Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2026 29.06.2022 yildagi PQ-299-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2026
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtab boʻlgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PQ-388-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2026-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtab boʻlgan fuqarolarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish va ularning bandligini taʼminlash, ijtimoiy moslashuviga hamda kelgusida jamiyatda oʻz oʻrnini topishiga amaliy koʻmaklashish mexanizmlarini yanada takomillashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60-son Farmoniga muvofiq, ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtab boʻlgan fuqarolarga kelgusida jamiyatda oʻz oʻrnini topishiga amaliy koʻmaklashish uchun “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish tizimi joriy etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Har bir tuman (shahar)da tuman (shahar) hokimlari rahbarligida Ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtab boʻlgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashish boʻyicha “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish masalasini koʻrib chiquvchi idoralararo doimiy komissiyalar (keyingi oʻrinlarda — Idoralararo komissiyalar) tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtab boʻlgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashish boʻyicha “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtab boʻlgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashish boʻyicha “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish masalasini koʻrib chiquvchi idoralararo doimiy komissiyalarning namunaviy tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, 2022-yil 1-sentabrdan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo komissiyalar ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtab boʻlgan fuqarolarning tadbirkorlik, meʼmorchilik, hunarmandchilik kabi yoʻnalishlardagi aniq loyihalarini oʻrganib chiqish va moliyalashtirish boʻyicha asoslantirilgan xulosalarni tayyorlashga masʼul hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtab boʻlgan fuqarolarga “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi” mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan birinchi navbatda tuman (shahar) budjetlari mablagʻlari hisobidan, yetishmagan qismi boʻyicha esa — Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablagʻlari hisobidan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining oʻn baravari miqdorida beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish tartib-taomillari Moliya vazirligining “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali ochiq va shaffof tarzda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ichki ishlar vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-sentabrga qadar ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtab boʻlgan fuqarolar haqidagi maʼlumotlarning elektron almashinuvini taʼminlash maqsadida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga tegishli maʼlumotlar bazasini integratsiya qilish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Moliya vazirligi Ichki ishlar vazirligi hamda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda 2022-yil 1-sentabrga qadar “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish boʻyicha texnik imkoniyatlarni nazarda tutuvchi alohida modul yaratilishini va ishga tushirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2022-yil 1-sentabrga qadar Idoralararo komissiyalar faoliyatini tashkil etish uchun ularni zarur multimedia materiallari, mebel, kompyuter texnikasi va boshqa asbob-uskunalar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimliklari 2023-yil va keyingi yillar uchun tegishli budjetlar parametrlarini shakllantirishda ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtab boʻlgan fuqarolarga “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish bilan bogʻliq xarajatlarni nazarda tutib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-avgustdagi “Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-taomillarini avtomatlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4797-son qarori 3-bandining uchinchi xatboshisi “ehtiyojmandlik darajasini” soʻzlaridan keyin “, shuningdek, ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtab boʻlgan fuqarolar tomonidan taqdim etilgan tadbirkorlik, meʼmorchilik, hunarmandchilik kabi yoʻnalishlardagi loyihalarni” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning ijrosi uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi B.D. Islamov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 29-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-299-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-iyundagi PQ-299-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtab boʻlgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashish boʻyicha “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtab boʻlgan fuqarolarning (keyingi oʻrinlarda — koʻmak oluvchilar) ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashish boʻyicha “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni (keyingi oʻrinlarda — yordam puli) berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Yordam puli har bir koʻmak oluvchiga uning ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashish uchun tadbirkorlik, meʼmorchilik, hunarmandchilik kabi yoʻnalishlardagi loyihalarini amalga oshirishni moliyalashtirish maqsadida bir marta beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Yordam puli mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining oʻn baravari miqdorida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Yordam puli:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yilda — tuman (shahar) budjetlari qoʻshimcha mablagʻlari hisobidan, yetishmagan qismi boʻyicha esa — Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari qoʻshimcha mablagʻlari hisobidan ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil va keyingi yillar uchun — tuman (shahar) budjetlari mablagʻlari hisobidan, yetishmagan qismi boʻyicha esa — Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablagʻlari hisobidan ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Yordam puli “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Koʻmak oluvchilarga yordam pullari tuman (shahar) hokimlari rahbarligida tashkil etilgan Ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtab boʻlgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashish boʻyicha “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish masalasini koʻrib chiquvchi idoralararo doimiy komissiyalarning (keyingi oʻrinlarda — Idoralararo komissiyalar) qarorlari asosida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Idoralararo komissiyalar qarorlarini qabul qilish va ularning bajarilishini taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tuman (shahar) hokimi Idoralararo komissiyaga raislik qiladi va Idoralararo komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlarni tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Idoralararo komissiya raisi boʻlmaganda yoki uning topshirigʻiga koʻra Idoralararo komissiya yigʻilishlariga tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari raislik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ichki ishlar organlari probatsiya xizmati Idoralararo komissiyaning ishchi organi (keyingi oʻrinlarda — ishchi organ) hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi organ:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo komissiya yigʻilishlari kun tartibiga kiritiladigan masalalarni tayyorlaydi, yigʻilish bayonnomasini yuritadi va rasmiylashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo komissiya aʼzolariga Idoralararo komissiya yigʻilishi oʻtkaziladigan sana va joy toʻgʻrisida xabar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻmak oluvchilarning arizalari bilan ishlaydi va ularni koʻrib chiqish uchun Idoralararo komissiyaga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Idoralararo komissiya qarorlari uning yigʻilishida (sayyor yigʻilishida) ishtirok etadigan aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlganda, raisning ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo komissiyaning har bir aʼzosi qabul qilinayotgan qaror yuzasidan oʻz fikrini yozma ravishda bildirishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qarorlarni tezkor qabul qilish maqsadida Idoralararo komissiya raisi alohida masalalar yuzasidan Idoralararo komissiya aʼzolari oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazish orqali qaror qabul qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Idoralararo komissiya yigʻilishlarida (sayyor yigʻilishida) bayonnoma yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo komissiya yigʻilishlarida qabul qilingan qarorlar ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda xulosa bilan rasmiylashtiriladi va rais tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Idoralararo komissiya tomonidan qabul qilingan qarordan norozi boʻlgan uning aʼzosi tegishli qaror qabul qilingan kunning oʻzida taklif yoki fikrlarini yozma ravishda ishchi organga taqdim etishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Idoralararo komissiya qarorlarining bajarilishi Idoralararo komissiya raisi tomonidan nazorat qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yordam pulini berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Koʻmak oluvchilar jazoni oʻtab boʻlganidan keyin uch oy muddatda oʻz xohishiga koʻra ishchi organga oʻzining tadbirkorlik, meʼmorchilik yoki hunarmandchilik kabi yoʻnalishlardagi aniq loyihasini ilova qilgan holda ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda ariza taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi organga loyiha bilan birgalikda yordam pulini olish yoʻnalishi, qaysi maqsadlarda sarflanishi hamda loyiha natijasi boʻyicha kutilayotgan taxminiy daromad haqida maʼlumot ham taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ishchi organ uch ish kuni mobaynida arizani Idoralararo komissiyaga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo komissiya tomonidan oʻn ish kuni mobaynida ariza oʻrganib chiqiladi, koʻmak oluvchilar taqdim etgan loyihani moliyalashtirish maqsadga muvofiq yoki muvofiq emasligi yuzasidan xulosa tayyorlanadi hamda ariza tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Koʻmak oluvchilarning loyihasini moliyalashtirish maqsadga muvofiqligi yuzasidan xulosani tayyorlash quyidagi mezonlarga asoslanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshlamoqchi boʻlgan tadbirkorlik, meʼmorchilik yoki hunarmandchilik faoliyatining natijadorligi va daromadli ekanligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalla fuqarolar yigʻinining ijobiy tavsiyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kam taʼminlangan yoki yolgʻizligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qaramogʻida nogironligi boʻlgan yoki voyaga yetmagan farzandi borligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻp (4 va undan ortiq) farzandi borligi va moddiy koʻmakka muhtojligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
noturar joylarda istiqomat qilayotganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoralararo komissiya koʻmak oluvchilarning loyihasini ushbu mezonlarga qatʼiy rioya etgan holda xolisona baholaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Idoralararo komissiya koʻmak oluvchilar loyihasini moliyalashtirish maqsadga muvofiq emasligi yuzasidan xulosaga kelganda, koʻmak oluvchilarga taqdim etilgan loyihani takomillashtirish yoki yangi loyiha taqdim etish boʻyicha tavsiyalar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Koʻmak oluvchilar uch oy muddatda Idoralararo komissiyaning tavsiyalari asosida dastlabki taqdim etilgan loyihani takomillashtirgan holda yoki yangi loyihani taqdim etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, qayta taqdim etilgan loyihalarga ushbu Nizomning 15 — 17-bandlari tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Idoralararo komissiyaning koʻmak oluvchilar taqdim etgan loyihani moliyalashtirish yuzasidan kiritgan xulosasi Idoralararo komissiya raisi tomonidan tasdiqlangandan soʻng ishchi organ bir ish kuni mobaynida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga tegishli maʼlumotlarni kiritadi va xulosani tuman (shahar) hokimliklarining moliya boʻlimlariga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga tegishli maʼlumotlar kiritilgandan soʻng uch ish kuni mobaynida mazkur tizim orqali koʻmak oluvchilarning mobil telefon raqamiga yoki elektron pochta manziliga yordam puli ajratilganligi toʻgʻrisida xabar yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yordam pulini berish boʻyicha elektron toʻlov qaydnomalari tizimda avtomatik ravishda shakllantiriladi va AT “Xalq banki” tuman (shahar) boʻlimiga (filialiga) yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Tuman (shahar) hokimliklarining moliya boʻlimlari uch ish kuni mobaynida yordam pulini berish uchun tegishli mablagʻlarni AT “Xalq banki”ning tuman (shahar) boʻlimi (filiali) maxsus hisobvaragʻiga har oyning 5-sanasiga qadar oʻtkazib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. AT “Xalq banki” tuman (shahar) boʻlimi (filiali) bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻmak oluvchilarga yordam pulini toʻlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yordam puli toʻlanganligi toʻgʻrisida Idoralararo komissiyaga maʼlumot taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlanmagan mablagʻlarni tegishliligiga koʻra tuman (shahar) budjeti yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga qaytaradi hamda tegishli moliya boʻlimlariga elektron maʼlumot taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AT “Xalq banki”ga Moliya vazirligi bilan tuzilgan shartnomaga asosan koʻmak oluvchilarga beriladigan yordam pulining bir foizi miqdorida bank xizmat haqini toʻlab beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ishchi organ yordam puli berilgan vaqtdan boshlab bir yil davomida koʻmak oluvchilar loyihasining amalga oshirilish holatini (shu jumladan, yordam pulining maqsadli sarflanishini) har chorakda bir marta monitoring qiladi, monitoring natijasi boʻyicha maʼlumotnoma tayyorlaydi hamda uni Idoralararo komissiyaga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Koʻmak oluvchilarga yordam pulini berish uchun ajratilgan mablagʻlarning maqsadli foydalanilishi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtab boʻlgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashish boʻyicha “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtab boʻlgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashish boʻyicha “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Koʻmak oluvchi

Koʻmak oluvchi oʻzining tadbirkorlik, meʼmorchilik, hunarmandchilik yoki shu kabi boshqa yoʻnalishdagi aniq loyihasini ilova qilgan holda ishchi organga ariza taqdim etadi.

Jazoni oʻtab boʻlgandan keyin uch oy ichida

2-bosqich

Ishchi organ

Arizani Idoralararo komissiyaga kiritadi.

Uch ish kunida

3-bosqich

Idoralararo komissiya

1. Koʻmak oluvchining loyihasini oʻrganib chiqadi va moliyalashtirishning maqsadga muvofiqligi yoki yetarli asos mavjud boʻlmasa, moliyalashtirish muvofiq emasligi toʻgʻrisida xulosa tayyorlaydi.

2. Idoralararo komissiya tomonidan koʻmak oluvchining loyihasini moliyalashtirish maqsadga muvofiq emas deb topilganda, unga loyihani takomillashtirish yoki yangi loyihani taqdim etish boʻyicha tavsiyalar beradi.

Oʻn ish kunida

4-bosqich

Idoralararo komissiya raisi

Idoralararo komissiya tomonidan tayyorlangan koʻmak oluvchining loyihasini moliyalashtirish boʻyicha xulosani tasdiqlaydi.

Xulosa taqdim etilgan kunning oʻzida

5-bosqich

Ishchi organ

Idoralararo komissiyaning koʻmak oluvchi taqdim etgan loyihani moliyalashtirish yuzasidan kiritgan xulosasi Idoralararo komissiya raisi tomonidan tasdiqlangandan soʻng Moliya vazirligining “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga tegishli maʼlumotlarni kiritadi va xulosani tuman (shahar) hokimligining moliya boʻlimiga yuboradi.

Xulosa tasdiqlan-gandan keyin bir ish kunida

6-bosqich

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi

Koʻmak oluvchining mobil telefon raqamiga yoki elektron manziliga yordam puli ajratilganligi toʻgʻrisida xabar yuboriladi, yordam pulini berish boʻyicha elektron toʻlov qaydnoma (vedomost)lari shakllantiriladi.

Uch ish kuni ichida

7-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi moliya boʻlimi

Yordam pulini berish uchun zarur mablagʻlarni AT “Xalq banki” boʻlimi (filiali)ning maxsus hisobvaragʻiga oʻtkazib boradi.

Har oyning 5-sanasiga qadar

8-bosqich

AT “Xalq banki” boʻlimi (filiali)

Koʻmak oluvchiga yordam pulini toʻlaydi, Idoralararo komissiyaga yordam puli toʻlanganligi toʻgʻrisida elektron maʼlumot taqdim etadi, toʻlanmagan mablagʻlarni tegishliligiga koʻra tuman (shahar) budjeti yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga qaytaradi hamda tuman (shahar) moliya boʻlimiga elektron maʼlumot taqdim etadi.

Bir oy ichida

9-bosqich

Ishchi organ

Koʻmak oluvchi loyihasining amalga oshirilish holatini monitoring qiladi, monitoring natijasi boʻyicha maʼlumotnoma tayyorlaydi va Idoralararo komissiyaga kiritadi.

Yordam puli toʻlangan vaqtdan boshlab bir yil davomida har chorakda bir marta

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtab boʻlgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashish boʻyicha “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtab boʻlgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashish yuzasidan ularning tadbirkorlik, meʼmorchilik yoki hunarmandchilik kabi yoʻnalishlardagi loyihalarini oʻrganish natijalari boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XULOSA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Fuqaro ___________________________________________________________________

(F.I.O., tugʻilgan sanasi, yashash manzili)

____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ning “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni olish boʻyicha _______ yil ________dagi arizasi va ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashish yuzasidan tadbirkorlik, meʼmorchilik yoki hunarmandchilik kabi yoʻnalishlardagi loyihasini Idoralararo komissiya tomonidan oʻrganish natijalariga koʻra quyidagilar aniqlandi:

________________________________________________________________________________

(loyihani moliyalashtirish maqsadga muvofiq yoki muvofiq emasligi yuzasidan maʼlumotlar)

________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

XULOSA

1. Fuqaro _____________________ning loyihasini moliyalashtirish maqsadga muvofiq / muvofiq emas.

2. Fuqaro _____________________ga uch oy ichida Idoralararo komissiya tavsiyalari asosida dastlabki taqdim etilgan loyihani takomillashtirgan holda yoki yangi loyihani taqdim etishi mumkinligi tushuntirilsin.



___________ tuman (shahar) hokimi

________________
‎(imzo)‎

_______________(F.I.O.)‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtab boʻlgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashish boʻyicha “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

___________________________________ (tuman (shahar)
‎ Ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtab boʻlgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashish boʻyicha “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish masalasini koʻrib chiquvchi idoralararo doimiy komissiyaga ‎‎

“Dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni olish uchun

ARIZA

1. ________________________________________________________________

(F.I.O., tugʻilgan sana, tugʻilgan joyi)

Yashash manzili: ___________________________________________________ ________________________________________________________________________.

(doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha hisobga olingan joy)

Mobil telefon raqami: _____________________________________________.

Elektron pochta (agar mavjud boʻlsa): ________________________________.

2. Ushbu bilan menga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-iyundagi PQ-299-son qaroriga muvofiq ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtab boʻlgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashish boʻyicha “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni olishda amaliy yordam berishingizni soʻrayman.

3. Arizaga tadbirkorlik, meʼmorchilik yoki hunarmandchilik kabi yoʻnalishlardagi loyiha ilova qilinadi.

Ilova: “____” varaqda.

Toʻldirilgan sana ____________________________________________

Ariza beruvchining imzosi ___________________________________________

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-iyundagi PQ-299-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtab boʻlgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashish boʻyicha “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish masalasini koʻrib chiquvchi idoralararo doimiy komissiyalarning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Lavozimi boʻyicha

tuman (shahar) hokimi, Komissiya raisi

2.

Lavozimi boʻyicha

tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari, Komissiya raisi oʻrinbosari

3.

Lavozimi boʻyicha

tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazi boshligʻi

4.

Lavozimi boʻyicha

tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimi (boshqarmasi) boshligʻi

5.

Lavozimi boʻyicha

tuman (shahar) moliya boʻlimi boshligʻi

6.

Lavozimi boʻyicha

tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi

7.

Lavozimi boʻyicha

tuman (shahar) mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi

8.

Lavozimi boʻyicha

tuman (shahar) mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi boshligʻi

9.

Lavozimi boʻyicha

ichki ishlar organlari hududiy probatsiya inspektori, Komissiya kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2022-y., 07/22/299/0572-son)