15.01.2024 yildagi PQ-22-son
Institut tomonidan kriminologiya sohasida buyurtma asosidagi ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalari 3-ilovaga muvofiq, tashabbus asosidagi ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalari 4-ilovaga muvofiq amalga oshiriladi;
Institut kriminologik tadqiqotlar natijalari bo‘yicha 5-ilovaga muvofiq ilmiy nashrlarni davriy ravishda chop etadi;
Institutning ilmiy tarkib lavozimlaridagi xizmatchilariga Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi “Ilmiy xodimlar mehnatini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 233-son qarori bilan belgilangan mehnatga haq to‘lashning tegishli bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari qo‘llaniladi hamda ularga avvalgi ish joyi bo‘yicha berilgan martaba darajalari uchun belgilangan ustama haqlari (mavjud bo‘lsa) saqlanib qoladi.

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Mas’ul vazirlik va idoralar

I. Kriminologik tadqiqotlarni amalga oshirish mexanizmlarini joriy etish

1.

Kriminologiya tadqiqot instituti to‘g‘risidagi nizomni, uning huzuridagi O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya kengashining ishlash tart�bini, Institutning ilmiy takliflari bo‘yicha huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar tomonidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish tartibini tasdiqlash.

Hukumat qarori loyihasi

2024-yil 15-mart

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Kriminologik faoliyat amaliyotidagi muammolarning kompleks ilmiy yechimlarini ishlab chiqish bo‘yicha Kriminologiya tadqiqot institutida buyurtma va tashabbus asosida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot loyihalari ro‘yxatini tasdiqlash.

Hukumat qarori loyihasi

2024-yil 25-mart

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev),

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda kriminologiya sohasida ilmiy-amaliy tadqiqotlarni o‘tkazish, jinoyatchilik omillarini ilmiy diagnoz qilish metodikalarini tasdiqlash:

kompleks ilmiy diagnoz asosida sud hukmi (ajrimi) chiqqan (jinoyat ishini tugatish to‘g‘risida qaror chiqqan) jinoyatlarning omillarini aniqlash mexanizmlari;

hududlar kesimida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish choralarining samaradorligini ilmiy jihatdan baholash, shuningdek, ilmiy tahlil, prognoz va diagnoz xulosalariga asoslangan holda, jinoyatchilik omillarini bartaraf etish choralarini belgilash tartibi;

ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalarini bajarish tartibi, ilmiy ishlanmalarni kriminologik faoliyat amaliyotiga joriy etish tizimi, ilmiy tahlil, prognoz va diagnoz xulosalariga asoslangan holda, qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalarni tayyorlash mexanizmlari.

Hukumat qarori loyihasi

2024-yil 15-mart

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev),

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev),

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(A. Kuldashev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

4.

Ilmiy diagnoz asosida jinoyatchilik omillarini aniqlash mexanizmlarini nazarda tutgan holda “E-jamoat havfsizligi” yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimining “Jinoyat omillari” modulini yaratish va ushbu tizimni ishga tushirish bilan bog‘liq barcha tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish (Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi).

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil 1-sentabr

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov)

5.

Ichki ishlar organlarida ilmiy faoliyatni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash, bunda dissertatsiya va ilmiy ishlanmalar ichki ishlar organlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan bo‘lishi, ularni amaliyotga joriy etish bo‘yicha yagona tartib belgilanishini nazarda tutish.

Idoraviy normativ hujjat

2024-yil 15-mart

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov)

6.

Latent jinoyatchilik tendensiyalarini tahlil va prognoz qilish, uning omillarini ilmiy diagnoz qilish metodikasini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish.

Bunda, quyidagi manbalarni tizimli ravishda metodika asosida kompleks o‘rganish orqali latent jinoyatchilikning tendensiyalari va omillarini aniqlash amaliyotini yo‘lga qo‘yish:

tergovga qadar tekshiruv hujjatlari (jinoyat haqidagi murojaatlar, jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risidagi qarorlar);

Internet va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan jinoyatchilik holatlari haqidagi xabarlar (shu jumladan, ularga yozilgan izohlar);

ijtimoiy fikrni o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqotlar natijalari.

Har chorak yakunida tahlil, prognoz va diagnoz natijalarini umumlashtirib, latent jinoyatchilikning tendensiyalari va omillari to‘g‘risida axborot-tahliliy hujjat tayyorlash va huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlarga kiritish tartibini belgilash.

Qo‘shma qaror

2025-yil fevral

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

7.

Kriminologiya tadqiqot instituti tomonidan jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida shartnoma asosida ekspertlik, ilmiy-tadqiqot, noshirlik, matbaa va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish bo‘yicha pullik xizmatlar ko‘rsatish tartibini belgilash.

Idoraviy normativ hujjat

2024-yil 10-aprel

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov)

8.

Iqtidorli yoshlarni kriminologik tadqiqotlarga tizimli ravishda jalb etish mexanizmlarini joriy etish. Shu jumladan, Kriminologiya tadqiqot instituti tomonidan har yili oliy ta’lim muassasalari bitiruvchi kursi magistrlari, tayanch doktorantlari va doktorantlari o‘rtasida “Kriminologiya bilimdoni” intellektual o‘yinini o‘tkazishni hamda uning g‘oliblarini munosib rag‘batlantirishni yo‘lga qo‘yish.

Qo‘shma qaror

2024-yil 15-mart

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Karimov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev),

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev)

II. Kriminologiya sohasida xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish

9.

Kriminologiya tadqiqot instituti hamda Koreya kriminologiya va adliya instituti o‘rtasida xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. Bunda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish:

Amaliy chora-tadbirlar

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov)

hamkorlik to‘g‘risida anglashuv memorandumini ishlab chiqish va imzolanishini tashkil etish;

2024-yil iyul — sentyabr

2024 — 2026-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash;

2024-yil iyul — sentyabr

Koreya kriminologiya va adliya instituti prezidenti va 4 nafar yetakchi kriminolog olimlarini Kriminologiya tadqiqot institutiga tashrifini tashkil etish;

2024-yil iyul — sentyabr

Kriminologiya tadqiqot institutida Koreya kriminologiya va adliya instituti olimlari ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasining Kriminologik faoliyat kodeksi loyihasini ishlab chiqish” nomli fundamental ilmiy-tadqiqot loyihasini amalga oshirish (tashabbus asosidagi tadqiqotni bajarish shaklida).

2024-2025-yillar

10.

Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda, jumladan uning grant mablag‘larini jalb etishda Koreya kriminologiya va adliya institutining uslubiy yordamidan foydalanish.

Amaliy chora-tadbirlar

Hamkorlik dasturiga asosan

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov)

11.

Germaniya Ichki ishlar vazirligining jinoyat omillarini aniqlash va bartaraf etish faoliyati, kriminologiya institutlari (Quyi Saksoniya Kriminologiya tadqiqot instituti, Maks Plank jinoyat, xavfsizlik va huquqni o‘rganish instituti) ishlash mexanizmlarini bevosita o‘rganish choralarini ko‘rish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil yanvar — mart

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov)

12.

Avstraliya Ichki ishlar vazirligining jinoyat omillarini aniqlash va bartaraf etish faoliyati, kriminologiya institutlari (Avstraliya kriminologiya instituti, Sidney kriminologiya instituti, Griff�t kriminologiya instituti) ishlash mexanizmlarini bevosita o‘rganish choralarini ko‘rish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil aprel — iyun

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov)

13.

Vengriya Ichki ishlar vazirligining jinoyat omillarini aniqlash va bartaraf etish faoliyati, shuningdek, Kriminologiya milliy instituti ishlash mexanizmlarini bevosita o‘rganish choralarini ko‘rish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil avgust — oktyabr

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov)

14.

O‘zbekistonda “Jahon kriminologiyasining ilg‘or tajribalari” mavzusida xalqaro forum o‘tkazish choralarini belgilash.

Hukumat farmoyishi loyihasi

2024-yil oktyabr

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov)

15.

Kriminologiya tadqiqot institutining rivojlangan xorijiy davlatlarning yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan manzilli hamkorlikni tashkil etish maqsadida qo‘shma kriminologik tadqiqotlarni amalga oshirishni yo‘lga qo‘yish.

Chora-tadbirlar dasturi

2024-2025-yillar

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov)

16.

Kriminologiya tadqiqot instituti huzurida Xalqaro ekspertlar kengashini tashkil etish va uning faoliyat yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha choralarni ko‘rish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil dekabr

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov)

17.

Kriminologiya tadqiqot instituti ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan xorijiy davlatlar kriminologiya tadqiqot institutlari bilan birgalikda xalqaro ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi doirasida “Jinoyatchilik darajasi” xalqaro reytingini tuzish va har yil yakunida e’lon qilib borish masalasini ishlab chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil dekabr

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov)

18.

Kriminologiya tadqiqot instituti BMTning jinoyatlarning oldini olish va jinoiy odil sudlov dasturi institutlari tarmog‘iga a’zo bo‘lishi bo‘yicha strategik chora-tadbirlarni belgilash.

Kompleks chora-tadbirlar dasturi

(2024 — 2026-yillar uchun)

2024-yil may

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov)

19.

Xorijiy davlatlar kriminologiya institutlari faoliyati va ishlash mexanizmlarini o‘rganish natijalarini umumlashtirish asosida yangi avlod ilmiy tashkiloti — “Smart ilmiy-tadqiqot muassasasi” konsepsiyasini ishlab chiqish va uni Kriminologiya tadqiqot instituti faoliyatida sinovdan o‘tkazish.

Qo‘shma qaror

2025-yil may

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Karimov)

III. Kriminologiya tadqiqot institutining ilmiy salohiyatini rivojlantirish

20.

Kriminologiya tadqiqot institutining ilmiy tarkib lavozimlariga qabul qilish tartibi hamda mezonlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoraviy normativ hujjat

2024-yil 15-fevral

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov)

21.

Kriminologiya tadqiqot instituti xodimlari va xizmatchilarining ilmiy faoliyatini baholash indikatorlarini belgilashni hamda baholash natijalari bo‘yicha bir yil davomida har oylik qo‘shimcha yakka tartibdagi ustamalarni to‘lashni nazarda tutuvchi mexanizmlarni joriy etish.

Bunda xodim va xizmatchilarning kriminologiya sohasiga oid samarali ilmiy-amaliy tadqiqotlarni o‘tkazishga, tadqiqotlar natijalaridan jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish yo‘nalishlarida foydalanishga qo‘shgan aniq hissasi darajasini hisobga oladigan asosiy mezonlar belgilanishini nazarda tutish.

Hukumat qarori loyihasi

2024-yil 15-aprel

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(A. Xaydarov)

22.

Kriminologiya tadqiqot instituti ilmiy-amaliy tadqiqotlar jarayoniga shartnoma asosida, shu jumladan yetakchi xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalaridan yuqori ilmiy-tahliliy mahoratga ega bo‘lgan malakali mutaxassislarni bir yilgacha muddatga jalb etish tartibini belgilash.

Idoraviy normativ hujjat

2024-yil 20-mart

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov)

23.

Statistik, “elektron surishtiruv va dastlabki tergov” yagona axborot tizimi, arxiv va boshqa ma’lumotlardan (qonunchilikka muvofiq foydalanish cheklangan ma’lumotlar bundan mustasno) foydalanish huquqini berish orqali Kriminologiya tadqiqot instituti ilmiy jarayonining huquqni qo‘llash amaliyoti bilan (cheklangan rejimda) uzviy bog‘lanishini ta’minlash.

Qo‘shma chora-tadbirlar

2024-yil 1-iyul

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev), manfaatdor vazirlik va idoralar

24.

Kriminologiya tadqiqot instituti huzurida O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya kengashining tarkibini, hisobot va rag‘batlantirish tizimini belgilash.

Idoraviy normativ hujjat

2024-yil 1-may

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov)

25.

Kriminologiya tadqiqot institutining veb-saytini yaratish va doimiy faoliyat yuritishini ta’minlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil 30-iyul

Ichki ishlar vazirligi

(Z. Kurbanov)

26.

Kriminologiya tadqiqot instituti tomonidan “Bir jinoyat omili va uning bartaraf etilishi” teleko‘rsatuvini tayyorlash va tizimli ravishda efirga uzatilishini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha choralarni belgilash.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil yanvardan boshlab

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

MTRK

(A. Xodjayev)

27.

Belgilangan tartibda tayyorlangan quyidagi maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihalarining ijrochi tashkilotini Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazidan Kriminologiya tadqiqot institutiga o‘zgartirgan holda ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi asosida ilmiy loyihani bajarish to‘g‘risidagi shartnomalarni rasmiylashtirish choralarini ko‘rish va ijroga qaratish:

“Ommaviy noroziliklarning oldini olish metodikasi va dasturiy ta’minotini ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish” nomli maqsadli amaliy ilmiy-tadqiqot loyihasi;

“Xavfsiz bolalik” tamoyili asosida hamkorlikda ishlash metodikasi va dasturiy ta’minotini ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish” nomli maqsadli amaliy ilmiy-tadqiqot loyihasi;

“Ichki ishlar organlari konvoy bo‘linmalari tomonidan konvoy ostidagi shaxslarni elektron brasletlar orqali nazorat qilishning apparat-dasturiy kompleksini yaratish” nomli maqsadli innovatsion ilmiy-tadqiqot loyihasi;

“Profilaktik hisob, ma’muriy nazorat va probatsiya nazoratidagi shaxslarning jamoat xavfsizligi xizmatiga kelib ro‘yxatdan o‘tishini ta’minlashda barmoq izini tanib olish tizimidan foydalanishning apparat-dasturiy kompleksini yaratish” nomli maqsadli innovatsion ilmiy-tadqiqot loyihasi;

“Probatsiya nazorati dasturiy ta’minotini ishlab chiqish” nomli maqsadli amaliy ilmiy-tadqiqot loyihasi;

“Ozodlikni cheklash jazosini o‘tayotgan shaxslarni masofaviy nazorat qilish apparat-dasturiy kompleksini yaratish” nomli maqsadli amaliy ilmiy-tadqiqot loyihasi.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil 30-mart

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(Sh. Turdikulova),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov)

28.

Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining Yo‘l harakati xavfsizligi muammolarini o‘rganish markazi faoliyatini qayta ko‘rib chiqib, tubdan takomillashtirish chora-tadbirlarini belgilash.

Bunda, jumladan, markazning ilmiy va uslubiy salohiyatini oshirish, moliyalashtirish tartibini belgilash, amaliyotga joriy etilayotgan tadqiqotlarni rag‘batlantirish, xodimlarning faoliyatini baholash mezonlarini kiritgan holda KPI tizimi asosida munosib pul ta’minoti tizimini joriy qilish nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil may

Ichki ishlar vazirligi

(B. Abdullayev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(A. Xaydarov)

IV. Dissertatsiya tadqiqotlarini amaliyotdagi muammolarni hal etishga samarali yo‘naltirish

29.

Kriminologiya”ni mustaqil ixtisoslik sifatida ajratib, uning predmetiga huquqbuzarlik profilaktikasi va ijtimoiy profilaktikani kiritgan holda ixtisoslik pasportini tasdiqlash masalasini ko‘rib chiqish.

Yuridik, sotsiologik, psixologik, pedagogik, tibbiy, atrof-muhit, raqamli kriminologiya, geokriminologiya kabi kriminologiyaning zamonaviy sohalarini hisobga olgan holda kriminologiya ixtisosligi bo‘yicha ilmiy daraja beriladigan fan tarmoqlarini belgilash.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil 1-oktabr

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(K. Karimov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

30.

Kriminologiya sohasidagi muammolarni chuqur va har tomonlama tadqiq etish uchun Kriminologiya tadqiqot institutida Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash (muassasalararo) faoliyatini yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil noyabr

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi

(A. Yusupov)

31.

Kriminologiya tadqiqot institutida “Kriminologiyaxalqaro ilmiy-amaliy jurnalini ta’sis etish bo‘yicha tashkiliy choralarni ko‘rish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025-yil yanvar

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov)

32.

Kriminologiya tadqiqot instituti va kriminologiya sohasida tadqiqotlarni olib boruvchi boshqa ilmiy tashkilotlar muassisligida “Kriminologik faoliyat” ilmiy-amaliy jurnalini ta’sis etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil noyabr

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

V. Kriminologiya tadqiqot institutini moddiy-texnik ta’minlash

33.

Kriminologiya tadqiqot institutini barcha zarur zamonaviy ilmiy-texnik uskuna, mebel va moddiy-texnik vositalar bilan ta’minlash bo‘yicha tashkiliy choralarni ko‘rish (Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi).

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil 20-aprel

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov)

34.

Kriminologiya tadqiqot instituti faoliyatini raqamlashtirish, ilmiy-amaliy tadqiqotlarni o‘tkazish va elektron ish yurituvini yo‘lga qo‘yish uchuntegishli uskunalar, qurilmalar, tarmoqlar va dasturiy mahsulotlarni xarid qilish hamda o‘rnatish bo‘yicha barcha zaruriy choralarni ko‘rish.

Hukumat qarori loyihasi

2024-yil 20-aprel

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(A. Xaydarov)

35.

Kriminologiya tadqiqot institutida texnik-muhandislik qo‘riqlov va kirish-chiqishni avtomatik nazorat qilish tizimi o‘rnatilishini ta’minlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil 30-aprel

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov)

36.

Kriminologiya tadqiqot institutining optik tolali liniya orqali yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulanishini ta’minlash (Ichki ishlar vazirligining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi).

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil 30-may

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov)

37.

Kriminologiya tadqiqot instituti imijini shakllantirish bo‘yicha zarur tashkiliy choralarni ko‘rish, jumladan Institut ramzlarini tasdiqlash va brendbukini yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil avgust — oktyabr

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov)

38.

Kriminologiya tadqiqot instituti uchun xizmat avtotransport vositalarini saqlash uchun limitni (3 ta shaxsiy biriktirilgan elektromobil, 4 ta navbatchi avtotransport vositasi, mobil ilmiy laboratoriya sifatida jihozlangan mikroavtobus) Ichki ishlar vazirligi uchun ajratilgan limitlarni qayta taqsimlash hisobiga ajratish hamda ularni Ichki ishlar vazirligining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan xarid qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil 30-may

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov)

39.

Kriminologiya tadqiqot institutining binolari ta’mirlanishini, uning avt�turargohi va ilmiy-ishlab chiqarish laboratoriyasi barpo etilishini ta’minlash choralarini ko‘rish (Ichki ishlar vazirligining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi).

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil 30-oktabr

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov)

40.

Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari, broshyuralar, bukletlar va boshqa adabiyotlarni nashr etish va tarqatish uchun Kriminologiya tadqiqot institutida tipografiyani tashkil etish va zarur bo‘lgan zamonaviy nashriyot uskunalari bilan jihozlash (Ichki ishlar vazirligining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi).

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil 30-noyabr

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov)

T/r

Ko‘rsatkich (indikator) nomi

O‘lchov birligi

2024-y.

2025-y.

2026-y.

2027-y.

2028-y.

2029-y.

2030-y.

I. Ilmiy kadrlar salohiyatini mustahkamlash va kriminologik tadqiqotlarni tashkil etish bo‘yicha

1.

Kriminologiya sohasi bo‘yicha ilmiy darajaga ega ilmiy tarkib xodimlari ulushi

Ilmiy tarkib xodimlari soniga nisbatan foizi

5

10

20

30

40

50

60

2.

Chet tilini V2 darajada bilishi bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega ilmiy tarkib xodimlari ulushi

Ilmiy tarkib xodimlari soniga nisbatan foizi

5

8

10

15

20

25

30

3.

Kriminologik faoliyat amaliyotiga joriy etilgan ilmiy ishlanmalar soni bo‘yicha “Jamoat xavfsizligi bo‘yicha tashabbus indeksi” (i-indeks) 3 va undan yuqori bo‘lgan ilmiy tarkib xodimlari ulushi

Ilmiy tarkib xodimlari soniga nisbatan foizi

-

8

16

25

35

40

50

4.

Iqtiboslar soni bo‘yicha “Xirsh” indeksi (h-indeks) 2 va undan yuqori bo‘lgan ilmiy tarkib xodimlari ulushi

Ilmiy tarkib xodimlari soniga nisbatan foizi

-

-

5

8

10

10

15

5.

Kriminologiya sohasida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish

Himoya qilingan dissertatsiyalar soni

-

5

5

5

10

10

15

6.

Kriminologiya sohasida ilmiy-tadqiqot va ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalarini amalga oshirish

Chop etilgan tadqiqot hisoboti soni

5

10

25

30

35

40

45

7.

Ilmiy ishlanmalarni kriminologik faoliyat amaliyotiga joriy etish

Tasdiqlangan xulosalar soni

-

5

10

15

20

25

30

II. O‘zbekiston kriminologiyasining nazariy asoslarini shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha

8.

O‘zbekiston kriminologiyasining nazariy asoslarini shakllantirish bo‘yicha ilmiy ta’riflar ishlab chiqish

Ilmiy ta’riflar soni

10

20

30

35

40

45

50

9.

O‘zbekiston kriminologiyasining nazariy asoslarini shakllantirish bo‘yicha ilmiy tasniflar ishlab chiqish

Ilmiy tasniflar soni

5

10

14

16

18

20

22

10.

O‘zbekiston kriminologiyasining nazariy asoslarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy takliflar ishlab chiqish

Ilmiy takliflar soni

10

30

40

50

60

65

70

11.

Kriminologik tadqiqotlar davlat hisobotini tayyorlash

Chop etilgan davlat hisoboti soni

1

1

1

1

1

1

1

12.

“Kriminologiyaning dolzarb masalalari” mavzusida respublika konferensiyasini o‘tkazish

Chop etilgan konferensiya materiallari to‘plami soni

1

1

1

1

1

1

1

13.

“Jahon kriminologiyasining ilg‘or tajribalari” mavzusida xalqaro forumni o‘tkazish

Chop etilgan forum materiallari to‘plami soni

1

1

1

1

1

1

1

III. Jinoyatchilik tendensiyalarini aniqlash va salbiy tendensiyalarni bartaraf etish bo‘yicha

14.

Jinoyatchilik tendensiyalarini aniqlash va salbiy tendensiyalarni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalarini bajarish

Chop etilgan tadqiqot hisoboti soni

5

7

9

11

14

16

18

15.

O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida jinoyatchilik tendensiyalarini aniqlash

Ilmiy xulosalar soni

5

10

14

16

18

20

22

16.

O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida jinoyatchilikning salbiy tendensiyalarini bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish

Ilmiy takliflar soni

5

15

24

26

28

30

32

17.

Jinoyatchilik tendensiyalari davlat hisobotini tayyorlash

Chop etilgan davlat hisoboti soni

2

4

4

4

4

4

4

IV. Jinoyatchilik omillarini aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha

18.

Jinoyatchilik omillarini aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalarini amalga oshirish

Chop etilgan tadqiqot hisoboti soni

-

7

9

11

14

16

18

19.

O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida jinoyatchilik omillarini aniqlash

Ilmiy xulosalar soni

10

30

35

35

40

40

45

20.

O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida jinoyatchilik omillarini bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish

Ilmiy takliflar soni

10

25

44

46

48

50

52

21.

Jinoyatchilik omillari davlat hisobotini tayyorlash

Chop etilgan davlat hisoboti soni

2

4

4

4

4

4

4

V. Xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish bo‘yicha

22

Xorijiy va xalqaro kriminologiya tadqiqot institutlari bilan ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish

Imzolangan memorandum soni

2

2

2

3

3

3

3

23

Ilmiy tarkib xodimlarining xorijiy va xalqaro kriminologiya tadqiqot institutlarida il�iy stajirovka o‘tashi

Stajirovka o‘tagan xodimlar soni

1

4

6

8

8

8

10

24

Ilmiy tarkib xodimlarining xorijiy va xalqaro kriminologiya tadqiqot institutlariga ilmiy xizmat safarlarini amalga oshirishi

Ilmiy xizmat safarlari soni

5

6

7

8

9

10

11

25

Amalga oshirilgan ilmiy xizmat safarlari natijasida xorijiy davlatlar kriminologiyasining ijobiy tajribalarini aniqlash

Ilmiy takliflar soni

10

15

15

20

25

30

35

26

Xorijiy davlatlar kriminologiyasi ijobiy tajribalarini kriminologik faoliyat amaliyotiga joriy etish

Tasdiqlangan xulosalar soni

-

10

14

16

18

20

22

27

Xorijiy va xalqaro kriminologiya tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqot va ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalarini bajarish

Yakunlangan loyihalar soni

-

1

1

2

3

4

5

28

Xorijiy va xalqaro kriminologiya tadqiqot institutlari ilmiy tarkib xodimlarining O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot institutida ilmiy stajirovka o‘tashi

Stajirovka o‘tagan xodimlar soni

1

4

6

6

8

8

10

29

Xorijiy va xalqaro kriminologiya tadqiqot institutlari ilmiy tarkib xodimlarining O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot institutiga ilmiy safarlarni amalga oshirishi

Ilmiy safarlar soni

1

6

7

8

8

9

9

30

“Kriminologiya” xalqaro ilmiy-amaliy jurnalining xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalari (Web of Science, Scopus va h.k.)ga kiritilishi

Ma’lumotlar bazalari soni

-

-

-

1

1

2

2

31

“Kriminologiya” xalqaro ilmiy-amaliy jurnali muassislari tarkibiga xorijiy va xalqaro kriminologiya tadqiqot institutlari kiritilishi

Jurnalning xorijiy muassislari soni

1

2

2

3

3

3

3

32

“Kriminologik faoliyat” ilmiy-amaliy jurnalida xorijiy va xalqaro kriminologiya tadqiqot institutlari ilmiy tarkib xodimlari bilan hammualliflikda maqolalarni nashr etish

Jami maqolalar soniga nisbatan foizi

-

10

15

20

25

30

35

VI. Ilmiy va moddiy-texnik bazani mustahkamlash hamda raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha

33.

“Kriminologik faoliyat” ilmiy-amaliy jurnalini chop etish

Chop etilgan jurnal sonlari

1

4

4

4

4

6

6

34.

“Kriminologiya” xalqaro ilmiy-amaliy jurnalini chop etish

Chop etilgan jurnal sonlari

1

2

2

2

2

4

4

35.

Milliy ilmiy resurslardan foydalanish imkoniyatini yaratish

Ma’lumotlar bazalari soni

1

2

2

2

3

3

3

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Kriminologiya tadqiqot instituti

Institutning Harakatlar dasturida yil davomida amalga oshiriladigan tashabbus asosidagi ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalari (16 ta sohaviy, 14 ta hududiy loyihalar) belgilash

Har yili dekabr oyining 25 sanasiga qadar

2-bosqich

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi

Institutning xarajatlar smetasida yil davomida amalga oshiriladigan tashabbus asosidagi ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalarini moliyalashtirish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni budjet mablag‘lari hisobidan ajratish

Har yilgi budjet parametrlariga asosan

3-bosqich

�riminologiya tadqiqot instituti

Tashabbus asosidagi ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalari hujjatlarini tayyorlash hamda ularni Ichki ishlar vazirligi Moliya va moddiy-texnika ta’minoti departamenti bilan kelishish

Loyiha tayyor bo‘lgandan so‘ng 5 ish kuni ichida

4-bosqich

Kriminologiya tadqiqot instituti

Tashabbus asosidagi ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalarining amalga oshirilishini o‘zining tadqiqot xarajatlari uchun ajratilgan budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish

(Moliyalashtirish miqdorini belgilashda Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son, 2020-yil 9-martdagi 133-son qarorlarida belgilangan zarur qoidalar inobatga olinadi)

Loyiha kelishilgandan so‘ng 5 ish kuni ichida

5-bosqich

Kriminologiya tadqiqot instituti

Kamida 3 kishidan iborat ilmiy-tadqiqot guruhlarini tuzgan holda ilmiy-tadqiqot loyihalarini jamoa bo‘lib amalga oshirish

Amaliy loyihalar 1 yil,

fundamental loyihalar 2-3 yil

6-bosqich

Kriminologiya tadqiqot instituti

Tashabbus asosidagi yakunlangan har bir ilmiy-tadqiqot loyihasi bo‘yicha tadqiqot hisobotini tayyorlash va uni Vazirlar Mahkamasiga kiritish

Loyiha yakunlangandan so‘ng 5 ish kuni ichida

7-bosqich

Vazirlar Mahkamasi

Tadqiqot hisobotini ko‘rib chiqish va uni amaliyotga joriy etish yuzasidan mas’ul davlat organlariga topshiriq berish

Loyiha kelib tushgan kundan 15 ish kuni ichida

8-bosqich

Mas’ul davlat organlari

Tadqiqot hisobotini amaliyotga joriy etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish

Topshiriqqa muvofiq belgilangan muddatda

Ilmiy nashr

Mazmuni

Chop etish muddati

Jinoyatchilik tendensiyalari davlat hisoboti

Ichki ishlar vazirligi Huquqiy statistika va tezkor-hisob ma’lumotlar markazining jinoyatlar haqidagi statistik ma’lumotlari bo‘yicha jinoyatchilik tendensiyalarini tahlil va prognoz qilish asosida tayyorlangan axborot-tahliliy hujjat

Har chorak yakunida

Jinoyatchilik omillari davlat hisoboti

Jinoyatlar omillarini metodika bo‘yicha ilmiy diagnoz qilish asosida tayyorlangan axborot-tahliliy hujjat

Har chorak yakunida

Kriminologik tadqiqotlar davlat hisoboti

Kriminologiya sohasi bo‘yicha bajarilgan ilmiy-tadqiqot, ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalari, dissertatsiyalar, ilmiy ishlanmalar natijalarini, ularning joriy etilganligi haqidagi xulosalarni tahlil qilish asosida tayyorlangan axborot-tahliliy hujjat

Har yil yakunida

Tadqiqot hisoboti

Yakunlangan ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasi natijalari bo‘yicha chop etiladigan monografiya shaklidagi ilmiy nashr

Loyiha yakunlangandan so‘ng

Dissertatsiya avtoreferati

Yakunlangan falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) dissertatsiyasi �atijalari bo‘yicha chop etiladigan risola shaklidagi ilmiy nashr

Dissertatsiya himoyasidan oldin

“Kriminologiyaning dolzarb masalalari” mavzusidagi respublika konferensiyasi materiallari to‘plami

Kriminologiya sohasi bo‘yicha milliy ilmiy va ta’lim tashkilotlari, jamoat xavfsizligini ta’minlovchi subyektlar malakali mutaxassislarini taklif etgan holda davriy ravishda o‘tkaziladigan konferensiya materiallari to‘plami va tadbir ishtirokchilari uchun tarqatma materiallar

Har yil yakunida

“Jahon kriminologiyasining ilg‘or tajribalari” mavzusidagi xalqaro forum materiallari to‘plami

Kriminologiya sohasi bo‘yicha xorijiy va xalqaro ilmiy tashkilotlar malakali mutaxassislarini taklif etgan holda davriy ravishda o‘tkaziladigan forum materiallari to‘plami tadbir ishtirokchilari uchun tarqatma materiallar

Har yil yakunida

“Kriminologiya yangiliklari” ilmiy to‘plami

Kriminologik faoliyat amaliyotiga joriy etilgan ilmiy ishlanmalar e’lon qilinadigan ilmiy to‘plam

Har chorak yakunida

“Kriminologiya” xalqaro ilmiy-amaliy jurnali

Ilmiy maqola shaklida tayyorlangan milliy va xorijiy kriminologik tadqiqotlar natijalari chop etiladigan, Kriminologiya tadqiqot instituti, xorijiy kriminologiya tadqiqot institutlari muassisligida ta’sis etiladigan xalqaro ilmiy nashr

Har chorak yakunida

“Kriminologik faoliyat” ilmiy-amaliy jurnali

Kriminologiya ixtisosligi bo‘yicha dissertatsiya, ilmiy-tadqiqot, ilmiy-amaliy tadqiqot, sotsiologik tadqiqot natijalari, shuningdek, ilmiy maqolalar e’lon qilinadigan ilmiy nashr

Har yarim yil yakunida

Kriminologiya o‘quv dasturi

Kriminologik tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda kriminologiya fani bo‘yicha chop etiladigan yangi avlod o‘quv-uslubiy qo‘llanmasi

Har yil yakunida

Kriminologiya darsligi

Kriminologik tadqiqotlar natijalari asosida kriminologiya fani bo‘yicha chop etiladigan yangi avlod o‘quv adabiyoti

Har uch yil yakunida