Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari-turizm va madaniy meros vazirining funksional vazifalari, Turizm, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati hamda Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-apreldagi 147-sonli “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yangilangan ijro etuvchi tuzilmasi tasdiqlanganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm, madaniy meros va sport sohalarida davlat boshqaruvini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 18-fevraldagi PF-75-son Farmoni, “Turizm va madaniy meros vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2022-yil 18-fevraldagi PQ-135-son, “Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-iyundagi PQ-5143-son qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari tuzilmasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 22-fevraldagi 85-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — turizm va madaniy meros vazirining funksional vazifalari toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Turizm, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — turizm va madaniy meros vaziri A.A. Abduxakimov oʻn kun muddatda Turizm, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati hamda Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi rahbarlari va mutaxassislarining funksional vazifalari taqsimlanishini tasdiqlasin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — turizm va sport vazirining funksional vazifalari, Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati hamda Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2021-yil 7-iyuldagi 427-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — turizm va madaniy meros vaziri A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 12-may,
256-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 256-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — turizm va madaniy meros vazirining funksional vazifalari toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — turizm va madaniy meros vazirining (keyingi oʻrinlarda — Bosh vazir oʻrinbosari) funksional vazifalarini belgilaydi.
2. Bosh vazir oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi uning nomzodini maʼqullagandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadi.
Bosh vazir oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hisobot beradi.
3. Bosh vazir oʻrinbosari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (keyingi oʻrinlarda — Vazirlar Mahkamasi) qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Bosh vazir oʻrinbosarining faoliyati turizm, madaniyat, moddiy madaniy meros, kinematografiya va ommaviy axborot tizimini isloh qilishni muvofiqlashtirish bilan bogʻliq masalalarni hal etishga yoʻnaltirilgan.
5. Bosh vazir oʻrinbosari maqomiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining aʼzosi hisoblanadi va Vazirlar Mahkamasi Rayosati tarkibiga kiradi.
Bosh vazir oʻrinbosari Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida bevosita ishtirok etadi.
2-bob. Bosh vazir oʻrinbosarining asosiy faoliyat yoʻnalishlari, vazifalari va funksional majburiyatlari
6. Quyidagilar Bosh vazir oʻrinbosarining asosiy faoliyat yoʻnalishlari hisoblanadi:
2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi vazifalari hamda oʻrta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari oʻz vaqtida hamda samarali amalga oshirilishini taʼminlash chora-tadbirlarini tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni hamda “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq biriktirilgan vazirlik va idoralarda qonunchilik hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlari ijrosini samarali tashkil etish va monitoring qilishning taʼsirchan tizimini yaratish, tasdiqlangan tarmoq va hududiy rivojlanish dasturlarida belgilangan maqsadlarga erishishni soʻzsiz taʼminlash choralarini koʻrish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2021-yil 22-iyuldagi PQ-5189-son qaroriga muvofiq belgilangan vazifalarning amalga oshirilishini tashkil etish;
vazirliklar va idoralar hamda davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, parlament, deputat va Senat aʼzolari soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari soʻzsiz bajarilishini tashkil qilish yuzasidan monitoringni taʼminlash, shuningdek, joylardagi ishlarning real holatini doimiy oʻrganish, turizm, madaniyat, moddiy madaniy meros, kinematografiya va ommaviy axborot sohalaridagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;
keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish uchun tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻgʻrisida hisobotlar tayyorlanishini taʼminlash;
Hukumat, davlat boshqaruvi organlarining asosiy xalqaro reytinglar hamda indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining pozitsiyalarini yaxshilash boʻyicha ishlari samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlash;
joylarda “xalq bilan muloqot” va shaxsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish choralarini koʻrish, turizm, madaniyat, moddiy madaniy meros, kinematografiya va ommaviy axborot sohalarini yanada rivojlantirish, shu jumladan, aholining bandligi va real daromadlari oshirilishini taʼminlashni kafolatlovchi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
biriktirilgan vazirlik va idoralarda “mahallabay” ishlash tizimini joriy etish, shu orqali aholining daromadli mehnat bilan bandligini taʼminlash mexanizmlarini yangi bosqichga olib chiqish, ularni shu jumladan, yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirishga koʻmaklashishni taʼminlash;
mutasaddilik qilinadigan sohalar va tarmoqlarda iqtisodiy hamda ijtimoiy islohotlar amalga oshirilishining samaradorligi doimiy va tizimli asosda har tomonlama va tanqidiy tahlil qilinishini taʼminlash, aniqlangan muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish va kompleks vazifalarni amalga oshirish boʻyicha asosli takliflar tayyorlash;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali, shu jumladan, ilgʻor xalqaro tajribani oʻrganish asosida, zarur boʻlganda, ushbu maqsadlarga xorijiy konsultantlarni jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan oʻtkazish va koʻrib chiqish tizimini takomillashtirish;
turizm, madaniyat va moddiy madaniy meros obyektlarini davlat-xususiy sheriklik asosida samarali boshqarish tizimlarini joriy etish, obyektlarga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni hamda xalqaro moliya institutlarining grant mablagʻlarini jalb etish vazifalari amalga oshirilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻmitalari bilan yaqin oʻzaro hamkorlikni taʼminlash;
Vazirlar Mahkamasi apparatida, vazirliklar va idoralarda, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklarda ijro intizomi darajasini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, “yoʻl xaritalari”ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlash;
ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini yuzaga keladigan muammolar sabablari va sharoitlarini bartaraf etish, ishlarni tashkil etishning zamonaviy uslublarini joriy qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga qayta yoʻnaltirish maqsadida ayrim davlat funksiyalarini xususiy sektor subyektlariga berish orqali ortiqcha maʼmuriy tartibga solishni kamaytirish;
davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining moliyaviy imkoniyatlari, roli va javobgarligini kengaytirish, markaziy va oʻrta boʻgʻin boshqaruv xodimlari sonini optimallashtirish orqali boshqaruvning vertikal tizimi mexanizmlarini va ijro etuvchi hokimiyat organlarining oʻzaro hamkorligini takomillashtirish;
Turizm, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyatida (keyingi oʻrinlarda — Kotibiyat), Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasida (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya), shuningdek, ularga biriktirilgan vazirliklar, idoralar hamda xoʻjalik birlashmalarida kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, xodimlar malakasini oshirish va kadrlarning amaliy zaxirasini tayyorlashning samarali shakl va usullarini joriy etish;
davlat boshqaruvi tizimiga jumladan, strategik rejalashtirish va prognozlashtirishning zamonaviy shakllari, usullari va prinsiplari joriy etilishini muvofiqlashtirish;
Kotibiyat va Inspeksiyaga biriktirilgan barcha darajalardagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning rahbarlari faoliyatini aniq koʻrsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishish, yaqin, oʻrta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda turizm, madaniyat, moddiy madaniy meros, kinematografiya va ommaviy axborot sohalarini strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligiga asoslangan baholash tizimi joriy etilishini muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan muayyan sohalar va yoʻnalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida Hukumatning mavzuga oid sayyor (ochiq) hamda videokonferensiya aloqa shaklidagi majlislarini oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlanishini tashkil etish.
7. Quyidagilar Bosh vazir oʻrinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) turizmni jadal rivojlantirish sohasida:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 5-yanvardagi PF-5611-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2019 — 2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) muvofiq turizmni, avvalambor, xususiy sektorda rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, koʻrsatilayotgan xizmatlarning raqobatbardoshligini va sifatini oshirish, milliy turizm mahsulotini dunyo bozorida faol va kompleks ravishda targʻib qilish;
Konsepsiyaga muvofiq belgilangan quyidagi ustuvor vazifalarning amalga oshirilishini taʼminlash:
turizm faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, turizmni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan xalqaro meʼyor va standartlarni implementatsiya qilish;
turizm infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan, sohaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda maqbul va qulay turizm muhitini yaratishni taʼminlash;
transport logistikasini rivojlantirish, ichki va tashqi yoʻnalishlarni kengaytirish, transport xizmatlari sifatini oshirishni taʼminlash;
turizm bozorining turli segmentlariga yoʻnaltirilgan turizm mahsuloti va xizmatlarini diversifikatsiya qilishni taʼminlash;
respublika ichida turizm xizmatlariga boʻlgan ehtiyojni qondirishga yoʻnaltirilgan turizm faoliyati subyektlarining faolligini ragʻbatlantirishni taʼminlovchi ichki turizmni rivojlantirishni muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi turizm mahsulotini xalqaro va ichki turizm bozorlarida targʻib qilishni taʼminlash, mamlakatning sayohat qilish va dam olish uchun xavfsiz sifatidagi imijini mustahkamlash;
turizm tarmogʻi uchun kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish;
kirish va ichki turizmni, shuningdek, turizm infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleks dasturlarini, shu jumladan, respublikaning turizm salohiyatini tubdan oshirishga yoʻnaltirilgan turizmni rivojlantirish hududiy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish monitoringini yuritish ishlarini muvofiqlashtirish;
respublikaning tarixiy-madaniy merosini keng targʻib qilish, milliy turizm mahsulotlari va brendlarining xalqaro turizm bozorlariga kirib borishiga hamda hududlarda yangi turizm yoʻnalishlari tashkil etishga qaratilgan faol reklama-axborot siyosati amalga oshirilishini taʼminlash;
turizm sohasini davlat tomonidan va bozor orqali tartibga solishni maqbullashtirish, turizm xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish, turizm turlarini jadal rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning kreditlari va grantlarini turizm infratuzilmasini xalqaro standartlarga muvofiq rivojlantirishga jalb etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish ishlari tashkil etilishini taʼminlash;
turizmni rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan barcha toʻsiqlar va gʻovlarni bartaraf etish, turizm sohasida tadbirkorlik faoliyatini oshirishga har tomonlama koʻmaklashish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;
turizm sohasida milliy va nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish, turizm faoliyati amaliyotiga xalqaro va davlatlararo standartlar normalarini joriy etish, turizm sohasi uchun kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish ishlarini muvofiqlashtirish;
turizm zonalarini samarali boshqarishni tashkil etish, ularda qulay investitsiya muhitini yaratish va ularning salohiyatini targʻib qilish;
maxsus turizm zonalari boshqaruv kengashi va direksiyasining faoliyatini muvofiqlashtirish, uning tarkibini qayta koʻrib chiqish, aʼzolarini tayinlash va ularni ozod etish, shu jumladan, kengashning shaffof faoliyatini taʼminlash maqsadida xorijiy mutaxassislarni kengash tarkibiga jalb etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 13-avgustdagi PF-5781-son Farmoniga muvofiq turizm infratuzilmasidagi mavjud muammolarni hal etish, taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va jahon bozorlarida milliy turizm mahsulotlarini faol targʻib qilish, turizm tarmogʻining kadrlar salohiyatini kuchaytirish orqali turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish hamda respublikaga kirib kelayotgan xorijiy fuqarolar sonini keskin koʻpaytirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini kamaytirish uchun turizm sohasini qoʻllab-quvvatlashga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 28-maydagi PF-6002-son Farmoniga muvofiq koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsiri oqibatida eng koʻp zarar koʻrgan turizm hamda unga bevosita bogʻliq boʻlgan tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash, sohadagi ish oʻrinlarini va malakali mutaxassislarni saqlab qolish, ularning daromad manbalarini tashkil etish, shuningdek, mamlakatda sanitariya-epideomologik vaziyat yaxshilanishiga qarab turizm sohasini jadal qayta tiklash choralarini koʻrish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Boʻstonliq tumanida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish orqali turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-avgustdagi PF-6053-son Farmoniga muvofiq Boʻstonliq tumanining mahalliy boshqaruv tizimini takomillashtirish, tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning turistik salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish, hududga xorijiy va mahalliy turistlarni keng jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish, zamonaviy infratuzilma bilan taʼminlash, koʻrsatilayotgan turistik, mehmonxona, transport va boshqa xizmatlar turlarini kengaytirish va sifatini oshirish hamda shu orqali aholi bandligini taʼminlash, daromadlarini koʻpaytirish, turmush sharoitini yanada yaxshilash kabi vazifalarning amalga oshirilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 9-fevraldagi PF-6165-son Farmoniga muvofiq respublikada turizm bozorining turli segmentlariga yoʻnaltirilgan turizm mahsuloti va xizmatlarini diversifikatsiya qilish, ularning raqobatbardoshligini yanada oshirish, maqbul va qulay ichki va xalqaro ziyorat turizmi muhitini yaratish, transport yoʻnalishlarini kengaytirish, transport xizmatlari sifatini oshirish, turizm mahsulotlarini keng targʻib qilish, shuningdek, mamlakatimizning sayohat qilish va dam olish uchun xavfsiz manzil sifatidagi imijini mustahkamlash yuzasidan belgilangan dasturning oʻz muddatida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qatʼiy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 19-iyundagi PQ-4755-son qaroriga muvofiq turizm sohasini jadal surʼatlarda tiklash va mamlakatdagi sanitariya-epidemiologik vaziyat barqarorlashgandan soʻng uni rivojlantirishning yangi yoʻnalishlarini shakllantirish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalarning amalga oshirilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm, madaniyat, madaniy meros va sport sohalarini yanada rivojlantirish uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish toʻgʻrisida” 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-son Farmoniga muvofiq turizm va transport soha vakillarini qoʻllab-quvvatlash, turizm sohasiga yoshlarni keng jalb etish va ularning loyihalarini amalga oshirishga koʻmaklashish, tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalarning amalga oshirilishini taʼminlash;
b) madaniyat va sanʼatni rivojlantirish sohasida:
madaniyat va sanʼat muassasalari faoliyati sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 28-noyabrdagi PQ-4038-son qarorida nazarda tutilgan Oʻzbekiston xalqining milliy madaniy va maʼnaviy merosini asrash va koʻpaytirish, aholining madaniy saviyasini oshirish, yoshlarning ijodiy salohiyatini namoyon qilish va qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, madaniyat muassasalari, bolalar musiqa va sanʼat maktablarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, ular faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini roʻyobga chiqarish;
madaniyat muassasalari, jumladan, teatrlar, muzeylar, madaniyat markazlari, sirklar, istirohat va dam olish bogʻlari, hayvonot bogʻlari faoliyati samaradorligini oshirish va ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
aholining keng qatlamlari, ayniqsa, yoshlarni madaniy-ommaviy tadbirlar bilan toʻliq qamrab olishni taʼminlash, oʻsib kelayotgan avlodni musiqiy-estetik tarbiyalash tizimini takomillashtirish va milliy, mumtoz va zamonaviy sanʼatni targʻib qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
teatrlarni ommalashtirish orqali xalqning madaniy saviyasini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, jahon va milliy teatr rivojlanish tendensiyalarini hisobga olgan holda teatrlarning repertuarlari shakllantirilishiga, zamonaviy qahramon obrazini yaratishga koʻmaklashish, dramaturglar, rejissorlar va aktyorlar tayyorlashni takomillashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va sanʼat sohasining jamiyat hayotidagi oʻrni va taʼsirini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 26-maydagi PF-6000-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish, yangi Oʻzbekistonning yangi tarixini yaratish, moddiy va nomoddiy madaniy meros durdonalarini saqlash va targʻib etish, xalq ogʻzaki ijodiyoti va havaskorlik sanʼatini yanada ommalashtirish, yurtimizning jahon madaniy makoniga faol integratsiyalashuvini taʼminlash, madaniyat va sanʼat sohasini innovatsion rivojlantirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasining 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan maqsadli koʻrsatkichlari taʼminlanishini tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Opera va balet sanʼatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 27-dekabrdagi PQ-64-son qaroriga muvofiq mamlakatimizda opera va balet sanʼatini yanada rivojlantirish, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri faoliyatini takomillashtirish, milliy opera va balet sanʼatini keng targʻib etish, uning jahon sanʼat olamida tutgan oʻrni va mavqeyini yanada mustahkamlash boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalarning amalga oshirilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-son qaroriga muvofiq aholi, ayniqsa, olis hududlarda istiqomat qiladigan fuqarolarga madaniy dam olish xizmatlari koʻrsatish darajasini oshirish, respublikaning barcha hududlarida teatr, sirk va boshqa turdagi ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini tizimli ravishda yoʻlga qoʻyish, madaniyat va sanʼat sohasida isteʼdodli yosh ijodkorlarni izlab topish va qoʻllab-quvvatlash, taʼlim muassasalarini milliy cholgʻular, musiqa darsliklari, notalar toʻplamlari va oʻquv-metodik adabiyotlar bilan taʼminlashning yaxlit tizimini yaratish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalarning amalga oshirilishini taʼminlash;
v) kino sanʼati va sanoatini yanada rivojlantirish sohasida:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kino sanʼati va sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, sohani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2021-yil 7-apreldagi PF-6202-son Farmoniga muvofiq milliy kino sanʼatini rivojlantirishga qaratilgan islohotlarni tizimli davom ettirish, sohani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, yurtimizda jahon tajribasi asosida kino ishlab chiqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish, zamonaviy kinosanoat infratuzilmasini yaratish va kinoprokat tizimini rivojlantirish choralari koʻrilishini taʼminlash;
kinematografiya sohasini yanada rivojlantirish yuzasidan belgilangan quyidagi ustuvor vazifalarning amalga oshirilishin taʼminlash:
kino sanʼatini jamiyatning maʼnaviy, madaniy-maʼrifiy hayotida, jumladan, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda strategik manba sifatida shakllantirish;
kino sanoatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini bozor tamoyillari asosida takomillashtirish, shuningdek, xorijiy kinokompaniyalarni mamlakatga jalb qilish va hamkorlikda filmlar ishlab chiqarishni rivojlantirish;
kino sanoatini iqtisodiyotning alohida tarmogʻi sifatida rivojlantirish, zamonaviy va yuqori texnologik moddiy-texnik bazaga ega infratuzilmani yaratish;
kinematografiya sohasida kadrlar tayyorlash, kino ijodkorlari va texnik xodimlar malakasini oshirishning samarali tizimini yaratish;
milliy seriallar ishlab chiqarishni davlat tomonidan ragʻbatlantirish, animatsion filmlar ishlab chiqarishga yosh multiplikator va animatorlarni keng jalb qilish;
sohada mualliflik huquqining kafolatli himoya qilinishini taʼminlash, kinoprokat tizimini rivojlantirish va milliy filmlarni jahon kino bozorlariga olib chiqish;
jamiyatning madaniy va maʼnaviy hayotida, ayniqsa yoshlarni tarbiyalashda kino sanʼatining roli va ahamiyatini oshirish, kino mahsulotlarining gʻoyaviy-badiiy saviyasini oshirish, kino sanʼatini yanada takomillashtirish;
zamonaviy texnologiyalarni qoʻllagan holda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini oshirish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
kinostudiyalarni, ijodiy jamoalarni qoʻllab-quvvatlash, ularning manfaatlarini himoya qilish, kinematografiya sohasida tadbirkorlikni va raqobat muhitini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
kinematografiya sohasiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, sohaning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash;
milliy film va seriallar ishlab chiqarishni hamda hamkorlikda kinomahsulotlar yaratishni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash;
davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqarilgan filmlar prokatini bozor tamoyillari asosida tashkil etish;
mahalliy va xorijiy investorlarni milliy filmlarni ishlab chiqarish, prokatga berish va namoyish etishni moliyalashtirishga jalb qilish;
milliy filmlarni xorijiy tillarga hamda jahonning eng sara kino asarlarini davlat tiliga subtitrlashtirish va dublyaj qilishni moliyalashtirish;
milliy kino sanʼati asarlarining xalqaro kinofestivallarda ishtirok etishini taʼminlash hamda mahalliy va xalqaro kino tadbirlarni tashkil etish;
Oʻzbekiston kino arboblari ijodiy uyushmasi hamda faoliyat yoʻnalishi kino sanʼati va sanoati vakillarining huquqlarini himoya qilish boʻlgan nodavlat notijorat tashkilotlarini grant va ijtimoiy buyurtmalar orqali qoʻllab-quvvatlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent xalqaro kinofestivalini qayta tiklash va oʻtkazish toʻgʻrisida” 2021-yil 19-iyundagi PQ-5151-son qaroriga muvofiq milliy kino sanʼatining asriy anʼanalarini saqlash va rivojlantirish, ushbu sanʼat turi orqali mamlakatlar oʻrtasidagi doʻstlik, birodarlik rishtalarini mustahkamlash, xalqaro miqyosda ijodiy hamkorlik koʻlamini va madaniy aloqalarni kengaytirish hamda koʻp yillar davomida oʻtkazilib kelingan jahonga mashhur Toshkent xalqaro kinofestivalini qayta tiklash boʻyicha belgilangan vazifalarning amalga oshirilishini taʼminlash;
g) ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish sohasida:
aholining axborot bilan taʼminlanganlik darajasini va madaniy saviyasini oshirishga, milliy anʼanalarni, tarixiy va maʼnaviy merosni ehtiyotlab saqlashga yoʻnaltirilgan teleradio dasturlarning professional va badiiy saviyasini oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrish;
ommaviy axborot vositalarida axborot va boshqa materiallarni berish shakllari va usullarini muntazam takomillashtirish orqali demokratik islohotlarni amalga oshirishda, yoshlarning dunyoqarashini kengaytirishda, har xil axborot tahdidlarining oldini olishda, yoshlarning ongi va tafakkurini “ommaviy madaniyat”ning salbiy taʼsiridan himoya qilishda ommaviy axborot vositalarining roli va ahamiyatini yanada kuchaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
ommaviy axborot vositalarining mustaqilligini, ijtimoiy maqomini va jurnalist kasbining nufuzini, ommaviy axborot vositalari xodimlarining malakasi va mahoratini oshirish, yangicha fikrlaydigan jurnalist kadrlar tayyorlashni takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
ommaviy axborot vositalari faoliyatidan aholining xabardor boʻlishi uchun ommaviy axborot vositalari va davlat boshqaruvi hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari axborot xizmatlarining oʻzaro hamkorligi samaradorligini oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrish;
davlat boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati ochiqligi monitoringini olib borish, ularga biriktirilgan sohalarda amalga oshirilayotgan ishlarning maqsadlari, vazifalari, amalga oshirilishi va natijalari toʻgʻrisida keng jamoatchilikka oʻz vaqtida, xolisona va toʻliq axborot berish;
noshirlik, matbaa va kutubxona faoliyatini rivojlantirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda kitob mahsulotlari va boshqa bosma mahsulotlarni tarqatish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
kitob nashrlari sifatini oshirish, ularning aholi, eng avvalo, yoshlarning maʼnaviy va badiiy-estetik ehtiyojlariga muvofiqligini oshirish, milliy va jahon adabiyotining eng yaxshi namunalarini nashr etish chora-tadbirlarini koʻrish;
axborot-kutubxona markazlari tarmogʻini kengaytirish, axborot-kutubxona xizmatlarini koʻrsatish sifatini oshirish, jamiyatda kitob oʻqish madaniyatini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
axborot-kutubxona sohasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmini joriy etish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;
jurnalistlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash, mehnat sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlarini amalga oshirish, jurnalist kadrlarning kasb mahoratini oshirish tizimini takomillashtirishga koʻmaklashish;
d) moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasida:
Oʻzbekiston Respublikasining “Moddiy madaniy meros obyektlarining muhofaza qilinishi kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” qonuni Davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros obyektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazishning oldini olish yuzasidan taʼsirchan choralar koʻrish;
Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini qayta shakllantirish va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlash;
“Buxoro”, “Samarqand”, “Ichan qalʼa”, “Sarmishsoy”, “Shahrisabz”, “Termiz” va “Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonalarini tegishli darajada muhofaza qilish, konservatsiya qilish va asrab-avaylash, obyektda arxeologik qidiruv ishlari, arxeologiya qazishmalari va arxeologiya nazoratini tashkil etish ishlarini nazorat qilish;
alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar, shu jumladan, YUNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan obyektlar holati boʻyicha umumiy monitoring olib borilishini taʼminlash;
alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarni, shu jumladan, YUNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan obyektlarni boshqarish rejalari ishlab chiqilishini tashkil etish;
YUNESKO Umumjahon merosi obyektlarini samarali muhofaza qilish maqsadida ilgʻor mamlakatlar tajribasini oʻrganish maqsadida xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar, tarixiy-madaniy qimmatiga koʻra, YUNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan obyektlar hududlarida qurilish-montaj va obodonlashtirish ishlarini umumbashariy bemisl qimmatiga salbiy taʼsir etmagan holda amalga oshirilishining nazoratini taʼminlash;
moddiy madaniy meros koʻchmas mulk obyektlarining alohida muhim tarixiy-madaniy qismlari va badiiy bezaklari saqlanishini ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash, ularni toʻliq fotofiksatsiya va identifikatsiyalash ishlarini muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi faoliyatini tashkil etish hamda sohani innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 19-iyundagi PQ-5150-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston xalqining boy tarixi va madaniyatini aks ettiruvchi noyob va nodir madaniy merosini asrab-avaylashni kuchaytirish, sohani raqamlashtirish, innovatsion rivojlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, jahonning ilgʻor tajribalarini samarali qoʻllash boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalarning amalga oshirilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm, madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 30-oktabrdagi PQ-5270-son qaroriga muvofiq madaniy meros va muzeyshunoslik sohalarida xalqaro standartlarga mos uzluksiz taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, mehnat bozorining zamonaviy talablariga muvofiq yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash jarayonini yoʻlga qoʻyish, fan, taʼlim va ishlab chiqarishning integratsiyasini taʼminlash boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalarning amalga oshirilishini taʼminlash;
madaniy boyliklarning olib kirilishi va olib chiqilishi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi va samarali bajarilishini tahlil qilish, ularni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek, xalqaro shartnomalar va umumeʼtirof etilgan normalarni milliy qonunchiligimiz nuqtai nazaridan atroflicha oʻrganish ishlarini nazorat qilish;
chet mamlakatlarda saqlanayotgan madaniy boyliklarni yurtimizga qaytarish yuzasidan muzokaralar olib borish va zarur choralar koʻrish yuzasidan takliflar tayyorlash ishlarini nazorat qilish;
mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid xorijdagi madaniy boyliklarni aniqlash, ularning toʻliq maʼlumotlar bazasini yaratish, muntazam yangilab borish hamda asl yoki koʻchirma nusxalari, foto va videotasvirlarini yurtimizga olib kelish ishlarini muvofiqlashtirilishini tashkil etish;
(7-bandning “d” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-noyabrdagi 662-sonli qaroriga asosan oʻn ikkinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2022-y., 09/22/662/1030-son)
e) “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
mutasaddilik qilinadigan tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda “yoʻl xaritalari”ga kiritish uchun xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan, shuningdek, tegishli tarmoqlarda va respublika hududlaridagi muammoli masalalar boʻyicha takliflar tayyorlanishini tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy mamlakatlarga tashriflari va respublika hududlariga safarlari natijalariga koʻra, Bosh vazir oʻrinbosarining vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha tasdiqlangan “yoʻl xaritalari” bajarilishining tizimli nazoratini muvofiqlashtirish;
vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va tijorat banklari rahbarlarining “yoʻl xaritalari” amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi hisobotlari, batafsil axborotlari, materiallari taqdim etilishini taʼminlash hamda muhokama qilish uchun Vazirlar Mahkamasi majlisiga kiritish;
muayyan holatlar boʻyicha tegishli choralar koʻrish uchun ommaviy axborot vositalarida va boshqa manbalarda, shu jumladan joylarga borgan holda jamoatchilik fikrini oʻrganishni taʼminlash.
8. Bosh vazir oʻrinbosari oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan turizm, madaniyat, moddiy madaniy meros, kinematografiya va ommaviy axborot sohalarida islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislar oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlanishi va kiritilishini tizimli asosda taʼminlaydi;
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida, Bosh vazir huzurida koʻrib chiqish uchun i rejalashtirilgan tegishli masalalar tayyorlanishi va kiritilishini taʼminlaydi;
mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning oʻta muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan konsepsiyalar, davlat dasturlari hamda “yoʻl xaritalari” loyihalarining tayyorlanishi va Bosh vazir, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilinishini taʼminlaydi;
Kotibiyat va Inspeksiya rahbarlari hamda mutaxassislarining aniq koʻrsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan faoliyatini tizimli baholaydi;
ijro etuvchi hokimiyat tegishli organlarining rahbarlariga yuklangan vazifa hamda funksiyalarning samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy roli va masʼuliyatini oshirish choralarini koʻradi;
tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻgʻrisida har choraklik hisobotlar tayyorlanishini va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etilishini taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli xizmatlari bilan hamkorlik qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga binoan tegishli tarmoqlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda iqtisodiy islohotlarning bajarilishini muvofiqlashtirib boradi;
Kotibiyat va Inspeksiyaga bevosita rahbarlik qiladi;
Kotibiyat va Inspeksiyaga biriktirilgan tashkilotlarning oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
aniq sohalar va yoʻnalishlarni rivojlantirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy safarlari va respublika hududlariga tashriflari yakunlari boʻyicha belgilangan topshiriqlar hamda vazifalarni bajarish boʻyicha “yoʻl xaritalari” ishlab chiqilishi, amalga oshirilishi va monitoringi olib borilishini muvofiqlashtiradi;
Hukumat aʼzolari hisoblangan va Kotibiyat va Inspeksiyaga biriktirilgan vazirlar hamda davlat qoʻmitalari raislari lavozimlariga nomzodlar boʻyicha takliflarni Bosh vazir bilan kelishgan holda, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi maʼqullashi uchun belgilangan tartibda kiritadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari nomenklaturasiga kiradigan va biriktirilgan xoʻjalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari lavozimlariga nomzodlar boʻyicha takliflarni keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri maʼqullashi uchun belgilangan tartibda kiritadi;
vazirliklar va idoralar biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasining ayrim funksiya va vazifalarini ularga berish boʻyicha takliflar kiritadi;
turizm, madaniyat, moddiy madaniy meros, kinematografiya va ommaviy axborot sohalariga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlaydi, hujjatlarning tayyorlangan loyihalariga viza qoʻyadi;
tegishli hujjatlar qabul qilingandan soʻng ularning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazorat tashkil etilishini taʼminlaydi;
qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarining ekspertizadan oʻtkazilishi va sifatli tayyorlanishini tashkil etish masalalarida Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan hamkorlik qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari”, Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda farmoyishlarining ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlaydi;
Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan birgalikda Kotibiyat mudiri, uning oʻrinbosari, shuʼba mudiri va mutaxassislarini, shuningdek, Inspeksiya boshligʻi, uning oʻrinbosari va mutaxassislarini lavozimlariga kadrlar tanlaydi;
(8-bandning yigirmanchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-noyabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2022-y., 09/22/662/1030-son)
Kotibiyat mudiri, uning oʻrinbosari, shuʼba mudiri va mutaxassislarini, shuningdek, Inspeksiya boshligʻi, uning oʻrinbosari va mutaxassislarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ragʻbatlantirish va ularga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
(8-bandning yigirma birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-noyabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2022-y., 09/22/662/1030-son)
Kotibiyat va Inspeksiyada hamda ularga biriktirilgan davlat boshqaruvi organlarining markaziy apparatlarida kadrlarni tanlash va amaldagi zaxirasini shakllantirish tizimini takomillashtirish ishlarini tizimli asosda tashkil etadi;
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi.
9. Bosh vazir oʻrinbosari tegishli idoralararo kollegial organlarga rahbarlik qiladi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarlik qiladigan idoralararo kollegial organlar faoliyatini hamda ularning qarorlari bajarilishini tashkil etish yuzasidan nazoratni taʼminlaydi.
3-bob. Bosh vazir oʻrinbosarining huquqlari va javobgarligi
10. Bosh vazir oʻrinbosari oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
biriktirilgan vazirliklar va idoralar kollegial organlarining, xoʻjalik birlashmalari majlislarida, shuningdek, Bosh vazir topshiriqlariga koʻra — davlat boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning oʻzi yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yigʻilishlarida ishtirok etish;
davlat boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlar rahbarlari hamda vakillarini Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtincha ishchi guruhlar tuzish;
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablari buzilgan holda keladigan hujjatlarni qaytarish.
Bosh vazir oʻrinbosarining zarur materiallar, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari va topshiriqlari uning tomonidan belgilangan muddatlarda bajarilishi shart.
Bosh vazir oʻrinbosarining oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha vazirliklar va boshqa tashkilotlar rahbarlariga beriladigan topshiriqlari belgilangan tartibda bajarilishi majburiydir.
11. Bosh vazir oʻrinbosari:
ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida koʻrsatilgan vazifalar va funksiyalarning tegishli darajada va sifatli bajarilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va uning vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;
qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Bosh vazir oʻrinbosari oldiga bevosita qoʻyilgan vazifalarning tegishli darajada va samarali bajarilishi;
oʻzi rahbarlik qiladigan sohadagi ishlarning holati, davlat boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining tegishli ravishda muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, uning vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishi;
oliy darajadagi xorijiy tashriflar, shuningdek, oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha respublika hududlariga tashriflar yakunlari asosida tasdiqlanadigan “yoʻl xaritalari”ning tegishli ravishda va samarali bajarilishi;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish holatining har tomonlama va chuqur tahlil qilinishi, investitsiya (davlat) dasturlari va hududlarni rivojlantirish dasturlarining shakllantirilishi, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalarining tashkil etilishi va hal qilinishi;
tegishli vazirliklar va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, parlament, deputat va Senat aʼzolari soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari soʻzsiz bajarilishining monitoringi olib borilishi;
joylardagi real ahvolni doimiy oʻrganish, iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari loyihalarining davlat manfaatlarini taʼminlash, iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan va ulardagi masalalarning barcha manfaatdor tuzilmalar bilan bogʻliq holda puxta ekspertizadan oʻtkazilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son, “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2021-yil 22-iyuldagi PQ-5189-son qarorlariga, shuningdek Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 28-iyuldagi 467-son va “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qarorlariga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishi uchun javob beradi.
4-bob. Bosh vazir oʻrinbosarining faoliyatini tashkil etish
12. Bosh vazir oʻrinbosarining ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari hamda Kotibiyat va Inspeksiyaning ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Kotibiyat va Inspeksiyaning ish rejalari Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadi.
13. Bosh vazir oʻrinbosarining Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlarining Kotibiyat va Inspeksiyaga biriktirilgan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarda amalga oshirilishining tizimli monitoringini taʼminlash boʻyicha faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq kompleks oʻrganishlarni amalga oshirish, Vazirlar Mahkamasi hamda uning Rayosati majlislarida hisobotlarni eshitish yoʻli bilan tashkil etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 256-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Turizm, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Turizm, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati (keyingi oʻrinlarda — Kotibiyat) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
2. Kotibiyatning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vazirini, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini (keyingi oʻrinlarda — Vazirlar Mahkamasi), uning Rayosatini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatini turizm, madaniyat, kinematografiya va ommaviy axborot masalalari tizimi islohotlarini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha axborot-tahliliy materiallar bilan taʼminlashga yoʻnaltirilgan.
3. Kotibiyat oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Kotibiyat oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Kotibiyat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — turizm va madaniy meros vaziriga (keyingi oʻrinlarda — Bosh vazir oʻrinbosari) boʻysunadi, bir vaqtning oʻzida uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
5. Kotibiyat oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
2-bob. Kotibiyat faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, vazifalari va funksiyalari
6. Quyidagilar Kotibiyat faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
“Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan asosiy prinsipni oʻz vaqtida, aniq va toʻliq hajmda amalga oshirish;
2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi vazifalari, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasini hamda oʻrta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni hamda “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq, biriktirilgan vazirlik va idoralarda qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etish va monitoring qilishning taʼsirchan tizimini yaratish, tasdiqlangan tarmoq va hududiy rivojlanish dasturlarida belgilangan maqsadlarga erishishni soʻzsiz taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2021-yil 22-iyuldagi PQ-5189-son qaroriga muvofiq belgilangan vazifalarning amalga oshirilishini tashkil etish;
vazirliklar va idoralar hamda davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, parlament, deputat va Senat aʼzolari soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari soʻzsiz bajarilishini tashkil qilish yuzasidan monitoringni taʼminlash, shuningdek, joylardagi ishlarning real holatini doimiy oʻrganish, turizm, madaniyat, kinematografiya va ommaviy axborot sohalaridagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;
joylardagi ishlarning real holatini doimiy oʻrganish, iqtisodiyot hamda ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;
Hukumat aʼzolari, barcha darajalardagi vazirliklar va idoralar rahbarlari zimmasiga yuklangan vazifalar hamda funksiyalarning samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy roli hamda masʼuliyatini oshirish;
keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish uchun tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻgʻrisida hisobotlar tayyorlash;
Hukumat, davlat boshqaruvi organlarining asosiy xalqaro reytinglar hamda indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining pozitsiyalarini yaxshilash boʻyicha ish samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
biriktirilgan sohada davlat siyosatining samarali va sifatli amalga oshirilishi, shu jumladan moliyaviy resurslarni boshqarish masalalarida vazirliklar va idoralarning mustaqilligini idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish orqali kuchaytirish;
joylarda “xalq bilan muloqot”, “mahallabay” ishlash tizimi asosida ishlarni tashkil etish va shaxsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish, turizm, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar sohalarini yanada rivojlantirish, shu jumladan aholining bandligi va real daromadlari oshirilishini taʼminlashni kafolatlovchi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
barcha darajalardagi ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning rahbarlari faoliyatini aniq koʻrsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishish, yaqin, oʻrta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda turizm, madaniyat, kinematografiya va axborot sohalarini strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligiga asoslangan baholash tizimi joriy etilishini muvofiqlashtirish;
ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini yuzaga keladigan muammolar sabablari va sharoitlarini bartaraf etish, ishni tashkil qilishning zamonaviy uslublarini joriy qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishga qayta yoʻnaltirish maqsadida ayrim davlat funksiyalarini xususiy subyektlarga berish orqali ortiqcha maʼmuriy tartibga solishni kamaytirish;
iqtisodiyot hamda ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali, shu jumladan, ilgʻor xalqaro tajribani oʻrganish asosida, zarur boʻlganda, ushbu maqsadlarga xorijiy konsultantlarni jalb etgan holda normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, ekspertizadan oʻtkazish va koʻrib chiqish tizimini takomillashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻmitalari bilan oʻzaro yaqin hamkorlikni taʼminlash;
Vazirlar Mahkamasi apparatida, vazirliklar va idoralar, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklarda ijro intizomi darajasini oshirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, “yoʻl xaritalari”ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlash;
mutasaddilik qilinadigan sohalar va tarmoqlarda iqtisodiy hamda ijtimoiy islohotlar amalga oshirilishining samaradorligi doimiy va tizimli asosda har tomonlama va tanqidiy tahlil qilinishini taʼminlash, aniqlangan muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish va kompleks vazifalarni amalga oshirish boʻyicha asosli takliflar tayyorlash;
davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining moliyaviy imkoniyatlari, roli va javobgarligini kengaytirish, markaziy va oʻrta boʻgʻin boshqaruv xodimlari sonini optimallashtirish orqali boshqaruvning vertikal tizimi mexanizmlarini va ijro etuvchi hokimiyat organlarining oʻzaro hamkorligini takomillashtirish;
Kotibiyatda, shuningdek, unga biriktirilgan vazirliklar, idoralar hamda xoʻjalik birlashmalarida kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, xodimlar malakasini oshirish va kadrlarning amaliy zaxirasini tayyorlashning samarali shakl va usullarini joriy etish;
Kotibiyatda, shuningdek, biriktirilgan vazirliklar va idoralarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, “yoʻl xaritalari”ning bajarilishini tizimli nazorat qilishni takomillashtirish;
davlat boshqaruvi tizimiga jumladan, strategik rejalashtirish va prognozlashtirishning zamonaviy shakllari, usullari va prinsiplarini joriy qilish;
Hukumatning muayyan sohalar va yoʻnalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislarini tizimli asosda oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlash.
7. Quyidagilar Kotibiyatning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) turizmni jadal rivojlantirish sohasida:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 5-yanvardagi PF-5611-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2019 — 2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) muvofiq turizmni, avvalambor, xususiy sektorda rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, koʻrsatilayotgan xizmatlarning raqobatbardoshligini va sifatini oshirish, milliy turizm mahsulotini dunyo bozorida faol va kompleks ravishda targʻib qilish choralarini koʻrish;
Konsepsiyaga muvofiq belgilangan quyidagi ustuvor vazifalarning amalga oshirilishini taʼminlash:
turizm faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, turizmni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan xalqaro meʼyor va standartlarni implementatsiya qilish;
turizm infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan, sohaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda maqbul va qulay turizm muhitini yaratishni taʼminlash;
transport logistikasini rivojlantirish, ichki va tashqi yoʻnalishlarni kengaytirish, transport xizmatlari sifatini oshirishni taʼminlash;
turizm bozorining turli segmentlariga yoʻnaltirilgan turizm mahsuloti va xizmatlarini diversifikatsiya qilishni taʼminlash;
respublika ichida turizm xizmatlariga boʻlgan ehtiyojni qondirishga yoʻnaltirilgan turizm faoliyati subyektlarining faolligini ragʻbatlantirishni taʼminlovchi ichki turizmni rivojlantirishni muvofiqlashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi turizm mahsulotini xalqaro va ichki turizm bozorlarida targʻib qilishni taʼminlash, mamlakatning sayohat qilish va dam olish uchun xavfsiz sifatidagi imijini mustahkamlash;
turizm tarmogʻi uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish;
kirish va ichki turizmni, shuningdek, turizm infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleks dasturlarini, shu jumladan, respublikaning turizm salohiyatini tubdan oshirishga yoʻnaltirilgan turizmni rivojlantirish hududiy dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish monitoringini yuritish ishlarini muvofiqlashtirish;
respublikaning tarixiy-madaniy merosini keng targʻib qilish, milliy turizm mahsulotlari va brendlarining xalqaro turizm bozorlariga kirib borishiga hamda hududlarda yangi turizm yoʻnalishlari tashkil etishga qaratilgan faol reklama-axborot siyosati amalga oshirilishini taʼminlash;
turizm sohasini davlat tomonidan va bozor orqali tartibga solishni maqbullashtirish, turizm xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish, turizm turlarini jadal rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning kreditlari va grantlarini turizm infratuzilmasini xalqaro standartlarga muvofiq rivojlantirishga jalb etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish ishlari tashkil etilishini taʼminlash;
turizmni rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan barcha toʻsiqlar va gʻovlarni bartaraf etish, turizm sohasida tadbirkorlik faoliyatini oshirishga har tomonlama koʻmaklashish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;
turizm sohasida milliy va nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish, turizm faoliyati amaliyotiga xalqaro va davlatlararo standartlar normalarini joriy etish, turizm sohasi uchun kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish ishlarini muvofiqlashtirish;
turizm zonalarini samarali boshqarishni tashkil etish, ularda qulay investitsiya muhitini yaratish va ularning salohiyatini targʻib qilish;
maxsus turizm zonalari boshqaruv kengashi va direksiyasining faoliyatini muvofiqlashtirish, uning tarkibini qayta koʻrib chiqish, aʼzolarini tayinlash va ularni ozod etish, shu jumladan, kengashning shaffof faoliyatini taʼminlash maqsadida xorijiy mutaxassislarni kengash tarkibiga jalb etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 13-avgustdagi PF-5781-son Farmoniga muvofiq turizm infratuzilmasidagi mavjud muammolarni hal etish, taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va jahon bozorlarida milliy turizm mahsulotlarini faol targʻib qilish, turizm tarmogʻining kadrlar salohiyatini kuchaytirish orqali turizm sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish hamda respublikaga kirib kelayotgan xorijiy fuqarolar sonini keskin koʻpaytirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini kamaytirish uchun turizm sohasini qoʻllab-quvvatlashga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 28-maydagi PF-6002-son Farmoniga muvofiq koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsiri oqibatida eng koʻp zarar koʻrgan turizm hamda unga bevosita bogʻliq boʻlgan tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash, sohadagi ish oʻrinlarni va malakali mutaxassislarni saqlab qolish, ularning daromad manbalarini tashkil etish, shuningdek, mamlakatda sanitariya-epideomologik vaziyat yaxshilanishiga qarab turizm sohasini jadal qayta tiklash choralarini koʻrish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Boʻstonliq tumanida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish orqali turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-avgustdagi PF-6053-son Farmoniga muvofiq Boʻstonliq tumanining mahalliy boshqaruv tizimini takomillashtirish, tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning turistik salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish, hududga xorijiy va mahalliy turistlarni keng jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish, zamonaviy infratuzilma bilan taʼminlash, koʻrsatilayotgan turistik, mehmonxona, transport va boshqa xizmatlar turlarini kengaytirish va sifatini oshirish hamda shu orqali aholi bandligini taʼminlash, daromadlarini koʻpaytirish, turmush sharoitini yanada yaxshilash kabi vazifalarning amalga oshirilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 9-fevraldagi PF-6165-son Farmoniga muvofiq respublikada turizm bozorining turli segmentlariga yoʻnaltirilgan turizm mahsuloti va xizmatlarini diversifikatsiya qilish, ularning raqobatbardoshligini yanada oshirish, maqbul va qulay ichki va xalqaro ziyorat turizmi muhitini yaratish, transport yoʻnalishlarini kengaytirish, transport xizmatlari sifatini oshirish, turizm mahsulotlarini keng targʻib qilish, shuningdek, mamlakatimizning sayohat qilish va dam olish uchun xavfsiz manzil sifatidagi imijini mustahkamlash yuzasidan belgilangan dasturning oʻz muddatida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm, madaniyat, madaniy meros va sport sohalarini yanada rivojlantirish uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish toʻgʻrisida” 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-son Farmoniga muvofiq turizm va transport sohasi vakillarini qoʻllab-quvvatlash, turizm sohasiga yoshlarni keng jalb etish va ularning loyihalarini amalga oshirishga koʻmaklashish, tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalarning amalga oshirilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qatʼiy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 19-iyundagi PQ-4755-son qaroriga muvofiq turizm sohasini jadal surʼatlarda tiklash va mamlakatdagi sanitariya-epidemiologik vaziyat barqarorlashgandan soʻng uni rivojlantirishning yangi yoʻnalishlarini shakllantirish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalarning amalga oshirilishini taʼminlash;
b) madaniyat va sanʼatni rivojlantirish sohasida:
madaniyat va sanʼat muassasalari faoliyati sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2018-yil 28-noyabrdagi PQ-4038-son qarorida nazarda tutilgan Oʻzbekiston xalqining milliy madaniy va maʼnaviy merosini asrash va koʻpaytirish, aholining madaniy saviyasini oshirish, yoshlarning ijodiy salohiyatini namoyon qilish va qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, madaniyat muassasalari, bolalar musiqa va sanʼat maktablarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, ular faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini roʻyobga chiqarish;
madaniyat muassasalari, jumladan, teatrlar, madaniyat markazlari, sirklar, istirohat va dam olish bogʻlari, hayvonot bogʻlari faoliyati samaradorligini oshirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
aholining keng qatlamlari, ayniqsa, yoshlarni madaniy-ommaviy tadbirlar bilan toʻliq qamrab olishni taʼminlash, oʻsib kelayotgan avlodni musiqiy-estetik tarbiyalash tizimini takomillashtirish va milliy, mumtoz va zamonaviy sanʼatni targʻib qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
teatrlarni ommalashtirish orqali xalqning madaniy saviyasini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, jahon va milliy teatr rivojlanish tendensiyalarini hisobga olgan holda teatrlarning repertuarlari shakllantirilishiga, zamonaviy qahramon obrazini yaratishga koʻmaklashish, dramaturglar, rejissorlar va aktyorlar tayyorlashni takomillashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va sanʼat sohasining jamiyat hayotidagi oʻrni va taʼsirini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 26-maydagi PF-6000-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish, yangi Oʻzbekistonning yangi tarixini yaratish, moddiy va nomoddiy madaniy meros durdonalarini saqlash va targʻib etish, xalq ogʻzaki ijodiyoti va havaskorlik sanʼatini yanada ommalashtirish, yurtimizning jahon madaniy makoniga faol integratsiyalashuvini taʼminlash, madaniyat va sanʼat sohasini innovatsion rivojlantirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasining 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan maqsadli koʻrsatkichlarini taʼminlanishini tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Opera va balet sanʼatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 27-dekabrdagi PQ-64-son qaroriga muvofiq mamlakatimizda opera va balet sanʼatini yanada rivojlantirish, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri faoliyatini takomillashtirish, milliy opera va balet sanʼatini keng targʻib etish, uning jahon sanʼat olamida tutgan oʻrni va mavqeyini yanada mustahkamlash boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalarning amalga oshirilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va sanʼat sohasini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-son qaroriga muvofiq aholi, ayniqsa, olis hududlarda istiqomat qiladigan fuqarolarga madaniy dam olish xizmatlarini koʻrsatish darajasini oshirish, respublikaning barcha hududlarida teatr, sirk va boshqa turdagi ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini tizimli ravishda yoʻlga qoʻyish, madaniyat va sanʼat sohasida isteʼdodli yosh ijodkorlarni izlab topish va qoʻllab-quvvatlash, taʼlim muassasalarini milliy cholgʻular, musiqa darsliklari, notalar toʻplamlari va oʻquv-metodik adabiyotlar bilan taʼminlashning yaxlit tizimini yaratish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalarning amalga oshirilishini taʼminlash;
v) kino sanʼati va sanoatini yanada rivojlantirish sohasida:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kino sanʼati va sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, sohani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2021-yil 7-apreldagi PF-6202-son Farmoniga muvofiq milliy kino sanʼatini rivojlantirishga qaratilgan islohotlarni tizimli davom ettirish, sohani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, yurtimizda jahon tajribasi asosida kino ishlab chiqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish, zamonaviy kinosanoat infratuzilmasini yaratish va kinoprokat tizimini rivojlantirish choralari koʻrilishini taʼminlash;
kinematografiya sohasini yanada rivojlantirish yuzasidan belgilangan quyidagi ustuvor vazifalarning amalga oshirilishini taʼminlash:
kino sanʼatini jamiyatning maʼnaviy, madaniy-maʼrifiy hayotida, jumladan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda strategik manba sifatida shakllantirish;
kino sanoatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini bozor tamoyillari asosida takomillashtirish, shuningdek, xorijiy kinokompaniyalarni mamlakatga jalb qilish va hamkorlikda filmlar ishlab chiqarishni rivojlantirish;
kino sanoatini iqtisodiyotning alohida tarmogʻi sifatida rivojlantirish, zamonaviy va yuqori texnologik moddiy-texnik bazaga ega infratuzilmani yaratish;
kinematografiya sohasida kadrlar tayyorlash, kino ijodkorlari va texnik xodimlar malakasini oshirishning samarali tizimini yaratish;
milliy seriallar ishlab chiqarishni davlat tomonidan ragʻbatlantirish, animatsion filmlar ishlab chiqarishga yosh multiplikator va animatorlarni keng jalb qilish;
sohada mualliflik huquqining kafolatli himoya qilinishini taʼminlash, kinoprokat tizimini rivojlantirish va milliy filmlarni jahon kino bozorlariga olib chiqish;
jamiyatning madaniy va maʼnaviy hayotida, ayniqsa yoshlarni tarbiyalashda kino sanʼatining roli va ahamiyatini oshirish, kino mahsulotlarining gʻoyaviy-badiiy saviyasini oshirish, kino sanʼatini yanada takomillashtirish;
zamonaviy texnologiyalarni qoʻllagan holda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini oshirish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
kinostudiyalarni, ijodiy jamoalarni qoʻllab-quvvatlash, ularning manfaatlarini himoya qilish, kinematografiya sohasida tadbirkorlikni va raqobat muhitini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
kinematografiya sohasiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, sohaning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash;
milliy film va seriallar ishlab chiqarishni hamda hamkorlikda kinomahsulotlar yaratishni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash;
davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqarilgan filmlar prokatini bozor tamoyillari asosida tashkil etish;
mahalliy va xorijiy investorlarni milliy filmlarni ishlab chiqarish, prokatga berish va namoyish etishni moliyalashtirishga jalb qilish;
milliy filmlarni xorijiy tillarga hamda jahonning eng sara kino asarlarini davlat tiliga subtitrlashtirish va dublyaj qilishni moliyalashtirish;
milliy kino sanʼati asarlarining xalqaro kinofestivallarda ishtirok etishini taʼminlash hamda mahalliy va xalqaro kino tadbirlarni tashkil etish;
Oʻzbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi hamda faoliyat yoʻnalishi kino sanʼati va sanoati vakillarining huquqlarini himoya qilish boʻlgan nodavlat notijorat tashkilotlarini grant va ijtimoiy buyurtmalar orqali qoʻllab-quvvatlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent xalqaro kinofestivalini qayta tiklash va oʻtkazish toʻgʻrisida” 2021-yil 19-iyundagi PQ-5151-son qaroriga muvofiq milliy kino sanʼatining asriy anʼanalarini saqlash va rivojlantirish, ushbu sanʼat turi orqali mamlakatlar oʻrtasidagi doʻstlik, birodarlik rishtalarini mustahkamlash, xalqaro miqyosda ijodiy hamkorlik koʻlamini va madaniy aloqalarni kengaytirish hamda koʻp yillar davomida oʻtkazilib kelingan jahonga mashhur Toshkent xalqaro kinofestivalini qayta tiklash boʻyicha belgilangan vazifalarning amalga oshirilishini taʼminlash;
g) ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish sohasida:
aholining axborot bilan taʼminlanganlik darajasini va madaniy saviyasini oshirishga, milliy anʼanalarni, tarixiy va maʼnaviy merosni ehtiyotlab saqlashga yoʻnaltirilgan teleradio dasturlarning professional va badiiy saviyasini oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrish;
ommaviy axborot vositalarida axborot va boshqa materiallarni berish shakllari va usullarini muntazam takomillashtirish orqali demokratik islohotlarni amalga oshirishda, yoshlarning dunyoqarashini kengaytirishda, har xil axborot tahdidlarining oldini olishda, yoshlarning ongi va tafakkurini “ommaviy madaniyat”ning salbiy taʼsiridan himoya qilishda ommaviy axborot vositalarining roli va ahamiyatini yanada kuchaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
ommaviy axborot vositalarining mustaqilligini, ijtimoiy maqomini va jurnalist kasbining nufuzini, ommaviy axborot vositalari xodimlarining malakasi va mahoratini oshirish, yangicha fikrlaydigan jurnalist kadrlar tayyorlashni takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
ommaviy axborot vositalari faoliyatidan aholining xabardor boʻlishi uchun ommaviy axborot vositalari va davlat boshqaruvi hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari axborot xizmatlarining oʻzaro hamkorligi samaradorligini oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrish;
davlat boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati ochiqligi monitoringini olib borish, ularga biriktirilgan sohalarda amalga oshirilayotgan ishlarning maqsadlari, vazifalari, amalga oshirilishi va natijalari toʻgʻrisida keng jamoatchilikka oʻz vaqtida, xolisona va toʻliq axborot berish;
noshirlik, matbaa va kutubxona faoliyatini rivojlantirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda kitob mahsulotlari va boshqa bosma mahsulotlarni tarqatish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
kitob nashrlari sifatini oshirish, ularning aholi, eng avvalo, yoshlarning maʼnaviy va badiiy-estetik ehtiyojlariga muvofiqligini oshirish, milliy va jahon adabiyotining eng yaxshi namunalarini nashr etish chora-tadbirlarini koʻrish;
axborot-kutubxona markazlari tarmogʻini kengaytirish, axborot-kutubxona xizmatlarini koʻrsatish sifatini oshirish, jamiyatda kitob oʻqish madaniyatini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
axborot-kutubxona sohasida davlat-xususiy sheriklik mexanizmini joriy etish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;
jurnalistlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash, mehnat sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlarini amalga oshirish, jurnalist kadrlarning kasb mahoratini oshirish tizimini takomillashtirishga koʻmaklashish;
d) “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
mutasaddilik qilinayotgan tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda “yoʻl xaritalari”ga kiritish uchun xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan, shuningdek, tegishli tarmoqlarda va respublika hududlaridagi muammoli masalalar boʻyicha takliflar tayyorlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy mamlakatlarga tashrifi va respublika hududlariga safarlari natijalari boʻyicha Kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan tasdiqlangan “yoʻl xaritalari” bajarilishining tizimli nazoratini taʼminlash;
“yoʻl xaritalari” amalga oshirilishi toʻgʻrisida vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va tijorat banklari rahbarlarining hisobotlari, batafsil axborotlari va materiallari taqdim etilishini taʼminlash hamda muhokama qilish uchun Vazirlar Mahkamasi majlisiga kiritish;
muayyan holatlar boʻyicha tegishli choralar koʻrish uchun ommaviy axborot vositalarida va boshqa manbalarda, shu jumladan, joylarga borgan holda jamoatchilik fikrini oʻrganish.
8. Kotibiyat oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida, Bosh vazir huzurida koʻrib chiqish uchun rejalashtirilgan tegishli masalalarni tayyorlaydi va kiritadi;
mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning oʻta muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan konsepsiyalar, davlat dasturlari hamda “yoʻl xaritalari” loyihalarining tayyorlanishi va Bosh vazir, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilinishini taʼminlaydi;
ijro etuvchi hokimiyat tegishli organlarining rahbarlariga yuklangan vazifa hamda funksiyalar samarali va natijali bajarilishi uchun ularning shaxsiy roli va masʼuliyatini oshirish choralarini koʻradi;
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan turizm, madaniyat, kinematografiya va ommaviy axborot sohalarida islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislar oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlaydi;
tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻgʻrisida har choraklik hisobotlar tayyorlanishini va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etilishini taʼminlaydi;
oʻzi yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha axborotlarni toʻplaydi va umumlashtiradi;
oʻzi mutasaddi boʻlgan tarmoqlar va sohalarda ishlarning ahvolini oʻrganadi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazir oʻrinbosari uchun tegishli materiallar tayyorlaydi;
tegishli tarmoqlar va sohalarni rivojlantirish, tegishli tarmoqlarda islohotlarni chuqurlashtirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash dasturlarini amalga oshirish, biriktirilgan tarmoqlarda korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish monitoringini olib boradi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari”, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlari ijrosini nazorat qiladi;
tegishli tarmoqlar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazalari yaratilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini taʼminlaydi;
muayyan holatlar boʻyicha tegishli choralar koʻrish uchun ommaviy axborot vositalarida va boshqa manbalarda, shu jumladan, joylarga borgan holda jamoatchilik fikrini oʻrganishni taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat aʼzolari soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlarining bajarilishi yuzasidan monitoring olib boradi;
Vazirlar Mahkamasi koʻrib chiqishi uchun tahliliy, maʼlumotnoma materiallar va boshqa materiallarni, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlarining loyihalarini tayyorlaydi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazadi va ularni puxta ishlab chiqadi, ular yuzasidan zarur tahliliy hamda maʼlumotnoma materiallar tayyorlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda ishtirok etadi;
materiallar, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari loyihalarining kompleks hamda sifatli ishlab chiqilishi va tayyorlanishini, shuningdek, davlat boshqaruvining manfaatdor organlari, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishini taʼminlaydi;
Kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini hamda ularning himoya qilinishini tashkil etadi;
oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq biriktirilgan davlat boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
biriktirilgan sohada davlat siyosati vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari tomonidan samarali hamda sifatli amalga oshirilishi uchun Vazirlar Mahkamasining ayrim funksiya va vazifalarini ularga berish boʻyicha takliflar kiritadi;
Kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlashda qatnashadi;
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari rahbarlik qiladigan tegishli idoralararo kollegial organlar, Hukumat hamda idoralararo komissiyalar va kengashlar ishlari samaradorligini taʼminlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, ushbu murojaatlarni koʻrib chiqish va choralar koʻrish uchun davlat boshqaruvining tegishli organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi.
Kotibiyat oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni ham belgilangan tartibda amalga oshiradi.
3-bob. Kotibiyatning huquqlari va javobgarligi
9. Kotibiyat oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
markaziy iqtisodiyot organlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlari xodimlarining, mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda, axborot-tahliliy tadqiqotlar oʻtkazish uchun ekspert guruhlarini tashkil etish;
biriktirilgan davlat boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarning kollegial organlari majlislarida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazir oʻrinbosarining topshirigʻiga binoan esa — davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning Kotibiyat yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislarida va yigʻilishlarida qatnashish;
zarur hollarda, Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish;
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda taqdim etiladigan hujjatlarni qaytarish.
Kotibiyatning zarur materiallarni, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Kotibiyat belgilagan muddatlarda bajarilishi kerak.
10. Kotibiyat:
biriktirilgan vazirliklar, idoralar va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat aʼzosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari bajarilishini monitoring qilib borish;
joylardagi ishlarning real holatini doimiy oʻrganish, iqtisodiyot hamda ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqish;
ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida koʻrsatilgan va oʻziga yuklangan vazifalarning tegishli ravishda hamda samarali bajarilishi;
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, Bosh vazir oʻrinbosariga kiritiladigan takliflar va hujjatlar loyihalarini, berilgan topshiriqlar va qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish samaradorligini, shuningdek, tegishli ish uchastkasida erishilgan natijalarning asoslanganligi;
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Kotibiyat vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;
biriktirilgan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari”, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Vazirlar Mahkamasi rahbariyatining topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi;
Kotibiyatdagi ishlarning holati, davlat boshqaruvining tegishli organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining zarur darajada muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishi;
oliy darajadagi xorijiy tashriflar, shuningdek, respublika hududlariga safarlar yakunlari boʻyicha Kotibiyat vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tasdiqlanadigan “yoʻl xaritalari”ning tegishli darajada va samarali bajarilishi;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish holatining har tomonlama va chuqur tahlil qilinishi, investitsiya (davlat) dasturlari va hududlarni rivojlantirish dasturlarining shakllantirilishi, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalarining tashkil etilishi va hal qilinishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarining davlat manfaatlarini, iqtisodiy samaradorlikni taʼminlash hamda ulardagi masalalarni barcha manfaatdor tuzilmalar bilan bogʻlash nuqtai nazaridan puxta ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son, “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2021-yil 22-iyuldagi PQ-5189-son qarorlariga, shuningdek Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 28-iyuldagi 467-son va “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qarorlariga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishi uchun javob beradi.
4-bob. Kotibiyatning tuzilmasi
11. Kotibiyat tuzilmasiga:
Kotibiyat mudiri;
Kotibiyat mudirining oʻrinbosari shuʼba mudiri (Turizm, madaniyat va sanʼatni rivojlantirish masalalari shuʼbasi);
Turizmni kompleks rivojlantirish tahlili va monitoring masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Infratuzilma obyektlarini rivojlantirish va investitsiyalarni jalb etish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Turistik oqimni oshirish va targʻibot masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Kinematografiya, ijodiy faoliyat va millatlararo munosabatlarni rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Shuʼba mudiri (Ommaviy kommunikatsiyalar va axborot ochiqligini taʼminlash masalalari shuʼbasi);
Davlat organlari axborot xizmatlari bilan ishlash va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Ommaviy axborot vositalari, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarining yordamchisi;
Inspektor kiradi.
Kotibiyat tuzilmasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-noyabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2022-y., 09/22/662/1030-son)
12. Kotibiyat ishlariga Kotibiyat mudiri rahbarlik qiladi.
13. Kotibiyat mudiri, mudir oʻrinbosari, shuʼba mudirlari, Bosh vazir oʻrinbosarining yordamchisi va kotibiyat mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
5-bob. Kotibiyat faoliyatini tashkil etish
14. Kotibiyat ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati toʻgʻrisidagi nizomga, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Kotibiyatning ish rejalari, Kotibiyat mudiri, mudir oʻrinbosari, shuʼba mudirlari va Kotibiyat mutaxassislarining shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Kotibiyatning ish rejasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadigan ish rejasi asosida shakllantiriladi.
Kotibiyatning ish rejalari, Kotibiyat mudirining shaxsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishiladi va Bosh vazir oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Kotibiyat mudirining oʻrinbosari, shuʼba mudirlari va bosh mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Kotibiyat mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Kotibiyatning Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari”, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari biriktirilgan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlarda amalga oshirilishining tizimli monitoringini yuritish boʻyicha faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga muvofiq kompleks oʻrganishlar asosida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazir oʻrinbosarining topshiriqlariga binoan Vazirlar Mahkamasi, Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida hisobotlarni eshitish va maʼlumotlarning tegishli bankini yuritish orqali taʼminlanadi.
15. Kotibiyat mudiri:
Kotibiyatga bevosita rahbarlik qiladi, Kotibiyat mudirining oʻrinbosari, shuʼba mudirlari va mutaxassislarining ishlarini tashkil qiladi, Kotibiyatga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni hamda “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq biriktirilgan vazirlik va idoralarda hamda Kotibiyatda ijro intizomini taʼminlaydi, shu jumladan, sohalar boʻyicha qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar, har bir kalendar yil uchun iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani, shuningdek, respublika hududlarini rivojlantirish yakunlari, tasdiqlangan “yoʻl xaritalari”, konsepsiyalar va dasturlarning amalga oshirilishi boʻyicha maʼlumotlar elektron bazasining doimiy asosda shakllantirilishini taʼminlaydi;
Kotibiyat yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqishda davlat manfaatlariga qatʼi rioya qilinishini taʼminlaydi, ularning ekspert jihatidan puxta ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlaydi;
tegishli sohalarda islohotlarning holati va natijadorligi toʻgʻrisida tizimli monitoring tashkil etilishini hamda maʼlumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek, muammoli masalalarni hal etish, tegishli sohalarni rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va bajarilishini taʼminlaydi;
Kotibiyatning tasdiqlangan tuzilmasi va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, mutaxassislarining kasbiy darajasi va ish malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish va jazolash choralari boʻyicha takliflarni puxta ishlab chiqadi hamda Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishgan holda Bosh vazir oʻrinbosariga koʻrib chiqish uchun kiritadi;
vazifalarning mutaxassislar oʻrtasida taqsimlanishini taʼminlaydi, shuningdek, Kotibiyatning yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va Bosh vazir oʻrinbosariga tasdiqlash uchun kiritadi, Kotibiyat mudirining oʻrinbosari, shuʼba mudirlari va bosh mutaxassislarining ish rejalarini tasdiqlaydi;
Vazirlar Mahkamasiga kelgan va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarori talab qilinmaydigan hujjatlarni davlat boshqaruvining tegishli organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan Kotibiyat yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;
kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, Kotibiyat xodimlari malakasini oshirishning samarali shakl va uslublarini joriy qilish, kadrlarning amaliy zaxirasini tayyorlash hamda moddiy ragʻbatlantirish choralarini koʻradi;
Vazirlar Mahkamasi apparatida amalda boʻlgan Yoʻriqnomaga muvofiq ishlar yuritilishini taʼminlaydi;
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, Kotibiyat vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi.
16. Kotibiyat mudiri vaqtincha boʻlmaganda, uning vazifasini Kotibiyat mudiri oʻrinbosari bajaradi.
17. Kotibiyat mudirining oʻrinbosari:
mutaxassislar faoliyatini muvofiqlashtiradi, oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha Kotibiyatga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda ijro intizomining holati uchun shaxsan javob beradi;
mutaxassislar tomonidan tegishli masalalar boʻyicha maʼlumotnoma, tahliliy, statistik va boshqa materiallar, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi;
tegishli masalalar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishi, ularni muntazam yangilab turish yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
materiallar toʻgʻrisida Kotibiyat mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda Bosh vazir oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
islohotlarni chuqurlashtirish, respublikani, tarmoqlar va hududlarni yanada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shuningdek, tegishli sohalardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga doir takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Kotibiyat mudiriga taqdim etadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari loyihalarini tayyorlash maqsadida ularni muhokama qilish uchun davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari, olimlar va mutaxassislar ishtirokida oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazadi;
Kotibiyat mudirining topshirigʻiga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Kotibiyat mudiriga tegishli mutaxassislar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash boʻyicha takliflar kiritadi;
Kotibiyat mudiriga mutaxassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish hamda jazolash toʻgʻrisida takliflar taqdim etadi;
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi;
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
18. Shuʼba mudiri:
shuʼba faoliyatini muvofiqlashtiradi, oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha Kotibiyatga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda ijro intizomining holati uchun shaxsan javob beradi;
mutaxassislar tomonidan maʼlumotnoma va boshqa materiallar, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi;
sohaga oid boʻlgan maʼlumotlar bazasining yaratilishi va yuritilishi, uni muntazam yangilab turish yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
materiallar toʻgʻrisida Kotibiyat mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda Bosh vazir oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni chuqurlashtirish, “mahallabay” ishlash tizimi asosida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlarni takomillashtirish, shuningdek, sohadagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga doir takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Kotibiyat mudiriga taqdim etadi;
mahalla fuqarolar yigʻinlarining moddiy-texnik taʼminotini yaxshilash, ularni zamonaviy tartibda jihozlash, axborot kommunikatsiyalari va texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha yuzaga kelayotgan kamchiliklarni bartaraf etishga doir takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, oʻzi yuritadigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari loyihalarini tayyorlash maqsadida ularni muhokama qilish uchun davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari, olimlar va mutaxassislar ishtirokida oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazadi;
Kotibiyat mudirining topshirigʻiga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Kotibiyat mudiriga tegishli mutaxassislar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash boʻyicha takliflar kiritadi;
Kotibiyat mudiriga mutaxassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish hamda jazolash toʻgʻrisida takliflar taqdim etadi;
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, oʻzining vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi;
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
19. Kotibiyat bosh mutaxassisi:
oʻz funksional vazifalariga muvofiq takliflarning va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
tegishli davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallar va ekspert xulosalarini tayyorlaydi, shuningdek, ular boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq zarur kelishuvlarni taʼminlaydi;
materiallar va hujjatlarning loyihalari toʻgʻrisida Kotibiyat mudiriga, shuningdek, belgilangan tartibda — Bosh vazir oʻrinbosariga va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
qabul qilingan hujjatlar boʻyicha amalga oshirish grafigini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari”, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining tegishli tarmoqlar hamda sohalar boʻyicha topshiriqlari davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasining shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam yangilab turilishini tashkil etadi;
tegishli davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari markaziy apparatlarining (iqtisodiy, moliyaviy va yuridik xizmatlarining) tarkibiy boʻlinmalari ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda oʻrganib boradi, ularning kollegial organlari majlislarida qatnashadi, faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;
sohani rivojlantirish boʻyicha istiqbolli vazifalarni samarali hal etish yuzasidan Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar va idoralarning muvofiqlashtirilgan ishini taʼminlaydi;
idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish orqali biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirishda Kotibiyatga biriktirilgan vazirliklar va idoralar mustaqilligini kuchaytirishda ishtirok etadi;
idoraviy mansub tashkilotlar va ularning rahbarlari faoliyatini baholashning aniq koʻrsatkichlar hamda maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan tizimini ishlab chiqish hamda joriy etishda, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani strategik rivojlantirish boʻyicha yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan dasturlarning sifatli hamda samarali amalga oshirilishini taʼminlashda ishtirok etadi;
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlari loyihalarini tayyorlash maqsadida ularni muhokama qilish uchun davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari, olimlar va mutaxassislar ishtirokida oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazadi;
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi;
Vazirlar Mahkamasi, Kotibiyatning ish rejalarida, shuningdek, tegishli davr uchun shaxsiy ish rejalarida nazarda tutilgan masalalarni oʻrganish va chora-tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirishni taʼminlaydi, tanqidiy tahlil asosida Bosh vazir oʻrinbosari, Kotibiyat mudiri, mudir oʻrinbosari va shuʼba mudirlariga koʻrib chiqish uchun takliflar kiritadi;
islohotlarni chuqurlashtirish, respublikani, sohalar va hududlarni yanada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shuningdek, tegishli masalalar boʻyicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga doir takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi hamda Kotibiyat mudiriga taqdim etadi;
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
20. Bosh vazir oʻrinbosarining yordamchisi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari bajarilishining nazoratini hamda tahlil etilishini taʼminlaydi, ularni bajarish natijalari haqida Bosh vazir oʻrinbosariga axborot beradi;
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan unga biriktirilgan sohalarini rivojlantirish boʻyicha islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislarni tizimli asosda oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlashda ishtirok etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat aʼzosi soʻrovlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari samarali bajarilishini tashkil etadi;
Vazirlar Mahkamasi, Kotibiyatning ish rejalarida, shuningdek, tegishli davr uchun shaxsiy ish rejalarida nazarda tutilgan masalalarni oʻrganish va chora-tadbirlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirishni taʼminlaydi, tanqidiy tahlil asosida Kotibiyat mudiri oʻrinbosari, Kotibiyat mudiri va Bosh vazir oʻrinbosariga koʻrib chiqish uchun takliflar kiritadi;
Bosh vazir oʻrinbosarining joriy ish rejalarini shakllantirishda ishtirok etadi va ularning bajarilishini tashkil qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda Bosh vazir oʻrinbosari koʻrib chiqishi uchun axborot-maʼlumotnoma va boshqa materiallar, shuningdek, Bosh vazir oʻrinbosarining maʼruzalari va nutqlarini tayyorlaydi;
Bosh vazir oʻrinbosari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlar va majlislarga, shu jumladan, Hukumat komissiyalarining yigʻilish va majlislariga tayyorgarlik koʻrish hamda ularni oʻtkazishni tashkil qiladi, topshiriqlarni umumlashtiradi, ularning ijrosini nazorat qiladi, Kotibiyat mudiri oʻrinbosari, Kotibiyat mudiri va Bosh vazir oʻrinbosariga topshiriqlarning bajarilishi haqida belgilangan tartibda axborot beradi;
Bosh vazir oʻrinbosari nomiga keladigan xat-xabarlarni tahlil qiladi, tegishli materiallar boʻyicha axborot beradi va xat-xabarlar yuzasidan topshiriqlarni ijrochilarga belgilangan tartibda yuboradi;
Bosh vazir oʻrinbosari tomonidan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari qabul qilinishini tashkil etadi;
Vazirlar Mahkamasi apparatining tegishli tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda fuqarolarni Bosh vazir oʻrinbosari qabul qilishini tashkil etadi, Bosh vazir oʻrinbosari, Kotibiyat mudiri va mudir oʻrinbosarining topshirigʻiga binoan fuqarolarni shaxsan qabul qiladi.
21. Inspektor Kotibiyatda ish yuritilishini taʼminlaydi, hujjatlarning oʻtishini nazorat qiladi, ishlarning tayyorlanishini va arxivda saqlash uchun oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 256-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
2. Inspeksiyaning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vazirini, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini (keyingi oʻrinlarda — Vazirlar Mahkamasi), uning Rayosatini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatini moddiy madaniy meros masalalari boʻyicha axborot-tahliliy jihatdan taʼminlashga yoʻnaltirilgan.
3. Inspeksiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Inspeksiya oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Inspeksiya Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — turizm va madaniy meros vaziriga (keyingi oʻrinlarda — Bosh vazir oʻrinbosari) boʻysunadi, bir vaqtning oʻzida uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
5. Inspeksiya oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Hisob palatasi, davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorlikda amalga oshiradi hamda moddiy madaniy meros obyektlari, shu jumladan, muzey ashyolari va kolleksiyalarining davlat hisobini yuritish, ularni muhofaza qilish, ilmiy tadqiq etish, ommalashtirish va oqilona foydalanishni taʼminlash ishlarini joyiga chiqib oʻrganadi, monitoringini yuritadi va nazorat qiladi.
2-bob. Inspeksiyaning asosiy vazifalari va funksiyalari
6. Quyidagilar Inspeksiya faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
“Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan asosiy prinsipni oʻz vaqtida, aniq va toʻliq hajmda amalga oshirish;
2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi vazifalari, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasini hamda oʻrta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni hamda “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq biriktirilgan vazirlik va idoralarda qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etish va monitoring qilishning taʼsirchan tizimini yaratish, tasdiqlangan tarmoq va hududiy rivojlanish dasturlarida belgilangan maqsadlarga erishishni soʻzsiz taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2021-yil 22-iyuldagi PQ-5189-son qaroriga muvofiq belgilangan vazifalarning amalga oshirilishini tashkil etish;
moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlarini davlat tomonidan muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasida davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy, tashkiliy, moliyaviy, axborotga doir, moddiy-texnikaviy va boshqa chora-tadbirlar amalga ishlarini muvofiqlashtirish;
moddiy madaniy merosni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni rivojlantirish, moddiy madaniy meros toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini davlat tomonidan nazoratini tashkil qilish;
alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarni tashkil etish, ulardan foydalanish va muhofaza qilish sohasida belgilangan talablarga rioya etilishini nazorat qilishda ishtirok etish;
muzeylar faoliyatini takomillashtirish hamda arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish, asrash, ilmiy tadqiq etish, targʻib qilish va ulardan oqilona foydalanishni taʼminlash;
chet ellarda saqlanayotgan, mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid madaniy boyliklarni aniqlash, ularning toʻliq maʼlumotlar bazasini yaratish va uni muntazam yangilab borish, ularning asl yoki koʻchirma nusxalarini olib kelish hamda bu borada ilmiy tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish;
keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga taqdim etish uchun tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻgʻrisida hisobotlar tayyorlash;
Hukumat, davlat boshqaruvi organlarining asosiy xalqaro reytinglar hamda indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining pozitsiyalarini yaxshilash boʻyicha ish samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli boʻlinmalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻmitalari bilan oʻzaro yaqin hamkorlikni taʼminlash;
Inspeksiyada ijro intizomi darajasini oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, farmonlari, farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, “yoʻl xaritalari”ning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlash;
Hukumatning muayyan sohalar va yoʻnalishlarda islohotlarning amalga oshirilishini oʻrganish maqsadida hududlarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mavzuga oid sayyor (ochiq) majlislarini tizimli asosda oʻtkazish uchun tegishli tahliliy materiallar tayyorlash.
7. Quyidagilar Inspeksiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) madaniy merosni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishni rivojlantirish, moddiy madaniy meros toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi boʻyicha monitoringni amalga oshirish sohasida:
moddiy madaniy merosni asrash va undan oqilona foydalanish boʻyicha davlat nazoratini amalga oshirishning choraklik rejalarini ishlab chiqish va ularning tasdiqlanishi taʼminlash, bajarilishini nazorat qilish;
moddiy madaniy merosni asrash va undan oqilona foydalanish boʻyicha davlat nazoratini amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va ommaviy axborot vositalari bilan yaqin hamkorlik tizimini yoʻlga qoʻyishni taʼminlash;
malakali mutaxassislardan iborat maxsus ishchi guruhlarni tashkil etgan holda tarixiy, ilmiy, badiiy yoki oʻzgacha madaniy qimmatga ega boʻlgan koʻchmas mulk obyektlarini har birining joyiga borgan holda aniqlash ishlarini muvofiqlashtirish;
barcha moddiy madaniy meros koʻchmas mulk obyektlarini qayta tarixiy-madaniy ekspertizadan oʻtkazish ishlarini muvofiqlashtirish, obyektlarining texnik holati monitoringini amalga oshirishda ishtirok etish;
yangi aniqlangan obyekt boʻyicha tarixiy-madaniy ekspertiza oʻtkazish va uni davlat muhofazasiga olish choralarini koʻrish, halokatli ahvolga kelib qolgan arxeologiya yodgorliklarini aniqlash va ularda zudlik bilan ilmiy tadqiqot oʻtkazishni tashkil etish;
moddiy madaniy meros obyektlarida olib borilayotgan taʼmirlash-tiklash va restavratsiya ishlarini olimlarni jalb qilgan holda nazorat qilish;
moddiy madaniy meros muammolarini oʻrganish, madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilishda xorijiy davlatlarning tajribasini oʻrganish va ular bilan hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, tajribali usta-restavratorlarni Oʻzbekistonga olib kelish va mahalliy ustalarni xorijiy mamlakatlarga yuborish orqali ularning malakasini oshirish tizimini yoʻlga qoʻyish, madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilishning milliy maktabini qayta tiklash;
madaniy meros obyektlarini restavratsiya-tiklash ishlarining oʻziga xos jihatlarini inobatga olib, xorijiy ilgʻor tajribani oʻrganish asosida ixtisoslashgan pudrat tashkilotlarini aniqlash va buyurtmachini belgilash masalasi boʻyicha Bosh vazir oʻrinbosariga taklif kiritish;
moddiy madaniy merosni asrash va undan oqilona foydalanishda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari va fuqarolar ishtirokini qoʻllab-quvvatlashga doir takliflar tayyorlash;
moddiy madaniy meros koʻchmas mulk obyektlarining davlat reyestri yuritilishini nazorat qilish;
davlat koʻchmas mulki hisoblangan moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini operativ boshqaruv huquqi asosida yoki tekin foydalanish huquqi asosida biriktirilishini nazorat qilish;
moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlaridan foydalanishdan topilgan daromadlarni va ularning samarali sarflanishini oʻrganish va nazorat qilish;
madaniy meros, muzeylar va madaniy boyliklar toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirishga, tizimli qoidabuzarliklar sabablarini, shuningdek, xalqaro tajribani umumlashtirish hamda oʻrganish orqali madaniy meros obyektlari va muzeylarning muhofaza qilish va ulardan foydalanishning zamonaviy usullarini joriy etishga doir takliflar ishlab chiqish;
madaniy meros sohasidagi muassasa va tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat tizimini joriy qilishga, shuningdek, uning samarali faoliyat koʻrsatishiga doir choralarning amalga oshirilishini nazorat qilish;
b) alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarni tashkil etish, ulardan foydalanish va muhofaza qilish sohasida:
Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini qayta shakllantirish va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlash;
“Buxoro”, “Samarqand”, “Ichan qalʼa”, “Sarmishsoy”, “Shahrisabz”, “Termiz” va “Qoʻqon” davlat muzey-qoʻriqxonalarining tegishli darajada muhofaza qilish, konservatsiya qilish va asrab-avaylash, obyektlarda arxeologik qidiruv ishlari, arxeologiya qazishmalari va arxeologiya nazoratini tashkil etish ishlarini nazorat qilish;
moddiy madaniy meros koʻchmas mulk obyektlarining alohida muhim tarixiy-madaniy qismlari va badiiy bezaklari saqlanishini ekspertizadan oʻtkazish, ularni toʻliq fotofiksatsiya va identifikatsiyalash ishlarini muvofiqlashtirish;
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-martdagi 119-son qarori bilan tasdiqlangan 2021 — 2030-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi roʻyxati, Insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezentativ roʻyxati, Jahon xotirasi roʻyxatiga madaniy va tabiiy meroslarni kiritishga ilgari surish boʻyicha milliy reja amalga oshirilishini nazorat qilish;
alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar, shu jumladan, YUNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan obyektlar holati boʻyicha umumiy monitoring olib borish, monitoring natijalarini belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun Bosh vazir oʻrinbosariga taqdim qilish;
alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarni, shu jumladan, YUNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan obyektlarni boshqarish rejalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
YUNESKO Umumjahon merosi obyektlarini samarali muhofaza qilish maqsadida ilgʻor mamlakatlar tajribasini oʻrganish maqsadida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish yuzasidan Bosh vazir oʻrinbosariga takliflar kiritish;
alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlar, tarixiy-madaniy qimmatiga koʻra, YUNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan obyektlar hududlarida qurilish-montaj va obodonlashtirish ishlarini umumbashariy bemisl qimmatiga salbiy taʼsir etmagan holda olib borish ishlarini nazorat qilib borish;
v) muzeylar faoliyatini takomillashtirish hamda arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish, asrash, ilmiy tadqiq etish, targʻib qilish va ulardan oqilona foydalanishni taʼminlash sohasida:
yetakchi xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda muzeylar kolleksiyalari va muzeylar infratuzilmasini tahlil qilish;
muzeylar kolleksiyalarini boshqarish siyosatini ishlab chiqishda ishtirok etish, muzeylar infratuzilmasini takomillashtirish orqali koʻrsatiladigan xizmatlar interaktivligini oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band “v” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-noyabrdagi 662-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2022-y., 09/22/662/1030-son)
arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish va arxeologiya tadqiqotlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davlat dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish,
arxeologiya obyektlarida konservatsiya ishlari amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, arxeologiya ashyolarini davlat hisobiga olish va saqlash ishlarini nazorat qilishda ishtirok etish,
arxeologiya merosi obyektlarida turistlar, ilmiy tadqiqotchilar va tashrif buyuruvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, tarixiy koʻrinishni saqlagan holda mazkur obyektlarning muhofaza etiladigan hududidan tashqarida zamonaviy dam olish maskanlarini tashkil etish va obyektlarning turistik salohiyatini oshirish yuzasidan Bosh vazir oʻrinbosariga takliflar kiritish.
d) mamlakatimiz va xorijdagi madaniy boyliklar sohasida:
madaniy boyliklarning olib kirilishi va olib chiqilishi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi va samarali bajarilishini tahlil qilish, ularni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek, xalqaro shartnomalar va umumeʼtirof etilgan normalarni milliy qonunchiligimiz nuqtai nazaridan atroflicha oʻrganish;
chet mamlakatlarda saqlanayotgan madaniy boyliklarni yurtimizga qaytarish yuzasidan muzokaralar olib borish va zarur choralar koʻrish yuzasidan takliflar tayyorlash;
mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid xorijdagi madaniy boyliklarni aniqlash, ularning toʻliq maʼlumotlar bazasini yaratish, muntazam yangilab borish hamda asl yoki koʻchirma nusxalari, foto va videotasvirlarini yurtimizga olib kelish ishlarini muvofiqlashtirish.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-noyabrdagi 662-sonli qaroriga asosan “d” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2022-y., 09/22/662/1030-son)
8. Inspeksiya oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Vazirlar Mahkamasi Rayosati va Hukumat komissiyasi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari huzurida koʻrib chiqish uchun tegishli rejali masalalarni tayyorlaydi va kiritadi;
madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi siyosatni rivojlantirishning eng muhim va ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha davlat dasturlari va “yoʻl xaritalari” tayyorlanishini va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazir oʻrinbosari huzurida himoya qilinishini taʼminlaydi;
Inspeksiyaga biriktirilgan soha va yoʻnalishlarda mutasaddi vazirliklar, idoralar va tashkilotlarga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali va natijali bajarilishi uchun ularning rahbarlarining shaxsiy roli va masʼuliyatini oshirish choralarini koʻradi;
tegishli tarmoqlar va mutasaddilik qilinadigan masalalar boʻyicha turkumlashtirilgan elektron maʼlumotlar bazalari tashkil etilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda toʻldirilishi va yangilanishini taʼminlaydi;
asrashga doir ishlar amalga oshiriladigan obyektlarning manzilli roʻyxatini koʻrib chiqadi, zarur hollarda qoʻshimcha oʻrganish tashkil qiladi. Koʻrib chiqish natijasini inobatga olib, Bosh vazir oʻrinbosari — turizm va madaniy meros vaziriga asrashga doir ishlar amalga oshiriladigan obyektlar manzilli roʻyxatini tasdiqlash uchun kiritadi;
moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini asrashga doir ishlar uchun beriladigan ruxsatnomalarni koʻrib chiqadi;
Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlarni boshqarish rejalarini koʻrib chiqadi;
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini belgilangan tartibda Milliy muzey fondi tarkibidan chiqarishni koʻrib chiqadi;
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini belgilangan tartibda tasarrufdan chiqarish yoki universal huquqiy vorislik tartibida yoxud boshqa usulda bir shaxsdan ikkinchi shaxsga oʻtkazishni koʻrib chiqadi;
arxeologiya ashyolari davlat katalogida roʻyxatdan oʻtkazilgan arxeologiya ashyolarini tasarrufdan chiqarishni koʻrib chiqadi;
pudrat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan asrashga doir ishlarni davriy ravishda nazorat qilib boradi;
Inspeksiyaning yuritish sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha axborotni umumlashtiradi va tahliliy qayta ishlaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazir oʻrinbosari, Hukumat komissiyasi uchun, shuningdek, ularni Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqish uchun tegishli maʼlumotnoma, tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
Inspeksiya yuritish sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bajarilishini, shu jumladan, joylarga chiqib oʻrganadi va nazorat qiladi, oʻrganish yakunlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga axborot berish uchun tegishli tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
Inspeksiyaga biriktirilgan tashkilotlar faoliyatini tegishli masʼul tashkilotlarni jalb qilgan holda kompleks oʻrganadi, oʻrganish yakunlari bilan tayyorlangan xulosa va takliflarni Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazir oʻrinbosariga taqdim etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, Hukumat komissiyasi va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlari ijrosini nazorat qiladi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalari ekspertizasini amalga oshiradi va ularni ishlab chiqadi, ular yuzasidan zarur tahliliy va maʼlumotnoma materiallarning sifatli tayyorlanishini taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari hamda Hukumat komissiyasi tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;
materiallar, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalari kompleks va sifatli ishlab chiqilishi va tayyorlanishini, shuningdek, manfaatdor organlar va tashkilotlar, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishini taʼminlaydi;
Inspeksiya vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini hamda ularning himoya qilinishini tashkil etadi;
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Bosh vazir oʻrinbosarlari rahbarlik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar ishlari samaradorligini taʼminlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, koʻrib chiqish va choralar koʻrish uchun ushbu murojaatlarni davlat boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini shaxsan qabul qiladi;
Inspeksiya oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
3-bob. Inspeksiyaning huquqlari va javobgarligi
9. Inspeksiya oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur materiallar va maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlarning xodimlarini, mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda axborot-tahliliy tadqiqotlarni amalga oshirish uchun ekspert guruhlarini tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilarining topshirigʻiga binoan davlat organlarining, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning Inspeksiya vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislarida va yigʻilishlarida qatnashish;
zarurat boʻlganda, Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtincha ishchi guruhlar tashkil etish;
zarurat boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda tushayotgan hujjatlarni puxta ishlab chiqish uchun qaytarib yuborish.
Inspeksiyaning zarur materiallarni, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan boʻlsa, ularda belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.
10. Inspeksiya:
tegishli davlat boshqaruvi organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat aʼzosi soʻrovlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari ijrosining monitoringi olib borilishi;
ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida koʻrsatilgan oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning zarur tarzda va samarali bajarilishi;
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga kiritiladigan takliflar va hujjatlar loyihalarining asoslanganligi, ushbu topshiriqlar amalga oshirilishi samaradorligi va qabul qilingan qarorlar, shuningdek, erishilgan natijalar;
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Inspeksiya vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;
qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari”, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi;
Inspeksiyadagi ishlarning holati, tegishli davlat boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining zarur darajada muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, Inspeksiya vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama koʻrib chiqilishi;
xorijiy mamlakatlarga oliy darajadagi tashriflar, shuningdek, respublika hududlariga safarlar yakunlari boʻyicha Inspeksiya vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tasdiqlanadigan “yoʻl xaritalari”ning zarur darajada va samarali bajarilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son, “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2021-yil 22-iyuldagi PQ-5189-son qarorlariga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, davlat boshqaruvining boshqa organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 28-iyuldagi 467-son va “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qarorlariga muvofiq ijro intizomiga soʻzsiz rioya etilishi uchun javob beradi.
4-bob. Inspeksiyaning tuzilmasi
11. Inspeksiyaning tuzilmasiga:
Inspeksiya boshligʻi;
Inspeksiya boshligʻi oʻrinbosari;
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-noyabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2022-y., 09/22/662/1030-son)
Madaniy meros obyektlarini saqlash va asrashga doir ishlarni nazorat qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Madaniy meros obyektlarini foydalanishga berishni va xizmat koʻrsatishdan tushgan mablagʻlarni monitoring va nazorat qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Tarixiy-madaniy hududlar masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Arxeologiya masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-noyabrdagi 662-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2022-y., 09/22/662/1030-son)
Muzeylar masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Madaniy boyliklar masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
Xorijdagi madaniy boyliklar masalalari boʻyicha bosh mutaxassis;
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-noyabrdagi 662-sonli qaroriga asosan oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2022-y., 09/22/662/1030-son)
Inspektor kiradi.
12. Inspeksiyaning tuzilmasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
13. Inspeksiya boshligʻi, Inspeksiya boshligʻi oʻrinbosari, mutaxassislari va inspektor belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-noyabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2022-y., 09/22/662/1030-son)
14. Inspeksiya boshligʻi Inspeksiya faoliyatini muvofiqlashtiradi va unga rahbarlik qiladi.
5-bob. Inspeksiya faoliyatini tashkil etish
15. Inspeksiya faoliyati “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati toʻgʻrisida nizomga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Inspeksiyaning ish rejalari, Inspeksiya boshligʻi, Inspeksiya boshligʻi oʻrinbosari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-noyabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2022-y., 09/22/662/1030-son)
Inspeksiyaning ish rejasi Vazirlar Mahkamasining Rayosati tasdiqlaydigan Vazirlar Mahkamasi ish rejasi asosida shakllantiriladi.
Inspeksiyaning ish rejasi, Inspeksiya boshligʻining shaxsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Inspeksiya boshligʻi oʻrinbosari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Inspeksiya boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi.
(15-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-noyabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2022-y., 09/22/662/1030-son)
Inspeksiyaning Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlarda Inspeksiya faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, bayonnomalari va topshiriqlari, “yoʻl xaritalari”, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari amalga oshirilishi yuzasidan tizimli monitoring yuritish boʻyicha faoliyati kompleks oʻrganishlar oʻtkazish va Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga muvofiq rejali masalalarni Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning tegishli oʻrinbosari huzurida koʻrib chiqish yoʻli bilan taʼminlanadi.
16. Inspeksiya boshligʻi:
Inspeksiyaga bevosita rahbarlik qiladi, Inspeksiya boshligʻi oʻrinbosari va mutaxassislar ishlarini tashkil qiladi hamda Inspeksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-noyabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2022-y., 09/22/662/1030-son)
Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritilgan Inspeksiya faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha takliflar va hujjatlar loyihalarining puxta ishlab chiqilishini tashkil qiladi va tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qoʻyadi. Tegishli normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlaydi;
moddiy madaniy meros toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi boʻyicha monitoring tashkil etilishini hamda axborot tizimi shakllantirilishini, shuningdek, sohaga oid muammoli masalalarni hal etish, vazifalarni amalga oshirishga doir amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va bajarilishini taʼminlaydi;
Inspeksiyaning tasdiqlangan tuzilmasi va shtatlar jadvaliga muvofiq lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlar, Inspeksiya boshligʻi oʻrinbosari va mutaxassislarning kasbiy darajasi va ish malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish va jazolash choralari boʻyicha takliflarni puxta ishlab chiqadi hamda Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vazirining tegishli oʻrinbosariga koʻrib chiqish uchun kiritadi;
(16-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-noyabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2022-y., 09/22/662/1030-son)
Inspeksiya boshligʻi oʻrinbosari va mutaxassislar oʻrtasida vazifalar taqsimotini ishlab chiqish va tasdiqlash, shuningdek, Inspeksiyaning yarim yillik uchun ish rejasi loyihasini kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosariga kiritadi;
(16-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-noyabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2022-y., 09/22/662/1030-son)
Vazirlar Mahkamasiga tushgan, Hukumat qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni tegishli davlat boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, boshqa tashkilotlarga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan Inspeksiya faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;
kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, Inspeksiya xodimlari malakasini oshirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish, kadrlarning amaldagi zaxirasini tayyorlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish choralarini koʻradi;
Vazirlar Mahkamasi apparatida amalda boʻlgan Yoʻriqnomaga muvofiq ish yuritilishini taʼminlaydi;
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, Inspeksiya vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi;
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi.
17. Inspeksiya boshligʻi vaqtincha boʻlmaganda, uning vazifasini Inspeksiya boshligʻi oʻrinbosari bajaradi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-noyabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2022-y., 09/22/662/1030-son)
18. Inspeksiya boshligʻi oʻrinbosari:
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-noyabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2022-y., 09/22/662/1030-son)
mutaxassislar faoliyatini muvofiqlashtiradi va Inspeksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi va ijro intizomining holati uchun shaxsan javob beradi;
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-noyabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2022-y., 09/22/662/1030-son)
mutaxassislar tomonidan tegishli masalalar boʻyicha materiallar va hujjatlar loyihalari sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi, topshiriqlar bajarilishi nazorat qilinishini taʼminlaydi;
(18-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-noyabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2022-y., 09/22/662/1030-son)
tegishli masalalar boʻyicha axborot tizimi tashkil etilishi va yuritilishi, ularning muntazam toʻldirilishi va yangilanishini nazorat qiladi;
materiallar toʻgʻrisida Inspeksiya boshligʻiga, shuningdek, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosariga va Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga axborot beradi;
uning faoliyati sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi oʻtkazadigan majlislarda belgilangan tartibda ishtirok etadi;
Inspeksiya boshligʻining topshirigʻiga koʻra chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
mutaxassislar oʻrtasida vazifalarini taqsimlash boʻyicha Inspeksiya boshligʻiga takliflar kiritadi;
(18-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-noyabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2022-y., 09/22/662/1030-son)
lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, mutaxassislar malakasini oshirish, ragʻbatlantirish va ularni jazolash toʻgʻrisida Inspeksiya boshligʻiga takliflar kiritadi;
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni bajaradi.
19. Inspeksiyaning bosh mutaxassisi:
oʻz funksional vazifalariga muvofiq takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
tegishli davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflar va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallarni va ekspert xulosalarni tayyorlaydi, shuningdek, ularning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq zarur tarzda kelishilishini taʼminlaydi;
materiallar va hujjatlarning loyihalari toʻgʻrisida Inspeksiya boshligʻi oʻrinbosariga, Inspeksiya boshligʻiga, shuningdek, belgilangan tartibda — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosariga va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga axborot beradi;
(19-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-noyabrdagi 662-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2022-y., 09/22/662/1030-son)
tegishlicha moddiy madaniy meros toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari hamda sohasiga oid qonunchilik hujjatlari ijrosi yuzasidan doimiy monitoring olib boradi;
tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha maʼlumotlarning turkumlangan bazasini shakllantirishni va yuritishni, uning muntazam ravishda toʻldirib va yangilab borilishini tashkil qiladi;
tegishli davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari markaziy apparatlarining tegishli tarkibiy boʻlinmalari ishlarining holati va natijadorligini doimiy ravishda oʻrganib boradi, ularning kollegial organlari majlislarida qatnashadi, ularning faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar kiritadi;
moddiy madaniy merosni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni rivojlantirishning istiqbolli vazifalari samarali hal etilishi boʻyicha tegishli davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining ishini muvofiqlashtiradi;
oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek, ijrodagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ularni zarur darajada tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yigʻilishlar oʻtkazadi;
jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha ularning murojaatlarini koʻrib chiqadi;
vazifalar taqsimotiga muvofiq boshqa funksiyalarni bajaradi.
20. Inspektor Inspeksiyada ish yuritilishini taʼminlaydi, hujjatlarning Inspeksiyadan oʻtishini nazorat qiladi, hujjatlar yigʻmajildlarining tayyorlanishini va arxivga saqlash uchun oʻz vaqtida topshirilishini taʼminlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/256/0413-son; 22.11.2022-y., 09/22/662/1030-son)