litsenziya olish uchun zarur hujjatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori litsenziyalovchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza, unda quyidagilar koʻrsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan oʻrni (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi hisob raqami; litsenziyalanayotgan faoliyatning yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilishi moʻljallanayotgan turi;
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar hududiy organining binoning giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash boʻyicha texnik talablarga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi;
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 503-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2018-y., 09/18/503/1458-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi organlarining binolarning yoki shart-sharoitlarning belgilangan talablarga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi;
(12-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi hududiy organining ishlab chiqarish sharoitlarining ekologiya talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi (prekursorlar ishlab chiqarish bilan bogʻliq faoliyat amalga oshirilganda);
(12-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirish uchun foydalaniladigan muhandislik kommunikatsiyalari va texnologiya asbob-uskunalariga mulk huquqini yoki boshqa ashyoviy huquqni tasdiqlovchi hujjat;
(12-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkalaridan foydalanishning qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlar;
(12-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Dori-darmonlar va tibbiyot texnikasi sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasining giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarni ishlab chiqarish sharoitlarining belgilangan standartlarga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi (giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar ishlab chiqarish bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirishda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining xulosasi (giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan veterinariyada foydalanilganda);
(12-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarning muomalada boʻlishi (saqlash, berish, sotish, tayyorlash, foydalanish, yoʻq qilish) sohasidagi masʼul xodim uchun oliy farmatsevtika maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplom (nusxasi olinib, asli qaytariladi) hamda uni lavozimga tayinlash toʻgʻrisidagi buyruq nusxasi.
(12-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalovchi organ litsenziya berish uchun boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan tartibda oʻzaro axborot hamkorligi yoʻli bilan, shu jumladan elektron tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu bandda nazarda tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 31-dekabrdagi 377-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 1-son, 9-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxsning roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi litsenziyalovchi organ tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlardan mustaqil ravishda, shu jumladan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Hujjatlar litsenziyalovchi organning ekspert komissiyasiga litsenziya talabgori tomonidan bevosita yoxud olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta aloqa vositasi orqali yetkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatlar litsenziyalovchi organ ekspert komissiyasi masʼul kotibi tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, roʻyxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi). Ekspert komissiyasi masʼul kotibi joyida boʻlmaganligi sababli hujjatlarni qabul qilishning rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Ekspert komissiyasi masʼul kotibi vaqtincha boʻlmagan taqdirda uning funksiyalarini litsenziyalovchi organ tomonidan, belgilangan tartibda belgilanadigan shaxs bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ishonchli boʻlmagan yoki buzilgan maʼlumotlar taqdim etilganligi uchun litsenziya talabgori Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Arizani koʻrib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasining koʻrib chiqilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya berish yuzasidan arizaning koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim summasi litsenziyalovchi organning bankdagi hisob raqamiga oʻtkaziladi. Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni litsenziyalash ushbu Nizomga ilova qilinayotgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya talabgorining barcha zarur hujjatlar bilan arizasi olingan kundan boshlab yigirma kundan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son — 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Litsenziya talabgorining barcha zarur hujjatlar bilan arizasi ular qabul qilingan kunda koʻrib chiqish uchun ekspert komissiyasiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspert komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni oʻn yetti kundan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqadi va ular yuzasidan litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida ekspert xulosasi tayyorlaydi.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son — 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Litsenziyalovchi organ ekspert komissiyasi xulosasi asosida uch kun muddatda litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya berishga qaror qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Litsenziyalovchi organ hamda litsenziatning oʻzaro huquq va majburiyatlarini belgilovchi litsenziya bitimida quyidagilar boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tomonlarning rekvizitlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan faoliyat turining nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziatga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyaning amal qilish muddati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatib oʻtilgan tur boʻyicha giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat amalga oshiriladigan manzil (shu jumladan tarkibiy boʻlinmalar manzillari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini litsenziyalovchi organ tomonidan nazorat qilish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyatning litsenziyalanadigan turi xususiyatlariga taalluqli boshqa shartlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya bitimi ikki nusxada - litsenziat va litsenziyalovchi organ uchun bir nusxadan tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Litsenziyalar maxsus blankalarda rasmiylashtiriladi. Litsenziya blankasi namunasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-dekabrdagi 488-son qaroriga muvofiq litsenziyalovchi organ tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalar blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi. Litsenziyalar blankalari litsenziyalovchi organ buyurtmasi boʻyicha “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi. Litsenziya blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun litsenziyalovchi organ rahbari javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Litsenziyalar litsenziya talabgori tomonidan belgilangan miqdorda davlat boji toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va u litsenziya bitimini imzolagandan keyin uch kun muddatda rasmiylashtiriladi va beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Agar litsenziat litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasa yoxud litsenziya bitimini imzolamasa, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya talabgori litsenziyalovchi organning litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori, shuningdek uning mansabdor shaxsi xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi kerak.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab yetti kundan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
(27-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son — 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayni vaqtda qayta taqdim etilgan hujjatlar ular qabul qilingan kunda koʻrib chiqish uchun ekspert komissiyasiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspert komissiyasi uch kundan ortiq boʻlmagan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni qayta koʻrib chiqadi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida ekspert xulosasi tayyorlaydi.
(27-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son — 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalovchi organ ekspert komissiyasi xulosasi asosida uch kun muddatda litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Litsenziya talabgori arizalarining qayta koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya talabgorining arizasini qayta koʻrib chiqishda ilgari litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikat berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Litsenziat oʻzgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir oy muddatda litsenziyalovchi organga koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
(29-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega litsenziatlar qoʻshib yuborilgan taqdirda, litsenziyani ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan tartibda qayta rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyaning amal qilishi litsenziyalanadigan faoliyat turining bir qismi (qismlari) uchun toʻxtatilgan taqdirda, litsenziya qayta rasmiylashtiriladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda koʻrsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Litsenziyalovchi organ litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish litsenziyalovchi organ tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza olingan kundan yoki litsenziyaning amal qilishini litsenziyalanadigan faoliyat turining bir qismi (qismlari) uchun tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
(31-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 884-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi litsenziyalovchi organning hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga koʻra amalga oshiriladi. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilish muddati oʻtgunga qadar ikki oydan kechikmay berilishi kerak. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Amal qilish muddati oʻtmagan yoʻqolgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya oʻrniga litsenziatning arizasiga koʻra uning dublikati berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziya dublikatlari berishda bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi litsenziyalovchi organning hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(33-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-oktabrdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2021-y., 09/21/661/0999-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazorat litsenziyalovchi organ tomonidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishda litsenziyalovchi organ oʻz vakolatlari doirasida:
Oldingi tahrirga qarang.
(35-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(35-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida paydo boʻladigan masalalar yuzasidan zarur axborotni litsenziatdan soʻrash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshirishlar natijalari asosida, litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishlarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziatga aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish yoki litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror chiqarish yoki sudga murojaat qilish.
(35-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirishda litsenziyalovchi organning tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ularning bittasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi litsenziyalovchi organda qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining tegishli ravishda 22—24-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish va toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Sud tomonidan litsenziyalovchi organ qarorining asossiz ekanligi eʼtirof etilgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziat oldida litsenziat koʻrgan zarar miqdorida javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. Litsenziyalar reyestri
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Litsenziyalovchi organ litsenziyalar reyestrini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalar reyestrida litsenziatlar toʻgʻrisida quyidagi asosiy maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalarning berilgan sanasi va tartib raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalarning amal qilish muddati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini toʻxtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatish asoslari va sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziyalarni bekor qilishning asoslari va sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dublikat berish asoslari va sanasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Litsenziyalarning reyestrlarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar litsenziyalovchi organning veb-saytiga joylashtiriladi va tanishib chiqish uchun ochiq boʻladi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-fevraldagi 26-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 6-son, 57-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IX. Davlat bojini toʻlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Litsenziya berilganligi va uning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Davlat boji respublika budjetiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar
va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan
bogʻliq faoliyatni litsenziyalash
toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni litsenziyalash sxemasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi Nizomda nazarda tutilgan roʻyxatga muvofiq litsenziya olish uchun hujjatlarni tayyorlaydi.

2. Litsenziyalovchi organ ekspert komissiyasiga hujjatlarni bevosita yoxud ularning olinganligi toʻgʻrisida bildirishnoma bilan pochta aloqasi orqali taqdim etadi.

Litsenziya talabgori — yuridik shaxs (ariza beruvchi)

1-bosqich

Litsenziya talabgori xohishiga koʻra

1. Litsenziyalovchi organ ekspert komissiyasi masʼul kotibi hujjatlarni roʻyxat boʻyicha qabul qiladi, uning nusxasi hujjatlarni qabul qilish sanasi koʻrsatilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).

2. Hujjatlar koʻrib chiqish uchun ekspert komissiyaga kiritiladi.

3. Qayta taqdim etilgan hujjatlar koʻrib chiqish uchun ekspert komissiyaga kiritiladi.

Litsenziyalovchi organ

2-bosqich

Hujjatlarni qabul qilish kunida

1. Hujjatlarni koʻrib chiqadi, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatiga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida ekspert xulosasi tayyorlaydi.

2. Litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar litsenziya talabgori tomonidan bartaraf etilgandan keyin qayta taqdim etilganda hujjatlarni koʻrib chiqadi.

1) — ariza olingandan kundan boshlab 27 kundan ortiq boʻlmagan muddatda;

2) — hujjatlar qayta taqdim etilgandan keyin 7 kun mobaynida

Ekspert komissiya

3-bosqich

1. Litsenziyalovchi organ ekspert komissiyasi xulosasi asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

2. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib hujjatlarni qayta taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan bildirishnoma yuboriladi (topshiriladi).

3. Litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qiladi Litsenziya berish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror bilan litsenziya talabgoriga imzolash uchun litsenziya bitimi yuboriladi.

4. Reyestrga tegishli yozuvni yozib qoʻyadi.

Litsenziyalovchi organ

1), 2), 3) — tegishli qaror qabul qilingandan keyin 3 kun mobaynida

4) —litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kunda

4-bosqich

Litsenziya berilganligi uchun davlat bojini toʻlaydi hamda litsenziya bitimini imzolaydi Ushbu shartlar bajarilmagan taqdirda litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.

Litsenziat

—litsenziya talabgoriga litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan vaqtdan boshlab uch oydan kechikmay

5-bosqich

1. Litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda hujjatlarni qayta taqdim etish huquqiga ega.

2. Litsenziya talabgorlarining arizalari qayta koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.

3. Litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.

 

Litsenziya talabgori

—litsenziya berishni rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddatda

1. Litsenziat tomonidan davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan hamda litsenziya bitimi imzolangan taqdirda tegishli litsenziya blankalarini rasmiylashtiradi

2. Litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziatga rasmiylashtirilgan litsenziyani beradi

— litsenziya bitimi imzolangandan va davlat boji toʻlangandan keyin uch kun muddatda

6-bosqich

Litsenziyalovchi organ

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 14-son, 114-modda; 2006-y., 20-21-son, 181-modda, 46-47-son, 458-modda; 2012-y., 6-son, 57-modda, 44-son, 507-modda; 2015-y., 1-son, 9-modda, 46-son, 584-modda; 2017-y., 33-son, 857-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son; 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 05.07.2018-y., 09/18/503/1458-son, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son, 07.12.2020-y., 09/20/770/1603-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son, 29.10.2021-y., 09/21/661/0999-son, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son; 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)