19.06.2021 yildagi PQ-5151-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent xalqaro kinofestivalini qayta tiklash va oʻtkazish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy kino sanʼatining asriy anʼanalarini saqlash va rivojlantirish, ushbu sanʼat turi orqali mamlakatlar oʻrtasidagi doʻstlik, birodarlik rishtalarini mustahkamlash, xalqaro miqyosda ijodiy hamkorlik koʻlamini va madaniy aloqalarni kengaytirish hamda koʻp yillar davomida oʻtkazilib kelingan jahonga mashhur Toshkent xalqaro kinofestivalini qayta tiklash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi “Kino sanʼati va sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, sohani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6202-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1968 — 1997-yillar davomida Oʻzbekistonda oʻtkazilib kelingan “Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining Toshkent xalqaro kinofestivali” “Ipak yoʻli durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali nomi bilan qayta tiklansin hamda 2021-yildan boshlab har yili sentabr-oktabr oylarida Toshkent shahrida oʻtkazilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Ipak yoʻli durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalini oʻtkazishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kino sanʼati orqali dunyo mamlakatlari oʻrtasida madaniyatlararo muloqotni yanada mustahkamlash va rivojlantirish, jahon kinoindustriyasi vakillari bilan hamkorlikda qoʻshma kino loyihalari yaratishni kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
insonparvarlik va bagʻrikenglik, xalqlar doʻstligini targʻib qiluvchi, zamonaviy dunyoning madaniy xilma-xilligini aks ettiruvchi, turli mamlakatlarning eng sara kino sanʼati asarlarini yurtimizga jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy kino sanʼatini yanada rivojlantirish va xalqaro hamjamiyatdagi nufuzini oshirish, ushbu sanʼat turi orqali xalqimizning boy tarixi va betakror madaniyatini dunyoga keng targʻib etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijlik kino sanʼati vakillari bilan hamkorlikda ushbu sohada ilmiy tadqiqot va izlanishlarni amalga oshirish, oʻzaro tajriba almashish, taniqli kino namoyandalari ishtirokida konferensiya, davra suhbatlari, taqdimot va mahorat darslarini tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Ipak yoʻli durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivali (keyingi oʻrinlarda — Kinofestival) 2021-yilning 28-sentabr — 3-oktabr kunlari “Tinchlik, taraqqiyot va maʼrifat” shiori ostida oʻtkazilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kinofestival “Festivallar festivali” shaklida, nufuzli xalqaro kinofestivallarning gʻolib va nominantlari ishtirokida dunyoning eng yaxshi kino sanʼati asarlarini jalb qilgan holda tashkil etilsin va uning doirasida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kinofestival arafasida chet davlatlarda Oʻzbek kino sanʼati kunlari hamda Oʻzbekistonda xorijiy mamlakatlarning kino sanʼati kunlarini tashkil etish, ushbu tadbirlarni Toshkent shahri va respublika hududlari boʻylab oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Osiyo qitʼasi va qadimiy Ipak yoʻli boʻylab joylashgan mamlakatlar yosh kinoijodkorlarining qisqa metrajli filmlari festivalini oʻtkazish va gʻoliblarni taqdirlash, uning doirasida konferensiya, davra suhbati, dunyoga mashhur kinoijodkorlar ishtirokida mahorat saboqlari va treninglar, ijodiy uchrashuvlar tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijlik mehmonlar va ishtirokchilar uchun eng sara milliy filmlarimiz namoyishlari, Oʻzbekiston kino sanʼati tarixi va madaniy merosiga bagʻishlangan media tadbirlarni tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijlik hamkorlar va ekspertlar ishtirokida “Oʻzbekfilm” kinokonserni”ning kino ishlab chiqarish boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi markaz sifatidagi zamonaviy moddiy-texnika bazasi, texnologik imkoniyatlari va kelgusi istiqbollariga bagʻishlangan taqdimotlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijlik va mahalliy kinokompaniyalar, kinostudiyalar va telekompaniyalar ishtirokida kinobozor tashkil qilish, ularning filmlar, seriallar va boshqa audiovizual mahsulotlarni oʻzaro almashishi, xarid qilishi va sotishiga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dunyoda kino industriyasi sohasida yaratilgan eng soʻnggi innovatsion loyihalar va yirik striming platformalari vakillari ishtirokida milliy striming platformasi taqdimotlarini oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimiz kinolokatsiyalarini namoyish etish, Oʻzbekistonning kino va turizm sohalaridagi salohiyatini targʻib qilish hamda bu boradagi keng imkoniyatlardan samarali foydalanishga qaratilgan tadbirlarni oʻtkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ipak yoʻli durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivaliga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita (keyingi oʻrinlarda — Tashkiliy qoʻmita) tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ipak yoʻli durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivaliga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda “Ipak yoʻli durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tashkiliy qoʻmitaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rejalashtirilgan tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish boʻyicha masʼul vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda badiiy-ijodiy guruhlar va xalqaro ekspertlar kengashlarini tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro kinofestivallarni oʻtkazish boʻyicha katta tajribaga ega boʻlgan xorijiy tashkilotlarni Kinofestivalga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga shartnoma asosida jalb etishni tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kinofestivalning logotipi, esdalik sovgʻalari, diplom va statuetka namunalarini, uning dasturi, tantanali ochilish va yopilish marosimlari ssenariysi va badiiy dasturlari, xarajatlar smetasi, ishtirokchilari va mehmonlari roʻyxatini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kinofestival va uning doirasidagi tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazishga qaratilgan boshqa kompleks tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Kinematografiya agentligi, Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi, Oʻzbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi va Toshkent shahar hokimligining Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi binosini Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi boshqaruviga berish va uning negizida “Kinochilar uyi”ni tashkil qilish haqidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Kinofestivalga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi faoliyatiga Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan va doimiy asosda ishlaydigan 9 nafar mutaxassis jalb etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur mutaxassislar mehnatga haq toʻlash shartlari boʻyicha Madaniyat vazirligi huzuridagi Xalqaro festivallar direksiyasi xodimlariga tenglashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Kinofestivalga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yilda — Tashkiliy qoʻmita tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasiga asosan Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan belgilangan tartibda qoplanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yildan boshlab, kelgusi yillarda Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
homiylik xayriyalari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ham qoplanishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 2022-yil 1-yanvarga qadar tadbirkorlik subyektlari tomonidan Kinofestivalga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlar summasiga foyda soligʻini hisoblashda chegiriladigan xarajatlar sifatida qaraladi, bunda mazkur chegiriladigan xarajatlar soliq solinadigan bazaning 2 foizidan oshmasligi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) gʻoyasi va mazmuni Kinofestival shioriga mos, jahon kinematografiyasi rivojida salmoqli oʻringa ega boʻlgan, milliy qadriyatlar va madaniyatlarni oʻzida yorqin aks ettirgan filmlarning ijodkorlari xalqaro ekspertlar kengashi tomonidan diplom, ramziy haykalcha va har biri 20 ming AQSH dollaridan iborat beshta pul mukofoti bilan taqdirlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) Osiyo qitʼasi va qadimiy Ipak yoʻli boʻylab joylashgan mamlakatlar yosh kinoijodkorlarining qisqa metrajli filmlari festivali gʻoliblari diplom va quyidagi miqdorlarda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-oʻrin uchun — 15 000 AQSH dollari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-oʻrin uchun — 10 000 AQSH dollari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-oʻrin uchun — 7 000 AQSH dollari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Toshkent shahar hokimligi (J.A. Artikxodjayev) Kinematografiya agentligi (F.F. Abduxalikov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda 2022-yil va kelgusi yillar Investitsiya dasturi doirasida “Oʻzbekfilm” kinokonserni” hududidagi Oʻzbekiston Kinematografiya akademiyasi binosini rekonstruksiya qilish va jihozlashni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Kinematografiya agentligi (F.F. Abduxalikov) bilan birgalikda 10 kun muddatda hududlarda Kinofestival tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin, shuningdek, unda belgilangan vazifalarni 2021-yil 1-sentabrga qadar toʻliq amalga oshirilishini taʼminlasin. Bunda, jumladan quyidagilarni nazarda tutsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kinofestival dasturida belgilangan tadbirlarni yuqori darajada oʻtkazish bilan bogʻliq tegishli xarajatlarni Kinofestival xarajatlar smetasiga asosan mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlardagi kinoteatrlar va tadbir oʻtkaziladigan obyektlar, ularga tutash hududlar va olib boradigan yoʻllarda taʼmirlash-tiklash va obodonlashtirish ishlarini olib borish hamda Kinofestival doirasida filmlar namoyish etishga tayyorlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Madaniyat vazirligi (O.A. Nazarbekov) Kinematografiya agentligi bilan birgalikda Kinofestivalning ochilish va yopilish marosimlari va boshqa tadbirlarida konsert-tomosha dasturlarini tashkil qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tashqi ishlar vazirligi (A.X. Kamilov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Kinematografiya agentligi (F.F. Abduxalikov) bilan birgalikda Kinofestivalga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehmonlar va ishtirokchilarni Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari orqali taklif etishni taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BMT, MDH, SHHT, YUNESKO, AYSESKO, FIAPF va boshqa xalqaro tashkilotlar hamda xorijiy mamlakatlarning Oʻzbekistondagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari vakillarini taklif etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Kinofestivalga tashrif buyuruvchi mehmonlar uchun Kinematografiya agentligining talabnomalariga asosan Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vizalarining belgilangan tartibda konsullik va boshqa yigʻimlarni undirmasdan rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Bosh vazir oʻrinbosari — turizm va sport vaziri A.A. Abduxakimov Kinematografiya agentligi (F.F. Abduxalikov) bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy va xorijiy investorlarni Kinofestivalga jalb etish uchun “investitsiya paketlari”ni shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“investitsiya paketlari” doirasida investorlarga taniqli kino yulduzlarini taklif etish va ular ishtirokida oʻzlarining reklama va targʻibotlarini tashkil qilish boʻyicha keng shart-sharoitlar yaratib berish yuzasidan takliflar ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirlik va idoralar davlat tasarrufidagi videoekranlar va bilbord koʻrinishidagi tashqi reklama obyektlarida berilayotgan reklama vaqtining 2021-yil 1-iyun — 1-sentabr kunlari 5 foizi, 2021-yil 1-sentabr — 3-oktabr kunlari 10 foizi Kinofestivalni targʻib qilish uchun ajratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, “Dunyo” axborot agentligi hamda boshqa ommaviy axborot vositalariga Kinofestival faoliyatini keng yoritib borish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi Kinofestival xarajatlar smetasi doirasida xorijiy ommaviy axborot vositalarida uning reklamasi va targʻibotini tashkil qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov), Milliy gvardiya (R.M. Djurayev) va Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A.X. Qoʻldoshev) Kinofestival tadbirlari, mehmonlari va ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlash uchun zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Sogʻliqni saqlash vazirligi (A.M. Xadjibayev) Kinofestival oʻtkaziladigan joylarda tez tibbiy yordam punktlarini tashkil etsin, tadbirlar oʻtkaziladigan vaqtda sanitariya qoidalariga, normalariga va gigiyena normativlariga qatʼiy rioya qilinishini nazorat qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Davlat bojxona qoʻmitasi (M.B. Azimov) Kinofestival ishtirokchilarini hamda ularning yuklarini olib kirish va olib chiqish uchun bojxona rasmiylashtiruvini belgilangan tartibda tezkorlik bilan amalga oshirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari — turizm va sport vaziri A.A. Abduxakimov va Kinematografiya agentligi bosh direktori F.F. Abduxalikov belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul vazirliklar va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 19-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-5151-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi PQ-5151-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ipak yoʻli durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivaliga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

A.N. Aripov

Bosh vazir, tashkiliy qoʻmita raisi

2.

A.A. Abduvaxitov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi

3.

A.A. Abduxakimov

Bosh vazir oʻrinbosari — turizm va sport vaziri, tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari

4.

F.F. Abduxalikov

Kinematografiya agentligi bosh direktori, tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari, kinofestival bosh direktori

5.

O.A. Nazarbekov

madaniyat vaziri

6.

A.X. Toshqulov

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri

7.

A.X. Kamilov

tashqi ishlar vaziri

8.

B.I. Zokirov

qurilish vaziri

9.

T.A. Ishmetov

moliya vaziri

10.

I.R. Maxkamov

transport vaziri

11.

A.M. Xadjibayev

sogʻliqni saqlash vaziri

12.

Sh.M. Sadikov

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri

13.

P.R. Bobojonov

ichki ishlar vaziri

14.

R.M. Djurayev

Milliy gvardiya qoʻmondoni

15.

A.A. Xodjayev

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori

16.

A.D. Xadjayev

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

17.

A. Koʻchimov

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori

18.

J.A. Artikxodjayev

Toshkent shahar hokimi

19.

A.V. Nuridinov

Badiiy akademiya raisi

20.

A.I. Ikramov

Savdo-sanoat palatasi raisi

21.

S.S. Sayidov

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

22.

Lavozimi boʻyicha

Vazirlar Mahkamasining Turizm, sport, madaniyat va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari kotibiyati mudiri, tashkiliy qoʻmita kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi PQ-5151-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ipak yoʻli durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivaliga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar

Muddat

Masʼul ijrochilar

I. “Ipak yoʻli durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivaliga tayyorgarlik koʻrishning tashkiliy masalalari

1.

Quyidagi yoʻnalishlar:

“Ipak yoʻli durdonasi” XIII Toshkent xalqaro kinofestivali (Kinofestival) dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshirish;

Kinofestival ishtirokchilari va mehmonlari bilan muzokaralar olib borish, ularni taklif qilish;

infratuzilma obyektlarini barpo etish, taʼmirlash, jihozlash, koʻchalarni tartibga keltirish va obodonlashtirish;

Kinofestival doirasidagi madaniy tadbirlarni tashkil etish;

Kinofestival doirasidagi yoshlar tadbirlarini tashkil etish;

Kinobozorni oʻtkazish, uning doirasida investorlar va ishtirokchilar bilan muzokaralar olib borish va ularni jalb qilish;

Kinofestivalni texnik va texnologik taʼminlash, yangi kinotexnologiyalarni joriy etishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni oʻtkazish;

Kinofestival ishtirokchilarini joylashtirish;

Kinofestival ishtirokchilarini oziq-ovqat bilan taʼminlash;

Kinofestival ishtirokchilarini transport vositalari bilan taʼminlash boʻyicha ishchi guruhlar tarkibini tasdiqlash.

2021-yil
10-iyul

“Ipak yoʻli durdonasi”
XIII Toshkent xalqaro kinofestivali tashkiliy qoʻmitasi (Tashkiliy qoʻmita),
Kinematografiya agentligi
(Abduxalikov),
vazirlik va idoralar

2.

Kinofestival dasturini shakllantirish va Tashkiliy qoʻmita tomonidan tasdiqlash.

2021-yil
30-iyul

Kinematografiya agentligi
(Abduxalikov)

3.

Kinofestival logotipi, maxsus esdalik sovgʻalar, tarqatma materiallar, nishonlar, bannerlar, beydjiklar va boshqalarning namunalarini ishlab chiqish hamda Tashkiliy qoʻmita tomonidan tasdiqlash.

2021-yil
30-iyul

Kinematografiya agentligi
(Abduxalikov),
Badiiy akademiya (Nuridinov),
“Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev),
vazirlik va idoralar

4.

Kinofestivalga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar smetasini shakllantirish hamda Tashkiliy qoʻmita tomonidan tasdiqlash.

2021-yil
30-iyun

Kinematografiya agentligi
(Abduxalikov),
Moliya vazirligi (Ishmetov)

5.

Respublika hududlarida milliy kinematografiya sohasini rivojlantirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi PF-6202 Farmoni bilan tasdiqlangan Respublika komissiyasi namunasida hududiy komissiyalar tashkil qilish va ular tomonidan kinofestival tadbirlarini hududlarda oʻtkazish boʻyicha “yoʻl xarita”larini ishlab chiqib, Respublika komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritish.

2021-yil
iyul

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Kinematografiya agentligi
(Abduxalikov)

6.

Milliy kinematografiyani rivojlantirish markaziga kinofestivalning direksiyasi vazifasini yuklash hamda uni kinofestival buyurtmachisi etib belgilash.

2021-yil
1-avgustga qadar

Kinematografiya agentligi
(Abduxalikov),
Moliya vazirligi (Ishmetov)

7.

Kinofestivalning tantanali ochilish, yopilish marosimlari ssenariysi va badiiy dasturlarini xalqaro kinofestivallar oʻtkazish tajribasiga ega boʻlgan xorijiy kompaniya bilan hamkorlikda ishlab chiqish hamda Tashkiliy qoʻmita bilan kelishish;

Kinofestival xarajatlar smetasi doirasida xorijiy mutaxassislar va kinoekspertlarni jalb etgan holda ochilish va yopilish marosimlari, tadbirlar oʻtkaziladigan joyning dizaynini ishlab chiqish, uni bezatish, LED monitorlar, reklama va targʻibot bannerlari bilan taʼminlash.

2021-yil
30-avgust

Madaniyat vazirligi (Nazarbekov),
Kinematografiya agentligi
(Abduxalikov)

8.

Kinofestivalning mahalliy va xorijiy ishtirokchilari roʻyxatini shakllantirish hamda Tashkiliy qoʻmita tomonidan tasdiqlash. Bunda:

300 nafar xorijiy ishtirokchi, shu jumladan, 5 nafar jahon kino yulduzi va 50 nafar xalqaro darajadagi kinoijodkorlar ishtirokini nazarda tutish;

xorijiy ishtirokchilarning roʻyxatini belgilangan tartibda Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishish.

2021-yil
1-iyul

Kinematografiya agentligi
(Abduxalikov),
Tashqi ishlar vazirligi
(Arziyev)

9.

“Investitsiyalar paketlari” asosida hamkorlik qiluvchi mahalliy va xorijiy investorlar roʻyxatini shakllantirish, muzokaralar olib borish.

2021-yil
30-avgust

Kinematografiya agentligi
(Abduxalikov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Kudratov)

10.

Tashkiliy qoʻmita tomonidan tasdiqlangan roʻyxat asosida Kinofestivalning xorijiy ishtirokchilarini Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari orqali taklif etish.

2021-yil
iyul — sentabr

Tegishli ishchi guruh,
Tashqi ishlar vazirligi
(Arziyev),
Kinematografiya agentligi
(Abduxalikov)

11.

Kinofestivalga BMT, YUNESKO, SHHT, MDH, FIAPF va boshqa xalqaro tashkilotlar vakillari, kinoakademiyalar va kinofestivallar rahbarlari, Oʻzbekiston Respublikasidagi xorijiy diplomatik vakolatxona va konsullik muassasalari vakillarini taklif etish.

2021-yil
iyul — sentabr

Tegishli ishchi guruh,
Tashqi ishlar vazirligi
(Arziyev),
Kinematografiya agentligi
(Abduxalikov)

12.

Tashkiliy qoʻmita bilan kelishilgan dizayn boʻyicha tarqatma materiallar, nishonlar, bannerlar, qutlov transparant-bannerlar, beydjiklar, papkalar va boshqalarni yuqori sifatda tayyorlash.

2021-yil
1-sentabr

Kinematografiya agentligi
(Abduxalikov),
Oʻzbekiston milliy kinokomissiyasi (Azizova)

13.

Bannerlar va Kinofestival tarqatma materiallarini (qutlov transparant-bannerlar, beydjiklar, papkalar, jurnal va boshqalar) tayyorlash uskunalari, yoritish va ovoz uskunalari, LED ekranlar, kinojihozlar, sinxron tarjima apparatlari, ixtisoslashtirilgan koʻchma va boshqa turdagi mebellar sotib olish masalasini koʻrib chiqish boʻyicha Tashkiliy qoʻmitaga taklif kiritish.

2021-yil
20-iyul

Kinematografiya agentligi
(Abduxalikov)

14.

Autrich ishchilarni va xorijiy tillarni yaxshi biladigan yoshlarni, jumladan talaba yoshlarni tarjimon sifatida jalb etish, ularga qulay shart-sharoitlar yaratib berish va ragʻbatlantirib borish.

Kinofestival doirasida

Tashkiliy qoʻmita,
Yoshlar ishlari agentligi
(Saʼdullayev),
Yoshlar ittifoqi (Zayniddinov),
Kinematografiya agentligi
(Abduxalikov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshqulov),
Toshkent shahar hokimligi
(Artikxodjayev)

15.

Malakali sinxron tarjimonlar roʻyxatini shakllantirish, Kinofestivalning xarajatlar smetasi doirasida ularni shartnoma asosida tadbirlarga jalb qilish.

Kinofestival doirasida

Kinematografiya agentligi
(Abduxalikov),
Tashqi ishlar vazirligi
(Arziyev),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshqulov)

16.

Kinofestival doirasida kino sohasidagi taʼlim muassasalarining ochilish marosimlarini oʻtkazish boʻyicha:

Oʻzbekiston kinematografiya akademiyasi oliy taʼlim muassasasining ochilish marosimini tashkil qilish va oʻtkazish;

Rossiya Federatsiyasi vakillari bilan birgalikda Toshkent shahrida S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti ishtirokida taʼlim muassasasini tashkil qilish va uning ochilish marosimini oʻtkazish masalasini koʻrib chiqish.

2021-yil
sentabr

Kinematografiya agentligi
(Abduxalikov),
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov),
Tashqi ishlar vazirligi (Arziyev),
Toshkent shahar hokimligi
(Artikxodjayev)

II. Kinofestival tadbirlarini oʻtkazish

17.

Kinofestivalning tantanali ochilish va yopilish marosimlariga hamda boshqa tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish. Bunda:

xalqaro kinofestivallar oʻtkazish tajribasiga ega boʻlgan xorijiy kompaniya bilan hamkorlik qilish hamda mutaxassislar va kinoekspertlarni jalb etish;

ochilish marosimi oʻtkaziladigan joyning dizaynini ishlab chiqish, uni bezatish, LED monitorlar, reklama va targʻibot bannerlari bilan taʼminlash.

2021-yil
sentabr

Kinematografiya agentligi
(Abduxalikov),
Toshkent shahar hokimligi
(Artikxodjayev),
Qurilish vazirligi (Zokirov)

18.

Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi negizida tashkil etiladigan “Kinochilar uyi” binosining tegishli kinozallarini kinofestival tadbirlariga tayyorlash hamda binoga tutash hududlarni obodonlashtirish, koʻrgazma tashkil qilish.

Kinoijodkorlar hamda mashhur milliy va xorijiy filmlar xiyobonini yaratish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2021-yil
avgust

Tashkiliy qoʻmita,
Toshkent shahar hokimligi
(Artikxodjayev),
Kinematografiya agentligi
(Abduxalikov),
Qurilish vazirligi (Zokirov)

19.

Kinofestivalning tantanali ochilish marosimi va muhim tadbirlarini xorijiy va mahalliy telekanallar, ommabop Internet resurslar, respublika hududlarining markazlarida tashkil etiladigan maxsus maydonlarda hamda kinoteatrlarda jamoatchilikka namoyish etish.

Kinofestival doirasida

Tashkiliy qoʻmita,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (Xadjayev),
Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (Safoyev)

20.

Xorijiy davlatlarning Oʻzbekistondagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari vakillari bilan “Kino kunlari”ni oʻtkazish boʻyicha muzokaralar olib borish va xorijiy mamlakatlar kinokompaniyalari va kinoijodkorlarini taklif qilish.

2021-yil
1-sentabrga qadar

Tegishli ishchi guruh, Kinematografiya agentligi
(
Abduxalikov),
Tashqi ishlar vazirligi (Arziyev)

21.

“Kino kunlari” tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha:

“Kino kunlari” oʻtkaziladigan respublikadagi kinoteatrlar roʻyxatini shakllantirish, ularni taʼmirlash va obodonlashtirish;

“Kino kunlari” doirasidagi filmlar namoyishlarini respublika hududlari boʻylab tashkil qilish.

2021-yil
1-sentabrga qadar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Kinematografiya agentligi
(Abduxalikov)

22.

Respublikaning har bir hududiga xorijiy ishtirokchilar delegatsiyalarini yuborish hamda hududdagi tegishli kinoteatrni zamonaviy kino qurilmalari bilan jihozlash va tayyorlash, kinolokatsiyalarni tayyorlash.

2021-yil
1-sentabrga qadar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

23.

Kinofestival tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha eng yaxshi natijalarga erishgan hududlarni taqdirlash boʻyicha tanlov oʻtkazish yuzasidan Tashkiliy qoʻmitaga taklif kiritish.

Kinofestival doirasida

Kinematografi? agentligi
(Abduxalikov)

24.

Kinofestival doirasida Osiyo va Ipak yoʻli boʻylab joylashgan mamlakatlar yosh kinoijodkorlarining qisqa metrajli filmlari festivalini oʻtkazish. Bunda:

yosh kinoijodkorlar roʻyxatini shakllantirish, ular bilan muzokaralar olib borish, taklif qilish;

“Yoshlar ijod saroyi”ni tayyorlash, kinofestival mavzusidagi bannerlar, LED monitorlar, ovoz va yoritish uskunalarini oʻrnatish hamda bezash;

saroy hududida 2 ta yozgi (ochiq) kinoteatr va LED monitorlar tashkil qilish.

Ushbu tadbirlarni Kinofestival xarajatlar smetasi doirasida tashkil qilish.

2021-yil
1-sentabr

Yoshlar ishlari agentligi
(Saʼdullayev),
Yoshlar ittifoqi (Zayniddinov),
Kinematografiya agentligi
(Abduxalikov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov)

25.

Oʻzbekistonning kinematografiya retrospektivasi, milliy filmlar namoyishlari, Oʻzbekiston kino tarixi va madaniy merosiga bagʻishlangan media tadbirlarni oʻtkazish uchun Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatrini tayyorlash, unda tadbirlarni bepul tarzda oʻtkazishni taʼminlash, Oʻzbekiston davlat simfonik orkestri va “Bahor” davlat raqs ansamblini jalb qilish, konsert-tomosha va raqs dasturlari tashkil qilish.

2021-yil
sentabr

Madaniyat vazirligi (Nazarbekov),
Toshkent shahar hokimligi
(Artikxodjayev),
Kinematografiya agentligi
(Abduxalikov)

26.

Xorijiy mamlakatlar arxivlarida saqlanayotgan oʻzbek milliy filmlarini respublikaga qaytarish, ularni restavratsiya qilish va raqamlashtirish ishlariga koʻmaklashish hamda moliyalashtirish boʻyicha Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati bilan hamkorlik qilish.

2021-yil
1-sentabrga qadar

Kinematografiya agentligi
(Abduxalikov),
Tashqi ishlar vazirligi (Arziyev)

27.

Kinofestival tadbirlari doirasida soha rivoji uchun munosib hissa qoʻshgan fuqarolarni “Kinematografiya fidokori” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash marosimlarini oʻtkazish.

Kinofestival doirasida

Kinematografiya agentligi
(Abduxalikov)

28.

Kinofestival asosiy dasturidan joy olmagan milliy mavzularga bagʻishlangan filmlar namoyishlarini, Oʻzbekiston kino tarixi va madaniy merosiga bagʻishlangan media tadbirlarni tashkil etish, “Oʻzbekiston kino sanʼati” nomli kitob-albom taqdimotini oʻtkazish va hujjatli filmlarni ishlab chiqish hamda taqdimotini oʻtkazish, hujjatli filmlarni milliy telekanallarda namoyish etish.

Kinofestival doirasida

Kinematografiya agentligi
(Abduxalikov),
Oʻzbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (Safoyev)

29.

“Oʻzbekfilm” kinokonsernining imkoniyatlari va istiqbollariga bagʻishlangan, zamonaviy moddiy-texnik bazaga ega hamda filmlar ishlab chiqarish boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi markaz sifatidagi taqdimotini oʻtkazish. Bunda:

“Oʻzbekfilm” kinokonserni taqdimotida ishtirok etuvchi xorijiy hamkorlar va ekspertlar roʻyxatiga asosan ularga kirish vizalari hamda tovarlarni vaqtinchalik olib kirish uchun ruxsatnomalar olishda amaliy yordam koʻrsatish;

“Oʻzbekfilm” kinokonsernini kino qurilmalari va texnologik uskunalar bilan jihozlash loyihasini amalga oshirishni jadallashtirish.

Kinofestival doirasida

Tashkiliy qoʻmita,
Kinematografiya agentligi
(Abduxalikov),
Tashqi ishlar vazirligi (Arziyev),
Davlat bojxona qoʻmitasi (Azimov),
Moliya vazirligi (Ishmetov),
vazirlik va idoralar

30.

Kinofestival kinobozorini oʻtkazish boʻyicha:

kinobozor ishtirokchilari roʻyxatini shakllantirish, ular bilan muzokaralar olib borish va taklif qilish;

milliy kinoindustriyaga investorlarni jalb qilish boʻyicha muzokaralar olib borish, Kinofestivalda ularning ishtirokini taʼminlash hamda uning doirasida investitsiya shartnomalarini imzolash;

kinobozorni oʻtkazish uchun “Oʻzekspomarkaz” binosini tayyorlash, zarur texnik vositalar bilan taʼminlash va bezash ishlarini amalga oshirish.

2021-yil
1-sentabrga qadar

Tashkiliy qoʻmita,
Kinematografiya agentligi
(Abduxalikov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Kudratov),
vazirlik va idoralar

31.

Jahonning yirik onlayn striming platformalari vakillari ishtirokida zamonaviy kinotexnologiyalar forumini oʻtkazish dasturini ishlab chiqish, Tashkiliy qoʻmitaga kiritish, oʻtkazish. Bunda:

xorijiy mutaxassislar va ekspertlarni shartnoma asosida jalb qilgan holda milliy (axborot-multimedia) striming platformasi konsepsiyasini ishlab chiqish, uning taqdimotini tashkil qilish, xalqaro tashkilotlar va ekspertlar bilan muzokaralar oʻtkazish;

forumni oʻtkazish joyini belgilash, zarur texnik vositalar bilan jihozlash va bezash;

forum natijalaridan kelib chiqqan holda striming platformasini ishga tushirish va uni doimiy toʻldirib borish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish;

striming platformasini yaratish boʻyicha xorijiy mutaxassislar va ekspertlarni jalb etish.

Kinofestival doirasida

Kinematografiya agentligi
(Abduxalikov),
Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov),
Tashqi ishlar vazirligi (Arziyev),
Moliya vazirligi (Ishmetov)

32.

Mamlakat kinolokatsiyalari roʻyxatini shakllantirish, Tashkiliy qoʻmita bilan kelishish, taʼmirlash va obodonlashtirish, kinofestival ishtirokchilari tashriflarini uyushtirish choralarini koʻrish.

Bu borada chora-tadbirlar rejasini qabul qilish.

2021-yil
10-avgustga qadar

Tashkiliy qoʻmita,
Kinematografiya agentligi
(Abduxalikov),
Turizm va sport vazirligi (Azamov),
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

33.

Kinofestival tadbirlari oʻtkaziladigan joylarda oʻzbek milliy sanʼati va madaniyati, urf-odatlari va anʼanalarini aks ettiruvchi liboslar va hunarmandchilik mahsulotlari koʻrgazmalari hamda taqdimotlarini tashkil qilish.

Kinofestival doirasida

Kinematografiya agentligi
(Abduxalikov),
Turizm va sport vazirligi (Azamov),
Madaniyat vazirligi (Nazarbekov),
Badiiy akademiya (Nuridinov),
“Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev)

34.

Kinofestival tadbirlarida ishtirok etish uchun xorijiy mashhur kino yulduzlarini bepul jalb qilgan jismoniy va yuridik shaxslarni bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravarigacha miqdorda ragʻbatlantirish masalasini koʻrib chiqish boʻyicha Tashkiliy qoʻmitaga taklif kiritish.

Kinofestival doirasida

Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi
(Abduxalikov)

III. Kinofestival ishtirokchilariga transport xizmati koʻrsatish

35.

Kinofestival xorijiy ishtirokchilarining Oʻzbekistonga yetib kelish va mamlakat hududida harakatlanish jadvalini ishlab chiqish, jadval asosida yuqori martabali va taniqli shaxslarni inobatga olib, transportlar soni va turini belgilash, transport vositalarini ajratish hamda Kinofestival xarajatlari smetasida nazarda tutish.

2021-yil
avgust

Tashkiliy qoʻmita,
Transport vazirligi
(Maxkamov),
Kinematografiya agentligi
(Abduxalikov)

36.

Kinematografiya agentligining talabnomalariga binoan Kinofestivalning xorijiy ishtirokchilari uchun konsullik yigʻimlari va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlar undirilmasdan, zarur hollarda, respublika aeroportlarida, jumladan Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kirish vizalarining oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlash.

Kinofestival doirasida

Tashqi ishlar vazirligi
(Arziyev),
Kinematografiya agentligi
(Abduxalikov)

37.

Temir yoʻl vokzallarining VIP zallari va viloyat aeroportlarining rasmiy delegatsiyalarga xizmat koʻrsatish zallari orqali bepul xizmat koʻrsatish.

Kinofestival doirasida

Transport vazirligi
(Maxkamov),
“Uzbekistan airports” AJ (Djurayeva),
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (Xasilov)

38.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida xorijiy delegatsiya aʼzolarini munosib kutib olish.

Kinofestival doirasida

Kinematografiya agentligi
(Abduxalikov),
Toshkent shahar hokimligi
(Artikxodjayev),
“Uzbekistan airports” AJ
(Djurayeva)

39.

Kinofestival doirasida oʻtkaziladigan tadbirlar, tadbirlar ishtirokchilari va ularning respublika boʻylab harakatlanishi xavfsizligini taʼminlash boʻyicha alohida tadbirlar dasturini ishlab chiqish hamda Tashkiliy qoʻmitaga tasdiqlash uchun kiritish.

2021-yil
avgust

Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov),
Milliy gvardiya (Djurayev),
Favqulodda vaziyatlar vazirligi (Qoʻldoshev)

IV. Kinofestivalni targʻib qilish va keng yoritish

40.

Kinofestivalning matbuot markazini tashkil etish.

Matbuot markazining samarali faoliyat olib borish uchun kompyuterlar, Wi-Fi va boshqa zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash hamda boshqa tegishli sharoitlarni yaratish.

2021-yil
avgust

Tashkiliy qoʻmita,
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (Xodjayev),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov),
Kinematografiya agentligi
(Abduxalikov),
Toshkent shahar hokimligi
(Artikxodjayev)

41.

Xorijiy ommaviy axborot vositalarida Kinofestivalga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish jarayonlarining targʻiboti va reklamasini shartnoma asosida tashkillashtirish.

2021-yil
iyul — sentabr

Oʻzbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (Safoyev),
Kinematografiya agentligi
(Abduxalikov)

42.

Kinofestival tadbirlari haqida aholini xabardor qilib borish. Bunda:

Kinofestivalning rasmiy veb-saytini yaratish, uni Kinofestival faoliyati, uning doirasida oʻtkazilayotgan tadbirlar, mehmonlar, ishtirokchilar va boshqa maʼlumotlar bilan toʻldirib borish;

respublikada faoliyat yuritayotgan mobil aloqa operatorlari orqali (sms xabarlar yordamida) aholiga Kinofestival tadbirlari haqidagi maʼlumotlarni yetkazib borish masalasini koʻrib chiqish.

2021-yil
iyul — sentabr

Kinematografiya agentligi
(Abduxalikov)

43.

Kinofestivalni keng targʻib etishga qaratilgan ijtimoiy rolik va materiallarni tayyorlash.

2021-yil
iyul — oktabr

Oʻzbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (Safoyev),
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi
(Xadjayev),
“Dunyo” axborot agentligi (Suyarov),
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (Koʻchimov)

44.

Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi qoshida tashkil etiladigan Kinofestival shtabiga kompyuter va nusxasi koʻchirish uskunalari, proyektor va ekranlar, shuningdek, boshqa maxsus uskunalar ajratilishini taʼminlash.

Bunda ushbu maqsadlar uchun xarajatlarni Kinofestival xarajatlar smetasida nazarda tutish.

2021-yil
iyul — oktabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sadikov),
Toshkent shahar hokimligi
(Artikxodjayev),
Kinematografiya agentligi
(Abduxalikov)

45.

Kinofestivalga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha yoritib borish. Bunda:

Kinofestivalni yoritish uchun mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarini akkreditatsiyadan oʻtkazish;

ijtimoiy reklama vaqtidan Kinofestivalning targʻibot roliklari namoyishi uchun vaqt ajratish;

Kinofestivalni keng targʻib etishga qaratilgan ijtimoiy rolik va materiallarni tayyorlash;

ijtimoiy roliklarni tayyorlashda kinofestival homiylari va investorlar reklamalarini kiritishni nazarda tutish.

2021-yil
iyul — oktabr

Kinematografiya agentligi
(Abduxalikov),
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (Koʻchimov),
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi
(Xadjayev),
Tashqi ishlar vazirligi
(Arziyev),
“Dunyo” axborot agentligi (Suyarov),
Oʻzbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (Safoyev)

46.

Yirik bino va inshootlar, koʻchalar, jamoat transport vositalarini kinofestival logotipi va reklama bannerlari bilan bezatish, LED ekranlarni oʻrnatish.

2021-yil
sentabr-oktabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,
Kinematografiya agentligi (Abduxalikov)

V. Kinofestival oʻtkaziladigan obyektlarni tayyorlash

47.

“Premier Nall Cinema” kinoteatri binosini tegishli tadbirkorlik subyektining oʻz mablagʻlari hisobidan taʼmirlash, zamonaviy kino qurilmalari bilan jihozlash, Kinofestivalga tayyorlash.

Bunda, eskiz loyihasini Tashkiliy qoʻmita bilan kelishish.

2021-yil
1-sentabrga
qadar

Kinematografiya agentligi
(Abduxalikov),
Toshkent shahar hokimligi
(Artikxodjayev),
Qurilish vazirligi
(Zokirov)

48.

Samarqand viloyatidagi “Sharq yulduzi”, “Zarafshon”, “Qoʻshrabot” hamda Fargʻona shahridagi Alisher Navoiy kinoteatrlarini mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan taʼmirlash va jihozlash.

2021-yil
1-sentabrga qadar

Samarqand viloyati hokimligi (Turdimov),
Fargʻona viloyati hokimligi (Bozorov)

49.

Respublikaning har bir hududi markazida Kinofestivalning ochilish marosimini namoyish etish boʻyicha zarur maydonlar va ularda monitor, ovoz kuchaytirgich, mashinalar toʻxtash joyi kabi tashkiliy masalalarni hal etish.

2021-yil
1-sentabrga qadar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari,
Kinematografiya agentligi
(Abduxalikov)

50.

Respublika har bir hududidagi kinoteatrlar va konsert-tomosha obyektlarini Kinofestival doirasidagi filmlar namoyishlari uchun tayyorlash, ularga olib boradigan yoʻllarni taʼmirlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish.

2021-yil
1-sentabrga qadar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari,
Kinematografiya agentligi
(Abduxalikov)

51.

Tegishli mehmonxona majmualarini tayyorlash va chet ellik ishtirokchilarni joylashtirish, tevarak-atrofni obodonlashtirish va xona zaxirasining tayyorligini aniqlash.

2021-yil
1-sentabrga qadar

Turizm va sport vazirligi
(Azamov),
Toshkent shahar, Samarqand, Buxoro, Xorazm va Fargʻona viloyatlari hokimliklari

52.

Kinofestival tadbirlarini oʻtkazish joylarini tayyorlash (obodonlashtirish, elektr taʼminot tizimini toʻliq tekshirish, lift, yongʻin xavfsizligi, yorugʻlik, havoni tozalash va suv taʼminoti, hududlar va ichki binolar).

2021-yil
1-sentabrga qadar

Toshkent shahar, Samarqand, Buxoro, Xorazm va Fargʻona viloyatlari hokimliklari

53.

Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Qoʻqon, Nukus shaharlaridagi Kinofestival tadbirlari oʻtkaziladigan obyektlarni tayyorlash, jumladan:

tadbirlar oʻtkaziladigan obyektlarga olib boruvchi ichki yoʻlaklarni tartibga keltirish;

tadbirlar oʻtkaziladigan obyektlarni jihozlash (stol-stullar, ekranlar va boshqalar), ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun sharoit yaratish;

kofe-breyklarni tashkil etish va boshqa masalalarni hal qilish.

2021-yil
1-sentabrga qadar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Samarqand, Buxoro, Xorazm va Fargʻona viloyatlari va Toshkent shahar hokimliklari

54.

Kinoteatrlar va ma?aniyat va istirohat bogʻlarida yozgi (ochiq) kinoteatrlar tashkil qilish hamda ularda kinofestival doirasidagi filmlarni muntazam namoyish etilishini taʼminlash.

2021-yil
1-sentabrga qadar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

55.

Kinofestival va uning doirasida tashkil etiladigan tadbirlar oʻtkaziladigan obyektlarni yuqori tezlikdagi uzluksiz bepul Internet (Wi-Fi), xalqaro telefon aloqasi, LED ekranlar, telekommunikatsiya jihozlari va tarmoqlari bilan taʼminlash.

2021-yil
1-sentabrga qadar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish agentligi (Sadikov),
“Oʻzbektelekom” AK (Xasanov)

56.

Kinofestival ishtirokchilari uchun:

tegishli tibbiyot muassasalarini yuqori darajada tayyor holatga keltirish;

Kinofestival doirasida oʻtkaziladigan tadbirlarda maxsus reanimatsiya transport vositasining (reanimobil) navbatchilik qilishini taʼminlash;

dezinfeksiya mahsulotlari va maxsus himoya vositalarining yetarli zaxirasini yaratish.

2021-yil
1-avgustga qadar

Sogʻliqni saqlash vazirligi
(Xadjibayev)

57.

Kinofestival ishtirokchilari istiqomat qiladigan mehmonxonalarda malakali tibbiy xizmat koʻrsatilishini tashkil etish.

Tadbirlar ishtirokchilari ovqatlanadigan joylarda epidemiologiya, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish.

Tadbirlar davomida

Sogʻliqni saqlash vazirligi
(Xadjibayev)

58.

Sanitariya-epidemiologiya nazoratini kuchaytirish va tadbirlar davomida tibbiy yordam koʻrsatish, aeroportlarda, ishtirokchilarning yashash joylarida tez tibbiy yordam va tibbiyot xodimlari navbatchiligini taʼminlash.

Tadbirlar davomida

Sogʻliqni saqlash vazirligi
(Xadjibayev)

59.

Milliy kinematografiya sohasi ijodkorlari, mutaxassislari va xodimlari uchun ikkita koʻp qavatli turar-joy binosini qurish, ipoteka kreditlarini ajratish masalasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2021-yil
30-iyul

Kinematografiya agentligi (Abduxalikov)

60.

Kinematografiya sohasida xalqaro ilgʻor tajribalarni atroflicha oʻrganish, sohaga oid qonunchilik hujjatlarini birlashtirish maqsadida quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

“Kinematografiya fidokori” koʻkrak nishonini taʼsis etish boʻyicha;

Xudoybergan Devonov nomidagi davlat stipendiyasini taʼsis etish boʻyicha;

Kinematografiya agentligi nizomi, uning huzuridagi Badiiy va Ekspertlar kengashlari nizomlari;

davlat buyurtmasi asosida film va seriallarni ishlab chiqarish boʻyicha ijodiy tanlov oʻtkazish tartibini takomillashtirishga oid;

davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqariladigan film ijodkorlarini toifalash boʻyicha;

xorijiy va mahalliy kinokompaniyalar uchun oʻz filmlarini respublika hududida yaratishdagi xarajatlarining bir qismini davlat budjeti hisobidan qoplab berish (“rebate”) tizimini soddalashtirish boʻyicha;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi PF-6202-son Farmoni hamda PQ-5060-son qaroridan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida.

2021-yil
15-oktabr

Kinematografiya agentligi (Abduxalikov),
manfaatdor vazirlik
va idoralar

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: zarurat boʻlganda, “Yoʻl xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlarga Tashkiliy qoʻmita tomonidan oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.06.2021-y., 07/21/5151/0580-son)