20.09.2022 yildagi 515-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoniga muvofiq budjet tashkilotlaridan tashqari barcha yuridik shaxslarda oxirgi olti oy davomida uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan ayollarga Davlat budjeti hisobidan homiladorlik va tug‘ish nafaqasi (keyingi o‘rinlarda — nafaqa) to‘lanishi belgilanganligi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2022-yil 25-iyuldagi PF-175-son Farmoniga muvofiq Moliya vazirligi tarkibida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etilganligi hamda davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa Jamg‘arma hisobidan to‘lanishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
8. Nafaqa ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha tayinlanadi va to‘lanadi.
11. “Tibbiyot” AT tomonidan ushbu Nizomning 10-bandidagi ma’lumotlar “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olingan ma’lumotlar asosida avtomatik tarzda tekshiriladi.
Ushbu bandning ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan asoslardan boshqa sabablar bilan noto‘g‘ri to‘langan nafaqa xatolikka yo‘l qo‘ygan tashkilot xodimidan belgilangan tartibda undiriladi.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Hududiy ambulator-poliklinika, tug‘ruqxona muassasasi mas’ul xodimi

Homilador xodimning mehnatga layoqatsizlik varaqasidagi elektron ma’lumotlarni “Tibbiyot” axborot tizimiga kiritadi.

Mehnatga layoqatsizlik varaqasi berilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida

2-bosqich

“Tibbiyot” axborot tizimi

1. Kiritilgan ma’lumotlarni “Elektron hukumat” tizimi orqali tekshiradi.

2. Tekshirilgan ma’lumotlarni “Yagona reyestr” ATga yo‘naltiradi.

Avtomatik tarzda

3-bosqich

“Yagona reyestr” axborot tizimi

1. Nafaqa oluvchining oxirgi 6 oy davomida usluksiz ish staji, mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlari, budjet tashkilotlarida ishlashi yoki ishlamasligini tekshiradi.

2. Nafaqa tayinlash to‘g‘risidagi qarorni avtomatik tarzda shakllantiradi.

3. To‘lov ro‘yxatlarini shakllantiradi.

4. Nafaqaning to‘lov shakli va muddati bo‘yicha nafaqa oluvchiga SMS-xabar yuboradi.

5. To‘lov ro‘yxatlarini AT “Xalq banki”ga taqdim etadi

Mehnatga layoqatsizlik varaqasi tizimga kiritilgan oydan keyingi oyning 4-sanasiga qadar

4-bosqich

Moliya vazirligi

Nafaqa to‘lash uchun mablag‘larni AT “Xalq banki”ga o‘tkazib beradi.

To‘lov amalga oshiriladigan oyning 4-sanasiga qadar

5-bosqich

AT “Xalq banki”

Nafaqa oluvchilarning bank plastik kartalariga to‘lovni amalga oshiradi.

To‘lov amalga oshiriladigan oyning 10-sanasiga qadar

Nafaqa oluvchining bank plastik kartasi bo‘lmaganda, nafaqani naqd pul ko‘rinishida to‘laydi.

To‘lov amalga oshiriladigan oyning 27-sanasiga qadar

Amalga oshirilgan to‘lovlar hamda to‘lanmagan mablag‘lar haqidagi elektron ma’lumotlarni “Yagona reyestr” ATga taqdim etadi.

To‘lov amalga oshiriladigan oyning oxiriga qadar