17.06.2020 yildagi PQ-4754-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Nizolarni muqobil hal etishning mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatda davlat organlarining aholi bilan muloqotini takomillashtirish, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini taʼminlash hamda ularning muammolarini hal etishning zamonaviy mexanizmlarini joriy qilish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, ushbu sohada islohotlarning hozirgi bosqichi davlat organlarida nizolarni sudgacha koʻrib chiqishning yagona tizimini yaratish, mediatsiya, hakamlik sudlari hamda xalqaro arbitrajlarni fuqarolar hamda tadbirkorlarning ishonchiga sazovor boʻladigan nizolarni hal etuvchi samarali muqobil institutlarga aylantirish lozimligini taqozo etmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish, nizolarni hal qilishning muqobil imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, sudlarda ish hajmini maqbullashtirishda mediatsiya instituti, hakamlik sudlari va xalqaro arbitrajlarning rolini tubdan oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi va Fuqarolik protsessual kodeksiga muvofiq ishni sudda koʻrishga tayyorlash paytida sudya taraflardan kelishuv bitimini tuzish ehtimolini yoki nizoni hal qilishning muqobil usullari ehtimolini aniqlaydi va ularning huquqiy oqibatlarini tushuntiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqiy jamiyatda nizoni hal etishning muqobil mexanizmlari yaratilishi jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlarini tiklashga erishishning samarali vositasi sifatida baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2020-yil 1-avgustdan boshlab eksperiment tariqasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat bojxona qoʻmitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi hamda Namangan, Buxoro va Toshkent viloyatlari hokimliklari huzurida Jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlat organlari oʻrtasidagi nizolarni sudgacha hal qilish boʻyicha apellyatsiya kengashlarini (keyingi oʻrinlarda — Apellyatsiya kengashi) tashkil etish toʻgʻrisidagi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning davlat organlari yoki mansabdor shaxslarning gʻayriqonuniy xatti-harakatlari (qarorlari) yoxud harakatsizligi natijasida oʻz huquqlari va erkinliklari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari buzilganligi haqidagi murojaatlari Apellyatsiya kengashi tomonidan koʻrib chiqilishi tartibini oʻrnatish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, mazkur tartib jismoniy va yuridik shaxslarning bunday ishlar yuzasidan toʻgʻridan-toʻgʻri boshqa vakolatli davlat organlariga murojaat qilish huquqini istisno etmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar Apellyatsiya kengashining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlat organi oʻrtasida yuzaga keladigan nizolarni sudgacha koʻrib chiqish va xulosa qabul qilish orqali ularni hal etish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
murojaatni koʻrib chiqishda qonun hujjatida turlicha talqin etilishi mumkin boʻlgan normalar aniqlangan, u amaliyotda notoʻgʻri yoki ziddiyatli tarzda qoʻllanilgan taqdirda, ularni belgilangan tartibda rasmiy sharhlashni tashkillashtirish boʻyicha choralarni koʻrish;

murojaatni koʻrib chiqishda aniqlangan qonun hujjatlaridagi boʻshliqlarni bartaraf etish boʻyicha takliflar kiritish.

4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya kengashining tarkibi tegishli davlat organi rahbarining qarori bilan ikki yarim yil muddatga tasdiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya kengashi 7 nafardan 11 nafargacha aʼzolardan iborat tarkibda tuzilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya kengashi aʼzoligiga amaliy tajribaga va obroʻ-eʼtiborga ega davlat organining markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va xodimlari, shuningdek sohada katta amaliy tajriba yoki ilmiy salohiyatga ega boʻlgan obroʻli fuqarolar qabul qilinadi. Bunda, davlat organining markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari yoki xodimlari hisoblanmagan Apellyatsiya kengashi aʼzolari jami Kengash aʼzolarining beshdan bir qismidan oshib ketmasligi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya kengashi unda koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan tavsiyaviy tusga ega boʻlgan xulosa qabul qiladi. Apellyatsiya kengashi tomonidan qabul qilingan xulosa uch kun muddatda davlat organi rahbariga koʻrib chiqish uchun, boshqa manfaatdor taraflarga maʼlumot uchun yuboriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya kengashining xulosasini qabul qilib olgan davlat organi rahbari yoki uning oʻrinbosari uni inobatga olishi yoki yozma asoslantirilgan tarzda rad etishi mumkin. Bunda, davlat organi rahbari yoki uning oʻrinbosari qabul qilingan qaror toʻgʻrisida uch kun muddatda Apellyatsiya kengashi va taraflarni yozma yoki elektron tarzda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlat organlari oʻrtasidagi nizolarni sudgacha hal qilish boʻyicha apellyatsiya kengashi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (R. Davletov, M. Ikramov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya kengashi tashkil etilayotgan davlat organlarining bu boradagi faoliyatini doimiy ravishda monitoring qilib borsin hamda tizimning samarali ishlashini taʼminlash maqsadida ularga amaliy va uslubiy jihatdan koʻmaklashsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-iyulga qadar mazkur qarorning 2-bandiga asosan joriy etilayotgan eksperiment natijalarini keng qamrovli tahlil qilgan holda, uni keyinchalik boshqa davlat organlarida ham joriy etishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilansinki, quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nizolarni muqobil usulda hal etish bilan shugʻullanuvchi professional mediatorlarning oʻzaro birlashuviga asoslangan Mediatsiya markazi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
professional mediatorlar, hakamlik sudlari va xalqaro arbitrajlarning oʻzaro birlashuviga asoslangan Nizolarni muqobil usulda hal etish markazi nodavlat notijorat tashkiloti sifatida tashkil etilishi va faoliyat yuritishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mediatsiya markazi va Nizolarni muqobil usulda hal etish markazining (keyingi oʻrinlarda — Markazlar) asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mediatsiya, hakamlik sudlari va xalqaro arbitraj faoliyatiga nizolarni muqobil usulda hal etish tartib-taomilini amalga oshirish uchun shart-sharoit yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mediatsiya, hakamlik sudi va xalqaro arbitraj ishlarini koʻrish bilan bogʻliq faoliyatga aralashmaslik prinsipi asosida ish yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mediatsiya, hakamlik sudlari hamda xalqaro arbitraj sohalarida mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish uchun oʻquv kurslarini tashkil etish. Bunda, mediatorlarni tayyorlash 72 soatdan koʻp boʻlmagan oʻquv kurslari boʻyicha amalga oshiriladi va ularni muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarga sertifikat beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mediatsiya va nizolarni muqobil hal etishning boshqa usullari rivojlanishi va keng ommalashuviga koʻmaklashish, bu sohada seminarlar, treninglar va konferensiyalar tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilansinki, Markazlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tinglovchilarga taʼlim berishni tashkillashtirish uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma asosida oliy taʼlim muassasalarining malakali pedagoglarini, shuningdek, milliy va xorijiy mediator, hakamlik sudyalari va arbitrlarni hamda vazirlik va idoralarning malakali mutaxassislarini jalb etishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetakchi xorijiy mediatsiya va arbitraj markazlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyishi, nizolarni muqobil usulda hal etish sohasida tajriba almashishi, shuningdek, nizolarni hal etishga xorijiy mediatorlar va arbitrlarni jalb etishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) mediatsiya, hakamlik sudi va xalqaro arbitraj faoliyati yuzasidan adliya organlariga hisobotlar topshirishdan ozod etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) oliy maʼlumotga ega rahbarni qoʻshib hisoblaganda kamida besh nafar xodimga ega boʻlishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (R. Davletov, M. Ikramov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) professional mediatorlar, hakamlik sudlari va xalqaro arbitrajlar oʻrtasida doimiy ravishda Markazlar tashkil etilishining ijobiy taraflari haqidagi targʻibot ishlarini va bu boradagi faoliyatni monitoring qilib borsin hamda har chorakda amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ikki oy muddatda ilgʻor xorijiy tajribadan kelib chiqib:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mediatorlarni tayyorlash boʻyicha oʻquv kurslarining namunaviy dasturini ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh prokuratura bilan birgalikda mediatsiya institutining jinoyat protsessiga tatbiq etilishi maqsadga muvofiqligi boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Toshkent davlat yuridik universiteti va Yuristlar malakasini oshirish markazining ular muassisligida Oʻzbekiston nizolarni hal etish markazini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-iyuldagi PF-117-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2025-y., 06/25/117/0653-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (R. Davletov, M. Ikramov) Toshkent davlat yuridik universiteti va Yuristlar malakasini oshirish markazi bilan birgalikda Toshkent mediatsiya markazi faoliyatini tashkillashtirish hamda 2021-yil 1-yanvarga qadar Toshkent mediatsiya markazini jahonning mediatsiya instituti rivojlangan mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, tayyorlangan bino va jihozlar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda Toshkent shahrida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 1-iyuldan boshlab, eksperiment tariqasida, davlat xizmatlari markazlari binolarida nizolashuvchi fuqarolarga mediator xizmatidan foydalanish uchun alohida xonalar ajratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksperimentning ijobiy natijalari asosida 2021-yil 1-aprelga qadar ushbu amaliyotni barcha davlat xizmatlari markazlari binolarida tatbiq etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan takliflarni kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bir oy muddatda belgilangan tartibda professional mediatorlikni kasb sifatida Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, Oliy sudi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda professional mediatorlar va hakamlik sudlari reyestrlariga kiritilgan professional mediatorlar hamda hakamlik sudi sudyalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning barcha sud binolarida joylashtirilishini taʼminlash boʻyicha zarur choralarni koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (R. Davletov, M. Ikramov) doimiy ravishda:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy sud, Tashqi ishlar vazirligi va Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi bilan birgalikda professional mediatorlar, hakamlik sudyalarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga masʼul xodimlar uchun nizolarni sudgacha hal etish boʻyicha ilgʻor tajribani rivojlangan xorijiy davlatlarda oʻrganishni tashkil etsin;
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida nizolarni hal etishda mediatsiya, hakamlik sudlari va xalqaro arbitraj institutining afzalliklariga bagʻishlangan ijtimoiy roliklar, koʻrsatuv va eshittirishlarni efirga uzatish hamda aholi va tadbirkorlik subyektlari eʼtiboriga yetkazish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab tegishli oliy taʼlim muassasalarida ilgʻor xorijiy tajribalar asosida mediatsiya, hakamlik sudi va xalqaro arbitraj sohalari uchun nizolarni hal etishning muqobil yoʻnalishlariga oid boʻlgan magistratura mutaxassisliklarini tashkil etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari U.Sh. Tashxodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 17-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4754-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-iyundagi PQ-4754-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlat organlari oʻrtasidagi nizolarni sudgacha hal qilish boʻyicha apellyatsiya kengashi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlat organlari oʻrtasidagi nizolarni sudgacha hal qilish boʻyicha apellyatsiya kengashining (keyingi oʻrinlarda — Apellyatsiya kengashi) maqomi, asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Apellyatsiya kengashi tegishli davlat organi huzurida nizolarni sudgacha hal qilish maqsadida tuziladigan kollegial-maslahat organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya kengashi aʼzolari oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Apellyatsiya kengashi oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Apellyatsiya kengashi davlat organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolardan mustaqil ravishda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ular boʻyicha xulosalar tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Apellyatsiya kengashining asosiy vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar Apellyatsiya kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlat organlari oʻrtasida yuzaga keladigan nizolarni sudgacha koʻrib chiqish va xulosa qabul qilish orqali ularni hal qilish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
murojaatni koʻrib chiqishda qonun hujjatida turlicha talqin etilishi mumkin boʻlgan normalar aniqlangan, u amaliyotda notoʻgʻri yoki ziddiyatli tarzda qoʻllanilgan taqdirda, ularni belgilangan tartibda rasmiy sharhlashni tashkillashtirish boʻyicha choralarni koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
murojaatni koʻrib chiqishda aniqlangan qonun hujjatlaridagi boʻshliqlarni bartaraf etish boʻyicha takliflar kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Apellyatsiya kengashi murojaatlarni koʻrib chiqishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
teng huquqlilik, xolislik, qonuniylik, kollegiallik va huquqni qoʻllash amaliyotining birxilligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
murojaat etuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida bartaraf etib boʻlmaydigan barcha qarama-qarshiliklar va noaniqliklarni murojaat etuvchining foydasiga talqin qilish prinsiplariga asoslanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Apellyatsiya kengashining huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Apellyatsiya kengashi murojaatni koʻrib chiqishda quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
murojaat etuvchilar, shuningdek, boshqa manfaatdor shaxslardan murojaatni koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha materiallar va maʼlumotlarni soʻrab olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlaridan Apellyatsiya kengashi vakolatlariga taalluqli masalalar boʻyicha maʼlumotnomalar, axborot-tahliliy materiallarni belgilangan tartibda soʻrash va bepul olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshimcha ekspertiza tayinlash, uni oʻtkazish uchun mustaqil ekspert va maslahatchilarni jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
murakkab masalalarni oʻz ichiga olgan murojaatlarni koʻrib chiqish uchun Apellyatsiya kengashi aʼzolaridan ishchi va ekspert guruhlari tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarurat boʻlganda, murojaatlarni koʻrib chiqishda qatnashish uchun davlat organlari, ilmiy va taʼlim muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlaridan mutaxassislar va ekspertlarni taklif qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Apellyatsiya kengashi murojaatni koʻrib chiqish jarayonida quyidagilarga majbur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga va mazkur Nizom talablariga qatʼiy rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitishga, ularning shaxsiy hayotiga aralashuvga yoʻl qoʻymasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
murojaatni koʻrib chiqish yuzasidan qabul qilingan xulosalar haqqoniyligini va asoslanganligini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organi faoliyati bilan bogʻliq qonun hujjatlarida belgilangan cheklovlarga amal qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organi va uning mansabdor shaxslarining oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiradigan faoliyatiga aralashmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organi va uning mansabdor shaxslari faoliyat koʻrsatishi uchun toʻsqinlik qilmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
murojaatni koʻrib chiqish davomida olingan axborotning, agar bunday axborotni tarqatish qonun bilan cheklangan boʻlsa, sir saqlanishiga rioya qilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya kengashiga murojaatni koʻrib chiqish jarayonida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Apellyatsiya kengashi faoliyatini tashkil etish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Apellyatsiya kengashining tarkibi tegishli davlat organi rahbarining qarori bilan ikki yarim yil muddatga tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya kengashi 7 nafardan 11 nafargacha aʼzolardan iborat tarkibda tuzilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya kengashining tarkibiga uning raisi, rais oʻrinbosari, kotibi va boshqa aʼzolari kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya kengashi aʼzoligiga amaliy tajribaga va obroʻ-eʼtiborga ega davlat organining markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va xodimlari, shuningdek sohada katta amaliy tajriba yoki ilmiy salohiyatga ega boʻlgan obroʻli fuqarolar qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, davlat organining markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari yoki xodimlari hisoblanmagan Apellyatsiya kengashi aʼzolari jami Kengash aʼzolarining beshdan bir qismidan oshib ketmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya kengashi raisi va oʻrinbosari uning aʼzolari tomonidan Apellyatsiya kengashi aʼzolari orasidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan saylanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Quyidagi holatlarda Apellyatsiya kengashining raisi, rais oʻrinbosari, kotibi va aʼzolari uning tarkibidan chiqarilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ular tomonidan Apellyatsiya kengashi tarkibidan chiqish toʻgʻrisida ariza berilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ular ishlayotgan tashkilot bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilinganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya kengashining majlislarida muntazam ravishda ishtirok etmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ularga nisbatan chiqarilgan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida ular muomalaga layoqatsiz, bedarak yoʻqolgan yoki vafot etgan deb topilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vafot etganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Quyidagi hollarda Apellyatsiya kengashi aʼzosi Kengash kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan majlisda ishtirok etishi mumkin emas va rad qilinishi lozim, agar u:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishning natijasidan shaxsan, bevosita yoki bilvosita manfaatdor boʻlsa yoxud uning xolisligi va begʻarazligiga shubha tugʻdiradigan boshqa holatlar mavjud boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taraf yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning qarindoshi boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Apellyatsiya kengashining raisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya kengashi faoliyatiga rahbarlik qiladi va Kengash zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya kengashining majlislarini chaqiradi va unda raislik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya kengashi vakolatiga taalluqli masalalarni uning koʻrib chiqishi uchun kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlarda Apellyatsiya kengashi nomidan ish koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya kengashi aʼzolari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya kengashi nomidan xulosalarni, majlislar bayonnomalarini va boshqa hujjatlarni imzolaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya kengashi majlislari kun tartibini belgilaydi, Apellyatsiya kengashi va taraflarni chaqiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya kengashi tomonidan qabul qilingan xulosalarning ijrosini monitoring qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuklangan vazifalarning bajarilishi boʻyicha Apellyatsiya kengashi aʼzolari ishini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organining rasmiy veb-saytida va boshqa resurslarda joylashtiriladigan Apellyatsiya kengashining faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mazmuni boʻyicha takliflar kiritadi va uni davlat organi rahbari bilan kelishadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya kengashi tomonidan qabul qilingan xulosalar nizolarni hal qilishda inobatga olinishi yuzasidan tegishli davlat organi rahbari bilan hamkorlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya kengashi ishining samaradorligini oshirishga qaratilgan boshqa harakatlarni bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Apellyatsiya kengashining raisi boʻlmagan taqdirda, uning vazifalarini rais oʻrinbosari bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Apellyatsiya kengashining kotibi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
murojaatlarni qabul qiladi va roʻyxatdan oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya kengashining navbatdagi majlisiga barcha zarur materiallar oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi, davlat organi xodimlaridan zarur hujjatlar va maʼlumotlarni soʻrab oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kun tartibiga muvofiq Apellyatsiya kengashi majlislari oʻtkazilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya kengashi majlisi oʻtkaziladigan sana, joy va taklif etiladigan shaxslar roʻyxatini Apellyatsiya kengashining raisi bilan kelishadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya kengashining aʼzolarini va taklif etilgan shaxslarni Apellyatsiya kengashi majlisi oʻtkaziladigan joy, sana va vaqt haqida xabardor qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kun tartibidagi masalalarni koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan materiallarni Apellyatsiya kengashi aʼzolariga tarqatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya kengashi xulosalarining davlat organi tomonidan inobatga olinishi yoki rad etilishi holati ustidan monitoring olib boradi hamda uning natijalarini Apellyatsiya kengashi majlisida koʻrib chiqish boʻyicha takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya kengashi majlisining xulosasini va bayonnomasini rasmiylashtiradi hamda xulosaning Apellyatsiya kengashi aʼzolari hamda boshqa manfaatdor shaxslarga joʻnatilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya kengashining faoliyatini uslubiy, tashkiliy-huquqiy va tashkiliy-texnik jihatdan taʼminlash masalalarini hal qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya kengashining samarali ishlashini taʼminlash boʻyicha boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Apellyatsiya kengashida jismoniy va yuridik shaxslarning davlat organlari yoki mansabdor shaxslarning gʻayriqonuniy xatti-harakatlari (qarorlari) yoxud harakatsizligi natijasida oʻz huquqlari va erkinliklari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari buzilganligi haqidagi murojaatlari mazkur Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy va yuridik shaxslar nizoli masalani Apellyatsiya kengashida koʻrib chiqish uchun ushbu Kengash tuzilgan davlat organiga yozma (elektron) tarzda murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organining rahbari (yoki uning oʻrinbosarlari) tomonidan murojaat uning muallifini xabardor etgan holda u kelib tushgan kundan boshlab bir kun ichida koʻrib chiqish uchun Apellyatsiya kengashiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organiga kelib tushgan takroriy murojaatlarda Apellyatsiya kengashi vakolatiga kiradigan masalalar keltirilgan boʻlsa, davlat organi rahbari mazkur murojaatni koʻrib chiqish uchun Apellyatsiya kengashiga oʻz tashabbusiga koʻra ham joʻnatishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organiga kelib tushgan takroriy murojaat koʻrib chiqish uchun Apellyatsiya kengashiga joʻnatilganhollarda, bu haqda murojaat etuvchiga darhol yozma yoki elektron xabar yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Murojaat Apellyatsiya kengashiga kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh kun mobaynida, qoʻshimcha oʻrganish va (yoki) tekshirish, qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olish talab etilganda esa bir oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuzaga kelgan nizoli holatni koʻrib chiqish uchun tekshirish oʻtkazish, qoʻshimcha materiallarni soʻrab olish yoxud boshqa chora-tadbirlar koʻrish zarur boʻlgan hollarda, ularni koʻrib chiqish muddatlari Apellyatsiya kengashining raisi tomonidan, istisno tariqasida, koʻpi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin, bu haqda murojaat etuvchiga darhol yozma yoki elektron xabar yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Apellyatsiya kengashining aʼzolari oʻz majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalarni muhokama qilish va hal qilishda oʻz vakolatini boshqa shaxslarga oʻtkazish huquqiga ega emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya kengashining aʼzolari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun davlat organi tomonidan tashkil etiladigan hayʼat majlislarida va boshqa ommaviy tadbirlarda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya kengashi ish rejalarining loyihalarini tayyorlaydi, ularni Apellyatsiya kengashida koʻrib chiqish uchun kiritadi va tasdiqlangan ish rejalari bajarilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organi faoliyatining samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar va tavsiyalarni ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya kengashining kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tahliliy materiallar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya kengashining vakolatiga kiradigan masalalar bilan bogʻliq murojaatlarni koʻrib chiqadi va natijalari boʻyicha tegishli hujjatlarni tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya kengashining zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Apellyatsiya kengashi majlisi kun tartibining loyihasi kotib tomonidan Apellyatsiya kengashi aʼzolarining takliflari va Apellyatsiya kengashi raisining topshirigʻi asosida shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Apellyatsiya kengashining majlisini uning raisi olib boradi. Rais ishtirok eta olmagan holatlarda, majlisni uning oʻrinbosari olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya kengashining majlisida davlat organi rahbari, uning oʻrinbosarlari va boshqa xodimlar ishtirok etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya kengashining majlislariga boshqa davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari hamda murojaat etuvchi yoki uning vakili taklif etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Apellyatsiya kengashining majlisi, agar unda Apellyatsiya kengashi aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi (kvorum) ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majlisni oʻtkazish uchun kvorum shakllanmagan taqdirda, Apellyatsiya kengashining yangi majlisi oʻtkaziladigan sana eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Apellyatsiya kengashining xulosasi majlisda ishtirok etayotgan Apellyatsiya kengashi aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan hollarda Apellyatsiya kengashi raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Apellyatsiya kengashining majlisida qabul qilingan qaror xulosa shaklida rasmiylashtiriladi. Apellyatsiya kengashi xulosasi majlisda ishtirok etgan barcha aʼzolar tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xulosaga qoʻshilmagan Apellyatsiya kengashi aʼzosi xulosani imzolab, oʻzining alohida fikrini yozma shaklda taqdim qiladi. Alohida fikr ish materiallariga qoʻshib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Apellyatsiya kengashining majlis bayonnomasi kotib tomonidan imzolanadi va majlisga raislik qiluvchi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Apellyatsiya kengashining xulosasi uch kun muddatda davlat organi rahbariga koʻrib chiqish va boshqa manfaatdor taraflarga maʼlumot uchun yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellyatsiya kengashining xulosasi tavsiyaviy tusga ega boʻlib, xulosani qabul qilib olgan davlat organi rahbari yoki uning oʻrinbosari uni inobatga olishi yoki yozma asoslantirilgan tarzda rad etishi mumkin. Bunda, davlat organi rahbari yoki uning oʻrinbosari qabul qilingan qaror toʻgʻrisida uch kun muddatda Apellyatsiya kengashi va taraflarni yozma yoki elektron tarzda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Apellyatsiya kengashining faoliyatini moddiy-texnik jihatdan taʼminlash u tashkil etilgan tegishli davlat organining oʻz mablagʻlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Apellyatsiya kengashining faoliyati mazkur Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ekanligi u tashkil etilgan tegishli davlat organining rahbari tomonidan nazorat qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlat organlari oʻrtasidagi nizolarni sudgacha hal qilish boʻyicha apellyatsiya kengashi toʻgʻrisida nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlat organlari oʻrtasidagi nizolarni sudgacha hal qilish boʻyicha apellyatsiya kengashida murojaatlarni koʻrib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqichlar

Masʼullar

Tadbirlar

Muddat

1-bosqich

Jismoniy va yuridik shaxs (murojaat etuvchi)

Nizoli masalani Apellyatsiya kengashida koʻrib chiqish uchun ushbu Kengash tuzilgan davlat organiga yozma (elektron) tarzda murojaat qiladi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

Huzurida Apellyatsiya kengashi tuzilgan davlat organi

Davlat organining rahbari (yoki uning oʻrinbosarlari) tomonidan murojaat uning muallifini xabardor etgan holda Apellyatsiya kengashiga koʻrib chiqish uchun yuboriladi.

Murojaat kelib tushgan kundan boshlab
1 kun ichida

3-bosqich

Apellyatsiya kengashi

1. Kelib tushgan murojaatni har tomonlama va puxta oʻrganib chiqadi.

2. Oʻrganish natijalarini oʻz majlislarida muhokama qiladi.

3. Oʻrganish va muhokamalar natijasida tuzilgan xulosa majlisda ishtirok etayotgan Apellyatsiya kengashi aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.

Murojaat kelib tushgan kundan boshlab
15 kun ichida

(zaruratga qarab,

1 oygacha muddatda)

4-bosqich

Apellyatsiya kengashi

Apellyatsiya kengashi xulosasini davlat organi rahbariga koʻrib chiqish va boshqa manfaatdor taraflarga maʼlumot uchun yuboradi.

Xulosa qabul qilingan kundan boshlab
3 kun ichida

5-bosqich

Davlat organi

1. Kelib tushgan Apellyatsiya xulosasi va tegishli murojaatni koʻrib chiqadi hamda murojaat boʻyicha yakuniy qarorni qabul qiladi.

2. Qabul qilingan qaror toʻgʻrisida Apellyatsiya kengashi va taraflarni yozma (elektron) tarzda xabardor qiladi.

Xulosa

kelib tushgan kundan boshlab
3 kun ichida

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 07/20/4754/0771-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son; 28.07.2025-y., 06/25/117/0653-son)