15.01.2024 yildagi PF-10-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasini ilmiy tadqiq qilish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda jamoat xavfsizligi va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasini ilmiy jihatdan taʼminlash, sohada ilm-fan yutuqlarini joriy etish boʻyicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bugungi kunda jinoyat oqibatlari bilan kurashishni emas, balki jinoyatchilikning asl omillarini aniqlash va oʻz vaqtida bartaraf etish orqali uning barvaqt oldini olishni ustuvor maqsadga aylantirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga respublikada kuzatilayotgan jinoyatchilik tendensiyalarini tahlil va prognoz qilish, jinoyatchilik omillarini ilmiy diagnoz qilish, qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish orqali ularni bartaraf etish, shuningdek, ilmiy tadqiqotlarni huquq-tartibot amaliyotidagi muammolarning manzilli hal etilishiga yoʻnaltirish mexanizmlarini tubdan isloh qilish zarurati yuzaga kelgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Ilm-fan va ilmiy faoliyat toʻgʻrisida”gi, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi qonunlarida va Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi konsepsiyasida belgilangan vazifalar ijrosini tashkil etish, shuningdek, jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasini ilmiy tadqiq qilish boʻyicha faoliyatni sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish hamda jinoyatlarning omillarini oʻz vaqtida bartaraf etish orqali ularni barvaqt oldini olish tizimi natijadorligini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot institutini (keyingi oʻrinlarda — Institut) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Institut faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikadagi kriminogen vaziyatga oid chuqur tadqiqotlarni amalga oshirish, jinoyatchilik tendensiyalarini tizimli ravishda tahlil va prognoz qilish, uning ijtimoiy, iqtisodiy, psixologik, maʼnaviy-maʼrifiy, huquqiy, tibbiy va tashkiliy omillarini kompleks ilmiy diagnoz asosida aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlar kesimida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish choralarining samaradorligini ilmiy jihatdan baholash, shuningdek, ilmiy tahlil, prognoz va diagnoz xulosalariga asoslangan holda, qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish orqali jinoyatchilik omillarini bartaraf etish choralarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-amaliy tadqiqot loyihalarini bajarish orqali kriminologik faoliyat amaliyotida mavjud muammolarni hal etish boʻyicha ilmiy asoslangan kompleks yechimlarni ishlab chiqish, ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy etish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoatchilik oʻrtasida shov-shuvga sabab boʻlgan jinoyatlarning omillarini aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini ishlab chiqishda belgilangan tartibda mutaxassis sifatida surishtiruv va dastlabki tergov organlariga uslubiy koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jahon kriminologiyasi va xorijiy davlatlar kriminologik faoliyat toʻgʻrisidagi qonunchiligining ilgʻor tajribalarini doimiy oʻrganish hamda uning natijalarini Oʻzbekiston Respublikasi sharoitlarida joriy etish boʻyicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kriminologiya sohasi boʻyicha mustaqil izlanuvchilik shaklida oliy malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash, talabgorlarni belgilangan tartibda ilmiy darajalar va ilmiy unvonlarga taqdim etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut kriminologik faoliyatni ilmiy va ekspertlik jihatdan taʼminlashga ixtisoslashgan, Ichki ishlar vazirligi tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi, yuridik shaxs maqomiga ega, respublika ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutning tashkiliy-shtat tuzilmasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazining faoliyatini tugatish hamda vazirlik va idoralar tizimidagi ilmiy tashkilotlarning shtat birliklarini bosqichma-bosqich maqbullashtirish hisobidan tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazining huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut oʻz vazifalarini har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari hamda mansabdor shaxslardan mustaqil ravishda amalga oshiradi, uning faoliyatiga toʻsqinlik qilish, tadqiqot hisobotidagi maʼlumotlarni oʻzgartirishi uchun taʼsir koʻrsatish taqiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutga Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan boshliq rahbarlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutning joriy tashkiliy va tashabbus asosidagi tadqiqotlar xarajatlari Ichki ishlar vazirligining budjet mablagʻlari, buyurtma asosidagi tadqiqot xarajatlari esa davlat organlari (buyurtmachilar)ning budjetdan tashqari mablagʻlari, pullik xizmatlarni koʻrsatish, milliy va xalqaro grantlar, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut har chorak yakunida kriminologiya sohasida bajarilgan ilmiy-tadqiqot loyihalari va dissertatsiyalar, jinoyatlar omillariga ilmiy diagnoz qoʻyish, jinoyatchilik tendensiyalarini tahlil va prognoz qilish natijalari asosida “Jinoyatchilik omillari davlat hisoboti” hamda “Jinoyatchilik tendensiyalari davlat hisoboti”ni, har yil yakunida — “Kriminologik tadqiqotlar davlat hisoboti” va kriminogen vaziyat yuzasidan tahliliy axborotni tayyorlaydi hamda ularni Vazirlar Mahkamasi va huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlarga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vazirligi huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar bilan birgalikda “Kriminologik tadqiqotlar davlat hisoboti”dan kelib chiqqan holda, har yil yakunida kelgusi yilda respublikamizda jinoyatchilik omillari va ularning salbiy tendensiyalarini bartaraf etish kompleks chora-tadbirlari boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqadi hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi har yil boshlanishida respublikamizda jinoyatchilik omillari va ularning salbiy tendensiyalarini bartaraf etish kompleks chora-tadbirlari boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlaydi hamda huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar tomonidan oʻz vaqtida ijro etilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy va oliy taʼlim muassasalarining kriminologik tadqiqotlar va kriminologiya fanini oʻqitish sohasidagi hamkorligini samarali tashkil etish maqsadida Institut huzurida Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya kengashi tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasi (A. Aripov) ikki oy muddatda mazkur Farmondan kelib chiqqan holda Institut toʻgʻrisidagi nizomni, uning huzurida Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya kengashining ishlash tartibini, Institutning ilmiy takliflari boʻyicha huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar tomonidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish tartibini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov) Institutni Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tumani, Buyuk Ipak yoʻli koʻchasi, 243-uy manzilida joylashtirish boʻyicha zarur tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 15-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-10-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-yanvardagi PF-10-son Farmoniga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 31-oktabrdagi “Jinoiy-huquqiy statistika tizimini tubdan takomillashtirish va jinoyatlarni tizimli tahlil qilish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5566-son Farmonining 7-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6196-son Farmonining 7-bandi toʻqqizinchi — oʻn beshinchi xatboshilari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-27-son Farmonida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-ilovaning 8-bandi oʻninchi xatboshisi “jamoat xavfsizligini taʼminlash” soʻzlaridan keyin “va kriminologiya” degan soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41-bandi ““Jamoat xavfsizligi asoslari” darsligini tayyorlash” soʻzlaridan keyin “, shuningdek, respublika taʼlim muassasalarida kriminologiya fani oʻqitilishini rivojlantirish” degan soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44-bandidan “Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47-bandida “Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-noyabrdagi “Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi PF-257-son Farmoni 2-bandining toʻqqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“tergovga qadar tekshiruv hujjatlari va jinoyat ishlarini oʻrganish asosida jinoyatlarni uning turlari kesimida tahlil qilish, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatini uslubiy va konsultativ taʼminlash”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 06/24/10/0031-son)