04.11.2021 yildagi 675-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan fuqarolarni sirtqi va kechki taʼlim shakliga suhbat natijalariga koʻra tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2021/2022 oʻquv yilida Oʻzbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari toʻgʻrisida” 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son qarori ijrosini taʼminlash hamda vazirliklar, idoralar va yirik xoʻjalik birlashmalarida oliy maʼlumotli kadrlar ulushini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan fuqarolarni sirtqi va kechki taʼlim shakliga suhbat natijalariga koʻra tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2022-yil 1-maydan boshlab kuchga kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan fuqarolarga suhbat natijalariga koʻra tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirishi uchun tavsiyanoma beruvchi vazirlik, idora va yirik xoʻjalik birlashmalari roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan har yili 1-iyulgacha boʻlgan muddatda tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli tavsiyanomaga ega boʻlgan fuqarolarni har yili 20-iyuldan 10-avgustgacha boʻlgan muddatda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining maxsus elektron tizimi orqali roʻyxatdan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi raisi buyrugʻi bilan tashkil etiladigan alohida suhbat komissiyasi tomonidan har yili 20-avgustdan 30-avgustgacha boʻlgan muddatda tavsiyanomaga ega boʻlgan abituriyentlar bilan suhbat oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suhbat natijalariga koʻra 100 ballik baholash mezoni boʻyicha 55 ball va undan yuqori ball toʻplagan abituriyentlarni oliy taʼlim muassasasi rektorining (direktorining) buyrugʻi bilan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.X. Toshkulov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 4-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
675-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-noyabrdagi 675-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan fuqarolarni sirtqi va kechki taʼlim shakliga suhbat natijalariga koʻra tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan fuqarolarni sirtqi va kechki taʼlim shakliga kirish imtihonlarisiz, suhbat natijalariga koʻra tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, oʻqishga qabul qilish tegishli ish beruvchi vazirlik, idora va yirik xoʻjalik birlashmalarining tavsiyanomasi asosida kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan xodimlar (keyingi oʻrinlarda — tavsiyanomaga ega boʻlgan abituriyentlar) hisobidan, keyinchalik ushbu tizimda besh yil ishlab berish sharti bilan ish faoliyatiga mos boʻlgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga suhbat natijalariga asosan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga, Oʻzbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari hamda ularning filiallariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan fuqarolarga sirtqi va kechki taʼlim shakliga suhbat natijalariga koʻra tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirishi uchun mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan namunaviy shaklga muvofiq tavsiyanoma beruvchi vazirlik, idora va yirik xoʻjalik birlashmalari roʻyxati hamda tavsiyanomaga ega boʻlgan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlari har yili 1-iyulgacha Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat komissiyasi) tomonidan tasdiqlanadi hamda ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tavsiyanomalar Davlat komissiyasi tomonidan roʻyxati tasdiqlangan vazirlik, idora va yirik xoʻjalik birlashmalarining birinchi rahbari tomonidan, birinchi rahbar lavozimi vakant boʻlganda va/yoki uning vazifalarini bajarish boshqa shaxsga yuklatilganda esa — ushbu rahbar tomonidan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik, idora va yirik xoʻjalik birlashmalari har bir oʻquv yili uchun markaziy va hududiy tuzilmalari hamda tizim tashkilotlaridan 100 nafargacha talabgorga tavsiyanoma berishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan fuqarolarga sirtqi va kechki taʼlim shakliga suhbat natijalariga koʻra tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirishi uchun vazirlik, idora va yirik xoʻjalik birlashmalari tomonidan beriladigan tavsiyanomalar (keyingi oʻrinlarda — tavsiyanomalar) faqatgina berilgan oʻquv yili uchun amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan fuqarolarni sirtqi va kechki taʼlim shakliga suhbat natijalariga koʻra tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Abituriyentlarni roʻyxatdan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tavsiyanomaga ega boʻlgan abituriyentlarni roʻyxatdan oʻtkazish har yili 20-iyuldan 10-avgustgacha boʻlgan muddatda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining (keyingi oʻrinlarda — Davlat test markazi) maxsus elektron tizimi orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat test markazi tomonidan tavsiyanoma berish huquqiga ega boʻlgan vazirlik, idora va yirik xoʻjalik birlashmalariga maxsus elektron tizimga kirish boʻyicha login va parollar beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tavsiyanoma berish huquqiga ega boʻlgan vazirlik, idora va yirik xoʻjalik birlashmalari tomonidan Davlat test markazining maxsus elektron tizimiga tavsiyanomaga ega boʻlgan xodimlarning shaxsiy maʼlumotlari kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Roʻyxatdan oʻtgan tavsiyanomaga ega boʻlgan abituriyentlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Davlat test markazi tomonidan har yili 15-avgustga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi orqali tegishli oliy taʼlim muassasalariga yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Suhbat jarayonini oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi raisi tomonidan tavsiyanomaga ega boʻlgan abituriyentlar bilan suhbat oʻtkazish boʻyicha alohida Suhbat komissiyasi tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suhbat komissiyasi 7 nafardan kam boʻlmagan tarkibda tuziladi va uning tarkibiga soha boʻyicha yuqori malakali professor-oʻqituvchilar, soha mutaxassislari hamda ish beruvchi tashkilotlar va oliy taʼlim muassasasi boʻysunuvi boʻyicha vazirlik va idoralardan vakillar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Suhbat komissiyasi tomonidan tavsiyanomaga ega boʻlgan abituriyentning ish faoliyati u hujjat topshirgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga mos kelishi imtihon boshlanishidan 10 kun avval aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tavsiyanomaga ega boʻlgan abituriyent tanlagan bakalavriat taʼlim yoʻnalishi uning ish faoliyatiga mos emas deb topilgan taqdirda, u imtihonga qoʻyilmaydi va oliy taʼlim muassasasi bu haqda ish beruvchini xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
abiturentning arizasiga muvofiq tavsiyanoma bergan vazirlik, idora yoki yirik xoʻjalik birlashmasining murojaati asosida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan xodimning ish faoliyatiga mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha suhbat jarayonida ishtirok etishga ruxsat beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bakalavriat taʼlim yoʻnalishini oʻzgartirishga ruxsat berilgan abituriyentlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining murojaatiga asosan Davlat test markazi tomonidan maxsus elektron tizimga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tavsiyanomaga ega boʻlgan abituriyentlar bilan suhbat jarayoni toʻliq videokuzatuv ostida oʻtkaziladi va jarayonlar kuzatuvchilar uchun ajratilgan alohida kutish joyiga onlayn translyatsiya qilib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suhbat jarayoni toʻliq videokuzatuv ostida oʻtkazilishi va videoyozuvlarning kamida uch yil oliy taʼlim muassasasida saqlanishini taʼminlash masʼuliyati shaxsan oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Suhbat jarayoni har yili 20-avgustdan 30-avgustgacha, oliy taʼlim muassasasi tomonidan belgilangan muddatda, Suhbat komissiyasi tarkibining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suhbat oʻtkazish dasturi oliy taʼlim muassasasi tomonidan ishlab chiqiladi va oliy taʼlim muassasasi kengashi qarori bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suhbat oʻtkazish jadvali oliy taʼlim muassasasi rasmiy veb-saytida suhbat oʻtkazilishidan kamida 5 kun avval joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suhbat jarayoniga jamoatchilik vakillari ham xolis kuzatuvchi sifatida jalb etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Uzrli sabablarga koʻra (sogʻligʻining holatiga koʻra, belgilangan shakldagi tibbiy xulosa asosida) suhbatga kelmagan abituriyentlar uchun takroriy suhbat muddati oliy taʼlim muassasasi tomonidan belgilanadi hamda oliy taʼlim muassasasining rasmiy veb-saytida takroriy suhbat oʻtkazilishidan kamida 5 kun avval eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Suhbat jarayonida abituriyentlarning har biriga quyidagi mavzular boʻyicha bittadan jami toʻrtta savol beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mohiyati va ahamiyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan bakalavriat taʼlim yoʻnalishini tanlashdan asosiy maqsad;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga mos mehnat faoliyati davomida erishgan yutuq va natijalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan bakalavriat taʼlim yoʻnalishi sohasida bilim va kasbiy koʻnikmalarning mavjudligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir savolga 25 balldan ajratilib, jami toʻplash mumkin boʻlgan eng yuqori ball 100 ballni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Savollar oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan ishlab chiqilib, qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Muayyan taʼlim yoʻnalishi (guruh) boʻyicha suhbat jarayoni yakunlangach, Suhbat komissiyasi aʼzolari tomonidan qoʻyilgan ballar hisoblab chiqiladi va Suhbat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan qaydnomaga kiritib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suhbat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan qaydnomaga asosan Suhbat komissiyasining ishtirok etgan aʼzolari tomonidan qoʻyilgan ballarning oʻrtachasi 55 balldan yuqori boʻlganda abituriyent suhbatdan oʻtgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muayyan taʼlim yoʻnalishi (guruh) boʻyicha oʻtkazilgan suhbat natijalariga koʻra suhbatdan oʻtganlar roʻyxati shu kunning oʻzida abituriyentlarga oʻqib eshittiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oliy taʼlim muassasasida suhbatlar oʻtkazilishi davrida belgilangan tartibda apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya shikoyatlari suhbat natijalari eʼlon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat ichida qabul qilinadi va apellyatsiya komissiyasi tomonidan murojaat qilganlarning sonidan kelib chiqqan holda bir kundan uch kungacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga qabul komissiyasi faoliyatida ishtirok etmagan oliy taʼlim muassasasi xodimlari orasidan komissiya raisi va toʻrt nafar aʼzo kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Abituriyent apellyatsiyani koʻrib chiqishda ishtirok etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya komissiyasi abituriyentning apellyatsiyasini koʻrib chiqib, uning natijasi boʻyicha tegishli qaror qabul qiladi hamda uning qabul komissiyasi va abituriyentga yetkazilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Suhbat natijalariga koʻra talabalikka tavsiya etilganlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar natijalar eʼlon qilingan kundan boshlab uch kun muddatda oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) tomonidan boʻysunuvi boʻyicha vazirlik, idora va yirik xoʻjalik birlashmasiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Suhbat komissiyasining suhbat natijalarini qayd etish hamda suhbatning yakuniy natijalarini qayd etish varaqlari uch yil oliy taʼlim muassasasida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Toʻlov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Suhbat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan qaydnomaga asosan oʻtish balidan yuqori ball toʻplagan abituriyentlar oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) tomonidan talabalikka tavsiya etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Talabalikka tavsiya etilganlarning umumiy roʻyxati suhbat jarayoni toʻliq yakunlangandan soʻng bir kun muddatda oliy taʼlim muassasasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi va shu kundan boshlab ularga belgilangan namunadagi toʻlov-kontrakt blankalari oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Talabalikka tavsiya etilganlar oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabaning ishlab turgan joyi boʻysunuvchi vazirlik, idora yoki yirik xoʻjalik birlashmasidan belgilangan shakldagi tavsiyanoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabaning ishlab turgan joyi boʻysunuvchi vazirlik, idora yoki yirik xoʻjalik birlashmasi tomonidan talabaning butun oʻqish davri uchun toʻlov-kontrakt mablagʻlarini oʻz vaqtida toʻlab berish boʻyicha kafolat xati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Talabalikka tavsiya etilganlar uchun tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosidagi toʻlov har yili shartnoma shartlarida koʻrsatilgan muddatlarda xodim ishlayotgan vazirlik, idora, yirik xoʻjalik birlashmasi yoki ularning tizimidagi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodimi talabalikka tavsiya etilgan yoki qabul qilingan budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan vazirlik, idora yoki ularning tizimidagi tashkilotlar tomonidan toʻlovni amalga oshirish imkoniyati boʻlmagan holatlarda, istisno tariqasida, Davlat komissiyasi tomonidan ularning oʻqishi uchun toʻlov-kontrakt mablagʻlari toʻlov manbai va boshqa shartlar boʻyicha vazirlik, idora yoki ular tizimidagi tashkilotlarning xodim bilan kelishilgan shartnomasiga muvofiq belgilangan shaklda amalga oshirilishiga ruxsat berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnoma shartlari, tomonlarning huquqlari va majburiyatlari, ularni amalga oshirish tartibi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasiga tegishli hujjatlar taqdim etilib, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt shartlari bajarilgandan soʻng oliy taʼlim muassasasi rektorining (direktorining) abituriyentni talabalikka qabul qilish toʻgʻrisidagi buyrugʻi rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Ushbu toifadagi talabalar tavsiyanoma berilgan tashkilot bilan mehnat shartnomasini tashkilot yoki oʻz tashabbusi bilan bekor qilgan taqdirda, tavsiyanoma bergan tashkilot tomonidan oliy taʼlim muassasasiga bu borada bildirgi yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tavsiyanoma bergan tashkilot tomonidan yuborilgan bildirgi oliy taʼlim muassasasi rektorining (direktorining) ushbu talabani talabalar safidan chetlatish toʻgʻrisidagi buyrugʻini rasmiylashtirish uchun asos boʻladi va uning oʻqishini qayta tiklashga ruxsat etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkilot tugatilgan yoki qayta tashkil etilgan taqdirda, u tomonidan berilgan tavsiyanoma asosida oliy taʼlim muassasasida tahsil olayotgan talaba uning oʻqishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatini oʻz hisobidan toʻlab oʻqishini davom ettirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Tavsiyanoma asosida oʻqishga qabul qilingan talabalarning oʻqishini koʻchirishga ruxsat etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Mazkur Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan fuqarolarni sirtqi va kechki taʼlim shakliga suhbat natijalariga koʻra tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAVSIYANOMA BLANKASINING NAMUNAVIY SHAKLI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

TAVSIYANOMA
‎№ AA 000000

‎‎______________ yilda tugʻilgan, ____________ yildan buyon ____________________________________da
‎‎(tashkilot nomi)
‎‎___________________________ lavozimida ishlovchi fuqaro _______________________________________ga

‎‎(familiyasi, ismi, otasining ismi)‎

‎‎____________________________________ ____________________________________________ yoʻnalishiga

‎‎(OTM nomi)

‎‎(taʼlim yoʻnalishi nomi)

‎‎oʻqishga topshirish uchun berildi.
‎‎Ushbu tavsiyanoma fuqaro ______________________________________ga (_________________________)

‎‎(familiyasi, ismi, otasining ismi)‎

‎‎(pasport seriyasi va raqami)‎

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi PQ-4359-son hamda 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son qarorlariga muvofiq oliy taʼlim muassasalarining sirtqi va kechki taʼlim shakliga suhbat natijalariga koʻra tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish uchun berildi.

‎‎Tavsiyanoma __________________________________________________________________ rahbarining

‎‎(vazirlik, idora, yirik xoʻjalik birlashmasi nomi)‎

‎‎20___ yil “_____”_________________dagi ______________-son buyrugʻiga asosan berildi.

‎‎M.Oʻ. _______________________________________________________________________________

(vazirlik, idora, yirik xoʻjalik birlashmasi rahbarining lavozimi, imzosi,
‎familiyasi, ismi, otasining ismi)‎‎

‎‎20____ yil “_____”______________‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan fuqarolarni sirtqi va kechki taʼlim shakliga suhbat natijalariga koʻra tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan fuqarolarni sirtqi va kechki taʼlim shakliga suhbat natijalariga koʻra tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilishni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqich

Masʼullar

Tadbirlar

Muddatlar

I. Abituriyentlarni roʻyxatdan oʻtkazish

1-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi

Kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan fuqarolarga sirtqi va kechki taʼlim shakliga suhbat natijalariga koʻra tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirishi uchun tavsiyanoma beruvchi vazirlik, idora va yirik xoʻjalik birlashmalari roʻyxatini va tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlarini tasdiqlash.

Har yili 1-iyulgacha

2-bosqich

Davlat test markazi

Maxsus elektron tizimi orqali tavsiyanomaga ega boʻlgan abituriyentlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun tavsiyanoma berish huquqiga ega boʻlgan vazirlik, idora va yirik xoʻjalik birlashmalariga maxsus elektron tizimga kirish boʻyicha login va parollar berish.

Har yili 20-iyuldan 10-avgustgacha

3-bosqich

Tavsiyanoma berish huquqiga ega boʻlgan vazirlik, idora va yirik xoʻjalik birlashmalari

Davlat test markazining maxsus elektron tizimiga tavsiyanomaga ega boʻlgan xodimlarning shaxsiy maʼlumotlarini kiritish.

Har yili 20-iyuldan 10-avgustgacha

4-bosqich

Davlat test markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

Roʻyxatdan oʻtgan tavsiyanomaga ega boʻlgan abituriyentlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi orqali tegishli oliy taʼlim muassasalariga yetkazish.

Har yili 15-avgustgacha

II. Suhbat jarayonini oʻtkazish va talabalikka qabul qilish

5-bosqich

Oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi

Oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi raisi tomonidan tavsiyanomaga ega boʻlgan abituriyentlar bilan suhbat oʻtkazish boʻyicha 7 nafardan kam boʻlmagan tarkibda alohida Suhbat komissiyasini tashkil etish.

Har yili 15-avgustgacha

6-bosqich

Oliy taʼlim muassasasi suhbat komissiyasi

Suhbat jarayonini oʻtkazish.

Har yili 20-avgustdan 30-avgustgacha

7-bosqich

Oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi

Oʻtkazilgan suhbat natijalariga koʻra suhbatdan oʻtganlar roʻyxatini shu kunning oʻzida abituriyentlarga oʻqib eshittirish.

Suhbat oʻtkazilgan kuni

8-bosqich

Oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori)

Suhbat natijalariga koʻra talabalikka tavsiya etilganlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni boʻysunuvi boʻyicha vazirlik, idora, yirik xoʻjalik birlashmasiga taqdim etish.

Natijalar eʼlon qilingan kundan boshlab uch kun muddatda

9-bosqich

Oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi

Talabalikka tavsiya etilganlarning umumiy roʻyxatini oliy taʼlim muassasasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilish hamda ularga belgilangan namunadagi toʻlov-kontrakt blankalarini berish.

Suhbat jarayoni toʻliq yakunlangandan soʻng bir kun muddatdan boshlab

10-bosqich

Oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori)

Oliy taʼlim muassasasi rektorining (direktorining) abituriyentni talabalikka qabul qilish toʻgʻrisidagi buyrugʻini rasmiylashtirish.

Tegishli hujjatlar taqdim etilib, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt shartlari bajarilgandan soʻng

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2021-y., 09/21/675/1030-son)