25.11.2021 yildagi 713-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon davlat tibbiyot instituti va uning klinikasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon davlat tibbiyot instituti va uning klinikasi faoliyatini tubdan takomillashtirish, tibbiyot sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash koʻlamini kengaytirish, oʻquv jarayoniga xalqaro taʼlim standartlarini joriy etish, taʼlim va ilm-fanni amaliy tibbiyot bilan uygʻunlashtirish hamda “tibbiy taʼlim-tadqiqot-klinika” tizimini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar Andijon davlat tibbiyot instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) va uning klinikasi (keyingi oʻrinlarda — Klinika) nufuzini xalqaro darajaga koʻtarish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlar etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv jarayoniga ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim dasturlarini xalqaro tibbiy taʼlim federatsiyasi (WFME) hamda Klinikani xalqaro JCI (Joint Commission International) tashkilotining talab va standartlariga moslashtirgan holda bosqichma-bosqich akkreditatsiyadan oʻtkazish, shuningdek, ularni xalqaro taʼlim va tibbiy yordam koʻrsatish dasturlariga integratsiya qilish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv-pedagogik salohiyatni rivojlantirish, kadrlarning kasbiy darajasi va pedagogik mahoratini uzluksiz oshirib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
professor-oʻqituvchilar ilmiy ishlarining natijadorligini oshirish, ularning xalqaro tan olingan ilmiy jurnallarida nashriy faolligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot taʼlimi va ilm-fanining amaliy sogʻliqni saqlashga integratsiya qilinishini taʼminlash hamda tibbiy yordam koʻrsatish darajasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutning xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorligini kengaytirish, xorijiy oliy taʼlim muassasalaridan mutaxassislarni jalb etish va hamkorlikda ilmiy izlanishlarni olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabalar, professor-oʻqituvchilar va tadqiqotchilar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot sohasidagi mehnat faoliyati bilan shugʻullanishda Institut bitiruvchilarining raqobatbardoshligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut va Klinika boshqaruviga ilgʻor xorijiy menejment tizimini joriy qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon davlat tibbiyot instituti va uning klinikasi faoliyatini tubdan takomillashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasini 2021 — 2023-yillarda jihozlash parametrlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Institut va Klinika faoliyatini tubdan takomillashtirish maqsadida Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akademik V. Vaxidov nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining — xirurgiya, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining — kardioxirurgiya, Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining — neyroxirurgiya, Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining — urologiya, Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining — nefrologiya yoʻnalishlari boʻyicha yuridik shaxs boʻlmagan filiallarini tashkil etish hamda yuqori texnologik diagnostika va davolash usullarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transplantologiya, endoxirurgiya, rentgenendovaskulyar xirurgiya, endourologiya, nevrologiya va tibbiy genetika yangi boʻlimlari hamda immunogenetik laboratoriyani tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut va Klinika faoliyatini raqamlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut pedagog xodimlari va Klinika tibbiyot xodimlari xorijda stajirovka oʻtashini va malaka oshirishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv va davolash jarayoniga xorijiy mutaxassislarni taklif etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon, Fargʻona va Namangan viloyatlaridagi tibbiyot muassasalari xodimlarining muntazam ravishda malakasini oshirish hamda qayta tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan dolzarb mavzudagi oʻquv dasturlarini tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim jarayonida nazariy va amaliy koʻnikmalarning uzviyligini taʼminlash hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, masofadan oʻqitish va telemeditsina uslublarini keng tatbiq etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
klinik kafedralar va boʻlimlarni mahalliy hamda xorijiy hamkorligini yoʻlga qoʻyish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Sogʻliqni saqlash vazirligining quyidagi takliflari maʼqullansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab barcha tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining “Davolash ishi”, “Pediatriya ishi” va “Tibbiy-profilaktika ishi” taʼlim yoʻnalishlari bitiruvchi kurs talabalari uchun oʻquv yili davomida (qoida tariqasida, doimiy yashash joylaridagi yoki oʻzlarining roziligi bilan boshqa joylardagi) tibbiyot muassasalarida amaliyot oʻtashini, rejadagi maʼruza va oʻquv mashgʻulotlarining nazariy qismini masofaviy shaklda olib borilishini joriy qilish;
(4-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-oktabrdagi 561-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2022-y., 09/22/561/0886-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Institut va Klinika tomonidan aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatish, kasalliklar profilaktikasi va sogʻlom turmush tarzini shakllantirishda “Shahrixon tumani tajribasi”ni joriy qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, taʼlim, ilm-fan va amaliyot integratsiyasini taʼminlash maqsadida Institut kafedralari va Klinika tibbiyot xodimlari Shahrixon tumani birlamchi tibbiyot muassasalariga biriktiriladi hamda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining salomatlik holatini, kasalliklarni keltirib chiqaruvchi xavf omillarining tarqalganlik darajasini oʻrgangan holda ularni xavf guruhlariga tasniflash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavf guruhlariga koʻra ularga individual maslahat berish, koʻrik va nazoratlarni amalga oshirish, sogʻlomlashtirish va reabilitatsiyaning individual choralarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi orasida eng koʻp tarqalgan va asosiy oʻlim sabablari boʻlgan kasalliklarni erta aniqlash choralarini koʻrish, maqsadli skrining tadbirlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining salomatlik holati, kasallikni keltirib chiqaruvchi xavf omillarining tarqalganlik holati va kasallanish darajasidan kelib chiqib, maxsus elektron dastur asosida “Salomatlik profili”ni yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalarda “Salomatlik maktabi” faoliyatini yoʻlga qoʻyish, nafaqadagi oʻqituvchi va tibbiyot xodimlari, ziyolilar hamda yoshlardan iborat volontyorlik jamiyatlarini tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻp tarmoqli markaziy poliklinikada “Toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzi xonalari”ni tashkil qilish va maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan shifokor va hamshiralar tomonidan aholi orasida ommaviy targʻibot tadbirlarini tashkillashtirish va individual maslahat berish tizimini joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida shifokor oldi koʻriklari orqali oʻrta tibbiyot xodimlari tomonidan eng koʻp uchraydigan kasalliklar xavf omillarini aniqlash, aholini antropometrik oʻlchovlardan oʻtkazish, 5 yoshgacha bolalar oʻsish va rivojlanishi monitoringini olib borish kabi vazifalarni mustaqil bajarishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqumli boʻlmagan kasalliklar profilaktikasi, sogʻlom turmush tarzi asoslari boʻyicha tibbiy brigada vakillarining amaliy va nazariy bilimlarini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi orasida toʻgʻri ovqatlanish asoslari, kasalliklar profilaktikasi, jismoniy faollik, shaxsiy va jamoat gigiyenasi, kun tartibini toʻgʻri tashkillashtirish va zararli odatlardan voz kechish boʻyicha targʻibotning zamonaviy uslublarini (aksiya, infoteyment, sport musobaqalari, tanlov, fleshmob) amaliyotga joriy qilish va ommalashtirish choralarini koʻrish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vazirligi “Shahrixon tumani tajribasi”ning ijobiy natijalarini baholagan holda uni bosqichma-bosqich Andijon viloyatining boshqa hududlariga ham tatbiq qilish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut pedagog xodimlari va Klinika tibbiyot xodimlarini xorijga stajirovka oʻtashga va malaka oshirishga yuborish, shuningdek, oʻquv va davolash jarayoniga xorijiy mutaxassislarni taklif etish xarajatlari Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamgʻarmasi hisobidan moliyalashtirilishini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabalar amaliyot oʻtashini taʼminlash, ularda bemorlar bilan ishlash koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida toʻrtinchi kursdan boshlab davolash muassasalarida va tez tibbiy yordam xizmatida volontyorlik asosida faoliyat olib borish tizimini joriy etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari oʻrtasida taʼlim jarayoni hamda tarmoq tashkilotlari bilan ishlab chiqarish amaliyoti uzviyligini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 31-avgustdagi PQ-5241-son qaroriga muvofiq biriktirilgan Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari taʼlim dasturlarini tibbiyot oliy taʼlim muassasalari taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha taʼlim dasturlari bilan oʻzaro uzviyligini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022/2023 oʻquv yili boshlangunga qadar tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari va sohaning boshqa yetuk mutaxassislarini jalb etgan holda professional taʼlim muassasalarida oʻqitiladigan fanlar (modullar) boʻyicha oʻquv adabiyotlari, oʻqitish materiallari toʻplamlari va elektron resurslar bilan tibbiyot texnikumlarini taʼminlashni tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Moliya vazirligi mazkur qarorga 2-ilovaga asosan 2021-yilda talab etiladigan mablagʻlarni 2021-yil Davlat budjeti parametrlarida olis va chekka hududlarda birlamchi va ixtisoslashgan tibbiy yordam koʻrsatish va ehtiyojmand aholi uchun skrining va davolash tadbirlariga xususiy shifoxonalarni jalb etishga rejalashtirilgan subsidiyalar uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan Andijon viloyati mahalliy budjetiga ajratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Andijon viloyati hokimligi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Klinikani qisqa muddatlarda jihozlash va faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida birinchi bosqichda Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan xarid qilinishi belgilangan tibbiy texnikalar boʻyicha shartnomalarni “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasida kompleks ekspertizadan oʻtkazsin hamda kontrakt tuzilganligi toʻgʻrisidagi axborotni maxsus axborot portaliga joylashtirgan holda, eng yaxshi takliflarni tanlab olish yoʻli bilan 100 foiz oldindan mablagʻ ajratish orqali xarid amalga oshirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 10-yanvarga qadar xarid qilingan tibbiy texnikalar sifati va narxlari toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Sogʻliqni saqlash vazirligi va Andijon viloyati hokimligining Klinikaning mavjud binolarini (keyingi oʻrinlarda — obyekt) qurilish-montaj va jihozlash ishlarini 2021-2022-yillarda amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Obyektda amalga oshiriladigan qurilish-montaj va jihozlash ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash maqsadida, istisno tariqasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qurilish-montaj va jihozlash ishlarini amalga oshirish boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon viloyati hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasini — buyurtmachi etib;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻztibloyiha” MChJni — bosh loyiha tashkiloti etib belgilashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachi tomonidan eng yaxshi takliflarni tanlash asosida bosh pudrat tashkilotini (qurilish-pudrat tashkilotlari elektron reytingida kamida “V” reyting bahosiga ega boʻlgan pudrat tashkilotlari orasidan) aniqlashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) buyurtmachi, bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asoslangan hisob-kitoblarga koʻra qurilish-montaj va jihozlash ishlari uchun 30 foiz avans hamda zarur qurilish materiallarini xarid qilish uchun 50 foiz oldindan mablagʻ ajratishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 1-aprelga qadar qurilish-montaj ishlarini loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda amalga oshirishga ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasida qurilish-montaj va jihozlash ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha ishchi guruh tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish hamda jihozlash boʻyicha barcha shartnomalar va texnik topshiriqlar belgilangan tartibda “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” davlat unitar korxonasida kompleks ekspertizadan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Andijon viloyati hokimligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda obyektda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishga zarur mablagʻlar 2021-yilda markazlashgan kapital qoʻyilmalar hisobidan ajratilishini, qurilish-montaj va jihozlash ishlarini amalga oshirishni 2022-yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturida koʻzda tutilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Andijon viloyati hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektga tashqi muhandislik va transport kommunikatsiyalarini qurish hamda ushbu infratuzilmalarga ulanish tegishlicha ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlarning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vazirligi, buyurtmachi va bosh pudrat tashkiloti bilan birgalikda obyektning qurilish-montaj hamda jihozlash ishlarini 2022-yil yakuniga qadar toʻliq yakunlanishini hamda foydalanishga topshirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Qurilish vazirligi belgilangan tartibda obyekt boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarining ekspertizadan oʻtkazilishini hamda qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazorati oʻrnatilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Institut va Klinikani belgilangan tartibda keng polosali internet va telefon aloqasi bilan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Institutning yangi oʻquv binosi va Markaziy ilmiy-tekshirish laboratoriyasi binosi 2023-yilda hamda davlat-xususiy sheriklik asosida yangi qurilayotgan 1 600 oʻrinli talabalar turar joylari 2022 — 2025-yillarda foydalanishga topshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Institutning yangi oʻquv binosi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi Andijon” shaharchasini barpo etish va Andijon viloyatida tadbirkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 21-iyundagi PQ-5154-son qaroriga muvofiq ajratilgan mablagʻlar va Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari, Markaziy ilmiy-tekshirish laboratoriyasi binosi Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan quriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon viloyati hokimligi bilan birgalikda mazkur bandda koʻrsatilgan binolar belgilangan muddatlarda qurilishini hamda foydalanishga topshirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda yangi oʻquv binolaridagi Markaziy ilmiy-tekshirish laboratoriyalarini hamda simulatsion oʻquv markazini xalqaro moliya tashkilotlari mablagʻlari hisobidan jihozlanishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tibbiyot oliy taʼlim muassasalari rektorlari Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlarining qabul hamda yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari tibbiyot oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari ishtirokida oʻtkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Bosh prokuraturaga Moliya vazirligi va Hisob palatasi bilan birgalikda ushbu qaror doirasida amalga oshiriladigan qurilish-montaj ishlari va tibbiy jihozlarni xarid qilish uchun ajratilgan mablagʻlarning maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri B.A. Musayev hamda Andijon viloyati hokimi Sh.Q. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 25-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
713-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-noyabrdagi 713-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon davlat tibbiyot instituti va uning klinikasi faoliyatini tubdan takomillashtirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“YOʻL XARITASI”
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbasi

Masʼul ijrochilar

I. Andijon davlat tibbiyot instituti oʻquv jarayonlarini, ilmiy ishlar va xorijiy aloqalarni yanada rivojlantirish

1.

Andijon davlat tibbiyot instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) oʻquv jarayonlarini oʻqiti�ning kredit-modul tizimiga toʻliq oʻtkazish.

1. 2021/2022 oʻquv yilidan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarning 1-bosqich talabalari uchun kredit-modul tizimini joriy etish.

2. 2025-yilga qadar Institut oʻquv jarayonini toʻliq kredit-modul tizimiga oʻtkazish.

2021 — 2025-yillar

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov), Andijon davlat tibbiyot instituti (Madazimov)

2.

Barcha oʻquv rejalari va fan dasturlari, bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari malaka talablarini kadrlar buyurtmachilari takliflari asosida ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. Malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlari boʻyicha kadrlar buyurtmachilari fikr va mulohazalari hamda takliflarini oʻrganib chiqish.

2. Kadrlar buyurtmachilari fikr va mulohazalari hamda takliflari asosida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarining malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlarini takomillashtirish.

2022 — 2026-yillar

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov), Andijon davlat tibbiyot instituti (Madazimov)

3.

Professor-oʻqituvchilar tarkibining faoliyat turlari boʻyicha vaqt meʼyorlarini belgilash.

Kredit-modul tizimida faoliyat olib borayotgan professor-oʻqituvchilar tarkibining faoliyat turlari boʻyicha vaqt meʼyorlarini qayta koʻrib chiqish.

2022-yil 1-aprel

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov)

4.

Institut uchun zamonaviy darsliklar va boshqa oʻquv adabiyotlarini talabalar ehtiyojiga qarab yaratish va chop etish.

1. Talabalarning oʻquv adabiyotlarga boʻlgan ehtiyojini har yili yangi oʻquv yili oldidan oʻrganib chiqish.

2. Ehtiyojga qarab professor-oʻqituvchilar tomonidan oʻquv adabiyotlar yaratish rejasini shakllantirish.

3. Yangi avlod oʻquv adabiyotlarini talabalar sonidan kelib chiqib, ehtiyojga qarab chop etish.

2022 — 2026-yillar

Hisob-kitob asosida Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), institut rektori (Madazimov)

5.

Oʻquv va davolash jarayoniga xorijiy mutaxassislarni jalb etish, xorijiy mutaxassislar ishtirokida masofaviy seminarlar, mahorat darslari, trening, vebinarlar olib borish.

1. Dolzarb yoʻnalishlar boʻyicha xorijiy mutaxassislar roʻyxatini shakllantirish.

2. Qisqa va oʻrta muddatli mehnat shartnomalarini tuzish.

3. Xorijiy mutaxassislar ishtirokida masofaviy seminarlar, mahorat darslari, trening va vebinarlarni oʻtkazish grafigini ishlab chiqish.

2022 — 2026-yillar

Hisob-kitob asosida Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Andijon davlat tibbiyot instituti (Madazimov)

6.

Institut professor-oʻqituvchilarining xorijda malaka oshirishini tashkil etish.

1. Xorijda malakasini oshiradigan professor-oʻqituvchilar roʻyxatini shakllantirish.

2. Reja-grafik asosida malaka oshirishni tashkillashtirish.

2022 — 2026-yillar

Hisob-kitob asosida Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Andijon davlat tibbiyot instituti (Madazimov)

7.

Tibbiyot va taʼlim muassasalari menejmenti boʻyicha Andijon davlat tibbiyot instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) rahbar xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish.

1. Germaniyaning Rostok hamda Turkiyaning Xojitepa universitetlarida malaka oshiruvchi rahbar xodimlar roʻyxatini shakllantirish.

2. Rahbar xodimlarning tibbiyot va taʼlim muassasalari menejmenti boʻyicha oʻqitilishini tashkil etish.

2021-2022-yillar

Hisob-kitob asosida Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov), Andijon davlat tibbiyot instituti (Madazimov)

8.

Doktorantura va stajor-tadqiqotchilik institutiga (maqsadli doktoranturadan tashqari) toʻlov-kontrakt asosida qabul kvotalarini belgilash.

1. Ilmiy salohiyati yetarli boʻlmagan kafedralar ehtiyojini oʻrganish.

2. Doktorantura va stajor-tadqiqotchilik qabul kvotalarini shakllantirish.

2021-2022-yillar

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov)

9.

Professor-oʻqituvchilar, tadqiqotchilar hamda talabalarning Springer, Elsevier, ProQuest, EBSCO, Web of Science va boshqa xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazalaridan erkin foydalanish imkoniyatlarini yaratish.

1. Professor-oʻqituvchilar, tadqiqotchilarni xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazalari platformasidan roʻyxatdan oʻtkazish.

2. Xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazalari platformasidan foydalanish boʻyicha seminar-treninglar oʻtkazish.

3. Xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar bazalarida indekslanuvchi jurnallarda ilmiy maqolalar chop etish samaradorligini oshirish.

4. Ijobiy taqriz olingan ilmiy maqolalarni chop etish xarajatlarini qoplash.

2022 — 2026-yillar

Hisob-kitob asosida Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov), Andijon davlat tibbiyot instituti (Madazimov)

10.

Institut nufuzini xalqaro darajaga koʻtarish choralarni koʻrish.

1. Institutni xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik geografiyasini kengaytirish, xorijiy oliy taʼlim muassasalari mutaxassislarini har yili Institutiga jalb etish va oʻquv-ilmiy izlanishlarni hamkorlikda olib borish.

2. Professor-oʻqituvchilar, tadqiqotchilar hamda talabalarning xalqaro tan olingan ilmiy jurnallarida nashriy faolligini oshirish.

3. Taʼlim dasturlarini xalqaro taʼlim dasturlariga integratsiya qilish, Institut boshqaruviga xorijiy mutaxassislar ishtirokida zamonaviy menejment tizimini joriy qilish.

4. Institutdagi taʼlim dasturlarini xalqaro tibbiy taʼlim federatsiyasi (WFME) talabiga muvofiq bosqichma-bosqich akkreditatsiyadan oʻtkazish.

5. Mahalliy va xalqaro ish beruvchilar oʻrtasida institut bitiruvchilarining raqobatbardoshligini oshirish.

2022 — 2026-yillar

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov), Andijon davlat tibbiyot instituti (Madazimov)

11.

“Davolash ishi” va “Pediatriya ishi” taʼlim yoʻnalishlari bitiruvchi kurs talabalari uchun oʻquv yilining birinchi semestri (5 oy) davomida doimiy yashash joylaridagi birlamchi tibbiyot muassasalarida amaliyot oʻtashini tashkil etish.

1. Bitiruvchi kurs talabalarini doimiy yashash joylaridagi birlamchi tibbiyot muassasalariga biriktirish.

2. Rejadagi maʼruza va oʻquv mashgʻulotlarining nazariy qismini masofaviy shaklda olib borilishini taʼminlash.

3. Amaliyot yakuni boʻyicha integral baholash.

2022/2023 oʻquv yilidan

-

Andijo� davlat tibbiyot instituti (Madazimov)

12.

Institutni raqamlashtirish boʻyicha elektron kutubxona tizimi, elektron axborot almashish platformasi, telemeditsinani joriy qilish.

1. Elektron kutubxona tizimini takomillashtirish, uning maʼlumotlar bazasini yangi ilmiy va oʻquv adabiyotlari bilan boyitib borish.

2. Elektron axborot almashish platformasini Institut boshqaruv tizimiga joriy qilish.

3. Telemeditsinani Institutning jarrohlik yoʻnalishidagi kafedralarida yoʻlga qoʻyish hamda Institut va tuman tibbiyot muassasalari oʻrtasida joriy qilish.

2021 — 2023-yillar

Hisob-kitob asosida Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Andijon davlat tibbiyot instituti (Madazimov)

13.

Institutning jozibadorligini oshiruvchi turli targʻibot materiallari, shu jumladan bukletlar va videoroliklar tayyorlash.

1. Jozibadorlikni oshirishga qaratilgan targʻibot materiallarini yaratish.

2. Ijtimoiy tarmoqlar, ommaviy axborot vositalarida targʻibot ishlarini tashkil etish.

3. Institut faoliyatini doimiy ravishda ommaviy axborot vositalarida keng yoritishda mahalliy va markaziy televideniye, radio va boshqa ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni kengaytirish.

4. Institut matbuot xizmati faoliyatini kuchaytirish va zarur jihozlar bilan taʼminlash.

2021-2022-yillar

Hisob-kitob asosida Institutning budjetdan tashqari mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov), Andijon davlat tibbiyot instituti (Madazimov)

II. Andijon davlat tibbiyot instituti va uning klinikasini kompleks rivojlantirish hamda moddiy-texnik bazasini m�stahkamlash

14.

Yangi oʻquv bino, markaziyilmiy-tekshirish laboratoriya va talabalar turar joylarini qurish.

1. Institut hududiga 1000 oʻrinli oʻquv binosini qurish.

2021 — 2023-yillar

50 mlrd. Soʻm

(Budjet mablagʻlari)

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Moliya vazirligi (Ishmetov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov), Andijon davlat tibbiyot instituti (Madazimov)

2. Yangi markaziyilmiy-tekshirish laboratoriyasi binosini qurish.

35 mlrd. Soʻm

(Budjetdan tashqari mablagʻlar)

3. Ehtiyojdan kelib chiqib 1 600 oʻrinli talabalar turar joylarini barpo etish.

2022 — 2025-yillar

Davlat-xususiy sherikchilik asosida

15.

Institutning yangi ming oʻrinli oʻquv binosi, Markaziy ilmiy-tekshirish laboratoriya hamda Institutning simulatsion oʻquv markazi binolarini jihozlash.

1. Institutning mavjud tibbiy jihozlarini xatlovdan oʻtkazish va jihozlarga boʻlgan ehtiyojni aniqlash.

2. Xalqaro moliya institutlari mablagʻlarini jalb etish va jihozlash ishlarini tashkil etish.

2021 — 2023-yillar

84 mlrd. soʻm

(xalqaro moliya institutlari mablagʻlari)

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Vafayev)

16.

Klinikadagi mavjud jarrohlik yoʻnalishidagi boʻlimlarda (abdominal jarrohlik, gepatobiliar jarrohlik, yurak-qon tomir jarrohligi, oftalmologiya, otorinolaringologiya, neyroxirurgiya va boshqalar) kam invaziv va yuqori texnologik amaliyotlarni joriy etish.

1. Klinika jarrohlik ixtisosligi yoʻnalishidagi boʻlimlarini tibbiy jihozlar bilan taʼminlash.

2. Klinikada respublika darajasidagi barcha turdagi jarrohlik amaliyotlarni joriy etish.

3. Kafedra va boʻlim xodimlarini hamkor xorijiy va mahalliy yetuk ixtisoslashgan markazlarda malakasini oshirish va koʻnikmalarini rivojlantirish.

4. Xorijiy va mahalliy mutaxassislar tashrifini tashkil etish.

2021 — 2024-yillar

Hisob-kitob asosida respublika va mahalliy byudjet hamda Klinikaning oʻz mablagʻlari

Andijon viloyati hokimligi (Abdurahmonov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev)

17.

Yuqori texnologik amaliyotlarni amalga oshirishni uslubiy jihatdan taʼminlash.

1. Institut professor-oʻqituvchilari tomonidan darslik, oʻquv qoʻllanmalar yaratish va uni oʻquv jarayoniga tatbiq etish.

2. Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari tomonidan Klinikada yuqori texnologik amaliyotlarni amalga oshirishni uslubiy jihatdan taʼminlab borilishini tashkil etish.

2021 — 2025-yillar

Budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev)

18.

Klinikada tashkil etilayotgan respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari filiallari ishini tizimli tashkil etish maqsadida xodimlarning xorijiy klinikalarda malaka oshirishi va stajirovka oʻtashini taʼminlash.

1. Malaka oshiradigan va stajirovka oʻtadigan Klinika tibbiyot xodimlarining roʻyxatini shakllantirish.

2. Klinika tibbiyot xodimlarini reja-grafik asosida xorijiy klinikalarga malaka oshirish va stajirovka oʻtash uchun yuborish.

2021-2022-yillar

Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamgʻarmasi mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev)

19.

Klinika va tuman (shahar) tibbiy-profilaktika muassasalari oʻrtasida yuqori texnologik tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha tizimli aloqalarni oʻrnatish.

1. Klinika hamda tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining rejali jarrohlik boʻlimlari oʻrtasida reja-jadval asosida amaliy ishlarni tashkil etish.

2. Klinika xodimlarining chekka hududlarga tashriflarni amalga oshirish.

3. Tashriflar doirasida bemorlar koʻriklarini, mahorat darslari, seminarlar oʻtkazish.

2021-2022-yillar

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Andijon davlat tibbiyot instituti (Madazimov)

20.

Klinikaning bino va inshootlarida (keyingi oʻrinlarda — obyekt) zamonaviy talablar asosida qurilish-montaj va jihozlash ishlarini amalga oshirish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

1. Obyektni loyihalash uchun dastlabki ruxsat berish hujjatlarini rasmiylashtirish.

2021-yil IV chorak

150 mlrd. soʻm

(Investitsiya dasturi doirasida markazlashgan kapital qoʻyilmalar)

Andijon viloyati hokimligi (Abdurahmonov), Qurilish vazirligi (Zakirov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev) Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Boboyev)

2. Loyiha tashkiloti Institut mutaxassislarini jalb qilgan holda Klinikaning texnologik jarayonlari loyihalarini va konsepsiyasini ishlab chiqish.

2021-yil IV chorak

3. Qurilish maydonida muhandislik-texnik qidiruv ishlarini amalga oshirish hamda hisobotlarni tayyorlash.

2021-yil IV chorak

4. Texnik koʻrsatkichlardan kelib chiqqan holda loyihalash uchun texnik topshiriqlarni ishlab chiqish, mutasaddi idoralar bilan kelishish hamda oʻrnatilgan tartibda tasdiqlash.

2021-yil IV chorak

5. Tasdiqlangan konsepsiya asosida loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2021-yil IV chorak

6. Loyiha-smeta hujjatlarini mutasaddi idoralar bilan kelishish, ekspertizadan oʻtkazish va oʻrnatilgan tartibda tasdiqlash.

2021-yil IV chorak

7. Oʻrnatilgan tartibda qurilish tashkiloti bilan shartnoma tuzish, shuningdek qurilish-montaj ishlarini moliyalashtirish.

2022-yil I chorak

8. Reja-grafik asosida qurilish-montaj ishlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish va belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish.

2022-yil IV chorak

21.

Klinika boʻlimlarini yuqori texnologik tibbiy asbob-uskunalar bilan taʼminlash.

1. Tibbiy asbob-uskunalarni xatlovdan oʻtkazish.

2. Zarur boʻlgan tibbiy asbob-uskunalar roʻyxatini shakllantirish va xarid qilish.

2021 — 2023-yillar

70 mlrd. soʻm

(Budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar)

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Moliya vazirligi (Ishmetov), Andijon viloyati hokimligi (Abdurahmonov)

shundan:

shundan:

2021-yil

37,7 mlrd. soʻm

(Budjet mablagʻlari)

2022-2023-yillar

24,2 mlrd soʻm

(Budjet mablagʻlari)

2023-yil

8,1 mlrd. soʻm

(Klinikaning budjetdan tashqari mablagʻlari)

22.

Klinikada zamonaviy maʼlumot olish xizmatini yaratish, faoliyatini toʻliq raqamlashtirish.

1. Klinika boʻyicha yagona interaktiv maʼlumotlar bazasini yaratish.

2. Tizimning ishlashi uchun kompyuter va boshqa zarur uskunalar sotib olish, tizimni ishga tushirish.

2022-2023-yillar

Hisob-kitob asosida

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Andijon viloyati hokimligi (Abdurahmonov)

III. Shahrixon tumani aholisining salomatligini tiklash

23.

Birlamchi tizim muassasalarining amaldagi shtat birligini qamralganlik holatini oʻrganish va vakant oʻrinlarni toʻldirish.

1. Birlamchi tizim muassasalaridagi kadrlarga boʻlgan ehtiyojni shakllantirilish.

2021-yil IV chorak

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Andijon viloyati hokimligi (Abdurahmonov), Andijon davlat tibbiyot instituti (Madazimov)

2. Vakant lavozimlarni toʻldirish choralari koʻrish.

2022-yil may

24.

Andijon davlat tibbiyot instituti klinik kafedralarini Shahrixon tumanidagi birlamchi tibbiyot muassasalariga biriktirish.

1. Institut klinik kafedralarini biriktirish boʻyicha taklif ishlab chiqish hamda tasdiqlash uchun viloyat hokimligiga kiritish.

2. Biriktirilgan kafedralarning Shahrixon tumaniga doimiy ravishda tashriflarini tashkil etish.

3. Biriktirilgan mutaxassislar tomonidan joylarda tibbiy koʻriklarni oʻtkazish va birlamchi boʻgʻin shifokorlariga “Mahorat darslari”, seminarlar tashkil etish.

2021-2022-yillar

-

Andijon viloyati hokimligi (Abdurahmonov), Andijon davlat tibbiyot instituti (Madazimov)

25.

Shahrixon tumani aholisiga ixtisoslashtirilgan malakali tibbiy xizmat koʻrsatishni tashkil etish.

1. Aholining salomatlik holatini oʻrgangan holda xavf guruhlariga tasniflash.

2. Tumandagi biriktirilgan kafedralar, professor-oʻqituvchilar tomonidan 3, 4-guruh bemorlari orasida koʻp uchrayotgan kasalliklarni oʻrganib chiqish va Institut mutaxassislari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy koʻriklar oʻtkazish va davolash choralarini koʻrish.

3. Kasallik keltirib chiqaradigan xavf omillarini erta aniqlab, bartaraf etish choralarini ishlab chiqish, maqsadli skrining tadbirlarini amalga oshirish.

4. Har bir mahallaning “Salomatlik profili”ni yaratish.

5. Mahallalarda “Salomatlik maktabi” faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

6. Tumanda kam invaziv va yuqori texnologik operatsiyalar oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish.

2021-2022-yillar

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Andijon viloyati hokimligi (Abdurahmonov), Andijon davlat tibbiyot instituti (Madazimov)

26.

Sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va aholi tibbiy madaniyatini oshirish.

1. Koʻp tarmoqli markaziy poliklinikada “Toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzi xonalari”ni tashkil qilish.

2. Yuqumli boʻlmagan kasalliklar profilaktikasi, sogʻlom turmush tarzi asoslari boʻyicha tibbiy brigada vakillarining bilimlarini oshirish.

3. Institutning yetakchi olimlari tomonidan ommaviy axborot vositalari orqali sogʻlom turmush tarzi, toʻgʻri ovqatlanish, tibbiy savodxonlik boʻyicha targʻibot ishlarini oʻtkazish.

4. Kasalliklar va ularning oldini olish boʻyicha bukletlar va boshqa targʻibot materiallarini har bir xonadonga yetkazish.

2021-2022-yillar

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musayev), Andijon davlat tibbiyot instituti (Madazimov)

27.

Birlamchi tibbiyot muassasalarida onkologik va gematologik xizmat sifati hamda samaradorligini yanada yaxshilash.

1. Institut onkologiya va gematologiya kafedrasi professor-oʻqituvchilarini har bir birlamchi tizim muassasalariga biriktirish.

2. Onkologiya, gospital terapiya va endokrinologiya kafedralari tomonidan birlamchi tizim mutaxassislarining malakasini oshirish boʻyicha 36 soatlik ishchi dastur ishlab chiqish va reja asosida joylarda mutaxassislar malakasini oshirish.

Reja-grafik asosida

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Musa�v), Andijon viloyati hokimligi (Abdurahmonov), Andijon davlat tibbiyot instituti (Madazimov)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-noyabrdagi 713-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasini 2021 — 2023-yillarda jihozlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PARAMETRLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

mln soʻm

T/r

Boʻlimlar nomi

Tibbiy jihoz

shu jumladan:

Soni

Summasi

1-bosqich

(2021-yil budjet hisobidan)

2-bosqich

(2022-2023-yillar budjet hisobidan)

3-bosqich

(2023-yil pullik xizmatlar hisobidan)

soni

summasi

soni

summasi

soni

summasi

Jami:

706

70 034

357

37 700

176

24 203

173

8 131

1.

Ikkinchi xirurgiya, Transplantologiya boʻlimi

19

4 523

19

4 523

2.

Rentgen-radiologiya boʻlimi

4

12 089

2

10 803

1

386

1

900

3.

Neyroxirurgiya boʻlimi

23

3 834

22

3 084

1

750

4.

Vertebrologiya boʻlimi

11

2 155

11

2 155

5.

Birinchi jarrohlik boʻlimi

6

1 173

2

985

4

188

6.

Ikkinchi terapiya boʻlimi — Pulmonologiya

12

408

11

108

1

300

7.

Birinchi terapiya Kardiologiya boʻlimi

11

1 699

2

938

9

761

8.

Beshinchi terapiya Kardio-revmatologiya boʻlimi

6

935

2

286

4

649

9.

Oftalmologiya boʻlimi

18

5 303

17

2 303

1

3 000

10.

Uchinchi xirurgiya, Jarrohlik va urologiya kafedrasi

9

3 034

2

1 010

5

1 989

2

35

11.

Toʻrtinchi terapiya gastroenterologiya-gepatologiya boʻlimi

3

1 097

3

1 097

12.

Sunʼiy buyrak boʻlimi

23

1 340

21

1 338

2

2

13.

Markaziy sterilizatsiya boʻlimi

13

792

13

792

14.

Yiringli jarrohlik boʻlimi

6

262

3

137

2

105

1

20

15.

Nevrologiya boʻlimi

35

649

35

649

16.

Ichki dorixona boʻlimi

16

445

14

318

2

127

17.

Qabulxona boʻlimi

27

650

27

650

18.

Laboratoriya boʻlimi

56

1 868

29

1 318

15

484

12

66

19.

Proktologiya boʻlimi

13

1 118

4

223

5

814

4

81

20.

Amaliyot bloki boʻlimi

39

2 080

11

673

14

844

14

562

21.

Fizoterapiya va balneofizoterapiya boʻlimi

48

1 057

11

674

23

276

14

108

22.

Anesteziologiya-reanimatsiya boʻlimi

182

8 228

69

1 250

32

4 340

81

2 638

23.

Lor boʻlimi

18

6 922

2

139

9

6 088

7

696

24.

Diagnostika boʻlimi

18

925

7

193

8

392

3

340

25.

Endokrinologiya boʻlimi

31

433

0

0

29

283

2

150

26.

Qon banki boʻlimi

5

159

4

35

1

124

27.

Urologiya boʻlimi

7

727

1

107

6

620

28.

Maslahat poliklinikasi boʻlimi

23

3 255

5

1 610

2

698

16

947

29.

Endoskopiya boʻlimi

4

2 199

4

2 199

30.

Uchinchi terapiya gematologiya va shoshilinch terapiya boʻlimi

20

675

8

301

2

24

10

350

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-noyabrdagi 713-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasida qurilish-montaj va jihozlash ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha ishchi guruh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

D.Q. Adilov

qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari, ishchi guruh rahbari

2.

B.A. Musayev

sogʻliqni saqlash vaziri, ishchi guruh rahbari oʻrinbosari

3.

Sh.S. Xidoyatov

uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri

4.

Sh.A. Abidov

Vazirlar Mahkamasi kotibiyati mudiri

5.

I.N. Xolmatov

Andijon viloyati hokimi oʻrinbosari

6.

A.Sh. Inoyatov

sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari

7.

A.M. Boboyev

iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri oʻrinbosari

8.

J.I. Abruyev

moliya vaziri oʻrinbosari

9.

A. Soatov

Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari

10.

Lavozimiga koʻra

Qurilish vazirligi boshqarmasi boshligʻi, ishchi guruh kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2021-y., 09/21/713/1097-son; 04.10.2022-y., 09/22/561/0886-son)