21.06.2021 yildagi PQ-5154-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yangi Andijon” shaharchasini barpo etish va Andijon viloyatida tadbirkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon viloyatida “Yangi Andijon” shaharchasini barpo etish, tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish orqali aholining turmush sharoitini yaxshilash hamda ijtimoiy sohani, yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish va taʼmirlash ishlarini moliyaviy resurslar bilan taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Andijon viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini hamda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan quyidagi mablagʻlar ajratilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “Yangi Andijon” shaharchasini barpo etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga markazlashgan investitsiyalarni oshirish hisobiga qaytarib bermaslik sharti bilan — 100 million AQSH dollari ekvivalentida, shundan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25 million AQSH dollari ekvivalentidagi mablagʻlar — ijtimoiy soha obyektlarini qurishga, shu jumladan Andijon tibbiyot instituti obyektlari uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15 million AQSH dollari ekvivalentidagi mablagʻlar — yoʻl oʻtkazgichini va yoʻl infratuzilma obyektlarini barpo etishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60 million AQSH dollari ekvivalentidagi mablagʻlar — kommunikatsiya tarmoqlari, muhandislik infratuzilmasini yaratishga, loyihalashtirish ishlariga, qurilish ishlarini nazorat qilish, boshqarish va boshqa xarajatlarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Andijon viloyatida kichik va oʻrta tadbirkorlikni rivojlantirish uchun — 80 million AQSH dollari ekvivalentida tijorat banklariga, shundan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40 million AQSH dollari ekvivalentidagi mablagʻlar 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga 7 foiz stavkasida — teng ulushda “Oʻzsanoatqurilishbank” va “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banklari orqali 200 ta mahallada kooperatsiya asosida kichik biznesni va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashish maqsadida biriktirilgan “yetakchi” tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40 million AQSH dollari ekvivalentidagi mablagʻlar 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga 11 foiz stavkasida — “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki orqali issiqxona massivlarini barpo etish va aholi xonadonlarida issiqxonalar tashkil etishni moliyalashtirishga;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadlari, shu jumladan bank kreditlari boʻyicha kafilliklar berish uchun “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati resurs bazasini oshirish hamda Xonobod shahrida ijtimoiy-iqtisodiy va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini barpo etish tadbirlarini moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qaytarib bermaslik sharti bilan — 20 million AQSH dollari ekvivalentida.
(1-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon viloyatining muhim ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilma obyektlarida amalga oshiriladigan qurilish-taʼmirlash ishlarining manzilli dasturini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yangi Andijon” shaharchasini barpo etish chora-tadbirlariga oid tegishli qaror loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur qarorning 1-bandi “a” kichik bandi bilan ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanish uchun Andijon viloyati hokimligi masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur qarorda nazarda tutilgan mablagʻlar taqsimotiga, zarur hollarda, Vazirlar Mahkamasi tomonidan oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisob palatasi (B.T. Turabov) Bosh prokuratura (A.Yu. Mavlonov) bilan birgalikda mazkur qarorga muvofiq ajratilayotgan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanilishi, toʻlovlar asoslanganligi va loyiha xarajatlari maqbullashtirilganligi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin hamda har oy yakuni boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda “2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga belgilangan tartibda kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 21-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-5154-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2021-y., 07/21/5154/0586-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)